Geografiya darslarida ma’naviy, ekologik, iqtisodiy tarbiya
O‘quv mashg‘ulotining maqsadi: Geografiya ta’limida tarbiya turlari -
ilmiy dunyoqarash, ekologik, estetik, ahloq-odob, vatanparvarlik, mehnat, iqtisodiy
tarbiya haqidagi ma’ruzada egallangan bilimlarni mustahkamlash.
№
Bajariladigan topshiriqlar
Amaliy
mashg‘ulot
natijasi
1
1-ilova bilan tanishing, tarbiya jarayonining tamoyillarini
sxemada tasvirlang.
Sxema
2
2-ilova bilan tanishing. Geografiya ta’limida estetik, ahloq-
odob, vatanparvarlik, mehnat tarbiyasini amalga oshirishda
o‘qituvchi nimalarga e’tibor qaratishi lozim? Javobingizni
izohlang.
Yozma
tavsif
3
Ekologik ta’lim - tarbiya tushunchasi, mazmuni, mohiyati
maqsad va vazifalari, geografiya o‘qitishda ekologik ta’lim –
tarbiya berishning ahamiyatini tushuntiring.
Yozma
tavsif
4
Mazkur darslarni o‘tish orqali o‘quvchilarda ilmiy
dunyoqarash, ekologik, estetik, ahloq-odob, vatanparvarlik,
mehnat, iqtisodiy tarbiyani qanday shakllantirish mumkin.
Javobingizni izohlang
Yozma
tavsif
Uslubiy ko‘rsatmalar
1-ilova.
Har bir ishning o‘ziga xos, ma’lum qonun-qoidalari bo‘lganidek, inson
tarbiyasining ham o‘ziga xos bir qator muhim tamoyillari, qonun-qoidalari mavjud,
ularga amal qilish tarbiya ishining samarali bo‘lishini tahminlaydi:
Tarbiya jarayonining tamoyillari quyidagilar:
· tarbiyaning bir maqsadga qaratilganligi;
·
tarbiyaning xayot va mehnat bilan bog‘lanishi (O‘zbekistonimizning
mustaqilligi, gullab-yashnashi yo‘lida qilinayotgan fidoyi ishlar bilan bog‘lanishi);
·
shaxsni jamoada, jamoa orqali tarbiyalash;
·
tarbiyada shaxsni hurmat qilish va unga talabchanlik;
·
tarbiyaviy ishlarning izchilligi, muntazamligi hamda birligi;
·
tarbiyada shaxsning yoshi va o‘ziga xos xususiyatlarini xisobga olish
kabilardir.
2-ilova.
Geografik ma’lumotlar, yangi tushuncha va ifodalarni o‘rganish bilan
o‘quvchilarning so‘z boyligi ortib boradi, geografik ob’ekt va hodisalarni
tasvirlashga o‘rgana borib, ularning nutqi rivojlanadi. O‘quvchilar geografik
nomlar Osiyo xalqlari haqida gapirilganda ular o‘rtasidagi hamkorlik, birodarlik,
mehmondo‘stlik, muhtojlarga yordam berish, tarbiyachilarning izzatikromini
joyiga qo‘yish kabi qadimiy an’analarni bolalar ongiga sindirish lozim. Bu
an’analarning ko‘pchiligi axloq tarbiyasiga mos kelganligi uchun ham katta
tarbiyaviy ahamiyatga ega.
Maktab geografiyasi o‘quvchilarga estetik tarbiya berishda muhim ahamiyat
kasb etadi. Geografiya ta’limi o‘quvchida tabiat manzarasiga va kishilar faoliyatiga
chuqur his-tuyg‘ular bilan qarashga undaydi. Geografiya kurslarida tabiat
manzaralari va unda sodir bo‘ladigan hodisalarni hamda inson faoliyatini o‘rganish
bilan ularda estetik tuyg‘ular tarbiyalanadi. O‘quvchilarga estetik tarbiya berishda
tabiatga ekskursiya uyushtirish, turistik yurishlar tashkil etish yaxshi yordam
beradi. O‘quvchilar tabiat manzaralaridan bahramand bo‘ladilar, zavqlanadilar.
Binobarin, tabiatdan bahramand bo‘lgan kishi uni muhofaza qilishga intiladi.
Bulardan tashqari, badiiy adabiyotlardan, xususan, o‘zbek yozuvchilari
asarlaridan foydalanish, parchalar o‘qib berish, rassomlarning manzarali
suratlaridan foydalanish-estetik tarbiyaning ajoyib vositalaridan hisoblanadi.
Darsda turli fotorasmlardan, rangli suratlardan, kinofilmlardan foydalanish ham
mazkur
tarbiya
vositalaridan
biridir.
Geografiya ta’limi estetik did bilan berilishi lozim. Devoriy karta va suratlarning