Geografiya darslarini rejalashtirish
Geografiya darsning yillik va kundalik rejasini ishlab chiqish
Geografiya darslarini rejalashtirish geografiya ta’limidagi muhim
vazifalardan biri hisoblanadi. Ma’lumki, umumiy o’rta ta’lim maktablarida
geografiyani o’qitishning asosiy shakli dars sanaladi. Darsda o’quv fani yuzasidan
asosiy o’quv materiali o’rganiladi, lekin dars o’qitishning boshqa shakllari bo’lgan
darsdan tashqari ishlar, sinfdan tashqari mashg’ulotlar va ekskursiyalar bilan uzviy
bog’liq. Chunki darsda darsdan tashqari ishlar masalan, geografiya maydonchasida
olib borilgan o’lchov ma’lumotlari, tayyorlangan ko’rgazmali qurollar,
ekskursiyada tayyorlangan gerbariylar va kollektsiyalardan foydalaniladi. Sinfdan
tashqari mashg’ulotlar o’quvchilarning geografiya o’quv fanlaridan o’zlashtirgan
bilim va ko’nikmalarini mustahkamlashga, kengaytirishga, rivojlantirishga, kasbga
ongli ravishda yo’llashga xizmat qiladi.
Demak, geografiyani o’qitishda dars, darsdan tashqari va sinfdan tashqari
mashg’ulotlar, ekskursiyalardan o’z o’rnida rejali va samarali tashkil etilishi, ya’ni
o’qitishga tizimli yondoshuvni amalga oshirish lozim.
O’qituvchi ushbu mashg’ulotlarni bir-biri bilan uzviy ravishda tashkil etish
asnosida geografik ta’lim samaradorligiga erishish, o’quvchilarda ilmiy
dunyoqarashni shakllantirish, umumgeografik va xususiy tushunchalar hamda
o’quv-amaliy ko’nikmalarni izchil ravishda tarkib toptirish, mantiqiy fikr
yuritishga o’rgatishni nazarda tutadi.
Geografiyani o’qitishda tizimli yondoshuvni amalga oshirish uchun
o’qituvchi o’quv yili boshida yillik reja tuzishi lozim. Mazkur reja geografiyani
o’qitishning barcha shakllarini uzviy ravishda qamrab olishi, o’quv dasturidan
o’rin olgan boblar va mavzular bo’yicha darslar tizimi, o’quv yilidagi choraklar va
ta’tillar hisobga olingan holda o’tkazish muddatlari, fanlararo bog’lanishlar,
ekskursiyalar, darsdan va sinfdan tashqari ishlar aks etadi.
Geografiya darslarini rejalashtirish ikki qismdan iborat: yillik va dars rejasi,
darsning samaradorligi uni qanday rejalashtirilganligi bog’liq. Mavzuli va dars
rejalari qanday mukammal tuzilgan bo’lsa o’quvchilarni bilim va ko’nikmalarni
egallashi shuncha tez va oson bo’ladi.
Geografiya o’qituvchi yillik, ya’ni yillik reja tuzishi uchun:
• O’quv dasturidagi har bir bobning didaktik maqsadini, shuningdek,
bobdagi mavzularning ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsadlarini aniq
tasavvur qilishi;
• Mavzularni o’qitishda yil fasllari, mavzuning ta’limiy, tarbiyaviy va
rivojlantiruvchi maqsadlari, o’quvchilarda shakllantiriladigan biologik
tushunchalar, tarkib toptiriladigan ko’nikmalarni hisobga olgan holda o’qitish
metodlari, ko’rgazma vositalarini tanlashi.
• O’quvchilar tomonidan o’tkaziladigan kuzatish va tajribalarning mazmuni
va muddatlarini aniqlashi;
• Darsda namoyish etiladigan tajribalarni avvaldan tayyorlash muddatlarini
belgilashi;
• Har bir darsda ta’lim-tarbiyaning uzviyligi, boblar, mavzular va fanlararo
bog’lanishlarni amalga oshirish yo’llarini belgilashi;
• O’quvchilarning mustaqil ishlari uchun didaktik va tarqatma materiallarni
tayyorlash, mustaqil o’qish uchun qo’shimcha adabiyotlarni tanlashi;
• Amaliy mashg’ulotlar, ekskursiyalarni tashkil etish uchun zarur bo’ladigan
jihoz va asboblarini aniqlashi lozim.
Xulosa qilib aytganda, o’qituvchi yillik rejada o’qitish jarayonining
yaxlitligini nazarda tutishi, o’z pedagogik faoliyatini shu reja asosida tashkil etishi,
unda o’qitishning barcha shakllarining uzviyligini ta’minlagan holda ularni
o’tkazish muddatlari ko’rsatilgan bo’ladi.
Hozirgi vaqtda metodika va maktab amaliyotida geografiya bo’yicha
o’quvchilar bilan olib boriladigan o’quv ishlarining quyidagi shakllari qabul
qilingan: dars va ular bilan bog’liq bo’lgan ekskursiyalar, uy vazifalari, darsdan
tashqari ishlar va sinfdan tashqari ishlar.
Metodik jihatdan to’g’ri tashkil qilingan ta’lim jarayonida shu o’qitishning
barcha shakllari - o’qitishning asosiy shakli bo’lgan dars bilan uzviy bog’liqdir,
ular geografik tushunchalarni, dunyoqarashni, tafakkurni va amaliy ko’nikmalarni
rivojlantiradi.
Yillik rejalashtirishda ma’lum bir geografiya predmeti bo’limlari bo’yicha
o’quv yili bo’yiga berilgan soatlar hajmi doirasida taqsimlab chiqiladi. Bunda
o’qituvchini bilimlar tizimini shakllantirish, mavzular va darslar orasidagi o’zaro
bog’liqliklarni aniqlash, tushunchalarni shakllantirish yo’llarini aniqlash va ularni
shakllantirishni asosiy bosqichlarni, tayanch bilim va tushunchalarni ajratishni,
amaliy ishlar tizimini aniqlashni rejalashtirish ko’zda tutiladi. Mavzuli
rejalashtirish quyidagilarni aniqlashga imkon beradi:
a) ma’lum bir kurs
bo’yicha o’quv jarayonlarnini to’la ko’rishga imkon beradi; b) ma’lum bir kurs
bo’yicha dars turlarini aniqlashga; v) o’qituvchi va o’quvchilarni hamkorlikda
faoliyatini metodlari va usullarini birgalikda qo’llashga. Odatda mavzuli rejalar
soatlar hajmini o’zgarmagan taqdirda ayrim o’zgarishlar va qo’shimchalar
kiritilgan holda 3-4 yil davomida foydalanishga mo’jallangan bo’ladi.
Hozirgi davrda georafiya dasturlarning va predmetlarining asosiy
xususiyati ulardagi bilimlarni sinfdan- sinfga murakkablashib borishidir. Shu
munosabat bilan har bir geografiya darsi ma’lum bir bilim va ko’nikmalarni
o’quvchilar tomonidan mustaqil o’zlashtirishini shakllantirishda alahida bosqich
bo’lmog’i lozim. Shuning uchun umuta’lim maktablaridagi har bir sinf predmeti
bo’yicha, bo’limlar va mavzular bo’yicha rejasi ma’lum bir - biri bilan
bog’langan tizim deb qaralmohi lozim. Mazkur tizimning barcha qismlari bir-biri
bilan chambarchas bog’langan. Mazkur tizimni ikkita yirik bo’limga bo’lishimiz
mumkin: tabiiy geografiya va iqtisodiy geografiya. Ushbu ikki tizim bir-birini
to’ldirishi lozim. Tabiiy geografik tizimning o’zi alohida geografiya predmeti
tizimidan, ular esa bo’limlar, mavzular tizimlaridan iborat. Shuning uchun har bir
darsni ma’lum bir yaxlitlikni bir bo’lagi bo’lgan tizim deb qarash mumkin.
Darslar tizimida turli xil darslar turlari ko’zda tutilmog’i lozim. Ular turli
xil didaktik maqsadlarga ega bo’lishi mumkin. Ayrim darslarda faqat yangi
material o’rganishi mumkin, ayrimlarida darsni hamma qismlari bo’lishi mumkin
ya’ni tashkilliy qism, bilimlarni tekshirish yangi mavzuni o’rganish, olingan
bilim va ko’nikmalarni mustahkamlash, uyga vazifa berish.
Yuqoridagi fikrlar e’tiborga olingan holda geografiyani o’qitishda
foydalaniladigan yillik rejani tuzish uchun quyidagi jadval namuna sifatida
berilmoqda.
Boblar va
mavzular
Soat
Sana
Sinf
Fanlararo
bog’lanish
Ekskur
siya
Sinfdan
tashqari
O’quv yili uchun tuzilgan yillik reja qat’iy emas, unga yil davomida
muayyan holatlarni hisobga olgan holda tegishli o’zgartirishlar kiritish,
ekskursiya va sinfdan tashqari ishlarni tashkil etish va o’tkazish muddatlari
o’zgartirilishi mumkin.
Dars rejasi. Dars rejasi har bir ajratilgan soat doirasidagi mavzuga tuziladi.
Dars rejasi quyidagi qismlardan iborat bo’ladi. Darsning mavzusi: darsning
maqsadi; darsning jihozi; darsda qo’llaniladigan o’qitish metodi; dars
mavzusining qisqacha tavsifi; dars mavzusida uchraydigan geografik nomlar
tizimi; dars mavzusida uchraydigan olimlar; dars mavzusida uchraydigan
atamalar; darsni mustaxkamlash uchun savol va topshiriqlartizimi; uyga vazifa
berish.
O’qituvchini darsga tayyorgarligi
O’qituvchi har bir darsga chuqur va to’la tayyorlanmog’i lozim. O’qituvchini
darsga tayyorgarligi quyidagi qismlardan iborat: darsni maqsad va vazifalarini
aniqlash; darsning mazmunini aniqlash; o’qitishni metodlarni aniqlash; o’qitish
vositalarini tanlash; darsni tarkibiy tuzilishini aniqlash. Darsni maqsadi bu
mazkur dars davomida o’quvchilar o’qituvchi raxbarligida o’quv tarbiya va
rivojlantirish bo’yicha erishadigan oldindan rejalashtirilgan yakuniy natijadir.
Darsning maqsadi mazkur mavzu bo’yicha dasturdagi va darslikdagi materiallar
mazmunini ishlab
chiqish asosida aniqlanadi. Darsning maqsadini aniqlash uni mazmunini ishlab
chiqishga, o’qitish materialini tanlashga va darsni borishiga katta ta’sir ko’rsatadi.
Maqsad aniqlangandan so’ng ushbu maqsadga erishish uchun darsning tuzilishi
ishlab chiqiladi. Darsning maqsadini aniqlash quyidagi talablarga javob berishi
mumkin:
- darsning maqsadi juda qisqa shaklda ifodalangan bo’lmog’i lozim;
- darsning maqsadida o’quvchilar qanday bilimlarni egallashlari, qanday
ko’nikmalar shakllantirilishi ifodalangan bo’lmog’i lozim;
-darsda qanday bilim va ko’nikmalarni shakllantirilishi yoki ularni
chuqurlashtirish ko’rsatilishi lozim.
Darsning mazmunini aniqlash. Darsni mazmunini quyidagi bilim manbalar
asosida aniqlash mumkin:
- darslik asosida. Darslikda xar bir mavzu uchun aloxida matn ajratilgan
bo’ladi. Matn, rasmlar, chizmalar va jadvallar bilan jihozlangan bo’ladi. Matnni
oldida o’tgan darsga doir yoki matnni mazmunini tushunishni yengillashtiradigan
savollar beriladi. Matnni oxirida esa olingan bilimlarni va ko’nikmalarni
mustaxkamlash uchun savol va topshiriqlar tizimi beriladi;
- mazkur kur uchun nashr qilingan metodik qo’llanmalarda xar bir mavzu
yoki bo’limni o’qitish metodikasi bo’yicha tavsiyalar berilgan. Demak darslik
bilan birga metodik qo’llanma xam dars mazmunini ishlab chiqishda asosiy manba
bo’lishi mumkin;
- qo’shimcha adabiyotlar dars mavzusi mazmunini ishlab chiqishda muxim
manba bo’lib xisoblanadi. Masalan, O’zbekiston iqtisodiy rayonlari
o’rganayotganda har bir viloyat bo’yicha chiqarilgan kitob va risolalardan
foydalanish mumkin. Materiklar va okeanlar kursini o’rganayotganda har bir
materik yoki okean tabiiy sharoitiga bag’ishlangan kitoblardan foydalanish
mumkin;
- kundalik matbuot. Radio va tilevideniya ma’lumotlaridan ham dars
mazmunini ishlab chiqishda foydalanish mumkin;
- dars yana qiziqarliroq o’tishini ta’minlash uchun sayyoxlar va olimlarning
esdaliklari, turli xil xalqlarning urf-odatlari haqidagi ma’lumotlardan foydalanish
ham katta natija beradi.
Dastlab darsni ta’limiy va g’oyaviy mazmuni ishlab chiqiladi. Dars nixoyatda
murakkablashib, materiallar ko’payib ketmasligi uchun o’quv mavzusi mazmuni
ishlab chiqilayotganda asosiy, ikkinchi darajali va qo’shimcha materiallar
ajratiladi. Ikkinchi darajali va qo’shimcha materiallar darsni asosiy mazmunini
oydinlashtirish va chuqurlashtirish maqsadida ishlatiladi. Ayrim xollarda darsda
ko’zlangan materiallarni o’rganib bo’lmaydi, bunday xollarda qolgan material
uyga vazifa sifatida beriladi va uni o’quvchilar mustaqil o’rganishadi.
Dars mazmuni ishlab chiqilagandan so’ng o’qituvchi uni bayon qilish rejasini
ishlab chiqadi.
O’qitish metodini tanlash. O’qitish metodlarini tanlash darsni maqsadi va
o’quv materiallari mazmuniga bog’liq.
O’qitish metodini tanlash o’rganiladigan mavzuni mazkur kursda tutgan
o’rniga bog’liq. Ma’lum bir kursni o’rgangan sari o’quvchilarni bilimlari ortib
boradi, shundan so’ng reproduktiv usulni qo’llash mumkin. Bundan tashqari ijodiy
usullarni ham qo’llash mumkin. Masalan, O’zbekiston tabiiy geografiyasini
ikkinchi regional qismini o’quvchilar xaritalar yordamida mustaqil o’rganishlari
mumkin. Xuddi shunday ishlarni o’quvchilar jaxonnning iqtisoditsy va ijtimoiy
geografiyasini aloxida davlatga bag’ishlangan qismini o’rganishda xam amalga
oshirishlari mumkin. O’qitish metodlarini tanlashda o’quvchilarni yoshlari ham
xisobga olinmog’i lozim. Quyi sinf o’quvchilari uzoq vaqt diqqat bilan eshita
olishmaydi. Tez toliqishadi va zerikishadi. SHuning uchun quyi sinflarda
o’qituvchi o’qitish metodlarini tez-tez o’zgartirib turishi zarur. Bunda o’yinlardan
foydavlanish katta samara beradi, chunki bunday sharoitda o’quvchilar toliqmaydi
va kerakli bilim va ko’nikmalarni tez o’zlashtiradilar.
Dars uchun o’quv vositalarini tanlash ham muxim ishlardan xisoblanadi.
O’quv vositalarini tanlash o’qituvchi uchun unga murakkab bo’lmagan ish
xisoblanadi, chunki dasturda xar bir mavzu bo’yicha zarur bo’lgan o’quv
vositalarining turlari berilgan bo’ladi. O’qituvchini vazifasi ulardan darsning qaysi
qismida va qanday foydalanishni aniqlash xisoblanadi. O’quv vositalari bo’yicha
savollar va topshiriqlar ishlab chiqiladi. Bu esa o’quvchilarni bilim va
ko’nikmalarini egallashlarini osonlashtiradi.
O’quv vositalarini tanlaganda quyidagilarni xisobga olish zarur:
- o’quv vositalari darsni mazmuniga mo bo’lishi lozim;
- o’quv vositalari tanlangan o’quv metodi mazmunini to’ldirishi zarur;
- o’quv vositalari o’quvchilarni yoshiga va qobiliyatlariga mos tushishi lozim;
- o’quv vositlari amaliy va mustaqil ishlarni olib borish uchun imkon
yaratishi lozim;
- o’quv vositalari o’quvchilarni bilim va ko’nikmalarini egallashlarini
osonlashtirishi lozim.
O’qitish metodi va vositalari to’ri tanlangan darsning samaradorligi yuqori
bo’ladi.
Geografiya darsi tahlili va tahlilga qo’yiladigan talablar
Dars tahlili o’qituvchilar ortasida o’zaro tajriba almashish, pedagogik
mahoratni tahlil qilisg va o’rganish, turli metodlardan dars jarayonida foydalanish
yo’llarini o’rganish kabi bir qancha maqsadlarda amalga oshiriladi. Geografiya
darsining taxlili quyidagi tartibda olib boriladi:
1.Maktab, sinf, fan oqituvchisining familyasi ismi.
2.Dars mavzusi, uning maqsadi va vazifalari.
3.Darsdagi o’quv materyalining mazmuni, ilmiyligi, dasturga muofiqligi,
tarbiyaviy yo’nalishi, dars mazmunida nazariya bilan amaliyotning aloqadorligi
4.Darsning borishi, izchilligi o’zaro bog’lanish va uning qisimlari o’rtasidagi
bog’liqligi, o’quvchilar bilimini tekshirish, ta’lim metodlarining tanlanishi. Dars
samaradorligini oshirishga qaratilgan talablar. O’quvchilarning faoligini oshirish,
o’quvchilar ulgurmovchiligini oldini olish uchun ko’riladigan tadbirlar.
5. O’quvchilarni mustaqil ishlarini tashkil qilishda o’qituvchining
rahbarligi: a) oqituvchining ish metodi, maqsadga erishishda qatiyatligi
o’quvchilarga nisbattan talabchanligi ularni nazorat qilib turishi, o’qituvchining
nutqi, madaniyati, pedagogik mahorati va xokazo.
6. Darsda o’quvchilarning mustaqil ishlari, darsga qiziqishi ular bilish
faoliyatining faolligi, o’quvchilar bilim olishga jalb etish metodlari.
7. Dars natijasi ijobiy tamoni va kamchiliklari. Dars bo’yicha umumiy
xullosa. Shu dars mavzusi bo’yicha o’qituvchining ishini yaxshilash,
o’quvchilar faolligini oshirish bo’yicha va muloxazalar.
O’qituvchi darsini kuzatish tartibi quyidagicha amalga oshirildi:
1. Darsga tayyorlanish: darsning talimiy va tarbiyaviy axamiyati,
darsning reja-ko’chirmasi, o’quv qo’llanmalari, sinf xonasini tayyorlash,
o’qituvchining darsga tayyorgarligi.
2. Darsning boshlanishi va uning tashkiliy qismi: sinf darsga tayyormi?
Zarur kartalar osilganmi? Sinf doskasi tayyormi? Texnika vositalari kartinalar