Geografiya darsligi va u bilan ishlash texnologiyasi
Geografiya darsligining tuzilishi.
Geografiya ta’limida darsliklar asosiy bilim olish manbai bo’lib hisoblanadi,
shuning uchun ular asosiy o’qitish vositalaridir.
Geografiya darsliklari yuqori ilmiy darajaga ega bo’lishi, metodik aparati
pedagogik jihatdan asoslangan bo’lishi lozim. Darslikning metodik tuzilishi
o’quvchilarni o’qishga o’rgatishga yo’naltirilgan. Darslik juda ko’p ta’limiy
vazifalarni bajaradi. Darslik bilan ishlaganda o’quvchilar quyidagi ishlarni
bajarishadi: matn bilan ishlash usullari; kartografik ma’lumotlar bilan ishlash
usullari; statistik ma’lumotlar bilan ishlash usullari; chizmalar, rasmlar,
fotogrfiyalar bilan ishlash usullari; matndagi jadvallar bilan ishlash usullari;
matndan tashqaridagi materiallar bilan ishlash usullari; darslikdagi ilovalar bilan
ishlash usullari va h.k.
Geografiya o’qituvchisi darslikning mazmuni bilan yaxshi tanishgan va
o’zlashtirgan taqdirdagina darslik bilan ishlash ishlarini yaxshi tashkil qilish
mumkin.
Geografiya darsliklari ikkita yirik qismga bo’linadi (3-rasm): a) darslikning
o’quv matni: b) matndan tashqaridagi materiallar. Mazkur qismlarning har biri
yana o’z navbatda alohida - alohida qismlarga bo’linib ketadi.
Darslikning asosini uning matni tashkil qiladi. Matnda o’quvchilar uchun
yangi ma’lumotlar beriladi.
Matndan tashqaridagi ma’lumotlar o’qitish va nazorat vazifalarini bajaradi.
Matndan tashqaridagi ma’lumotlarga quyidagilar kiradi: a) savol va topshiriqlar;
a)
mundarija, shriftlar; v)ko’rgazma metodlar.
Har bir darslikda juda ko’p savol va topshiriqlar tizimi berilgan. Ular
tushunchalarni o’zlashtirishga, geografik voqea va hodisalar orasidagi aloqalarni
aniqlashga, ko’nikmalarni qo’llashga yo’naltirilgan. Savol va topshiriqlar darslikni
turli joylarida uchraydi: yangi mavzu oldidan; matn ichida; matnning oxirida.
Darslik matni oldida joylashgan savol va topshiriqlar o’quvchilar tomonidan
ilgari olingan bilimlarni faollashtirishga yo’naltirilgan bo’ladi. Masalan, biror
hududni iqlimini o’rganishdan oldin iqlim hosil qiluvchi omillar haqidagi
bilimlarini faollashtirish.
Matn ichidagi savol va topshiriqlar o’quvchilarni fikrlash faoliyatini yangi
o’quv materialini o’zlashtirishga yo’naltiradi. Matnning so’ngida berilgan savol va
topshiriqlar esa olingan bilim va ko’nikmalarni qo’llashga yo’naltiradi. Masalan,
daryolar mavzusini o’tganda, daryo nima, o’zan nima, daryo vodiysi, daryoni
to’yinishi haqida olingan bilimlarni qo’llash mumkin.
Yirik bo’limlar so’ngida berilgan savol va topshiriqlar umumalashgan
xususiyatga ega, bilimlarni tartibga solishga undaydi, o’quvchilarni umumiy
dunyoqarash bo’yicha xulosalar qilishga olib keladi.
Matndagi ko’rgazmali materiallarga quyidagilar kiradi: matndagi haritalar;
muqovadagi haritalar; diagrammalar, chizmalar va jadvallar; rasmlar va
fotografiyalar; turli xil kesmalar; orografik chizmalar. Ko’rgazmalar faqat matn
mazmunini boyitibgina qolmasdan alohida bilim manbaii bo’lib ham hisoblanadi.
Geografiya darsliklarining oxirida berilgan atama va tushunchalar lug’atida
mazkur kursda berilgan tushunchalar tizimining ro’yhati beriladi.
Darslik bilan ishlash texnologiyasi
Darslik bilan ishlash geografiya ta’limida muntazam olib boriladi. Darslik
bilan ishlash texnologiyasi qo’yidagi qismlardan iborat: darslik bilan tanishish va u
bilan ishlash qoidalarini o’rgatish; darslik matni bilan ishlash; darslikdagi haritalar
bilan ishlash; matndagi chizmalar bilan ishlash; matndagi rasmlar bilan ishlash;
matndagi jadvallar bilan ishlash; darslik ilovalari bilan ishlash; darslik bilan
ishlashni tashkil qilish; har bir sinf darsligi bilan ishlashni o’ziga xos xususiyatlari.
O’quv yilini boshida o’qituvchi o’quvchilarni darslik bilan tanishtiradi.
Darslik bilan tanishtirish quyidagi tartibda amalga oshiriladi. Dastlab darslikni
nomi, mualliflari, qaysi nashriyotda va qachon chop etilganini o’quvchilarga
tushuntiradi. Shundan so’ng darslikning tarkibiy tuzulishi ochib beriladi (kirish,
necha qism, necha bob, ilovaning bor yo’qligi). Masalan, 7-sinf darsligini oladigan
bo’lsak, darslik O’rta Osiyo va O’zbekiston tabiiy geografiyasi deb nomlanadi,
darslikni mualliflari P.G’ulomov, X.Vaxobov, P.Baratov. M.Mamatqulov
hisoblanadi, darslik “O’qituvchi” nashriyotida 2017 yil chop etilgan. Darslik
kirish, ikkita bo’lim, 9 qism va ilovadan iborat. Darslikning birinchi bo’limi O’rta
Osiyo tabiiy geografiyasiga bag’ishlangan, ikkinchi bo’limi esa O’zbekiston tabiiy
geografiyasi bayoniga bag’ishlangan. Darslikning ilova qismi 7 ta jadvaldan iborat
(tog’ cho’qqilari, chuqur botiqlari, yirik daryolar, ko’llar, suv omborlar,
qo’riqxonalar). Darslikning umumiy hajmi 174 bet. Darslikdagi 59 ta rasm
berilgan. Rasmlar haritalardan, diagrammalardan, chizmalardan iborat.
Shundan so’ng darslikdan foydalanish qoidalari tushuntiriladi (toza tutish,
darslik sahifalariga turli xil so’zlarni yozmaslik, buzmaslik, yirtmaslik va h.k)
Darslikning matni bilan ishlash. Darslikni matni bilan ishlash quyidagi
qismlardan iborat: izohli o’qish, matni asosida reja tuzish, matnni ma’lum bir
qismini o’qib so’ngra so’zlab berish.
Izohli o’qish o’qituvchi yoki o’quvchi tomonidan amalga oshirilishi
mumkin. Bunda matn qismlarga bo’linib o’qiladi so’ng o’qilgan matnga izoh
beriladi. Masalan, 7-sinf darsligining birinchi bo’lim 14-§ dan quyidagi jumlani
keltirishimiz mumkin: “Tekisliklar O’rta Osiyoning markaziy, g’arbiy va Shimoliy
qismlarida joylashgan. O’rta Osiyoning anchagina qismini Turon tekisligi
egallagan. Bu tekislikda O’rta Osiyoning yirik cho’llari - Qoraqum va Qizilqum
joylashgan” (41 bet). Mazkur jumlani o’qigandan so’ng o’qituvchi unga izox
beradi. Izox berganda tekisliklar, ularning turlari, kelib chiqishi haqida so’zlab,
O’rta Osiyodagi eng yirik bo’lgan Turon tekisligini haritadan ko’rsatib, uning
asosiy xususiyatlarini gapirib beradi.
Matnning ayrim qisimlariga reja tuzish. Bunda matn ma’lum bir qismlarga
bo’linib o’quvchilarga bo’lib beriladi va ulardan matnning ushbu qismiga reja
tuzish vazifasi beriladi. Masalan, O’rta Osiyo hududining rivojlanish tarixi va
foydali qazilmalari mavzusini matnini quyidagi qismlarga bo’lish mumkin:
- paleozoy erasida hududning rivojlanishi;
- mezozoy erasida hududining rivojlanishi;
- kaynazoy erasida hududning rivojlanishi;
- zilzilalar;
- foydali qazilmalar.
Shulardan foydali qazilmalar qismiga quyidagicha reja tuzish mumkin:
yoqilg’i foydali qazilmalari: (ko’mir, neft, gaz), qora metall konlari, rangli
metallar konlar, mineral o’g’itlar konlari, qurilish xom ashyosi konlari (marmar,
oxak, qum, granit).
Darslikdagi haritalar bilan ishlash. Har bir sinf geografiya darsligining
matnidagi mavzuga oid turli xil haritalari mavjud. Haritalar 6,7,8 va 9-sinf
darsliklarida ko’proq. Matndagi haritalar asosan mustaqil ishlarni bajarishda
ko’proq ishlatiladi. Masalan, 7-sinf darsligining 7-sahifasida Yevrosiyoning tabiiy
geografik o’lkalari haritasi berilgan. Ushbu harita bo’yicha quyidagi topshiriqlarni
o’quvchilarga berish mumkin:
- Janubiy Osiyoda joylashgan Yevrosiyo tabiiy geografik o’lkalarini
aniqlang va ularning geografik joylanishiga baho bering:
- Yevropada joylashgan tabiiy geografik o’lkalarni aniqlang:
- O’rta Osiyo tabiiy geografik o’lkasi qaysi o’lkalar orasida joylashgan:
- Shimoliy Osiyo qanday tabiiy geografik o’lkalardan iborat va h.k.
Shunday taxlitda har bir mavzuli harita bo’yicha o’quvchilarga mustaqil ish
uchun vazifa berish mumkin.
Darsliklarda juda ko’p rasmlar ham berilgan. Mazkur rasmlar tabiiy va
iqtisodiy geografik obyektlarning tasviriga bag’ishlangan. Shuning uchun
kartadagi rasmlar bo’yicha ham o’quvchilarga mustaqil ishlar berish mumkin.
Geografiya darslaridagi rasmlarni quyidagi guruhlarga bo’lish mumkin: buyuk
olim va sayyohlarning rasmlari; tabiiy landshaftlar manzarasini tasvirlaydigan
rasmlar (tog’lar, tekisliklar, vodiylar, chuqurlar va h.k); tabiiy geografik
jarayonlarning oqibatlari va ko’rinishlarini tasvirlaydigan rasmlar (nurash,
sho’rxok, vulqon, zilzila va h.k); iqtisodiy geografik obyektlarni tasvirlaydigan
rasmlar (zavod, fabrika, suv ombolari, qishloq xo’jalik ekinlari, yo’llar, kanallar va
h.k).
Chizmalar haritalarga o’xshab darslikda juda ko’p uchraydi. Ular geografik
aloqalar va qonuniyatlarni ifodalaydi, ular orqali mavzuga tegishli qonuniyatlarni
o’quvchilarga oson tushuntirish mumkin. Masalan, Yerga Quyoshdan keladigan
issiqlikni miqdori uning tushish burchagiga bog’liqligini ko’rsatuvchi chizmalar.