Geografiya kabineti
Geografiya kabineti va uni jihozlash
Geografik bilimlarni o’zlashtirishda geografiya xonasi va unda joylashgan
jihozlar katta ahamiyatga ega. Geografiya xonasi mavjud bo’lgandagina tegishli
o’quv vositalaridan ta’lim jarayonida samarali foydalanish mumkin. Geografiya
xonasi o’quv vositalari majmuasini, mebellar, o’qituvchi va o’quvchilar uchun
moslamalar, o’quv jihozlarini saqlash qurilmalari, texnik vositalar, ekspozittsion
materiallar, ilmiy-metodik qo’llanmalardan iborat murakkab tuzum bo’lib
hisoblanadi.
Geografiya xonasini uch qismga bo’lishimiz mumkin: a) o’quvchilarni joyi;
b) o’qituvchini joyi; v)jihozlar.
O’quvchilarni ish joyi. Geografiya xonasida o’quvchilarni ish joyi ikki
o’rindiqli stol va stuldir. Ular yog’ochdan yoki temirdan qilingan bo’lishi mumkin.
Bu yerda asosiy antropometrik talab, stol va stullarning balandligi o’quvchilar
bo’yiga mos kelishi lozim.
O’quvchilar stollarini joylashtirayotganda umumiy gigienik talablarga amal
qilish lozim. Stol va stullarni uch qator qilib joylashtirgan ma’qul. Ular sinf
taxtasidan 2 m uzoqlikda joylashishi zarur. Deraza va stollar hamda stullar qatori
oralig’idagi masofa 60 sm dan kam bo’lmasligi lozim. Oxirgi qatoragi stullar bilan
shkaflar orasida o’tish uchum masofa bo’lmog’i lozim. O’quvchilar stollarda
bo’yiga qarab o’tirishi lozim.
Geografiya xonasida o’qituvchilarni ish joyi. O’qituvchi odatda o’rta
qatorni boshida joylashadi. Uning ish joyi o’quv vositalarini namoyish qiladigan
joy hisoblanadi. O’qituvchi o’tirgan joydan sinfni hamma tomoni va sinfdagi
barcha o’quvchilar ko’rinib turishi lozim. O’qituvchini ish joyi quyidagi talablarga
javob bermog’i lozim:
1. Sinfni barcha tomoni hamda barcha o’quvchilar o’qituvchi nazoratidan chetda
qolmasligi lozim.
2. O’qituvchini stoli yonida o’quv vositalarini namoish qiladigan yoki ulardan
foydalaniladigan moslamalar bo’lmog’i lozim;
3. Geografiya darslarida ko’p hollarda asosiy o’quv vositasi sifatida haritadan
foydalanilganligi uchun kartografik vositalarni namoish qiladigan moslamalar
bo’lishi e’tibordan qochmasligi lozim.
O’quv vositalarini namoyish qiladigan stolni balandligi 90 sm dan
oshmasligi lozim, uning yuzasi esa 120x75 bo’lishi zarur. Namoyish stolida
proeksion apparatlarni, deraza pardalarini, haritalarni tushuntirib va ko’taradigan
boshqaruv pultini joylashtirish mumkin. Namoyish stoli bilan birga o’qituvchi
stoli ham bo’lmog’i lozim. Unda o’qituvchini kitoblari, daftarlari, darsga oid
materiallar va sinf jurnali joylashadi. Mazkur joyda o’qituvchi o’tirib ishlaydi.
Stolning baladligi 75 sm, yuzasi 75x76 sm bo’lmog’i lozim.
Geografiya xonasidagi sinf taxtasi o’qituvchi va o’quvchilar tomonidan turli
o’quv maqsadlarda foydalaniladi, ularni quyidagi guruhlarga bo’lishimiz mumkin:
- yozish uchun;
- chizish uchun;
- chizmalarni, diagrammalarni, xomaki haritalarni chizish uchun;
- jadvallarni, rasmlarni joylashtirish uchun;
- ekranli qo’llanmalarni namoishi uchun;
- o’qituvchi tomonidan topshiriqlar yozish;
- o’qituvchi tomonidan dars mavzusi rejasini yozish uchun.
Sinf taxtalarining o’lchamlari quyidagicha bo’lmog’i lozim: 180x1105 sm
jadvallar va rasmlarni saqlash uchun yasalgan sandiqlarni o’qituvchiga yaqin
joylashtirilgani maqul.
Geografiya xonasida o’quv vositalarini joylash o’quv dasturi bo’limlari va
sinflar bo’yicha bo’lishi lozim. Buning uchun bo’limli shkaflardan foydalaniladi.
Mazkur shkaflar olinadigan va qo’yiladigan tokchalardan iborat bo’ladi. Bundan
tashqari jihozlarni saqlash uchun ham sandiqlar bo’lishi lozim. SHkaflarda
kitoblar, jurnallar, audio, video qo’llanmalar saqlanadi.
Geografiya o’qitishni texnika vositalarini saqlash va ulardan foydalanish
uchun moslamalar bo’lmog’i lozim. Masalan, diaproektorlar, kinoproektorlar,
grofoproektorlar (plyonkalar bilan ishlash uchun).
Geografiya xonasida turli xil yo’nalishdagi kartotekalar albatta bo’lmog’i
lozim. Ularni quyidagi guruhlarga bo’lishimiz mumkin:
-
o’qituvchilarni darsga tayyorgarlik kartotekasi. Unda dars mavzusi,
mazmuni, o’qitish metodlari va usullari, vositalari, dars rejasi yozilgan bo’ladi;
- o’quv jihozlari kartotekasi;
- mavzular bo’yicha masala va mashqlar kartotekasi;
- yozma ishlar kartotekasi;
- mavzuli kartotekalar;
- qo’shimcha adabiyotlar kartotekasi;
- jurnallar va gazetalar kartotekasi;
- davlatlar kartotekasi va h.k.
Ma’lum bir mavzuga muammolar tayyorlash jarayonida turli xil
ko’rgazmali qurollardan uyg’unlashgan xolda foydalanishni ko’zda tutilsa
maqsadga muofiq bo’ladi.
Matnli ma’lumotlar rasmlar, chizmalar va diagrammalar bilan boyitilgan
bo’lmog’i lozim.
O’qituvchini geografiya xonasida olib boradigan tashkiliy
xo’jalik ishlari
Geografiya xonasi o’quvchilarni bilim olish faoliyatini samarali tashkil
qilishda katta ahamiyatga ega. Shuning uchun geografiya xonasini tashkil qilishga
katta ahamiyat berilmog’i lozim. O’qituvchilarni geografiya xonasida qiladigan
ishlari quyidagi bosqichlardan iborat:
Birinchi bosqich. O’qituvchi geografiya xonasini qabul qilib oladi. Xonani
qabul qilib olgandan so’ng o’qituvchi quyidagi ishlarni amalga oshiradi: -
kabinetdagi mavjud bo’lgan o’quv jihozlari ro’yxatini tuzadi. O’quv jihozlariga:
mebellar, barcha o’quv vositalarini namoiyish qilish va saqlash moslamalari kiradi.
Buning uchun barcha ishga yaroqli bo’lgan o’quv jihozlarini ro’yxati tuziladi. Shu
bilan birga ishga yaroqsiz ta’imrlash lozim bo’lgan o’quv jihozlari ro’yxati ham
tuziladi. O’quv xonasida mavjud o’quv jihozlari optimal xona jihozlari bilan
solishtiriladi va xonaning jihozlar bilan ta’minlanganlik darajasi aniqlanadi.
Ikkinchi bosqich. Mazkur bosqichda barcha o’quv jihozlari ularga ajratilgan
joylarga o’rnatiladi. O’qituvchi va o’quvchining ish joyi tashkil qilinadi. O’quv
vositalari saqlanadigan joy aniqlanadi va ular o’qitishni texnik vositalari va
geografik haritalardan foydalanish uchun moslamalar bilan jihozlanadi. So’ngra
quyidagi ishlar amalga oshiriladi:
- geografiya xonasini qayta jihozlash, namoyish stendlari uchun materiallar
to’plash, o’lkashunoslik materialini yig’ish bo’yicha ishlar rejasi tuziladi;
- o’lkashunoslik burchagini va muzeyini jihozlash rejasi tuziladi. Unda o’lka
tabiiy va iqtisodiy sharoiti tarkibiy qismlari namunalari, modellari va maketlari
joylashtiriladi. Masalan, tog’ jinslari namunalari, qishloq yoki shahar modeli,
qishloq xo’jalik yoki sanoat mahsulotlari namunalari;
- geografik maydonchani jihozlash rejasi tuziladi;
- geografiya xonalaridagi barcha jihozlar, asbob-uskunalar ro’yxati tuziladi.
Uchinchi bosqichda va geografiya xonasini keyingi faoliyati davomida
yetmayotgan jihozlar to’ldiriladi, eskilari yangilanadi, yangi jihozlar chiqqan
bo’lsa ular olinadi va o’rnatiladi. Kutubxona yangi adabiyotlar bilan boyitib
boriladi. Bir vaqtning o’zida geografiya xonalaridagi barcha o’quv jihozlari
tartibga tushiriladi va katalogi tuziladi. O’lkashunoslik burchagi yoki muzeyi
hamda geografiya maydonchasi jihozlanadi.
Mazkur ishlarni barchasini geografiya o’qituvchisi o’zining xo’jalik- tashkliy
faoliyati davomida bajaradi va uning muhim pedagogik faoliyatiga kiradi.
Geografiya xonasi jihozlanish darajasi o’quvchilarni bilish faoliyatini samarasini
belgilab beradi. Shuning uchun geografiya xonasini jihozlash bo’yicha o’qituvchi
aniq rejani ishlab chiqmog’i lozim.
Geografiya xonasidan o’quv va sinfdan tashqari ishlarda foydalanish.
Hozirgi vaqtda geografiya xonasidan samarali foydalanish muammosi
hamon dolzarb muammolardan bo’lib turibdi. Chunki geografiya xonasidagi ayrim
o’quv vositalari umuman yil davomida foydalanilmaydi, ayrimlaridan, masalan,
geografik haritalar muntazam foydalaniladi.
Geografiya xonasida joylashgan barcha o’quv vositalaridan dars jarayonida
samarali foydalanish uchun ularni ta’lim jarayonida bir nechtasidan uyg’unlikda
foydalanish zarurligini geograf-metodist olimlar takidlab o’tishgan (Yu.G.