Geografiya o‘qitish metodikasi fanining maqsad va vazifalari. Bilimlar
hajmini belgilashda geografiya o‘qitish metodikasining roli
O‘quv mashg‘ulotining maqsadi: Geografiya o‘qitish nazariyasi va
metodikasining o‘rganish ob’ekti, maqsadi va vazifalari, rivojlanish tarixi, uning
o‘ziga xos xususiyatlari va ta’limdagi o‘rni haqidagi bilimlarni mustahkamlash.
№
Bajariladigan topshiriqlar
Amaliy
mashg‘ulot
natijasi
1
“B.B.B” jadvalining 1-2 ustunlarini to‘ldiring
“B.B.B.”
jadvali
2
Pedagogika fani qaysi tarmoqlarga bo‘linadi? 1-ilovada
berilgan matndan foydalanib, savolga javob bering va
pedagogika fani tarmoqlarini sxemasini chizing.
Sxema
3
2-ilovada berilgan matndan foydalanib, geografiya o‘qitish
metodikasi bo‘limlarini o‘rganing quyidagi jadvalni
to‘ldiring.
1-jadval
4
Geografiya ta’limining maqsad, mazmuni va vazifalarini
tahlil qiling
Yozma
tavsif
5
Blits-so‘rov savollariga javob bering.
6
O‘qitish maqsadining maktab geografiyasini mazmuni,
tuzilishi, o‘qitish usullari va yo‘nalishini belgilashdagi
ahamiyatini tushuntiring. Matnning tagiga chizib ko‘rsatilgan
qismini o‘qing. Siz qanday xulosaga keldingiz?
4-ilova
Yozma
tavsif
“B.B.B.” jadvali
№
Mavzu savoli
Bilaman
Bilishni
xohlayman
Bildim
1
2
3
4
5
2
Metod
3
Metodika
4
Pedagogika
5
Geografiya
o‘qitish
metodikasining o‘rganish
ob’ekti
6
Didaktika
7
Ko‘nikma
8
Malaka
9
Bilim
Uslubiy ko‘rsatmalar
1-ilova.
Geografiya o‘qitish metodikasi pedagogika fanlari tarkibiga kiradi. Bu
fan maktablarda tabiiy va iqtisodiy geografiya asoslarini o‘qitish
jarayonini o‘rganadi. U umumiy didaktika bilan bog‘langan.
Didaktika-ta’limning mazmunini, o‘kuv jarayonini va
tarbiyaning asosiy qonuniyatlarini o‘rganadigan nazariy fandir. Ammo u
aloqida fanlarni o‘qitish jarayoni bilan shug‘ullanmaydi. Alohida fanlarning
o‘qitish metodikasi bilan maxsus pedagogika fanlari shug‘ullanadi. Pedagogika
inson tarbiyasi haqidagi fandir. Tarbiya mohiyatini, maqsadlarini, vazifalarini va
qonuniyatlarini, ta’lim jarayoni qonuniyatlarini aniqlab beradi. Pedagogika
tarbiya nazariyasini, didaktika va maktabshunoslikni o‘z ichiga oladi.
Pedagogika fani quyidagi tarmoqlarga bo‘linadi: a) maktabgacha
yoshdagilar pedogogikasi; b) maktab pedagogikasi; v) hunar-texnika ta’limi
pedagogikasi; g) oliy ta’lim pedagogikasi; d) harbiy pedagogika; j) pedagogika
tarixi.
2-ilova
Geografiya o‘qitish metodikasi umumiy va xususiy bo‘limlardan iborat.
Umumiy metodika o‘z navbatida tabiiy va iqtisodiy geografiyani o‘qitish
metodikasiga bo‘linadi. Xususiy metodika asosan maktab geografiyasining
alohida kurslarini o‘qitish usullari bilan shug‘ullanadi.
Umumiy metodika - bu geografiyaning didaktikasidir, ya’ni uning
umumiy nazariy qismi bo‘lib, geografiya o‘qitish jarayonini umumiy
masalalari bilan shug‘ullanadi. Umumiy metodika nazariy va metodologik
muammolarni o‘rganadi-ya’ni predmetning o‘zini, logikasini va ilmiy
tekshirish usullarini o‘rganadi, asosiy e’tiborni o‘quv-tarbiya
muammolarini ishlab chiqishga qaratadi.
Xususiy metodika-alohida kurslarni o‘qitish metodikasi bilan
shug‘ullanadi, umumiy nazariy usullarni alohida kurslarni o‘kitish
jarayonida qo‘llash muammolari bilan shug‘ullanadi. Xususiy metodika asosan
alohida kurslar bo‘yicha o‘kuv-tarbiya jarayonlarini o‘rganadi, alohida
kurslarni mazmuni va tuzilishini ishlab chiqadi.
1-jadval. Geografiya o‘qitish metodikasining bo‘limlari
№
Geografiya o‘qitish metodikasi
Umumiy metodika
Xususiy metodika
1
2
3
4
3-ilova
Geografiya ta’limining asosiy maqsad va vazifalari O‘zbekiston
Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan tasdiqlangan «Maktab geografiyasini
qayta qurishning ilmiy-uslubiy konsepsiyasi»da quyidagicha belgilab berilgan:
- dunyoni yaxlit idrok etishni, geografik qamrovda mushohada yuritishni, bir so‘z
bilan aytganda, geografik madaniyatni tarbiyalash;
- tevarak-atrofni idrok qilishning muhim vositasi va uslubi bo‘lgan haritadan
mohirona foydalana bilishni o‘rgatish;
- har qanday shaxs, tabiat va jamiyat bilan munosabatning eng oqil me’yorlariga
amal qilishni, buni muhim sharti esa, ularga kompleks yondashish zarurligini
anglatmoq;
- har bir fuqoroning o‘zi yashab turgan ijtimoiy muhitda samarali faoliyat
ko‘rsatishiga zarur bo‘lgan bilim va malaka berish bilan ruyobga chiqishi va
rivojlanishini ta’minlash.
Geografiya talimining mazmuni quyidagilardan iborat: Geografiya ta’limi
umumiy o‘rta ta’lim maktablarida tashkil etiladigan pedagogik jarayonning
ajralmas va uzviy bog‘langan tarkibiy qismi sifatida mazkur ta’lim muassasasi
oldiga qo‘yilgan umumiy maqsadlarga muvofiq barkamol o‘quvchi shaxsini
tarbiyalashga xizmat qiladi. Shuningdek, geografiya ta’limi o‘quvchilarda Yer
to‘g‘risidagi ilmiy dunyoqarashlarni shakllantiradi, ijtimoiy-iqtisodiy bilimlarni
tarkib toptiradi, dunyo davlatlari va turli regionlarda jamiyat va tabiatning o‘zaro
bog‘liqligi, geografik ob’ekt, jarayon va hodisalar haqidagi bilim va tushunchalar
bilan qurollantiradi, umuminsoniy madaniyatni tarkibiy qismi bo‘lgan geografik
madaniyatni tarbiyalaydi.
Geografiya o‘qitish metodikasining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
xar bir maktab geografiya kursining sinflar bo‘yicha maqsadi,
mazmuni va ahamiyatini belgilash, ular mazmunini takomillashtirish;
o‘quvchilarning yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda o‘zlashtirishga
imkon beradigan ta’lim yo‘llarini aniqlash;
o‘quvchilarga amaliy ko‘nikma va malakalarini singdirish imkoniyatlarini
aniqlash;
ta’lim jarayonida o‘quvchilar faoliyatini oshiradigan va mustaqilligini
ta’minlaydigan samarali usullarini aniqlash;
geografiya fanining umumiy va politexnik ta’lim tizimidagi, o‘quvchilarni
mexnatga o‘rgatish, ularga axloqiy, estetik tarbiya berish vazifalarini ochib
borish;
ta’limning tashkil etish turlarini ishlab chiqish va takomillashtirish;
sinalgan usullarni takomillashtirish;
darslik va boshqa o‘quv qo‘llanmalariga quyiladigan talablarni ishlab
chiqish;
kurslar bo‘yicha o‘quv qurollariga bo‘lgan talablarni ishlab chiqish va
ulardan foydalanish metodikasini yaratish;
fakul’tativ kurslar dasturlarini yaratish;
4-ilova
O‘qitish maqsadlarini aniqlash didaktika va GO‘Mning eng muhim