Geografiya ta’limi metodikasining shakllanishi va rivojlanish tarixi
Tayanch iboralar
Geografik bilimlar, didaktika, Sharq geografiyasi, Ma’mun akademiyasi,
geografik koordinatalar, geografik kenglik, geografik uzunlik.
Geografiya fani eng qadimgi fanlar qatoriga kiradi, shuning chun uning
rivojlanish tarixi ham o’ziga xos xususiyatlarga ega. Har bir bosqichda geografiya
fanining ayrim tarmoqlari ma’lum bir sharoit ta’sirida juda tez rivojlanib kelgan.
Qadimgi davrda geografiya ta’limining rivojlanishi.
Qadimgi davrda geografiya fani va ta’limining rivojlanishini ikki bosqichga
bo’lib o’rganish mumkin: a) geografik bilimlarning dastlabki to’planishi; b)
geografiya fanining shakllanish va rivojlanish.
Geografik bilimlarning dastlabki to’planishi eramizdan oldingi VII-asrgacha
davom etgan. Geografik bilimlar ibtidoiy jamoa davrida odamlarning ehtiyoji
munosabati bilan qo’llana boshlangan. Ularning birinchi geografik bilimlari joyda
mo’ljal olish va eng sodda haritalar tuzishdan iborat bo’lgan. Odamlarni dengiz
bo’ylab suza boshlashi geografiya fanini rivojlanishida juda katta omil bo’lib
hisoblanadi. Ayniqsa Kritliklarning O’rta dengiz bo’ylab suzishlari va Gibraltar
bo’g’ozi orqali Atlantika okeaniga chiqish juda ko’p geografik nomlarni vujudga
kelishiga olib keldi. Bunday nomlarga Yevropa va Osiyo nomini aytish mumkin.
Kritliklar uchun g’arb tomon Yevropa, sharq tomon Osiyoni bildirgan. Eramizdan
avvalgi VII-asrlarga kelib geografiya fanini rivojlanish markazi qadimgi
Yunonistonga ko’chdi. Yunonistonda juda ko’p fanlar shakllandi va rivojlandi.
Mazkur davrdagi mashhur olimlardan Gomerni tomonidan miloddan oldingi XII-
asrda dunyo haritasi tuzilgan va bu haritada asosan O’rta dengiz atrofi
tasvirlangan.
Geografiya fanining shakllanishi bosqichi. (Eramizdan avval VII-asrdan
eramizning V-VI asrlarigacha) mazkur bosqichda kemachilikning rivojlanishi
odamlarni dunyo haqidagi bilimlarini kengaydi hamda yirik davlatlarning vujudga
kelishi tufayli falsafa fani rivojlana boshladi. Ushbu bodqichda geografiya va
boshqa fanlar falsafa tarkibida rivojlangan. Eramizgacha VI-asrga kelib yerning
shakllanishi haqida turli fikr va qarashlar paydo bo’ldi. Mazkur bosqichda yer
Anaksimandir (eramizgacha VI-asr) o’sha paytda fanga ma’lum bo’lgan dunyo
haritasini chizib, yerni tavsifini tuzgan. Shundan boshlab geografiya bo’yicha yirik
asarlar yozila boshlandi. Ular geografik darsliklar o’rnini bosgan. Aristotel
tomonidan miloddan avval IV- asrda yerning sharsimonligi, yerda issiqlik
mintaqalarining mavjudligi isbotlandi. Dunyo haritasi tuzildi. Uning haritasida
Gomer haritasidagi joylar yanada kengaytirilib, Afrikaning Shimoliy qismi, Osiyo
va Yevropa qit’alari tasvirlangan. Osiyodagi Hindiston, Amudaryo va Sirdaryo,
Kaspiy dengizi, Yevropadagi Italiya, Makedoniya, Ichki (O’rta) dengiz, Iberiya va
boshqa joylar tasvirlangan. Aristotel Yer sharini kishilar yashaydigan issiq mintaqa
va kishilar yashamaydigan sovuq mintaqa ajratilgan. Aristotel tomonidan tuzilgan
“ Meteorologiya” kitobini yozgan.
Geografiya predmeti bo’yicha birinchi darslikni miloddan avvalgi III - asrda
Eratosfen yozdi va “Geografiya” atamasini fanga olib kirdi. Mazkur darslik uch
qismdan iborat bo’lgan. Birinchi qismida geografiyaning rivojlanish tarixi,
ikkinchi qisimida Yerning o’lchamlari, quriqlik va okeanlar chegaralari, iqlimlar
tavsifi berilgan, uchunchi qismida esa quriqlikni materiklar va okeanlarga
bo’linishi va o’sha davrdagi yirik davlatlar tavsifi berilgan. Bundan tashqari
Erotosfen dunyo haritasini tuzgan va Yerning o’lchamlarini aniqlagan.
Eramizgacha bo’lgan II-asrning oxiri va eramizning birinchi asrida Strabon
17-tomli “Geografiya” nomli asar yozgan. Strabon tomonidan mamlakatshunoslik
geografiyasi rivojlantirilgan.
Huddi shu davrda geografiya fanining rivojlanishiga Klavdiy Ptolomiy juda
ulkan hissa qo’shgan. U geografik haritalarni daraja to’ri bilan tuzish usulini ixtiro
qilgan. Shu usulda dunyo haritasini tuzgan, 8-tomlik “Geografiya” asarini yozgan.
Uning kitobida keltirilgan haritalar konusli va streografik proektsiyalarda tuzilgan.
Shimol doimo haritalarning yuqori qismida tasvirlangan.
Demak, qadimgi bosqichlarda geografiya atamasi fanga olib kirilgan, dunyo
haritasi tuzilgan, geografiya predmeti bo’yicha kitoblar va darsliklar yozilgan.
Haritalarni daraja to’g’ri bilan tuzish usuli ixtiro qilingan. Shimol tomon
haritalarni yuqori qismida tasvirlanishi mustahkamlangan.
O’rta asrlarda geografiya ta’limining rivojlanishi
O’rta asrlarda geografiya fani va uni o’qitish metodikasi yanada rivojlandi va
chuqurlashdi. Yangi kitob va darsliklar yozildi, yangi yerlar ochilishi bilan dunyo
haritasi yanada aniqlasha boshladi.
O’rta asrlarda geografiya ta’limining rivojlanishini ikki bosqichga
bo’lishimiz mumkin: o’rta asrning birinchi yarmida geografiya ta’limining
rivojlanishi; buyuk geografik kashfiyotlar bosqichida geografiya ta’limining
rivojlanishi.
O’rta asrlarning birinchi bosqichida geografiya ta’limining rivojlanishi.
Mazkur bosqichda geografiya ta’limi asosan sharq mamlakatlarida rivojlandi.
Mazkur bosqichida geografiya ta’limining rivojlanishiga oid quyidagi natijalar
olingan:
-
IV asrda Aleksandr Kosma Indikoplev tomonidan dunyo haritasi tuzildi.
Uning haritasida Shimoliy Afrika, Yevropa, O’rta dengiz, Osiyo, Kaspiy dengizi
tasvirlangan;
-
VIII-IX asrlarda Ahmad Al-Farg’oniy astrolobiya asbobini yaratdi. Uning
astranomiya darsligi bir necha asrlar davomida Yevropa mamlakatlarida asosiy
darslik sifatida qo’llanildi;
-
Muhammad Ibn Al Xorazmiy IX asrda “Surat-al-Arz” nomli kitob yozgan,
dunyo haritasini tuzgan, geodezik o’lchov ishlarini olib borgan;
-
Abu Rayhon Beruniy birinchi bo’lib globusni yaratdi, Dunyo haritasini
tuzdi. Geografiya fanini rivojlanishiga katta hissa qo’shdi. U “Hindiston”,
“Meniralogiya”, “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar”, “Geodeziya
(matematik geografiya)” va boshqa ko’plab asarlar yozgan;
-
Abu Ali Ibn Sino relyefni vujudga kelishida ichki va tashqi kuchlarni o’rni
va ahamiyatini ochib beradi;
-
Zahiriddin Muhammad Bobur o’zining “Boburnoma” asari bilan regional
geografiyani rivojlanishiga ulkan hissa qo’shdi. “Boburnoma”da keltirilgan
ma’lumotlar asosida O’rta va Janubiy Osiyo davlatlarining o’rta asrlardagi tabiiy
sharoiti va xo’jaligi haqida fikr yuritish mumkin.
Demak, o’rta asrlarning birinchi qismida geografik bilimlar yanada
kengaygan va chuqurlashgan.
Buyuk geografik kashfiyotlar bosqichi
Ushbu bosqichdan boshlab Yevropada fan yana rivojlana boshladi. Natijada
Dunyo ahamiyatiga ega bo’lgan kashfiyotlar qilindi. 1492-yil Xristofor Kolumb
tomonidan Amerika qit’asi ochildi. 1498-yili Vasko-da-Gama boshliq Portugaliya
ekspeditsiyasi Afrikani aylanib o’tib, Evropadan Hindistonga dengiz yo’lini ochdi.
1519-1521 - yillari Fernan Magellan boshliq Ispaniya ekspeditsiyasi okean bo’ylab
Dunyo aylana sayohatni amalga oshirdi va Yerning sharsimonligini yana bir bor
isbotladi. 1650-yili Golland olimi B.Vareniy “Umumiy geografiya” nomli asar
yozdi. Mazkur asarda geografiya ikki qismga,ya’ni umumiy va xususiy qismlarga
bo’ladi.
Ilmiy geografik tadqiqotlar davrida geografiya ta’limining
rivojlanishi
XVII-asrdan boshlab Yer yuzasi tabiatini o’rganish bo’yicha maxsus
ekspeditsiyalar uyushtirila boshlandi. Geografik ma’lumotlarni yiqilishi va ularni
umulashtirish asosida yirik ilmiy va amaliy natijalar olindi. XVII- asrning
o’rtalarigacha geografiya alohida predmet sifatida o’qitilmas edi. Geografik
bilimlar mamlakatshunoslik kurslari tarkibida berilar edi. Buyuk geografik
kashfiyotlar va ilmiy geografik tadqiqotlar bosqichi natijalari ta’sirida geografiya
faniga bo’lgan e’tibor kuchaydi. Natijada XVII-asrning ikkinchi yarmidan boshlab
G’arbiy Yevropa davlatlari maktablarida geografiya alohida predmet sifatida o’quv
dasturiga kiritildi. XVIII- asrdan boshlab esa geografiya barcha maktablarda
o’qitiladigan bo’ldi. XVIII-asrning boshlarida maktablarni ixtisoslashiga ko’ra
geografiyaning ma’lum bir tarmog’i o’qitilar edi. Matematik - navigatsiya
maktablarida matematik geografiya, boshqlarida esa siyosiy geografiya o’qitilar
edi. Siyosiy geografiya asosan mamlakatlar tavsifidan iborat bo’lgan. XVIII
asrning boshlarida I.Gyubner (1719) tomonidan“Yer sharini qisqacha tavsifi”
nomli darslik nashr qilindi. Ushbu davrda yirik Golland olimi Vareniy “Bosh
geografik ” nomli mashhur asarini yozdi.
XVIII
asming birinchi yarmida geografiya o’qitish metodikasi Gollandiya va
Germaniyada rivojlandi. Juda ko’p darsliklar e’lon qilindi. Ammo mazkur
darsliklarning mazmuni asosan geografik nomlar, ma’lumotlar va sonlardan iborat
bo’lgan. O’quvchilar faoliyati ularni yodlab olishdan iborat edi.
Rossiyada geografiya fanini va uni o’qitish metodikasini rivojlanishida
M.V.Lomonosov X.Chebotarevlar katta xizmat qilishdi. XVIII- asrning ikkinchi
yarmida X.Chebotarev “Rossiya imperiyasini geografik va metodik tavsifi” nomli
darsligini nashrdan chiqardi. Mazkur davrda geografiya ikkita sinfda o’qitilgan:
III-sinfda umumiy geografiya, IV- sinfda Rossiya geografiyasi.
XIX- asrning boshlarida Yevropa davlatlari va Rossiyada barcha o’quv
muassalarida geografiya ta’limi joriy qilindi. 7-yillik gimnaziyalarning 3-sinfidan
IX-sinfigacha geografiya predmeti o’rganilgan. Geografiya predmeti bo’yicha
haftalik soatlar miqdori 14 soatni tashkil qilingan. Mazkur davrda Ye.F. Zavyalov,
K.P.Arsenov darsliklari bo’yicha geografiya predmeti o’rganilgan.
XIX-
asrning ikinchi yarmida geografiya ta’limining rivojlanishida K.D.
Ushinskiy, D.D.Semenov ishlari muhim o’rin tutgan. K.D.Ushinskiy geografiya
o’qitishni bir necha tamoillarini ishlab chiqdi. D.D.Semenov “Уроки географии” (
Geografiya darslari) nomli darslik yozgan.
XIX
asrning oxirida geografiya tia’limini rivojlanishda nemis olimi
Oberlenderning metodikasi katta o’rin tutadi. U ”Oberlender georafiya metodikasi”
deb nomlangan darslik yozgan. Mazkur darslikda quyidagi metodlar ajratilgan:
-
analitik-avval Yerni umuman o’rganib so’ngra uni qismlarini o’rganish;
-
sintetiya- avval alohida joylarni o’rganib so’ngra Yerni butunlay o’rganish;
-
konstruktiv-o’quvchilar harita chizish mobaynida Yer yuzasining asosiy
shakllari bilan tanishadi;
-
bog’lovchi (assotsiativ) o’rganilayotgan voqea va hodisalar o’rtasidagi
o’zaro aloqalarga katta e’tibor berildi;
-
guruhlashtiruvchi bir xil geografik obyekt, hodisa va jarayonlarni
guruhlarini qiyoslashga asoslanadi.
XX-
asrning
boshlarida geografiya o’qitish metodikasini
rivojlanishida D.N.Anuchin, N.Revskiy, A.Sokolyev, E. Petri, Ya.Rudnev,
V.Budanov,
S.Arjanov va boshqalarning ishlari katta ahamiyatga ega bo’ladi. Mazkur olimlar
tomonidan Oberlender metodikasi yanada takomillashtirildi va rivojlantirildi.
XX-asrning 20-yillaridan boshlab Rossiya va hamdo’stlik mamlakatlarida 9-
yillik mehnat maktablari tashkil qilindi (1-bosqich I-IV sinflar, ikkinchi bosqich
VI-IX sinflar) geografiya ta’limining maqsadi va mazmuni o’zgaradi. 1921 yil
D.N. Anuchin tomonidan yagona geografiya dasturi ishlab chiqildi, bungacha har
bir tuman va maktab o’zini dasturiga ega bo’lgan. D. N. Anuchin dasturiga binoan
III-sinfda o’z qishlog’i, shahri, tumani geografiyasi; IV sinfda mamlakat turli
mintaqalarining tabiati; V sinfda “Qit’alar geografiyasi”, VI - VII sinflarda
Rossiya geografiyasi, VIII sinfda iqtisodiy geografiya, IX sinfda astronomiya va
astrologiya o’tilgan.
XX-asrning 25-30 yillarida geografiya ta’limiga e’tibor yana pasaydi. 1924
yildan maktablar yangi dasturga o’tdi, bu dastur bo’yicha alohida fanlar o’tilmas,
balki tabiiy va ijtimoiy fanlar asosi majmuasi o’tilar edi. 1927 -28 yildan boshlab
geografiya yana alohida fan sifatida o’qitila boshlandi. 1934-yil 15 mayda
geografiya fanini o’qitish bo’yicha davlat qarori chiqdi. Unda geografiya o’qitishni
sifati o’ta pastligi qattiq tanqid qilindi. Mazkur qarorga muvofiq geografiya fani
uch bo’g’inga bo’lib o’qitila boshlandi: boshlang’ich 3-sinfda o’z turar joyining
tabiiy geografiyasi, 4-sinfda tabiat zonalari, 5- sinfda umumiy tabiiy geografiya, 6-
sinfda qit’alar tabiiy geografiyasi, 7-sinfda mamlakat iiqtisodiy geografiyasi
soatlar miqdori ko’paytirildi. “Географиya в shnme ” jurnali nashr qilina
boshlandi. 1958- yil dekabrda davlat tomonidan maktab haqida qaror qabul qilindi.
Unda o’z o’lkasi geografiyasini o’rganishga katta e’tibor berildi. Ilmiy tekshirish
institutlari tashkil qilindi,ularda geografiya metodikasi laboratoriyalari tashkil
qilindi.
Geografiya o’qitish metodikasi bo’yicha qator darsliklar A.V.Darinskiy,
I.S.Matrusov, L.M.Pancheshnikova va boshqalar tomonidan nashr qilindi.
Xorijda geografiya ta’limi
Keyingi o’n yilliklarda geografiya o’qituvchilarini tayyorlash va ularni
malakasini oshirish tizimi ancha yuqori pog’onaga ko’tarildi. Hozirgi kunda
geografiya ta’limi jahonning ko’pgina mamlakatlarida uchta yo’nalishda olib
borilmoqda:
1.
Barcha o’quvchilar uchun yagona o’quv rejasi va dasturi asosida
(Sharqiy Yevropa va sobiq SSSR o’rnida vujudga kelgan davlatlardir);
2.
Bir necha asosiy fanlar qatorida ayrim kurslarni fakul’tativ tarzda
o’rganish (AQSH, Buyuk Britaniya, Kanada, Yevropaning ko’pchilik
mamlakatlarida);
3.
Barcha o’quvchilar uchun o’rganish majburiy bo’lgan fanlar qatorida
qo’shimcha fakul’tativ mashg’ulotlar (Filippin, Fransiya, Yaponiya va ko’pchilik
mamlakatlarda) o’tkazish.
Birinchi guruhga kiruvchi mamlakatlarda geografiya ta’limi asosan tabiiy va
iqtisodiy geografiya kurslaridan tashkil topgan. Shahar va qishloq joylardagi
barcha maktablarda yagona o’quv rejasi asosida o’tkaziladi.
Ikkinchi guruh mamlakatlarida geografiya bilimlari maxsus fanlar tarzida
emas, balki integratsiya (birikma) tarzida bo’lib, boshqa fanlar tarkibiga qo’shilib
ketgan. Bunda geografiyani chuqur o’rganishni xoxlovchilar maxsus fakul’tativ
mashg’ulotlar orqaligina o’z bilimlarini oshirish mumkin.
Shu tufayli ham bu guruhdagi davlatlarda geografiya ta’limi bo’yicha
yagona davlat rejasi yo’q, har bir o’qituvchi maktab sharoiti nuqtai nazaridan kelib
chiqib, o’quv dastursini tuzish mumkin. Masalan; AQSHda 1700 dan ortiq okrug
mavjud bo’lib, ularning barchasida o’ziga xos bo’lgan geografik ta’lim mavjud va
bir- biriga o’xshamaydigan dasturlar bo’yicha ish yuritiladi.
Uchunchi guruh mamlakatlarida geografiya majburiy o’rganiladigan fanlar
qatoriga kirmaydi va uni fakul’tativ mashg’ulotlar orqali o’rganish asosiy o’rinni
egallaydi. Umuman olganda Yevropa va Amerikaning rivojlangan mamlakatlarida
barcha o’quvchilar uchun majburiy bo’lgan fanlar qatorida xilma-xil
murakkablikdagi fakul’tativ kurslar turi keng tarqalgan.
Jahon tajribasida 3 bosqichli ta’lim tizimi asosiy hisoblanadi, ya’ni:
boshlang’ich maktab 1-4 sinf, o’rta bosqich 5-9 sinf, yuqori bosqich 10-12 sinf.
Har bir bosqichda geografiya ta’limi o’ziga xos maqsadga ega. Masalan,
birinchi bosqich maktablarida geografiya ta’limining asosiy maqsadi atrof- muhtni
o’rganish. Ikkinchi bosqichda o’z mamlakatining hayotini o’rganish va zarur
kasblar haqida ma’lumotlar olish, ta’limiy ko’nikma va malakalarni
shakllantirishdan iborat.Uchinchi bosqichdagi maktablarda insoniyatning global
muammolarini va jahon xo’jaligini o’rganishdan iborat.
Jahon tajribasida geografiya o’qitishning ahvoli muhim emas. Shu tufayli uni
o’quvchilarga o’rgatish bo’yicha ikki fikr (yo’nalish) tarafdorlari bor.
Birinchi yo’nalish tarafdolarining fikri o’quv rejalarida geografiyani mustaqil
fan sifatida muntazam o’qitishni amalga oshirish bo’lsa, ikkinchi yo’nalish
tarafdorlari geografiyani boshqa o’quv fanlari bilan itegratsiya (birikma) tarzida
qo’shib o’qitishni isbotlab berishga urinadilar.
O’quv fanlarini biriktirish borasida AQSH jahonda yetakchi bo’lib, 40-50-
yillardagi ta’lim islohatida ko’pgina fanlar qatori geografiya majburiy
o’rganiladigan fanlar qatoridan chiqarib tashlandi, tarix va jamiyatshunoslik bilan
birlashtirildi. Geografiyani bunday o’qitish o’quvchilarga talay qiyinchiliklarni
tug’diradi. Natijada geografiya ta’limining sifati juda pasayib o’quvchilar zarur
ko’nikma va malakaga ega bo’lmay qoldilar. Masalan, Michigan universitetining
Geografiya fakultetida o’qish uchun ariza bergan 400 o’quvchining yarmi
geografiyani faqat boshlang’ich sinflarda o’qiganlari ma’lum bo’ldi. Shu tufayli
ham hozirgi kunda AQSHda geografiyani mustaqil fan sifatida tiklash uchun
kurash ketayapti.
Jahonning ko’pgina mamlakatlarida fanlarni o’rganish ixtiyoriy bo’lib,
o’quvchilar istak hohishlari ostida amalga oshiriladi. Bu guruhga kiruvchi
mamlakatlar majburiy fanlar soni 7-8 tadan oshmaydi. Masalan, Finlandiya va
Shvetsiyada fin va shved tili, iqtisodiy va sotsologiya, geografiya, kimyo, ingliz
tili, din va sport majburiy fan hisoblanadi.
Fin mamlakatlarida 9-yillik majburiy ta’limdan keyin sinfsiz gimnaziyalar
keng tarqalgan. Bunday gimnaziyalarda o’quvchi yoki o’quvchilar guruhi o’ziga
yillik o’quv rejasi tuzadi. Bundayyillik o’quv reja gemnazilarda kurs rahbarlari va
ma’muriyat tomonidan tasdiqlanadi.
Gimnaziyada o’quv yili 6 davrga bo’linadi. Har bir davr 6 haftadan iborat
bo’lib, kurslar 32 soatdan tashkil topadi. Har bir kursda bittadan fan kuniga bir
soatdan o’qitiladi. Gimnazist kuniga 4-7 soat o’qiydi. Sport darslari mashg’ulotdan
keyin o’tkaziladi. Har davr yakunida o’quvchilar bilimi baholanadi.Agar o’quvchi
qoniqarsiz baho olsa, u shu kursni qaytadan tanlaydi.
Deyarli ko’pchilik mamlakatlarda geografiya ta’limi tizimi davlatning
ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy tizimi bilan bog’liq.
Tabiiy va iqtisodiy geografiyani o’rganish asos qilib olingan sobiq SSRda va
Sharqiy Yevropa mamlakatlarida tabiat va xo’jalikning rivojlanish qonuniyatlari,
jamiyat va tabiat o’rtasidagi munosabatlar, atrof muhit muammolari geografiya
ta’limining asosini tashkil qiladi.
Rivojlangan davlatlarda geografiya ta’limining mazmuni sifat jihatidan
yuqori bo’lib, o’quvchilarda ma’lum ko’nikmalarni shakllantirishga qaratilgan. Bu
davlatlarda geografiya ta’limi ko’proq muammolarni, turli nazariya va qonunlami,
kategoriyalarni o’rganishga bag’ishlangan bo’lib, o’quvchilarga o’zlashtirishda bir
muncha qiyinchiliklar tug’diradi.
Rivojlangan g’arb mamlakatlarida geografiya ta’limida ta’limning ruhiy
jabhalari asosiy o’rinni egalagan. O’quvchi ruhiyati, uni bilish faoliyatini
o’rganishga katta e’tibor beriladi. Geografiya ta’limi tadqiqotlari psixologlar
ishtirokisiz deyarli amalga oshirilmaydi.
Geografiya ta’limida turli matnlar, o’yinlar, imitatsiya keng qo’llaniladi.
Masalan, o’quvchi biror kompaniyani prezidenti sifatida fikrlaydi, ish yuritadi,
biror muammoni hal qiladi, o’zi xulosalar chiqaradi. Umuman bunday ta’limning
asosiy maqsadi o’quvchilarni kelgusi hayotga, ya’ni ishbilarmonlikka
tayyorlashdan iborat.
Turli mamlakatlardagi geografiyadan o’quv darsliklari va qo’llanmalarini
tahlil qilish shuni ko’rsatadiki, ularda bitta kursni o’qish uchun bir necha
qo’llanma chiqariladi. Ko’pchilik hollarda ular qiziqarli ma’lumotlarga boy bo’lib,
axborot xususiyatiga ega. Bunday qo’llanmalarda matn 20-30 % ni, tasvir 20 % ni,
statistika 20 % ni, savol va topshiriqlar 20 % ni tashkil etadi. Kitobdagi tasvirlar
nihoyatda sifatli. Quyi sinflar qo’llanmalarida esa deyarli harita yo’q, ular o’rnini
harita sxemalar egallagan. Matnda raqamli sonlar deyarli uchramaydi, mavjudlari
ham taqqoslash harakteriga ega bo’lib, ular eng past, eng yuqori, eng kichik, eng
baland, eng uzun kabi tarzlarda berilgan.
Mavzu yoki bo’limdan keyin qo’yiladigan savollar va topshiriqlar mavzu
mazmunini aks ettirmasligi ham mumkin. Qo’yiladigan savollarning aksariyati
muammoli topshiriqlar, diskussiya savollari, amaliy o’yinlar tarzida berilgan.
O’quvchilar uchun chiqarilgan geografiya darsliklarida kompyuterlar bilan ishlash
uchun maxsus savollar, qizqarli topshiriqlar, matematik statistika usullari, turli
o’yinlar, testlar tarzida geografik bilimlarni egallashga keng o’rin berilgan.
O’quvchilar ularni mustaqil bajarishlari jarayonida tadqiqotchi rolini o’ynaydilar.
Angliya geografiya ta’limining kuchli tomonlari quyidagilardan iborat:
-
ta’limning nazariy tomonlarini kuchaytirish, ya’ni unda hozirgi zamon
geografiya tadqiqot metodlarini ko’proq o’rgatish;
-
gegrafiya ta’limi jarayonida psixologik-pedagogik tadqiqot metodlaridan
unumli foydalanish, o’quvchilarni gipotezalar tuzishga o’rgatish;
-
darslarda turli mazmundagi ekasperementlar uyushtirish ya’ni tassavur,
tushuncha va turli xil qarashlarni shakllantirish metodlariga keng o’rin berilgan;
-
o’tilayotgan maummoni muallif fikri asosida va unga qarshi asosda
o’rganish;
-
5 - 8 sinflarda geografiyaga haftada ikki soat vaqt ajratilgan. Bu sinflarda
asosan Yevropa va Yevropadan tashqari mamlakatlar geografiyasi o’rganiladi.
Topografiya va kartografiya asoslari bo’yicha ham bilimlar beriladi.
O’qituvchilar diqqatiga bir nechta variantdagi darsliklar tavsiya etiladi.
“Mamlakatlar va xalqlar”, “Yer va inson”, “Yangi geografiya”, “Yer bilimi” va
h.k.
9
- 10 sinflarda geografiya mustaqil fan sifatida o’rganilmaydi desa ham
bo’ladi. Ayrim yerlardagina qiziquvchi o’quvchilar bilan Yevropa va Germaniya
geografiyasi chuqur o’rganiladi. Bu kurslarda mamlakatlar iqtisodi, siyosiy va
davlat tuzimiga oid bilimlar yetakchi o’rinni egallaydi. Keyingi paytlarda
geografiya, tarix, sotsialogiya, iqtisod bilimlari birgalikda birlashgan kurslar orqali
o’qitishga e’tibor kuchaymoqda.
Gimnaziyada (11-13-sinflar) ayrim joylardagina geografiya qisman mustaqil
fan sifatida o’qitiladi. Ba’zi geografik bilimlar birlashgan kurslar turkumidagi
fanlarda ham beriladi.
Yuqori sinflarda geografiya fanlarida mujassam muammolarni o’rganishga
ko’proq e’tibor beriladi. Masalan, “Insoniyatning ko’payishi”, “Ocharchilik
muammolari”, “Transport muammosi”, “Sanoat markazlarida inson hayoti”,
“Sanoat iqtisodi” va h.k.
Fransiya maktablarida geografiya ta’limi bir muncha yaxshi yo’lga qo’yilgan.
Geografiya o’qitishning maqsadi va vazifalari juda aniq belgilab qo’yilgan.
Fransiya geografiya dasturi ikki bosqichli maktablarga mo’ljallangan. Shunisi
qiziqki Fransiyada sinflar tezkari hisob bilan yuritiladi. 1- bosqich maktab 6,5,4,3
(o’quvchilar yoshi 11- 15 yoshgacha). Oliy ma’lumot olish faqat litseylarda
amalga oshiriladi.
2-bosqich, 2,1 va bitiruvchi (15-17yosh) sinflardan iborat Geografiya ta’limi
6-sinfdan boshlanadi, bunda “Umumiy geografiya va Afrika materigi” o’rganiladi.
5- snifda Amerika, Osiyo, Avstraliya, Antarktida, 4- sinfda Yevropa (Fransiyadan
tashqari), 3- sinfda Fransiya geografiyasi o’qitiladi. Litseyda o’qishni davom
ettirish 2,1 va bitiruvchi sinflarga to’g’ri keladi.
2-sinfda geografiya dasturi kollejda olgan (6-5-4-3) bilim va ko’nikmalar
chuqurlashtiriladi.
Litseyning birinchi sinfida Fransiya geografiyasi bo’yicha o’quvchilar 2-
bosqich maktabida olgan bilimlari chuqurlashtiriladi. Bitiruvchi sinflarda to’rtta
yirik davlat-AQSH, Rossiya, Xitoy, Yaponiya geografiyasi chuqur o’rganiladi.
Fransiya geografiya darsliklarining ustun tomoni shundaki, ular muammoli
qilib yozilgan. Barcha muammolar “inson -tabiat” mazmunidan kelib chiqadi.
Finlandiya maktablarida ham geografiya ta’limi o’ziga xos xususiyatga ega
bo’lib, geografiya o’qitilishi rivojlangan mamlakatlarga qaranganda birmuncha
yuqori pog’onada turadi. Ta’lim ikki bosqichdan iborat: 1- bosqich 9 yillik
majburiy ummuta’lim xalq maktabi, 2- bosqich gimnaziyalardan iborat.
Birinchi bosqich maktabda geografiya ta’limi 3-sinfdan boshlanadi va 9-
sinfda tugaydi, 3-4 sinfda o’z mamlakati va qo’shni Shimoliy davlatlarni tabiati va
xo’jaligiga oid muammolar beriladi.
Gimnaziyaning birinchi yilida geografiya majburiy fan sifatida o’rganiladi,
boshqa sinflarda esa o’quvchilar xoxishiga ko’ra maxsus kurs sifatida o’rganish
mumkin. Finlandiyada o’quv rejasi tez-tez almashtirib turiladi.
Vengrya maktablarida geografiya ta’limi 7-yil davom etadi. 4 yil asosiy (5-8
sinf) va 3 yil (9-10-11 sinf gimnaziyada) darslar haftada 2 soat. Geografiya ta’limi
jarayonida 65% vaqt yangi mavzuni bayon qilishga 3% sayohatga, 29% amaliy
mashg’ulotlarga ajratiladi. Keyingi paytlarda Vengriya gimnaziyalarida
geografiyaga ajratilgan soatlar kamayishi kuzatilmoqda.
Rivojlanayotgan mamlakatlarda xalq maorifiga keyingi yillarda katta e’tibor
berilmoqda. Masalan, Osiyoning ko’pgina mamlakatlarida 1985 yillargacha xalq
ta’limi uchun ajratilgan mablag’ 20 barobardan ortiq o’sdi. Ayniqsa Malayziya,
Saudiya Arabistoni, Iordaniya, Singapur, Janubiy Koreya, Tailand, Suriya,
Hindiston, Pokiston, Turkiya kabi mamlakatlarda xalq maorifi rivojlanishi ancha
yuqori bo’ldi.
Osiyodagi ko’pchilik mamlakatlarda majburiy ta’lim 5 yildan 10 yilgacha,
o’rta maktabda o’qishni davom ettirish 4 yildan 8 yilgacha.
Geografiya o’quv dasturlari ko’pchilik davlatlarda bir xil bo’lib,
mamlakatning tabiiy va iqtisodiy geografiyasini o’rganishga bag’ishlanadi.
Keyingi paytlarda rivojlanayotgan mamlakatlarda o’quv dasturlari geografiya
darslari mamlakat xalq xo’jaligi ehtiyojini e’tiborga olgan xolda tuzilmoqda va
yaratilmoqda.
Chet el davlatlarida geografiya ta’limida eng ko’p qo’llaniladigan usullar
quyidagilar hisoblanadi:
1.
Evristik suhbat metodi. Bunda asosiy e’tibor o’quvchilarni ko’proq mustaqil
bilim olishga, kichik tadqiqotlar qilishga o’rgatishdan iborat. Kartinalar, turli xil
xujjatlar, vositalar asosida muammolar va savollar o’quvchilar diqqatiga havola
etiladi. Bunday usul ko’proq AQSH, Buyuk Britaniya, Yangi Zillandiya, G’arbiy
Yevropa davlatlarida keng tarqalgan.
2.
Tarqatma kartochkalar usulida turli chizmalar, jadvallar, haritalar turlicha
xatoliklarga yo’l qo’yib tuziladi va tarqatiladi, o’quvchilar yo’l qo’yilgan o’sha
xatolarni mustaqil topishlari talab qilinadi. Turli xil misollar va masalalar yechish
ham o’quvchilarni darsga bo’lgan qiziqishlarini oshirish tufayli ulardan keng
qo’llaniladi, o’quvchilarda ishbilarmonlik, uddaburonlik hislatlarini shakllantirish
uchun ham ko’proq misol va masalalardan foydalaniladi. Tayyor mahsulotni
qayerda sotish, transport harajatlarini aniqlash, mehnat resurslaridan unumli
foydalanish kabi misol va masalalar yechishsiz amalga oshmaydi.
3.
Matnlar, ya’ni javoblar to’g’ri, noto’g’ri tarzda aralashtirilib berilishi
shulardan to’g’risini raqamlar bilan belgilab ajratish keng tarqalgan usullardan
hisoblanadi.
4.
Statistik manbalar bilan ishlash, kartografik qo’llanmalardan foydalanish,
matematik modellashtirish keng tarqalgan o’qitish usullari hisoblanadi. Ayniqsa
diskussiya, tortishuvlar kapitalistik mamlakatlar geografiya ta’limida keng
tarqalgan.
O’zbekistonda geografiya ta’limining rivojlanishi
O’zbekistonda jumladan, O’rta Osiyoda geografiya ta’limining rivojlanishi
uzoq tarixga ega. O’rta asrlarda geografiya ta’limining markazi sharqqa ko’chgan.
Mazkur davrning buyuk geograflarini asosiy qismini yurtimizdan yetishib chiqqan
buyuk o’zbek olimlari tashkil qiladi. Ularga Ahmad Farg’oniy, Muhammad
Xorazmiy, Abu Rayhon Beruniy, Ulug’bek, Zahiriddin Muhammad Bobur va
boshqalar kiradi.
XIX arsning oxiri va XX asr boshlarida geografiya ta’limining rivojlanishi
Mazkur davrda yurtimizda geografiya ta’limining rivojlanishi rus-tuzem
maktablarining ochilishi va mazkur maktab o’quvchilari uchun darsliklar va o’quv
qo’llanmalari yaratilishi bilan bog’liq. Shu munosabat bilan XIX arsning oxiri va
XX asr boshlarida o’zbek tilida juda ko’p darslik va qo’llanmalar chop etildi.
Ushbu davrda geografiya fanini rivojlanishi ma’lum bir omillarga bog’liq bo’lgan.
Jumladan, Rossiya O’rta Osiyoni bosib olgandan so’ng, uni boshqarish uchun rus
tilini biladigan mahalliy millat vakillari zarur edi. Ikkinchi tomondan, XIX-arsning
oxirlarida Turkistonda milliy uyg’onish davri boshlandi, ya’ni jadidchilik davrida
millat taraqqiyotini yanada jadallashtirish maqsadida yangi usul maktablari tashkil
qilina boshlandi.
Mazkur maktablarda geografiya fanini o’qitishga alohida e’tibor berilgan.
Jadidchilik davrida chop etilgan geografik darsliklar,qo’llanmalar yaratilish tarixi,
O.Mo’minov (1986y), B.Qosimov (1999y), D.Alimova va D.Rashidova (1998y),
X.Vaxobov va N.Alimova (2001 y) va boshqalar tomonidan o’rganilgan.
Jadidchilik harakatida ta’lim va tarbiya
Toshkentda 1900 yili “Yangi usul” maktabi ochildi. Mazkur maktablarda
geografiyaga alohida ahamiyat berildi. 1905 yil Samarqanddagi yangi usul
maktablari uchun o’zbek tilida “Turkiston va unga qo’shni mamlakatlar kartasi”
nashr qilinadi. Shundan so’ng o’zbek tilida qator darslik va qo’llanmalar chop etila
boshlandi: 1909 yil Fotix Karimning geografiya fani bo’yicha darsligi Orenburgda
nashr etiladi. 1914 yil Muhammad Amin Karimiyning “Jug’rofiyai riyoziy”
(Matematik geografiya) 4 va 5 sinflar uchun nashr qilindi. 1915 yil “Yer yuzi”
darsligi chop etiladi.
O.Mo’minov ma’lumotiga binoan 1870 yildan boshlab o’zbek tilida
“Turkiston viloyati” gazetasi nashr qilina boshlandi. Mazkur gazeta sahifalarida
geografiyaga oid juda ko’p maqolalar e’lon qilindi. Unda Mahmudxo’ja Bexbudiy,
Zokirjon Furqat va boshqalarning sayohatnomalari haqidagi ma’lumotlar e’lon
qilina boshlandi bu esa o’sha davrdagi ziyolilarni dunyoqarashiga katta ta’sir
ko’rsatdi. XIX-arsning 80-yillarida Turkistonda “rus-tuzem” maktablari tashkil
qilinishi boshlandi. Mazkur maktablar uchun nemis olimi A.Geykiyning “Yer
xususidagi ilmdan olingan so’zlar” nomli kitobi 1899 va 1901 yillari nashr etildi
1910 yildan so’ng rus-tuzem maktablarining 3 va 4 sinflar uchun haftasiga 4 soat
geografiya darsi o’quv rejasiga kiritilgan, bu esa boshqa fanlarga nisbatan ancha
ko’p edi.
Jadidchilik davrida geografiyani o’qitishga alohida e’tibor qaratildi. “Jadid”
so’zi arabcha so’z bo’lib, “yangi”, “jadidchilik” esa yangilik tarafdorlari degan
ma’noni bildiradi. XIX asr oxiri - XX asrning boshlarida Turkistonda chor
mustamlakachiligining kuchayishi natijasida o’lkada jadidchilik harakatining
vujudga kelishiga sabab bo’ldi. Jadidlar Misr, Turkiya, Kavkaz, Turkiston va
boshqa o’lkalarda siyosiy oqim sifatida yuzaga keldi. Jadidlar o’z davrining eng
ilg’or kishilaridir. Bu kishilar jamiyatning qaysi tabaqasiga mansubligidan qat’iy
nazar, yangilik, taraqqiyot, ma’rifat va madaniyat tarafdori bo’lib chiqdilar.
Turkistonlik jadidlar ona Vatanlarini mustaqil, ozod holda ko’rishni
o’zlarining bosh maqsadlari deb bildilar. Jadidchilik nomoyondalari milliy ozodlik
kurashida qurol kuchi bilan muvaffaqiyat qozonib bo’lmaslini bilishar. Shu bois
ular milliy istibdodga tushib qolishlarining sabablarini tahlil qilib, bularning tub
ildizlari yo’q qilib tashlash lozimligini anglab yetdilar. Natijada jadidlarining
hamma narsadan oldin halqqa ma’rifat berish lozim degan g’oyasi yuzaga keldi.
Jadidlar 1906 yildayoq “Taraqqiyot” deb nomlangan gazeta nashr ettirib, o’z
g’oyalarini tarqata boshladilar. Turkistonning turli shaharlarida jadid maktablari
ochilib, ularda diniy ilmlar bilan birgalikda dunyoviy bilimlar jumladan tabiat
haqidagi bilimlar ham targ’ib qilina boshlandi. Jadidlar uchun ilm va ma’rifat
yagona qurol bo’lib, ular shu qurol yordamida o’lkada ijtimoiy - iqtisodiy va
madaniy taraqqiyot uchun kurashmoqchi bo’ldilar. Jadidlar o’z ezgu orzularini,
faqat maktab, ma’orif va ta’lim tarbiyani to’g’ri yo’lga qo’yish, uni rivojlantirish
bilangina amalga oshirish mumkin, deb bildilar.
Jadidlar ma’rifati haqida gap ketganda dastlab Qirimlik Ismoil Gaspirinskiyni
tilga olish kerak. U Rossiya musulmonlari orasida birinchi bo’lib “Maktabi usuli
jadida” ya’ni “ Yangi usul maktabi”ga asos soldi. Ismoil Gasprinskiy taklif etgan
“Usuli jadid” maktabining tuzilishi, darslarning tashkil qilinishi, o’qitish
metodikasi, nazorat turlari ko’p jihatdan Yevropa ta’lim tizimiga yaqin bo’lgan. U
madrasalarni isloh qilish, dunyoviy fanlarni o’qitish masalalarini ko’tardi.
Jumladan, diniy fanlar bilan birga tibbiyot, kimyo kabi fanlarni o’rganish zarurligi
haqida so’z yuritadi. I.Gasprinskiy yangi usulni targ’ib qilish, jadid maktablarini
tashkil ettirish uchun turli joylarga safar qiladi. Turkistonda ham 2 marta bo’lib,
mahalliy halq yordamida, dastlabki yangi usul maktablari ochishga muvaffaq
bo’ldi.
Markaziy Osiyo jadidchiligi haqida gap ketganda buni Behbudiy, Munavvar
qori, Shakuriy, Fitrat, A.Avloniy kabi o’nlab ma’rifatparvar ilm darg’alarning
faoliyatisiz tasavvur qilib bo’lmaydi.
Ushbu davrda eng mashhur allomalardan biri Mahmudxo’ja Behbudiy
Turkistonda jadidlar harakati asoschilaridan bo’lib, jahonga mashhur bo’lgan
geograf, atoqli jamoat arbobi, buyuk islomshunos, pedagog olimdir. Uning
tomonidan “Yangi usul maktablari” uchun “Turkiston haritasi”, “Muntahabi
jug’rofiyaiy umumiy” (qisqacha umumiy geografiya), “ Madhali jug’rofiyaiy
imroniy”(Aholi geografiyasiga kirish),“Muxtasari jug’rofiyaiy Rusiy” (Rusiyaning
qisqacha geografiyasi) darsliklari va qator sayohatnomalar e’lon qilingan. Ushbu
darslikda geografiya haqida keng va tushunarli ma’lumotlar berilgan.
Mahmudxo’ja Behbudiyning “Kitobi muntahabi jug’rofiyai umumiy va
namunai jug’rofiya” darsligi 1905 yili 24 avgustda Sankt-Peterburg senzurasidan
ruhsat olinib, 1906 yil Samarqandda chop etilgan va 106 sahifadan iborat bo’lgan.
Darslik adibning tanlangan asarlarining (1999 y) kirish qismida geografik nuqtai
nazardan juda yaxshi va har tomonlama tahlil qilingan. Darsning muhim va ilmiy
metodik jihatlaridan biri u Turkiston nuqtai nazaridan, Turkiston aholisining bilim
saviyasi nuqtai nazaridan yozilgandir. Darslikdagi har bir mavzu yoritilganda
Turkiston tabiati, xo’jaligi, aholisi albatta misol keltiriladi yoki mazkur bilimlar
Turkiston haqidagi bilimlar, turkistonliklar bilimi bilan solishtirladi. Demak,
Mahmudxo’ja Behbudiyning darsliklarida o’lkashunoslik ma’lumotlaridan
foydalanish va yosh avlodga, vatanga nisbatan muhabbat tushunchalarini
shakllantirishni asoschilaridan biri deyishga to’la asosimiz bor. Chunki
umumdunyoviy bilimlar o’lkashunoslik bilimlari bilan chambarchas bog’langan
holda berilgan. Bundan tashqari darslikda asrimiz boshlaridagi Turkistonda
dunyoviy bilimlarni o’qitish xolati va ommaning hamda ulamolarning bilim
darajasi ham aniq va haqqoniy baho berilgan.
Darslikning mazmuni quyidagidan iborat: kirish; “jug’rofiya” degan
so’zning ma’nosi; jug’rofiya qachon paydo bo’lgan; Turkistonlik donishmandlar;
jug’rofiyani o’qimoqni nafi; jug’rofiyani o’qimoq musulmonlarga lozimdir; eski
va yangi donishmandlar; yangi muhokamani so’zidan namuna; Yer aylanganda
ustidagilar yiqilmasligi; atrof; jixoyati asliya; harita; plan; xukumat va
xukumronlar; din va odat; o’lchak miqiyos; Amriqoning topilishi; tavsil va tabix.
“Geografiya” so’zing ma’nosini Mahmudho’ja Bebbudiy ta’rifi bo’yicha
“Yr va tuprog’ni bayon qilaturg’on ilimni aytadur” Darslikda geografiyani
quyidagi tarmog’lari ajratiladi: “Matematik geografiya” (Jug’rofiyai riyoziy),
Tabiiy geogrfiya (Jug’rofiyai tabiiy), Tarixiy geografiya (Jug’rofiyai tarixiy),
Siyosiy geografiya (Jug’rofiyai siyosiy) va x.k. lar. Xulosa qilib adib geografiyani
dunyo va undagi tabiiy va ijtimoiy xodisalar haqida bilim beradigan jahonnomadur
deb ta’rif beradi.
“Geografiya qachon paydo bo’lgan” qismida geografiyaning qisqacha
rivojlanish tarixi quyidagi bosqichlarga bo’linib yoritiladi: qadimgi, o’rta asrlar,
buyuk geografik kashfiyotlar va hozirgi bosqich. Har bir bosqichda geografik
bilimlarning rivojlanishi chuqur tahlil qilingan.
“Turkiston donishmandlari” bo’limida Turkistonlik allomalarning
geografiya faniga qo’shgan hissasi yoritilgan. Mazkur bo’limda Turkiston tarixida
tilga olinmagan allomalarning nomlari ham uchraydi.
“Jug’rofiyani o’rganmoqni nafi” bo’limida geografik bilimlarini kundalik
hayotda va ta’limda naqadar ahamiyatli ekanligini misollar tariqasida yoritib
berilgan.
“Jug’rofiyani o’rganmoq musulmonlarga lozimdur” bo’limida musulmon
allomalari asraiga tayangan xolda musulmonlar uchun geografik bilimlarni
ahamiyatii ochiib berilgan.
“Atrof; Jixoyati Asliya; Harita; Plan” bo’limida ufq va ufqning asosiy va
oraliq tomonlari, harita va plan haqida bilimlar tizimi berilgan. Haritaning
Behbudiy ajratgan turlari hozirgi turlarga mos keladi (umumiy, mavzuli,
topografik) “xaritai umumiya, xaritai xususiy, xaritai to’pugrafik”
“Xukumat va xukumronlar” bo’limida davlatlarni boshqarishning turlari
keltirilgan bo’lib, mazkur turlar hozirgi turlarga diyarli mos keladi.
“Din va odat” bo’limida din geografiyasi, aholi geografiyasi haqida to’xtalib
o’tilgan. Xulosa qilib aytganda, mazkur darslik juda katta amaliy va ilmiy
ahamiyatga ega. U o’lka geografiyasini rivojlanishida juda muhim, har bir bo’limi
alohida tahsinga sazovar bo’lgan asardir.
Munavvar qori Abdurashidxon o’g’li XX - asrning birinchi choragida faqat
Turkistondagida emas, Rossiya musulmoni ziyolilari orasida ham mashhur edi.
Jamoatchilik uni yangi usul maktablari asoschisi, mohir muallim, darslik va o’quv
kitoblari muallifi, jamoat arbobi sifatida xurmat ila tilga olardi.
Munavvar qori Toshkentda “usuli savtiya” maktabini ochadi. U maktabni
avval o’z hovlisida, keyin boshqa joylarda ochishga harakat qilardi. U maktabni
isloh qilmay turib, odamlarning ongda o’zgarish yasab bo’lmasligini yaxshi
tushunib yetgan edi.
Munavvar qori yoshlarni chet elga yuborishni, u yerda ilm fanni o’rganishni
targ’ib qiladi. U 1916 yili Toshkentda yig’ilishda nutq so’zlab shunday deydi:
“O’zbek ziyoli bolalarining Germaniyaga borib o’qitishga juda muhtojmiz, bolalar
o’qib, ilm tahsil olib kelsalar, millatga katta xizmat qila oladilar” Munavvar qori
fors, arab, rus, turk tillarini mukammal bilgan. Munavvar qori 1917 yil may oyida
taraqqiyparvar musulmon yoshlari va ruxoniylar ishtirokida o’tgan quriltoyda
“Sho’roi islomiya” jamiyati raisini muovini etib saylanadi. Natijada ilg’or fikrli
kishilar uning atrofida to’plana boshlaydi. U 1918 yil may oyida Toshkent
shahrida “Turk o’chog’i” ilmiy madaniy jamiyati tuzadi. U insonning ma’rifatli
bo’lib, ko’zi ochilmaguncha na o’zini, na halqining erkini muhofaza qila olishini,
bu iymonsiz ekanini mutafakkirona noziklik bilan o’z asarlarida ifoda etadi.
Abdulla Avloniy 1907 yilda Toshkentning Mirobod mahallasida,
keyinchalik Degrez mahallasida yangi usuldagi maktablar ochdi. Xadrada “Maktab
kutubxonasi” nomli kitob do’koni ochdi. Avloniyning maktabi o’z oldiga qo’ygan
maqsad va vazifalariga mashg’ulotlarni sinf - dars tizimi asosida o’z ona tilida olib
borilishi bilan eski usul maktablaridan farq qilar edi. U o’z maktabida bolalarga
tabiat, geografiya, tarix, adabiyot, til, hisob kabi fanlardan ma’lumotlar berar edi.
A.Avloniy “Usuli jadid” maktablari uchun to’rt qismdan iborat “Adabiyot
yoxud milliy she’rlar”, “Birinchi muallim”, “Turkiy guliston yoxud ahloq”,
“Ikkinchi muallim”, “Maktab gulistoni” kabi darslik va o’qish kitoblari yaratdi. Bu
asarlarida dunyo halqlari asarlarini ulug’lab, o’z halqini dunyoviy ilmlarni
egallashga, madaniyatli va ma’rifatli bo’lishga chaqiradi.
U bolalarda fikrlash qobiliyatini o’stirish va bu tarbiya bilan muntazam
shug’ullanishi benihoyat zarur va muqaddas bir vazifa. Binobarin, u
muallimlarning “diqqatlariga suyangan, vijdonlariga yuklangan muqaddas bir
vazifadir. Negaki fikrning quvvati, ziynati, kengligi, muallimning tarbiyasiga
bog’liqdir” deb ta’kidlaydi. A.Avloniy ilmning jamiyat taraqqiyotidagi rolini
tushunardi. Shuning uchun yoshlarni ilm sirlarini bilishga, ayniqsa tabiiy fanlarni
bilishga chaqiradi. Chunki bu fanlar tabiatda bo’lgan xodisalarni mohiyatini
yechishga imkon beradi. Yoshlarni kitob mutoala qilishga chaqiradi. Uning
fikricha, ilm agar jamiyat manfatiga xizmat qilmasa, halq farovonligi yo’lida
qo’llanmasa, u o’likdir. A.Avloniy o’z ilmini amalda qo’llay oladigan kishilarga
yuksak baho beradi, ularni dono insonlar, deb biladi.
Abdurauf Fitrat XX-asr boshlarida Vatan mustaqilligi va millat farovonligi
uchun kurashgan jadidchilik harakati namoyondalaridan biri, u yirik olim, davlat
va siyosat arbobi, mohir pedagog va buyuk ma’rifatparvardir. Fitrat o’zbek
olimlari ichida birinchi bo’lib, o’sha davrda professor unvoniga ega bo’lgan
olimdir. Fitrat o’z asarlarida ta’lim tarbiya va uning maqsadlari maktab-maorif
ishlari, bilim berish usullarini va vositalari haqida, ma’rifatli insonlarni tarbiyalash
yo’llari haqida to’xtalgan. Fitrat yoshlarni chet tillarni o’rganishga da’vat etgan. U
mamlakatni rivojlanishi uchun chet ellar fani, madaniyatidan xabardor bo’lishi
lozim deb bilardi. U halq maorifi noziri bo’lgan davrda talabalarni Germaniya,
Turkiyaga u yerdagi ilg’or Yevropa ilm-fan, tabobat, texnika sirlarini o’rganish
uchun yuborish tashkilotchilaridan biri bo’ldi. Fitrat insonning kamolotga
yetishish uchun badan tarbiya muhim ahamiyatga ega ekanligini aytib, insonning
butun a’zosi salomat va quvvatga ega bo’lmasa, unday inson uzoq yashamasligini
qayd qiladi.
Jadidlarning ta’lim-tarbiya haqidagi qarashlari va harakatlari natijasida O’rta
Osiyoda jumladan O’zbekistonda dunyoviy ilmlar tabiat fanlari, fan texnikaga,
tabobatga oid ilmlarni rivojlanishiga turtki bo’ldi. Jadidlarning ta’lim-tarbiya
to’g’risidagi qarashlari shu bilan harakterliki, ular ajdodlarimizning bu boradagi
qimmatli fikrlari ilg’or, zamonaviy qarashlar bilan uyg’unlashtirdilar. Shu bois
ularning pedagogik qarashlari ijtimoiy
XX arsda O’zbekistonda geografiya ta’limining
rivojlanishi
XX asrning 90 yillarigacha O’zbekiston davlati Sobiq Ittifoq tarkibida
bo’lgan, shuning uchun geografiya ta’limining ushbu davrda rivojlanishi ma’lum
bir ma’muriy va siyosiy qoliplarda olib borilgan. Mazkur davrda geografiya
ta’limining rivojlanishi O.Mo’minov (1986 y) tomonidan to’la va har tomonlama
o’rganilgan va quyidagicha davrlarga ajratilgan: geografiya ta’limini tashkil qilish
davri; geografiya ta’limining tartibga solish davri; geografiya ta’limini hayot bilan
bog’lanish davri; geografiya ta’limini takomillashuvi davri.
O’zbekistonda geografiya ta’limini tashkil etish davri (1918-1934 yil).
Ushbu davrning boshlarida geografiya ta’limida yagona o’quv dasturi mavjud
bo’lmagan, har maktab, tuman va shahar o’zining o’quv dasturini ishlab chiqar
edi. Masalan, 1920 yili Toshkent eski shahar ma’orif bo’limi tomonidan mahalliy
sharoitni xisobga olgan xolda birinchi bosqich maktablari uchun geografiya
fanidan o’quv dasturini nashrdan chiqardi. Dastlabki umumdavlat o’quv dasturi
geografiya predmeti bo’yicha D.N.Anuchin rahbarligida A.A.Borzov va
S.V.Chefranov ishlab chiqildi. Mazkur o’quv dasturi asosida Turkiston xalq
ma’orif komissariyati geografiya fanidan o’quv dasturini ishlab chiqdi. 1923-1924
yillardan boshlab mehnat maktablari uchun kompleks dasturlar ishlab chiqildi.