Geografiya ta’limida bilim, ko’nikma va malakalar va ularga qo’yiladigan talablar

Time

Yuklangan vaqt

2025-11-08

Downloads

Yuklab olishlar soni

0

Pages

Sahifalar soni

7

File size

Fayl hajmi

29,1 KB


Geografiya ta’limida bilim, ko’nikma va malakalar va ularga qo’yiladigan
talablar
Umumiy o’rta ta’lim maktablarida geografiyani o’qitishning asosiy maqsadi
o’quvchilarda  DTS  bilan  me’yorlangan  bilim,  ko’nikma  va  malakalarni
shakllantirish sanaladi.
SHu sababli, geografiya o’qitish metodikasining asosiy muammolaridan biri
o’quvchilarda ta’lim mazmunining asosiy tarkibiy qismi bo’lgan bilim, ko’nikma
va malakalarni shakllantirish masalasi hisoblanadi va mazkur masala juda ko’p
geograf-metodistlar tomonidan tadqiq etilgan.
O’quvchilarda bilimlarni shakllantirish uchun, avvalo uning ta’rifini bilib
olish zarur.
Bilim - narsa va hodisalarning muhim belgi va xususiyatlari, jarayonlar va
ular  o’rtasidagi  bog’lanishlar  to’g’risida  fan  tomonidan  aniqlangan
tushunchalardan tarkib topadi.
Demak,  bilim  -  tushunchalar  tizimidan  iborat  bo’lib,  tushunchalarni
shakllantirish muammosi yetakchi o’ringa chiqadi.
Geografik tushunchalarni shakllantirish va rivojlantirish geografik ta’lim va
tarbiyaning harakatlantiruvchi kuchi, o’quv materiali mazmunining asosiy birligi
sanaladi.
Tushuncha - narsa va hodisalarning umumiy belgilarini aks ettiruvchi fikr.
Tushunchalar mohiyati jihatidan aniq va mavhum tushunchalarga ajratiladi.
Bir butun narsaga aloqador tushuncha  aniq tushuncha deyiladi. Masalan,
Yevrosiyo, Afrika, Appalachi, musson, bosim va h.k.
Moddiy borliqdagi narsalarni ajratib olingan ba’zi xususiyat sifat va 
xolatlarga, shuningdek narsalar o’rtasidagi ichki munosabatlarga, qonuniyatlarga 
qaratilgan tushunchalar mavhum (abstrakt) tushunchalar deb atala di. Masalan, 
kenglik, uzunlik, balandlik, tog’lik, ixtisoslik, bozor va h.k.
Logotip
Geografiya ta’limida bilim, ko’nikma va malakalar va ularga qo’yiladigan talablar Umumiy o’rta ta’lim maktablarida geografiyani o’qitishning asosiy maqsadi o’quvchilarda DTS bilan me’yorlangan bilim, ko’nikma va malakalarni shakllantirish sanaladi. SHu sababli, geografiya o’qitish metodikasining asosiy muammolaridan biri o’quvchilarda ta’lim mazmunining asosiy tarkibiy qismi bo’lgan bilim, ko’nikma va malakalarni shakllantirish masalasi hisoblanadi va mazkur masala juda ko’p geograf-metodistlar tomonidan tadqiq etilgan. O’quvchilarda bilimlarni shakllantirish uchun, avvalo uning ta’rifini bilib olish zarur. Bilim - narsa va hodisalarning muhim belgi va xususiyatlari, jarayonlar va ular o’rtasidagi bog’lanishlar to’g’risida fan tomonidan aniqlangan tushunchalardan tarkib topadi. Demak, bilim - tushunchalar tizimidan iborat bo’lib, tushunchalarni shakllantirish muammosi yetakchi o’ringa chiqadi. Geografik tushunchalarni shakllantirish va rivojlantirish geografik ta’lim va tarbiyaning harakatlantiruvchi kuchi, o’quv materiali mazmunining asosiy birligi sanaladi. Tushuncha - narsa va hodisalarning umumiy belgilarini aks ettiruvchi fikr. Tushunchalar mohiyati jihatidan aniq va mavhum tushunchalarga ajratiladi. Bir butun narsaga aloqador tushuncha aniq tushuncha deyiladi. Masalan, Yevrosiyo, Afrika, Appalachi, musson, bosim va h.k. Moddiy borliqdagi narsalarni ajratib olingan ba’zi xususiyat sifat va xolatlarga, shuningdek narsalar o’rtasidagi ichki munosabatlarga, qonuniyatlarga qaratilgan tushunchalar mavhum (abstrakt) tushunchalar deb atala di. Masalan, kenglik, uzunlik, balandlik, tog’lik, ixtisoslik, bozor va h.k.
Tushunchalarni  egallash  uning  negizida  yangi  tushunchalarni  egallash
uchun asos bo’lib xizmat qiladi va tushunchalar o’rtasida to’g’ri aloqadorlik
o’rnatishni ta’minlaydi.
Tushunchani  egallash  deganda:  uning mazmuni  hamda  u bilan  bog’liq
bo’lgan  tasavvurlarni  egallash  tushuniladi.  Geografiya  kursidagi  har  bir
tushuncha oquvchilar ongida turli metodlar, yo’llar bilan shakllantiriladi. Buni
har bir narsa, voqea, hodisa mazmuni belgilaydi.
Geografik tushunchalarni egallashning eng asisiy tomoni shundaki, ularga
ta’rif bermay turib ularni egallab bo’lmaydi. Geografik tushunmchalar induktiv
va deduktiv yo’llar bilan 
Yuqoridagilarga erishish uchun o’quvchilarda bilish faoliyatini tashkil etish
zarur. O’quvchilarning bu faoliyatini tabiiy geografik va iqtisodiy geografik
bilim manbalariga, juladan, geografik xarita, ststistik ma’lumotlar, kuzatish va
tajriba natijalariga tayanmasdan tashkil etib bo’lmaydi. Geogarfik tushunchalarni
egallashdagi  ikkinchi  muhim  xususiyat  ilmiy  tushunchalarning  bir-biri  bilan
bog’lanib tizim hosil qilganlidadir. Masalan, maktab tabiiy geografiya kurslari
Yer tabiatiga. Geografik qobiqlar tarkibi va rivojlanishiga oid bo’lgan yagona
bilimlar tizimiga ega. Shu tufayli ham tabiiy geografik tushunchalar mantiqan va
geografik mazmun jihatdan bir-biri bilan bog’liq. Bunga misol tariqasida “tabiiy
hududiy kompleka”, “geografik qobiq”, “tabiat komponentlari” va boshqalarni
keltirish mumkin. Geografik tushunchalarni shakllantirish uzoq muddat talab
qilinadigan  jarayon  bo’lib,  bir  necha  kurs  davomida  o’rganiladi.  Masalan,
ekologiya  tushunchasini  shakllantirish.  U  quyi  sinflardan  boshlanib,  yuqori
sinfgacha  davom  etadi.  Geografik  tushunchalarni  shakllantirish  jarayoni
boshqarilish xususiyatiga ega bo’lib, uni o’qitivchi amalga oshiradi. O’qituvchi
darslik  va  darsliklar  asosida  tushunchalarni  ajratadi,  ularni  egallash,
mustahkamlash va amalda qo’llash bosqichlarini belgilaydi, hamda o’quvchilarni
tushuncha  mazmuniniqanday  egallash  zarurligini  ta’minlaydi.  Geografik
tushunchalar ta’lim jarayonida sekin asta rivojlanadi. Darsda shu narsaga e’tibor
berish  kerakki,  umumiy  tushunchalarni  shakllantirish  yakka  tushunchalarga
tayanmasdan amalga oshmaydi. Masalan, O’zbekiston relyefi tushunchasi shu
paytda  yaxshi  shakllantirilishi  mumkinki,  qachonki  o’quvchilarda  relyef  va
Logotip
Tushunchalarni egallash uning negizida yangi tushunchalarni egallash uchun asos bo’lib xizmat qiladi va tushunchalar o’rtasida to’g’ri aloqadorlik o’rnatishni ta’minlaydi. Tushunchani egallash deganda: uning mazmuni hamda u bilan bog’liq bo’lgan tasavvurlarni egallash tushuniladi. Geografiya kursidagi har bir tushuncha oquvchilar ongida turli metodlar, yo’llar bilan shakllantiriladi. Buni har bir narsa, voqea, hodisa mazmuni belgilaydi. Geografik tushunchalarni egallashning eng asisiy tomoni shundaki, ularga ta’rif bermay turib ularni egallab bo’lmaydi. Geografik tushunmchalar induktiv va deduktiv yo’llar bilan Yuqoridagilarga erishish uchun o’quvchilarda bilish faoliyatini tashkil etish zarur. O’quvchilarning bu faoliyatini tabiiy geografik va iqtisodiy geografik bilim manbalariga, juladan, geografik xarita, ststistik ma’lumotlar, kuzatish va tajriba natijalariga tayanmasdan tashkil etib bo’lmaydi. Geogarfik tushunchalarni egallashdagi ikkinchi muhim xususiyat ilmiy tushunchalarning bir-biri bilan bog’lanib tizim hosil qilganlidadir. Masalan, maktab tabiiy geografiya kurslari Yer tabiatiga. Geografik qobiqlar tarkibi va rivojlanishiga oid bo’lgan yagona bilimlar tizimiga ega. Shu tufayli ham tabiiy geografik tushunchalar mantiqan va geografik mazmun jihatdan bir-biri bilan bog’liq. Bunga misol tariqasida “tabiiy hududiy kompleka”, “geografik qobiq”, “tabiat komponentlari” va boshqalarni keltirish mumkin. Geografik tushunchalarni shakllantirish uzoq muddat talab qilinadigan jarayon bo’lib, bir necha kurs davomida o’rganiladi. Masalan, ekologiya tushunchasini shakllantirish. U quyi sinflardan boshlanib, yuqori sinfgacha davom etadi. Geografik tushunchalarni shakllantirish jarayoni boshqarilish xususiyatiga ega bo’lib, uni o’qitivchi amalga oshiradi. O’qituvchi darslik va darsliklar asosida tushunchalarni ajratadi, ularni egallash, mustahkamlash va amalda qo’llash bosqichlarini belgilaydi, hamda o’quvchilarni tushuncha mazmuniniqanday egallash zarurligini ta’minlaydi. Geografik tushunchalar ta’lim jarayonida sekin asta rivojlanadi. Darsda shu narsaga e’tibor berish kerakki, umumiy tushunchalarni shakllantirish yakka tushunchalarga tayanmasdan amalga oshmaydi. Masalan, O’zbekiston relyefi tushunchasi shu paytda yaxshi shakllantirilishi mumkinki, qachonki o’quvchilarda relyef va
relyef hosil qiluvchi omillar haqida tushunchalar mavjud bo’lsa. Quyida O’rta
Osiyo tabiati tushunchasini shakllantirish jarayonini misol tariqasida keltiramiz.
Tahlil va abstrakt (mavhum) dan foydalanib, o’quvchilar hayolan O’rta Osiyoni
qicmlarga bo’ladilar. O’rta Osiyoning tog’li qismi va ularning elementlarini
(relyefi,  iqlimi)  bilan  tanishish  o’quvchilarni  O/rta  Osiyoning  tabiati
komponentlari aloqadorligini bilib olishga yordam beradi. O’rta Osiyo relyefi,
iqlimi, o’simliklari va boshqa komponentlarini boshqa xududlar bilan qiyoslash
orqali  ularning  o’ziga  xos  bo’lgan  umumiy  xususiyatlarini  ajratadilar.
Keyinchalik  esa  deduktiv  yo’l  bilan  tabiat  komponentlari  haqidagi  umumiy
tushunchalarga tayanib ular o’rtasidagi aloqadorlik va bog’liqlikni ajratadilar.
O’rta Osiyo tabiatini boshqa hududlar tabiati bilan taqqoslash orqali O’rta Osiyo
tabiat kompleksi degan to’liq tushunchani egallaydilar.
Geografik obyektlarni ko’rgazmali qurollarsiz va xaritasiz o’rganish ularga
xos bo’lgan belgilarni ajratishni birmuncha qiyinlashtiradi. Xarita va ko’rgazmali
qurollar  o’rganilayotgan  obyektga  doir  muhim  belgilarni  o’zida
mujassamlashtirgan  bo’lishi  kerak.  Yakka  tushunchalarni  shakllantirish  uchun
o’quvchilar hayolan shu obyektni xarita bilan bog’lay olish kerak. Shu tufayli ham
xarita  yakka  tushunchalarni  shakllantiruvchi  asosiy  manbadir.  Faqat  xarita
orqaligina istalgan geografik obyektning geografik o’rniga xos bo’lgan belgilarni
ajratish va shu hududning ichki xususiyatlarini ajratish imkoniyatlari tug’uladi.
Taqqoslash geografik tushunchalarni shakllantirishda katta ahamiyatga ega.
O’quvchilar  o’zlariga  tanish  obyektlarni  o’rganilayotgan  obyektlar  bilan
taqqoslash  orqali  ularga  xos  bo’lgan  belgi  va  xususiyatlarni  bilib  oladilar.
Masalan, Amedaryo va Sirdaryoni taqqoslashda har ikkala daryoning shumolga
oqishini,  uzunligi  deyarli  tengligini,  ularni  baland  tog’lardan  boshlanishini,
to’yinishini  hamda  deyarli  bir  xil  ekanligini  aniqlaydilar.  Obyektlar
komponentlarini  oddiy  qiyoslash  orqali  o’qituchi  murakkabroq  taqqoslashga
o’tadi. Masalan, nima uchn ularning shimolga tomon oqishi sabablarini, irmoqlari,
Amudaryo suvining nima sababdan Sirdaryoga nisbatan loyqa ekanligini kabi
ko’plab  xususiyatlarini  ajratadilar.  Tushuncha  quyidagi  xollarda  o’quvchilar
tomonidan egallangan hisoblanadi:
1. O’quvchi tushunchaga ta’rif bera olsa (agar u umumiy tushuncha bo’lsa).
Logotip
relyef hosil qiluvchi omillar haqida tushunchalar mavjud bo’lsa. Quyida O’rta Osiyo tabiati tushunchasini shakllantirish jarayonini misol tariqasida keltiramiz. Tahlil va abstrakt (mavhum) dan foydalanib, o’quvchilar hayolan O’rta Osiyoni qicmlarga bo’ladilar. O’rta Osiyoning tog’li qismi va ularning elementlarini (relyefi, iqlimi) bilan tanishish o’quvchilarni O/rta Osiyoning tabiati komponentlari aloqadorligini bilib olishga yordam beradi. O’rta Osiyo relyefi, iqlimi, o’simliklari va boshqa komponentlarini boshqa xududlar bilan qiyoslash orqali ularning o’ziga xos bo’lgan umumiy xususiyatlarini ajratadilar. Keyinchalik esa deduktiv yo’l bilan tabiat komponentlari haqidagi umumiy tushunchalarga tayanib ular o’rtasidagi aloqadorlik va bog’liqlikni ajratadilar. O’rta Osiyo tabiatini boshqa hududlar tabiati bilan taqqoslash orqali O’rta Osiyo tabiat kompleksi degan to’liq tushunchani egallaydilar. Geografik obyektlarni ko’rgazmali qurollarsiz va xaritasiz o’rganish ularga xos bo’lgan belgilarni ajratishni birmuncha qiyinlashtiradi. Xarita va ko’rgazmali qurollar o’rganilayotgan obyektga doir muhim belgilarni o’zida mujassamlashtirgan bo’lishi kerak. Yakka tushunchalarni shakllantirish uchun o’quvchilar hayolan shu obyektni xarita bilan bog’lay olish kerak. Shu tufayli ham xarita yakka tushunchalarni shakllantiruvchi asosiy manbadir. Faqat xarita orqaligina istalgan geografik obyektning geografik o’rniga xos bo’lgan belgilarni ajratish va shu hududning ichki xususiyatlarini ajratish imkoniyatlari tug’uladi. Taqqoslash geografik tushunchalarni shakllantirishda katta ahamiyatga ega. O’quvchilar o’zlariga tanish obyektlarni o’rganilayotgan obyektlar bilan taqqoslash orqali ularga xos bo’lgan belgi va xususiyatlarni bilib oladilar. Masalan, Amedaryo va Sirdaryoni taqqoslashda har ikkala daryoning shumolga oqishini, uzunligi deyarli tengligini, ularni baland tog’lardan boshlanishini, to’yinishini hamda deyarli bir xil ekanligini aniqlaydilar. Obyektlar komponentlarini oddiy qiyoslash orqali o’qituchi murakkabroq taqqoslashga o’tadi. Masalan, nima uchn ularning shimolga tomon oqishi sabablarini, irmoqlari, Amudaryo suvining nima sababdan Sirdaryoga nisbatan loyqa ekanligini kabi ko’plab xususiyatlarini ajratadilar. Tushuncha quyidagi xollarda o’quvchilar tomonidan egallangan hisoblanadi: 1. O’quvchi tushunchaga ta’rif bera olsa (agar u umumiy tushuncha bo’lsa).
2. Tushuncha mazmuniga xos bo’lgan belgilarni ajrata olsa, tushuncha 
belgilari o’rtasidagi aloqadorlik va bog’liqlikni farqlay olsa.
3. O’rganilayotgan geografik obyekt yoki hodisa haqida o’quvchi obrazli 
tasavvurga ega bo’lsa.
4. O’quv vazifalarini bajaraishda tushunchani mustaqil qo’llay olsa.
Tushunchaning muvoffaqiyatli o’zlashtirilishi uchun o’quvchilar e’tiborini
tushuncha  belgilarini  tahlil  qilishga  qaratishi  kerak.  Ishning  bunday  tashkil
qilinishi o’quvchilarni obyekt va hodisalardagi eng muhim va ikkinchi darajali
belgilarni  ajratishlari,  ularni  taqqoslashga  va  guruhlashga  o’rgatadi.  Bunda
ekskursiyalar, joyda amaliy ishlar uyushtirish katta rol o’ynaydi. O’quvchilarni
umumiy tushunchalarni mustaqil qo’llay olishi uchu reprodektiv metod va ijodiy
hamda  muammoli  topshiriqlarni  (qisman  o’zgaruvchan  va tadqiqot  metodlari)
bajarishga o’rgatish kerak.
Geografiyani o’qitishda bilimlarni amalda qo’llash o’ziga xos xususiyatlarga
ega. Bu quyidagi yo’nalishlarda bo’lishi mumkin:
1. Amaliy topshiriqlarni, masalan, yer osti suvlarining harakatini, chiqurligini
aniqlash, daryoning suv sarfi, o’rtacha chuqurligini aniqlash va boshqalar.
2. Geografik bilimlarni tabiat xodisalari va voqealarini tushuntirishda (yil
fasllarining almashinishi yoki siyosiy xaritalarni o’zgarishi) ishlatish mumkin.
3. Bilimlarni  qo’llash  avval  o’zlashtirgan  bilimlarni  va  yangi  bilimlarni
egallash  jarayonida  ham  ishlatish  mumkin.  Iqtisodiy  geografik  tushunchalarni
shakllantirish ham o’ziga xos bo’lib, odatda u uchta bo’g’indan iborat bo’ladi.
a) Kirish. O’quvchilar bu bo’g’inda dastlab mamlakat yoki hududning boshqa
mamlakatlar  va  hududlar  o’rtasida  tutgan  o’rni,  maydoni  va  aholisi,  tabiiy
boyliklari,  mehnat  resurslari  bilan  ta’minlanish,  xalq  xo’jaligidagi  ixtisoslik
tarmoqlarining tutgan o’rniga oid ma’lumorlar bilan tanishadilar.
b) Mamlakat  yoki  hududning  iqtisodiy  geografik  ta’rifiga  ega  bo’lgan
xususiyatlari bilan tanishadilar. Shu bo’g’inda to’liq tushunchaga ega bo’ladilar.
c) Mamlakat yoki iqtisodiy rayonni boshqa iqtisodiy rayon va mamlakatlarga
qiyoslash orqali tushunchani amalda qo’llashga erishadi. Har bir bo’g’in har xil
ishlashni talab qiladi.
Logotip
2. Tushuncha mazmuniga xos bo’lgan belgilarni ajrata olsa, tushuncha belgilari o’rtasidagi aloqadorlik va bog’liqlikni farqlay olsa. 3. O’rganilayotgan geografik obyekt yoki hodisa haqida o’quvchi obrazli tasavvurga ega bo’lsa. 4. O’quv vazifalarini bajaraishda tushunchani mustaqil qo’llay olsa. Tushunchaning muvoffaqiyatli o’zlashtirilishi uchun o’quvchilar e’tiborini tushuncha belgilarini tahlil qilishga qaratishi kerak. Ishning bunday tashkil qilinishi o’quvchilarni obyekt va hodisalardagi eng muhim va ikkinchi darajali belgilarni ajratishlari, ularni taqqoslashga va guruhlashga o’rgatadi. Bunda ekskursiyalar, joyda amaliy ishlar uyushtirish katta rol o’ynaydi. O’quvchilarni umumiy tushunchalarni mustaqil qo’llay olishi uchu reprodektiv metod va ijodiy hamda muammoli topshiriqlarni (qisman o’zgaruvchan va tadqiqot metodlari) bajarishga o’rgatish kerak. Geografiyani o’qitishda bilimlarni amalda qo’llash o’ziga xos xususiyatlarga ega. Bu quyidagi yo’nalishlarda bo’lishi mumkin: 1. Amaliy topshiriqlarni, masalan, yer osti suvlarining harakatini, chiqurligini aniqlash, daryoning suv sarfi, o’rtacha chuqurligini aniqlash va boshqalar. 2. Geografik bilimlarni tabiat xodisalari va voqealarini tushuntirishda (yil fasllarining almashinishi yoki siyosiy xaritalarni o’zgarishi) ishlatish mumkin. 3. Bilimlarni qo’llash avval o’zlashtirgan bilimlarni va yangi bilimlarni egallash jarayonida ham ishlatish mumkin. Iqtisodiy geografik tushunchalarni shakllantirish ham o’ziga xos bo’lib, odatda u uchta bo’g’indan iborat bo’ladi. a) Kirish. O’quvchilar bu bo’g’inda dastlab mamlakat yoki hududning boshqa mamlakatlar va hududlar o’rtasida tutgan o’rni, maydoni va aholisi, tabiiy boyliklari, mehnat resurslari bilan ta’minlanish, xalq xo’jaligidagi ixtisoslik tarmoqlarining tutgan o’rniga oid ma’lumorlar bilan tanishadilar. b) Mamlakat yoki hududning iqtisodiy geografik ta’rifiga ega bo’lgan xususiyatlari bilan tanishadilar. Shu bo’g’inda to’liq tushunchaga ega bo’ladilar. c) Mamlakat yoki iqtisodiy rayonni boshqa iqtisodiy rayon va mamlakatlarga qiyoslash orqali tushunchani amalda qo’llashga erishadi. Har bir bo’g’in har xil ishlashni talab qiladi.