Geografiya ta’limida didaktik o’yinlar texnologiyasi
Didaktik o’yinlar texnologiyasi
Geografiya ta’limida didaktik o’yinlar texnologiyasi o’quvchilarni bilim
faoliyatini jadallashtirishni asosiy usullaridan biri sifatida ilgaridan qo’llanib
kelinadi. O’quvchilarga geografik o’yinlar orqali bilim berish didaktik o’yinli
darslar deb ataladi.
Geografik o’yinlarning asosiy xususiyatlari qo’yidagilardan iborat.
1. Geografik o’yinlar bilan dars o’tilganda o’quvchilarda rivojlantiruvchi
faoliyat vujudga keladi. Bunda o’yinda ishtirok etayotgan o’quvchilar rollarini,
vazifalarini erkin tanlashadi. Masalan, ekspeditsiya o’yinlarida kema darg’asi,
boshqaruvchi, kuzatuvchi, kartograflar, dengizchilar va boshqa rollar.
2. Geografik o’yinlar bilan shug’ullanish jarayonida ijodiy muhitni va
munozarali vazifalarni vujudga kelishi. O’quvchilar geografik o’yin davomida
aniq bir rollar va vazifalarni bajarish jarayonida ijodiy ishlar bilan mashg’ul
bo’ladi, ma’lum bir muammoli vaziyat vujudga kelsa ularni hamkorlikda
yechishadi.
Geografik o’yinlar darsini mavzusi va o’tkaziladigan muddatini o’qituvchi
oldindan belgilaydi. O’yinga tayyorgarlik davomida o’qituvchi geografik
o’yinlarning tarkibiy tuzilishini aniqlab oladi. Geografik o’yinlarning tarkibiy
tuzilishiga quyidalilar kiradi: o’yining maqsadi va loyihasini ishlab chiqish;
o’yinda ishtirok etadigan personajlarni (rollarni) aniqlash; o’yinda ko’zda tutilgan
personajlarni vazifalarini ishlab chiqish; ma’lum bir personajlar bajaradigan
vazifalarni metodini ishlab chiqish yoki tanlash; geografik o’yinda ishtirok
etadigan personajlar o’rtasidagi munosabatlarni ishlab chiqish.
Geografik o’yinlar individual, guruhli va ommaviy turlarga bo’linadi.
Ularning barchasi ma’lum bir o’quv sharoitlarida qo’llaniladi. Geografik o’yinlar
syujetli-rolli, ijodiy, ishbilarmonlik, konferentsiya va boshqa turlarga bo’linadi.
Syujetli-rolli o’yinlar tabiiy va ijtimoiy- iqtisodiy borliq voqea va hodisalar
o’rtasidagi bog’liqlikni o’rganishga yo’naltirilgan bo’ladi.
Ijodiy o’yinlar o’quvchilarni avval olgan bilimlariga asoslanib ma’lum bir
muammoli geografik masalani didaktik o’yin orqali yechishga mo’ljallangan
bo’ladi.
Ishbilarmonlik yoki biznes o’yini iqtisodiy va ijtimoiy geografiya darslarida
ko’proq qo’llaniladi.
Bunday iqtisodiy, ijtimoiy va geografik muammolar geografik o’yinlar
yordamida hal qilinadi.
Geografiya fanida qo’llaniladigan didaktik o’yinlarni ikkita katta guruhga
bo’lishimiz mumkin: tabiiy geografik o’yinlar va ijtimoiy-iqtisodiy geografik
o’yinlar.
Tabiiy geografik o’yinlar
Didaktik o’yinlar texnologiyasi tabiiy geografik bilimlarni o’rganishni va
o’zlatirishni faollashtiradi. Mazkur didaktik o’yinlarni sinflar bo’yicha ham aniq
bir mavzular bo’yicha ishlab chiqish mumkin, sinflar bo’yicha quyidagi predmetlar
uchun ishlab chiqish mumkin: tabiiy geografiya boshlang’ich kursi (5- sinf);
materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasi (6-sinf); O’rta Osiyo va O’zbekiston
tabiiy geografiyasi (7-sinf). Tabiiy geografiya darslarida qo’yidagi mavzular
bo’yicha didaktik o’yinlarni ishlab chiqish mumkin:
-geografik tadqiqotlar tarixi. Fanning rivojlanish tarixi, hududlarni va ayrim
muammolarni o’rganish tarixi;
- plan va harita, shartli belgilar, andozalar, gorizontallar, geografik
kordinatalar, mashstab va h.k.;
- litosfera: yerning ichki tuzilishi; yer po’sti; tog’ jinslari; relyef va uning
turlari, ayrim hududlar relyefi;
- gidrosfera va uning tarkibiy qismlari. Dunyo okeani. Quruqlik suvlari, yer
osti va yer usti suvlari. Materiklar va ayrim hududlar ichki suvlari;
- atmosfera, uning tuzilishi, tarkibi, havo massalari. Ob-havo va iqlim. Iqlim
hosil qiluvchi omillar. Iqlim mintaqalari. Siklonlar, yog’inlar. Materiklar va ayrim
hududlar iqlimi;
-biosfera. Materiklar ayrim hududlarining tuprog’i, o’simligi va hayvonot
dunyosi.
Yuqorida keltirilgan tabiat tarkiblarining har biri bo’yicha juda ko’p didaktik
o’yinlar ishlab chiqish mumkin.
Individual didaktik o’yinni quyidagicha tuzishimiz mumkin.
1.Ekvator bo’yicha Atlantika okeannining kengligi 600 bo’lsa, yerning
harakat tezigida uchayotgan kosmik kema uni necha soatda bir qirg’og’dan
ikkinchi qirg’og’iga yetib boradi. Mazkur o’yinni yechish uchun o’quvchi
quyidagilarni bilishi lozim. Yerning burchak tezligini, ekvatorda 10 yoyning
uzunligini. Yerning burchak tezligi soatiga 150 ya’ni yer bir soatda 150 masofani
bosib o’tadi. Demak kosmik kema yer tezligida uchayotgan bo’lsa Atlantika
okeanining kengligi 600:15= 4 soatda yetib boradi. Ekvator bo’ylab 10 yoyning
uzunligi 111,0 km2 teng unda ekvator bo’yicha Atlantika okeanining kengligi 60 x
111,1 km2=6666 km.
Yoki bo’lmasa koordinata to’ri bo’yicha quyidagicha individual o’yinni
ishlab chiqish mumkin: Sharqiy yarimsharning 1050 meridiani g’arbiy yarim
shaming qaysi meridianiga to’g’ri keladi. Buning uchun o’quvchi quyidagi
bilimlarga ega bo’lishi lozim: har bir yarim shaming va yer sharining necha
gradusga teng ekanligini. Shundan so’ng mazkur o’yin quyidagicha yechiladi:
180°-105°=75° demak Sharqiy yarim shaming 1050 meridiani g’arbiy yarim
shaming 750 meridianiga to’g’ri ekan.
7-sinfda “O’rta Osiyo foydali qazilmalari” mavzusida guruhli o’yinni tashkil
qilish mumkin. O’rta Osiyo yozuvsiz haritasi shunday bo’laklarga ajratiladiki
uning har bir bo’lagida ma’lum bir foydali qazilma albatta bo’lsin. Bo’laklarga
mos qilib kartochkalar kesiladi uning har biriga foydali qazilma koni bor joy nomi
yozib chiqiladi. Masalan, Angren, Polvon tosh, Boysun.
Boshqaruvchi kartochkalarni yig’ib olib yozuvsiz haritalarni o’yin
ishtirokchilariga tarqatadi. O’yin boshqaruvchi joy nomlari yozilgan
kartochkalarni bittadan olib o’qiydi va ishtirokchilardan kimni qo’l ko’tarishini
kuzatadi qo’l ko’targan o’quvchiga kartochkani beradi. Mazkur kartochka
yozuvsiz haritaning kerakli joyiga qo’yilishi lozim. Qachon o’yin