Geografiya ta’limida texnologiyalardan foydalanish. O’qitishda pedagogik texnologiyalar.

Time

Yuklangan vaqt

2025-11-08

Downloads

Yuklab olishlar soni

0

Pages

Sahifalar soni

16

File size

Fayl hajmi

36,0 KB


Geografiya ta’limida texnologiyalardan foydalanish. O’qitishda pedagogik
texnologiyalar.
Pedagogik texnologiyalar va ularning turlari
O’zbekiston, Rossiya va boshqa qator MDH davlatlari ta’lim tizimiga XX
asrning  90-yillaridan  boshlab  «Yangi  pedogogik  texnologiyalar»,  «Ilg’or
pedagogik texnologiyalari», “Pedagogik texnologiyalar”, “Ta’lim texnologiyalari”,
“Maktab texnologiyalar”, “Axborot texnologiyalari” va boshqa shunga o’xshash
tushunchalar kirib keldi.
XX asrga kelib fan texnikaning yuksak darajada rivojlanishi munosabati
bilan ta’lim tizimida ham qator muammolar vujudga keldi. Bunday muammolarga
avvaldan kafolatlangan natijalarni olishga yo’naltirilgan ta’lim texnologiyalarni
loyihalashtirish va amalga oshirish kiradi.
Shu maqsadda XX asrning 50-70 yillar ida AQSH da B.Blum. D.Kratvoll,
N.Gronlund,  Dj.Kerol,  Dj.Blok,  A.Anderson  va  boshqa  olimlar  tomonidan
rejalashtirilgan  natijalarni  olishni  kafolatlaydigan,  Qayta  takrorlanadigan
pedagogik  tsiklni  o’z  ichiga  olgan  texnologiyalar  ishlab  chiqildi.  Mazkur
texnologiyalar so’ngra Yevropada qo’llanila boshlandi. Pedagogik texnologiyalar
bo’yicha ilmiy jurnallar nashr qilina boshlandi.
Rossiyada  pedagogik  texnologiyalar  XX  asrning  90-yillaridan  boshlab
tarqala  boshladi.Mazkur  texnologiyalar  sohasida  B.P.  Bespalko,  M.V.Klarin,
V.G.Guzeev, T.S.Nazarov. N.D.Nikondova, N.F.Kostenko, V.R.Imakova, G.Ilbni,
B.I.Bulin,  Sokolova,  Yu.G.Molokova,  O.Episheva,  P.K.Selevko  va  boshqalar
ulkan ishlarni amalga oshirishdiyu “SHкoльnыe tеxnoлoгии” jurnali nashr qilina
boshladi.  Yangi  pedagogik  texnaologiyalar  ta’limning  boshqa  bosqichlarida
(maktabgacha ta’lim, boshlang’ich, o’rta, o’rta maxsus va Oliy ta’lim) qo’llanila
boshladi.
O’zbekistonda pedagogik texnologiyalar sohasida 2000 yildan boshlab yirik
Logotip
Geografiya ta’limida texnologiyalardan foydalanish. O’qitishda pedagogik texnologiyalar. Pedagogik texnologiyalar va ularning turlari O’zbekiston, Rossiya va boshqa qator MDH davlatlari ta’lim tizimiga XX asrning 90-yillaridan boshlab «Yangi pedogogik texnologiyalar», «Ilg’or pedagogik texnologiyalari», “Pedagogik texnologiyalar”, “Ta’lim texnologiyalari”, “Maktab texnologiyalar”, “Axborot texnologiyalari” va boshqa shunga o’xshash tushunchalar kirib keldi. XX asrga kelib fan texnikaning yuksak darajada rivojlanishi munosabati bilan ta’lim tizimida ham qator muammolar vujudga keldi. Bunday muammolarga avvaldan kafolatlangan natijalarni olishga yo’naltirilgan ta’lim texnologiyalarni loyihalashtirish va amalga oshirish kiradi. Shu maqsadda XX asrning 50-70 yillar ida AQSH da B.Blum. D.Kratvoll, N.Gronlund, Dj.Kerol, Dj.Blok, A.Anderson va boshqa olimlar tomonidan rejalashtirilgan natijalarni olishni kafolatlaydigan, Qayta takrorlanadigan pedagogik tsiklni o’z ichiga olgan texnologiyalar ishlab chiqildi. Mazkur texnologiyalar so’ngra Yevropada qo’llanila boshlandi. Pedagogik texnologiyalar bo’yicha ilmiy jurnallar nashr qilina boshlandi. Rossiyada pedagogik texnologiyalar XX asrning 90-yillaridan boshlab tarqala boshladi.Mazkur texnologiyalar sohasida B.P. Bespalko, M.V.Klarin, V.G.Guzeev, T.S.Nazarov. N.D.Nikondova, N.F.Kostenko, V.R.Imakova, G.Ilbni, B.I.Bulin, Sokolova, Yu.G.Molokova, O.Episheva, P.K.Selevko va boshqalar ulkan ishlarni amalga oshirishdiyu “SHкoльnыe tеxnoлoгии” jurnali nashr qilina boshladi. Yangi pedagogik texnaologiyalar ta’limning boshqa bosqichlarida (maktabgacha ta’lim, boshlang’ich, o’rta, o’rta maxsus va Oliy ta’lim) qo’llanila boshladi. O’zbekistonda pedagogik texnologiyalar sohasida 2000 yildan boshlab yirik
ilmiy  ishlar  va  o’quv  qo’llanmalari  nashr  qilina  boshlandi.  Bu  sohada
B.P.Farberman,  N.Saydaxmedov,  F.Jumabaev,  A.Ochilov,  L.Golish,
B.Ziyamuhamedov, SH.Abdullaev, J.O.Tolipova, A.T.G’ofurov va boshqalar katta
ishlarni  amalga  oshirishdi.  Ayniqsa  Nizomiy  nomidagi  Toshkent  Pedagogika
Universitetida “Ta’lim texnologiyalari” jurnali nashr etilmoqda.
Geografiya ta’limida pedagogik va axborot texnologiyalarini qo’llash va
geografik  ta’lim  texnologiyalarini  ishlab  chiqish  bo’yicha  I.V.Dushina,
V.T.Dmitreva, A.N.Vorobbev, O.A.Ushakova, N.V.Novenko, I.I.Barina,
O.A.Baxchieva,  U.X.  Safarov,  X.Nikadamboyevd  va  boshqalar  ish  olib
borishmoqda.
O’zbekistonda geografiya ta’limida pedagogik va axborot texnologiyalarini
qo’llash va geografik texnologiyalarni ishlab chiqish bo’yicha ilmiy va metodik
ishlar endi boshlanmoqda, ammo bu sohada yirik ko’zga ko’rinadigan ishlar hali
qilinganicha  yo’q.  Pedagogik  texnologiyalarni  ajralmas  qismi  bo’lgan  test
topshiriqlari hamma fanlarda, ayniqsa Oliy o’quv yurtlariga kirish imtihonlarida
keng qo’llanila boshlandi. Shuni ham aytib o’tish lozimki, barcha o’quv fanlarida
ham  test  topshiriqlarini  tuzish  bo’yicha  aniq  bir  metodik  qo’llanmalar  va
ko’rsatmalar ishlanmasdan turib test topshiriqlari ishlab chiqildi va nashr qilindi.
Bu esa ayrim chalkashliklarga va testlarni faqat bir yo’nalishda tuzilishiga olib
keldi. Testologiya, ya’ni o’qitish maqsadlarini test topshiriqlari orqali ifodalash
pedagogik  texnologiyalarni  oxirgi  bosqichlaridan  biri  hisoblanadi.  Demak,
O’zbekistonda va boshqa MDH davlatlarida yangi pedagogik texnologiyalarni
ma’lum bir bo’g’inlarini qo’llash ancha oldin boshlangan.
O’zbekistonda 1992 yildan boshlab Oliy o’quv yurtlariga qabul pedagogik
test  sinovlari  asosida  o’tkaziladigan  bo’ldi.  Oliy  va  o’rta  maxsus  maktab
muammolari institutida pedagogik texnologiyalar va ta’lim sifati bo’limi ochildi.
Geografiya ta’limida ko’pincha o’qitish texnologiyalari ilgaritdan qo’llanilib
kelinadi, ayrimlari endi qo’llanilmoqda. I.V.Dushina (2004) geografiya ta’limida
qo’llaniladigan  texnologiyalarni  quyidagi  turlarga  bo’lgan:  mantiqiy  tayanch
konspektlar  texnologiyasi;  o’quv  ishlari  usullarini  shakllantirish  texnologiyasi;
o’quvchilarni o’quv faoliyatini shakllantirish texnologiyasi; komunikativ - aloqa
texnologiyasi; o’quvchilarni loyixalar tuzish faoliyati texnologiyasi.
Logotip
ilmiy ishlar va o’quv qo’llanmalari nashr qilina boshlandi. Bu sohada B.P.Farberman, N.Saydaxmedov, F.Jumabaev, A.Ochilov, L.Golish, B.Ziyamuhamedov, SH.Abdullaev, J.O.Tolipova, A.T.G’ofurov va boshqalar katta ishlarni amalga oshirishdi. Ayniqsa Nizomiy nomidagi Toshkent Pedagogika Universitetida “Ta’lim texnologiyalari” jurnali nashr etilmoqda. Geografiya ta’limida pedagogik va axborot texnologiyalarini qo’llash va geografik ta’lim texnologiyalarini ishlab chiqish bo’yicha I.V.Dushina, V.T.Dmitreva, A.N.Vorobbev, O.A.Ushakova, N.V.Novenko, I.I.Barina, O.A.Baxchieva, U.X. Safarov, X.Nikadamboyevd va boshqalar ish olib borishmoqda. O’zbekistonda geografiya ta’limida pedagogik va axborot texnologiyalarini qo’llash va geografik texnologiyalarni ishlab chiqish bo’yicha ilmiy va metodik ishlar endi boshlanmoqda, ammo bu sohada yirik ko’zga ko’rinadigan ishlar hali qilinganicha yo’q. Pedagogik texnologiyalarni ajralmas qismi bo’lgan test topshiriqlari hamma fanlarda, ayniqsa Oliy o’quv yurtlariga kirish imtihonlarida keng qo’llanila boshlandi. Shuni ham aytib o’tish lozimki, barcha o’quv fanlarida ham test topshiriqlarini tuzish bo’yicha aniq bir metodik qo’llanmalar va ko’rsatmalar ishlanmasdan turib test topshiriqlari ishlab chiqildi va nashr qilindi. Bu esa ayrim chalkashliklarga va testlarni faqat bir yo’nalishda tuzilishiga olib keldi. Testologiya, ya’ni o’qitish maqsadlarini test topshiriqlari orqali ifodalash pedagogik texnologiyalarni oxirgi bosqichlaridan biri hisoblanadi. Demak, O’zbekistonda va boshqa MDH davlatlarida yangi pedagogik texnologiyalarni ma’lum bir bo’g’inlarini qo’llash ancha oldin boshlangan. O’zbekistonda 1992 yildan boshlab Oliy o’quv yurtlariga qabul pedagogik test sinovlari asosida o’tkaziladigan bo’ldi. Oliy va o’rta maxsus maktab muammolari institutida pedagogik texnologiyalar va ta’lim sifati bo’limi ochildi. Geografiya ta’limida ko’pincha o’qitish texnologiyalari ilgaritdan qo’llanilib kelinadi, ayrimlari endi qo’llanilmoqda. I.V.Dushina (2004) geografiya ta’limida qo’llaniladigan texnologiyalarni quyidagi turlarga bo’lgan: mantiqiy tayanch konspektlar texnologiyasi; o’quv ishlari usullarini shakllantirish texnologiyasi; o’quvchilarni o’quv faoliyatini shakllantirish texnologiyasi; komunikativ - aloqa texnologiyasi; o’quvchilarni loyixalar tuzish faoliyati texnologiyasi.
Hozirgi paytda geografiya ta’limida pedagogik va axborot texnologiyalarini
qo’llashni ilmiy-metodik asoslari quyidagi yo’nalishlarda ishlab chiqilishi lozim.
Geografiya  ta’limini  maqsadlarini  aniqlash.  Geografiya  ta’limining
maqsadlari  va  vazifalari  mavjud  ta’lim  standartlarida  ishlab  chiqilgan  va
tasdiqlangan. Standartlar bo’yicha har bir geografiya predmeti bo’yicha ta’lim
maqsadlari  va  vazifalari  ishlab  chiqilgan.  Geografiya  ta’limining  asosiy
ko’rsatkichlarini B.Blumning taksonomik birliklari orqali ifodalansa ular aniq bir
o’lchamlarga  ega  bo’lar  edi.  Mazkur  muammo  sohasida  hozircha  geografiya
ta’limida sezilarli ishlar olib borilayotgani yo’q.
Geografiya ta’limida quyidagi texnologiyalardan foydalanish mumkin.
Kartografik  texnologiyalar. Geografiya  ta’limining  barcha  bosqichlarida
qadimdan qo’llanib keladi. Kartografik materiallar ko’pincha darsga qo’shimcha
ko’rgazma  sifatida  ishlatiladi.  Alohida  kartografik  texnalogiyalar  yordamida
hozircha  dars  o’tilmaydi.  Kartografik  texnologiyalarni  qo’llash  quyidagi
bosqichlardan iborat:
a) ilk,  sodda  kartografik  tushunchalarni  shakillantirish  bosqichi.  Mazkur
bosqich  umum-ta’lim  maktablarida  5-sinfda  «Boshlang’ich  tabiiy  geografiya»
kursida, Oliy o’quv yurtlarida esa topografiya va kartografiya kurslarida beriladi.
Bunda, harita, miqiyos (mashstab), shartli belgilar, geografik koordinatalar haqida
tushunchalar,  ko’nikma  va  malakalar  shakllantiriladi.  Mazkur  bosqich  o’z
navbatida quyidagi texnologiyalardan iborat: Miqiyos (mashstab) texnologiyasi;
shartli belgilar texnologiyasi; geografik koordinatalar texnologiyasi;
b) Kartografik  dars  texnologiyasi  -  mazkur  darslarda  to’la  kartografik
texnologiyalarni qo’llash asosida o’tilishi mumkin. Mazkur texnologiyalarni o’rta
va oliy ta’limda regional tabiiy va iqtisodiy geografik predmetlarini o’rganishda
qo’llanishi  mumkin.  (materiklar  va  okeanlar,  o’lkalar,  davlatlar  ma’muriy
birliklarning tabiiy va iqtisodiy hamda siyosiy geografik sharoiti).
O 'quv ishlari usullarini shakllantirish texnologiyasi (Dushina, Gerasimova,
Neklyukova, G’ulomov, Qurboniyozov, Vaxobov va boshqalar). Mazkur usul ham
geografiya ta’limida ilgaritdan qo’llanib kelinadi. Ushbu texnologiya geografik
borliqni,  xodisa  va  jarayonlarni  tavsiflash  tartibi,  qoidasi,  algoritmlar  sifatida
ifodalangan. Mazkur texnologiya har bir darslik uchun metodik qo’llanma sifatida
Logotip
Hozirgi paytda geografiya ta’limida pedagogik va axborot texnologiyalarini qo’llashni ilmiy-metodik asoslari quyidagi yo’nalishlarda ishlab chiqilishi lozim. Geografiya ta’limini maqsadlarini aniqlash. Geografiya ta’limining maqsadlari va vazifalari mavjud ta’lim standartlarida ishlab chiqilgan va tasdiqlangan. Standartlar bo’yicha har bir geografiya predmeti bo’yicha ta’lim maqsadlari va vazifalari ishlab chiqilgan. Geografiya ta’limining asosiy ko’rsatkichlarini B.Blumning taksonomik birliklari orqali ifodalansa ular aniq bir o’lchamlarga ega bo’lar edi. Mazkur muammo sohasida hozircha geografiya ta’limida sezilarli ishlar olib borilayotgani yo’q. Geografiya ta’limida quyidagi texnologiyalardan foydalanish mumkin. Kartografik texnologiyalar. Geografiya ta’limining barcha bosqichlarida qadimdan qo’llanib keladi. Kartografik materiallar ko’pincha darsga qo’shimcha ko’rgazma sifatida ishlatiladi. Alohida kartografik texnalogiyalar yordamida hozircha dars o’tilmaydi. Kartografik texnologiyalarni qo’llash quyidagi bosqichlardan iborat: a) ilk, sodda kartografik tushunchalarni shakillantirish bosqichi. Mazkur bosqich umum-ta’lim maktablarida 5-sinfda «Boshlang’ich tabiiy geografiya» kursida, Oliy o’quv yurtlarida esa topografiya va kartografiya kurslarida beriladi. Bunda, harita, miqiyos (mashstab), shartli belgilar, geografik koordinatalar haqida tushunchalar, ko’nikma va malakalar shakllantiriladi. Mazkur bosqich o’z navbatida quyidagi texnologiyalardan iborat: Miqiyos (mashstab) texnologiyasi; shartli belgilar texnologiyasi; geografik koordinatalar texnologiyasi; b) Kartografik dars texnologiyasi - mazkur darslarda to’la kartografik texnologiyalarni qo’llash asosida o’tilishi mumkin. Mazkur texnologiyalarni o’rta va oliy ta’limda regional tabiiy va iqtisodiy geografik predmetlarini o’rganishda qo’llanishi mumkin. (materiklar va okeanlar, o’lkalar, davlatlar ma’muriy birliklarning tabiiy va iqtisodiy hamda siyosiy geografik sharoiti). O 'quv ishlari usullarini shakllantirish texnologiyasi (Dushina, Gerasimova, Neklyukova, G’ulomov, Qurboniyozov, Vaxobov va boshqalar). Mazkur usul ham geografiya ta’limida ilgaritdan qo’llanib kelinadi. Ushbu texnologiya geografik borliqni, xodisa va jarayonlarni tavsiflash tartibi, qoidasi, algoritmlar sifatida ifodalangan. Mazkur texnologiya har bir darslik uchun metodik qo’llanma sifatida
kengroq tarqalgan. Masalan, har bir sinf bo’yicha nashr qilingan darsliklar albatta
metodik qo’llanmasi bilan birga nashr qilinmoqda. Unda geografik ko’nikmalarni
shakllantrish texnologiyalari ishlab chiqilgan.
Tabaqalashtirilgan  o  'qitish  texnologiyasi (Episheva,  Dushina).  Ushbu
texnologiya ham geografiya ta’limida ilgaritdan qo’llanib kelinadi. Ushbu usulni
qo’llaganda sinf o’quvchilari qobiliyatiga va qiziquvchanligiga ko’ra ma’lum bir
guruhlarga bo’linadi. Bunda o’quv maqsadlari tabaqalashtiriladi, har bir guruh
uchun  o’quv  jarayonini  ta’minlaydigan  texnologiya  ishlab  chiqiladi.  Mazkur
texnologiyani  regional  geografiya  fanlarini  o’rganishda  qo’llash  yaxshi  natija
beradi.  Masalan,  Yevropadagi  rivojlangan  davlatlar  iqtisodiy  geografiyasini
o’rganishda har bir guruh ma’lum bir davlatni o’rganishi mumkin.
O'quvchilarni o'quv faoliyatini shakllantirish texnologiyasi (Suxov, Rom,
Dronov, Dushino va boshqalar). Bunda o’quv faoliyati o’quvchilarni faolligini
oshirishni  maxsus,  alohida  shakli  sifatida  ko’riladi.  Ushbu  texnologiyada
o’quvchilar bilimlarni ma’lum bir o’quv topshiriqlarni bajarish orqali olishadi.
Ushbu texnologiyani qo’llash quyidagi bosqichlardan iborat: ma’lum bir mavzu
yoki  bo’lim  bo’yicha topshiriqlar  tizimi  tuziladi  (masalan,  Shimoliy  Amerika
iqlimi; Xitoyning qishloq xo’jaligi; Yaponiya transporti va hokazolar); O’qituvchi
va o’quvchilar faoliyatini tashkil qilish loyihasini ishlab chiqish; mavzu bo’yicha
o’quvchilar  bilimini  tekshirish  uchun  test  topshiriqlarini  tuzish;  dars  o’tish,
o’quvchilar bilimini baholash. Mazkur texnologiyalarga o’quvchilar faoliyatini
faollashtirish  texnologiyasini  ham  kiritsa  bo’ladi.  O’quvchilar  faoliyatini
faollashtirish  va  jadallashtirish  geografik  o’yinlar  texnologiyasi,  muammoli
o’qitish  texnologiyasi,  o’quv  materiallarini  chizmali,  belgili  va  kartografik
modellardan  foydalanish  orqali  amalga  oshiriladi.  Geografiya  o’yinlar
texnologiyasi, geografiya ta’limida juda keng qo’llaniladi va o’zining qiziqarliligi,
bilimlarni  o’quvchilar  tomonidan  oson  o’zlashtirishlari  bilan  ajralib  turadi.
Geografik  o’yinlar  texnologiyasi  barcha  geografiya  predmetlarini  o’rganishda
qo’llanishi mumkin. Muammoli o’qitish texnologiyasi ham geografiya ta’limida
yangi emas. U ilgaridan qo’llanilib kelinadi. Bunda asosiy vazifa bo’lib ma’lum bir
mavzu bo’yicha muammoli savollar yoki topshiriqlar tizimini ishlab chiqish va uni
o’quvchilarga  tushuntirishdir.  Masalan  relyefni  shakllanishi  va  rivojlanishi;
Logotip
kengroq tarqalgan. Masalan, har bir sinf bo’yicha nashr qilingan darsliklar albatta metodik qo’llanmasi bilan birga nashr qilinmoqda. Unda geografik ko’nikmalarni shakllantrish texnologiyalari ishlab chiqilgan. Tabaqalashtirilgan o 'qitish texnologiyasi (Episheva, Dushina). Ushbu texnologiya ham geografiya ta’limida ilgaritdan qo’llanib kelinadi. Ushbu usulni qo’llaganda sinf o’quvchilari qobiliyatiga va qiziquvchanligiga ko’ra ma’lum bir guruhlarga bo’linadi. Bunda o’quv maqsadlari tabaqalashtiriladi, har bir guruh uchun o’quv jarayonini ta’minlaydigan texnologiya ishlab chiqiladi. Mazkur texnologiyani regional geografiya fanlarini o’rganishda qo’llash yaxshi natija beradi. Masalan, Yevropadagi rivojlangan davlatlar iqtisodiy geografiyasini o’rganishda har bir guruh ma’lum bir davlatni o’rganishi mumkin. O'quvchilarni o'quv faoliyatini shakllantirish texnologiyasi (Suxov, Rom, Dronov, Dushino va boshqalar). Bunda o’quv faoliyati o’quvchilarni faolligini oshirishni maxsus, alohida shakli sifatida ko’riladi. Ushbu texnologiyada o’quvchilar bilimlarni ma’lum bir o’quv topshiriqlarni bajarish orqali olishadi. Ushbu texnologiyani qo’llash quyidagi bosqichlardan iborat: ma’lum bir mavzu yoki bo’lim bo’yicha topshiriqlar tizimi tuziladi (masalan, Shimoliy Amerika iqlimi; Xitoyning qishloq xo’jaligi; Yaponiya transporti va hokazolar); O’qituvchi va o’quvchilar faoliyatini tashkil qilish loyihasini ishlab chiqish; mavzu bo’yicha o’quvchilar bilimini tekshirish uchun test topshiriqlarini tuzish; dars o’tish, o’quvchilar bilimini baholash. Mazkur texnologiyalarga o’quvchilar faoliyatini faollashtirish texnologiyasini ham kiritsa bo’ladi. O’quvchilar faoliyatini faollashtirish va jadallashtirish geografik o’yinlar texnologiyasi, muammoli o’qitish texnologiyasi, o’quv materiallarini chizmali, belgili va kartografik modellardan foydalanish orqali amalga oshiriladi. Geografiya o’yinlar texnologiyasi, geografiya ta’limida juda keng qo’llaniladi va o’zining qiziqarliligi, bilimlarni o’quvchilar tomonidan oson o’zlashtirishlari bilan ajralib turadi. Geografik o’yinlar texnologiyasi barcha geografiya predmetlarini o’rganishda qo’llanishi mumkin. Muammoli o’qitish texnologiyasi ham geografiya ta’limida yangi emas. U ilgaridan qo’llanilib kelinadi. Bunda asosiy vazifa bo’lib ma’lum bir mavzu bo’yicha muammoli savollar yoki topshiriqlar tizimini ishlab chiqish va uni o’quvchilarga tushuntirishdir. Masalan relyefni shakllanishi va rivojlanishi;
atmosfera yog’inlarini hosil bo’lishi: qishloq xo’jaligini tabiat zonalari bo’yicha
ixtisoslashuvi, sanoat tarmoqlarining joylashuvi va hokazolar.
Modulli ta 'lim texnologiyasi geografiya ta’limida endi rivojlanib kelmokda.
Darslik, bo’lim, mavzu ayrim modullarga bo’linadi. har bir modulda o’quvchilar
albatta egallashi  lozim  bo’lgan bilimlar  tizimi  aniqlanadi.  Masalan,  geografik
koordinatalar mavzusini quyidagi modullarga bo’lishimiz mumkin: ekvator, bosh
meridian,  parallellar,  meridianlar,  daraja  to’ri,  geografik  kenglik,  geografik
uzunlik, geografik koordinatalar. Bunda o’quvchilar albatta bilishi shart bo’lgan
bilimlarga parallel, meridian, kenglik, uzunlik, geografik koordinata kiradi.
Mazkur texnologiyani geografiya predmetlarining barchasida qo’llash mumkin.
Mazkur  texnologiya  o’qituvchi  va  o’quvchini  birgalikdagi  faoliyatini
yengillashtiradi va jadallashtiriladi.
Alternativ texnologiyalarni juda ko’p variantlari mavjud, ulardan geografiya
ta’limda ustaxona texnologiyasidan foydalanish mumkin (Kollen, Okunev). Bunda
usta (o’qituvchi)  kerakli ma’lumotlarni o’quvchilarga beradi  va uning asosida
o’quvchilar  o’zlarining  bilimlariga  tayangan  holda  topshiriqni  bajarishadi.
Masalan, o’qituvchi bergan quyidagi materiallar asosida (yillik o’rtacha harorat,
yildagi eng baland va eng past haroratlar, yog’in miqdori va uning qaysi faslda
yog’ishi, shamollar, havo massalari) iqlim turi, yillik havo harorati farqi, iqlim
mintaqasi va u tarqalgan hududlarni aniqlashlari lozim.
Integratsiya texnologiyalari. Geografiya ta’limida integrativ predmetlarini
o’rganishda  qo’llaniladi.  Geografiya  ta’limida  akademik  litsey  va  kasb-xunar
kollejlarida  o’tiladigan  «Amaliy  geografiya»  predmeti  integrativ  predmet
hisoblanadi.  Unda  tabiiy  geografik,  ekologik,  iqtisodiy  geografiya,  siyosiy
geografiya va geosiyosiy bilimlar majmuasi berilgan. Bunda geografik qobig’dagi
tabiiy, ijtimoiy- iqtisodiy, ekologik va geosiyosiy tizimlar haqida yaxlit bilimlar
berilgan.  Shuning  uchun  mazkur  kursning  vazifasi  geografik  borliqni  yaxlit
tushunish va qabul qilishni shakllantirishdir.
Kommunikativ — suhbat texnologiyasi ham geografiya ta’limida u yoki bu
darajada ilgaritdan foydalanib kelinadi. Bunda o’qituvchidan o’quv jarayonida
ijodiy yondashish, suhbat texnologiyasi usullaridan foydalana bilish, suhbat uchun
savol va topshiriqlar tizimini ishlab chiqish, o’quvchilar yoki talabalar o’rtasida
Logotip
atmosfera yog’inlarini hosil bo’lishi: qishloq xo’jaligini tabiat zonalari bo’yicha ixtisoslashuvi, sanoat tarmoqlarining joylashuvi va hokazolar. Modulli ta 'lim texnologiyasi geografiya ta’limida endi rivojlanib kelmokda. Darslik, bo’lim, mavzu ayrim modullarga bo’linadi. har bir modulda o’quvchilar albatta egallashi lozim bo’lgan bilimlar tizimi aniqlanadi. Masalan, geografik koordinatalar mavzusini quyidagi modullarga bo’lishimiz mumkin: ekvator, bosh meridian, parallellar, meridianlar, daraja to’ri, geografik kenglik, geografik uzunlik, geografik koordinatalar. Bunda o’quvchilar albatta bilishi shart bo’lgan bilimlarga parallel, meridian, kenglik, uzunlik, geografik koordinata kiradi. Mazkur texnologiyani geografiya predmetlarining barchasida qo’llash mumkin. Mazkur texnologiya o’qituvchi va o’quvchini birgalikdagi faoliyatini yengillashtiradi va jadallashtiriladi. Alternativ texnologiyalarni juda ko’p variantlari mavjud, ulardan geografiya ta’limda ustaxona texnologiyasidan foydalanish mumkin (Kollen, Okunev). Bunda usta (o’qituvchi) kerakli ma’lumotlarni o’quvchilarga beradi va uning asosida o’quvchilar o’zlarining bilimlariga tayangan holda topshiriqni bajarishadi. Masalan, o’qituvchi bergan quyidagi materiallar asosida (yillik o’rtacha harorat, yildagi eng baland va eng past haroratlar, yog’in miqdori va uning qaysi faslda yog’ishi, shamollar, havo massalari) iqlim turi, yillik havo harorati farqi, iqlim mintaqasi va u tarqalgan hududlarni aniqlashlari lozim. Integratsiya texnologiyalari. Geografiya ta’limida integrativ predmetlarini o’rganishda qo’llaniladi. Geografiya ta’limida akademik litsey va kasb-xunar kollejlarida o’tiladigan «Amaliy geografiya» predmeti integrativ predmet hisoblanadi. Unda tabiiy geografik, ekologik, iqtisodiy geografiya, siyosiy geografiya va geosiyosiy bilimlar majmuasi berilgan. Bunda geografik qobig’dagi tabiiy, ijtimoiy- iqtisodiy, ekologik va geosiyosiy tizimlar haqida yaxlit bilimlar berilgan. Shuning uchun mazkur kursning vazifasi geografik borliqni yaxlit tushunish va qabul qilishni shakllantirishdir. Kommunikativ — suhbat texnologiyasi ham geografiya ta’limida u yoki bu darajada ilgaritdan foydalanib kelinadi. Bunda o’qituvchidan o’quv jarayonida ijodiy yondashish, suhbat texnologiyasi usullaridan foydalana bilish, suhbat uchun savol va topshiriqlar tizimini ishlab chiqish, o’quvchilar yoki talabalar o’rtasida
munozaralarni tashkil qila bilish talab qilinadi. Geografiya predmetlarini deyarli
barchasini  o’rganishda  ushbu  usuldan  foydalanish  mumkin.  Masalan,  «Orol
dengizini qutqarib qolish mumkinmi», “Qozog’iston past tog’lari o’rnida Shimolay
tog’lari bo’lsa, O’rta Osiyo iqlimi qanday bo’ladi?”, “Qanday tuproqlar hosildor va
nima uchun”, “Shimoliy Atlantika iliq oqimi bo’lmasa Yevropa iqlimi qanday
bo’ladi” va hokazolar.
Bundan  tashqari  reyting,  jamoa,  rivojlantiruvchi,  shaxsga  yo’naltirilgan,
mualliflik, didaktik maqsadlarni yiriklashtirish, mantiqiy tayanch konspektlar va
boshqa texnologiyalar mavjud.
Ta’lim  texnologiyalarining  ko’p  qismi  geografiya  ta’limida  ilgaritdan
o’qitish metodikasi sifatida qo’llanib kelingan. Metodika bilan texnologiya bir-
biriga juda yaqin, bir-birini to’ldiradi. Masalan, jahon siyosiy haritasini ma’ruza
usulida  o’rganish  texnologiyasi,  quyosh  tizimi  mavzusini  tushuntirish  usulida
o’rgatish texnologiyasi va hokazolar.
Demak, geografiya fani yangi ta’lim texnologiyalarini qo’llash uchun juda
katta imkoniyatlarga ega, ammo mazkur texnologiyalarni qo’llash bo’yicha ilmiy-
metodik ishlar boshqa fanlarga qaraganda sust olib borilmoqda.
Geografiya ta’limida yangi pedagogik texnologiyalarni qo’llashning asosiy
bosqichlari quyidagilardan iborat:
-geografiya ta’limining maqsadlarini aniqlash va ularni sinflashtirish;
-ta’lim maqsadlarini test topshiriqlarida ifodalash;
-ta’lim maqsadlariga erishish usullari va metodlarni aniqlash:
-ta’lim maqsadlariga erishishni baholash.
Geografiya ta’limining maqsadlarini aniqlash
Pedogogik  texnologiyalarni  tushunishni  muhim  jihatlaridan  biri
quyidagilardir:
a) juda yaxshi aniqlangan maqsadlarga yo’naltirilganligi;
b) o’quvchilarni o’qitish o’quvchilar faoliyati orqali olib borilishi.
Odatda har bir davlatning ta’lim tizimi jamiyatni sotsial buyurtmasini oladi.
Mazkur buyurtma ma’orif va oliy ta’lim muassalari uchun asos bo’lib xizmat
qiladi. Sotsial buyurtma asosida har bir o’quv fanining maqsadi ishlab chiqildi.
So’ngra mazkur fanning har bir o’quv predmeti uchun, ma’lum bir predmetlarning
Logotip
munozaralarni tashkil qila bilish talab qilinadi. Geografiya predmetlarini deyarli barchasini o’rganishda ushbu usuldan foydalanish mumkin. Masalan, «Orol dengizini qutqarib qolish mumkinmi», “Qozog’iston past tog’lari o’rnida Shimolay tog’lari bo’lsa, O’rta Osiyo iqlimi qanday bo’ladi?”, “Qanday tuproqlar hosildor va nima uchun”, “Shimoliy Atlantika iliq oqimi bo’lmasa Yevropa iqlimi qanday bo’ladi” va hokazolar. Bundan tashqari reyting, jamoa, rivojlantiruvchi, shaxsga yo’naltirilgan, mualliflik, didaktik maqsadlarni yiriklashtirish, mantiqiy tayanch konspektlar va boshqa texnologiyalar mavjud. Ta’lim texnologiyalarining ko’p qismi geografiya ta’limida ilgaritdan o’qitish metodikasi sifatida qo’llanib kelingan. Metodika bilan texnologiya bir- biriga juda yaqin, bir-birini to’ldiradi. Masalan, jahon siyosiy haritasini ma’ruza usulida o’rganish texnologiyasi, quyosh tizimi mavzusini tushuntirish usulida o’rgatish texnologiyasi va hokazolar. Demak, geografiya fani yangi ta’lim texnologiyalarini qo’llash uchun juda katta imkoniyatlarga ega, ammo mazkur texnologiyalarni qo’llash bo’yicha ilmiy- metodik ishlar boshqa fanlarga qaraganda sust olib borilmoqda. Geografiya ta’limida yangi pedagogik texnologiyalarni qo’llashning asosiy bosqichlari quyidagilardan iborat: -geografiya ta’limining maqsadlarini aniqlash va ularni sinflashtirish; -ta’lim maqsadlarini test topshiriqlarida ifodalash; -ta’lim maqsadlariga erishish usullari va metodlarni aniqlash: -ta’lim maqsadlariga erishishni baholash. Geografiya ta’limining maqsadlarini aniqlash Pedogogik texnologiyalarni tushunishni muhim jihatlaridan biri quyidagilardir: a) juda yaxshi aniqlangan maqsadlarga yo’naltirilganligi; b) o’quvchilarni o’qitish o’quvchilar faoliyati orqali olib borilishi. Odatda har bir davlatning ta’lim tizimi jamiyatni sotsial buyurtmasini oladi. Mazkur buyurtma ma’orif va oliy ta’lim muassalari uchun asos bo’lib xizmat qiladi. Sotsial buyurtma asosida har bir o’quv fanining maqsadi ishlab chiqildi. So’ngra mazkur fanning har bir o’quv predmeti uchun, ma’lum bir predmetlarning
bo’limlari, mavzulari va alohida darslar uchun maqsadlar ishlab chiqiladi.
O’zbekistonda sotsial byurtma «Ta’lim to’g’risida», «Kadrlar tayyorlash
milliy dasturi to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi Qonunlari hamda Vazirlar
mahkamasining «O’zbekiston Respublikasida umumiy o’rta ta’limni tashkil etish
to’g’risida» 1998 yil 13 maydagi 203-sonli qarorida ifodalangan.
Mazkur  qonunlarda  va  qarorlarda  yuqori  malakali  pedagog  kadrlar
tayyorlash  va  qayta  tayyorlashga  alohida  e’tibor  berilishi,  yangi  darslikni,
zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarini o’z vaqtida ishlab chiqish va
joriy joriy etishni ta’minlashni alohida nazorat ostiga olish zarurgigi ko’psatib
o’tilgan.
Geografiya  ta’limining  maqsad  va  vazifalari  Davlat  ta’lim  standartiga
sharxlarda  aniqlab  berilgan.  Ya’ni  geografik  madaniyatni  shakillantirish,
haritalardan  mohirona  foydalanishni  o’rgatish,  tabiat  bilan  jamiyat
munosabatlariga kompleks yondoshishni anglatmoq va h.k.
Yangi pedogik texnologiyalarda maqsadlar o’qituvchi uchun alohida ishlab
chiqiladi. O’quvchilarning maqsadi vazifalar deb ataladi. Chunki o’qituvchi va
o’quvchilarning  birgalikdagi  faoliyatida  o’qituvchilarni  maqsadi  o’qitish
o’quvchilarni maqsadi o’rganishdir (Ziyamuhammedov 2002).
B.A.  Farberman,  S.Ziyamuhammedov  va  boshqalarning  fikricha
o’qitishning mazmuni odatda mavzuli yo’nalishga ega bo’lganligi uchun undan
aniq  ta’lim  maqsadlarini  ajratib  olish  mushkul.  Shuning  uchun  vazifalarni
shakillanishini osonlashtirish uchun, ularning tavsifida fa’elllar ishlatiladi. Fa’ellar
o’quvchilarni  o’quv  faoliyatini  aks  ettiradi,  masalan  aniq  faktlarni  biladi;
qoidalarni  biladi;  so’z ifodalagan ma’lumotlarni  matemat  ik jihatdan ifodalay
oladi; chizma va sxemalarni tushuntirib beradi; berilgan ma’lumotlar bo’yicha
oqibatlarni  aniqlay  oladi;  chizma  va  sxemalarni  tushuntirib  beradi;  berilgan
maelumotlar bo’yicha oqibatlarni aniqlay oladi va h.k.
O’xshash  o’quv  maqsadlari  va  vazifalari  uchun  aniq  fa’ellardan
foydalanmoq lozim. Aniq fa’ellar bir tarzda tavsiflanadigan va o’lchanadigan,
o’quvchilar o’qishi natijasida bajaradigan operatsiyalardan iborat bo’lishi lozim.
Qator olimlarning fikricha, maqsadlarni aniqlashtirishning umumiy usuli- bu
aniq natijalar beradigin faoliyatni ko’rsatadigan fa’ellardan foydalanishdir.
Logotip
bo’limlari, mavzulari va alohida darslar uchun maqsadlar ishlab chiqiladi. O’zbekistonda sotsial byurtma «Ta’lim to’g’risida», «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi Qonunlari hamda Vazirlar mahkamasining «O’zbekiston Respublikasida umumiy o’rta ta’limni tashkil etish to’g’risida» 1998 yil 13 maydagi 203-sonli qarorida ifodalangan. Mazkur qonunlarda va qarorlarda yuqori malakali pedagog kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlashga alohida e’tibor berilishi, yangi darslikni, zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarini o’z vaqtida ishlab chiqish va joriy joriy etishni ta’minlashni alohida nazorat ostiga olish zarurgigi ko’psatib o’tilgan. Geografiya ta’limining maqsad va vazifalari Davlat ta’lim standartiga sharxlarda aniqlab berilgan. Ya’ni geografik madaniyatni shakillantirish, haritalardan mohirona foydalanishni o’rgatish, tabiat bilan jamiyat munosabatlariga kompleks yondoshishni anglatmoq va h.k. Yangi pedogik texnologiyalarda maqsadlar o’qituvchi uchun alohida ishlab chiqiladi. O’quvchilarning maqsadi vazifalar deb ataladi. Chunki o’qituvchi va o’quvchilarning birgalikdagi faoliyatida o’qituvchilarni maqsadi o’qitish o’quvchilarni maqsadi o’rganishdir (Ziyamuhammedov 2002). B.A. Farberman, S.Ziyamuhammedov va boshqalarning fikricha o’qitishning mazmuni odatda mavzuli yo’nalishga ega bo’lganligi uchun undan aniq ta’lim maqsadlarini ajratib olish mushkul. Shuning uchun vazifalarni shakillanishini osonlashtirish uchun, ularning tavsifida fa’elllar ishlatiladi. Fa’ellar o’quvchilarni o’quv faoliyatini aks ettiradi, masalan aniq faktlarni biladi; qoidalarni biladi; so’z ifodalagan ma’lumotlarni matemat ik jihatdan ifodalay oladi; chizma va sxemalarni tushuntirib beradi; berilgan ma’lumotlar bo’yicha oqibatlarni aniqlay oladi; chizma va sxemalarni tushuntirib beradi; berilgan maelumotlar bo’yicha oqibatlarni aniqlay oladi va h.k. O’xshash o’quv maqsadlari va vazifalari uchun aniq fa’ellardan foydalanmoq lozim. Aniq fa’ellar bir tarzda tavsiflanadigan va o’lchanadigan, o’quvchilar o’qishi natijasida bajaradigan operatsiyalardan iborat bo’lishi lozim. Qator olimlarning fikricha, maqsadlarni aniqlashtirishning umumiy usuli- bu aniq natijalar beradigin faoliyatni ko’rsatadigan fa’ellardan foydalanishdir.
O’xshash ta’lim maqsadlarini shakillantirish bir necha bosqichdan iborat:
o’quv mavzusini o’rganishning umumiy maqsadi-xususiy maqsadi-o’xshash ta’lim
maqsadi.
Ammo  ba’zi  hollarda  o’zshash  ta’lim  maqsadlarini  shakllantirishda
qiyinchiliklar  tug’iladi. Ayrim  hollarda ta’lim  natijalarini  ayrim  qismlarga
bo’lish  oson  bo’ladi.  Bunday  hollarda  Blum  tomonidan  ishlab  chiqilgan
taksonomiyadan  foydalanish  qulay  bo’ladi.  Mazkur  taksonomi  asosida
umumiyroq  maqsadlarni  shakillantirish  mumkin.  So’ngra  esa  ularni
aniqlashtirish mumkin.
Shu maqsadda geografiya ta’limi maqsadlarining taksonomiyasi ishlab
chiqiladi.  Mazkur  taksonomiya  asosi  bo’lib,  B.Blum  tomonidan  ishlab
chiqilgan umumiy ta’lim maqsadlari taksonomiyasi hisoblanadi.
Geografiya  ta’limi  maqsadlari  taksonomiyasini  ishlab  chiqishda
geografiya  faning  umumiy  maqsad  va  vazifalari,  geografiya  ta’limi
mazmunining  majburiy  minimumi  hamda  bitiruvchilarning  tayyorgarlik
darajasiga qo’yiladigan talablar hisobga olinadi.
Geografiya ta’limi maqsadlarini test topshiriqlarida ifodalash
Pedagogik texnologiyalarning ajralmas qismi bo’lgan test topshiriqlari
barcha o’quv fanlarida bilimlarni tekshirishni asosiy usuli bo’lib qoldi, ayniqsa
XX-asrning  90-yillaridan  boshlab  kirish  imtihonlarida  keng  qo’llanila
boshlandi. Shuni ham aytib o’tish lozimki, deyarli barcha fanlarda ham test
topshiriqlarini tuzish bo’yicha aniq bir metodik qullanmalar va ko’rsatmalar
ishlanmasdan turib test topshiriqlari ishlab chiqildi va nashr qilindi. Bu esa
ayrim  chalkashliklarni  keltirib  chiqardi.  Testalogiya,  ya’ni  o’qitish
maqsadlarini test topshiriqlarida ifodalash pedagogik texnologiyalarning oxirgi
bosqichlaridan biri hisoblanadi.
Demak,  O’zbekistonda  va  boshqa  qator  MDH  davlatlarida  yangi
pedagogik texnologiyalarni qo’llash uning oxirgi bosqichlaridan boshlangan.
Umumta’lim va o’rta maxsus maktablarni eng dolzarb, murakkab va muhim
muammolaridan  biri  o’quvchilarning  bilim  va  malakalarini  tekshirishdir.  XX-
asrning 90-yillarigacha o’quvchilar bilim va malakalarini tekshirishni og’zaki va
yozma usuli keng tarqalgan edi. Mazkur usullarning asosiy kamchiligi bilim va
Logotip
O’xshash ta’lim maqsadlarini shakillantirish bir necha bosqichdan iborat: o’quv mavzusini o’rganishning umumiy maqsadi-xususiy maqsadi-o’xshash ta’lim maqsadi. Ammo ba’zi hollarda o’zshash ta’lim maqsadlarini shakllantirishda qiyinchiliklar tug’iladi. Ayrim hollarda ta’lim natijalarini ayrim qismlarga bo’lish oson bo’ladi. Bunday hollarda Blum tomonidan ishlab chiqilgan taksonomiyadan foydalanish qulay bo’ladi. Mazkur taksonomi asosida umumiyroq maqsadlarni shakillantirish mumkin. So’ngra esa ularni aniqlashtirish mumkin. Shu maqsadda geografiya ta’limi maqsadlarining taksonomiyasi ishlab chiqiladi. Mazkur taksonomiya asosi bo’lib, B.Blum tomonidan ishlab chiqilgan umumiy ta’lim maqsadlari taksonomiyasi hisoblanadi. Geografiya ta’limi maqsadlari taksonomiyasini ishlab chiqishda geografiya faning umumiy maqsad va vazifalari, geografiya ta’limi mazmunining majburiy minimumi hamda bitiruvchilarning tayyorgarlik darajasiga qo’yiladigan talablar hisobga olinadi. Geografiya ta’limi maqsadlarini test topshiriqlarida ifodalash Pedagogik texnologiyalarning ajralmas qismi bo’lgan test topshiriqlari barcha o’quv fanlarida bilimlarni tekshirishni asosiy usuli bo’lib qoldi, ayniqsa XX-asrning 90-yillaridan boshlab kirish imtihonlarida keng qo’llanila boshlandi. Shuni ham aytib o’tish lozimki, deyarli barcha fanlarda ham test topshiriqlarini tuzish bo’yicha aniq bir metodik qullanmalar va ko’rsatmalar ishlanmasdan turib test topshiriqlari ishlab chiqildi va nashr qilindi. Bu esa ayrim chalkashliklarni keltirib chiqardi. Testalogiya, ya’ni o’qitish maqsadlarini test topshiriqlarida ifodalash pedagogik texnologiyalarning oxirgi bosqichlaridan biri hisoblanadi. Demak, O’zbekistonda va boshqa qator MDH davlatlarida yangi pedagogik texnologiyalarni qo’llash uning oxirgi bosqichlaridan boshlangan. Umumta’lim va o’rta maxsus maktablarni eng dolzarb, murakkab va muhim muammolaridan biri o’quvchilarning bilim va malakalarini tekshirishdir. XX- asrning 90-yillarigacha o’quvchilar bilim va malakalarini tekshirishni og’zaki va yozma usuli keng tarqalgan edi. Mazkur usullarning asosiy kamchiligi bilim va
malakalarga baho qo’yishdagi subiktivlikdir. Har bir imtihon oluvchi bir xil ishga
turli yondoshib, turlicha baho qo’yish mumkin. eng muhimi bu usulda aniq bir
muvozanatning sust ishlanganligidir.
Shu  munosabat  bilan  O’zbekiston  Respublikasi  Prezedentining
«O’zbekiston Respublikasi Oliy o’quv yurtlarining kunduzgi bo’limlariga qabul
tizimini takomillashtirish haqida» farmoniga binoan, hamda 1992 yilgi Oliy o’quv
yurtlariga  test  bo’yicha  qabulning  ijobiy  natijalarini  hisobga  olib,  Vazirlar
mahkamasi O’zbekistondagi barcha o’quv yurtlari qabulini test usulida o’tkazish
haqida qaror qabul qildi.
O’zbekistonda geografiya fani bo’yicha test topshiriqlari tuzib nashr qilina
boshladi.  Bu  sohada  X.Vaxobov,  P  G’ulomov,  R.Qurbonniyozov,  A.Soatov,
A.Qayumov va boshqalar tomonidan katta ishlar amalga ogshirildi. 1994 yildan
2002  yilgacha  Davlat  test  markazi  tomonidan  test  topshiriqlari  to’plamlari
«Axbarotnoma» shaklida nashr qilindi.
Test ingilizcha «Test» so’zidan olingan bo’lib, topshirish, sinash, nazorat
qilish ma’nolarini anglatadi (BSE, 42 t, 1956 g). dastlab testlar psixologiya fanida
kishining fikrlash qobiliyati, alohida muhim imkoniyatlari, irodasini va boshqa
tomonlarni aniqlashda qo’llaniladigan bir qolipdagi topshiriqlardan iborat bo’lgan
( so’zli yoki rasmli shaklda).
Maktablarda  testlar  (N.Grayvz,  1979)  dastlab  asrimizning  20-yillaridan
boshlab  AQSHda  qo’llanila  boshlangan,  bu  paytgacha  AQSH  va  Buyuk
Britaniyada imtihonlar asosan yozma shaklda o’tkazilar edi. XX-asr boshlarida
AQSHda yozma imtihonlar qattiq tanqid ostiga olina boshlandi, natijada bilim va
malakalarni tekshirish bo’yicha turli tajribalar sinab ko’rila boshlandi. Chunki
AQSHda o’quv jarayonini rejalashtirish bo’yicha maktablar juda katta xuquqa ega
edilar, natijada o’quvchilarning umumiy ta’lim darajalari turlicha bo’lgan. 1920
yildan  boshlab  Nbyu-York  shtatining  maorif  bo’limi  aniq  (obyektlar)  testlar
bo’yicha imtihon olish tajribasini boshladilar va 30-yillardan boshlab bunday usul
AQSHning  hamma  maktablarida  qo’llanila  boshlandi.  AQSHning  Shimoliy  -
Sharqiy shtatlarining oliy o’quv yurtlariga kirish imtihonlari bo’yicha kengash ham
universitetlarga  rejaga  solish  maqsadida  30-yillarda  testlar  tuzishga  kirishdi.
Natijada testlar tuzish bo’yicha kooperativ xizmati tashkil qilindi, uning asosiy
Logotip
malakalarga baho qo’yishdagi subiktivlikdir. Har bir imtihon oluvchi bir xil ishga turli yondoshib, turlicha baho qo’yish mumkin. eng muhimi bu usulda aniq bir muvozanatning sust ishlanganligidir. Shu munosabat bilan O’zbekiston Respublikasi Prezedentining «O’zbekiston Respublikasi Oliy o’quv yurtlarining kunduzgi bo’limlariga qabul tizimini takomillashtirish haqida» farmoniga binoan, hamda 1992 yilgi Oliy o’quv yurtlariga test bo’yicha qabulning ijobiy natijalarini hisobga olib, Vazirlar mahkamasi O’zbekistondagi barcha o’quv yurtlari qabulini test usulida o’tkazish haqida qaror qabul qildi. O’zbekistonda geografiya fani bo’yicha test topshiriqlari tuzib nashr qilina boshladi. Bu sohada X.Vaxobov, P G’ulomov, R.Qurbonniyozov, A.Soatov, A.Qayumov va boshqalar tomonidan katta ishlar amalga ogshirildi. 1994 yildan 2002 yilgacha Davlat test markazi tomonidan test topshiriqlari to’plamlari «Axbarotnoma» shaklida nashr qilindi. Test ingilizcha «Test» so’zidan olingan bo’lib, topshirish, sinash, nazorat qilish ma’nolarini anglatadi (BSE, 42 t, 1956 g). dastlab testlar psixologiya fanida kishining fikrlash qobiliyati, alohida muhim imkoniyatlari, irodasini va boshqa tomonlarni aniqlashda qo’llaniladigan bir qolipdagi topshiriqlardan iborat bo’lgan ( so’zli yoki rasmli shaklda). Maktablarda testlar (N.Grayvz, 1979) dastlab asrimizning 20-yillaridan boshlab AQSHda qo’llanila boshlangan, bu paytgacha AQSH va Buyuk Britaniyada imtihonlar asosan yozma shaklda o’tkazilar edi. XX-asr boshlarida AQSHda yozma imtihonlar qattiq tanqid ostiga olina boshlandi, natijada bilim va malakalarni tekshirish bo’yicha turli tajribalar sinab ko’rila boshlandi. Chunki AQSHda o’quv jarayonini rejalashtirish bo’yicha maktablar juda katta xuquqa ega edilar, natijada o’quvchilarning umumiy ta’lim darajalari turlicha bo’lgan. 1920 yildan boshlab Nbyu-York shtatining maorif bo’limi aniq (obyektlar) testlar bo’yicha imtihon olish tajribasini boshladilar va 30-yillardan boshlab bunday usul AQSHning hamma maktablarida qo’llanila boshlandi. AQSHning Shimoliy - Sharqiy shtatlarining oliy o’quv yurtlariga kirish imtihonlari bo’yicha kengash ham universitetlarga rejaga solish maqsadida 30-yillarda testlar tuzishga kirishdi. Natijada testlar tuzish bo’yicha kooperativ xizmati tashkil qilindi, uning asosiy
vazifasi,  AQSHning  maktab  va  kollejlarida  o’quvchilar  o’zlashtirishini
ko’rsatilgan talablar asosida aniq baholash mezonlari bilan ta’minlash edi. 1948
yilda Ushbu kooperativ xizmat ta’lim testlari xizmatiga aylantirildi. Imtihonlar
bo’yicha  kengash  test  xizmatlarining  ma’lumotlarini  kollej  va  univesitetlarga
kiruvchilarning bilimini tekshirishda ishlata boshladi.
Test bo’yicha bilim va malakalarni tekshirish quyidagilarni o’z ichiga oladi:
a) fikrlash va matematik qobiliyatni aniqlashga mo’ljallangan testlar
(ko’p javobli savollardan tuzilgan, imtihon 3-soat davom etadi); b) yakuniy test,
asosan  ingliz  tili,  ijtimoiy  fanlar,  matematika,  chet  tilllari  va  tarix  bo’yicha
bilimlarni tekshiradi, kiruvchilardan 3-ta predmet bo’yicha testdan o’tish talab
qilinadi (har bir predmet bo’yicha imtihon 1-soat davom etadi, hammasi ket-ma
ket bo’ladi). Barcha testlar (ingliz tilidan tashqari) ko’p savolli toshiriqlar iborat.
Buyuk  Britaniyada  testlar  boshlang’ich  maktablarning  bitiruvchi  sinflarida
qobiliyatli  o’quvchilarni  o’rta  maktablarga  taqsimlash  maqsadida  o’tkaziladi.
Imtihon topshir o’quvlaridan to’g’ri javobni aniqlash talab qilinadi va har bir
to’g’ri  javob  uchun  bir  ball  qo’yiladi.  Baholar  aniq  bo’lgani  uchun  imtihon
oluvchilarning subektiv qarashlari yo’q bo’ladi.
Sobiq  ittifoqda  bilim  va  malakalarni  test  orqali  tekshirish  noilmiy  deb
qaralib,  VKP  (b)ning  1936  yil  4-iyulda  chiqqan  «Xalq  maorifi  komisarligi
tizimidagi pedagogik noto’g’ri talqinlar haqida» nomli qarorida qattiq tanqid ostiga
olindi va man qilindi. 1970 yildan boshlab test usuli maktablarda yana asta sekin
tajriba sifatida olimlar va ilg’or o’qituvchilar tomonidan qo’llanila boshlandi.
Geografiya  sohasida  mazkur  ishlar  T.P.Gerasimova,  M.K.Kovalevskaya,
V.A.Korinskaya, L.M. Teltevskaya va boshqalar tomonidan amalga oshirildi.
Hozirgi paytda jahonda testlarning juda ko’p turlari mavjud, ulardan eng
asosiylari , quyidagilar (G’ulomov, Vaxobov, Qurbonniyozov, 1993):
1.
Ko’p
javobli  testlar.  Bunday  testlar  juda  keng  tarqalgan.
O’zbekistonda ham hozir asosan shunday testlar qo’llanilmoqda. Maskur testlarda
bitta savolga uchtadan beshtagacha javob bo’ladi, imtihon topshiruvchi to’g’ri
javobni aniqlab belgilashi lozim masalan,:
Ikki materik, ikki qit’a, ikki okean, ikki dengiz, ikki yarim orol va ikki
davlatni ajratib turuvchi bo’g’izni aniqlang.
Logotip
vazifasi, AQSHning maktab va kollejlarida o’quvchilar o’zlashtirishini ko’rsatilgan talablar asosida aniq baholash mezonlari bilan ta’minlash edi. 1948 yilda Ushbu kooperativ xizmat ta’lim testlari xizmatiga aylantirildi. Imtihonlar bo’yicha kengash test xizmatlarining ma’lumotlarini kollej va univesitetlarga kiruvchilarning bilimini tekshirishda ishlata boshladi. Test bo’yicha bilim va malakalarni tekshirish quyidagilarni o’z ichiga oladi: a) fikrlash va matematik qobiliyatni aniqlashga mo’ljallangan testlar (ko’p javobli savollardan tuzilgan, imtihon 3-soat davom etadi); b) yakuniy test, asosan ingliz tili, ijtimoiy fanlar, matematika, chet tilllari va tarix bo’yicha bilimlarni tekshiradi, kiruvchilardan 3-ta predmet bo’yicha testdan o’tish talab qilinadi (har bir predmet bo’yicha imtihon 1-soat davom etadi, hammasi ket-ma ket bo’ladi). Barcha testlar (ingliz tilidan tashqari) ko’p savolli toshiriqlar iborat. Buyuk Britaniyada testlar boshlang’ich maktablarning bitiruvchi sinflarida qobiliyatli o’quvchilarni o’rta maktablarga taqsimlash maqsadida o’tkaziladi. Imtihon topshir o’quvlaridan to’g’ri javobni aniqlash talab qilinadi va har bir to’g’ri javob uchun bir ball qo’yiladi. Baholar aniq bo’lgani uchun imtihon oluvchilarning subektiv qarashlari yo’q bo’ladi. Sobiq ittifoqda bilim va malakalarni test orqali tekshirish noilmiy deb qaralib, VKP (b)ning 1936 yil 4-iyulda chiqqan «Xalq maorifi komisarligi tizimidagi pedagogik noto’g’ri talqinlar haqida» nomli qarorida qattiq tanqid ostiga olindi va man qilindi. 1970 yildan boshlab test usuli maktablarda yana asta sekin tajriba sifatida olimlar va ilg’or o’qituvchilar tomonidan qo’llanila boshlandi. Geografiya sohasida mazkur ishlar T.P.Gerasimova, M.K.Kovalevskaya, V.A.Korinskaya, L.M. Teltevskaya va boshqalar tomonidan amalga oshirildi. Hozirgi paytda jahonda testlarning juda ko’p turlari mavjud, ulardan eng asosiylari , quyidagilar (G’ulomov, Vaxobov, Qurbonniyozov, 1993): 1. Ko’p javobli testlar. Bunday testlar juda keng tarqalgan. O’zbekistonda ham hozir asosan shunday testlar qo’llanilmoqda. Maskur testlarda bitta savolga uchtadan beshtagacha javob bo’ladi, imtihon topshiruvchi to’g’ri javobni aniqlab belgilashi lozim masalan,: Ikki materik, ikki qit’a, ikki okean, ikki dengiz, ikki yarim orol va ikki davlatni ajratib turuvchi bo’g’izni aniqlang.
A.Bosfor
V.Gibraltar
S.Dreyk
D.
Torres
E.
Bering
2.
“To’g’ri- noto’g’ri” (alternativ testlar) testlar. Ushbu turdagi testlar
“to’g’ri” va “noto’g’ri” xilidagi savollardan iborat iborat bo’ladi. Bunda imtihon
topshiruvchi topshiriqqa binoan to’g’ri yoki noto’g’ri javoblarni aniqlash kerak.
Masalan, Yevropaga kirmaydigan davlatlarni tagiga chizing.
Ispaniya, Kuba, Fransiya, Lixtenshteyn, Shri Lanka, Chexiya, Surinam, Barbados.
Yoki quyidagi to’g’ri yozilgan nomlarni tagiga chizing.
Andijon, Samarqand, Farg’ona, Sirdaryo, Namangan, Jizzax viloyatlari Farg’ona
vodiysida j oylashgan.
3.Uyg’unlashgan  savolli  testlar. Bunday  testlarda  berilgan savollar  yoki
nomlar yoniga ularga mos bo’lgan tayyor javoblarni yozib qo’yish talab qilinadi.
Masalan,
Toshkent viloyatida joylashgan shaharlar yoniga, ular uchun hos bo’lgan
sanoat tarmog’ini yozing.
Yoqilg’i - energitika sanoati, rangli metallurgiya, oziq-ovqat, ximya, qurilish
mahsulotlari ishlab chiqarish sanoati.
Yangiyo’l-
Chirchiq-
Ohangaron-
Olmaliq-
Bekobod-
Angren-
4.
Tushrib
qoldirilgan  so’zlarni  to’ldirishga  mo’ljallangan
testlar.
Ushbu testlar tabiiy geografiyada keng tarqalgan geografik diktantlarga
to’g’ri keladi. Masalan, «Farg’ona vodiysini shimoli g’arbdan .................................
tizmasi, ..................... dan Farg’ona tizmasi, .......................................dan Oloy va
Turkiston tizmalari o’rab turadi. Ma’muriy jihatdan Farg’ona vodiysida
Logotip
A.Bosfor V.Gibraltar S.Dreyk D. Torres E. Bering 2. “To’g’ri- noto’g’ri” (alternativ testlar) testlar. Ushbu turdagi testlar “to’g’ri” va “noto’g’ri” xilidagi savollardan iborat iborat bo’ladi. Bunda imtihon topshiruvchi topshiriqqa binoan to’g’ri yoki noto’g’ri javoblarni aniqlash kerak. Masalan, Yevropaga kirmaydigan davlatlarni tagiga chizing. Ispaniya, Kuba, Fransiya, Lixtenshteyn, Shri Lanka, Chexiya, Surinam, Barbados. Yoki quyidagi to’g’ri yozilgan nomlarni tagiga chizing. Andijon, Samarqand, Farg’ona, Sirdaryo, Namangan, Jizzax viloyatlari Farg’ona vodiysida j oylashgan. 3.Uyg’unlashgan savolli testlar. Bunday testlarda berilgan savollar yoki nomlar yoniga ularga mos bo’lgan tayyor javoblarni yozib qo’yish talab qilinadi. Masalan, Toshkent viloyatida joylashgan shaharlar yoniga, ular uchun hos bo’lgan sanoat tarmog’ini yozing. Yoqilg’i - energitika sanoati, rangli metallurgiya, oziq-ovqat, ximya, qurilish mahsulotlari ishlab chiqarish sanoati. Yangiyo’l- Chirchiq- Ohangaron- Olmaliq- Bekobod- Angren- 4. Tushrib qoldirilgan so’zlarni to’ldirishga mo’ljallangan testlar. Ushbu testlar tabiiy geografiyada keng tarqalgan geografik diktantlarga to’g’ri keladi. Masalan, «Farg’ona vodiysini shimoli g’arbdan ................................. tizmasi, ..................... dan Farg’ona tizmasi, .......................................dan Oloy va Turkiston tizmalari o’rab turadi. Ma’muriy jihatdan Farg’ona vodiysida