Ilmiybaza.uz
Tayanch tushunchalar: Metodlar, uslublar, Tasviriy qurollar, tabiiy
qurollar, takrorlovchi suhbat, grafik, pedagogik texhologiya.
I-reja. Metodlar klassifikasiyasi.
Ta`lim-tarbiya jarayoni-bu o`qituvchining o`rgatuvchilik faoliyati bilan
o`quvchilarning o`qish faoliyatining uyg`unlashishidir. O`qitish metodi -
o`qituvchining bilimlar berish va ularni o`quvchilar o`zlashtirib olish usuli.
O`qitish metodlari haqidagi masalalar-Geografiyani o`qitishda eng muhim
masalalardan biri hisoblanadi. U Geografiya tasavvurlari, yuqori ta`lim va
tarbiya ishlarida katta imkon yaratadi.
Geografiyani o`qitish metodlari 3 ta guruxga bo`linadi:
1.Og`zaki metodlar (o`qituvchining matyerialni og`zaki bayon qilish,
suxbat, kitob bilan ishlash).
2. Ko`rgazmali metodlar (namoyish qilish) (ko`rsatish), mustaqil
kuzatishlar, ekskursiya jarayonida kuzatishlar olib borish).
3. Amaliy metodlar (og`zaki va yozma mashqlar, grafik) (chizma) va
(laboratoriya ishlari).
Metodik uslub- bu faqat metodning unsurlaridan biri, uning tarkibiy
qismi (ko`rgazmali qurollarni, kinofilmlarning fragmentlarini, diafilm,
diapozitivlarni ko`rsatish, doskadagi temalarni, rasmlarni foydalanish
tajribalarini namoyish qilish, maktab oldi maydonchasidagi amaliy ishlar
faoliyatini ko`rsatish va boshqalar). Metodlar va metodik uslublar bir-birlari
bilan chambar-chas bog`liq. Masalan, didaktik birligini olsak o`quvchilar
bajaradigan tajribalar o`qitish metodi hisoblanadi, tajribani o`qituvchi
tomonidan hikoya vaqtida namoyish qilinishi metodik usul. YOki metod va
uslublar bir-birlarini to`ldiradi va o`rganilayotgan tabiat jismlari va hodisalarini
bolalarning qabul qilishini yaxshilaydi, to`g`ri shakllanishiga katta yordam
qiladi.
II-reja. Geografiyani o`qitishda foydalaniladigan metodlar tasnifi,
O`qitishning og‘zaki metodlari.
Ilmiybaza.uz
Hikoya O`quvchilarga bilim berishning yetakchi metodi o`qituvchining jonli
so`zi – hikoyadir.
O`qitish amaliyotida hikoyaning bir necha turi mavjud: aytib berish,
ta`riflash, xaraktyerlash, tushuntirish, muxokama qilish.
Aytib berish- bayonning shunday turiki, unda konkret fakt va voqea, jarayon
yoki xarakatlar haqidagi ravon gapirib beriladi. Hikoya O`qituvchi tomonidan
olib boriladi.
Ta`riflash- muallif borliq jismlar va hodisalarning xususiyatlari haqida izchil
bayon qilinadi.
Xaraktyerlash- jism va hodisaning belgi va xususiyatlarini sanab o`tishdan
iborat.
Tushuntirish- bayonning bir turi, unda yangi tushunchalar, atamalar ochib
beriladi, sabab- oqibatlar bog`lanishi, tobe`lik belgilanadi (hodisani mantiqiy
tabiati ochib beriladi).
Muhokama qilish- bayon qilish bo`lib, unda o`quvchilarni xulosa va
xotimaga olib keluvchi qoida va isbotlarning izchil rivojlanishi beriladi.
Hikoyaning bu turida o`rganilayotgan hodisani taxlil qilish zarur bo`lganda
foydalaniladi.
Hikoyaning har qanday turi ushbu didaktik talablarga: tanlangan
matyerialning ilmiyligi va yuqori g`oyaviyligiga; mantiqiy izchillik va
isbotlanuvchanligiga; o`qituvchi nutqini tasviriy va hisobiy bo`lishligiga javob
berishi kerak. Suhbat metodi Geografiya darslarida hikoyaga qaraganda ko`proq
qo`llaniladi. Bu metodning mohiyati shundaki, u o`qituvchiga o`quvchilarni
yaxshiroq bilib olishga imkon beradi, ularni mustaqil fikrlashga o`rgatadi, jamoa
ishiga jalb qiladi. Suhbat yangi matyerialni o`rganishda, kuzatishlar yoki amaliy
ishga yakun chiqarishda, ekskursiyalar o`tkazishda, o`rganilgan matyerialni
takrorlashda, shuningdek, tajribalarni qo`yish va namoyish qilishda, tabiiy,
tasviriy hamda ekran vositalari, darslik, sinfdan tashqari o`qish uchun adabiyot
bilan ishlashda qo`llaniladi. Suhbar qanday didaktik masalalarni yechishiga
qarab: kirish suhbati, takrorlovchi suxbat, bayon qiluvchi suhbat va yakunlovchi