GEOSFERANING SHAKILANISHI VA RIVOJLANISHI
KIRISH
I-BOB. YER VA SAYYORALARNING KELIB CHIQISHI VA
YERNINGUMUMIY TAVSIFI
I.1 Yer va sayyoralarning kelib chiqishi haqidagi turli gipotezalar.
I.2 Yerning umumiy tavsifi: shakli, tashqi qobiqlari, magnit maydoni.
II-BOB.LITOSFERA VA YERNING ICHKI TUZULISHI
II.1 Litosfera va uning tuzilishi, endogen va ekzogen jarayonlar
II.2 Yerning ichki tuzilishi va uning geografik ahamiyati
Kirish
Mavzuning dolzarbigi: Quyosh sistemasidagi planetaar ta’riflanganda
ko’rinadiki planetalarning tabiati uchun ularni tashkil etgan moddalar zichligining,
binobarin, ichki tuzilishining ahamiyati juda katta ekan. Haqiqatda ham
planetamizning geografik qobig’ uning ustki yupqa qatlamidan iboratdir. Tabiiyki,
u chuqurroqdagi qobiqlar bilan o’zaro ta’sir etib turadi va uning xususiyatlari ko’p
jihatdan planetaning ichki qismlariga bog’liqdir. Geografiya garchi yerning ichki
tuzilishini o’rganmasada, geografik qobiqni tushinish uchun boshqa fanlarning
birinchi navbatda, geofizikaning planetaning ichki tuzilishi haqidagi
ma’lumotlardan foydalaniladi. Planeta moddasining zichligi juda katta ahamiyatga
ega. Bu kurs ishida e’tibor yerning paydo bo’lishi,uning umumiy tavsifi, Litosfera
va yerning ichki tuzilishiga jalp qilinadi. Planeta bo’lmish Yerni o’rganib,
planetamizning muayyan qalinlikdagi tashqi qatlamining tarkibi va tuzilishi eng
murakkab ekanligiga ishonch xosil qilish qiyin emas.
Litosfera va yerning ichki tuzulishiga bag’ishlangan mazkur kurs ishining
maqsadi planetamizning ajralmas qismi bo’lgan litosfera va Yerning ichki tuzilishi
xususiyatlarini va qonuniyatlarini qisqacha ta’riflab berishdir. Bunda Yening ichki
qatlamlaridagi o’zaro aloqalarni, ichki hamda tashqi kuchlar ta’sirida vaqt o’tishi
bilan bu aloqalarni o’zgarishini, Yerning ichki tuzilishini strukturasini, uning
tarkib topishi va rivojlanishining umumiy qonunlarini tushunishga imkon beradi.
I-BOB. YER VA SAYYORALARNING KELIB CHIQISHI VA
YERNING UMUMIY TAVSIFI
I.1 Yer va sayyoralarning kelib chiqishi haqidagi turli gipotezalar.
Quyosh sistemasidagi sayyoralarning hozirgi xususiyatlari ularning paydo
bo‘lishi va rivojlanishi natijasidir. Shuning uchun ham erning tabiatini va uning
geograik qobig‘ini hamda boshqa sayyoralarning shunday qobiqlarini tushunish
uchun kosmogoniyaga, ya’ni osmon jismlarining paydo bo’lishi va rivojlanishi
haqidagi fanga murojaat etish zarur.
Dastlabki kosmogonik ilmiy gipoteza nemis faylasufi I.Kantning 1755
yilda nashr etilgan “Osmonning umumiy tabiiy tarixi va nazariyasi” asarida bayon
etilgan. Keyinroq, 1796 va 1824 yillarda fransuz matematigi P.Laplas mazkur
gipotezaga o’xshash gipotezani mustaqil ravishda ishlab chiqdi. Kant-Laplas
gipotezasi deb nomlangan kosmogonik kontseptsiya ana shunday yaratildi. Biroq uni
Kant-Laplas gipotezasi deb atalishi unchalik ham to‘g‘ri emas, chunki bu gipotezalar
haqiqatda bir-biridan anchagina farq qiladi.
Kant bilan Laplasning tarixiy xizmati shundaki, ular tabiatshunoslikda
birinchi bo‘lib tabiatni rivojlanishda deb qaradilar va bu bilan mexanik
dunyoqarashga, ayniqsa diniy dunyoqarashga putur yetkazdilar.
Kant fikriga ko‘ra, Quyosh hamda sayyoralar dastlabki siyrak
tumanlikdan paydo bo‘lgan, tumanlikning gazlardan ham, qattiq sovuq jismlardan
ham iborat bo‘lgan deb tushunish mumkin. Laplas gipotezasiga ko‘ra (u faqat
Quyosh sistemasi haqidagi gipoteza), sayyoralar o‘z o‘qi atrofida tez aylanadigan
Quyoshning qizib yotgan atmosferasidan iborat qizigan gazlardan paydo bo‘lgan.
Quyosh yaqinidagi materiyada, Kant fikriga ko‘ra, tortilish va itarilish
kuchlari ta’sirida yoki Laplas fikriga ko‘ra, sovish va zichlashish oqibatida aylanma
harakatlar vujudga kelgan hamda aylanuvchi halqasimon zichroq moddalar to‘plami
paydo bo‘lgan, so‘ngra har bir halqaning asosiy massasi bittadan sferik jism-sayyora
bo‘lib to‘plangan, qolgan kamroq massasidan yo‘ldoshlar paydo bo‘lgan.
Kant va Laplasning bu buyuk gipotezalari Quyosh sistemasining o‘sha
davrda ma’lum bo‘lgan asosiy xususiyatlarini qoniqarli ravishda tushuntirib berar edi,
lekin ular XVII asr fani taraqqiyoti darajasi bilan chegaralangan edi. XIX asrga kelib,
ularda kamchilik borligi ma’lum bo‘lib qoldi, vaholanki bu ikki gipoteza ham olam
haqidagi fan uchun hozirgacha ham ma’lum qimmmatini yo‘qotgani yo‘q.
XX asrning 50-yillarida O.Yu.Shmidt rahbarligida Rossiyalik olimlar kolektivi
birgalikda yangi kosmogonik gipotezani yaratdilar. Ular Quyosh sistemasining paydo
bo‘lishi va rivojlanishi haqidagi masalani ikki qismga ajratishdi: 1) dastlabki
diffuziyali bulut (tuman) massa Quyosh yaqinida qanday paydo bo‘lgan, 2) bu bulut
massa sayyoralar sistemasiga aylanguncha qanday rivojlanib borgan. Garchi
masalaning birinchi qismi hozirgi vaqtda hali to‘liq hal qilinmagan bo‘lsa ham uning
ikkinchi qismi shu darajada ishlab chiqilganki, Quyosh sistemasining xosalari yetarli
ravishda qoniqarli tushuntiriladi.
Yulduzlar hosil bo‘layotganda ular orasidagi fazoda diffuziyali materiya-
bulutlar qoladi, ular tez aylanishi sababli yulduzlarga borib tushmaydi.
Dastlabki bulut qattiq sovuq zarrachalardan, ya’ni planetezimal-kosmik chang
va gazlardan iborat bo‘lgan.
Bu kosmik chang va gazlar buluti tez aylanishi va zarralarning bir-biriga
urilishi natijasida juda yassi aylana qatlam hosil qilib, Quyoshni o‘rab olgan.
Planetezimallarning o‘zaro tortishishi ayrim quyuqlashgan bo‘laklarning hosil
bo‘lishiga olib kelgan, bu bo‘laklar keyinchalik qo‘shila borib, katta sayyoralarni
vujudga keltirgan. Chang-gaz buluti diskasimon shaklda bo‘lganligidan eng katta
sayyoralar - Yupiter bilan Saturn uning o‘rta qismida paydo bo‘lgan, bu joydan har
ikki tomonga qarab sayyoralar kichiklasha boradi. Bulutdagi zarralar bir-birlariga
qo‘shilish vaqtida ularning dastlabki harakatlari o‘rtacha holatga o‘ta borgan.
Shuning uchun ham sayyoralar orbitalari doira shaklida, barcha sayyoralar taxminan
bir tekislikda harakat qiladi, ularning sutkalik aylanish yo‘nalishi orbita bo‘ylab
harakat yo‘nalishiga to‘g‘ri keladi. Zarralar qo‘shilganda ularning dastlabki
harakatlarining o‘rtacha holatga o‘tib borishi sayyoralar oralig‘idagi masofalar
qonunini va Quyosh sistemasining boshqa xususiyatlarini ham tushuntirib beradi.
Sayyoralar sistemasining paydo bo‘lishida Quyoshning ta’siri juda katta
bo‘lgan va ayni paytda Quyoshning o’zi ham rivojlangan. U vaqtda Quyosh
radiatsiyasi hozirgidan bir necha yuz marotaba yuqori bo’lgan. Quyosh radiatsiyasi
shunday ko’p miqdorda bo’lgan sharoitda Merkuriy orbitasigacha bo’lgan fazoda
harorat shu darajada yuqori, Quyosh nurlari bosimi shunday kuchli bo’lganki,
tumanlikdagi hatto qattiq jismlar ham bug’lanib va uzoqroq sferalarga o’tib ketishi
kerak edi. Bu joyda sayyoralar paydo bo’la olmas edi.
Yer guruhidagi sayyoralar doirasidagi radiusda harorat va yorug’lik nuri
bosimi gazsimon engil massalarni bug’latib, ularni sayyoralar paydo qilgan bulutning
uzoqroq qismiga surib yuborishga etadigan miqdorda bo’lgan. Shu sababli Quyoshga
yaqin fazoda kichik, lekin Yer tipidagi zich sayyoralar vujudga kelgan.
Bu sayyoralar orasidagi farqlarga, shuningdek, ular massalarining qo’shni
sayyoralar massalari bilan o’zaro tahsiri ham sabab bo’lgan.
Merkuriy Quyoshga yaqin bo’lganligidan o’z o’qi atrofidagi harakatining
ancha qismini yo’qotgan, yorug’lik nuri bosimi ostida bu sayyorada massaning
nurlanishi ro’y bergan.
Mars massasining juda kichik bo’lishiga uning Yupiter bilan o’zaro ta’siri
sabab bo’lgan. Sayyoralarni hosil qilgan bulutning Yupiter vujudga kelgan eng qalin
qismida gravitatsion kondensatsiya, aftidan, boshqa sayyoralar orbitalaridagiga
nisbatan ertaroq boshlangan. Bu joyda quyuqlashgan massa elliptik orbitaga ega
bo’lib, boshqa sayyoralar orbitasi doirasiga kirib borgan. Natijada quyuqlashgan
massa Yupiter bilan Mars orasidagi massani ham o’ziga qo’shib olgan; bu joyda
asteroidlargina qolgan va Mars kichik sayyoraga aylanib qolgan. Biroq Quyoshdan
ancha uzoqda joylashganligidan Mars massasini uchib ketishi hamda unda qalqish
qarshiligi kata emas, shu sababli u o’z o’qi atrofida tez aylanadi.
Yer orbitasida haqiqatda qo’sh sayyora bo’lgan, Yer - Oy vujudga kelgan. Oy
yo’ldosh bo’lsa ham, Yerga nisbatan olganda shu qadar katta (Yerdan faqatgina 81
baravar kichik) va unga shuncha yaqin (384 ming km) joylashganki, aslida Yer bilan
birgalikda ikki sayyora sistemasini hosil qiladi. Bunga sabab shuki, gaz-chang
bulutining bu qismida materiya massasi juda katta va aylanish harakati juda kuchli
bo’lib, barcha moda bitta markazda to’planishi mumkin emas edi. Kondensatsiyaning
ikkinchi markazi bo’lgan Oy aylanish harkatining ortiqcha qismini o’ziga olib,
Yerning barqarorligini tahmin etgan; shunday bo’lmaganda Yer yagona jism bo’lib
qota olmagan bo’lar edi. Yer - Oy qo’sh sayyorasining bundan keyingi evolyutsiyasi
aylanishning sekinlashishi va ularning o’zaro uzoqlashishi yo’lidan boradi.
Quyosh sistemasining rivojlanishidagi hodisalar tartibi hozirgi zamonga
nisbatan quyidagicha:
-galaktikaning taxminiy yoshi - 10 mlrd yil;
-Quyosh sistemasining paydo bo’lishi - 5 mlrd yil;
-Yerning taxminiy yoshi - 4,7 mlrd yil (bahzi mahlumotlarda Yerning yoshi 5
mlrd yildan ortiq, 6 mlrd yildan kam deb beriladi.);
-geografik qobiq (biosfera) tarkib topa boshlashi - 3 mlrd yil.
I.2 Yerning umumiy tavsifi: shakli, tashqi qobiqlari, magnit maydoni.
Erning shakli. Er shaklini ellipsoidga yaqin deb bilishning sababi shundaki,
agar ellipsoid aylanasini Er shakliga ustma - ust qo‘yilsa, u holda okean yuzasi
barobarligida olingan geoid chizig‘iga yaqinlashadi. Demak, Er shaklini ellipsoid
shakliga yaqin bo‘lgan geoid deb qabul qilingan (19-rasm). Geoidning lug‘aviy
ma’nosi Er o‘ziga xos shaklga ega demakdir. Uni birinchi bo‘lib 1873 yilda nemis
fizigi Listing fanga kiritgan.
Haqiqatdan ham Er yuzasi g‘oyat notekis bo‘lib, o‘ziga xos shaklga ega.
Uning eng baland nuqtasi (Himolay tog‘idagi Jomolungm cho‘qqisi, 8848 m) bilan
eng chuqur botiq joy (Tinch okeanidagi Marian cho‘kmasi (11022 m) o‘rtasidagi
farq 19870 m ni tashkil etadi. U hech qanday geometrik shakllarga to‘g‘ri
kelmaydi. Erning bunday shaklda bo‘lishiga asosiy sabab, uning bir necha million
yillar davomida Quyosh va o‘z o‘qi atrofida aylanishi hamda er yuzasidagi havo,
suv, Er ichidagi bitmas - tuganmas energiya ta’siri ostida bo‘lishidir.
So‘nggi kosmik tasvirlar tahlilidan kelib chiqib, Erning shimoliy qutbiy
radiusi janubiy qutbiy radiusiga nisbatan 21 km uzun ekanligi aniqlangan. SHunga
asoslanib Erning shakli uch o‘qli ellipsoid yoki kardioid (yunoncha: yurakka
uxshash) deb atash qabul qilingan.
Eramizdan ikki asr oldin qadimgi yunon olimi Eratosfen Erning kattaligini
birinchi bo‘lib o‘lchagan. Eratosfen kunduz soat 12 da Quyosh nuri hosil qilgan er
yuzasidagi burchakni skafis (skafis - yunoncha so‘z bo‘lib, masofa o‘lchov asbobi)
asbobi bilan o‘lchab, so‘nggi xulosasida Er aylanasi 250000 stadiy (yoki 39500
km), radiusini 6290 km deb aniqlagan. Eratosfen aniqlagan Er radiusi hozirgi
vaqtda aniqlangan ma’lumotdan 88 km, aylanasi esa 575,7 km kamroq chiqqan.
Eng so‘nggi kuzatish-lar
natijasida Er
kattaligini
quyidagi miqdoriy birliklar bi-
lan belgilash qabul qilingan:
ekvatorial radiusi 6378,245
km, qutbiy radiusi 6356,863
km, Erning o‘rtacha radiusi
6371,110 km. Ekvator aylanasi
esa 40075,7 km ga teng.
Erning maydoni 510
mln.km2, o‘rtacha zichligi
5,517 g/sm3
ga teng.
Sayyoramiz yuzasining katta
qismi (70,8%) suv bilan qoplangan, quruq-lik esa 29,2% ni tashkil etadi. Dunyo
okeani o‘zaro bog‘langan turtta: Tinch, Atlantika, Hind va SHimoliy muz
okeanlaridan iborat. Quruqlik oltita: SHimoliy Amerika, Janubiy Amerika, Afrika,
Evrosiyo, Avstraliya va Antarktida qit’alaridan iborat. Okean bilan quruqlikning
nisbati SHimoliy yarimsharda 61:39% bo‘lsa, Janubiy yarimsharda - 81:19% ga
teng.
Erning tashqi qobiqlari atmosfera, gidrosfera va biosferadan iborat bo‘lib,
ular er po‘sti shakllanishida muhim o‘rinni egallaydi. Bu qobiqlar bir-biri bilan
1-rasm. Er sharining fazodan ko‘rinishi.
doimo o‘zaro aloqadorlikda bo‘lib, Erning qattiq qobig‘i bilan materiya va
energiya almashinuvida faol ishtirok etadi.
Atmosfera - erning gazsimon havo qatlamidir. Atmosfera massasining
ko‘pgina qismi (90%) 16 km li oraliqda joylashgan. Atmosfera uch qismdan:
troposfera, stratosfera va ionosferalardan tashkil topgan .
Troposfera – atmosfera moddasining aksariyat qismini (80%) tashkil etib,
qalinligi 8-12 km ga, ekvatorda esa 17 km ga teng, havo harorati bir xilda emas.
Stratosfera - 50-55 km gacha bo‘lib, harorati yuqori, uning tarkibida tirik
organizmlar faoliyatida o‘ta muhim o‘rinni egallaydigan ozon qatlami (25-30 km)
joylashgan.
Ionosfera
-
mezosfera, termo-
sfera, ekzosferalarga
bo‘linadi. Harorati
juda yuqori (2000°S)
bo‘lib, unda havo
ultrabinafsha nurlar
ta’sirida ionlashgan
holatdadir. Atmosfe-
raning
yuqori
chegarasi 1300 km.
gacha boradi. Undan
yuqori qismi-ning
tarkibi sayyora-lararo
bo‘shliq tarki-biga
yaqindir.
Atmosferaning
asosiy kismi azot, kislorod, argon va ugleroddan tashkil topib, ular quruq havoning
99,9% ga teng.
2-rasm. Atmosferaning vertikal kesmasi.
Er yuzasidagi jarayonlarga katta ta’sir etadigan atmosferaning tarkibiy qismi
namlik hisoblanadi.
Atmosferadagi havo massasi doimo harakatda bo‘lib, Er yuzasining turli
qismlaridagi haroratning tekis taqsimlanmasligiga sababchi bo‘ladi. Atmosferaning
troposfera qobig‘ida kechadigan ko‘pgina tabiiy hodisalar ob-havo va iqlimni
yuzaga keltiradi.
Ob-havo - atmosferaning tabiiy holati bo‘lib, shamol, harorat, bosim va
namlik bilan belgilanadi. Bu xususiyatlarning ma’lum tabiiy-geografik sharoitdagi
ko‘p yillik holati iqlimni tashkil etadi.
Iqlim yuqori namgarchilikka va haroratga ega bo‘lgan gumid (tropiklar),
yuqori haroratli, quruq arid (cho‘l va sahrolar) va sovuq haroratli, nam nival
(baland tog‘liklar va qutb zonalari) mintaqalardan tashkil topgan.
Gidrosfera. Bu qobiqning yuqori chegarasi ochiq holatdagi suv
havzalarining sathi bilan belgilanadi. Quyi chegarasi esa unchalik aniq bo‘lmay,
suvning gaz holatda bo‘lish chegarasidan (374°K) o‘tadi. Gidrosfera tarkibida turli
tabiiy xususiyatni namoyon qiluvchi tabiiy suvlarning uchta turi mavjud. Bular
okean va dengiz suvlari, quruqlik suvlari hamda muzliklardir. Oraliq holatni erosti
suvlari tashkil etadi. Gidrosferaning umumiy massasining 1370 mln.km3 ini
(86,5%) okean suvlari, 0,5 mln.km3 ni quruqlik suvlari, 22 mln.km3 ini
quruqlikdagi muzlar, 196 mln.km3 ni esa erosti suvlari tashkil etadi.
Atmosferaga nisbatan gidrosferadagi gorizontal tabaqalanish aniq chegaraga
ega, ya’ni quruqlik suvlari asosan chuchuk, okean va dengiz suvlari esa sho‘r
suvlar hisoblanadi. Okean suvlarining har litriga 35 g tuz to‘g‘ri keladi.
Quruqlik va dengiz suvlari kimyoviy tarkibiga ko‘ra keskin farqlanadi:
dengiz suvlarida Na+> Mg2+ > Sa2+; Sl- > SO4
2- > NSO3
-; quruqlik suvlarida Mg2+ <
Na+ < Sa2+; S1- < SO4
2- < NSO3
-. Ko‘rinib turibdiki, bu suvlarda asosiy ionlar
teskari proporsional holatdadir.
Erning gidrosfera qobig‘idagi suvlar Quyosh nuri ta’sirida doimiy harakatda
bo‘lib, uzluksiz aylanma harakat qiladi. Aylanma harakatdagi suvlarni quyidagi
bo‘limlarga ajratish mumkin: atmosfera, okean va litosferadagi (kattiq qobiqdagi),
biogen (tirik organizm tarkibidagi) va maishiy-xo‘jalik suvlari.
Atmosfera kabi gidrosfera ham Erdagi murakkab jarayonlarni harakatga
keltiruvchi kuchlardan biri hisoblanadi.
Biosfera - Erning organik hayot rivojlangan qismini birlashtiruvchi qobiqdir.
Biosfera gidrosferani to‘liq, litosferaning yuqori va atmosferaning quyi qismini
qamrab oladi.
Tirik organizmlarning (biosfera) yana bir asosiy xususiyati shundan iboratki,
u har yili 3651011 t uglerodni va 15011 t suvni o‘zlashtirib, 266 mlrd. t erkin
kislorod ajratib chiqaradi. Bunda Dunyo okeanidagi biomassa atmosferadagi erkin
kislorodning asosiy generatori hisoblanadi.
Erning magnit maydoni. Er – o‘z aylanish o‘qiga nisbatan taxminan 11,5
gradusga og‘ishgan o‘q bo‘yicha magnitlangan magnit maydoniga ega gigant shar.
Erning magnit maydoni (geomagnit maydon) to‘g‘risida bir necha fikrlar
bor.
Uning vujudga kelishiga sabab Er yadrosidagi elektr toki bo‘lishi ehtimoldan
uzoq emas. Seysmologik ma’lumotlarga ko‘ra Erning tashqi yadrosi suyuq tana
xossalariga ega bo‘lib, uning ancha qismi boshqa elementlarning (nikel yoki
oltingugurt) qo‘shimchalariga ega temirdan tarkib topgan. Boshqa sabablar bilan
bir qatorda, Erning aylanishi tashqi yadroda plazma holatidagi moddalarning
turbulent oqimiga olib keladi. Bu hodisa induksion tabiatdagi elektr tokini keltirib
chiqaradi va u Er sirtida, uning yaqinidagi bo‘shliqda magnit maydonini hosil
qiladi.
Geomagnit maydon nafaqat Er sirtida, balki undan ancha uzoqda ham
mavjud bo‘lib, u sun’iy yo‘ldoshlar orqali qayd etilgan.
Er sirtidan uzoqlashgan sari geomagnit maydon Er markazigacha bo‘lgan
masofaning kubiga proporsional holda asta-sekin susayib boradi. Magnitosfera
Quyosh yo‘nalishida cho‘zilgan shaklga ega. Kunduzgi yorug‘ tomonidan u Er
radiusidan 814 marta uzoq masofaga cho‘zilgan.
YUqori energiya zarrachalari bilan to‘lgan magnitosfera radiatsion
qambarlarni hosil qiladi. Magnit maydoni ta’sirida bu erda elektronlar va protonlar
kabi zaryadlangan zarrachalarning harakati amalga oshadi. Bu zarrachalar
elektronli va protonli radiatsion qambarlarni hosil qilib, magnitosferada muayyan
traektoriyalar bo‘yicha harakatlanadi.
Magnit mili geomagnit maydonda uning kuch chiziqlariga parallel
mo‘ljallanadi. Magnit milining uchlari Erning shimoliy va janubiy magnit
qutblarini ko‘rsatadi. Magnit qutblari geografik qutblar bilan mos tushmaydi.
Magnit mili shimoliy uchining yo‘nalishi bilan geografik qutb yo‘nalishi orasidagi
burchak magnit og‘ish burchagi deyiladi.
Kompas mili geografik qutb yo‘nalishidan sharqqa og‘sa sharqiy (musbat)
va g‘arbga og‘sa g‘arbiy (manfiy) hisoblanadi. Magnit og‘ishi muayyan paytda er
sharining turli nuqtlarida turlicha bo‘ladi. Magnit og‘ishi graduslarda o‘lchanadi.
Magnit mili Er yuzasiga muayyan burchak ostida joylashgan bo‘ladi.
Kompas mili bilan gorizontal tekislik orasidagi burchak magnit engashishi
deyiladi. Agar magnit milining shimoliy uchi Er ichiga mo‘ljallangan bo‘lsa
engashish musbat hisoblanadi. SHimoliy yarimshar uchun u musbat, janubiy
yarimshar uchun esa manfiydir. Magnit engashishi 90° ga teng bo‘lgan nuqtalar
magnit qutblari deyiladi.
YUqorida qayd qilinganidek magnit qutblar o‘z o‘rnida turmaydi, vaqtlar
o‘tishi bilan siljib turadi. Magnit xaritasida bir xil engashishga ega nuqtalarni
tutashtiruvchi chiziq izoklin deyiladi. Nulli engashishga ega nuqtalarni
tutashtiruvchi chiziq magnit ekvatori deyiladi. Magnit engashishi I harfi bilan
belgilanadi.
Geomagnit maydonning xususiyatlari nafaqat fazoda, balki zamonda ham
o‘zgaradi. Magnit maydonining o‘rtacha yillik o‘zgarishi asriy variatsiya, bir yil
uchun o‘zgarishi esa asr yo‘li deyiladi. Magnit og‘ishi asriy variatsiyaning eng
yuqori qiymatiga ega. Masalan London uchun keyingi 400 yilda magnit og‘ishi 30°
dan oshgan.
Er shari bo‘yicha magnit og‘ishi o‘zgarishini ko‘rgazmali tasavvur etish
uchun izoporalar xaritasi tuziladi.
Izoporlar - bu bir xil asr yo‘li qiymatiga ega bo‘lgan nuqtalarni
tutashtiruvchi chiziqlardir. Asr yo‘lining kattaligi vaqt davomida o‘zgaradi va unga
hozirgi vaqtda geofiziklar katta e’tibor berishadi.
Turli geologik epoxalarda magnit qutblarining o‘rnini aniqlagan olimlar Er
yuzasi bo‘ylab qutblar siljib turadi degan xulosaga kelishgan. Bundan tashqari,
magnit maydonining inversiyasi ham amalga oshgan: shimoliy va janubiy magnit
qutublari o‘zaro o‘rin almashgan. Inversiya davriyligi 5 dan 20 mln yilgacha
o‘zgaradi. Hozirgi vaqtda qutblarning o‘zaro o‘rin almashish davrlari oshib
bormoqda.
Geomagnit maydonning manbai hisoblangan Er yadrosigacha bo‘lgan
masofaning uzoqligi tufayli uning kuchlanganligi er yuzasida normal gorizontal
gradientga bog‘liq holda chiziqli qonun bo‘yicha o‘zgarishi lozim. Real o‘lchashlar
natijasi normal o‘zgarishlardan farq qiladi. Kuchlanganlik normadan past yoki
yuqori bo‘lishi mumkin. Magnit maydoni kuchlanganligining muayyan joy uchun
ko‘rchatkichidan chetlashuvi magnit anomaliyasi deyiladi. Uning sababi er po‘sti
kesmasida tog‘ jinslari tarkibining o‘zgarishidir.
Magnit anomaliyalar turli qalinliklari bilan va har xil chuqurliklarda
joylashgan notekis magnitlangan tog‘ jinslari tomonidan vujudga keltiriladi.
SHuning uchun ham kvadrat kilometrning ulushlaridan (mahalliy anomaliyalar)
ko‘plab kvadrat kilometrlarni (mintaqaviy anomaliyalar) egallagan maydonlarda
kuzatiladi. Magnit maydonining kuchlanganligi bo‘yicha anomaliyalar ba’zan
normal maydonlardan bir necha baravar yuqori bo‘ladi. Masalan, Kursk magnit
anomaliyasi (KMA) normal maydondan to‘rt marta ortiq.
Geomagnit maydon er po‘stini tashkil qiluvchi tog‘ jinslariga ta’sir qiladi.
Barcha moddalar ularga magnit maydonining ta’siri bo‘yicha ferromagnitlarga,
paramagnitlarga va diamagnitlarga bo‘linadi. Faqat ferromagnitlargina magnit
maydon ta’sirida sezilarli darajada magnitlanadi va o‘zlari ham magnitga aylanadi.
Ferromagnitlar tashqi magnit maydon ta’siridan chiqqandan so‘ng ham
o‘zlarida qisman magnit xossalarini saqlab qoladi. Bu hodisa qoldiq magnitlanish
deyiladi. Agar u keyingi davrlarda tog‘ jinslari Kyuri nuqtasidan (modda to‘liq
magnitsizlanish harorati) ortiqcha qizdirilmasa hamda agar birlamchi magnitli
minerallar ikkilamchi nomagnit minerallar bilan o‘rin almashmagan bo‘lsa,
saqlanib qoladi. Kyuri nuqtasining qiymati turli minerallarda bir-biridan farq qiladi
va u 450 dan 700 °S gacha o‘zgaradi.
Tog‘ jinslari turli minerallar, jumladan ferromagnitlardan tarkib topgan
bo‘ladi. Bunday minerallarga magnetit, gematit, ilmenit, titanomagnetit, pirrotin va
boshqa ba’zi minerallar kiradi. Ushbu minerallarga ega bo‘lgan tog‘ jinslari
birlamchi qoldiq magnitlanishga ega bo‘ladi.
Erning magnit maydoni geofizika, atmosfera fizikasi, astrofizika va
boshqalar singari ko‘pchilik fanlarning o‘rganish ob’ekti hisoblanadi.
Geologiya va geofizikada geomagnit maydonidan er po‘stining muayyan
maydonlarining geologik tuzilishini (magnitometrik suratga olishning turli xillari),
chuqurlik geologik tuzilishni (magnitotellurik zondlash), yondosh jinslardan
o‘zining magnit xossalari bilan katta farq qiluvchi foydali qazilma konlarini
qidirishda foydalaniladi.
II-BOB.LITOSFERA VA YERNING ICHKI TUZULISHI
II.1 Litosfera va uning tuzilishi, endogen va ekzogen jarayonlar
Litosfera va uning tuzilishi
Hozirgi vaqtda yuqori mantiya bazalt va o’rta asosli jinslardan tashkil
topganligi aniq bo’lib qoldi. Seysmik to’lqinlarning yuqori tezligiga ega bo’lgan
yuqori mantiyaning ustki qismiga ajratiladi. Yuqori manteyaning bu qattiq moddali
Yer qobig’I bilan birga litasfera deb ataladi. Demak litosfera yuqori mantiyaning
debledlashgan ustki qismi va yer qobig’ini o’z ichiga olib, uning tuzilishi va tarkibi
Yerning geologik tarixi v moddasining differentsiyastsiyasi xususiyatlarini to’liq
aks ettiradi.
Litosferaning peridotitli magnezial-silikatli quyi va asosan, alyumosilikatli
ustki qismlarga ajralishi aniq aks etganligi tufayli ular orasidagi chegara Yer
kesmasidagi bosh petrofial bo’limlar qatoriga kiritilaishi bejiz emas.
Restitli qatlam litosferaning pastki qismini tashkil etadi. Qisman erish
natijasida bazalt fazasi chiqib ketadi va yuqori mantiya ancha qiyin eridigan
minerallardan iborat bo’lib qoladi. Adabiyotlarda bunday jinslar restitit nomini
olgan. Qisman erigan va bazalt qismini yo’qotgan mantiya “debletlashgan” deb
yuritiladi. Uning tarkibi tuzilishi haqida burmalangan (geosinklinal) oblastlardagi
ofiolit komplekslar o’rta-okean tizmasining rift vodiylari va transform Yer
yoriqlari bo’ylab mantiyaning hozirgi zamon ochilmalari hamda Yer qobig’idagi
matematik jinslar ichidagi turli ksenolitlar tarkibi bo’yicha xulosalar chiqarilingan.
Litosfera yunon tilida “Tosh o’ran” ma’nosini anglatadi.Yerning qattiq
xolatidagi tashqi o’ramining qalinligi okean tubida 5-7 km quruqlikda 30-40km va
tog’li o’lkalarda 70-80kmgacha boradi, u cho’kindi, metamorfik va magmatik tog’
jinslaridan tashkil topgan. Yer sathida, asosan, cho’kindi tog’ jinslari tarqpalgan
bo’lib, ularning qalinligi 20kmgacha, okean tublarida esa bir necha yuz metrga
yetadi. Ular tarkibi bo’yicha chaqiq, kimyoviy va organik chiqindilardan tashkil
topgan bo’lishi mumkin.
Cho’kindilarning ostida 10-40km qalinlikdagi granid qobig’I joylashgan
bo’ladi, okean tubida ular uchramaydi. Granid va okean cho’kinlari qobig’i ostida
bazalt qobig’i joylashgandir. Uning qalinligi okean tubida 5-7 km va quruqlikda
20-30kmga boradi.
Yerning tosh o’rami satxining tashqi tuzilishiga relyef deyiladi. Relyefning
shakillanishi uning yoshini morfologik tuzilishini, o’zgarishini va tarqlishi
qonuniyatlarini Geomorfologiya fani o’rganadi. Yer satxining tuzilishi, tarixiy
taraqiyoti, unda hayotning rivojlanishi asosan yerning ichki qismida vujudga
keladigan tektonik jarayonlarga va iqlimga bog’liqdir.
Yerning muz qoplamagan quruqlik sathi 133,4 mln km bo’lib , uning 55,7
mln km2 tropik, 24,3 mln km2 subtropik, 22,5mln km2 mo’tadil, 21,2mln km2 qutb
mintaqalariga tog’ri keladi. Litosfera ostida mustaqil qatlam sifatida astenosfera
yotadi. Seysmik to’lqinlar bo’yica kuzatuvlar yordamida okeanlardagi 50kmdan
kam chuqurliklarda, qit’alarda esa 80-120 km oralig’idagi to;lqinlarning tarqalish
tezligi mantiyaning ustki qismidagiga nisbatan kamayadi. Bu kamaygan tezliklar
qatlami pastdan ham katta seysmik tezliklar sferasi bilan chegaralangan.
Ushbu yuzalardan to’lqinlarning qaytishi tufayli ular asosan shu qatlamining
ichida tarqaldi. Shuning uchun ham seysmik “volnovod”deb nomlangan. Uni
aynan astenosferaga o’xshatishadi. U lateral yo’nalish bo’yicha bir jinsli emas.
Okeanlarda uning ustki yuzasi 50kmga yaqin va o’rta okean tog’ tizmalari ostida
yer yuzasiga 10-15 kmgacha yaqinlashib keladi. Ostki yuzasininh chuqurligi
400kmdan oshmedi. Kontinentlarda o’zining tuzilishi bo’yicha astenosfera juda
ham turli tarkibga ega.yosh tog’li o’lkalar ostida (Alp,Kavkaz,Tyanshan) uning
ustki yuzasi 80 kmgacha. Rift zonalarida esa 50-60kmgacha ko’tariladi. Yer
qobig;ining eng tug’un oblastlari-qadimiy platformalar qalqonlari ostida
astenosfera kuchsiz ifloslangan.100dan 200kmgacha chuqurliklarda u bir-biridan
ajralgan astenolinzalardan tuzilgan, nisbatab kichik qalinlikdagi qatlamlardan
iborat.
Astenosfera Yer litosferasining shakllanishida muhim ahamiyatga ega.
Astonosferada magma va yer qobig’ moddasining parchalanishi va saralanish
jarayonlarini o’zagi joylashgan, litosfera plitalari harakatlarini ta’minlovchi
astenosferaning geodinamik hossalari ham katta ahamiyatga ega. Astenosfera-
lateral yo’nalishda yakka jinsli emas. Okeanlar tagida u aniq ifodalanadi va katta
qalinlikka ega.qadimiy kontinentlar plitalar, ayniqsa, arxey kratonlari ostida
litosferaning 200-350km va undan ortiqroq chuqurliklarda yuqori mantiyaning
tuzilishi mutloqo boshqacha ekanligi aniqlangan. Yuqori mantiya osti moddalar
o’zining umumiy tarkibini saqlagan holda fazaviy o’zgarishlarga uchredi va shu
tufayli uning fizik hossalarini o’zgaradi. Bunday o‘zgarishlarni bir necha sathi
kuzatiladi. Ularning orasida 410km va 660-670km chuqurlikdagi sathlar juda