GEOSIYOSATDA KONTINENTAL YO’NALISH
Reja:
1. Geosiyosatda kontinental yo’nalishi haqida tushuncha
2. Angliya-Amerika geosiyosati rivojlanishining asosiy yo’nalishlari
3. Dunyo geosiyosiy rivojlanishining asosiy paradigmalari
Geosiyosatdagi continental yo’nalish Angliya-Amerika yo’nalishidan farq
qilib, mintaqaviy xususiyatga ega.
Fransiyalik olim
J.Gottman
kommunikatsion nazariya asoschisi
hisoblanadi. Uning fikricha, faqat kommunikatsiyalar jarayonidagina makonning
tabaqalanishi yuz beradi. Ushbu tabaqalanishning markazlaribo’lib shaharlar,
davlatlar, madaniyatlar (sivilizatsiyalar) xizmat qiladi. Ammo mazkur jarayon bir
yo’nalishda sodir bo’lmaydi, monarxiyalardan so’ng mintaqaviy bo’linish, undan
keyin yangi shakldagi birlashmalar vujudga kelishi mumkin. Birlashish,
parchalanish geosiyosiy makonning rivojlanishini aks ettiradi.
Yevrosiyo katta muqobil makonlarning mavjudligi bu yerda siyosiy
mustaqil, etnomadaniy o’zlikni anglash, g’oyaviy va dunyoviy qarashlarni
aniqlashda erkinlikni saqlab qolishga imkon beradi.
Aynan mana shu jihatlar Rossiyani Germaniyadan, o’z navbatida AQSH
yoki Angliyadan ajratib turadi.
Kontinental yo’nalishning “Kontinental blok” nazariyasi asoschisi Karl
Xausxofer hisoblanadi.
K.Xausxofer davlatning asosiy harakatlantiruvchi kuchi uning o’z hayotiy
makonini kengaytirishga qaratilgan kurashi hisoblanadi, deb ta’kidlagan. Bunga u
qo’shni, asosan, kichik davlatlarni bosib olib, o’ziga qo’shish hisobiga erishishi
mumkinligini asoslab bergan.
Xausxofer Germaniya qo’shni davlatlar ustidan hukmron bo’lishi kerak deb
hisoblangan. Uning continental bloki yoki geosiyosiy o’qi Berlin-Moskva-Tokio
yo’nalishiga ega edi. U Rossiya va Yaponiya bilan tuzilgan ittifoq dengiz davlatlari
strategiyasini ishlab chiqdilar.
Xausxofer AQSHning G’arb-Sharqiy yo’nalishidagi geosiyosiy
muammolarini ochib berdi.
2. Angliya-Amerika geosiyosati rivojlanishining asosiy yo’nalishlari
Geosiyosat rivojlanishidagi uchinchi bosqichning boshlanish davri dunyo
geostrategik holatini tubdan o’zgartirishi bilan ifodalandi. Ushbu bosqichda ikki
asosiy yo’nalish ajratiladi. Birinchi yo’nalish – “bir qutbli dunyo” klassik, global
geosiyosat sxemalarining davom etishi bilan, ikkinchi yo’nalish esa boshqa tartibga
tayanuvchi “asosiy geosiyosat paradigmalari”ga bog’liq holda rivojlanadi.
Angliya-Amerika geosiyosatining birinchi yo’naishi doirasidagi vaziyat
tahlili Rossiya imperiyasining barham topishi va geosiyosat ziddiyatlarining
tugashini bildiradi. Markaziy Yevropa asta-sekin G’arbiy Yevropa bilan
qo’shilishi, unga intilishi mumkin. G’arbir Yevropa bilan Markaziy Yevropa
davlatlari o’rtasidagi yaqinlashish Shimoliy Atlantika harbiy bloki doirasida
amalga oshmoqda.
Turkiya, Eron va Pokiston yangi qator “bufer davlatlar”ning vujudga kelishi
sababli, mustahkam himoya chizig’iga ega bo’ldilar. Bunday holat Rossiya bilan u
egallashga intilayotgan janubiy dengiz portlari o’rtasidagi ko’rinmas masofani
ancha yiroqlashishini ta’minlaydi va Rossiyani sobiq Ittifoqqa xos “ulkan davlat”
bo’lishiga to’sqinlik qiladi. Z.Bjezinskiy “Sovuq urush” xavfi tugagandan keyingi
davrda geosiyosiy aloqalarning rivojlanishi bashoratini taqdim etadi. U sobiq Sovet
Ittifoqining parchalanib ketishi Yevrosiyo yuragida geosiyosiy vakuum hosil
bo’lishiga olib keldi, deb ta’kidlaydi.
Z.Bjezinskiy Rossiyaning harbiy-siyosiy salohiyatini qisqartirishda
Ukrainaning roli katta bo’lishi mumkinligini ta’kidlab o’tgan. Shuning uchun ham
AQSHning asosiy geosiyosiy vazifasi – bu,Ukrainani Rrossiya ta’siridan ajratish
va Yevropa ta’siriga kiritishdan iboratdir. Geosiyosiy tafakkurning mana shunday
ko’rinishi Pensilvaniya universiteti professori E.Rubinstayn yondashuviga ham
xosdir.
Professor E.Rubinstayn dunyoni oltita asosiy geosiyosiy mintaqaga bo’ladi.
1. AQSH boshchiligidagi Shimoliy Amerika. U dunyoda eng qudratli
mintaqaviy birlashmadir. Kelajakda bu yerda Shimoliy Amerika konfederatsiyasi
barpo qilinishi mumkin,G’arbiy yarimshar unga tobe bo’lib qoladi.
2. Yevropa va uning siyosiy bir butunligi iqtisodiy integratsiyalashuvdan
ancha orqada qoladi.
3. Sharqiy Osiyo. Unda Yaponiya hukmronlik qiladi. Xavfsizlik tizimi barpo
qilinmaganligi tufayli, ichki ziddiyatlar kuchayishi mumkin. Bunda Xitoy
faollashuvining ahamiyati katta bo’ladi. Rossiyaga qarashli Uzoq Sharq Janubi
Sharqiy Osiyo, Avstraliya va Yangi Zelandiya Sharqiy Osiyo mintaqasiga tobe
holatga tushadi.
4. Janubiy Osiyo. Mazkur mintaqada Hindiston hukmronlik qiladi. Lekin
Hindiston bilan uni o’rab turgan islom davlatlari o’rtasida ixtiloflar qaytarilib
turishi mumkin.
5. Musulmon mamlakatlari. Unga Shimoliy Afrika, Yaqin Sharq, Fors
ko’rfazi davlatlari, Turkiya, Iroq, Eron, Afg’oniston, Pokiston va O’rta Osiyo
davlatlari kiradi.
6. Sobiq Ittifoqning parchalanishi bilan hosil bo’lgan geosiyosiy vakuum. Bu
yerda Rossiya hukmronlik qilishi bashorat qilinmoqda.
Rubinstayn dunyodagi vaziyatni beqarorlashtiruvchi eng muhim omil Xitoy
bo’lishi mumkin, deb hisoblamoqda. Kelajakda Xitoy, Rossiya, Eron davlatlari
ittifoqi paydo bo’lishi mumkin. Ushbu ittifoq Amerika-Yevropa-Yaponiya
ittifoqiga qarshi turadi.
3. Dunyo geosiyosiy rivojlanishining asosiy paradigmalari
Zamonaviy geosiyosat “ikki blokli mintaqa” o’rniga kelgan bir qator
paradigmalarga ega.
Birinchi paradigmada markaz bilan chetdagi hududlar o’rtasidagi farqlarga
diqqat-e’tiborni tortadi. Xuddi shunday holat Janub – Shimol, ya’ni
rivojlanayotgan mamlakatlar o’rtasida ham mavjuddir.
Ikkinchi paradigmada asosiy e’tibor o’tgan urushlar o’rtasidagi farqqa
qaratiladi. Hozirgi vaqtda inson hayotiga xavf solmaydigan urushlar nazariyasi
ishlab chiqilmoqda.
Uchinchi paradigmada davlat siyosatini remilliylashtirish nazarda tutilgan.
Ko’p millatli imperiyalarning parchalanib ketishi bir millatli davlat barpo qilish
muammosini keltirib chiqardi. Bunda etnik, sinfiy, diniy ziddiyatlarning barchasi
“millat davlat”ini barpo qilishga bo’ysundiriladi.
To’rtinchi paradigmada mintaqaviy tizimlar o’rtasidagi farqlar asoslanadi.
Bunday tizimlar markazida mintaqadagi vaziyatga ta’sir ko’rsatuvchi davlat
mavjud bo’ladi (“Buyuk Eron”, “Buyuk Pokiston” yoki “Buyuk Xitoy”).
G. Kissinjer XXI asrda xalqaro tizim kamida oltita kuch markazidan iborat
bo’ladi, deb hisoblaydi. Ular AQSH, Yevropa, Xitoy, Yaponiya, Rossiya,
Hindiston hamda ko’plab o’rta va kichik davlatlardan iborat bo’lishi mumkin. G.
Kissinjerning ushbu oltita kuch markazlari turli xil sivilizatsiyaga tegishlidir.
Shuning uchun u XXI asr har xil sivilizatsiyalarning o’zaro aloqadorligini o’zida
aks ettiradi, deb ta’kidlaydi.
Beshinchi paradigma
sivilizatsiyalar taraqqiyotiga asoslangan
paradigmadir. Garvard universiteti strategic tadqiqotlar markazining direktori S.
Xangtington “umuman insoniyat” yo’q, faqat ma’lum iuda-xristianlik, islom dini,
buddizm va shu kabi sivilizatsiyalar mavjud. Eng katta xavfni man shu
sivilizatsiyalar o’rtasida yuz beradigan harbiy nizolar tug’diradi, deb hisoblaydi.
S. Xangtington o’zining “Sivilizatsiyalar to’qnashuvi’ deb nomlangan
maqolasida sivilizatsiyalarni eng yuqori darajadagi ijtimoiy madaniy jamoalar deb
atadi. S. Xangtington har bir sivilizatsiyaga faqat uning o’ziga yaqin bo’lgan
tarixiy taraqqiyot, din, til, urf-odatlarning umumiyligi, ijtimoiy institutlar
bajaradigan vazifalarning yaqinligi va boshqa xususiyatlar xosdir, deb ta’kidlagan.
Uning ta’kidlashicha, xalqaro munosabatlarda sivilizatsiya omilining
ahamiyati borgan sari oshib boradi. Ushbu xulosa quyidagilar bilan asoslanadi: