Geosiyosiy munosabatlar tizimida AQSHning o’rni
Reja:
1. AQSHning O’rta Osiyo va boshqa hududlardagi geosiyosiy manfaatlari
2. Xitoy geosiyosiy yo’lining mohiyati
3. Kelajak geosiyosiy vaziyatiga bir nigoh
1783-yilda Amerika bilan Angliya o’rtasida imzolangan Versal shartnomasi
AQSHning Angliya ustidan g’alabasini tasdiqladi va bu shartnoma hozirgi vaqtda
ham dunyodagi eng qudratli davlatga poydevorlik vazifasini o’tamoqda.
XX asr oxiri va XXI asr boshida AQSH uchun globallashuv g’oyalarini
hayotga tadbiq etish kundan-kunga qiyin bo’lib bormoqda.
XX asr 80-yillarining o’rtalariga kelib AQSH eksport-import “urushi”da
eng muhim pozitsiyalaridan mahrum bo’ldi. Huddi shunday vaziyat kapital
eksportida ham yuz berdi: Hozirgi vaqtda AQSH o’ziga eng yaqin turgan Yaponiya
va Germaniyaning “nafasi”ni ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarning barchasida sezib
turibdi.
Shunga qaramasdan bugungi kunda iqtisodiy kuch-qudrati bo’yicha AQSH
dunyoning barcha davlatlari ichida tengi yo’q hisoblanadi. Chunki AQSH bilian
ikkinchi o’rinda borayotgan Yaponiya o’rtasidagi farq deyarli 4,5 baravarni tashkil
etadi.
Bugungi kunda AQSH xalqlar taqdirini hal qilishdek murakkab va
mas’uliyatli bo’lgan vazifani bajarishi kerak, deb ta’kidlaydi Prezident J.Bush. U
AQSH Yevrosiyo uchun aniq va ravshan taraqqiyot strategiyasini ishlab chiqishi
lozim, deb hisoblanmoqda.
AQSH g’oyalarini Yevrosiyoda hayotga tatbiq etishda asosiy rolni materik
g’arbidagi Fransiya va Germaniya o’ynaydi. Materik sharqida Xitoy mavqeining
kundan-kunga oshib borishi Vashington bilan Pekin o’rtasida siyosiy konsensus
o’rnatishni taqozo etmoqda. Bu o’rinda AQSH geosiyosatchilari, avvalo
Z.Bjezinskiy fikriga ko’ra Rossiya, Yevrosiyo va dunyo miqyosida emas, balki
mintaqa miqyosida ahamiyatga ega davlat ekanligini tan olishi lozim. Rossiya
janubida vujudga kelgan etnik mojarolarni “buyuk davlat”lar (AQSH, Xitoy,
Yaponiya, Turkiya) ijobiy tarzda hal qilishlari kerak.
AQSH geosiyosatchilari, avvalo Z.Bjezinskiy NATO va Yevropa ittifoqini
sharqqa tomon kengaytirishni davom ettirish lozim, deb hisoblashmoqda. Hozirgi
kunga kelib Sharqiy Yevropa mamlakatlaridan Polsha, Chexiya, Vengriya NATO
a’zolaro bo’ldilar va Yevropa Ittifoqiga qabul qilindilar. 2004-yilda Boltiqbo’yi
davlatlari – Latviya, Litva, Estoniya va boshqa Sharqiy Yevropa davlatlari ham
a’zo bo’lishdi. Eng muhim voqealar qatoriga 2005-yilgacha Ruminiya va
Bolgariyani, 2010-yilgacha bo’lgan davrda esa Ukrainani NATOga qabul qilinishi
kiritilmoqda. Shunday qilib, AQSH geosiyosatchilari bashorat qilgan dunyoning
yangi geosiyosiy holati shakllana boshladi.
Siyosiy konsensus – ikki va undan ortiq davlatlar o’rtasida imzolangan siyosiy
kelishuv to’g’risidagi shartnoma.
1. AQSHning O’rta Osiyo va boshqa hududlardagi geosiyosiy manfaatlari
AQSH manfaatlari dunyoning deyarli barcha mintaqalarida mavjud. O’rta
Osiyo mintaqasida AQSH manfaatlari Turkiya va Xitoy manfaatlari bilan
to’qnashadi. Turkiyaning o’zida G’arb va Islom tarafdorlari bir-biriga qarama-
qarshi turadi.
AQSH o’zining geosiyosiy manfaatlarini Afg’onistonda tartib o’rnatishdan
boshladi. Buning uchun u O’zbekiston, Tojikiston va Qirg’iziston bilan ularda
mavjud aerodromlardan foydalanish bo’yicha shartnomalar imzoladi. AQSH O’rta
Osiyo davlatlaridan tashqari Ozarbayjon, Eron va boshqa davlatlar bilan o’z
aloqalarini yaxshilashga harakat qilmoqda. Bu o’rinda uning Ozarbayjon neftini
Turkiya porti Seyxanga eksport qiluvchi quvur qurilishini qo’llashi diqqatga
sazovordir.
AQSH Eron bilan bo’lgan munosabatlarini ham har tomonlama
yaxshilashga harakat qilmoqda. AQSH Eronda barpo qilinayotgan AES qurilishini
qoralab, asosiy aybni asbob-uskunalar yetkazib berayotgan Rossiyaga qo’ymoqda.
AQSH – Xitoy munosabatlarining asosiy maqsadi Xitoyga mintaqaviy
muammolar bilan cheklanib, global muammolarga aralashmaslik tamoyilini
tushuntirishdan iboratdir.
Amerikaliklar Xitoy tomonidan Tayvanni o’ziga kuch orqali qo’shib olish
maqsadida amalga oshirilgan har qanday faoliyat AQSH investitsiyalar oqimini
to’xtatib qo’yishga sabab bo’lishi mumkin, deb ta’kidlanmoqda. Lekin
investitsiyalarning asosiy qismi AQSH, G’arbiy Yevropa mamlakatlari yoki
Yaponiya tomonidan emas, balki Tayvan va Xuatsyu, ya’ni xorijda yashovchi
xitoyliklar tomonidan ta’minlanmoqda. Janubi Sharqiy Osiyoda joylashgan 500 ta
korxonaning umumiy qiymati 540 mlrd dollarni tashkil etadi. Ana shu jihatlarni
hisobga olmaslik Amerika – Xitoy munosabatlariga putur yetkazishi AQSHni
Sharqiy va Janubi Sharqiy Osiyodagi geostrategic manfaatlardan mahrum qilishi
mumkin. Shuning uchun AQSH Xitoy uni “tabiiy ittifoqdoshi” sifatida qabul
qilishini juda xohlamoqda va bu maqsadga erishish uchun o’zining barcha
imkoniyatlarini ishga solmoqda.
Ana shu va boshqa maqsadlarini hayotga tatbiq etishda AQSH o’zining
doimiy, barqaror ittifoqdoshi – Yaponiyaga tayanmoqda va u bilan bo’lgan
munosabatlarini mustahkamlashga katta e’tibor qaratmoqda.
Janubi Sharqiy Osiyo Bruney, Myanma, Tailand, Laos, Vyetnam,
Kombodja, Indoneziya, Malayziya, Singapur, Filippin va Sharqiy Timoк
davlarlaridan iborat.
Sharqiy Osiyo Xitoy, Mo’g’goliston, Yapiniya, KXDR, Koreya Respublikasi,
Tayvan davlaridan tashkil topgan.
2. Xitoy geosiyosiy yo’lining mohiyati
Bir necha yuz yillar mobaynida Xitoyning geosiyosiy qarashlari ikki
tomonlama xususiyatga ega edi. Bunday holat birinchidan, Xitoy, ya’ni “O’rtalik
qirolichasi”ning qadimgi nomi Rimlandga qarashliligi va ikkinchidan, Xitoyning
hech qachon dengiz mamlakati bo’lmaganligi bilan bog’langan.
Xitoy XX asrning 70-yillarida “Atlantik” geosiyosat olib bora boshladi.
Bunday holat Xitoy islohotlarining “otasi” Den Syaopinning progmatik falsafasi
bilan bog’landi. Anu shunday geosiyosat Xitoyga g’arbdan katta dividentlar
olishga imkon berdi. Xitoy g’arbdan pul, kredit va texnologiyalar olib,
iqtisodiyotni tez sur’atlar bilan rivojlantirishga erishdi.
Xitoy o’ziga xos rivojlanish xususiyatlariga ega. Mazkur xususiyatlar
quyidagilardan iborat:
a) tabiiy resurslarning chegaralanganligi; b) juda katta inson resurslariga
ega ekanligi; d) ish kuchlarining nihoyatda arzonligi. Iqtisodiy rivojlanishning
yuqori sur’atlari tufayli Xitoyda sunggi paytlarda qator muhim tabiiy resurslarning
yetishmasligi kuzatilmoqda (komir, temir va mis rudasi, alyumin xo’mashyosi,
og’itlar). Hozirgi paytda Xitoyning qishloq aholisi 800 mln kishini tashkil qiladi,
ularning 700 mlni qishloq xo’jalik ishlab chiqarishida band, 100 mln esa ishsiz,
shuning uchun har yili 10 mln kishi qishloqlardan shaharlarga ish qidirib ko’chib
ketadi.
Jahon bankining ma’lumoti bo’yicha XXI asr boshlarida Xitoyning importi
650 mlrd dollar atrofida bo’ladi, Yaponiyaniki esa 530 mlrd dollar deb
hisoblanmoqda. Bu paytda uning yalpi ichki mahsuloti deyarli 10 trln dollarni
tashkil qiladi. AQSHniki esa 9,7 trlnni tashkil qiladi. Bu Xitoyni muhim iqtisodiy
qutbga aylantiradi. Hozirgi paytda Xitoy geosiyosiy maydonning rivojlanish
o’qlarini va kuchlarini aniqlab beradigan davlatlar qatoriga kirib oldi.
Xitoy dunyodagi aholisi eng ko’p mamlakatdir. Uning aholisi XXI asr
o’rtasida 1,5 mlrd kishiga yetishi mumkin. Xitoyda investitsiyalar va iqtisodiy
rivojlanish davlat tomonidan reja asosida boshqarilmoqda. Davlatning eksport
imkoniyatlarini kuchaytiradigan yuqori texnologiyalarni o’zlashtirish davlat
tomonidan rejalashtirilmoqda.
Bu davlatni tez sur’atlar bilan rivojlanishining o’ziga xos xususiyatlaridan
biri – Yevrosiyodagi eng katta ichki bozorga ega ekanligi va harbiy qudratining tez
sur’atlar bilan ortib borishisir.
Rossiya – Xitoy munosabatlari keyingi yarim asr mobaynida keskin
o’zgardi. XX asrning 50-yillarida “uka” bo’lgan xitoyliklar hozirgi vaqtda iqtisodiy
qudratiga ko’ra “aka”ga aylandi. Barcha yo’nalishlar doirasida Xitoy tashabbusga
ega.
Shunday qilib, Xitoy XXI asrga kelib, dunyo geosiyosatiga katta ta’sir
ko’rsata boshladi.
Dividend – aksiyadorlik jamiyati daromadining bir qismi. U har yili
aksiyadorlar o’rtasida taqsimlanadi.
Kredit – qaytarib berish sharti bilan ma’lum vaqtga va ma’lum foizga pul yoki
tovar holatida berilgan suda (qarz).
Eronda shoh rejimi qulaganidan so’ng u yildan-yilga o’zining mintaqaviy
geosiyosiy mavqeini mustahkamlab bormoqda. Eron davlati Yaqin va O’rta
Sharqda, O’rta Osiyo va Rossiyada katta obro’ga ega. Eron hozirgi vaqtda G’arb
bilan ham konstruktiv aloqalar o’rnatishga intilmoqda. 1997-yil dekabr oyida
Tehron shahrida Islom konferensiyasi tashkiloti a’zolarining sakkizinchi yig’ilishi
o’tkazildi. Undan kutilgan maqsad – Eron bilan Arab mamlakatlari o’rtasidagi
munosabatlarni yaxshilashga erishildi. Eronning islom va boshqa dinga qarashli
mamlakatlar bilan munosabatlarini yaxshilashga intilishi uning tashqi siyosatini
mafkuradan xoli bo’lganligi ko’rsatilmoqda. Eron, ayniqsa, Rossiya bilan yaxshi
aloqalar o’rnatishga erishdi. Eronga bo’lgan e’tiborning kuchayishi uning yaqin
kelajakdagi roli bilan bog’langan. Eron XXI asr o’rtalarida Janubi G’arbiy Osiyo
mintaqasining yetakchi davlatiga aylanishi mumkin.
XX asrning keyingi o’n yilliklarida bo’lib o’tgan ijtimoiy-siyosiy
o’zgarishlar natijasida Eronning Turkiya va AQSH bilan bo’lgan munosabatlari
yaxshilandi. Iroq va Isroil bilan esa birmuncha yomonlashdi, Turkiya va Isroilning
Rossiya bilan bo’lgan munosabatlari yana ham “uzoqlashdi”. Shu vaqtning o’zida
Iroq va Eronning Rossiya bilan bo’lgan aloqalari kuchaydi.
O’zbekiston – Eron munosabatlari ikkala tomonga ham manfaat keltiruvchi
yo’nalishda o’zaro do’stlik, hamkorlik ruhida rivojlanmoqda. Turkiya O’rta
Osiyodagi barcha davlatlar bilan iqtisodiy sohada hamkorlik qilishga tayyor
ekanligini bildirmoqda. Shu ma’noda O’zbekiston – Turkiya munosabatlari ham
teng huquqlilik, hamkorlik asosida rivojlanmoqda.