GERMANIYA TARIXIY TA’LIMOTLARI. MARJINALIZM VA UNING ASOSIY YO‘NALISHLARI (1. Germaniya tarixiy maktablarining o‘ziga xos xususiyatlari, 2. Yangi tarixiy maktab va “ijtimoiy yo‘nalish”, 3. Marjinalizm iqtisodiy ta’limotining shakllanishi)
Yuklangan vaqt
2024-05-03
Yuklab olishlar soni
16
Sahifalar soni
10
Faytl hajmi
76,3 KB
GERMANIYA TARIXIY TA’LIMOTLARI. MARJINALIZM VA UNING
ASOSIY YO‘NALISHLARI
1. Germaniya tarixiy maktablarining o‘ziga xos xususiyatlari.
2. Yangi tarixiy maktab va “ijtimoiy yo‘nalish”
3. Marjinalizm iqtisodiy ta’limotining shakllanishi. Avstriya maktabi va uning
xususiyatlari.
4.Marjinalistik ta’limotning ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyati
Milliy qalb, milliy xarakter, milliy taqdir - shu va shunga o‘xshash
tushunchalar XVIII asr oxiri va XIX asr boshlarida Germaniya jamoatchiligi fikriga
singib kirmoqda edi. Tarixiy maktab vakillari tarixdan bo‘lak yana nima milliy
bliishi mumkin, degan fikrlarga asoslanib siyosiy iqtisoddan tarixiy usul o‘mini
ko‘rsatishga harakat qildilar. Ular milliy fan sifatida siyosiy iqtisod orqali tabiiy
xususiyatlarga va xalq harakatlariga bog‘liq holda rivojlanadigan milliy xo‘jalikni
o‘rganishni o‘z oldilariga maqsad qilib qo‘ydilar.
Fridrix List (1789-1846-yy.) Janubiy Germaniyaning Reydlingen shahrida
boy hunarmand oilasida tug‘ildi. U o'qishni 15 yoshda tugatib, hunarmandchilik
ustaxonasida otasiga shogird bo‘lib ikki yil ishladi. Keyinchalik Vyurtemberg
qirolligida turli lavozimlarda ishlab, bir vaqtning o‘zida Tyubingen universitetini
huquq mutaxassisligi bo‘yicha tugatdi. 1817-yildan shu universitetning Davlat
boshqaruvi amaliyoti kafedrasi professori bo‘lib ishladi
U 1847-yil Bryussel shahrida bo‘lib o‘tgan iqtisodchilar kongressida o‘zining aniq
ehtirosli fikrlari, siyosiy yetukligi va kuchli notiqlik qobiliyati bilan ko‘pchilikning
e’tiborini o‘ziga qaratdi. List 1819-yilda Germaniya iqtisodiy birligini ta’minlash
maqsadida «Savdo-sanoat ittifoqi»ni tuzdi.
F.List 30 yoshida Vyurtemberg parlamenti a’zosi bo‘lib, o‘zining keng
demokratik islohotlar dasturi bilan hukumatga murojaat qildi. Bunday siyosiy
chiqish Listga qarshi kuchlar shakllanishiga sabab bo‘ldi. Natijada u 1825-yilda
Germaniyani tark etib, AQShga doimiy yashash uchun ketdi. Dastlab u fermerlik
bilan shug‘ullandi, keyinchalik nemis gazetalarining muharriri bo‘ldi hamda sanoat
sohasida tadbirkorlik faoliyatini olib bordi. F.List Angliya sanoati bilan raqobat
qiluvchi Germaniya va AQShda sanoat rivojlanishi xususiyatlarini chuqur o‘rganib,
Amerika taraqqiyoti uchun iqtisodiy dastumi
tayyorladi.
1832-yildan F.List Yevropaga qaytib AQShning Leypsigdagi elchisi bo‘lib
ishladi. Shuningdek, u Leypsig-Drezden temir yo'lini qurish maqsadida
Germaniyada birinchi bo‘lib hissadorlik uyushmasini tashkil etdi. F.List o‘zining
uchinchi va oxirgi emigratsiyasidan so‘ng Parijda uch yil yashadi.
F.List ta’limotida xo‘jalik taraqqiyotining tarixiy bosqichlari to‘g‘risidagi g‘oyalar
katta o‘rin egallaydi. U tarixiy taraqqiyotni beshta bosqichga: ba’daviylik,
cho‘ponlik, dehqonchilik, dehqonchilik manufaktura, dehqonchilik - manufaktura -
savdo bosqichlariga bo‘ladi. Bunday bolishdan maqsad Germaniyada sanoatning
o‘sishini har tomonlama qo 'llab-quvvatlash, bir yoqlama rivojlanishdan - qishloq
xo‘jaligining ustunligidan voz kechish kerak, degan fikmi isbotlashdan iborat edi.
Germaniyada tarixiy maktablar shakllanishi va evolyutsiyasini ilmiy-iqtisodiy
adabiytda uch asosiy davrga ajratiladi. Birinchi davr XIX asming 40-60-yillarini o‘z
ichiga olib «Eski tarixiy maktab» yoki oddiygina «Tarixiy maktab» davri deb
nomlanadi. V.Rosheo, K.Knis va B.Gildebrand bu davming asosiy mualliflaridir.
Ikkinchi davr XIX asming 70-90-yillariga to‘g‘ri kelib «Yangi tarixiy maktab»
davri, deb nomlanadi. G.Shmoller va L.Brentano bu davming asosiy ijodkorlaridir.
Uchinchi davr XX asming 30-yillarigacha davom etib «Eng yangi tarixiy maktab»
davri yoki qisqacha «ijtimoiy yo‘nalish» nomini oldi. V.Zombart va M.Veberlar
uning asosiy mualliflari edilar.
Karl Rodbertusning iqtisodiy g‘oyalari
Karl Iogann Rodbertus-Yagesov (1805- 1875) Germaniyada, Shimoliy
Greyfsvoldda 1805- yilda tug‘ildi. Gettingem va Berlin universitetlarida huquqdan
tahsil olib, shu mutaxassislik bo‘yicha ma’lum vaqt ishladi.
U utopik sotsializm va konservativ reformizm g ‘oyalari asosida o‘zining
konsepsiyasini yaratdi.U aynan shu kitobida qo'shimcha qiymat nazariyasini
ko‘rsatib o‘tdi. U o‘z fikrlarini yakunlab, shunday deb yozadi: «Agar ishlab
chiqarish qancha yuqori bo‘lsa, ishchining yashashi uchun zarur vositalardan
tashqari ko‘pgina iste’mol buyumlarini yaratishi mumkin. Bu chegirtma yerga
xususiy mulkchilik va kapital mavjud sharoitda renta holiga aylanadi va kishilar
tomonidan mehnatsiz o‘zlashtiriladi. Boshqacha qilib aytganda, renta olishning
asosiy usuli yerga xususiy mulkchilik va kapitaldir» K.Rodbertusning azariyasi va
qisqacha xulosalariga yuqori baho berish mumkin, chunki u A.Smit va D.Rikardo
iqtisodiy ta’limotlari bilan yaqindan tanish va bu ta’limotlami chuqur ilmiy tahlil
qilgan edi.
Karl Knis (1821-1892)
K.Knis alohida iqtisodiy qonunlar yo`q, faqat doimo va hamma joyda amal qiladigan
tabiiy qonunlar bor deb da' vo qildi. Shunga asoslanib u xususiy mulkchilik va
kapitalizmning abadiyligi to`g`risida xulosa chiqardi. Knis siyosiy iqtisodni tarixiy
usul pozitsiyalarida turib tez qayta qurish mumkinligini asoslamoqchi bo`ldi. Uning
fikricha, siyosiy iqtisod faqat iqtisodiy xodisalarni tasvirlab berishi mumkin, u
nazariy umumlashmalarni berishga qodir emas. Knis iqtisodiy xodisalarni bilib olish
xodisalari deb statistika va tarixiy bayonni tan oldi. U iqtisodiy siyosatga katta
ahamiyat berdi. Bu siyosatni amalga oshirish uchun turli xalqlarning iqtisodiy
turmushiga oid uzatuvlardan olingan aniq-ravshan shart-sharoitlarni bilish
zarurligini uqtirdi. Knis millat turmushining iqtisodiy sharoitlari uchun individ
(shaxs), jamiyat va davlatning
mas' uliyatini eklektik (qorishma) tarzda birlashtirmoqchi bo`ldi, pulni talqin etishda
metallchilar konsepsiyasi pozitsiyasida qoldi.
Vilgelm Georg Fridrix Rosher (1817-1894) Germaniyadagi tarixiy maktabning
asoschisi hisoblanadi. 1843 yilda u " Tarixiy usul nuqtayi nazaridan siyosiy iqtisod
kursining qisqa asoslari" kitobini chiqardi. Iqtisodiy qonunlarning obyektivligini rad
qilish bu ta' limotning o`zagidir. V.Rosher ijtimoiy iqtisodiyotning umumiy
qonuniyati yo`q, balki faqat iqtisodiy omillar taraqqiyotininggina qonunlari bor, deb
da' vo qilgan edi. Siyosiy iqtisod millat oldida burch tuyg`usiga ega bo`lgan ma'
naviy fandir. V.Rosher siyosiy iqtisod predmetini ta' riflashda Listning sistemasini
to`la-to`kis qabul qilib olib, jamiyat asta-sekin rivojlanadi deb hisobladi va sinfiy
kurash mavjudligini inkor etdi. Rosher urushning madhiyachisi edi, u urushni tabiiy
holat deb hisobladi va Germaniyani mustamlakalar va ta' sir doiralarini bosib olishga
chaqirdi.
Yangi tarixiy maktab va "ijtimoiy yo`nalish"
XIX-asrning ikkinchi yarmida ham Germaniyada iqtisodiyot fani tarixiy usul
asosida rivojlanmoqda edi. Nemis iqtisodchilari bundan avvalgi davrda iqtisodiy
adabiyotda vujudga kelgan an' analarni davom ettirib, kuchaytirdilar. Ular
Germaniya ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotining o`ziga xosligini aks ettirib, feodalizm
sarqitlarining uzoq vaqtdan beri saqlanib kelayotganligini keskin tanqid qildilar. Shu
davr Germaniya iqtisodiy tadqiqotlarida Yangi tarixiy maktab yetakchi o`rinlardan
birini egallar edi. Ushbu maktabning yetakchi olimlari,
Gustav Shmoller (1838-1917) bo`lsa, Lun Brentano (1844-1931), Verner Zombart
(1863-1941), Maks Veber (1864-1921) o`zlarining ijtimoiy yo`nalishlari bilan "
Yangi tarixiy maktab" ning ilmiy ishlarini davom ettirdilar edilar.
Berlin universiteti professori Gustav Shmoller o`zining " Xalq xo`jaligi to`g`risidagi
umumiy ma' lumot asoslari" (1900-1904) nomli asosiy iqtisodiy asarida tarixiy
maktabning asosiy vakillari V.Rosher va B.Gil' debrandning asosiy qoidalari va
usullarini yanada rivojlantirdi. Bu iqtisodiy amaliyotdan uch xil faoliyat turini:
xususiy xo`jalik, davlat xo`jaligi va diniy xo`jalikni alohida ajratib ko`rsatadi.
Birinchisida xususiy manfaat, ikkinchisida jamiyat, ijtimoiy manfaat va
uchinchisida xayr-ehson asosiy deb belgilanadi. Umuman, G.Shmollerning
qarashlariga davlatning belgilovchilik, yetakchilik rolini ko`rsatish xosdir.
G.Shmoller marksizmga qarshi kurashib, ijtimoiy va sinfiy muammolarni siyosiy
iqtisoddan chiqarib tashlab, uni xalq xo`jaligi tarixi faniga aylantirishga urindi. U
faktlarni va statistika manbalarini o`rganish, xalq xo`jaligidagi xodisalarni bayon
etib berishni siyosiy iqtisodning bosh vazifasi deb hisoblaydi.
G.Shmoller umuman xalq xo`jaligi o`zgarishsiz qolaveradi. degan fikrga asoslanib,
uning ayrim bo`g`inlarida juz' iy o`zgarishlar bo`lishi haqidagina gapirish mumkin,
deb hisoblaydi. Tadqiqotlarning qat ' iyan rad etilayotgan abstrakt usuliga qarama-
qarshi qo`yilgan empirizm (nazariy mashg`ulotlardan ko`ra amaliy faoliyatga
ko`proq moyillik) olim va uning izdoshlariga xos xususiyat edi.
G.Shmoller iqtisodiyotda odob-huquq omilini belgilovchi omil deb hisoblab, har bir
xalqning hayot tarzi odob qoidalarida, xo`jalik huquqida o`zining asosiy ifodasini
topadi, deb ta' kidlaydi. Yangi tarixiy maktab iqtisodchilari xo`jalik turmushida
burjua-pomeshchik davlati hal qiluvchi rol o`ynaydi deb bilar edilar. Ular
Germaniyada kuchli milliy davlat tashkil etilishi tarafdori edilar.
Yangi tarixiy maktabning namoyandalari " Sinfiy inoqlik" g`oyalarini ishlab chiqib,
targ`ib qildilar. G.Shmoller tomonidan tuzilgan "Ijtimoiy siyosat uyushmasi" nng
faoliyati shu maqsadga xizmat qilar edi.
Uning yetakchi nazariyotchilari universitet professorlari bo`lib, ularning dasturlari
"kafedr-sotsializm" (kafedradagi sotsializm) deb atalar edi. Ushbu dasturdagi
boshlang`ich ta' limni majburiy kiritish, bolalar, o`smirlar va ayollar mehnatini
davlat tomonidan tartibga solish, ishchilarni kasallik va baxtsiz xodisalardan
sug`urta qilish, qaril ik va mehnat layoqatlarini yo`qotgan chog`ida nafaqa to`lash
kabi islohotchilik g`oyalari sotsialdemokratlar orasida ham keng yoyildi.
Germaniyada Luno Brentano ham asosiy nazariyotchilardan hisoblanib, " Yangi
tarixiy maktab" ning liberal qanotiga boshchilik qildi.
Marjinalizm
X1X asrning ikkinchi yarmi XX asrning boshlarida iqtisodiy ta' limotlarning
rivojlanishi (evolutsiyasi) kapitalizm iqtisodiyotida uning siyosiy ustqurmasida yuz
berayotgan tub siljishlarni aks ettirar edi. X1X asrning so`nggi chorasida erkin
raqobatning monopoliyaga aylanishi iqtisodiyotdagi eng muhim xodisa bo`ldi. Bu
jarayon kapitalizm ziddiyatlarning, ayniqsa mehnat bilan kapital o`rtasidagi
ziddiyatlarning chuqurlashuvi va keskinlashuvi bilan ayni bir vaqtda ro`y berdi.
X1X asrning 70-yillaridan boshlab qiymat nazariyasi va uni ilmiy tahlil qilishda ham
chinakam inqilobiy o`zgarish yuz berib aynan shu davrda Yevropaning bir nechta
mamlakatlarida turlicha nazariy maktablar shakllandi. Ushbu maktablar yaratgan
iqtisodiy ta' limot fanda "marjinalizm" ta' limoti, deb nomlanib XX asrning 30-