Gidrogeologik tadqiqot usullari

Time

Yuklangan vaqt

2025-11-08

Downloads

Yuklab olishlar soni

0

Pages

Sahifalar soni

6

File size

Fayl hajmi

27,1 KB


Gidrogeologik tadqiqot usullari
Yer osti suvlari yer massasining katta qismini egallab, turli tuman xossa va
hususiyatlariga  ega  bo‘lgan,  har  xil  chuqurliklarda  yotuvchi  tog‘  jinslari
qatlamlaridan  o‘rin  olgan,  insoniyat  uchun  nihoyatda  zarur  bo‘lgan  eng
qimmatbaho qazilma boylik hisoblanadi. 
Ularning hosil bo‘lishi, yer qatlamlariga joylashganligi va haraktining o‘ziga
xos qonun va qonuniyatlari bor.
Yer usti  suvlari kabi, yer osti suvlari ham suyuq, qattiq (muz) va bug‘ holda
uchraydilar. Ammo, ba’zida yer osti suvlari katta bosim ostida yer yuzasiga otilib
chiqadi, ba’zida ularni maxsus moslamalar-nasoslar yordamida yer ustiga chiqarib
olinadi.  Jumladan,  Kola  yarimorollarida  qazilgan  12262  m,  Ozorbayjonning
Sablinsk tumanidagi 8324 m va Germaniyaning Oberpfals hududidagi 9000 m
chuqurliklargacha qazilgan burg‘u quduqlarining tubida ham suv uchragan. Ular
erkin holda, yoki minerallar tarkibida bog‘loiq holda bo‘lishlari ham mumkin. Yer
osti suvlari tog‘ jinslaridagi tuzlarni eritib o‘zida mujassamlangani bois ularni
«eritma», deb qaralsa ham hato bo‘lmaydi. 
Umumlashtirib aytganda tog‘ jinslarining darzlik va bo‘shliqlarida suyuq
holda o‘zining og‘irlik kuchi ta’siri ostida harakat qilish qobiliyatiga ega bo‘lgan
suvlar yer osti suvlari deb ataladi.
Yer  ostidagi  boshqa  holatdagi  suvlar-muz,  bug‘  va  eritmalar  yuqorida
keltirilgan ifoda bilan harakterlanmaydilar. Ularning xolati va harakati o‘zgacha
qonunlar bilan ifodalanadi. 
Yer osti suvlari uzluksiz harakat holida bo‘lib, tabiatda suvning katta va
kichik aylanma aktiv oqim harakati mavjud. Bu harakat davomida yer osti suvlari
xajmini, miqdoriy holatini, fizik (muz, bug‘ suyuqlik) va kimyoviy hususiyatini
o‘zgartirishi mumkin.
1
Logotip
Gidrogeologik tadqiqot usullari Yer osti suvlari yer massasining katta qismini egallab, turli tuman xossa va hususiyatlariga ega bo‘lgan, har xil chuqurliklarda yotuvchi tog‘ jinslari qatlamlaridan o‘rin olgan, insoniyat uchun nihoyatda zarur bo‘lgan eng qimmatbaho qazilma boylik hisoblanadi. Ularning hosil bo‘lishi, yer qatlamlariga joylashganligi va haraktining o‘ziga xos qonun va qonuniyatlari bor. Yer usti suvlari kabi, yer osti suvlari ham suyuq, qattiq (muz) va bug‘ holda uchraydilar. Ammo, ba’zida yer osti suvlari katta bosim ostida yer yuzasiga otilib chiqadi, ba’zida ularni maxsus moslamalar-nasoslar yordamida yer ustiga chiqarib olinadi. Jumladan, Kola yarimorollarida qazilgan 12262 m, Ozorbayjonning Sablinsk tumanidagi 8324 m va Germaniyaning Oberpfals hududidagi 9000 m chuqurliklargacha qazilgan burg‘u quduqlarining tubida ham suv uchragan. Ular erkin holda, yoki minerallar tarkibida bog‘loiq holda bo‘lishlari ham mumkin. Yer osti suvlari tog‘ jinslaridagi tuzlarni eritib o‘zida mujassamlangani bois ularni «eritma», deb qaralsa ham hato bo‘lmaydi. Umumlashtirib aytganda tog‘ jinslarining darzlik va bo‘shliqlarida suyuq holda o‘zining og‘irlik kuchi ta’siri ostida harakat qilish qobiliyatiga ega bo‘lgan suvlar yer osti suvlari deb ataladi. Yer ostidagi boshqa holatdagi suvlar-muz, bug‘ va eritmalar yuqorida keltirilgan ifoda bilan harakterlanmaydilar. Ularning xolati va harakati o‘zgacha qonunlar bilan ifodalanadi. Yer osti suvlari uzluksiz harakat holida bo‘lib, tabiatda suvning katta va kichik aylanma aktiv oqim harakati mavjud. Bu harakat davomida yer osti suvlari xajmini, miqdoriy holatini, fizik (muz, bug‘ suyuqlik) va kimyoviy hususiyatini o‘zgartirishi mumkin. 1
Yer qobig‘ining suvli qismi Gidrosferani tashkil qiladi. Gidrosfera yer usti
va yer osti qismlaridan iborat. Yer usti gidrosferasi okeanlar, dengiz, daryolar,
ko‘llar, muzliklar va atmosfera namligidan tashkil topadi. Yer osti gidrosferasi juda
murakkab tizim bo‘lib, tog‘ jinslari bilan uzviy bog‘langan holatda bo‘ladi. 
Yer qobig‘i qatlamlardagi mavjud suvlarni maxsus fan gidrogeologiya fani
o‘rganadi. 
XIX asrning 80 yillaridan boshlab gidrogeologiya yer osti suvlari xaqidagi
ta’limot,  deb  tushuna  boshlagan.  Ko‘pgina  olimlar  gidrogeologiya  yer  osti
gidrosferasi xaqidagi fan deb ham bilgan.
Yer  osti  gidrosferasi-gidrogeologiya  fanining  o‘rganadigan  ob’ekti
(P.F.Savarenskiy)  degan  fikr  ham  mavjud.  Bu  fikrni  M.A.Ovchininnkov,
Ye.V.Pinneker, V.A.Vsevolojskiylar ham qo‘llaydilar.
Ko‘pgina olimlar gidrogeologiya fanini keng ma’noda yer osti gidrosferasi
xaqidagi ta’limot deb qaraydilar.
«Gidrogeologiya  asoslari»,  «Umumiy  gidrogeologiya»  (Ye.V.Pinneker,
1980) darsligida: gidrogeologiya yer osti gidrosferasining tarixi, resurslari, tarkibi
va tarkibiy qismlarini, ularning joylashganligi, tarqalganligi qonuniyatlarini, unda
kechayotgan jarayonlarni, gidrosfera va uning elementlarini boshqa yer qatlamlari
bilan bog‘langanligi qonuniyatlari, xalq xo‘jaligi uchun ularning mohiyati va inson
faoliyatining ularga ta’sirini o‘rganuvchi fan deb qaraladi.
qaysi ifodani qabul qilmaylik, gidrogeologiya fanining asosiy mazmuni yer
osti  suvlarini  o‘rganishdan  iboratdir.  Yer  osti  suvlarining  hosil  bo‘lishi,  yer
qatlamlarida,  tog‘  jinslarida   joylanishi,  kimyoviy  tarkibini  takomillashishi,
harakati, atrof muhitga ta’siri, inson ixtiyoji uchun foydaliligi, ulardan foydalanish
imkoniyatlarini aniqlash va joriy qilish kabi masalalar gidrogeologik eng asosiy
muammolar hisoblanadi. Bular quyidagilardan iborat:
1.Tog‘ jinslari va yer osti suvlari bir-biri bilan uzviy bog‘langan holda ikki
elementli bir butun tizim hosil qiladilar va geologiya fanining tadqiqot va o‘rganish
ob’ektining bir qismi hisoblanadi. Yer osti suvlarini tog‘ jinslaridan ajratib olib
o‘rganib bo‘lmaydi va bunday intilish metodologik tomondan to‘g‘ri bo‘lmas edi. 
Shuning uchun yer qobig‘ini, undagi tog‘ jinslari qatlamlarini, tarkibini,
2
Logotip
Yer qobig‘ining suvli qismi Gidrosferani tashkil qiladi. Gidrosfera yer usti va yer osti qismlaridan iborat. Yer usti gidrosferasi okeanlar, dengiz, daryolar, ko‘llar, muzliklar va atmosfera namligidan tashkil topadi. Yer osti gidrosferasi juda murakkab tizim bo‘lib, tog‘ jinslari bilan uzviy bog‘langan holatda bo‘ladi. Yer qobig‘i qatlamlardagi mavjud suvlarni maxsus fan gidrogeologiya fani o‘rganadi. XIX asrning 80 yillaridan boshlab gidrogeologiya yer osti suvlari xaqidagi ta’limot, deb tushuna boshlagan. Ko‘pgina olimlar gidrogeologiya yer osti gidrosferasi xaqidagi fan deb ham bilgan. Yer osti gidrosferasi-gidrogeologiya fanining o‘rganadigan ob’ekti (P.F.Savarenskiy) degan fikr ham mavjud. Bu fikrni M.A.Ovchininnkov, Ye.V.Pinneker, V.A.Vsevolojskiylar ham qo‘llaydilar. Ko‘pgina olimlar gidrogeologiya fanini keng ma’noda yer osti gidrosferasi xaqidagi ta’limot deb qaraydilar. «Gidrogeologiya asoslari», «Umumiy gidrogeologiya» (Ye.V.Pinneker, 1980) darsligida: gidrogeologiya yer osti gidrosferasining tarixi, resurslari, tarkibi va tarkibiy qismlarini, ularning joylashganligi, tarqalganligi qonuniyatlarini, unda kechayotgan jarayonlarni, gidrosfera va uning elementlarini boshqa yer qatlamlari bilan bog‘langanligi qonuniyatlari, xalq xo‘jaligi uchun ularning mohiyati va inson faoliyatining ularga ta’sirini o‘rganuvchi fan deb qaraladi. qaysi ifodani qabul qilmaylik, gidrogeologiya fanining asosiy mazmuni yer osti suvlarini o‘rganishdan iboratdir. Yer osti suvlarining hosil bo‘lishi, yer qatlamlarida, tog‘ jinslarida joylanishi, kimyoviy tarkibini takomillashishi, harakati, atrof muhitga ta’siri, inson ixtiyoji uchun foydaliligi, ulardan foydalanish imkoniyatlarini aniqlash va joriy qilish kabi masalalar gidrogeologik eng asosiy muammolar hisoblanadi. Bular quyidagilardan iborat: 1.Tog‘ jinslari va yer osti suvlari bir-biri bilan uzviy bog‘langan holda ikki elementli bir butun tizim hosil qiladilar va geologiya fanining tadqiqot va o‘rganish ob’ektining bir qismi hisoblanadi. Yer osti suvlarini tog‘ jinslaridan ajratib olib o‘rganib bo‘lmaydi va bunday intilish metodologik tomondan to‘g‘ri bo‘lmas edi. Shuning uchun yer qobig‘ini, undagi tog‘ jinslari qatlamlarini, tarkibini, 2
ularning  hosil  bo‘lish  tarixini  bilmay  turib,  yer  osti  suvlarini  o‘rganish  ham
muammodir.  Bundan  tushunarliki  gidrogeologiya  fani  geologiya  fanining1 bir
tarmog‘i sifatida litologiya, geoximiya, mineralogiya va boshqa geologiya tizimiga
xos fanlar bilan uzluksiz bog‘liqdir (1.1-rasm).
2.Yer  osti  va  yer  usti  gidrosferasi  bir-biri  bilan  bog‘liq  bo‘lganligi,
natijasida, bu ikki sfera orasida intensiv energiya va modda almashuvi jarayoni
sodir  bo‘ladi,  o‘z  navbatida  yer  usti  gidrosferasi  atmosfera  bilan  bog‘liqligi
gidrogeologiya fanining gidrometeralogiya, quruqlik gidrogeologiyasi kabi fanlari
bilan bog‘liqligini taqozo etadi. 
3. Yer  osti  suvlari  (suyuqlik va  bug‘  xolda)  doimiy  intensiv  harakatda
bo‘ladi. Inson yer osti suvlaridan foydalanar ekan, ularning harakatidagi miqdoriy
(xajmiy  va  sifat)  ko‘rsatgichlarini  o‘rganishi  va  aniqlashi  shart.  Lekin,  bu
ko‘rsatgichlarni (xajmi, tezligi, chuchuk yoki sho‘rlanganligi, hidi, tiniqligi) ko‘z
bilan ko‘rib, qo‘l bilan o‘lchab bo‘lmaydi. Shuning uchun bu jarayonda matematik,
geofizik va kimyoviy metodlaridan foydalaniladi. Gidrogeologiya fani gidravlika,
tutash muhitlar mexanikasi, termodinamika, hisoblash matematikasi fanlari bilan
ham bog‘liqdir.
4.Yer  osti  suvlari  toza  H2O   molekula  zarrachalardan  tashkil  topgan
bo‘lmaydi.  Suvning  tarkibida  tog‘  jinslaridagi  bor  mineral  birikmalari,  tuzlar,
organik moddalar va gazlar bo‘lishi mumkin. Ular ba’zan erigan, kalloid hollarda
uchraydi. Demak, yer osti suvlari-murakkab tabiiy eritma, uning 1 litrida 0 dan
birnecha 100 grammgacha har xil mineral tuzlar brikmalari uchraydi. Bu tuzlar
suvni shifobahsh yoki zaharli, inson sog‘ligiga salbiy ta’sir qiladigan xolga olib
kelishi ham mumkin. Suvni kimyoviy tarkibini, sifatini o‘rganish, uni taxlil qilish
gidrogeologiya fanini kimyo, bioximiya, mikrobiologiya kabi fanlar bilan aniqlaydi
va taqozo qiladi. 
5.Yer osti suvlaridan xalq xo‘jaligining juda ko‘p tarmoqlarida foydanadi:
a. yer osti suvlari inson xayoti uchun eng zarur va qimmatbaho qazilma
boylik bo‘lib, boshqa qazilma konlaridan (neft, gaz va b.q.) farqli o‘laroq uning
zaxiralari qaytadan tiklanish hususiyatiga ega. Masalan, quduqdagi suvni tejab
ichilsa tugamaydi, suv olingach u yana oqib kelaveradi. Chuchuk yer osti suvlari
1
3
Logotip
ularning hosil bo‘lish tarixini bilmay turib, yer osti suvlarini o‘rganish ham muammodir. Bundan tushunarliki gidrogeologiya fani geologiya fanining1 bir tarmog‘i sifatida litologiya, geoximiya, mineralogiya va boshqa geologiya tizimiga xos fanlar bilan uzluksiz bog‘liqdir (1.1-rasm). 2.Yer osti va yer usti gidrosferasi bir-biri bilan bog‘liq bo‘lganligi, natijasida, bu ikki sfera orasida intensiv energiya va modda almashuvi jarayoni sodir bo‘ladi, o‘z navbatida yer usti gidrosferasi atmosfera bilan bog‘liqligi gidrogeologiya fanining gidrometeralogiya, quruqlik gidrogeologiyasi kabi fanlari bilan bog‘liqligini taqozo etadi. 3. Yer osti suvlari (suyuqlik va bug‘ xolda) doimiy intensiv harakatda bo‘ladi. Inson yer osti suvlaridan foydalanar ekan, ularning harakatidagi miqdoriy (xajmiy va sifat) ko‘rsatgichlarini o‘rganishi va aniqlashi shart. Lekin, bu ko‘rsatgichlarni (xajmi, tezligi, chuchuk yoki sho‘rlanganligi, hidi, tiniqligi) ko‘z bilan ko‘rib, qo‘l bilan o‘lchab bo‘lmaydi. Shuning uchun bu jarayonda matematik, geofizik va kimyoviy metodlaridan foydalaniladi. Gidrogeologiya fani gidravlika, tutash muhitlar mexanikasi, termodinamika, hisoblash matematikasi fanlari bilan ham bog‘liqdir. 4.Yer osti suvlari toza H2O molekula zarrachalardan tashkil topgan bo‘lmaydi. Suvning tarkibida tog‘ jinslaridagi bor mineral birikmalari, tuzlar, organik moddalar va gazlar bo‘lishi mumkin. Ular ba’zan erigan, kalloid hollarda uchraydi. Demak, yer osti suvlari-murakkab tabiiy eritma, uning 1 litrida 0 dan birnecha 100 grammgacha har xil mineral tuzlar brikmalari uchraydi. Bu tuzlar suvni shifobahsh yoki zaharli, inson sog‘ligiga salbiy ta’sir qiladigan xolga olib kelishi ham mumkin. Suvni kimyoviy tarkibini, sifatini o‘rganish, uni taxlil qilish gidrogeologiya fanini kimyo, bioximiya, mikrobiologiya kabi fanlar bilan aniqlaydi va taqozo qiladi. 5.Yer osti suvlaridan xalq xo‘jaligining juda ko‘p tarmoqlarida foydanadi: a. yer osti suvlari inson xayoti uchun eng zarur va qimmatbaho qazilma boylik bo‘lib, boshqa qazilma konlaridan (neft, gaz va b.q.) farqli o‘laroq uning zaxiralari qaytadan tiklanish hususiyatiga ega. Masalan, quduqdagi suvni tejab ichilsa tugamaydi, suv olingach u yana oqib kelaveradi. Chuchuk yer osti suvlari 1 3
ichimlik suv  ta’minotida,  sanoati  suv  bilan ta’minlashda,  mineral—shifobaxsh
suvlar  sog‘liqni  saqlashda,  termal  suvlar  teplitsa  va  turar  joylarni  isitishda
ishlatiladi;
b.sug‘oriladigan  yerlarni  meliorativ  holatini  yaxshilash;  sho‘rxok  yerlarni
yuvib hosildorlikni oshirish tadbirlarini yer osti suvlarining xolatini o‘rganmay
turib amalga oshirib bo‘lmaydi;
v.ba’zi  qazilma  boyliklar  (neft  va  gaz)  uchun  qidiruv  ishlari  olib
borilayotganda yer osti suvlari albatta o‘rganiladi;
g.gidrotexnik (suv omborlari, kanallar) energetik (GES), sanoat qurilishlari
loyihalab, ularni amalga oshirilayotganda albatta gidrogeologik nuqtai nazardan
asoslab berish talab qilinadi;
d.tabiatni,  atrof  va  muhitni   va  suv  boyligini  muhofaza  qilish  tadbirlari
gidrogeologik tadqiqotlar bilan asoslab bermay turib amalga oshirilmaydi;
e.hozirgi kunda yer usti suv manbalari keskin ravishda sug‘orma dehqonchilik
va sanoat korxonalari ta’sirida ifloslanganligi sababli yer osti suvlarining xalq
xo‘jaligi, ayniqsa ichimlik suv ta’minoti tizimi uchun mohiyati oshib ketdi. 
Undan tashqari yer osti suvlari yer usti suvlariga nisbatan kam ifloslanadi,
ular tabiiy ravishda muxofazalanganlik xususiyatiga ega, tog‘ jinslarining darzlik
va bushliklarnidan sizilib o‘tib,o‘z-o‘zidan tozalanish va poklanish xususiyatiga
egadirlar.Ayniqsa ular yer usti suvlari kam tarqalgan xududlarda xalq xo‘jaligi
tarmoqlarining suvga bo‘lgan ehtiyojini qondiruvchi yagona manba hisoblanadi.
Demak, gidrogiologik tadqiqotlari olib borish komunal xujaligi, ichimlik suv
ta’minoti tizimi bilan uzluksiz bog‘liqdir.
Ba’zan yer osti suvlari atro-muxitga salbiy ta’sir qilish mumkin.
Arid zonasida sug‘arma dehqochsilik rivojlangan xududlarda, sug‘oriladigan
maydonlarda  yer  osti  suvlarining  ko‘tarilib  ketishi  sho‘rlanish,  zaxlanish,
botqoqlanish kabi ko‘ngilsiz xolatlarga olib kelishi mumkin. Natijada yerlarning
hosildorligi pasayadi, yer osti suvlarining sathini pasaytirish inshoatlarini (drenaj)
qurish katta moddiy zarar keltiradi.
Yer osti suvlarini shaxta konlariga oqib kelishi ularni eksplutatsiya qilishni
murakkalashtiradi va zarar keltiradi. 
4
Logotip
ichimlik suv ta’minotida, sanoati suv bilan ta’minlashda, mineral—shifobaxsh suvlar sog‘liqni saqlashda, termal suvlar teplitsa va turar joylarni isitishda ishlatiladi; b.sug‘oriladigan yerlarni meliorativ holatini yaxshilash; sho‘rxok yerlarni yuvib hosildorlikni oshirish tadbirlarini yer osti suvlarining xolatini o‘rganmay turib amalga oshirib bo‘lmaydi; v.ba’zi qazilma boyliklar (neft va gaz) uchun qidiruv ishlari olib borilayotganda yer osti suvlari albatta o‘rganiladi; g.gidrotexnik (suv omborlari, kanallar) energetik (GES), sanoat qurilishlari loyihalab, ularni amalga oshirilayotganda albatta gidrogeologik nuqtai nazardan asoslab berish talab qilinadi; d.tabiatni, atrof va muhitni va suv boyligini muhofaza qilish tadbirlari gidrogeologik tadqiqotlar bilan asoslab bermay turib amalga oshirilmaydi; e.hozirgi kunda yer usti suv manbalari keskin ravishda sug‘orma dehqonchilik va sanoat korxonalari ta’sirida ifloslanganligi sababli yer osti suvlarining xalq xo‘jaligi, ayniqsa ichimlik suv ta’minoti tizimi uchun mohiyati oshib ketdi. Undan tashqari yer osti suvlari yer usti suvlariga nisbatan kam ifloslanadi, ular tabiiy ravishda muxofazalanganlik xususiyatiga ega, tog‘ jinslarining darzlik va bushliklarnidan sizilib o‘tib,o‘z-o‘zidan tozalanish va poklanish xususiyatiga egadirlar.Ayniqsa ular yer usti suvlari kam tarqalgan xududlarda xalq xo‘jaligi tarmoqlarining suvga bo‘lgan ehtiyojini qondiruvchi yagona manba hisoblanadi. Demak, gidrogiologik tadqiqotlari olib borish komunal xujaligi, ichimlik suv ta’minoti tizimi bilan uzluksiz bog‘liqdir. Ba’zan yer osti suvlari atro-muxitga salbiy ta’sir qilish mumkin. Arid zonasida sug‘arma dehqochsilik rivojlangan xududlarda, sug‘oriladigan maydonlarda yer osti suvlarining ko‘tarilib ketishi sho‘rlanish, zaxlanish, botqoqlanish kabi ko‘ngilsiz xolatlarga olib kelishi mumkin. Natijada yerlarning hosildorligi pasayadi, yer osti suvlarining sathini pasaytirish inshoatlarini (drenaj) qurish katta moddiy zarar keltiradi. Yer osti suvlarini shaxta konlariga oqib kelishi ularni eksplutatsiya qilishni murakkalashtiradi va zarar keltiradi. 4