GIDROMORF TUPROQLAR
REJA
1. Gidromorf tuproqlar
2. Tuproqlar gidromorfizmi va gidromorf tuproq paydo bo'lish jarayoni.
3. Gidromorf tuproqlar sistematikasi.
Gidromorf (gidrogenli) tuproqlarga ma'lum tabiiy mintaqadagi normal tuproq
qoplamining namlanishiga nisbatan oshiqcha namlanish sharoitida shakllangan,
tuproqlarning katta guruhi kiradi. Gidromorf tuproqlar quyidagi hodisalar tufayli
shakllanadi: 1) sizot suvlarning er yuzasiga yaqin joylashishi yoki davriy ravishda
ko'tarilishi (sizot – suv gidromorfizmi); 2) atmosfera yog'inlarining pastki
qatlamlarga yoki qiyalik bo'yicha oqib chiqib ketmaydigan sharoitda ularning er
ustida turib qolishi (yuza, yoki atmosfera, gidromorfizmi); 3) sizot-suv va yuza
gidromorfizmlarning birgalikda sodir bo'lishi; 4) suv o'tkazmaydigan gorizontlar
ustida tuproq qalinligi chegarasida davriy ravishda yuza oshiqcha namlanishning
shakllanishi (tuproq ichki gidromorfizmi); 5) daryo sohillarining toshqin suvlari bilan
davriy ravishda suv bosishi, odatda er yuzasiga yaqin joylashgan sizot suvlari ham
bunda ishtirok etadi (sohil yoki allyuvial gidromorfizmi, amfibal gidromorfizm); 6)
to'qayzorlar, marshlar, mangrolar, daryo delьtalari va dengiz va ko'l qirg'oqlari
xududlarini suv bosishi natijasida doimiy suv bilan to'yinishi (marsh gidromorfizmi);
7) sholi ekinlganda tuproq yuzasining uzoq muddatli davriy suv bosishi (sholichilik
gidromorfizmi). Barcha hollarda gidromorf tuproqlar tranzit yoki ko'pchilik hollarda,
akkumulyativ landshaft – geokimyoviy sharoitlarda shakllanadi. Shu munosabat bilan
ushbu tuproqlar, odatda, u yoki bu birikmalarning migratsiyasi (ko'chishi) yo'lida
geokimyoviy barьer ( to'siq) bo'lib xizmat qiladi. Sernam (gumid) rayonlarda organik
moddalar, kremniy, temir, marganets, fosfor birikmalari, quruq (arid) rayonlarda esa
ohak, gips, suvda eruvchi tuzlar to'planadi. Barcha hollarda ular u yoki bu
mikroelementlar, shu jumladan radioaktiv izotoplarining ushlanib qolishida tuzoq
bo'lib xizmat qiladi.
Gidromorf tuproqlar oksidlanish-qaytarilish rejimining o'ziga xosligi,
kimyoviy yoki biokimyoviy (mikrobiologik) qaytarilish jarayonlarining
rivojlanishiga va tuproq Σh ning past (100-200 mV gacha) ba'zan xatto manfiy
ko'rsatkichgacha tushishiga olib keluvchi, ularning davriy yoki doimiy oshiqcha
namlanishi va mos ravishda anaerobiozisi bilan bog'liq. Faqat ba'zi hollardagina
yaxshi zovurlangan sharoitda yuqori kislorodli kuchli oksidlangan suvlar bilan
oshiqcha namlanganda gidromorf tuproqlarda yuqori (500-600 mV) Σh ko'rsatkichli
oksidlanadigan muhit saqlanishi mumkin. Gleylanish – bu, gidromorf tuproqlar
uchun xarakterli bo'lgan, spetsifik elementar tuproq jarayonidir. “Gleylanish” (gley
hosil bo'lish, gleyning shakllanishi, gleyli jarayon) atamasi rus halqining “gley”
(“berch”) so'zidan kelib chiqqan bo'lib, T.N.Visotskiy tomonidan 1905 yilda ilmiy
lug'atga kiritilgan va halqaro atama sifatida yuritilmoqda. Tuproqning gleylanishi
tuproq massasining uzoq davom etadigan mavsumiy yoki doimiy oshiqcha
namlanishi va anaerobiozis va oksidlanish-qaytarilishi potentsiali.ning past
ko'rsatkichlari sharoitida qaytarilish jarayonlari rivojlanishining natijasi hisoblanadi.
Ko'p jihatdan bu, tuproq mikroflorasining anaerob faoliyati bilan bog'liq bo'lgan,
biokimyoviy jarayondir, qaysiki tuproqni sun'iy gleylanishi bo'yicha o'tkazilgan ko'p
sonli eksperimentlar bilan isbotlangan. Bunda, organik moddalar va temir, marganets,
oltingugurt birikmalarining oksidlanish-qaytarilish transformatsiyasi hisobiga
energiya oladigan, mikroorganizmlar katta rolь o'ynaydi.
Odatda
gley
gorizontlari o'simliklar uchun zararli ko'pgina moddalarni, shuningdek zararli gazlar-
metan, fosfin, kam oksidlangan azot va uglerod oksidlarini saqlaydi. O'simliklar
uchun qulay azot ammiakli shaklda uchraydi, nitratlar amalda umuman yo'q
Tuproqnig gleylanishi yoppasiga bo'lmaydi: gleylangan gorizontlarda oksidlangan va
qaytarilgan zonalarning almashinishi kuzatiladi. Gleylashgan gorizontlar tusining