Giyohvandlik ijtimoiy-pedagogik muammo sifatida
Reja
1.Giyohvandlik muammosi.
2.Narkotik moddalarning turlari va tasnifi.
3.O’smirlar giyohvandligining sabablari va oqibatlari.
Tayanch tushunchalar: Giyovandlik, Taksikomaniya, biologik, ijtimoiy
psixologik jinoiy, Programmalashtirish nazariyasi va boshq.
Giyovanlik bolalar deviant xulq-atvorining shakllaridan biri sifatida.
Giyovandlik deganda eyforiya holatini keltirib chiqaruvchi moddalarga ishtiyoq
tushuniladi. Eyforiya-haqiqiyahvolga mos kelmagan holda kayfiyatning ko’tarinki
bo’lishi holatidir. Giyovand moddalarni iste’mol qilish nafaqat alohida shaxsga
balki jamiyatga ham zarar keltiradi.Ijtimoiytibbiy sohada giyovand moddalarni
iste’mol qilishning ikki turi mavjud: 1) giyovand giyovand moddalarni iste’mol
qilishni o’z ixtiyori bilan chek qo’yishi mumkin bo’lgan holat, 2) u bu ishni
qilishga qurbi yetmaydigan holat. Giyovandlikning ijtimoiy pedagogik yo’nalishda
o’rganish uni giyovandlikka jismoniy yoki ruhiy tobelik bilan xarakterlanadigan
deviant xulq-atvor shakli ekanligini aniqlasa bo’ladi. Bu tobelik bolani jismoniy
yoki ruhiy ishdan chiqishiga, shaxsning ijtimoiy adaptatsiyasiga olib
keladi.Giyovandlikning
turlaridan
biri
taksikomaniya
hisoblanadi.
Taksikomaniyada giyovand modda o’rniga organizmga benzin kabi maishiy kimyo
vositalar kiritiladi.Taksikomanlar odatda 13-14 yoshli o’smirlar bo’lib, ular
o’zorganizlarining
zaharlanishi
oqibatlarini
tushuna
olishmaydi.
Taksikomaniyaning xavfi shundaki bolalar organizm zaharlanishi natijasida yo
nobud bo’lishadi yoki shunga olib boruvchi harakatlar sodir etishadi. Taksikoman
tirik qolgan taqdirda ham bola organizmiga zaharli moddalarning ta’siri juda
yomon oqibatlar-nogironlik, aqlinorasolikka olib keladi.Giyovandlik hozirgi kunda
quyidagi sabablarga ko’ra jiddiy muammo hisoblanadi:-o’smir yoshidagi
giyovandlarning ommaviy ko’payishi.-qimmat turuvchi va kuchli ta’sir
ko’rsatuvchi narkotik moddalarni iste’mol qilishning keng tarqalishi.-giyovand
bolalar va o’smirlar ijtimoiy maqomining o’zgarishi.Agar 5 yil avval bular asosan
noxush oilalarda voyaga yetgan farzandlar bo’lsa, hozirgi kunda giyovand bolalar
va o’smirlar safi yuqori daromadli oilalar farzandlari bilan to’lib bormoqda. Bu
oilalardagi o’smirning moliyaviy erkinligi, yuqori bo’lmagan axloqiy normalar
alohida yoshlar submadaniyatini shakllantirishga olib keldi. U submadaniyatlarda
yetakchi qadriyat vazifasini erkin vaqt o’tkazish bajaradi. Giyovand moddalar esa
muayyan hayot tarzining xususiyati hisoblanadi. Mashhur dikotekalar, rok-
yulduzlar konsertlari giyovand moddalar iste’mol qilinadigan xavfli joylarga
aylangan.Bugungi kunda garchi bir dozasi uchun narxi 50-150$ bo’lsa ham
kokoin, geroin, “ekstozi” tabletkalari kabi giyovand moddalarni iste’mol qilish
katta xavf tug’dirmoqda. birinchi iste’mol qilish bosqichi “yarim giyovandlik”
bosqichiga aylanib unda o’smir turli narkotik vositalarni qayta-qayta iste’mol qila
boshlaydi. Turli narkotiklarni iste’mol qilgan o’smir ularning ichidan birini tanlab
oladi. Bu yerda chetga chiquvchi xulq-atvorning kasallikka aylanishi haqida
gapirish mumkin. CHunki kerakli narkotik turi tanlangach giyovandning
avvalruhiy, so’ngra jismoniy tobeligi boshlanadi.O’smirlik davrining
qiyinchiliklari haqida yuqorida to’xtalib o’tilgan edi. O’smir guruhlar o’z
xususiyatlariga ega bo’lib, ular:-kattalarning g’amxo’rligiga qarshi chiqish-
tengdoshlar bilan guruhlarga birlashish kabi o’smir xulq-atvor reaksiyalari bilan
bog’liq.O’smirning giyovandlik xulq-atvori asosida ma’lum sabablar yotadi:1.
shaxsning xarakteri ko’rsatkichlari2. ruhiy va jismoniy og’ishlar3. uning
shaxsiyatiga turli omillar ta’siri:a) biologik omillar-narkotik vositalarga nisbatan
bag’rikenglik, kasallik, charchoq munosabati bilan giyovand moddalar qabul
qilish;b) ruhiy-eyforiya holatini boshdan kechirishga qiziqish, o’zini namoyon
qilishga intilish, ijobiy ijtimoiy qiziqishlarning yo’qligi, ruhiyatning buzilishi;v)
ijtimoiytengdoshlar guruhlari, moddaning ta’siri;d) ijtimoiymadaniy va
submadaniyatning ta’siri-ba’zi yoshlar guruhlari narkotiklarni hayotning ajralmas
bo’lagi deb hisoblashadi;e) yoshlarning givandlashuv muammolarini uzoq vaqt
oshkorqilmasliklari;j) sobiq mafkuraviy va ijtimoiy institutlarning barham topishi,
o’smirlarning g’arb madaniyati bilan qiziqib qolishlari;z) narkotiklarga yetishish
mumkinligi.YOshlar giyovandigi bilan shug’ullanayotgan pedagoglar va olimlar
o’smirlarning giyovand moddalarni iste’mol qilishlari sabablari haqida o’z
nazariyalarini ilgari surmoqdalar. Bu nazariyalarning mazmuni va nomlanishi ular
qaysi
omillarni
eng
muhim
deb
hisoblashlariga
ko’ra
aniqlanadi.Programmalashtirish nazariyasining tarafdorlari (G.A.SHichko,
E.I.Bextel, A.N.Mayurov, S.N.SHeverdin, F.G.Uglov, A.A.Gabiani,
A.I.Durandina, Dj.di Djennaro va boshqalar) ijtimoiymadaniy omilni yaqqol
ajratib, o’smir spirtli ichimlik, giyovand moddalarni iste’mol qilishi jamiyatda
keng tarqalgan ichish-chekish an’analari, spirtli ichimliklar reklamasi,
atrofdagilarning yomon namunasi oqibati deb hisoblashadi. Demak, o’quvchilarni
informatsion va psixologikantialkogol himoya bilan qurollantirish lozim.Ijtimoiy
pedagogik qarovsizlik nazariyasi tarafdorlari (D.V.Kolesov, V.Guldman,
M.Raytenberg, A.F.Boyko, B.S.Bratus va P.I.Sidirov) bolalar va o’smirlarning
giyovand xulq-atvorini mikro ijtimoiy muhitning noxush sharoitlari va o’smirning
psixologik xususiyatlari keltirib chiqaradi deb hisoblashadi. Muammoning
yechimini bu nazariya tarafdorlari o’quvchilarning ijtimoiy pedagogik
qarovsizliklarini oldini olishda deb ko’rsatishadi.
Bulardan kelib chiqqan holda shunday savol tug’iladi-voyaga
yetmaganlarning giyovand bo’lib qolishlariga nima sabab bo’lmoqda? Bunda
hammasi muayyan bir shaxsga bog’liq.Giyovandlikning nafaqat o’zi, balki ashxs
rivojlanishi, uning ijtimoiy hayotda ishtirok etishi uchun yomon oqibatlarni keltirib
chiqarishi ham salbiy hodisadir.Giyovandlik oqibatlari 3 turga ajratiladi: biologik,
ijtimoiypsixologik va jinoiy.Biologik oqibatlarga faollik, shaxsning quvvat
zahirasining tushishi, biologik ehtiyojlarning kamayishi (ovqat, uyqu), qarshilik
ko’rsatishning
pasayishi,
bola
organizmining
barbod
bo’lishi
kiradi.Ijtimoiypsixologik oqibatlarni bolaning axloqiy degradatsiyasi deb
xarakterlasak bo’ladi. Avval unda giyovand modda iste’mol qilishdan boshqa
qiziqishlari va ehtiyojlari pasayadi, so’ngra umuman yo’q bo’lib ketadi. Giyovand
moddaga qiziqish butun hayotning o’rnini bosadi. Atrof-muhit giyovand
tomonidan giyovand moddalarni topishni va iste’mol qilishni og’irlashtiruvchi va
yengillashtiruvchi nuqtai nazardan baholanadi. Jamiyat bilan foydali ijtimoiy
aloqalar uziladi (giyovand do’stlaridan ajraladi, o’qishni xohlamaydi). Ruhiy qulay
holat faqatgina giyovand moddaning kerakli me’yori iste’mol qilinganda yuzaga
kelishi mumkin.Giyovandlikning jinoiy oqibatlari biologik va ijtimoiypsixologik
oqibatlar bilan izohlanadi. Bu o’zaro aloqaning mexanizmi quyidagi ko’rinishga
ega. Giyovand o’z qiziqishi, ehtiyojlarini qondirish uchun o’qishni yoki ishini
tashlashi kerak. CHunki uning vaqti faqat giyovand moddalar izlash bilan o’tadi.
Ularni doimiy xarid qilishga mablag’ yetishmaganligidan giyovand
ularninoqonuniy yo’l bilan qo’lga kiritish yo’llarini izlaydi (o’g’irlik, talon-taroj
orqali). Pul yo’q bo’lgan hollarda narkoman o’z maqsadiga yetishish uchun har
nimaga xatto qotillikka ham tayyor bo’ladi. Narkotik vositalarni noqonuniy ishlab
chiqarish, qo’lga kiritish, saqlash yoki sotish, bolalarni narkotik moddalar iste’mol
qilishga undash, tarkibida narkotik moddalar bo’lgan o’simliklarni yetishtirish,
narkotik iste’mol qilish uchun maxsus joylarni tashkil qilish bilan bog’liq
jinoyatlar boshqa guruhga mansubdir.Giyovand moddalarni iste’mol qiluvchi
o’smirlarni aniqlash muayyan qiyinchilik tug’diradi, ularni bevosita davolash bilan
tibbiy-narkologik xizmat ko’rsatuvchilar shug’ullanishadi, ijtimoiypedagogning
maktabdagi asosiy faoliyati narkomaniya profilaktikasidir.Milliy va xorij
pedagogik adabiyotlarida zararli odatlar profilaktikasi masalalarini o’rganish shuni
ko’rsatadiki, yosh avlodning giyovandlikka qarshi tarbiyasi masalasida ikki asosiy
tendensiya kuzatiladi: axborot-faoliyat yondoshuvi (milliy adabiyotlarda) va