Global inqirozlar davrida yuksak ma’naviyatning dolzarbligi

Time

Yuklangan vaqt

2025-11-08

Downloads

Yuklab olishlar soni

0

Pages

Sahifalar soni

7

File size

Fayl hajmi

36,4 KB


Global inqirozlar davrida yuksak ma’naviyatning dolzarbligi.
Reja:
1. Inson ma’naviyatini shakllantiradigan omillar. 
2. Xalqaro miqyosda ro‘y berayotgan global inqirozlar davrida yuksak
ma’naviyatning dolzarbligi masalalari. 
3. Globallashuv va ma’naviy inqiroz.
Global  ongni  shakllantirish  zaruriyati.  Globallashuv  jarayonlarini
nazariy jihatdan anglab etish va global muammolarni bartaraf etish nafaqat o‘ta
og‘ir  va  uzoq  davom  etadigan,  balki  kutilgan  natijalarga  qanday  erishish
mumkinligi xususida hali aniq javoblar va uzil-kesil echimlarga ega bo‘lmagan
ishdir. Ayni vaqtda aksariyat tadqiqotchilar global tangliklarni bartaraf etish
imkoniyatini  ommaviy  ongda  yangicha  axloqning  shakllanishi  va
mustahkamlanishi,  madaniyatning  rivojlanishi  va  uning  insonparvarlashuvi
bilan bog‘lamoqdalar. Buning uchun jiddiy asoslar bor, zero odamlarning fe’l-
atvori, xatti-harakatlari, pirovard natijada esa ular erishishga harakat qiladigan
natija asosan ularning hayotga munosabati va fikrlash tarzi bilan belgilanadi. 
Darhaqiqat,  asrlar  mobaynida  saqlanib  qolayotgan  dunyo  haqidagi
tasavvurlarni o‘zgartirish, qotib qolgan fikrlash andozalarini bartaraf etish va
odamlar ongida insoniylikning yangicha tamoyillarini shakllantirishning o‘zi
umuminsoniy  muammolar  echimi  emasligi  ham  ravshan.  Bu  mazkur
muammolarni bartaraf etish yo‘lidagi zarur, lekin faqat birinchi qadam va u
muttasil o‘zgaruvchi vaziyatga mos bo‘lgan va hozirgi davr ruhini aniq aks
ettiradigan dunyoqarashning shakllanishi bilan bog‘liq. Bunday yangilangan
dunyoqarash zamirida faqat so‘nggi yuz yillikka xos bo‘lgan jamiyat hayoti
internatsionallashuvining  keskin  o‘sishi  bilan  belgilanadigan  ijtimoiy
munosabatlarning yangicha mazmuni va shakl-shamoyillarini aks ettiruvchi
Logotip
Global inqirozlar davrida yuksak ma’naviyatning dolzarbligi. Reja: 1. Inson ma’naviyatini shakllantiradigan omillar. 2. Xalqaro miqyosda ro‘y berayotgan global inqirozlar davrida yuksak ma’naviyatning dolzarbligi masalalari. 3. Globallashuv va ma’naviy inqiroz. Global ongni shakllantirish zaruriyati. Globallashuv jarayonlarini nazariy jihatdan anglab etish va global muammolarni bartaraf etish nafaqat o‘ta og‘ir va uzoq davom etadigan, balki kutilgan natijalarga qanday erishish mumkinligi xususida hali aniq javoblar va uzil-kesil echimlarga ega bo‘lmagan ishdir. Ayni vaqtda aksariyat tadqiqotchilar global tangliklarni bartaraf etish imkoniyatini ommaviy ongda yangicha axloqning shakllanishi va mustahkamlanishi, madaniyatning rivojlanishi va uning insonparvarlashuvi bilan bog‘lamoqdalar. Buning uchun jiddiy asoslar bor, zero odamlarning fe’l- atvori, xatti-harakatlari, pirovard natijada esa ular erishishga harakat qiladigan natija asosan ularning hayotga munosabati va fikrlash tarzi bilan belgilanadi. Darhaqiqat, asrlar mobaynida saqlanib qolayotgan dunyo haqidagi tasavvurlarni o‘zgartirish, qotib qolgan fikrlash andozalarini bartaraf etish va odamlar ongida insoniylikning yangicha tamoyillarini shakllantirishning o‘zi umuminsoniy muammolar echimi emasligi ham ravshan. Bu mazkur muammolarni bartaraf etish yo‘lidagi zarur, lekin faqat birinchi qadam va u muttasil o‘zgaruvchi vaziyatga mos bo‘lgan va hozirgi davr ruhini aniq aks ettiradigan dunyoqarashning shakllanishi bilan bog‘liq. Bunday yangilangan dunyoqarash zamirida faqat so‘nggi yuz yillikka xos bo‘lgan jamiyat hayoti internatsionallashuvining keskin o‘sishi bilan belgilanadigan ijtimoiy munosabatlarning yangicha mazmuni va shakl-shamoyillarini aks ettiruvchi
yangicha insoniylik yotishi lozim. Mazkur  yangicha insoniylik global ongni
shakllantirishga  qaratilishi  va  uch  asosiy  negiz:  globallik  tuyg‘usi,
zo‘ravonlikka  nisbatan  murosasizlik  va  insonning  asosiy  huquqlarini  tan
olishdan kelib chiqadigan adolatparvarlikni o‘z ichiga olishi darkor. 
Xalqaro  kuchlarning  birlashuvi.  Odamlar  dunyoqarashi  nafaqat
ularning dunyo haqidagi bilimlarida, balki ular bu bilimni qanday talqin qilishi,
qanday xulosalar chiqarishi va qanday ish ko‘rishida ham namoyon bo‘ladi.
SHu sababli global muammolarni butun dunyo bahamjihat hal qilishi lozimligi
to‘g‘risida so‘z yuritar ekanmiz, insoniyat nazariyada muayyan yutuqlarga va
ba’zi  bir  amaliy  natijalarga  erishgan  holda,  dunyo  rivojlanishining  salbiy
jarayonlarini  to‘xtatishga  hali  muvaffaq  bo‘lmaganini  e’tibordan  chetda
qoldirishimiz  mumkin  emas.  Xalqaro  kuchlarning  muayyan  darajada
birlashuvi,  ularning  muvofiqlashtirilgan,  izchil  va  eng  muhimi,  samarali
harakatlari ham hali mavjud emas. Nega shunday bo‘lyapti va bunga nima
xalaqit  beryapti?  Hozirgi  rang-barang  va  ziddiyatlarga  to‘la  dunyoda
kelishilgan harakatlarni amalga oshirish mumkinmi? Agar mumkin bo‘lsa,
bunga qanday asosda erishish mumkin? Bular bugungi kunda ijtimoiy tafakkur,
shu jumladan falsafa echishga harakat qilayotgan bosh masalalardir. 
Tarixiy tajriba turli xalqlarning yaqinlashuvi ularning manfaatlari mos
kelgan joyda ayniqsa yaxshiroq yuz berishini ko‘rsatadi. O‘zaro manfaatdorlik
turli  qiyinchiliklarni  tez  bartaraf  etish,  savdo-sotiqni  faol  rivojlantirish,
iqtisodiy, siyosiy va madaniy aloqalarni mustahkamlashga ko‘maklashadi. 
Odatda bu yo‘lda engishga to‘g‘ri keladigan eng katta qiyinchiliklar
eskicha qarashlar, qotib qolgan fikrlash uslubi, an’analar bilan bog‘liq bo‘ladi.
Ular o‘zgarish xususiyatiga ega, lekin bu juda uzoq, katta qiyinchiliklar bilan
tashqi yoki ichki omillar ta’sirida yuz beradi. Masalan, tashqi omillar qatoriga
ekologik tanglikning kuchayishi, «demografik portlash» oqibatlari, urush xavfi
va nafaqat odamlarning turmush tarzini sezilarli darajada o‘zgartirgan, balki
ularning ongiga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatgan boshqa global muammolar kiradi.
Ichki omillar inson manfaati, uning sub’ektiv, shaxsiy asosi bilan bog‘liq. U
yoki bu muammolarning keskinlik darajasi, hatto buning uchun zarur shart-
sharoit  va  etarli  asoslar  paydo  bo‘lgan  hollarda  ham,  nima  uchun
Logotip
yangicha insoniylik yotishi lozim. Mazkur yangicha insoniylik global ongni shakllantirishga qaratilishi va uch asosiy negiz: globallik tuyg‘usi, zo‘ravonlikka nisbatan murosasizlik va insonning asosiy huquqlarini tan olishdan kelib chiqadigan adolatparvarlikni o‘z ichiga olishi darkor. Xalqaro kuchlarning birlashuvi. Odamlar dunyoqarashi nafaqat ularning dunyo haqidagi bilimlarida, balki ular bu bilimni qanday talqin qilishi, qanday xulosalar chiqarishi va qanday ish ko‘rishida ham namoyon bo‘ladi. SHu sababli global muammolarni butun dunyo bahamjihat hal qilishi lozimligi to‘g‘risida so‘z yuritar ekanmiz, insoniyat nazariyada muayyan yutuqlarga va ba’zi bir amaliy natijalarga erishgan holda, dunyo rivojlanishining salbiy jarayonlarini to‘xtatishga hali muvaffaq bo‘lmaganini e’tibordan chetda qoldirishimiz mumkin emas. Xalqaro kuchlarning muayyan darajada birlashuvi, ularning muvofiqlashtirilgan, izchil va eng muhimi, samarali harakatlari ham hali mavjud emas. Nega shunday bo‘lyapti va bunga nima xalaqit beryapti? Hozirgi rang-barang va ziddiyatlarga to‘la dunyoda kelishilgan harakatlarni amalga oshirish mumkinmi? Agar mumkin bo‘lsa, bunga qanday asosda erishish mumkin? Bular bugungi kunda ijtimoiy tafakkur, shu jumladan falsafa echishga harakat qilayotgan bosh masalalardir. Tarixiy tajriba turli xalqlarning yaqinlashuvi ularning manfaatlari mos kelgan joyda ayniqsa yaxshiroq yuz berishini ko‘rsatadi. O‘zaro manfaatdorlik turli qiyinchiliklarni tez bartaraf etish, savdo-sotiqni faol rivojlantirish, iqtisodiy, siyosiy va madaniy aloqalarni mustahkamlashga ko‘maklashadi. Odatda bu yo‘lda engishga to‘g‘ri keladigan eng katta qiyinchiliklar eskicha qarashlar, qotib qolgan fikrlash uslubi, an’analar bilan bog‘liq bo‘ladi. Ular o‘zgarish xususiyatiga ega, lekin bu juda uzoq, katta qiyinchiliklar bilan tashqi yoki ichki omillar ta’sirida yuz beradi. Masalan, tashqi omillar qatoriga ekologik tanglikning kuchayishi, «demografik portlash» oqibatlari, urush xavfi va nafaqat odamlarning turmush tarzini sezilarli darajada o‘zgartirgan, balki ularning ongiga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatgan boshqa global muammolar kiradi. Ichki omillar inson manfaati, uning sub’ektiv, shaxsiy asosi bilan bog‘liq. U yoki bu muammolarning keskinlik darajasi, hatto buning uchun zarur shart- sharoit va etarli asoslar paydo bo‘lgan hollarda ham, nima uchun
pasaymayapti, degan savolga javob topishda yuqorida zikr etilgan omillar,
ayniqsa manfaat omili albatta hisobga olinishi lozim. 
Global muammolarni hal qilishda xususiy va umumiy manfaatlar.
Har bir xalq, har bir mamlakat xalqaro munosabatlarning u yoki bu tartibida,
davlatlararo savdo oqimlarining yo‘nalishi va kapitallarning taqsimlanishida
o‘z muayyan manfaatiga ega bo‘ladi. Ular tabiiy resurslardan foydalanish,
atrof muhitni saqlash va shu kabi masalalarda doim o‘z manfaatlarini himoya
qiladiki, bu ularning siyosatida umumiy masalalarda ham, xususiy masalalarda
ham bevosita aks etadi va boshqa mamlakatlar siyosatiga o‘xshamasligiga
sabab bo‘ladi. Ba’zan ichki manfaatlar umumiy manfaatlardan ustunlik qiladi.
Bunday  hollarda  mazkur  siyosat  boshqa  davlatlarning  manfaatlariga  zid
ravishda amalga oshiriladi. Masalan, ekologiya nuqtai nazaridan bu qo‘shni
hududlarda  yashovchi  xalqlarning  qarama-qarshi  manfaatlari  to‘qnashgan
hollarda ko‘p kuzatiladi. 
Ammo  hozir,  jamiyat  hayotining  internatsionallashuvi  va  iqtisodiy
aloqalarning o‘sib borayotgan integratsiyalashuvi sharoitida, sayyoramizning
turli  burchaklarida  jahon  hamjamiyatining  yadro  urushi,  ekologik  tanglik,
demografik keskinlik va resurslar taqchilligini bartaraf etishdan iborat ob’ektiv
manfaatlarini o‘zlarining umumiy manfaati deb biluvchi odamlar soni tobora
ko‘payib bormoqda. Ma’rifatli siyosiy va jamoat arboblari yanada aniqroq
anglab  etayotgan  kelishilgan  harakatlarga  bo‘lgan  bu  ob’ektiv  ehtiyoj
hozirning o‘zidayoq ayrim davlatlar xulq-atvoriga ta’sir ko‘rsatmoqda va hatto
ularning ichki va tashqi siyosatini ma’lum darajada belgilamoqda. 
Inqiroz  ildizlari.  Ayrim  mamlakatlarda  ham,  butun  dunyoda  ham
barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishga erishish texnokratik jamiyat tuzilishi
va  mohiyatidan  kelib  chiqadigan  katta  qiyinchiliklar  bilan  bog‘liq.  U
kompyuter inqilobi ta’sirida o‘zgarganiga qaramay, texnogen sivilizatsiyaning
asosiy shakl-shamoyillarini saqlab qolmoqda va shu sababli hozirda mavjud
ko‘rinishda nafaqat bunday jamiyat tanqidchilarini, balki texnika taraqqiyoti
tarafdorlari  (texnokratik  optimistlar)  sobiq  izdoshlarining  bir  qismini  ham
qanoatlantirmayapti. 
Logotip
pasaymayapti, degan savolga javob topishda yuqorida zikr etilgan omillar, ayniqsa manfaat omili albatta hisobga olinishi lozim. Global muammolarni hal qilishda xususiy va umumiy manfaatlar. Har bir xalq, har bir mamlakat xalqaro munosabatlarning u yoki bu tartibida, davlatlararo savdo oqimlarining yo‘nalishi va kapitallarning taqsimlanishida o‘z muayyan manfaatiga ega bo‘ladi. Ular tabiiy resurslardan foydalanish, atrof muhitni saqlash va shu kabi masalalarda doim o‘z manfaatlarini himoya qiladiki, bu ularning siyosatida umumiy masalalarda ham, xususiy masalalarda ham bevosita aks etadi va boshqa mamlakatlar siyosatiga o‘xshamasligiga sabab bo‘ladi. Ba’zan ichki manfaatlar umumiy manfaatlardan ustunlik qiladi. Bunday hollarda mazkur siyosat boshqa davlatlarning manfaatlariga zid ravishda amalga oshiriladi. Masalan, ekologiya nuqtai nazaridan bu qo‘shni hududlarda yashovchi xalqlarning qarama-qarshi manfaatlari to‘qnashgan hollarda ko‘p kuzatiladi. Ammo hozir, jamiyat hayotining internatsionallashuvi va iqtisodiy aloqalarning o‘sib borayotgan integratsiyalashuvi sharoitida, sayyoramizning turli burchaklarida jahon hamjamiyatining yadro urushi, ekologik tanglik, demografik keskinlik va resurslar taqchilligini bartaraf etishdan iborat ob’ektiv manfaatlarini o‘zlarining umumiy manfaati deb biluvchi odamlar soni tobora ko‘payib bormoqda. Ma’rifatli siyosiy va jamoat arboblari yanada aniqroq anglab etayotgan kelishilgan harakatlarga bo‘lgan bu ob’ektiv ehtiyoj hozirning o‘zidayoq ayrim davlatlar xulq-atvoriga ta’sir ko‘rsatmoqda va hatto ularning ichki va tashqi siyosatini ma’lum darajada belgilamoqda. Inqiroz ildizlari. Ayrim mamlakatlarda ham, butun dunyoda ham barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishga erishish texnokratik jamiyat tuzilishi va mohiyatidan kelib chiqadigan katta qiyinchiliklar bilan bog‘liq. U kompyuter inqilobi ta’sirida o‘zgarganiga qaramay, texnogen sivilizatsiyaning asosiy shakl-shamoyillarini saqlab qolmoqda va shu sababli hozirda mavjud ko‘rinishda nafaqat bunday jamiyat tanqidchilarini, balki texnika taraqqiyoti tarafdorlari (texnokratik optimistlar) sobiq izdoshlarining bir qismini ham qanoatlantirmayapti.
Ularning aksariyati fikriga ko‘ra, hozirgi G‘arb sivilizatsiyasi insoniyat
uchun shikastli bo‘lgan ko‘pgina ziddiyatlarni yuzaga keltirdi, chunki uning
zamirida  tabiat  va  uning  resurslariga  nisbatan  iste’molchilik  yondashuvi
yotadi.  Tegishli  qadriyatlar  tizimidan  mustahkam  o‘rin  olgan  bunday
tasavvurlar tarixan sanoat inqilobi, keyinroq - fan-texnika inqilobi davrida
shakllangan bo‘lib, o‘z ildizlari bilan inson, xuddi Erdagi Xudo kabi, dunyoni
bunyod  etadi,  uni  tabiat  imkoniyatlari  va  o‘z  imkoniyatlari  bilan
hisoblashmasdan o‘z ixtiyoriga ko‘ra o‘zgartiradi, degan dunyoqarashga borib
taqaladi. Pirovardda nafaqat ekologik va demografik tangliklar, balki ma’naviy
inqiroz ham yuzaga keladi, bunda avvalgi dunyoqarash mo‘ljallari ob’ektiv
sharoit  tazyiqi  ostida o‘zgarayotgan  amaliyot  bilan to‘qnashadi. SHu bois
O‘zbekistonda aynan ma’naviy inqirozning oldini olish maqsadida 1994 yilda
“Ma’naviyat  va ma’rifat”  jamoatchilik markazi  tashkil  qilindi, 1996 yilda
markaz faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha hukumat qarori qabul qilindi va
unga ko‘ra 1997 yildan barcha ta’lim muassasalarida “Ma’naviyat asoslari”
fanini  o‘qitish joriy qilindi. 1999 yilda O‘zbekiston Respublikasi  Vazirlar
mahkamasi  huzurida  Ma’naviyat  va  ma’rifat  markazlari  faoliyatini
muvofiqlashtiruvchi  Ma’naviyat  kengashi  tashkil  qilindi.  2008  yilda
respublikamiz  prezidenti  Islom  Karimov  o‘zining  “YUksak  ma’naviyat
engilmas kuch” asarida ma’naviy tahdidlar va ma’naviy yuksalish omillarini
nazariy  asosladi,  zero  “Ma’naviyat-insonning  ulg‘ayish  va  kuch-qudrat
manbaidir”1, faqat ma’nan etuk insongina har qanday tahdidga qarshi kurashga
o‘zida kuch topishi mumkin. 
YAngi qadriyatlar tizimi. Ayni shu sababli qadriyatlar muammosi,
ijtimoiy  rivojlanishning  yangi  ustuvorliklarini  va  boshqa  dunyoqarash
mo‘ljallarini  izlash  jamiyatni  ma’naviy  yangilashning  bosh  vazifalariga
aylanadi. Bugungi kunda turli mamlakatlarning olimlari boshqa qadriyatlarga
muvofiq  bunyod  etilgan  o‘zga  sivilizatsiyaga  o‘tish  amalga  oshirilgan
taqdirdagina insoniyat ekologik va boshqa global muammolarni bartaraf eta
olishi mumkinligini deyarli yakdillik bilan qayd etmoqdalar. Ularning fikricha,
mazkur qadriyatlar tabiat va uning ehtiyojlarini tabiatdan ustun qo‘yuvchi
antropotsentrizmga  emas,  balki  hayot  fenomenining  betakrorligiga  va
1 Каримов И.А. Юксак маънавият-енгилмас куч. -Т.: Маънавият, 2008. –Б.18.
Logotip
Ularning aksariyati fikriga ko‘ra, hozirgi G‘arb sivilizatsiyasi insoniyat uchun shikastli bo‘lgan ko‘pgina ziddiyatlarni yuzaga keltirdi, chunki uning zamirida tabiat va uning resurslariga nisbatan iste’molchilik yondashuvi yotadi. Tegishli qadriyatlar tizimidan mustahkam o‘rin olgan bunday tasavvurlar tarixan sanoat inqilobi, keyinroq - fan-texnika inqilobi davrida shakllangan bo‘lib, o‘z ildizlari bilan inson, xuddi Erdagi Xudo kabi, dunyoni bunyod etadi, uni tabiat imkoniyatlari va o‘z imkoniyatlari bilan hisoblashmasdan o‘z ixtiyoriga ko‘ra o‘zgartiradi, degan dunyoqarashga borib taqaladi. Pirovardda nafaqat ekologik va demografik tangliklar, balki ma’naviy inqiroz ham yuzaga keladi, bunda avvalgi dunyoqarash mo‘ljallari ob’ektiv sharoit tazyiqi ostida o‘zgarayotgan amaliyot bilan to‘qnashadi. SHu bois O‘zbekistonda aynan ma’naviy inqirozning oldini olish maqsadida 1994 yilda “Ma’naviyat va ma’rifat” jamoatchilik markazi tashkil qilindi, 1996 yilda markaz faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha hukumat qarori qabul qilindi va unga ko‘ra 1997 yildan barcha ta’lim muassasalarida “Ma’naviyat asoslari” fanini o‘qitish joriy qilindi. 1999 yilda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasi huzurida Ma’naviyat va ma’rifat markazlari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Ma’naviyat kengashi tashkil qilindi. 2008 yilda respublikamiz prezidenti Islom Karimov o‘zining “YUksak ma’naviyat engilmas kuch” asarida ma’naviy tahdidlar va ma’naviy yuksalish omillarini nazariy asosladi, zero “Ma’naviyat-insonning ulg‘ayish va kuch-qudrat manbaidir”1, faqat ma’nan etuk insongina har qanday tahdidga qarshi kurashga o‘zida kuch topishi mumkin. YAngi qadriyatlar tizimi. Ayni shu sababli qadriyatlar muammosi, ijtimoiy rivojlanishning yangi ustuvorliklarini va boshqa dunyoqarash mo‘ljallarini izlash jamiyatni ma’naviy yangilashning bosh vazifalariga aylanadi. Bugungi kunda turli mamlakatlarning olimlari boshqa qadriyatlarga muvofiq bunyod etilgan o‘zga sivilizatsiyaga o‘tish amalga oshirilgan taqdirdagina insoniyat ekologik va boshqa global muammolarni bartaraf eta olishi mumkinligini deyarli yakdillik bilan qayd etmoqdalar. Ularning fikricha, mazkur qadriyatlar tabiat va uning ehtiyojlarini tabiatdan ustun qo‘yuvchi antropotsentrizmga emas, balki hayot fenomenining betakrorligiga va 1 Каримов И.А. Юксак маънавият-енгилмас куч. -Т.: Маънавият, 2008. –Б.18.