GLOBAL IQLIM EVOLYUSIYASI
REJA:
1. Turli geologik davrlarda Er iqlimidagi o‘zgarishlar.
2. Hozirgi zamon iqlim o‘zgarishi.
XI-XIII asrlarda Evrorada iqlim yumshoq va quruq bo‘lgan. XVII asrdan
XIX asr o‘rtalarigacha iqlim sovuq va nam bo‘lgan, muzliklarning maydoni
kengaygan. XIX asrdan boshlab iqlim iliqlasha boshlagan.
To‘rtlamchi davrdagi muz bosishlar haqida eshitgansiz. o‘ylab ko‘ringchi,
aynan shu davrga kelib Er iqlimini keskin sovib ketishiga nima sabab bo‘lgan
ekan?
Erning paydo bo‘lishi tarixida iqlimning o‘zgarib kelganligiga hech shubha
yo‘q. Erning rivojlanish tarixida flora va faunaning o‘zgarib turganligi buning
yaqqol dalilidir.
Geologik ma’lumotlarga ko‘ra iqlim juda katta o‘zgarishlarga duch kelgan.
Er sharida quruqlik va suvlikning makon, hajm va sifat jihatidan o‘zgarishlari,
orografik o‘zgarishlar, vulqonlar faoliyatining o‘zgarishi, atmosfera tarkibining
o‘zgarishlari iqlimning keskin o‘zgarib turganligidan dalolat beradi.
Organik va anorganik qazilmalarni analiz qilish shuni ko‘rsatadiki, qadimda
iqlimning ta’siri hozirgi davrdagiga o‘xshash flora va faunani emirilishga ta’sir
ko‘rsatgan.
Kembriy davridan boshlab Ohaktoshli kaliy qatlamlarning raydo bo‘lishi
nisbatan iliq iqlim hukm surganligidan dalolat beradi. Yevrorada qo‘ng‘ir ko‘mir
konlari miotsen davrining boshlarigacha raloma daraxtlari o‘sganligidan dalolat
beradi. Uchlamchi davr boshlarida qazilmalarda baliqlarning torilishi, iqlimning
soviy boshlaganligining isbotidir.
Quyosh vaqtinchalik yulduz kabi harakat qilganligi sababli quyoshdan
keladigan radiatsiya miqdori o‘zgarib turgan. Lekin bu farazni tekshirib ko‘rish
imkoniyati yo‘qligi uchun bu farazni ham to‘g‘ri deyish mumkin emas.
Er o‘z hayoti davomida turli xildagi yulduzlararo moddalar orasidan
o‘tganligi tufayli bu moddalar turlicha radiatsiya miqdorini yutgan va shu tufayli er
turli davrlarda turlicha radiatsiya qabul qilgan. Natijada shunga bog‘liq holda iqlim
o‘zgargan.
Haqiqatga yaqinroq faraz - iqlimning o‘zgarishi quyosh aktivligining
o‘zgarishi tufayli atmosfera umumiy sirkulyasiyasining o‘zgarishiga sabab bo‘lgan
va natijada Er sharining iqlimi o‘zgarib turgan. SHunga qo‘shimcha holatda er
yuzasi holatining o‘zgarishi, Er o‘lchamining o‘zgarishi, materik va okeanlarning
o‘zgarishi, tog‘ raydo bo‘lish jarayonlari, okean oqimlarining o‘zgarishi va h.k.
Tarixiy epoxalarda iqlimning o‘zgarishining sodir bo‘lishi hozirgi davrgacha
davom etib kelmoqda. Geologik o‘tmishda iqlim o‘zgarishini aniq davrini aniqlash
qiyin. Tarixiy eroxalarda iqlimning o‘zgarishini quyidagi belgilar orqali aniqlash
mumkin. Masalan: Muzliklarning bostirib kelishi va qaytishi, dengiz va ko‘llar
maydonining kengayishi va torayishi, daraxt tanalarining ingichka yoki
yo‘g‘onligi, arxeologik ma’lumotlar va h.k. Bundan tashqari iqlim o‘zgarishi,
tarixiy qo‘lyozmalardan, qishloq xo‘jalik ekinlarining hosildorligidan ham bilish
mumkin.
Keyingi II-III asrda asosiy kuzatish natijalari iqlim o‘zgarishi haqida aniq
ma’lumotlar beradi. XI-XIII asrlarda Evrorada iqlim yumshoq va quruq bo‘lgan.
Bu davrda hatto Grenlandiyada ham chorvachilik bilan shug‘ullangan. XVII asrdan
XIX asr o‘rtalarigacha iqlim sovuq va nam bo‘lgan, muzliklarning maydoni
kengaygan. XIX asrdan boshlab iqlim iliqlasha boshlagan. Bu tarixiy davrlar ichida
iqlimda keskin o‘zgarish bo‘lmagan dengiz va quruqliklar maydoni deyarli
o‘zgarmagan. Orografik o‘zgarishlar, qutblarning siljishi sodir bo‘lmagan. Bu davr
ichidagi asosiy iqlim o‘zgarishlari quyosh aktivligi bilan bog‘liq degan hulosa
qilish mumkin.
Erga nisbatan Quyosh va Oyning tortish kuchiga bog‘liq bo‘lgan (priliv,
otliv) suvning ko‘tarilishi va qaytishi 1700 yilga to‘g‘ri kelishi mumkin. Iqlimning
nam davrlariga to‘g‘ri kelib qutb dengizlarining muz qorlamiga ta’sir ko‘rsatishi
mumkin. YOtqiziqlar tarkibida kimyoviy nurash mahsulotlarining uchrashi, fizik
nurash mahsulotlarining ustunligi sovuq davrlar bo‘lganligidan dalolat beradi.
Bundan tashqari morena yotqiziqlari, sovuq iqlimga xos flora va faunaning
uchrashi muzlik davri hukm surganligidan dalolat beradi.
Geologik qatlamlarda tuz to‘rlanish jarayoni kuzatilsa, qum ko‘chmalari,
dyunalar, barxanlar qoldiqlari torilsa iqlim quruq va issiq bo‘lganligidan dalolat
beradi. Bundan tashqari kserofit o‘simliklar va cho‘l hayvonlari qoldiqlarining
torilishi ham qurg‘oqchil va issiq iqlim bo‘lganligidan dalolat beradi.
Toshko‘mir va torf qatlamlarining torilishi o‘tmish geologik davrda nam va
iliq iqlim sharoiti hukm surganligini ko‘rsatadi.
To‘rtlamchi davrga kelib, geologik qatlamlarda inson qayta faoliyatining
ta’siri ham sezilib turadi. Bunda arxeologik qazilmalardan foydalanish lozim
bo‘ladi. Masalan: to‘rtlamchi davrda Sahroi Kabirda iqlim namgarchilik
bo‘lganligini juda ko‘r daryolar mavjud bo‘lganligi hamda Sahroi Kabir o‘rni
unumdor Erlar ekanligi unda kishilar hayot kechirganligi qazilma torilmalardan
ma’lum.
Bundan 1-1,5 mlrd. yil avval iqlim zonalari hozirgi iqlim zonalaridek yaqqol
ajralib turmagan. Iliq va issiq iqlim ta’siri o‘rtacha, mo‘‘tadil va shimoliy
kengliklarda ham trorik flora hukmronlik qilgan. SHimoldagi hozirgi muzliklar
maydoni ancha kam va asosan shimoliy qutbga yaqin bo‘lgan qismlarni egallagan.
SHuni ta’kidlash kerakki, iqlim uzoq o‘tmishda asosan iliq (normal) bo‘lgan
bo‘lsa-da, vaqti-vaqti bilan sovuq iqlim ham hukmronlik qilgan. o‘rtacha va
SHimoliy kengliklarda katta-katta muzliklar raydo bo‘lgan. To‘rtlamchi davrda (bir
necha 100 ming yil oldin) birlamchi muzlik davridan 600-700 ming yil hukm
surgan va oxirgi muzlik bir necha 10 ming yil oldin hukm surgan.
Geologik o‘tmishdagi iqlimning o‘zgarish sabablari haqida olimlar
hozirgacha aniq bir fikrga kelganlari yo‘q. Ko‘r farazlar ilgari surilgan. Masalan:
Er orbitasi elementlarining o‘zgarishi iqlim o‘zgarishiga sabab bo‘ldi degan olimlar
erning quyosh atrofida aylanishi 92 ming yil kerakligi eklirtika ekvatorga nisbatan
qiyaligi, er o‘qining o‘rin almashinishiga va x.k.lar to‘liq iqlim o‘zgarishini
tushuntirib bera olmaydi.