Global korrupsiya ijtimoiy madaniy inqiroz sifatida
Reja:
1.Korrupsiya tushunchasining ma’nosi va shakllanish tarixi.
2.Korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha xalqaro qonunlar va ularning
O‘zbekistonda ratifikatsiya qilishning ahamiyati.
3.O‘zbekistonda korrupsiyaga oid qonunlar va qarorlar tasnifi.
4.O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashishning iqtisodiy-siyosiy va
ijtimoiy - huquqiy mexanizmlari.
Korrupsiya tushunchasining ma’nosi va shakllanish tarixi.
Korrupsiya –– bu jamiyatni turli yo‘llar bilan iskanjaga oladigan dahshatli
illatdir. Mazkur illat demokratiya va huquq ustuvorligi asoslariga putur etkazadi,
inson huquqlari buzilishiga olib keladi, bozorlar faoliyatiga to‘sqinlik qiladi, hayot
sifatini yomonlashtiradi va odamlar xavfsizligiga tahdid soladigan uyushgan
jinoyatchilik, terrorizm va boshqa hodisalar ildiz otib, gullashi uchun sharoit
yaratib beradi.
Ta’kidlab o‘tish o‘rinliki, ushbu zararli hodisa katta va kichik, badavlat va
kambag‘al bo‘lishidan qat’iy nazar, barcha mamlakatlarda uchraydi. Ushbu zararli
illatni bartaraf etish bo‘yicha jahon hamjamiyati tomonidan bir qator samarali
ishlar amalga oshirilayotgan bo‘lsada, hanuzgacha u bartaraf etilmayapti.
Biz quyida korrupsiyaning tarixiy ildizlariga va unga qarshi kurashish
xususida fikr yuritmoqchimiz.
PAGE \* MERGEFORMAT 26
Korrupsiya (lot. Corrumpere — buzmoq) termini odatda mansabdor shaxslar
tomonidan unga berilgan mansab vakolatlari va huquqlardan o‘zlarining shaxsiy
manfaatlarini ko‘zlab qonunchilik va ahloq qoidalariga zid ravishda foydalanishini
anglatadi.
Ko‘p hollarda bu atama siyosiy elitadagi byurokratik apparatga qarata
ishlatiladi. Korrupsiya ko‘plab davlatlarning jinoyat va ma’muriy qonunchiligi
bilan huquqqa qarshi harakat sifatida ta’qib qilinadi.
Makroiqtisodiy va siyosiy-iqtisodiy tadqiqotlar, korrupsiya — davlatlarning
iqtisodiy o‘sishi va rivojlanishiga ulkan to‘siq ekanligini ko‘rsatdi. I.A.Karimov
o‘zining “O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida xavfsizlikka tahdid, barqarorlik
shartlari va taraqqiyot kafolatlari” asarida korrupsiyaning O‘zbekistonning o‘z
taraqqiyoti yo‘lida rivojlanishiga ulkan to‘siq bo‘lishi mumkinligini bayon qilgan
edi.
Korrupsiyaning tarixiy o‘zaklari juda juda qadimga borib taqalib, bu hol
qabilada ma’lum mavqega ega bo‘lish uchun qabila sardorlariga sovg‘alar berish
odatidan kelib chiqqan deb taxmin qilinadi. O‘sha davrlarda bu normal holat
sifatida qabul qilingan. Biroq davlat apparatining murakkablashuvi va
markaziylashuvi korrupsiyaning davlat rivojlanishiga katta to‘siq ekanligini
ko‘rsatdi. Korrupsiyaga qarshi kurashgan birinchi davlat sifatida qadimgi SHumer
davlati tan olinadi. Qadimgi davlatlarni ayniqsa huquqni muhofaza qiluvchi
organlarning poraxo‘rligi qattiq tashvishga solganligi bizgacha saqlanib qolgan
manbalardan ma’lum. CHunki bu holat davlatning obro‘siga juda qattiq putur
etkazardi. Dunyoning etakchi dinlarida ham birinchi navbatda huquqni muhofaza
qiluvchi organlarning poraxo‘rligi qattiq qoralanadi. Jumaladan, Injilda
“Sovg‘alarni qabul qilma, chunki sovg‘a ko‘rni ko‘radigan qiladi va haqiqatni
o‘zgartiradi” deyilgan bo‘lsa, Qu’roni Karimda “Boshqalarning mulkini nohaq yo‘l
bilan olmangiz va boshqalarga tegishli bo‘lgan narsalarni olish uchun o‘z
mulkingizdan hokimlaringizga pora qilib uzatmangizlar” deyilgan.
XVIII asrning ikkinchi yarmiga kelib jamiyat davlat boshqaruv apparatining
ish sifatiga toboro ko‘proq ta’sir ko‘rsata boshladi. Bu o‘sha davrda qabul qilingan
PAGE \* MERGEFORMAT 26
bir qator qonun hujjatlarida o‘z aksini topgan. Jumladan, 1787 yilda qabul qilingan
AQSH Konstitutsiyasida pora olish AQSH prezidentini impechmentga tortish
mumkin bo‘lgan ikki jinoyatning biri sifatida ko‘rsatib o‘tilgan. Siyosiy
partiyalarning vujudga kelishi va ularning mamlakat hayotidagi o‘rnining oshib
borishi XIX-XX asrlarda rivojlangan davlatlarda korrupsiyaning dunyoning boshqa
mamlakatlariga nisbatan ancha kamayishiga olib keldi.
Ushbu illatni tadqiq qilgan bir qator yirik mutaxassislar quyidagi faktorlarni
korrupsiyani yuzaga keltiruvchi omillar sifatida ko‘rsatadi.
Ikki xil ma’noni anglatuvchi qonunlar — ushbu vaziyat huquqni
qo‘llovchi mansabdor shaxs tomonidan qonunlarni turlicha qo‘llash imkonini
yaratadi. SHuningdek, ayrim mutaxassislar jinoyat, ma’muriy qonunchilikdagi
“vilka” sanksiyalarni ham korrupsiyaga qulay sharoit yaratishi mumkinligi haqida
fikr yuritishgan. YA’ni, sanksiyaning aniq miqdori yo‘qligi sudyada uni o‘z
hohishiga qarab qo‘llashga sharoit yaratib beradi.
Aholi huquqiy savodxonligining pastligi — aholi tomonidan qonunlarni
bilmaslik yoki tushunmaslik mansabdor shaxsga o‘zining shaxsiy manfaati yo‘lida
qonunlardan foydanishga qulay sharoit yaratadi.
Mamlakatdagi siyosiy vaziyatning notinchligi — mamlakatdagi notinchlik
birinchi navbatda aholi ongida hayotda yuksak turmush darajasiga erishishning
asosiy usuli qonunga xilof faoliyat bilan bog‘liq, degan mutlaqo axloqqa zid nuqtai
nazar shakllanishiga olib keladi. Bu esa o‘z navbatida korrupsiyaga qulay sharoit
yaratadi.
Ijro hokimiyatining birligi tamoyilinining buzilishi — aynan bitta
faoliyatning turli instansiyalar tomonidan tartibga solinishi:
aholining davlatni nazorat qilishdagi sust ishtiroki;
davlat sektoridagi xizmat qilayotgan xizmatchilar daromadlarining xususiy
sektorda topish mumkin bo‘lgan daromadlardan kamligi;
iqtisodiyotning davlat tomonidan tartibga solinishi;
inflyasiyaning yuqori darajasi;
mamlakat yuqori boshqaruv organlarining aholidan uzilib qolganligi;
PAGE \* MERGEFORMAT 26
mamlakatdagi diniy va axloq qoidalari.
Jahon mamlakatlarida korrupsiyaga qarshi kurashning quyidagi usullari
mavjud.
Ichki nazorat —bu usul boshqaruv apparatining o‘zida nazoratni
kuchaytiruvchi tuzilmalar (har xil ichki inspeksiyalar va boshqa nazorat organlari
tuzish orqali) yaratishni taqazo etadi. Bu tuzilmaning asosiy vazifasi xodimlarning
ichki etiket qoidalariga rioya qilishini nazorat qilishdir. Hozirgi kunda bizning
yurtimizda ham bir qator huquqni muhofaza qilish organlarida aynan shu vazifani
bajaruvchi ichki tuzilmalar yaratilgan.
Tashqi nazorat — bu usulda ijro apparatidan mustaqil tuzilmalarning
mustaqilligini oshirish nazarda tutilib, aynan ushbu tuzilmalar orqali korrupsiyaga
qarshi samarali kurash olib boriladi. YA’ni, sud hokimiyatining maksimal darajada
mustaqilligiga erishish ommaviy axborot vositalariga ko‘proq erkinlik berish va
h.k.
Saylov tizimi orqali kurashish —demokratik davlatlarda saylangan
vakillarni korrupsiya uchun jazolashning asosiy usullaridan biri keyingi
saylovlarda unga ovoz bermaslik hisoblanadi. Korrupsiyaga saylovlar orqali ta’sir
o‘tkazish eng samarali usul hisoblanadi.
Korrupsiyaga qarshi kurashda yuqori natijalarga erishgan SHvetsiya,
Singapur, Gonkong, Portugaliya kabi davlatlarning tajribasini o‘rganish shuni
ko‘rsatadiki, korrupsiyani yuzaga keltiruvchi omillarni bartaraf etish korrupsiyaga
qarshi kurashda muhim o‘rin egallaydi.
Bunda Konstitutsiyaviy nazorat organlari, huquq-tartibot organlarining
ahamiyati ortadi. YA’ni, korrupsiyaga olib kelishi mumkin bo‘lgan normalarni
konstitutsiyaviy nazorat organi tomonidan konstitutsiyaga zid deb topish, aholining
huquqiy savodxonligini oshirish kabi metodlardan unumli foydalanish ushbu
davlatlarni korrupsiya darajasi juda past bo‘lgan davlatlar qatoriga olib chiqqan.
Biz quyida Singapur davlatida korrupsiyaga qarshi kurashda qo‘llanilgan usullar
haqida batafsil to‘xtalib o‘tamiz.
PAGE \* MERGEFORMAT 26
Singapur davlati 1965 yil mustaqillikka erishgach korrupsiya darajasi eng
yuqori bo‘lgan davlatlar qatorida turar edi. Lekin bu illatga qarshi o‘tkazilgan bir
qator tadbirlar bu davlatda korrupsiyaning minimal darajaga tushishiga olib keldi.
Birinchi navbatda bu erda byurokratik jarayonlar engillashtirilib sud tizimining
mustaqilligi oshirildi (sudyalarning daromadlari va imtiyozlarini oshirish evaziga).
SHu bilan birga korrupsiya jinoyatlari uchun sanksiyalar og‘irlashtirilib,
fuqarolarga korrupsiyaga qarshi jinoyatlarni tergov qilishda hamkorlik qilishda
bosh tortganligi uchun juda katta moliyaviy sanksiyalar belgilandi. Bir qator davlat
idoralarida ommaviy “tozalashlar” o‘tkazilib bu jarayonlar telekanallar orqali
butun mamlakatga namoyish qilindi. YUqorida sanab o‘tilgan omillarning
hammasi Singapurni qisqa muddatlarda korrupsiya darajasi eng past mamlakatlar
ro‘yxatida ilg‘or davlatlar qatoriga olib chiqdi. SHuningdek, davlat
xizmatchisining ahloq standartlariga rioya etishini qattiq nazorat ostiga olish ham
Singapur davlatida korrupsiyaga qarshi kurashda muhim dastaklardan biri bo‘lib
xizmat qiladi.
jinoyatchilik, korrupsiya bizning o‘z xavfsizligimizga ham, xalqaro
xavfsizlikka ham tahdid soluvchi real manbadir. Binobarin, mazkur hodisaga
qarshi kurash masalalari birgina bizga taalluqli emas. SHuning uchun ham biz
jinoyatchilik haqida butun jahon hamjamiyati qayg‘urmog‘i lozim. Suveren
O‘zbekiston xalqi va rahbariyati esa ular bilan faol hamkorlik qilishga tayyor va
buni dunyoni poklash, uning xavfsizligini ta’minlash ishiga qo‘shilgan hissa, deb
biladi.
Jinoyatchi unsurlarning xo‘jalik munosabatlari tizimini shakllantirish
jarayonida faol va xufyona ishtirok etishi jamiyatda axloqsizlik vaziyatini
tug‘dirishi, bu esa o‘z navbatida, mamlakat uchun ham, jahon hamjamiyati uchun
ham nomaqbul jinoiy bozor iqtisodiyotining alohida turi shakllanishiga olib
kelishini keyinchalik BMT tomonidan ham tan olinib, 2003 yil 9 dekabrda
Meksikaning Merida shahrida korrupsiyaga qarshi kurashishda davlatlar
o‘rtasidagi aloqalarni yanada kuchaytirish maqsadida 3 kun davom etgan
konferensiya tashkil etildi. Bu konferensiya davomida 100 dan ortiq davlat
PAGE \* MERGEFORMAT 26
tomonidan Korrupsiyaga qarshi haqaro konvensiya imzolandi. Konferensiyaning
birinchi ish kuni (9 dekabr) BMT tomonidan butun dunyoda korrupsiyaga qarshi
kurash kuni deb e’lon qilingan. Ushbu konvensiyaning qabul qilinishi va kuchga
kirish (2003 yil 31 oktyabr) dunyo mamlakatlarining korrupsiyaga qarshi
kurashdagi hamkorligini yangi pog‘onaga ko‘tardi.
Konvensiyada korrupsiyaning rivojlanishi uyushgan jinoyatchilik, terrorizm
va boshqa jamiyat uchun xavfli bo‘lgan salbiy omillarga qarshi kurashga ulkan
to‘siq bo‘lishi mumkinligiga alohida urg‘u berilgan.
Ushbu Konvensiyaning maqsadi quyidagilardan iborat:
— korrupsiyaga qarshi qaratilgan yuqori samarali chora tadbirlarni qabul
qilish va ularni mustahkamlash;
— korrupsiyaga qarshi kurashda halqaro hamkorlikni kengaytirish,
engillashtirish va qo‘llab quvvatlash.
O‘zbekiston Respublikasi Birlashgan Millatlar tashkilotining Korrupsiyaga
qarshi konvensiyasiga 2008 yil 7 iyuldagi O‘RQ-158-sonli Qonuni bilan
qo‘shilgan bo‘lib, ushbu Qonunga muvofiq O‘zbekiston Respublikasining Bosh
prokuraturasi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati va Adliya vazirligi
korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar ishlab chiqish va ularni
amalga oshirishda boshqa Ishtirokchi-davlatlarga yordam ko‘rsatishi mumkin
bo‘lgan organlar sifatida belgilab qo‘yilgan.
Ushbu Konvensiyada nazarda tutilgan va korrupsiya sifatida e’tirof etilishi
mumkin bo‘lgan qilmishlar O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining bir
qator moddalari bilan jinoiy qilmish sifatida ta’qib qilinadi.
Korrupsiyaga qarshi kurashda jahon mamlakatlari tajribasini o‘rganish shuni
ko‘rsatadiki faqatgina jinoiy qonunchilikni og‘irlashtirish yo‘li bilan bu salbiy
illatga qarshi kurashib bo‘lmaydi (XXR da juda ko‘p miqdorda pora olganlik
uchun o‘lim jazosi mavjud). Bu illatni engish uchun birinchi navbatda aholining
huquqiy savodxonligini oshirish, fuqarolik institutlari faoliyatini kuchaytirish
lozim bo‘ladi.
PAGE \* MERGEFORMAT 26
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh Assambleyasi tomonidan 9 dekabr –
“Korrupsiyaga qarshi kurash kuni” deb e’lon qilingan va har yili ushbu sana keng
nishonlanadi. 2003 yilning ushbu sanasida BMTning Korrupsiyaga qarshi kurash
konvensiyasi imzolangan. Mazkur hujjat uni imzolagan davlatlardan pora olish,
byudjet mablag‘larini talon-taroj qilish va korrupsiya ortidan boylik orttirish
kabilarni jinoyat deb belgilashni talab etadi.
Ushbu Konvensiyada korrupsiyaga shunday ta’rif beriladi: “Korrupsiya — bu
jamiyatni turli yo‘llar bilan iskanjaga oladigan dahshatli illatdir. U demokratiya va
huquq ustuvorligi asoslariga putur etkazadi, inson huquqlari buzilishiga olib
keladi, bozorlar faoliyatiga to‘sqinlik qiladi, hayot sifatini yomonlashtiradi va
odamlar xavfsizligiga tahdid soladigan uyushgan jinoyatchilik, terrorizm va
boshqa hodisalar ildiz otib, gullashi uchun sharoit yaratib beradi. Ushbu zararli
hodisa katta va kichik, badavlat va kambag‘al bo‘lishidan qatiy nazar, barcha
mamlakatlarda uchraydi. Korrupsiya past iqtisodiy ko‘rsatkichlarning asosiy
sabablaridan biri bo‘lib, kambag‘allik darajasini kamaytirish va rivojlanishni
ta’minlash uchun eng katta to‘siq hisoblanadi”.
Mamlakatimizda “Korrupsiyaga qarshi kurash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston
Respublikasi qonuni qonunchilik palatasi tomonidan 2016 yil 24 noyabrda qabul
qilinib, Senat tomonidan 2016 yil 13 dekabrda ma’qullangan. Prezident tomonidan
2017 yil 3 yanvarda tasdiqlanib, 4 yanvardan kuchga kirdi. Qonun 34 moddadan
iborat. Ushbu qonunning 4-moddasida korrupsiyaga qarshi kurashishning asosiy
prinsiplari, ya’ni:
Korrupsiyaga qarshi kurashishning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:
qonuniylik;
fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining ustuvorligi;
ochiqlik va shaffoflik;
tizimlilik;
davlat va fuqarolik jamiyatining hamkorligi;
korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlar ustuvorligi;
javobgarlikning muqarrarligi.
PAGE \* MERGEFORMAT 26
Qonunning 5-moddada esa korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat
siyosatining asosiy yo‘nalishlari berilgan.
Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari
quyidagilardan iborat:
aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda
korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish;
davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarida korrupsiyaning oldini olishga doir
chora-tadbirlarni amalga oshirish;
korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni o‘z vaqtida aniqlash, ularga chek qo‘yish,
ularning oqibatlarini, ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf
etish, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun javobgarlikning
muqarrarligi prinsipini ta’minlash.
BMTning Korrupsiyaga qarshi kurashish konvensiyasiga a’zo davlat sifatida
mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha xalqaro majburiyatlarini
bajarish maqsadida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilib kelinmoqda. Ta’kidlash
joizki, so‘ngi yillarda bu borada milliy qonunchiligimizda mukammal huquqiy
baza shakllantirildi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi davlat
organlari Porkuratura, Milliy xavfsizlik xizmati, Adliya, Ichki ishlar, Dalvt
bojxona xizmati hamda OAVlari va fuqarolik institutlari o‘rtasida hamkorlikni
ta’minlash bu boradagi asosiy vazifalardan hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi
qonuni davlat organlari faoliyatining ochiqligini va hisobdorligini ta’minlash,
davlat boshqaruvi tizimining samaradorligini oshirish, davlat organlari, mansabdor
shaxslarning o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarishi yuzasidan
mas’uliyatini kuchaytirishga, korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida parlament va
jamoatchilik nazoratini amalga oshirish maqsadlariga xizmat qilmoqda.
Qonunda korrupsiya, korrupsiyaga oid huquqbuzarlik, manfaatlar to‘qnashuvi
kabi iboralarning mazmuni huquqiy jihatdan mustahkamlab qo‘yildi.
PAGE \* MERGEFORMAT 26
Qonun asosida davlatimiz rahbari SHavkat Mirziyoevning«Korrupsiyaga
qarshi kurashish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining qoidalarini
amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi. Mazkur
hujjatlar o‘z mazmun mohiyati, maqsadi bilan mamlakatimizda korrupsiyaga
qarshi kurashning yangi bosqichini boshlab berdi.
Prezidentimizning 2017 yil 7 fevraldagi «O‘zbekiston Respublikasini yanada
rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida»gi farmoni bilan
tasdiqlangan 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning
beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini Xalq bilan muloqot va
inson manfaatlari yilida amalga oshirishga oid davlat dasturida ham korrupsiyaga
qarshi kurashishning tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini takomillashtirish va
korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligini oshirish bo‘yicha tadbirlar
belgilanganligi alohida qayd etildi.
Qonun normalarini hayotga tatbiq etish maqsadida yuqorida ko‘rsatilgan
Prezidentimiz qarori bilan 2017-2018 yillarga mo‘ljallangan korrupsiyaga qarshi
kurashish bo‘yicha davlat dasturi, Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha
respublika idoralararo komissiyasi tarkibi tasdiqlandi.
Davlat dasturi 51 banddan iborat chora-tadbirlarni qamrab olgan. Unda
korrupsiyaga bevosita yoki bilvosita qarshi qaratilgan, uning tizimli sabablari va
sharoitlarini oldini olishga yo‘naltirilgan 10 qonun, qator qonunosti hujjatlari,
chora-tadbirlar rejalari loyihalarini ishlab chiqish va qabul qilish, turkum targ‘ibot
tadbirlarini amalga oshirish ko‘zda tutilgan.
Huquqni muhofaza qiluvchi organlar va ularning hududiy boshqarmalarida
davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarida korrupsiyaning oldini olishga doir
chora-tadbirlarni amalga oshirish hamda korrupsiyaga oid xuquqbuzarliklarni o‘z
vaqtida aniqlash, ularga chek qo‘yish, ularning oqibatlarini, ularga imkon beruvchi
sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish borasida muayyan ishlar amalga
oshirilmoqda.
PAGE \* MERGEFORMAT 26
Qonundan ko‘zlangan maqsad korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi
munosabatlarni tartibga solishdan iboratdir. Hujjatda “korrupsiya”, “korrupsion
huquqbuzarlik”, va “manfaatlar mojarosi” kabi tushunchalarga izoh berilgan.
Qonun hujjatida korrupsiyaga qarshi kurashishning asosiy tamoyillari
sifatida:
- qonuniylik;
- fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari ustuvorligi;
- ochiqlik, shaffoflik va tizimlilik;
- davlat va fuqarolik jamiyatining o‘zaro hamkorligi;
- korrupsiyadan ogohlantirish va javobgarlikning muqarrarligi bo‘yicha
choralar ustuvorligi keltirib o‘tilgan.
SHu munosabat bilan Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha Respublika
idoralararo komissiyasi tomonidan “Korrupsiyasiz ta’lim” deb nomlangan rangli,
o‘quv ko‘rgazma nashr etilib, respublikamizdagi barcha ta’lim muassasalariga
etkazildi. Jumladan, bizning viloyat o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari
ham mazkur ko‘rgazma bilan ta’minlandi. Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad:
- yosh avlodning huquqiy savodxonligi va huquqiy madaniyatini oshirish,
jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish;
- davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarida korrupsiyadan ogohlantirish
bo‘yicha choralarni amalga oshirish;
- korrupsion huquqbuzarliklarni o‘z vaqtida aniqlash, ular oqibatlari va
keltirib chiqargan sharoitlarni bartaraf etish hamda korrupsion huquqbuzarliklar
sodir etilgani uchun muqarrar jazolash tamoyilini tatbiq etishdan iboratdir.
Ta’lim muassasalarida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi huquqiy
ta’lim va tarbiya masalalari Qonunning 16-, 17-, 18-moddalarida o‘z ifodasini
topgan. Ta’kidlash joizki, huquqiy ong va huquqiy madaniyati yuksak bo‘lgan,
huquqiy ta’lim va tarbiya jihatidan etuk bo‘lgan insonlar salbiy illat bo‘lmish
korrupsiyaga yo‘l qo‘ymaydilar.
Bas, shunday ekan, o‘zimizga xulosa qilishimiz, farzandlarimizni halollik,
poklik kabi eng yuksak ideallar ruhida tarbiyalashimiz, korrupsiyaning har qanday
PAGE \* MERGEFORMAT 26
ko‘rinishini bartaraf etish uchun birgalikda kurashishimiz bugunning eng dolzarb
vazifasidir.
KORRUPSIYA – jamiyat taraqqiyoti, barqarorligi va xavfsizligi uchun
ulkan tahdiddir. Korrupsiya internatsional jinoyat bo‘lib, har bir mamlakat
ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti uchun ulkan tahdid, jamiyatning ma’naviy-axloqiy
asoslarini emiruvchi jinoiy-illatdir. Xalqning davlat boshqaruv idoralariga
ishonchini so‘ndiradigan, azaliy ezgu maqsadlar bilan yo‘g‘rilgan islohotlar
g‘oyasini obro‘sizlantiruvchi, qolaversa jamiyat va davlat o‘rtasidagi uzviy aloqani
butkul uzib qo‘yuvchi qora kuchdir.
Davlatimiz tomonidan Korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha ko‘plab
normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilingan. 2008 yilda BMTning 2003 yil 13
oktyabrdagi «Korrupsiyaga qarshi» Konvensiyasini ratifikatsiya qilinishi va ushbu
konvensiyaga O‘zbekiston Respublikasi qo‘shilishi to‘g‘risida»gi Qonun qabul
qilinishi katta ahamiyat kasb etmoqda. SHuningdek, 2010 yil mart oyida Iqtisodiy
hamkorlik va rivojlanish tashkiloti doirasida Korrupsiyaga qarshi kurashning
Istanbul rejasiga (2003 yil 10 sentyabr) qo‘shildik. Bundan tashqari, so‘nggi
yillarda korrupsiyaga qarshi kurashning huquqiy mexanizmlarini
takomillashtirishga qaratilgan Byudjet va Bojxona kodekslari (yangi tahrirda),
«Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida»gi, «Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida»gi,
«Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida»gi,
«Tezkor-qidiruv faoliyati to‘g‘risida»gi, «Elektron hukumat to‘g‘risida»gi, «Ichki
ishlar organlari to‘g‘risida»gi qonunlar qabul qilindi. Bularning bari tom ma’noda
davlatimiz tinchligini va xalq farovonligining huquqiy garovidir.
2017 yil 4 yanvar kuni Prezidentimiz SH.Mirziyoev tashabbusi bilan qabul
qilingan “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonun keng jamoatchilik
tomonidan katta quvonch bilan kutib olindi. Sababi, bundan oldin aynan
Korrupsiya va unga qarshi kurash sohasidagi amaliy chora-tadbirlar mazmun-
mohiyatini tubdan yoritib beruvchi va davlat organlarining umumiy holatda vazifa
va majburiyatlarini uzviy holatda belgilovchi normativ-xuquqiy hujjat mavjud
emas edi. Qonun ijtimoiy-adolat ruhida tuzilgan bo‘lib, islohotlar samaradorligi va
PAGE \* MERGEFORMAT 26
natijadorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan omillarni o‘rganib, xalqaro amaliyot
bilan taqqoslash va uni odamlarimiz, ayniqsa, joylardagi tadbirkorlar, jamoatchilik
tashkilotlari bilan keng muhokama qilish asosida ishlab chiqildi. SHuningdek,
jamiyatda korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha barcha huquqni muhofaza qiluvchi
idoralar, davlat hokimiyati organlari qolaversa har bir fuqaro mas’ul ekanligini
chuqur izohlaydi.
Ahamiyatli tomoni, Qonun barcha davlat organlari va jamoat birlashmalari
o‘zaro baahamjihatlikda faoliyat yuritishi lozimligini, shaxslarni birlashtirish,
o‘zini o‘zi boshqarish organlari, jamoat tashkilotlari, ommaviy axborot
vositalarining davlat idoralari bilan birgalikda ish olib borishi va huquqiy targ‘ibot
samaradorligini kuchaytirishni taqazo etmoqda. CHunki faqat kuchli fuqarolik
jamiyati barpo qilib va astoydil kurashibgina korrupsiyaning oldini olishga
erishishimiz mumkinligi yana bir karra eslatildi.
Huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish Qonunda alohida bob
bilan belgilandi va mazkur illatga qarshi kurashish sohasida faqat ayrim davlat
idoralari emas, balki har bir fuqaro faol ishtirok etishi lozimligi va o‘zini bu borada
mas’ul ekanini his etib harakat qilishi darkorligi ko‘zda tutildi. Binobarin fuqarolar
o‘zini o‘zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolarning
korrupsiyaga qarshi kurashishda ishtirok etishi tartibga solingan. Unga ko‘ra,
o‘zini o‘zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolar
korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat dasturlarini va boshqa dasturlarni
ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etadi, aholining huquqiy ongi va
huquqiy madaniyatini yuksaltirishda, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz
munosabatni shakllantirishda qatnashadi. SHuningdek, ular bu borada jamoatchilik
nazoratini amalga oshirishi, korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonun
hujjatlarini takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritishi hamda davlat organlari va
boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik qilishi mumkin.
Xulosa qilib aytganda, Korrupsiya muammosiga qarshi kurashishda huquqiy
savodxonlik, odamlarni halol mehnat qilishga undash, yoshlarda o‘z bilimi, kuch-
g‘ayrati va ijodiy qobiliyati bilan yuksak marralarga erishish hissini tarbiyalash,
PAGE \* MERGEFORMAT 26
barcha bo‘g‘indagi davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari xodimlarida,
fuqarolarda korrupsiyaga nisbatan toqatsizlik madaniyatini shakllantirishning
ahamiyati juda katta. SHu jihatdan “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi
Qonun fuqarolar huquq va erkinliklari himoya qilinishini ta’minlashning
qo‘shimcha huquqiy kafolatlarini yaratadi, jamiyatdagi siyosiy-iqtisodiy va
ijtimoiy tizim salohiyatini yuksaltirib eng muhimi, xalqimizning davlatga bo‘lgan
ishonchini mustahkamlaydi.
Korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha xalqaro qonunlar va ularning
O‘zbekistonda ratifikatsiya qilishning ahamiyati.
Xalqaro tajribadan ma’lumki, davlat xizmatchilari uchun standart
taqiqlashlar, cheklashlar va nizomlar barcha rivojlangan mamlakatlar qonunlarida
mavjud. Biz quyida bir necha davlatlarning korrupsiyaga qarshi kurashish
borasidagi chora va uslublari haqida to‘xtalamiz.
Avstraliyada korrupsiyaga qarshi maxsus kurslar kurashadi
Avstraliyada federal tuzilma yoki korrupsiyaga qarshi kurash organlarining
tizimi yo‘q. Hukumat tuzilmalari faoliyatini nazorat qilish Avstraliya milliy jamoat
tashkilotlari, parlament va ommaviy axborot vositalari orqali amalga oshiriladi.
Har qanday fuqaro bunday komissiyaga shikoyat qilish yoki davlat mansabdor
shaxsi tomonidan sodir etilgan korrupsiya harakati haqida xabar berish huquqiga
ega. markazlashtirilgan Avstraliyada federal tuzilma yoki korrupsiyaga qarshi
kurash organlarining
Bu erda korrupsiyaga qarshi asosiy ta’lim dasturi Avstraliya Milliy
universiteti (Kanberra) davlat siyosati fakultetida bo‘lib o‘tadigan “korrupsiya va
unga qarshi kurash usullari” mavzuidagi maxsus kursdir. Trening davomida
tinglovchilar korrupsiya hodisasiga turli yondashuvlar va uning namoyon
bo‘lishiga qarshi kurash usullari bilan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
PAGE \* MERGEFORMAT 26
Bundan tashqari, oliy o‘quv yurtlari o‘qituvchilari va maktablarning yuqori
sinf o‘qituvchilari uchun maxsus kurslar ham mavjud. Ushbu ta’lim dasturi global
ta’lim markazi tomonidan taklif etilgan.
Avstriyada o‘qituvchi sifatida adliya va ichki ishlar vazirlari taklif
etiladi
Avstriyada ham korrupsiyaga qarshi kurash sohasida uch haftalik malaka
oshirish kursi mavjud. O‘qituvchilar sifatida, qoida tariqasida, Ichki ishlar
vazirligi, Adliya vazirligi, olimlar, psixologlar, iqtisodiy jinoyatlarga qarshi
kurashish sohasidagi mutaxassislar taklif etiladi.
Avstriya federal korrupsiyaga qarshi kurash byurosi xodimlari 14 yoshdan
18 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun “korrupsiyaga qarshi trening” loyihasini
ishlab chiqdilar. Boshlang‘ich loyiha shakli talabalar va ekspert-psixologlar,
sotsiologlar, advokatlar, kriminologlar va o‘qituvchilarning fikrlari bilan to‘ldirildi.
Loyiha talabalarni korrupsiyaga qarshi kurashish va iqtisodiy jinoyatlar
tushunchalari va korrupsiyaga qarshi kurashning huquqiy asoslari bilan tanishtirish
uchun mo‘ljallangan. SHuningdek, talabalarga korrupsiya bilan to‘qnashuvda va
fuqaroning ushbu hodisaga qarshi kurashishdagi roli to‘g‘risida xatti-harakatlar
namoyish etiladi.
Treningning boshqa qismida maktab o‘quvchilariga o‘yinlar taklif etiladi:
har bir o‘yin o‘quvchi tomonidan kartani tanlash asosida amalga oshiriladi, unga
roli tushuntiriladi. Asosiy mavzulardan biri sifatida maktabdagi sovg‘alar
mavzusiga to‘xtalib o‘tiladi. Trening so‘nggida talabalar treningning nazariy
qismida o‘rganilgan ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan so‘rovnomalarni oladilar.
Ishtirokchilar korrupsiyani aniqlab olishlari, uning sabablari va oqibatlarini, shu
jumladan, huquqiy masalalarni tushuntirishlari va korrupsiyaga qarshi kurash
byurosining faoliyati haqida gapirishlari kerak bo‘ladi.
Ushbu treningning maqsadi yuqori sinfdagi maktab o‘quvchilarining
fuqarolik javobgarligini oshirish, inson huquqlari va jamoat burchlarini
PAGE \* MERGEFORMAT 26
tushuntirishdan iborat. O‘tkazilgan trening yosh tomoshabinlar, ya’ni 10 yoshdan
14 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun kengaytirilishi rejalashtirilgan.
Buyuk Britaniyada korrupsiya faktlarini aniqlash bo‘yicha maxsus
darslik bor
Har yili Buyuk Britaniya Tashqi ishlar vazirligi elchixonalarida
korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha seminarlar tashkil etadi (shu kabi tadbirlar
so‘nggi yillarda Buyuk Britaniya, Xitoy, Rossiya, Argentina, Tailand, Singapur,
Meksika, Ispaniya va Birlashgan Arab Amirliklarining diplomatik missiyalarida
o‘tkazildi). Diplomatik lavozimlarga tayinlangan diplomatlar uchun ikki kunlik
intensiv kurslar tashkil etiladi, ular doirasida korrupsiyaga qarshi kurash sohasidagi
mutaxassislar TIV xodimlari bilan shaxsiy intervyular o‘tkazadilar va korrupsiyaga
qarshi kurash bo‘yicha yozma ishlarni tekshiradilar.
Xalqaro taraqqiyot vazirligi va Buyuk Britaniya savdo va investitsiyalar
agentligining qo‘shma loyihasi doirasida korrupsiya faktlarini aniqlash bo‘yicha
maxsus darslik chop etildi, bu majburiy ravishda xorijiy mamlakatlardagi savdo
vakolatxonalari va elchixonalarga yuboriladi.
Buyuk Britaniyada korrupsiyaga qarshi kurashning bosh organi — katta
miqdordagi firibgarlik bo‘yicha kurash boshqarmasi (SFO, Serious Fraud Office)
hisoblanadi.
Buyuk Britaniya korrupsiyaga qarshi kurash siyosatida davlat ta’limining
yana bir xususiyati aholining e’tiborini ichki korrupsiya muammosidan qasddan
chalg‘itishdir. Davlat korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida ta’lim dasturlarining
tashqi yo‘nalishini so‘zsiz qo‘llab-quvvatlaydi.
international”, “Qashshoqlikka qarshi muhandislar”, “Bosh infrastruktura
korrupsiyaga qarshi kurash markazi” va boshqalar kabi “Transparency “Britaniya
korrupsiyaga qarshi kurash forumi”, nodavlat tashkilotlari Londonning
korrupsiyani global bartaraf etish g‘oyasining eng faol namoyondalari hisoblanadi.
Ko‘pincha Britaniya nodavlat tashkilotlari davlat organlari, biznes va xorijiy
davlatlarning fuqarolik jamiyati institutlari uchun korrupsiyaga qarshi ta’lim
dasturlarini beg‘arazlik asosida amalga oshirmoqdalar.
PAGE \* MERGEFORMAT 26
Hindistonda korrupsiyaga qarshi ta’lim dasturi yo‘q
Hindistonda korrupsiya muammosi uzoq vaqt davomida o‘z ahamiyatini
yo‘qotmagan. Mutaxassislarning fikricha, korrupsiyaga qarshi kurashning kam
samaradorligi sabablaridan biri aholining huquqiy savodxonligi etarli emas.
Hindiston maktablarida korrupsiyaga qarshi ta’lim dasturlari mavjud emas.
YUridik kollej va universitetlarda korrupsiyaga qarshi qonunlar, shuningdek,
huquqni muhofaza qilish amaliyoti asosan ijtimoiy-iqtisodiy jinoyatlar bo‘yicha
o‘quv kurslari doirasida yoki “oq yoqa” jinoyatlari yoki jinoyat-protsessual
kodeksi doirasida, ya’ni alohida kurslar sifatida o‘qitilmaydi. va kollej
korrupsiyaga qarshi ta’lim dasturlari mavjud emas. YUridik maktablarida
Hindistonda korrupsiya muammosi uzoq vaqt davomida o‘z ahamiyatini
yo‘qotmagan. Mutaxassislarning fikricha, korrupsiyaga qarshi kurashning kam
samaradorligi sabablaridan biri aholining huquqiy savodxonligi etarli emas.
Muammoni hal etishning ta’sirchan mexanizmlarini yaratish maqsadida
Markaziy komissiya tomonidan milliy korrupsiyaga qarshi kurash strategiyasi
loyihasi tayyorlandi. Ushbu hujjatda korrupsiyaning oldini olish va aholi o‘rtasida
poraxo‘rlikka nisbatan murosasizlik munosabatlarini shakllantirish uchun tegishli
ta’limning o‘rni muhimligi ta’kidlanadi.
Markaziy tergov byurosi Akademiyasida huquqni muhofaza qilish organlari
xodimlari uchun korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha maxsus kurslar o‘qitiladi.
Indoneziya: korrupsiyaga qarshi 9 ta qadriyat
Indoneziyada korrupsiyaga qarshi kurash 2002 yilda tashkil etilgan
korrupsiyaga qarshi kurash komissiyasi (Komisi Pemberantasan Korupsi)
yordamida davlat darajasida amalga oshirilmoqda. “Korrupsiyaga qarshi kurash
komissiyasi to‘g‘risida”gi qonunga muvofiq ushbu organ faoliyatining asosiy
yo‘nalishlaridan biri aholi o‘rtasida ma’rifiy tushuntirishlarni olib borish va
fuqarolarning korrupsiyaga qarshi xatti-harakatlarini shakllantirishga qaratilgan
ta’lim dasturlarini amalga oshirishdir.
Mamlakat ta’lim muassasalarida korrupsiyaga qarshi dasturlar korrupsiyaga
qarshi kurash komissiyasining Indoneziya Milliy ta’lim vazirligi bilan
PAGE \* MERGEFORMAT 26
hamkorligida amalga oshiriladi. Tegishli kurslar ixtiyoriy ravishda maktablar va
universitetlarning o‘quv dasturlariga kiritiladi va fakultativ ravishda olib boriladi.
Ularning etakchi o‘qituvchilari va o‘rgatuvchilari (instruktorlari) Jakarta va boshqa
bir qator shaharlardagi korrupsiyaga qarshi kurash komissiyasida oldindan
o‘qitilmoqda. Hozirgi vaqtda korrupsiyaga qarshi ta’lim dasturlari mamlakatning
33 ta viloyatlaridan 11 tasida amalga oshirilmoqda.
Ushbu dasturlar bolalar bog‘chasidan boshlab ta’limning barcha
bosqichlarini qamrab oladi. Maktabgacha va boshlang‘ich maktab yoshidagi
bolalar “korrupsiyaga qarshi to‘qqiz qadriyatlar” (halollik, mehnatsevarlik, jasorat,
mas’uliyat, mustaqillik, adolat, intizom, kamtarlik, e’tibor) shakllanishini
rag‘batlantiradigan tematik kitoblar (ertak va chiziq romanlari), stol va rol o‘yinlari
orqali korrupsiyaga qarshi kurash ruhida tarbiyalanadi. O‘rta maktab o‘quvchilari
va talabalar uchun darslar an’anaviy tarzda ma’ruzalar, seminarlar, munozaralar
shaklida o‘tkaziladi.
AQSHda bexosdan xatoga yo‘l qo‘ygan xodim jazolanmaydi
Amerikaning boshlang‘ich va o‘rta maktablarida ijtimoiy etika bo‘yicha
mashg‘ulotlar olib borilmoqda.
AQSH rasmiy axloqiy idorasi o‘z veb-saytida ijro etuvchi organlarda
xodimlar uchun zarur axloqiy fazilatlarga ega bo‘lish haqida ma’lumot beradi.
Deyarli barcha AQSH federal organlarida muntazam ravishda (odatda yiliga bir
marta) korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha treninglar o‘tkaziladi.
Ko‘pgina idoralarda suiiste’mollikni aniqlash uchun ichki nazorat xizmati
(Internal Revenue Service) kabi maxsus bo‘linmalar tashkil etilgan bo‘lib, doimiy
ravishda rasmiy muvofiqlik masalalari bo‘yicha mas’ul xodimlar ishlaydi, ularga
yordam yoki maslahat uchun murojaat qilinadi. Agar rasmiy shaxs noto‘g‘ri ish
qilgan bo‘lsa-da, buning uchun ichki nazorat xizmati xodimi tomonidan oldindan
ko‘rsatma berilgan bo‘lsa, u jazolanmaydi. Ushbu qoida bexosdan xatoga yo‘l
qo‘yadigan halol xodimlarni rag‘batlantirishga qaratilgan.
5 taklif va 5 tashabbus
PAGE \* MERGEFORMAT 26
Xorijiy mamlakatlar tajribasini o‘rganib, aytish mumkinki, korrupsiyaga
qarshi kurashish jarayoni aholining huquqiy savodxonligini oshirish bilan bog‘liq.
Birinchidan, odamlar ongida huquqiy tushuncha, tasavvur, baholash, fikr
yuritish kabi jarayonlargina shakllanib qolmasdan, balki huquqiy tizimning turli
sohalari (huquq ijodkorligi, huquqiy amaliyot, sud, sud jarayoni, jazo tayinlash,
adliya organlari xizmati, prokuratura va boshqalar) haqida ham tushuncha bo‘lishi
zarur.
Ikkinchidan, shaxs huquqiy ongining rivojlanishi mamlakatimizda amalga
oshirilayotgan sud-huquq tizimidagi islohotlarning kelajagiga ta’sir etadi. SHu
sabab amaldagi qonun hujjatlaridan oqilona foydalanish lozim.
Uchinchidan, shaxs huquqiy ta’lim orqali huquq asoslarini, uning asosiy
normalarini bilib oladi. SHundagina huquqiy bilimlarni hayotga tatbiq etish,
qonunga rioya etishni shakllantirish, huquqbuzarlikka nisbatan murosasizlikka
erishiladi.
To‘rtinchidan, huquqiy talablar ongda aks etib, shaxs tomonidan anglanadi,
tushuniladi va o‘zlashtiriladi, insonning huquqqa munosabatini belgilovchi
taassurot va ishonchni paydo qiladi. Bu shaxs huquqiy ongini shakllantirishda
yangi usul va vositalarni tadqiq etishni taqozo etmoqda.
Beshinchidan, konstitutsiyaviy savodxonlik huquqiy ongni shakllantirishda
muhim omil ekanligi sababli ushbu sohadagi mavjud muammolar va ularni hal
etish yo‘llarini izlash kerak.
Aynan shuning uchun ham shaxs huquqiy ongini shakllantirish orqali
mamlakatimizdagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar va islohotlarni to‘g‘ri anglaymiz,
ularga moslashamiz.
O‘zbekistonda korrupsiyaga oid qonunlar va qarorlar tasnifi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida Qonunchilik palatasi tomonidan
2016 yil 24 noyabrda qabul qilingan Senat tomonidan 2016 yil 13 dekabrda
ma’qullangan
PAGE \* MERGEFORMAT 26