Globallashuv jarayonlarida millat va milliy o‘zlikni anglash masalalari
Reja:
1. Globallashuv jarayonlarida millat va milliy o‘zlikni anglash masalalari,
uning millat hayotida namoyon bo‘lish xususiyatlari.
2. Demografik globallashuv, ma’naviyat va qadriyatlar.
3. Ommaviy madaniyat.
Aholi va uning
eng faol qismi bo‘lgan mehnat resurslari
makroiqtisodiyotning asosiy qismi hisoblanadi. Dunyo aholisining qandaydir
qismi, har xil ta’sirlar yordamida ish va yashash joyini almashtirib turadi. Bu
omil migratsiya deb atalib, u bir paytning o‘zida ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy,
diniy, ekologik xarakterga ega. Fanda migratsiyaning turli ta’riflari mavjud.
Migratsiyaga mavjud ta’riflar orasida umumiy tarzda, quyidagi ta’rifni ajratib
ko‘rsatish mumkin: jismoniy shaxs (aholi) ning ma’lum bir geografik
hududdan boshqa bir muayyan hududga ko‘chishi migratsiya deyiladi.
XX asr oxiri va XXI asr boshlarida dunyoda aholi migratsiyasi kuchaydi.
Agar oldinlari migratsiya ma’lum bir hududlardagina (Afrika, Osiyo, AQSH,
G‘arbiy Evropa) ro‘y bergan bo‘lsa, endilikda migratsiya tobora xalqaro global
jarayonga aylanib bormoqda.
Aholining migratsion jarayonlari motivi, ko‘pchilik hollarda, siyosiy va
iqtisodiy omillar hisoblanadi. XX asr oxirida dunyo siyosiy xaritasidagi
o‘zgarishlar migratsion jarayonlarga yangi turtki berdi. YAngi yosh mustaqil
davlatlardan rivojlangan mamlakatlarga migratsiya shu yillarda yanada o‘sdi. Bu
o‘rinda, bir vaqtning o‘zida, siyosiy va iqtisodiy omillarning kesishuvi natijasidagi
migratsion jarayonni kuzatishimiz mumkin.
Dunyo bo‘ylab migratsion jarayonlarning ortishi ko‘plab muammolarni
keltirib chiqarmoqda. Jumladan, boshqa davlatlarga kelayotgan kishilarning til
bilmasligi, mahalliy aholi urf-odatlarini bilmasligi, mahalliy aholi bilan turli
nizolarning kelib chiqishi, diniy omil, ishchilarning oddiy gigienik qoidalarga
rioya qilmasliklari, turli yuqumli kasalliklarning kelib chiqishi, tibbiy
xizmatning vaqtida olinmasligi, shuningdek, turli jamoat joylarida o‘zini tutish
qoidalarini bilmasligi yoki rioya qilmasligi kabi omillarni ko‘rsatish mumkin.
YUqoridagi holatlarning avj olib ketmasligi uchun migratsion jarayonlarni
boshqarish tushunchasi qo‘llaniladi. Bunday boshqarish tagzamirida, ish kuchi
resurslarini birinchi navbatda, qonuniylashtirish, tartibga solish yotadi.
Ishchi kuchi migratsiyasini tartibga solishda xalqaro tashkilotlarning
ahamiyati kattadir. Bunday tashkilotlardan biri Xalqaro mehnat tashkiloti
(XMT)dir, bu tashkilotda davlatlar, tadbirkorlar va mehnatkashlar vakillari
ishtirok etadi.
Migratsion jarayonlarni boshqarishda ushbu jarayonlarning asosiy
yo‘nalishlarini aniqlab olish muhim ahamiyatga ega. Xalqaro ishchi kuchi
migratsiyasining 5 ta yo‘nalishini ajratib ko‘rsatish mumkin:
1) Rivojlanayotgan davlatlardan sanoati rivojlangan davlatlarga migratsiya;
2)
Sanoati
rivojlangan
davlatlar
doirasidagi
migratsiya;
3)
Rivojlanayotgan
davlatlar
orasidagi
migratsiya;
4) Sobiq sotsialistik davlatlardan sanoati rivojlangan davlatlarga migratsiya;
5) Ilmiy xodimlar, malakali mutaxassislarning sanoati rivojlangan davlatlardan
rivojlanayotgan davlatlarga migratsiyasi.
BMTning statistik ma’lumotlariga qaraganda, Evropa aholisi 2050 yilga
borib, 128 mln.ga kamayadi, bunda Italiya – 16 mln., Germaniya – 23 mln.,
Rossiya – 33 mln. kishisini yo‘qotadi. Eng ahamiyatlisi, Evropa umumiy
aholisining 10% igina evropalik ildizga taqaladi.
EI hududida migratsion oqimni va o‘zga madaniyatdagilar hamjamiyatini
tartibga solish bo‘yicha muayyan ishlar ham ilmiy-nazariy, ham amaliy
ahamiyat kasb etmoqda. Evropaning deyarli barcha davlatlari OAVlarida va
siyosiy debatlarda ushbu mavzu tez-tez ko‘tarilmoqda.
Germaniya immigratsiya siyosati o‘ziga xos maxsus qoida va
an’analardan kelib chiqqan bo‘lib, u ko‘pgina Evropa davlatlarida qiziqish
uyg‘otdi.
Agarda 1973 yilda 3,9 mln. (GFR) xorijlik yashagan bo‘lsa, 30 yildan
so‘ng bu ko‘rsatkich, ya’ni 2002 yilda 7,3 mln.ni tashkil qildi. Germaniyalik
muhojirlarning ko‘pchiligi “uchinchi davlat” kishilari bo‘lib, ular etnomadaniy
nuqtai nazardan, ko‘pgina muammolarni keltirib chiqaradi.
2000 yil 1 yanvardan kuchga kirgan “Fuqarolik to‘g‘risida”gi qonuniga
ko‘ra, 2000 yilgacha muhojirlardan tug‘ilgan bolalar bevosita nemis
fuqaroligini qo‘lga kiritadi. Balog‘at yoshiga etguncha (18 yosh) ular ota-
onalarining fuqaroligini saqlab turadilar, lekin 23 yoshgacha fuqarolikni aniq
tanlashlari talab etiladi. Fuqarolik olishga ishsizlik nafaqasini oluvchilar,
sudlanganlar da’vogarlik qila olmaydilar. SHuningdek, nemis tilini o‘rganish
bo‘yicha test olish majburiy qilib qo‘yildi. Umumiy hisobda 2000-2004 yillar
oralig‘ida 191107 ta muhojirlarning farzandlari nemis fuqaroligini qo‘lga
kiritishdi. Ularning ko‘pchiligini etnik turklar tashkil qiladi.1
Germaniya yangi migratsion siyosatining tub mohiyati shu bo‘ldiki,
Germaniya o‘zini yakunda rasman “immigratsion mamlakat” deb e’lon qildi.
YAna bir muhim jihat shu bo‘ldiki, immigrantlarga turli tanishtiruv kurslari
(630 soatga mo‘ljallangan federal dastur) belgilangan bo‘lib, u “uchinchi
davlat”lar bilan Evropa davlatlari fuqarolarini bir xil ko‘radi. Musulmon
ayollar uchun ham alohida kurslar belgilangan bo‘lib, bu yakunda ularning
mehnat faoliyatiga tezroq kirishib ketishlariga yordam beradi. O‘z navbatida,
bu kurslardan bosh tortgan odamlarga ma’muriy choralar ko‘riladi.
2006 yil 14 iyulda Berlinda shaxsan federal kansler rahbarligida xorijliklar
integratsiyasi masalasi bo‘yicha Sammit bo‘lib o‘tdi. Unda barcha manfaatdor
tomonlar, siyosatchilar, OAV vakillari, iqtisodchilar, kasaba uyushmalari,
diniy muassasalar vakillari, shuningdek, madaniyat va sport vakilllari ishtirok
etdi. Angela Merkel ushbu anjuman migrantlar va Germaniya siyosatchilari
o‘rtasidagi kelgusidagi integratsion siyosat uchun ochiq dialog platformasi
bo‘lishi kerakligini bildirdi. Buning natijasida, 2007 yil yarmigacha oltita
ishchi guruh tuzilishi va ular umummilliy integratsion konsepsiya (ayniqsa,
ta’lim va nemis tilini o‘rganish bo‘yicha) ishlab chiqishlari belgilandi.
1 Масалан, 2004 йилда жами 127 153 иммигрант немис фуқаролигига эга бўлди. Ундан 44 465 (35%) турклар
ва фақатгина 7 499 (5.9%), 6 362 (5%) қисмини поляк ва эронлар ташкил қилди.
Germaniya yangi immigratsion siyosatining amalda bir vaqtning o‘zida,
mamlakatda istiqomat qilayotgan va kelayotgan muhojirlar uchun ko‘pgina
qulayliklarni belgilab berdi. Ta’lim va til jarayoniga urg‘u berilayotganligi esa
alohida diqqatga sazovor, zero malaka va til bilish amalda, shaxsning keyingi
istiqbolini belgilab beradi.
Migrantlar, o‘z tabiatiga ko‘ra jamiyatning ishbilarmon va harakatchan
a’zolari hisoblanadi. Tarixga nazar tashlaydigan bo‘lsak, migratsiya iqtisodiy
o‘sishga, yangi millatlarning paydo bo‘lishi (assimilyasiyalashuv)ga, marginal
madaniyatlarning boyishiga ko‘mak bo‘lib kelgan.
Migratsion jarayonlarni tahlil etishda, undagi muhim muammoviy
masalalarning ham mavjudligini inobatga olish zarur bo‘ladi. Ma’lumki,
harakat faoliyati mobaynida aksariyat migrantlar ekspluatatsiya qilinadi va
ularning huquqlari poymol qilinadi; aksariyat holatlarda o‘zlari yo‘nalish olgan
manzil mamlakatlar madaniyati va turmush tarziga nisbatan integratsiyalashuv
qiyin kechishi mumkin; migrantlarni qabul qilayotgan davlatlarning malakali
va zarur hisoblangan kadrlariga nisbatan arzon ishchi kuchi sifatida
raqobatbardosh bo‘lib, ularni ish joylaridan mahrum etishi mumkin. Mana shu
va boshqa ko‘plab sabablarga ko‘ra migratsiya holatin har tomonlama,
jumladan sotsiologik o‘rganish muhim mavzu hisoblanadi.
Mazkur migratsiyaning hajmidan tashqari yana bir muhim tomoni,
ijtimoiy-siyosiy tomoni ham borki, u hozirgi vaqtda ham evropalik hisoblangan
amerikaliklarning asosan kelib chiqishi afrikalik bo‘lgan qullarning avlodlariga
nisbatan qaysidir darajada ta’sir kuchiga ega ekanligidir. SHunday bo‘lsa-da,
AQSHga quldorlikning tugatilishidan so‘ng ham Xitoy, Hindiston va
YAponiyadan juda ko‘plab odamlar shartnoma asosida ko‘chishdi va bu
jarayon hali ham davom etmoqda. Masalan, oxirgi statistik ma’lumotlarga
ko‘ra ushbu mamlakatga faqat Hindistonning o‘zidan 1,5 million odam ko‘chib
kelgan. Hindistonlik migrantlar dunyo miqyosida o‘zining intellektual
salohiyati tufayli kompyuter dasturlari ustasi sifatida tanilgan bo‘lsa-da, biroq
ularning Amerikadagi faoliyati Evropa mamlakatlari fuqarolariga tegishli
plantatsiyalarda ishlash bilan bog‘liqdir.
Migratsiyaning keyingi davri XIX asrning oxirlari va XX asrning
boshlariga kelib, AQSHning sanoatini nihoyatda yuqori sur’atlar bilan
rivojlanishi orqali belgilanadi. Bu vaqtda SHimoliy, Janubiy va SHarqiy
Evropaning iqtisodiy turg‘un hududlaridan va repressiv siyosiy tizimlaridan
qochgan millionlab ishchilar 1850 yildan 1930 yildagi Buyuk Depressiyagacha
AQSHga ko‘chib ketishda davom etadilar. Ularning orasida ocharchilikdan
qochgan irlandiyaliklarni, omadini sinab ko‘rish uchun ketgan ingliz, nemis va
fransuzlarni, ishsizlikdan tinkasi qurigan italiyalik va polyaklarni, etnik
jihatdan holi tang yahudiy va boshqa millat vakillarini ko‘plab uchratish
mumkin edi. Bu vaqtda Nyu Yorkdagi Ellis orolidagi immigratsion tekshiruv
ro‘yxatidan o‘tgan migrantlarning soni qariyb 12 mln. kishini tashkil etadi.
Migratsiyaning keyingi katta davri ikkinchi jahon urushidan keyin Evropa,
SHimoliy Amerika va Avstraliyadagi iqtisodni tiklash uchun ishchi kuchi zarur
bo‘lganligi tufayli sodir bo‘ladi. Masalan, bu ko‘plab turk migrantlarining
Germaniyaga, SHimoliy Afrikaliklarning Fransiya va Belgiyaga kelishi bilan
bog‘liq.
SHu vaqtda mustamlakadan chiqish hali hamon davom etayotgan bo‘lib,
dunyoning turli burchaklarida “uchinchi davlatlar” deb nom olgan ko‘plab
jamiyatlarda ozodlik harakatlari natijasida, mustamlakachilik zulmidan
qutulish davri boshlanadi. Ammo uning zamirida ham migratsion jarayon
jiddiy tus oladi. Bu davr, 1947 yilda Hindistonda bo‘lgan ozodlik harakati va
Pokiston davlatining vujudga kelishi natijasida, millionlab hindlar va
musulmonlarning, hamda Isroil davlatining tashkil topishi natijasida vujudga
kelgan ichki nizolar tufayli, yahudiy va falastinliklarning o‘z tug‘ilib o‘sgan
joylarini tark etishlari bilan bog‘liq. SHuningdek, mag‘lubiyatga uchragan
Germaniya va YAponiyadan AQSHga intellektual migratsiya kuchayadi.
Avj olgan migratsiya sur’ati AQSHga nisbatan o‘tgan asrning 90-yillari
boshida bir oz susaygan bo‘lsa, Evropa mintaqasida xalqaro migrantlarning
kuchiga bo‘lgan talab 70-yillarga kelib deyarli ehtiyoj sezmaydi. Ushbu
davrlarda global iqtisodning boshqaruv kuchi Osiyo tomonga ko‘cha
boshlaydi. Bu esa shundoq ham aholi zich yashaydigan erlarda migrantlarga,
xususan, mehnat migratsiyasiga bo‘lgan talabni oshiradi. Oxir-oqibat migrant
qabul qiluvchi davlatlarda so‘nggi yillarda boshpanasizlar, qochoqlar va
nomuntazam migrantlarning harakati boshqarib bo‘lmas darajaga etdi. Bu
tabiiyki, xalqaro miqyosda migratsiya tizimini tartibga solish bo‘yicha qator
loyihalar ishlab chiqishni taqozo etardi.
Birinchidan, migrantlar orasida ayollar ulushi tez ravishda oshib
bormoqda. 2007 yilda Er yuzi bo‘yicha migrantlarning deyarli yarmi ayollar
bo‘ldi, ularning katta qismi rivojlangan davlatlarda va sezilarli qismi esa
rivojlanayotgan davlatlarda faoliyat yuritmoqda. BMTning statistik
ma’lumotlariga ko‘ra, 2005 yilda Evropa, Lotin Amerikasi, SHimoliy
Amerika, Okeaniya va sobiq Ittifoq davlatlarida erkak migrantlarga qaraganda
ayol migrantlar ko‘proq bo‘lgan. E’tirof etadigan tomoni, ilk vaqtlarda
ayollarning migratsiyada ishtirok etishda asosiy maqsadlaridan biri
an’analardan kelib chiqqan holda, o‘z jufti haloli bilan birga bo‘lish bo‘lsa,
bugungi kunda esa mustaqil tarzda ko‘chayotgan ayollar nisbati ortib
bormoqda, ular asosan oilalarining asosiy boquvchisi sifatida ketmoqdalar.
Ikkinchidan, migrantlarning o‘z davlatlari, tranzit va ular boradigan
(manzil) davlatlar orasidagi an’anaviy farq tushunarsiz bo‘lib qoldi. Bugungi
kunda dunyodagi deyarli barcha mamlakatlar nazoratni amalga oshirish uchun
uchta vazifani bajarmoqda, ya’ni migrantlar bu davlatlardan chiqarilmoqda,
davlatlar tranzit vazifasini bajarmoqda va migrantlar ularga qarab yo‘l
olishmoqda.
SHaxsning yashash joyini erkin tanlashini tan olish migratsiya ommaviy,
xalqaro tus olayotgan hozirgi davr va jamiyatlar uchun uzoq izlanishlar olib
borishni talab etayotgan masalalardan biridir. Inson xuquqlari va ma’naviy
madaniy qadriyatlar nuqtai nazaridan u, shubhasiz, ijobiy ahamiyatga ega.
SHaxsning o‘z ma’naviy-madaniy ehtiyojlarini qondirish uchun barcha
davlatlar va o‘lkalarda ham real teng imkoniyatlar yaratilgan deb bo‘lmaydi.
Diniy mutaassiblik, konservativ qarashlar, demokratiyani til uchida tan
olayotgan, aslida esa yakka fikrni targ‘ib etib, hurfikrlikni goh ochiq, goh
yopiq ta’qib etayotgan davlatlardan ochiq fuqarolik jamiyati qurayotgan G‘arb
davlatlarida migratsiya kuchayib bormoqda. Har yili G‘arb davlatlariga Osiyo
va sobiq SSSR respublikalaridan 4 millionga yaqin kishi migratsiya qilinadi.
Bunday jarayonlar Xitoy, YAponiya, Hindistondan AQSHga ko‘chishda ham
ko‘zga tashlanadi. Demak, migratsiya umumplanetar xarakter kasb etmoqda.
Ko‘chish faqat ishchi kuchlarining siljishi emas, u milliy madaniy
qatlamlarning siljishi hamdir. U madaniyatlararo integratsiyani kengaytiradi,
umuminsoniy ma’naviy-madaniy qadriyatlarning, turmush tarzining rang-
baranglashuviga, butun insoniyat uchun normativ ahamiyatga va ko‘rinishga
ega bo‘lgan madaniy paradigmalarning shakllanishiga olib keladi. “Emigratsiya
va reemigratsiya hayotning geosiyosiy, siyosiy, iqtisodiy, etnomadaniy, ijtimoiy
sohalariga ta’sir etdi”2.
Hozirgi davrda Markaziy Osiyo mamlakatlaridagi migratsiya oqimlarini
boshqarish muammosi mamlakatlar iqtisodiy xavfsizligini shakllantirishning
ahamiyatli omillaridan biriga aylanmoqda. CHunki migratsiya (xususan,
mehnat migratsiyasi) so‘nggi vaqtlarda mintaqaning qator mamlakatlari uchun
tahdidli xususiyat kasb etmoqda. Mintaqadagi migratsiya nafaqat o‘zining
misli ko‘rilmagan ulkan miqyosi, balki aksariyat hollarda asosan faqatgina bir
mamlakatga – Rossiyaga yo‘nalganligi bilan xarakterlidir. VMF
ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiya imigratsiya ko‘lamiga ko‘ra, kattaligi jihatidan
ikkinchi o‘rinda turadi. Bu esa, Markaziy Osiyo mintaqasining deyarli barcha
mamlakatlarini RF siyosiy va iqtisodiy manfaatlariga bevosita bog‘lab
qo‘yadi3.
Mintaqadagi mamlakatlar migratsiya jarayonlarining ikkinchi muhim
xususiyati migrantlardan olinayotgan moliyaviy tushumlardan ushbu
davlatlarning bog‘liqligi yuqori darajasidir. (Aynan MVFning ma’lumotlariga
ko‘ra, mintaqa mamlakatlariga migrantlar tomonidan yuborilayotgan pul
jo‘natmalari Tojikiston YAIMning 20-25%igacha, Qirg‘izistonda 16%igacha
tashkil etadi)4 Bog‘liklikning bunday darajasining o‘ziyoq iqtisodiy
xavfsizlikka bevosita tahdiddir. Rossiyada ishchi o‘rinlarning so‘nggi
qisqartirilishi Qirg‘iziston Respublikasi migratsiya va bandlik agentligi
direktori A.Riskulovaning bejiz jiddiy tashvishga solmayapti, uning fikriga
ko‘ra, jahon iqtisodiy inqiroziga bog‘liq holda migrantlardan pul tushumining
2 Аблажей Н.В. Эмиграция из России (СССР) в Китай и реэмиграция в первой половине
ХХ в. Автореф. дисс. д.и.н. Новосибирск: СО РАН, 2008. С. 3.
3 World Bank Publications _ ESW CD/раздел Региональные исследования 2007 г. На русском языке.
4 World Bank Publications _ ESW CD/раздел Региональные исследования 2007 г. На русском языке.