Globallashuv, sharqona demokratiya va ma’naviyat

Time

Yuklangan vaqt

2025-11-08

Downloads

Yuklab olishlar soni

0

Pages

Sahifalar soni

11

File size

Fayl hajmi

41,9 KB


Globallashuv, sharqona demokratiya va ma’naviyat
Reja;
1. Globallashuv jarayonlari tizimida demokratiy. Demokratiya, sharqona
demokratiya tushunchalari. 
2. Demokratiya va ma’naviyat. 
3. Demokratik islohotlarni chuqurlashtirish borasidagi vazifalar. 
Birinchi prezidentimiz I.A.Karimov BMTning 2010 yil 20 sentyabrda
bo‘lib  o‘tgan  “Mingyillikning  rivojlanish  maqsadlari”  sammitining  plenar
majlisida  so‘zlagan  nutqida  “Jahonning  turli  nuqtalarida  hamon  davom
etayotgan urushlar va qarama-qarshiliklar, saqlanib qolayotgan davlatlararo,
millatlararo va dinlararo ziddiyatlar, Mingyillik rivojlanish deklaratsiyasida
ta’kidlanganidek, qashshoqlik, ochlik, onalar va bolalar o‘limi, epidemiyalar va
insoniyatning  boshqa  muammolariga  qarshi  kurash  borasidagi  eng  jiddiy
to‘siqlar bo‘lib qolmoqda”, – deb ta’kidladi. SHundan so‘ng davlatimiz rahbari
“asosiy muammo va ziddiyatlar bo‘yicha o‘zaro murosa asosidagi echimlarni
topish” zarurligini va bu murakkab, chigal, ziddiyatli vaziyatlardan chiqishning
asosiy  yo‘llaridan  biri  ekanligini  qayd  etib  o‘tdi.  SHu  munosabat  bilan
tolerantlikni  va  uning  odamlar  ongiga  ta’siri  darajasini  oshirish  muhim
ahamiyat kasb etadi.
Keyingi  paytlarda  dunyoda  murosasizlik,  zo‘ravonlik,  terrorchilik,
tajovuzkor millatchilik, xalqlarning bir-biridan uzoqlashuvi, kam sonli milliy,
etnik guruhlarni kamsitish holatlarining tez-tez yuz berayotganligi mintaqaviy
va xalqaro miqyosda barqarorlikka va xavfsizlikka tahdid solmoqda va ijtimoiy
rivojlanish yo‘lidagi to‘siqlardan biri bo‘lib qolmoqda. YUNESKOning1995
yil  16  noyabrda  bo‘lib  o‘tgan  Bosh  konferensiyasi  tolerantlik  tamoyillari
Logotip
Globallashuv, sharqona demokratiya va ma’naviyat Reja; 1. Globallashuv jarayonlari tizimida demokratiy. Demokratiya, sharqona demokratiya tushunchalari. 2. Demokratiya va ma’naviyat. 3. Demokratik islohotlarni chuqurlashtirish borasidagi vazifalar. Birinchi prezidentimiz I.A.Karimov BMTning 2010 yil 20 sentyabrda bo‘lib o‘tgan “Mingyillikning rivojlanish maqsadlari” sammitining plenar majlisida so‘zlagan nutqida “Jahonning turli nuqtalarida hamon davom etayotgan urushlar va qarama-qarshiliklar, saqlanib qolayotgan davlatlararo, millatlararo va dinlararo ziddiyatlar, Mingyillik rivojlanish deklaratsiyasida ta’kidlanganidek, qashshoqlik, ochlik, onalar va bolalar o‘limi, epidemiyalar va insoniyatning boshqa muammolariga qarshi kurash borasidagi eng jiddiy to‘siqlar bo‘lib qolmoqda”, – deb ta’kidladi. SHundan so‘ng davlatimiz rahbari “asosiy muammo va ziddiyatlar bo‘yicha o‘zaro murosa asosidagi echimlarni topish” zarurligini va bu murakkab, chigal, ziddiyatli vaziyatlardan chiqishning asosiy yo‘llaridan biri ekanligini qayd etib o‘tdi. SHu munosabat bilan tolerantlikni va uning odamlar ongiga ta’siri darajasini oshirish muhim ahamiyat kasb etadi. Keyingi paytlarda dunyoda murosasizlik, zo‘ravonlik, terrorchilik, tajovuzkor millatchilik, xalqlarning bir-biridan uzoqlashuvi, kam sonli milliy, etnik guruhlarni kamsitish holatlarining tez-tez yuz berayotganligi mintaqaviy va xalqaro miqyosda barqarorlikka va xavfsizlikka tahdid solmoqda va ijtimoiy rivojlanish yo‘lidagi to‘siqlardan biri bo‘lib qolmoqda. YUNESKOning1995 yil 16 noyabrda bo‘lib o‘tgan Bosh konferensiyasi tolerantlik tamoyillari
Deklaratsiyasini  qabul  qildi,  zero  tolerantlik  tinchlikni  saqlashning,
insoniyatning har tomonlama rivojlanishining eng muhim tamoyili bo‘libgina
qolmay, balki uning zarur sharti hamdir.
Ijtimoiy  rivojlanishda  yuz  berayotgan  o‘zgarishlar  va  ularning
tendensiyalarini tahlil qilish global ijtimoiy ongda va muayyan inson hayoti va
taqdirida  tolerantlik  muammosi  naqadar  dolzarb  ekanligini  ko‘rsatadi.
Tolerantlik bugungi kunda zaruratga va madaniy me’yorga aylanib, atrofimizni
o‘rab turgan dunyo bilan munosabatlarimizning zarur sharti sifatida namoyon
bo‘lmoqda.
Ma’lumki, globallashuv ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy tizimlar va ijtimoiy
birliklarning intensiv integratsiyasi, kommunikatsiyaning innovatsion usul va
vositalariga tayangan holda kechayotgan, kompleks xarakterga ega obektiv
voqea va hodisalarda o‘z aksini topmoqda.
SHuningdek,  mazkur  sharoit  mavjud  huquqiy  normalarning  qayta
ko‘rib  chiqilishi,  mintaqa  va  hududlardagi  iqtisodiy  tizim  xarakterining
o‘zgarishi, mamlakatlar siyosiy hayotiga xalqaro omil ta’sirining kuchayishi,
turli madaniy tizimlar, xususan, dinlar o‘rtasidagi muloqot  intensivligining
kuchayishini keltirib chiqarmoqda..
Globallashuv  jarayoning  hayotimizga  tobora  tez  va  chuqur  kirib
kelayotganining  asosiy  sabablari  xususida  gapirganda  I.Karimov
ta’kidlaganlaridek “ ... shuni ob’ektiv tan olish kerak – bugungi kunda har
qaysi davlatning taraqqiyoti va ravnaqi nafaqat yaqin va uzoq qo‘shnilar, balki
jahon miqyosida boshqa mintaqa va hududlar bilan shunday chambarchas
bog‘lanib borayaptiki, biron mamlakatning bu jarayondan chetda turishi ijobiy
natijalarga olib kelmasligini tushunish, anglash qiyin emas”1.
Mutaxassislar  zamonaviy  global  rivojlanish  jarayonidagi  ba’zi
tendensiyalarning tahlili asosida bu borada ko‘p hollarda aksiomadek qabul
qilinadigan  ayrim  xulosalarga  tanqidiy  yondashish  zarurligini
ta’kidlashayotganini alohida qayd etish lozim. Jumladan, ular globallashuv
sharoitida dunyodagi yirik kompaniyalar olayotgan foyda o‘sish emas, balki
pasayish tomon ketayotgani, hukumatlar hali hamon gigant korporatsiyalar
faoliyatiga ta’sir ko‘rsatish imkoniyatini saqlab turgani va ko‘p hollarda ularni
1 Каримов И.А. Юксак маънавият – енгилмас куч. – Тошкент: Маънавият, 2008. – 111 б.
Logotip
Deklaratsiyasini qabul qildi, zero tolerantlik tinchlikni saqlashning, insoniyatning har tomonlama rivojlanishining eng muhim tamoyili bo‘libgina qolmay, balki uning zarur sharti hamdir. Ijtimoiy rivojlanishda yuz berayotgan o‘zgarishlar va ularning tendensiyalarini tahlil qilish global ijtimoiy ongda va muayyan inson hayoti va taqdirida tolerantlik muammosi naqadar dolzarb ekanligini ko‘rsatadi. Tolerantlik bugungi kunda zaruratga va madaniy me’yorga aylanib, atrofimizni o‘rab turgan dunyo bilan munosabatlarimizning zarur sharti sifatida namoyon bo‘lmoqda. Ma’lumki, globallashuv ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy tizimlar va ijtimoiy birliklarning intensiv integratsiyasi, kommunikatsiyaning innovatsion usul va vositalariga tayangan holda kechayotgan, kompleks xarakterga ega obektiv voqea va hodisalarda o‘z aksini topmoqda. SHuningdek, mazkur sharoit mavjud huquqiy normalarning qayta ko‘rib chiqilishi, mintaqa va hududlardagi iqtisodiy tizim xarakterining o‘zgarishi, mamlakatlar siyosiy hayotiga xalqaro omil ta’sirining kuchayishi, turli madaniy tizimlar, xususan, dinlar o‘rtasidagi muloqot intensivligining kuchayishini keltirib chiqarmoqda.. Globallashuv jarayoning hayotimizga tobora tez va chuqur kirib kelayotganining asosiy sabablari xususida gapirganda I.Karimov ta’kidlaganlaridek “ ... shuni ob’ektiv tan olish kerak – bugungi kunda har qaysi davlatning taraqqiyoti va ravnaqi nafaqat yaqin va uzoq qo‘shnilar, balki jahon miqyosida boshqa mintaqa va hududlar bilan shunday chambarchas bog‘lanib borayaptiki, biron mamlakatning bu jarayondan chetda turishi ijobiy natijalarga olib kelmasligini tushunish, anglash qiyin emas”1. Mutaxassislar zamonaviy global rivojlanish jarayonidagi ba’zi tendensiyalarning tahlili asosida bu borada ko‘p hollarda aksiomadek qabul qilinadigan ayrim xulosalarga tanqidiy yondashish zarurligini ta’kidlashayotganini alohida qayd etish lozim. Jumladan, ular globallashuv sharoitida dunyodagi yirik kompaniyalar olayotgan foyda o‘sish emas, balki pasayish tomon ketayotgani, hukumatlar hali hamon gigant korporatsiyalar faoliyatiga ta’sir ko‘rsatish imkoniyatini saqlab turgani va ko‘p hollarda ularni 1 Каримов И.А. Юксак маънавият – енгилмас куч. – Тошкент: Маънавият, 2008. – 111 б.
o‘z rejalarini o‘zgartirishga majbur qila olayotgani haqida yozmoqdalar2. Bu
esa,  davlat  chegaralari  ahamiyatining  keskin  darajada  pasayib  ketayotgani
haqida  gapirayotgan  mutaxassislarning  qarashlarini  bir  yoqlama  ekanidan
dalolat beradi.
Global  diniy  makonda  ro‘y  berayotgan  o‘zgarishlardan  biri  bu
muayyan  din  yoki  konfessiyaning  konkret  hudud  bilan  shartlanishidagi
o‘zgarishlar bilan bog‘liq. CHunki hozirda diniy hayotda sodir bo‘layotgan
o‘zgarish  ularning an’anaviy konfessional, siyosiy, madaniy va sivilizatsiyaviy
chegaralar doirasidagina emas, balki transmilliy, transetnik darajalarda ham
kechmoqda.  Xususan,  neopyatidesyatniklar,  bahoiylar  faoliyati  bu
yo‘nalishdagi jarayonlarga misol bo‘la oladi. Diniy hayotdagi global dinamik
o‘zgarishlarning yana bir xususiyati, iqtisodiy jarayonlar va ijtimoiy sohaning
bir qator jabhalarida global kommunikatsiya maydonida yuzaga kelgan tarmoq
modellari  kabi  “tarmoq  dinlari”  fenomenining  vujudga  kelgani  bilan  ham
xarakterlidir.
Mutaxassislarning
 
fikricha
 
“tarmoq
 
dinlari”
 
an’anaviy
konfessiyalardagi  ierarxik  strukturadan  yagona  markaz  va  an’analar
ortodoksalligi bilan ajralib turadi va beqaror aloqalar va nochiziqli avtoritet
hamda bo‘ysunish tizimiga ega qator avtonom birliklar orqali shakllanadi. O‘z
navbatida, ushbu birliklar bir-biridan kurtaklanib, eski siyosiy, madaniy va
konfessional  yurisdiksiya  chegaralarini  kesib  o‘tish  xususiyatiga  ega.
Xarizmatik  protestant  cherkovlari,  buddaviylik  va  hinduiylikdagi  ayrim
“tarmoq” tashkilotlari faoliyati bunga yaqqol misol bo‘la oladi3. SHu bilan
birga, diniy hayotda o‘ziga xos aksilgloballashuv jarayonlari kechayotganini
ham ta’kidlash joiz. Gap shundaki, ayrim mutaxassislar tomonidan zamonaviy
voqelikning  radikal  sekulyar  qadriyatlar  asosida  shakllanayotgani  haqidagi
qarashlar ham ilgari surilmoqda. “Bunga ko‘ra ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy va
2 Лапкин В.В., Пантин В.И. Геоэкономическая политика и глобальная политическая история. – М.: Изд-во:
Олита, 2004. – 280 с.
3 Қаранг: Нуруллаев А.А. Проблемы диалога религий в эпоху глобализации. // Вестник
Российского университета дружбы народов. - Cерия: Политология. - 2001. - № 3. - С. 28-
35.;  Мещеряков  Д.А.  Глобализация  в  религиозной  сфере  общественного  бытия:
Автореф. дисс... канд. филос.  наук.  Омск:  ГОУ  ВПО  «Омский  государственный
аграрный университет», 2007. – 25 с.
Logotip
o‘z rejalarini o‘zgartirishga majbur qila olayotgani haqida yozmoqdalar2. Bu esa, davlat chegaralari ahamiyatining keskin darajada pasayib ketayotgani haqida gapirayotgan mutaxassislarning qarashlarini bir yoqlama ekanidan dalolat beradi. Global diniy makonda ro‘y berayotgan o‘zgarishlardan biri bu muayyan din yoki konfessiyaning konkret hudud bilan shartlanishidagi o‘zgarishlar bilan bog‘liq. CHunki hozirda diniy hayotda sodir bo‘layotgan o‘zgarish ularning an’anaviy konfessional, siyosiy, madaniy va sivilizatsiyaviy chegaralar doirasidagina emas, balki transmilliy, transetnik darajalarda ham kechmoqda. Xususan, neopyatidesyatniklar, bahoiylar faoliyati bu yo‘nalishdagi jarayonlarga misol bo‘la oladi. Diniy hayotdagi global dinamik o‘zgarishlarning yana bir xususiyati, iqtisodiy jarayonlar va ijtimoiy sohaning bir qator jabhalarida global kommunikatsiya maydonida yuzaga kelgan tarmoq modellari kabi “tarmoq dinlari” fenomenining vujudga kelgani bilan ham xarakterlidir. Mutaxassislarning fikricha “tarmoq dinlari” an’anaviy konfessiyalardagi ierarxik strukturadan yagona markaz va an’analar ortodoksalligi bilan ajralib turadi va beqaror aloqalar va nochiziqli avtoritet hamda bo‘ysunish tizimiga ega qator avtonom birliklar orqali shakllanadi. O‘z navbatida, ushbu birliklar bir-biridan kurtaklanib, eski siyosiy, madaniy va konfessional yurisdiksiya chegaralarini kesib o‘tish xususiyatiga ega. Xarizmatik protestant cherkovlari, buddaviylik va hinduiylikdagi ayrim “tarmoq” tashkilotlari faoliyati bunga yaqqol misol bo‘la oladi3. SHu bilan birga, diniy hayotda o‘ziga xos aksilgloballashuv jarayonlari kechayotganini ham ta’kidlash joiz. Gap shundaki, ayrim mutaxassislar tomonidan zamonaviy voqelikning radikal sekulyar qadriyatlar asosida shakllanayotgani haqidagi qarashlar ham ilgari surilmoqda. “Bunga ko‘ra ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy va 2 Лапкин В.В., Пантин В.И. Геоэкономическая политика и глобальная политическая история. – М.: Изд-во: Олита, 2004. – 280 с. 3 Қаранг: Нуруллаев А.А. Проблемы диалога религий в эпоху глобализации. // Вестник Российского университета дружбы народов. - Cерия: Политология. - 2001. - № 3. - С. 28- 35.; Мещеряков Д.А. Глобализация в религиозной сфере общественного бытия: Автореф. дисс... канд. филос. наук. Омск: ГОУ ВПО «Омский государственный аграрный университет», 2007. – 25 с.
ma’naviy hayotda din asosiy emas, balki marginal o‘ringa ega bo‘ladi”4. Ayni
paytda,  o‘zgacha  nuqtai  nazar  ham  mavjud  bo‘lib,  u  dinning  barcha
yo‘nalishlardagi  jarayonlar  rivojida  qadriyatli  -  normativ  asoslardan  biri
sifatida chiqishini ifodalaydi. Xususan, “Hozirda din global tartibga institut,
anklav,  muayyan  birlik  emas,  balki  o‘ziga  xos  “jamoaviy  va  individual
mansublik  janri”  sifatida  kirmoqda”,  -  deb  yozadi  atoqli  olim  Ronald
Robertson5.
Albatta, insoniyat istiqbolida dinning qandaydir ikkilamchi, noasosiy
o‘rin tutishiga doir gipotetik xarakterdagi ushbu fikr-mulohazalar o‘ta bahsli
bo‘lib,  ularga  diniy  hayotda  kechayotgan  o‘zgarishlar  dinamikasini  har
tomonlama tahlil etish orqaligina asosli munosabat bildirish mumkin. 
“SHu o‘rinda ta’kidlash muhimki, zamonaviy voqelik diniy qadriyatlar
buzilishi  va  faqatgina  sekulyarlashuv  asoslarining  rivojlanishi  bilan
kechayotgani yo‘q. Balki, demokratik davlat va jamiyat qurish asoslarining
mustahkamlanib  borishi,  diniy  e’tiqod  erkinligining  keng  joriy  etishishi
natijasida, diniy hayotda o‘ziga xos ixtiyoriylik muhiti vujudga kelmoqda”6.
Aytish  mumkinki,  bu  diniy  sohadagi  globallashuv  jarayonining  asosiy
xususiyatlaridan biridir.
E’tiqod va vijdon erkinligining keng tarqalishi, o‘z navbatida, diniy
hayot  shakllarining  transformatsiyalashuviga  olib  kelmoqda.  Demokratiya,
erkin  raqobat  va  inson  huquqlari  tamoyillari  diniy  qoidalar  tizimiga
integratsiyalashmoqda. Turdi din vakillari esa, aynan shu nuqtai nazardan kelib
chiqqan holda sekulyar madaniyat tizimiga munosabat bildirmoqda. Boshqacha
aytganda, globallashuv davri boshqa ijtimoiy institutlar hayotida bo‘lgani kabi
dinlar hayotida ham muhim tarixiy bosqich hisoblanadi. CHunki turli ijobiy va
salbiy oqibatlarga ega  globallashuv jarayoni e’tiqod va vijdon, iroda va so‘z
erkinligi  tamoyillari  ustuvorlashib  borayotgan  demokratik  sharoitlarda
kechmoqda. Bu esa, o‘z navbatida, asrlar mobaynida o‘zaro bir-biriga nisbatan
antagonizm, nigilizm, radikalizm kayfiyatida yashab kelgan turli diniy tizimlar
4 Қаранг:  Еремеев  С.Г. Вызовы  глобализации:  этнический  и  религиозный
экстремизм в современном мире. - http://anthropology.ru/ru/texts/eremeev/terror.html.
5 Қаранг:  Новая социальная реальность глобального мира. /Отв. ред. В.И. Иванов. –
Красноярск: Изд-во “ЛИТЕРА-принт”, 2008. – 214 с.
6 Орлов М. Место и роль религии в глобальных процессах современности. // Власть, 2008. № 1. – С 46.
Logotip
ma’naviy hayotda din asosiy emas, balki marginal o‘ringa ega bo‘ladi”4. Ayni paytda, o‘zgacha nuqtai nazar ham mavjud bo‘lib, u dinning barcha yo‘nalishlardagi jarayonlar rivojida qadriyatli - normativ asoslardan biri sifatida chiqishini ifodalaydi. Xususan, “Hozirda din global tartibga institut, anklav, muayyan birlik emas, balki o‘ziga xos “jamoaviy va individual mansublik janri” sifatida kirmoqda”, - deb yozadi atoqli olim Ronald Robertson5. Albatta, insoniyat istiqbolida dinning qandaydir ikkilamchi, noasosiy o‘rin tutishiga doir gipotetik xarakterdagi ushbu fikr-mulohazalar o‘ta bahsli bo‘lib, ularga diniy hayotda kechayotgan o‘zgarishlar dinamikasini har tomonlama tahlil etish orqaligina asosli munosabat bildirish mumkin. “SHu o‘rinda ta’kidlash muhimki, zamonaviy voqelik diniy qadriyatlar buzilishi va faqatgina sekulyarlashuv asoslarining rivojlanishi bilan kechayotgani yo‘q. Balki, demokratik davlat va jamiyat qurish asoslarining mustahkamlanib borishi, diniy e’tiqod erkinligining keng joriy etishishi natijasida, diniy hayotda o‘ziga xos ixtiyoriylik muhiti vujudga kelmoqda”6. Aytish mumkinki, bu diniy sohadagi globallashuv jarayonining asosiy xususiyatlaridan biridir. E’tiqod va vijdon erkinligining keng tarqalishi, o‘z navbatida, diniy hayot shakllarining transformatsiyalashuviga olib kelmoqda. Demokratiya, erkin raqobat va inson huquqlari tamoyillari diniy qoidalar tizimiga integratsiyalashmoqda. Turdi din vakillari esa, aynan shu nuqtai nazardan kelib chiqqan holda sekulyar madaniyat tizimiga munosabat bildirmoqda. Boshqacha aytganda, globallashuv davri boshqa ijtimoiy institutlar hayotida bo‘lgani kabi dinlar hayotida ham muhim tarixiy bosqich hisoblanadi. CHunki turli ijobiy va salbiy oqibatlarga ega globallashuv jarayoni e’tiqod va vijdon, iroda va so‘z erkinligi tamoyillari ustuvorlashib borayotgan demokratik sharoitlarda kechmoqda. Bu esa, o‘z navbatida, asrlar mobaynida o‘zaro bir-biriga nisbatan antagonizm, nigilizm, radikalizm kayfiyatida yashab kelgan turli diniy tizimlar 4 Қаранг: Еремеев С.Г. Вызовы глобализации: этнический и религиозный экстремизм в современном мире. - http://anthropology.ru/ru/texts/eremeev/terror.html. 5 Қаранг: Новая социальная реальность глобального мира. /Отв. ред. В.И. Иванов. – Красноярск: Изд-во “ЛИТЕРА-принт”, 2008. – 214 с. 6 Орлов М. Место и роль религии в глобальных процессах современности. // Власть, 2008. № 1. – С 46.
oldiga sifat jihatdan yangi bo‘lgan sharoit talablariga moslashish, fuqarolik
jamiyati  qurishni  maqsad  qilib  olgan  xalqlar  hayotida  o‘zining  o‘rni  va
ahamiyatini  saqlab  qolish  va  rivojlantirishning  innovatsion  yo‘llari  va
mexanizmlarini ishlab chiqishdek murakkab vazifalarni hal etishni zarur qilib
qo‘ymoqda.
Bu  yo‘nalishdagi  birlamchi  vazifalardan  biri  shubhasiz,  dinlararo,
konfessiyalararo muloqot hisoblanadi. Zero, o‘zaro hurmat, tenglik, ishonch va
hamjihatlikka asoslangan sog‘lom muloqot har qanday din yoki konfessiyaning
globallashuv sharoitida o‘z o‘rni va mavqeini saqlab qolishning eng maqbul
vositasidir.
Umuman  olganda,  “globallashuv  –  bu  avvalo  hayot  sur’atlarining
beqiyos darajada tezlashuvi...”7 ekani haqidagi fikrdan kelib chiqqan holda
aytish mumkinki, hozirda dinlarning bir-biri bilan yaqindan hamkorlik qilishi
ob’ektiv  zaruriyatdir.  Global  ijtimoiy,  siyosiy,  iqtisodiy,  ma’naviy  hayot
barqarorligi ko‘p jihatdan ana shu hamkorlikning samarali rivojlantirilishiga
bog‘liqdir. 
Globallashuv  atamasi  garchi  keyingi  vaqtlarda  ommaviy  tarzda
qo‘llanilayotgan  bo‘lsada,  u  chuqur  nazariy  asoslarga  ega  tushunchadir.
Qaysidir  ma’noda  bu  tushuncha  
 insoniyatni  birlikka  intilishining
faollashuvini bildiradi, odamlardagi begonalashuvni yo‘qotadi, kommunikativ
aloqalarni   tezlashtiradi.  Insoniyatning  tarixan  birligini  madaniyatlarning
o‘zaro almashinuvida, monoteistik dinlarni tarqalishi, umumiy til yaratishga
bo‘lgan  urinishlarda  ko‘rishimiz  mumkin.  Lekin,  hozir  gap  bu  haqda
ketayotgani  yo‘q.  Globallashuvning  zamonaviy  tendensiyasi  ma’naviy
doiradan  chiqib  iqtisodni,  siyosatni,  axborot  jarayonlarini  va  inson
faoliyatining boshqa ko‘plab jabhalarini qamrab olmoqda. SHu tarzda ko‘p
qirrali  aloqalar  bilan  bog‘liq  bo‘lgan  megajamiyat  shakllanmoqda.  SHu
ma’noda  aytish  mumkinki,  globalizatsiya  —  jahon  iqtisodiy,  texnologik,
siyosiy, informatsion  integratsiyasining o‘lchamidir. 
O‘zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasining  12-moddasida  ijtimoiy
hayot  siyosiy  institutlar,  mafkuralar  va  fikrlarning  xilma-xilligi  asosida
rivojlanadi, hech qaysi mafkura davlat mafkurasi sifatida o‘rnatilishi mumkin
7 Каримов И.А. Юксак маънавият – енгилмас куч. – Тошкент: Маънавият, 2016. – 111 б.
Logotip
oldiga sifat jihatdan yangi bo‘lgan sharoit talablariga moslashish, fuqarolik jamiyati qurishni maqsad qilib olgan xalqlar hayotida o‘zining o‘rni va ahamiyatini saqlab qolish va rivojlantirishning innovatsion yo‘llari va mexanizmlarini ishlab chiqishdek murakkab vazifalarni hal etishni zarur qilib qo‘ymoqda. Bu yo‘nalishdagi birlamchi vazifalardan biri shubhasiz, dinlararo, konfessiyalararo muloqot hisoblanadi. Zero, o‘zaro hurmat, tenglik, ishonch va hamjihatlikka asoslangan sog‘lom muloqot har qanday din yoki konfessiyaning globallashuv sharoitida o‘z o‘rni va mavqeini saqlab qolishning eng maqbul vositasidir. Umuman olganda, “globallashuv – bu avvalo hayot sur’atlarining beqiyos darajada tezlashuvi...”7 ekani haqidagi fikrdan kelib chiqqan holda aytish mumkinki, hozirda dinlarning bir-biri bilan yaqindan hamkorlik qilishi ob’ektiv zaruriyatdir. Global ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy hayot barqarorligi ko‘p jihatdan ana shu hamkorlikning samarali rivojlantirilishiga bog‘liqdir. Globallashuv atamasi garchi keyingi vaqtlarda ommaviy tarzda qo‘llanilayotgan bo‘lsada, u chuqur nazariy asoslarga ega tushunchadir. Qaysidir ma’noda bu tushuncha insoniyatni birlikka intilishining faollashuvini bildiradi, odamlardagi begonalashuvni yo‘qotadi, kommunikativ aloqalarni tezlashtiradi. Insoniyatning tarixan birligini madaniyatlarning o‘zaro almashinuvida, monoteistik dinlarni tarqalishi, umumiy til yaratishga bo‘lgan urinishlarda ko‘rishimiz mumkin. Lekin, hozir gap bu haqda ketayotgani yo‘q. Globallashuvning zamonaviy tendensiyasi ma’naviy doiradan chiqib iqtisodni, siyosatni, axborot jarayonlarini va inson faoliyatining boshqa ko‘plab jabhalarini qamrab olmoqda. SHu tarzda ko‘p qirrali aloqalar bilan bog‘liq bo‘lgan megajamiyat shakllanmoqda. SHu ma’noda aytish mumkinki, globalizatsiya — jahon iqtisodiy, texnologik, siyosiy, informatsion integratsiyasining o‘lchamidir. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 12-moddasida ijtimoiy hayot siyosiy institutlar, mafkuralar va fikrlarning xilma-xilligi asosida rivojlanadi, hech qaysi mafkura davlat mafkurasi sifatida o‘rnatilishi mumkin 7 Каримов И.А. Юксак маънавият – енгилмас куч. – Тошкент: Маънавият, 2016. – 111 б.
emas, deyilgan. SHunga binoan, har bir diniy konfessiya o‘z mafkurasiga ega
bo‘lishi  mumkin. Lekin bu mafkura xalqqa tazyiq bilan singdirishga yo‘l
qo‘yilmaydi.  Jamiyatimizda  diniy  tashkilotlar  faoliyati  xalqimizda  milliy
g‘urur va iftixor, vatanparvarlik va fidokorlik, komil insonni shakllantirishga
qaratilgan. 
O‘zbekistonda e’tiqod erkinligi va diniy bag‘rikenglikni mustahkamlashda
qonunchilik ham takomillashib bordi. «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar
to‘g‘risida»gi qonun 1991 yilda qabul qilingan bo‘lib, 1993 yilda kiritilgan
ba’zi qo‘shimcha va o‘zgartirishlar bilan 1998 yilga qadar amalda bo‘lib keldi.
So‘nggi  yillar  davomida  mazkur  qonunni  davr  talablari  asosida  tubdan
o‘zgartirish zarur bo‘lib qoldi va 1998 yilning 1 may oyida Respublika Oliy
Majlisi tomonidan qonunning yangi tahriri qabul qilindi. 
2000  yil  13-15  sentyabrda  Toshkentda  o‘tgan  dinlararo  muloqot
YUNESKO Kongressi Markaziy Osiyodagi madaniy, diniy va etnik xilma-
xilligini muhokama qildi. Unda 40ga yaqin davlatdan 80dan ortiq turli din va
konfessiyalarga  mansub  vakillar,  yirik  mutaxassislar  ishtirok  etdilar.
Kongressdan so‘ng 18 sentyabr kuni Buxoro shahrida «Tasavvuf va dinlararo
muloqot»  mavzusida  xalqaro  simpozium  bo‘lib  o‘tdi.  Unda  «tasavvuf»ga
bag‘rikenglikni targ‘ib etuvchi, tinchlikka chaqiruvchi Islom dinining noyob,
o‘ziga xos ko‘rinishi degan ta’rif berildi. Aynan 2000 yil sentyabrida Toshkent
islom universitetida dinlarni qiyosiy o‘rganish bo‘yicha YUNESKO kafedrasi
ochildi. YUNESKO rahbariyati bu tashabbusni qo‘llab-quvvatladi. Fan, ta’lim
va madaniyat sohasidagi eng nufuzli xalqaro tashkilot rahbari shaxsan o‘zi
kelib kafedrani ochishi fikrimiz isbotidir. Kafedraning asosiy vazifasi dinlararo
muloqot va diniy bag‘rikenglikni yanada mustahkamlashga ko‘maklashishdir.
SHuningdek, 2001 yil sentyabrida Toshkentda o‘tgan Osiyo – Tinch okeani
mintaqasi  YUNESKO  «bag‘rikenglik  tarmog‘i»ning  ikkinchi  yig‘ilishida
bag‘rikenglik tamoyillari o‘zbek xalqining urf – odatlari bilan chambarchas
bog‘liqligi ta’kidlandi.
O‘zbekistonning an’anaviy diniy bag‘rikenglik o‘lkasi ekani, islom fani va
madaniyatiga qo‘shgan ulkan hissasini e’tirof etib, nufuzli xalqaro tashkilot –
Islom  konferensiyasi  tashkiloti  (O‘zbekiston  unga  1996  yildan  a’zo)ning
Logotip
emas, deyilgan. SHunga binoan, har bir diniy konfessiya o‘z mafkurasiga ega bo‘lishi mumkin. Lekin bu mafkura xalqqa tazyiq bilan singdirishga yo‘l qo‘yilmaydi. Jamiyatimizda diniy tashkilotlar faoliyati xalqimizda milliy g‘urur va iftixor, vatanparvarlik va fidokorlik, komil insonni shakllantirishga qaratilgan. O‘zbekistonda e’tiqod erkinligi va diniy bag‘rikenglikni mustahkamlashda qonunchilik ham takomillashib bordi. «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida»gi qonun 1991 yilda qabul qilingan bo‘lib, 1993 yilda kiritilgan ba’zi qo‘shimcha va o‘zgartirishlar bilan 1998 yilga qadar amalda bo‘lib keldi. So‘nggi yillar davomida mazkur qonunni davr talablari asosida tubdan o‘zgartirish zarur bo‘lib qoldi va 1998 yilning 1 may oyida Respublika Oliy Majlisi tomonidan qonunning yangi tahriri qabul qilindi. 2000 yil 13-15 sentyabrda Toshkentda o‘tgan dinlararo muloqot YUNESKO Kongressi Markaziy Osiyodagi madaniy, diniy va etnik xilma- xilligini muhokama qildi. Unda 40ga yaqin davlatdan 80dan ortiq turli din va konfessiyalarga mansub vakillar, yirik mutaxassislar ishtirok etdilar. Kongressdan so‘ng 18 sentyabr kuni Buxoro shahrida «Tasavvuf va dinlararo muloqot» mavzusida xalqaro simpozium bo‘lib o‘tdi. Unda «tasavvuf»ga bag‘rikenglikni targ‘ib etuvchi, tinchlikka chaqiruvchi Islom dinining noyob, o‘ziga xos ko‘rinishi degan ta’rif berildi. Aynan 2000 yil sentyabrida Toshkent islom universitetida dinlarni qiyosiy o‘rganish bo‘yicha YUNESKO kafedrasi ochildi. YUNESKO rahbariyati bu tashabbusni qo‘llab-quvvatladi. Fan, ta’lim va madaniyat sohasidagi eng nufuzli xalqaro tashkilot rahbari shaxsan o‘zi kelib kafedrani ochishi fikrimiz isbotidir. Kafedraning asosiy vazifasi dinlararo muloqot va diniy bag‘rikenglikni yanada mustahkamlashga ko‘maklashishdir. SHuningdek, 2001 yil sentyabrida Toshkentda o‘tgan Osiyo – Tinch okeani mintaqasi YUNESKO «bag‘rikenglik tarmog‘i»ning ikkinchi yig‘ilishida bag‘rikenglik tamoyillari o‘zbek xalqining urf – odatlari bilan chambarchas bog‘liqligi ta’kidlandi. O‘zbekistonning an’anaviy diniy bag‘rikenglik o‘lkasi ekani, islom fani va madaniyatiga qo‘shgan ulkan hissasini e’tirof etib, nufuzli xalqaro tashkilot – Islom konferensiyasi tashkiloti (O‘zbekiston unga 1996 yildan a’zo)ning
ta’lim, fan va madaniyat bo‘yicha Boshqarmasi (ISESCO) Toshkent shahrini
2007 yilda islom madaniyati poytaxti deb e’lon qildi. 
Xalqaro  hamjihatlik  yo‘lida  har  bir  inson,  jamoa  va  millatlar
bashariyatning turli-tuman madaniyatlardan iborat ekanini anglashi va hurmat
qilishi  juda  muhimdir.  Bag‘rikengliksiz  demokratiya  asoslari  va  inson
huquqlarini mustahkamlab bo‘lmaydi. Tinchliksiz taraqqiyot va demokratiya
bo‘lmagani kabi, bag‘rikengliksiz tinchlik bo‘lmaydi. 
Globallashuv  jarayoni  g‘oyaviy,  mafkuraviy  jarayonlarga  o‘z  ta’sirini
ko‘rsatib, xozirgi sharoitda u mafkuraviy ta’sir o‘tkazishning nixoyatda kuchli
vositasiga  aylanib,  jahondagi  xar  xil  siyosiy  kuchlar  va  markazlarning
manfaatlariga xizmat qilmoqda. Xozirgi vaqtda ko‘z o‘ngimizda dunyoning
geopolitik, iqtisodiy va ijtimoiy, ahborot kommunikatsiya manzarasida chuqur
o‘zgarishlar ro‘y berayotgan, turli mafkuralar tortishuvi keskin tus olayotgan
bir vaziyatda, barchamizga ayonki, – deb ta’kidlaydi I.A.Karimov, – fikrga
qarshi fikr, g‘oyaga qarshi g‘oya, jaholatga  qarshi ma’rifat bilan kurashish har
qachongidan  ko‘ra muxim ahamiyat kasb etmoqda8.
Milliy  mustaqillikka  erishilgandan  so‘ng  O‘zbekistonda  demokratik,
huquqiy, fuqarolik jamiyatli, dunyoviylik tamoyiliga asoslangan «Ozod va
obod Vatan, erkin va farovon xayot» barpo etila boshlandi. Lekin shu bilan
birgalikda  o‘z  oldiga  muayyan  geopolitik  maqsadlarni  qo‘ygan  siyosiy
kuchlarning, diniy tashkilotlarning ma’naviy-mafkuraviy taxdidlari kuchaydi.
Mavjud  konstitutsiyaviy  tuzumni  ag‘darib  tashlab,  islom  davlatini  qurish,
xalifalikni qayta tiklash to‘g‘risidagi zararli g‘oyalar Islom uyg‘onish partiyasi,
Xizbuolloh,  (Alloh  partiyasi),  Xizb  at  tahrir  al-islomiy  (Islom  ozodlik
partiyasi),  Badiuzzamon  Said  Nursiyning  Nurchilik  harakati,  Usoma  bin
Lodinning  Al  Qoida,  Akrom  Yo‘ldoshevning  akromiylar  harakatining
g‘oyalarida  o‘z  ifodasini  topgan  bo‘lib,  O‘zbekistondagi  tinchlik  va
barqarorlikka, diniy totuvlik va dinlararo bag‘rikenglikka salbiy ta’sir ko‘rsatib
keldi.  O‘zbekistonda  demokratik,  huquqiy,  dunyoviy  davlat  va  fuqarolik
jamiyat qurish jarayonida Xoji Abdulla Ozarbayjoniy asos solgan «Tavba»
ekstremistik  harakati,  Hindistonda  Muhammad  Ilyos  asos  solgan
«Tablig‘chilar» jamoasi,  Pokistonda Mirza G‘ulom Axmad Xon tomonidan
8 Каримов И.А. Юксак маънавият – енгилмас куч. Тошкент: Маънавият, 2008. 119-бет.
Logotip
ta’lim, fan va madaniyat bo‘yicha Boshqarmasi (ISESCO) Toshkent shahrini 2007 yilda islom madaniyati poytaxti deb e’lon qildi. Xalqaro hamjihatlik yo‘lida har bir inson, jamoa va millatlar bashariyatning turli-tuman madaniyatlardan iborat ekanini anglashi va hurmat qilishi juda muhimdir. Bag‘rikengliksiz demokratiya asoslari va inson huquqlarini mustahkamlab bo‘lmaydi. Tinchliksiz taraqqiyot va demokratiya bo‘lmagani kabi, bag‘rikengliksiz tinchlik bo‘lmaydi. Globallashuv jarayoni g‘oyaviy, mafkuraviy jarayonlarga o‘z ta’sirini ko‘rsatib, xozirgi sharoitda u mafkuraviy ta’sir o‘tkazishning nixoyatda kuchli vositasiga aylanib, jahondagi xar xil siyosiy kuchlar va markazlarning manfaatlariga xizmat qilmoqda. Xozirgi vaqtda ko‘z o‘ngimizda dunyoning geopolitik, iqtisodiy va ijtimoiy, ahborot kommunikatsiya manzarasida chuqur o‘zgarishlar ro‘y berayotgan, turli mafkuralar tortishuvi keskin tus olayotgan bir vaziyatda, barchamizga ayonki, – deb ta’kidlaydi I.A.Karimov, – fikrga qarshi fikr, g‘oyaga qarshi g‘oya, jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish har qachongidan ko‘ra muxim ahamiyat kasb etmoqda8. Milliy mustaqillikka erishilgandan so‘ng O‘zbekistonda demokratik, huquqiy, fuqarolik jamiyatli, dunyoviylik tamoyiliga asoslangan «Ozod va obod Vatan, erkin va farovon xayot» barpo etila boshlandi. Lekin shu bilan birgalikda o‘z oldiga muayyan geopolitik maqsadlarni qo‘ygan siyosiy kuchlarning, diniy tashkilotlarning ma’naviy-mafkuraviy taxdidlari kuchaydi. Mavjud konstitutsiyaviy tuzumni ag‘darib tashlab, islom davlatini qurish, xalifalikni qayta tiklash to‘g‘risidagi zararli g‘oyalar Islom uyg‘onish partiyasi, Xizbuolloh, (Alloh partiyasi), Xizb at tahrir al-islomiy (Islom ozodlik partiyasi), Badiuzzamon Said Nursiyning Nurchilik harakati, Usoma bin Lodinning Al Qoida, Akrom Yo‘ldoshevning akromiylar harakatining g‘oyalarida o‘z ifodasini topgan bo‘lib, O‘zbekistondagi tinchlik va barqarorlikka, diniy totuvlik va dinlararo bag‘rikenglikka salbiy ta’sir ko‘rsatib keldi. O‘zbekistonda demokratik, huquqiy, dunyoviy davlat va fuqarolik jamiyat qurish jarayonida Xoji Abdulla Ozarbayjoniy asos solgan «Tavba» ekstremistik harakati, Hindistonda Muhammad Ilyos asos solgan «Tablig‘chilar» jamoasi, Pokistonda Mirza G‘ulom Axmad Xon tomonidan 8 Каримов И.А. Юксак маънавият – енгилмас куч. Тошкент: Маънавият, 2008. 119-бет.