GLOBALLASHUV VA BARQAROR TARAQQIYOT FALSAFASI (Barqaror taraqqiyotni ta’minlashda globallashuvning ijobiy va salbiy yo‘nalishlari, Global muamolar)

Yuklangan vaqt

2024-05-24

Yuklab olishlar soni

2

Sahifalar soni

14

Faytl hajmi

25,7 KB


Ilmiybaza.uz 
 
 
 
 
 
 
GLOBALLASHUV VA BARQAROR TARAQQIYOT FALSAFASI 
 
 
Reja: 
1.Globallashuv, globalistika va barqaror taraqqiyot jarayonlarining mohiyati. 
2. Barqaror taraqqiyotni ta’minlashda globallashuvning ijobiy va salbiy yo‘nalishlari 
3.Global muamolar.Asosiy global muammolarning tasnifi. 
4. Global muammolarni bartaraf etishda xalqaro kuchlar birlashuvining ahamiyati. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Ilmiybaza.uz GLOBALLASHUV VA BARQAROR TARAQQIYOT FALSAFASI Reja: 1.Globallashuv, globalistika va barqaror taraqqiyot jarayonlarining mohiyati. 2. Barqaror taraqqiyotni ta’minlashda globallashuvning ijobiy va salbiy yo‘nalishlari 3.Global muamolar.Asosiy global muammolarning tasnifi. 4. Global muammolarni bartaraf etishda xalqaro kuchlar birlashuvining ahamiyati.
Ilmiybaza.uz 
 
 Tayanch tushunchalar: globallashuv, globallashuv falsafasi, global 
muammolar, barqaror taraqqiyot, global muammolar tasnifi. 
 
 Globallashuv jamiyat hayotining turli jabhalarida butun Er sayyorasi uchun 
yagona 
bo’lgan 
tuzilmalar, 
aloqalar 
va 
munosabatlarning 
shakllanishi, 
universallashuv jarayonidir. 
Kengroq ma’noda «globalistika» atamasi globallashuvning turli jihatlari va 
global muammolarga oid ilmiy, falsafiy, madaniy va amaliy tadqiqotlarni, jumladan 
ularning natijalarini, shuningdek ularni ayrim davlatlar darajasida ham, xalqaro 
miqyosda ham iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy jabhalarda amalga joriy etish borasidagi 
amaliy faoliyatni ifodalash uchun qo’llaniladi.  
Globalistika mustaqil ilmiy yo’nalish va ijtimoiy amaliyot sohasi sifatida 1960-
yillarning oxirlarida shakllana boshladi, lekin uning paydo bo’lishi uchun ob’ektiv 
asoslar ancha oldin yuzaga kelgan edi.  
 Fundamental globallashuv dunyo miqyosidagi aloqalar, tuzilmalar va 
munosabatlar yuzaga kelishi bilan bog’liq. Mazkur jarayonlar natijasida dunyo 
o’zining deyarli barcha jihatlarida yaxlit bir butun organizm sifatida uzil-kesil 
shakllandi. Fundamental deb nomlanuvchi bunday globallashuvning ilk alomatlari 
XIX asrning ikkinchi yarmida paydo bo’ldi, XX asr o’rtalariga kelib esa u to’la 
darajada borliqqa aylandi.  
Ayni shu davrda dunyoni iqtisodiy bo’lib olish yakunlandi va buning 
natijasida turli mamlakatlar va xalqlarning kuchayib borayotgan o’zaro 
bog’liqligidan kelib chiqadigan mutlaqo yangicha tusdagi keskin xalqaro 
muammolar yuzaga keldi. Bu jarayonlar nafaqat iqtisodiyot, siyosat va ijtimoiy 
hayotni, balki aloqa va kommunikatsiya vositalarini, shuningdek ma’naviy jabha – 
madaniyat, fan va falsafani ham qamrab oldi. Turli-tuman xalqaro tashkilotlar, 
forumlar, s’ezdlar, kongresslar vujudga kela boshladiki, bunga o’sha davrda aloqa 
va ommaviy kommunikatsiya vositalarining faol rivojlanishi ham imkoniyat yaratdi.  
Ilmiybaza.uz Tayanch tushunchalar: globallashuv, globallashuv falsafasi, global muammolar, barqaror taraqqiyot, global muammolar tasnifi. Globallashuv jamiyat hayotining turli jabhalarida butun Er sayyorasi uchun yagona bo’lgan tuzilmalar, aloqalar va munosabatlarning shakllanishi, universallashuv jarayonidir. Kengroq ma’noda «globalistika» atamasi globallashuvning turli jihatlari va global muammolarga oid ilmiy, falsafiy, madaniy va amaliy tadqiqotlarni, jumladan ularning natijalarini, shuningdek ularni ayrim davlatlar darajasida ham, xalqaro miqyosda ham iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy jabhalarda amalga joriy etish borasidagi amaliy faoliyatni ifodalash uchun qo’llaniladi. Globalistika mustaqil ilmiy yo’nalish va ijtimoiy amaliyot sohasi sifatida 1960- yillarning oxirlarida shakllana boshladi, lekin uning paydo bo’lishi uchun ob’ektiv asoslar ancha oldin yuzaga kelgan edi. Fundamental globallashuv dunyo miqyosidagi aloqalar, tuzilmalar va munosabatlar yuzaga kelishi bilan bog’liq. Mazkur jarayonlar natijasida dunyo o’zining deyarli barcha jihatlarida yaxlit bir butun organizm sifatida uzil-kesil shakllandi. Fundamental deb nomlanuvchi bunday globallashuvning ilk alomatlari XIX asrning ikkinchi yarmida paydo bo’ldi, XX asr o’rtalariga kelib esa u to’la darajada borliqqa aylandi. Ayni shu davrda dunyoni iqtisodiy bo’lib olish yakunlandi va buning natijasida turli mamlakatlar va xalqlarning kuchayib borayotgan o’zaro bog’liqligidan kelib chiqadigan mutlaqo yangicha tusdagi keskin xalqaro muammolar yuzaga keldi. Bu jarayonlar nafaqat iqtisodiyot, siyosat va ijtimoiy hayotni, balki aloqa va kommunikatsiya vositalarini, shuningdek ma’naviy jabha – madaniyat, fan va falsafani ham qamrab oldi. Turli-tuman xalqaro tashkilotlar, forumlar, s’ezdlar, kongresslar vujudga kela boshladiki, bunga o’sha davrda aloqa va ommaviy kommunikatsiya vositalarining faol rivojlanishi ham imkoniyat yaratdi.
Ilmiybaza.uz 
 
Birinchi va Ikkinchi jahon urushlari oralig’idagi davrda globallashuv 
jarayonlari yanada bo’rtibroq namoyon bo’ldi. Bu davrda, globallashuvning asosiy 
beligilari: 
a) biosferaga antropogen ta’sirning kuchayishi va insonning real «geologik kuch»ga 
aylanishi; 
b) ommaviy madaniyat, avvalo kino, musiqa, adabiyot, keng iste’mol mollari ishlab 
chiqarish sohasida faol rivojlana boshlashi; 
v) televizorning ixtiro etilishi, vaqt o’tishi bilan u ommaviy madaniyatning asosiy 
targ’ibotchisiga va globallashuv ramziga aylanishi; 
g) makon va vaqtni ilk bor insonning kundalik hayoti ko’rsatkichlariga qadar uzil-
kesil «qisqartirgan» havo kemalarida qit’alararo qo’nmay, to’g’ri uchib 
o’tishlarlarda namoyon bo’ldi. 
Ammo echilmagan ziddiyatlar va umumiy bog’liqlikning kuchayishi 
insoniyat tarixidagi eng katta va davomli urush – Ikkinchi jahon urushi 
boshlanishiga olib keldi. Bu safar dunyo miqyosidagi urushda Er aholisining 
to’rtdan uch qismi ishtirok etdi, Birinchi jahon urushiga qaraganda bir necha baravar 
ko’proq qurbonlar berildi.  
 Globallashuvning serqirraligi. Dunyo miqyosidagi tahdidlar va globallashuv 
jarayonlarini aholining keng qatlamlari anglab etishi, shuningdek jahon hamjamiyati 
va unga mos keluvchi qadriyatlarga munosabat, madaniyat, turmush tarzining 
shakllanishi gldoballashuv serqirraligi bosqichiga xos xususiyat hisoblanadi. 1970-
yillardan globallashuv o’z rivojlanishining yangi bosqichiga ko’tarildi va serqirra 
tus oldi. Ayni shu davrda axborot-texnologiya inqilobining rivojlanishi jadallashdi, 
mif, din, falsafa, fan, ekologiya bilan bir qatorda global ong ijtimoiy ongning yana 
bir shakli sifatida paydo bo’ldi.  
Globallashuvning serqirragi jahon bozorini sezilarli darajada o’zgartirdi, 
jahon xo’jaligi o’ziga xos xususiyatlarini namoyon etib, milliy xo’jaliklardan 
kuchliroq va muhimroq tus olishiga imkoniyat yaratdi. Quyidagilar globallashuv 
serqirraligining muhim xususiyatlari hisoblanadi: 
Ilmiybaza.uz Birinchi va Ikkinchi jahon urushlari oralig’idagi davrda globallashuv jarayonlari yanada bo’rtibroq namoyon bo’ldi. Bu davrda, globallashuvning asosiy beligilari: a) biosferaga antropogen ta’sirning kuchayishi va insonning real «geologik kuch»ga aylanishi; b) ommaviy madaniyat, avvalo kino, musiqa, adabiyot, keng iste’mol mollari ishlab chiqarish sohasida faol rivojlana boshlashi; v) televizorning ixtiro etilishi, vaqt o’tishi bilan u ommaviy madaniyatning asosiy targ’ibotchisiga va globallashuv ramziga aylanishi; g) makon va vaqtni ilk bor insonning kundalik hayoti ko’rsatkichlariga qadar uzil- kesil «qisqartirgan» havo kemalarida qit’alararo qo’nmay, to’g’ri uchib o’tishlarlarda namoyon bo’ldi. Ammo echilmagan ziddiyatlar va umumiy bog’liqlikning kuchayishi insoniyat tarixidagi eng katta va davomli urush – Ikkinchi jahon urushi boshlanishiga olib keldi. Bu safar dunyo miqyosidagi urushda Er aholisining to’rtdan uch qismi ishtirok etdi, Birinchi jahon urushiga qaraganda bir necha baravar ko’proq qurbonlar berildi. Globallashuvning serqirraligi. Dunyo miqyosidagi tahdidlar va globallashuv jarayonlarini aholining keng qatlamlari anglab etishi, shuningdek jahon hamjamiyati va unga mos keluvchi qadriyatlarga munosabat, madaniyat, turmush tarzining shakllanishi gldoballashuv serqirraligi bosqichiga xos xususiyat hisoblanadi. 1970- yillardan globallashuv o’z rivojlanishining yangi bosqichiga ko’tarildi va serqirra tus oldi. Ayni shu davrda axborot-texnologiya inqilobining rivojlanishi jadallashdi, mif, din, falsafa, fan, ekologiya bilan bir qatorda global ong ijtimoiy ongning yana bir shakli sifatida paydo bo’ldi. Globallashuvning serqirragi jahon bozorini sezilarli darajada o’zgartirdi, jahon xo’jaligi o’ziga xos xususiyatlarini namoyon etib, milliy xo’jaliklardan kuchliroq va muhimroq tus olishiga imkoniyat yaratdi. Quyidagilar globallashuv serqirraligining muhim xususiyatlari hisoblanadi:
Ilmiybaza.uz 
 
a) «rezonans effekti»ning paydo bo’lishi, bunda iqtisodiy yuksalishlar yoki 
tangliklar bir mamlakatdan u bilan uzviy bog’liq bo’lgan boshqa mamlakatlar va 
mintaqalarga o’tadi; 
b) turli tovarlar va xizmatlar jahon bozorlarining yaratilishi; 
v) ko’rsatilgan tovarlar va xizmatlarga jahon narxlarining shakllanishi, ular mazkur 
tovarlar va xizmatlar milliy ishlab chiqaruvchilarining siyosatini ko’p jihatdan 
belgilashi.  
Iqtisodiyotning internatsionallashuvi va pul rolining unifikatsiyalashuvi bilan 
bir qatorda ommaviy jamiyat va unga mos keluvchi ommaviy madaniyatning 
shakllanishi serqirra globallashuvning o’ziga xos xususiyatiga va muayyan darajada 
uning qonuniy mahsuliga aylandi. 1991 yilda Internet paydo bo’lganidan so’ng 
dunyo informatsion jihatdan ham uzil-kesil tutashdi. Kompyuter inqilobi va Internet 
tarmog’ining rivojlanishi chegaralardan boshqa hamma narsa mavjud bo’lgan yangi 
axborot maydonini vujudga keltirdi.  
 Globallashuvning serqirraligi siyosatning ham sezilarli darajada o’zgarishiga 
olib keldi. 1990-yillargacha «sovuq urush» holatida bo’lgan ikki harbiy-siyosiy 
blokning qattiq qarama-qarshiligi bilan tavsiflangan ikki qutblilik xalqaro 
munosabatlarning asosiy xususiyati sanalgan bo’lsa, sotsialistik tizim parchalanishi 
bilan vaziyat butunlay o’zgardi.  
Mutlaqo yangi hodisa – jahon jamoatchilik fikri yuzaga keldi va sayyoramizda 
o’zini jahon fuqarosi deb hisoblovchi odamlar soni ko’paydi.  
 Global muammolar globallashuvning oqibati sifatida. Ko’rib chiqilgan 
globallashuv jarayonlari odamlarga yangi g’am-tashvishlar va ijtimoiy hayotning 
internatsionallashuvidan kelib chiqadigan yangi (global) muammolar keltirdi. 
YUqorida qayd etib o’tilganidek, ular ijtimoiy rivojlanishda, shuningdek «jamiyat-
tabiat» tizimida uzoq vaqt mobaynida yuz bergan miqdor va sifat o’zgarishlari 
mahsuli bo’ldi. Ayni vaqtda shuni ta’kidlash lozimki, global muammolarning paydo 
bo’lishi qandaydir yanglishish, kimningdir xatosi yoki ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy 
rivojlanishning ataylab tanlangan strategiyasi natijasi emas. Bu tarix injiqligi yoki 
tabiiy anomaliyalar mahsuli ham emas. Ushbu muammolarning ildizlari ancha 
Ilmiybaza.uz a) «rezonans effekti»ning paydo bo’lishi, bunda iqtisodiy yuksalishlar yoki tangliklar bir mamlakatdan u bilan uzviy bog’liq bo’lgan boshqa mamlakatlar va mintaqalarga o’tadi; b) turli tovarlar va xizmatlar jahon bozorlarining yaratilishi; v) ko’rsatilgan tovarlar va xizmatlarga jahon narxlarining shakllanishi, ular mazkur tovarlar va xizmatlar milliy ishlab chiqaruvchilarining siyosatini ko’p jihatdan belgilashi. Iqtisodiyotning internatsionallashuvi va pul rolining unifikatsiyalashuvi bilan bir qatorda ommaviy jamiyat va unga mos keluvchi ommaviy madaniyatning shakllanishi serqirra globallashuvning o’ziga xos xususiyatiga va muayyan darajada uning qonuniy mahsuliga aylandi. 1991 yilda Internet paydo bo’lganidan so’ng dunyo informatsion jihatdan ham uzil-kesil tutashdi. Kompyuter inqilobi va Internet tarmog’ining rivojlanishi chegaralardan boshqa hamma narsa mavjud bo’lgan yangi axborot maydonini vujudga keltirdi. Globallashuvning serqirraligi siyosatning ham sezilarli darajada o’zgarishiga olib keldi. 1990-yillargacha «sovuq urush» holatida bo’lgan ikki harbiy-siyosiy blokning qattiq qarama-qarshiligi bilan tavsiflangan ikki qutblilik xalqaro munosabatlarning asosiy xususiyati sanalgan bo’lsa, sotsialistik tizim parchalanishi bilan vaziyat butunlay o’zgardi. Mutlaqo yangi hodisa – jahon jamoatchilik fikri yuzaga keldi va sayyoramizda o’zini jahon fuqarosi deb hisoblovchi odamlar soni ko’paydi. Global muammolar globallashuvning oqibati sifatida. Ko’rib chiqilgan globallashuv jarayonlari odamlarga yangi g’am-tashvishlar va ijtimoiy hayotning internatsionallashuvidan kelib chiqadigan yangi (global) muammolar keltirdi. YUqorida qayd etib o’tilganidek, ular ijtimoiy rivojlanishda, shuningdek «jamiyat- tabiat» tizimida uzoq vaqt mobaynida yuz bergan miqdor va sifat o’zgarishlari mahsuli bo’ldi. Ayni vaqtda shuni ta’kidlash lozimki, global muammolarning paydo bo’lishi qandaydir yanglishish, kimningdir xatosi yoki ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy rivojlanishning ataylab tanlangan strategiyasi natijasi emas. Bu tarix injiqligi yoki tabiiy anomaliyalar mahsuli ham emas. Ushbu muammolarning ildizlari ancha
Ilmiybaza.uz 
 
chuqur bo’lib, industrial jamiyat, umuman texnokratik yo’naltirilgan madaniyatning 
keng miqyosdagi inqirozini yuzaga keltirgan hozirgi tsivilizatsiyaning vujudga 
kelish tarixiga borib taqaladi. Borliq, ong, hayotning mazmuni azaliy falsafiy 
muammolariga va falsafada muttasil muhokama qilinadigan boshqa masalalarga 
hozirgi davr shu tariqa ilgari hech qachon mavjud bo’lmagan, mutlaqo yangi mavzu 
– insoniyatning yagona taqdiri va Erdagi hayotni saqlash mavzusini qo’shimcha 
qildi.  
Texnooptimizm.Ijtimoiy ongda har qanday dunyoviy va hatto koinot 
muammolarini fan va texnika yordamida hal qilish mumkin degan illyuziyani 
yaratgan texnooptimistik kayfiyatlar kuchaydi Bunday qarashlar «iste’mol 
jamiyati»ni ijtimoiy rivojlanish maqsadi deb e’lon qilgan ko’p sonli nazariyalarda 
o’z aksini topdi. Ayni shu davrda «industrial», «postindustrial», «texnotron», 
«informatsion» jamiyatlarning turli kontseptsiyalarini yaratish ustida faol ish olib 
borildi. Texnopessimizm fan texnika yutuqlari insoniyatni boshi berk ko’chaga olib 
kiradiva pirovardda u halok bo’ladi deb hisoblaydi. Ko’rib chiqilayotgan 
nazariyalarning ayrim tarafdorlari fan-texnika inqilobining salbiy oqibatlariga, 
xususan atrof muhitning ifloslanishi muammolariga ma’lum darajada e’tibor bergan 
bo’lsalar-da, lekin, umuman olganda, ularning hech biri bundan 1980-yillarning 
o’rtalarigacha jiddiy tashvishga tushmadi. CHunki, fan-texnika taraqqiyoti hamma 
narsaga qodir ekanligiga ishonch haddan tashqari katta edi.  
 Rim klubi. YUqorida qayd etilgan qarashlardagi tub burilish asosan Rim klubi 
faoliyati ta’sirida yuz berdi. 1968 yil Rimda o’zining birinchi majlisiga yig’ilgan 
olimlar, faylasuflar va jamoat arboblarining bu nufuzli xalqaro tashkiloti hozirgi 
davrning eng muhim umuminsoniy muammolari bo’yicha ma’ruzalar tayyorlash va 
e’lon qilishni o’z oldiga vazifa qilib qo’ydi. Bu tashkilotning 1972 yilda e’lon 
qilingan «O’sish chegaralari» deb nomlangan birinchi ma’ruzasiyoq juda katta shov-
shuvga sabab bo’ldi, chunki insoniyat o’zi anglamagan holda «poroxli bochka ustida 
o’tirib, gugurt o’ynayotgani»ni ko’rsatib berdi. Rim klubining asoschisi va birinchi 
prezidenti Aurelli Pechchei mazkur tadqiqotga yozgan so’zboshisida shunday deb 
qayd etgan edi: «Endilikda ona-Erimiz har qanday o’sish sur’atlariga dosh berishga, 
Ilmiybaza.uz chuqur bo’lib, industrial jamiyat, umuman texnokratik yo’naltirilgan madaniyatning keng miqyosdagi inqirozini yuzaga keltirgan hozirgi tsivilizatsiyaning vujudga kelish tarixiga borib taqaladi. Borliq, ong, hayotning mazmuni azaliy falsafiy muammolariga va falsafada muttasil muhokama qilinadigan boshqa masalalarga hozirgi davr shu tariqa ilgari hech qachon mavjud bo’lmagan, mutlaqo yangi mavzu – insoniyatning yagona taqdiri va Erdagi hayotni saqlash mavzusini qo’shimcha qildi. Texnooptimizm.Ijtimoiy ongda har qanday dunyoviy va hatto koinot muammolarini fan va texnika yordamida hal qilish mumkin degan illyuziyani yaratgan texnooptimistik kayfiyatlar kuchaydi Bunday qarashlar «iste’mol jamiyati»ni ijtimoiy rivojlanish maqsadi deb e’lon qilgan ko’p sonli nazariyalarda o’z aksini topdi. Ayni shu davrda «industrial», «postindustrial», «texnotron», «informatsion» jamiyatlarning turli kontseptsiyalarini yaratish ustida faol ish olib borildi. Texnopessimizm fan texnika yutuqlari insoniyatni boshi berk ko’chaga olib kiradiva pirovardda u halok bo’ladi deb hisoblaydi. Ko’rib chiqilayotgan nazariyalarning ayrim tarafdorlari fan-texnika inqilobining salbiy oqibatlariga, xususan atrof muhitning ifloslanishi muammolariga ma’lum darajada e’tibor bergan bo’lsalar-da, lekin, umuman olganda, ularning hech biri bundan 1980-yillarning o’rtalarigacha jiddiy tashvishga tushmadi. CHunki, fan-texnika taraqqiyoti hamma narsaga qodir ekanligiga ishonch haddan tashqari katta edi. Rim klubi. YUqorida qayd etilgan qarashlardagi tub burilish asosan Rim klubi faoliyati ta’sirida yuz berdi. 1968 yil Rimda o’zining birinchi majlisiga yig’ilgan olimlar, faylasuflar va jamoat arboblarining bu nufuzli xalqaro tashkiloti hozirgi davrning eng muhim umuminsoniy muammolari bo’yicha ma’ruzalar tayyorlash va e’lon qilishni o’z oldiga vazifa qilib qo’ydi. Bu tashkilotning 1972 yilda e’lon qilingan «O’sish chegaralari» deb nomlangan birinchi ma’ruzasiyoq juda katta shov- shuvga sabab bo’ldi, chunki insoniyat o’zi anglamagan holda «poroxli bochka ustida o’tirib, gugurt o’ynayotgani»ni ko’rsatib berdi. Rim klubining asoschisi va birinchi prezidenti Aurelli Pechchei mazkur tadqiqotga yozgan so’zboshisida shunday deb qayd etgan edi: «Endilikda ona-Erimiz har qanday o’sish sur’atlariga dosh berishga,
Ilmiybaza.uz 
 
insonning har qanday erkaliklarini ko’tarishga qodir ekanligiga sog’lom 
fikrlaydigan odamlarning birortasi ham ishonmaydi. O’sish chegaralari borligi 
ravshan, lekin ularning qandayligi va qaerdaligini hali aniqlash lozim»1.  
 Global muammolarni echishda falsafaning roli.  
 Global muammolarni falsafiy anglab etishning o’ziga xos xususiyatlarini 
tavsiflar ekanmiz, falsafaning asosiy funktsiyalaridan kelib chiqadigan va bilishning 
shu shakligagina xos bo’lgan xususiyatlarni qayd etib o’tamiz.  
Birinchidan, falsafa, dunyoqarashni shakllantirar ekan, inson faoliyati yo’nalishini 
ko’p jihatdan belgilaydigan muayyan mo’ljallar beradi. SHu tariqa falsafa o’zining 
dunyoqarashni shakllantirish va aksiologik funktsiyalarini bajaradi.  
Ikkinchidan, turli fanlar doirasida o’rganiladigan murakkab tizimlar haqida 
yaxlit tasavvur mavjud emasligi bu fanlarning o’zaro hamkorligi yo’lida jiddiy 
to’siq hisoblanadi. SHu ma’noda falsafaning mazkur fan doirasida yuzaga keladigan 
nazariyalarni umumlashtiruvchi metodologikfunktsiyasi ayniqsa muhim ahamiyat 
kasb etadi, chunki ilmiy bilimning integratsiyalashuviga ko’maklashadi.  
Uchinchidan, falsafa ijtimoiy hodisalar va jarayonlarni tarixiy kontekstda 
tushuntirish imkonini beradi. U jamiyat va tabiat rivojlanishining umumiy 
qonunlarini ta’riflaydi va shu sababli global muammolarni o’rganishda ularni 
ijtimoiy taraqqiyot bilan uzviy bog’liq bo’lgan qonuniy hodisa sifatida tushunishga 
yo’l ko’rsatadi. SHunday qilib, global muammolarning paydo bo’lishi tasodif yoki 
insoniyatni halokatga oldindan mahkum etuvchi taqdirning hukmi sifatida emas, 
balki qarama-qarshiliklarga to’la insoniyat tarixi ob’ektiv rivojlanish jarayonining 
mahsuli sifatida qaraladi.  
To’rtinchidan, 
falsafa 
global 
muammolar 
rivojlanishining 
umumiy 
tendentsiyasini, ularning o’zaro aloqasi va bir-birini taqozo etish darajasini falsafiy 
nuqtai nazardan anglab etish imkonini beradi.  
Beshinchidan, falsafa nazariy fikrlash madaniyatini rivojlantirish uchun imkoniyat 
yaratish orqali ma’naviy - madaniy funktsiyani bajaradi. Turli xalqlarning falsafa 
tarixini o’rganish, ularning madaniyati bilan ham tanishish imkonini beradi. 
                                                           
1 Pеchchеi А. CHеlоvеchеskiе kаchеstvа. – M.: 1980. – S.123, 124. 
Ilmiybaza.uz insonning har qanday erkaliklarini ko’tarishga qodir ekanligiga sog’lom fikrlaydigan odamlarning birortasi ham ishonmaydi. O’sish chegaralari borligi ravshan, lekin ularning qandayligi va qaerdaligini hali aniqlash lozim»1. Global muammolarni echishda falsafaning roli. Global muammolarni falsafiy anglab etishning o’ziga xos xususiyatlarini tavsiflar ekanmiz, falsafaning asosiy funktsiyalaridan kelib chiqadigan va bilishning shu shakligagina xos bo’lgan xususiyatlarni qayd etib o’tamiz. Birinchidan, falsafa, dunyoqarashni shakllantirar ekan, inson faoliyati yo’nalishini ko’p jihatdan belgilaydigan muayyan mo’ljallar beradi. SHu tariqa falsafa o’zining dunyoqarashni shakllantirish va aksiologik funktsiyalarini bajaradi. Ikkinchidan, turli fanlar doirasida o’rganiladigan murakkab tizimlar haqida yaxlit tasavvur mavjud emasligi bu fanlarning o’zaro hamkorligi yo’lida jiddiy to’siq hisoblanadi. SHu ma’noda falsafaning mazkur fan doirasida yuzaga keladigan nazariyalarni umumlashtiruvchi metodologikfunktsiyasi ayniqsa muhim ahamiyat kasb etadi, chunki ilmiy bilimning integratsiyalashuviga ko’maklashadi. Uchinchidan, falsafa ijtimoiy hodisalar va jarayonlarni tarixiy kontekstda tushuntirish imkonini beradi. U jamiyat va tabiat rivojlanishining umumiy qonunlarini ta’riflaydi va shu sababli global muammolarni o’rganishda ularni ijtimoiy taraqqiyot bilan uzviy bog’liq bo’lgan qonuniy hodisa sifatida tushunishga yo’l ko’rsatadi. SHunday qilib, global muammolarning paydo bo’lishi tasodif yoki insoniyatni halokatga oldindan mahkum etuvchi taqdirning hukmi sifatida emas, balki qarama-qarshiliklarga to’la insoniyat tarixi ob’ektiv rivojlanish jarayonining mahsuli sifatida qaraladi. To’rtinchidan, falsafa global muammolar rivojlanishining umumiy tendentsiyasini, ularning o’zaro aloqasi va bir-birini taqozo etish darajasini falsafiy nuqtai nazardan anglab etish imkonini beradi. Beshinchidan, falsafa nazariy fikrlash madaniyatini rivojlantirish uchun imkoniyat yaratish orqali ma’naviy - madaniy funktsiyani bajaradi. Turli xalqlarning falsafa tarixini o’rganish, ularning madaniyati bilan ham tanishish imkonini beradi. 1 Pеchchеi А. CHеlоvеchеskiе kаchеstvа. – M.: 1980. – S.123, 124.
Ilmiybaza.uz 
 
Muayyan xalqlar oldida turgan muammolarning birortasini ham ularning 
madaniyatiga bog’lamasdan echish mumkin emas.  
Oltinchidan, global muammolarga oid ilmiy axborotning shiddat bilan o’sib 
borayotgan oqimida yanada aniqroq mo’ljal olish imkoniyati tabiiy-tarixiy jarayonni 
yaxlit ko’rish va uni talqin qilishga nisbatan dialektik yondashuv mahsuli 
hisoblanadi.  
Ettinchidan, falsafa inson hayotining mazmuni, o’lim va umrboqiylik 
masalalarini kun tartibiga qo’yadiki, bu insoniyatga global muammolar tahdid 
solayotgan sharoitda ayniqsa muhim ahamiyat kasb etadi.  
Nihoyat, falsafaning yana bir muhim metodologik funktsiyasi shundan iboratki, u 
insoniyatning hozirgi muhim muammolari bilan bevosita bog’liq bo’lgan va 
bashariyat rivojlanishining ob’ektiv tendentsiyalarini tushunish va anglab etishda 
ulkan rol o’ynaydigan «tabiat», «jamiyat», «tsivilizatsiya», «ijtimoiy taraqqiyot», 
«fan-texnika inqilobi» kabi boshqa kategoriyalarni ishlab chiqadi.  
Hozirgi davrning global muammolarini o’rganishga nisbatan falsafiy 
yondashuv haqida muayyan tasavvur hosil qilgach, endi globallashuv jarayonlari 
kuchayishiga qarab ahamiyati oshib borayotgan muammolarning o’zini shu nuqtai 
nazardan ko’rib chiqamiz.  
 Xususiy muammolar davlat faoliyatining muayyan jabhasiga, ayrim aholi 
yashaydigan punktlarga yoki kichik tabiiy ob’ektlarga tegishli bo’lgan 
muammolardir. Bular, odatda, turli avariyalar, nosozliklar natijasida yuzaga 
keladigan har xil muammolar, mahalliy ijtimoiy konfliktlar va sh.k.  
 Mahalliy muammolar tushunchasi yuqoriroq darajadagi muammolarga, aniqroq 
aytganda, ayrim mamlakatlarga yoki yirik mamlakatlarning ancha katta hududlariga 
tegishli bo’lgan muammolarga nisbatan tatbiq etiladi. Bu erda odatda kuchli 
zilzilalar, yirik suv toshqinlari yoki, masalan, kichik davlatdagi fuqarolar urushi 
nazarda tutiladi. 
Milliy muammolar tushunchasi ijtimoiy-siyosiy va ilmiy muomalada ba’zan 
muayyan davlat yoki milliy hamjamiyatning ma’lum qiyinchiliklari, g’am-
Ilmiybaza.uz Muayyan xalqlar oldida turgan muammolarning birortasini ham ularning madaniyatiga bog’lamasdan echish mumkin emas. Oltinchidan, global muammolarga oid ilmiy axborotning shiddat bilan o’sib borayotgan oqimida yanada aniqroq mo’ljal olish imkoniyati tabiiy-tarixiy jarayonni yaxlit ko’rish va uni talqin qilishga nisbatan dialektik yondashuv mahsuli hisoblanadi. Ettinchidan, falsafa inson hayotining mazmuni, o’lim va umrboqiylik masalalarini kun tartibiga qo’yadiki, bu insoniyatga global muammolar tahdid solayotgan sharoitda ayniqsa muhim ahamiyat kasb etadi. Nihoyat, falsafaning yana bir muhim metodologik funktsiyasi shundan iboratki, u insoniyatning hozirgi muhim muammolari bilan bevosita bog’liq bo’lgan va bashariyat rivojlanishining ob’ektiv tendentsiyalarini tushunish va anglab etishda ulkan rol o’ynaydigan «tabiat», «jamiyat», «tsivilizatsiya», «ijtimoiy taraqqiyot», «fan-texnika inqilobi» kabi boshqa kategoriyalarni ishlab chiqadi. Hozirgi davrning global muammolarini o’rganishga nisbatan falsafiy yondashuv haqida muayyan tasavvur hosil qilgach, endi globallashuv jarayonlari kuchayishiga qarab ahamiyati oshib borayotgan muammolarning o’zini shu nuqtai nazardan ko’rib chiqamiz. Xususiy muammolar davlat faoliyatining muayyan jabhasiga, ayrim aholi yashaydigan punktlarga yoki kichik tabiiy ob’ektlarga tegishli bo’lgan muammolardir. Bular, odatda, turli avariyalar, nosozliklar natijasida yuzaga keladigan har xil muammolar, mahalliy ijtimoiy konfliktlar va sh.k. Mahalliy muammolar tushunchasi yuqoriroq darajadagi muammolarga, aniqroq aytganda, ayrim mamlakatlarga yoki yirik mamlakatlarning ancha katta hududlariga tegishli bo’lgan muammolarga nisbatan tatbiq etiladi. Bu erda odatda kuchli zilzilalar, yirik suv toshqinlari yoki, masalan, kichik davlatdagi fuqarolar urushi nazarda tutiladi. Milliy muammolar tushunchasi ijtimoiy-siyosiy va ilmiy muomalada ba’zan muayyan davlat yoki milliy hamjamiyatning ma’lum qiyinchiliklari, g’am-
Ilmiybaza.uz 
 
tashvishlarini aks ettiradi. Miqyos darajasiga qarab ular mintaqaviy yoki mahalliy 
muammolar sifatida talqin qilinishi mumkin.  
Mintaqaviy muammolar ayrim qit’alar, dunyoning yirik ijtimoiy-iqtisodiy 
hududlari yoki ancha yirik davlatlarda yuzaga keladigan muhim masalalar doirasini 
qamrab oladi. Bunday muammolarga SHarqiy Evropaning bir necha mamlakatlari 
hududi radioaktiv zaharlanishiga olib kelgan CHernobil fojiasi yoki bir qator 
davlatlarni qamrab oluvchi ancha katta hududlarda yuz bergan iqlim o’zgarishlari 
misol bo’lishi mumkin. Masalan, 1968 yilda Saxel mintaqasida yuz bergan 
qurg’oqchilik «asr falokati» degan nom oldi. U Afrika qit’asining 18 davlatini 
qamrab oldi, bunda ocharchilik natijasida 250 mingdan ko’proq odam halok bo’ldi, 
taxminan 18 million bosh qoramol nobud bo’ldi, xavfli kasalliklarning 
epidemiyalari yuzaga keldi, bu ulkan mintaqa hududi esa deyarli to’la sahroga 
aylandi.  
 Global muammolar butun er kurrasini, uning nafaqat odamlar bevosita 
yashaydigan qismini, balki Erning qolgan yuzasi, er osti bo’shliqlari, atmosfera, 
gidrosfera va hatto inson faoliyati doirasiga kiruvchi kosmik fazoni qamrab olishi 
bilan izohlanadi.  
2.Global muammolarning tasnifi. Hozirgi zamondaglobal muammolarni 
tasniflashga nisbatan har xil yondashuvlar orasida ayniqsa keng e’tirof etilgan 
tasnifga muvofiq global muammolarning barchasi ularning keskinlik darajasi va 
echimining ahamiyatiga, shuningdek real hayotda ularning o’rtasida qanday sababiy 
bog’lanishlar mavjudligiga qarab uch katta guruhga ajratiladi.  
Birinchi guruh eng katta umumiylik va muhimlik darajasi bilan tavsiflanadigan 
muammolar. Ular turli davlatlar o’rtasidagi munosabatlardan kelib chiqadi. Ayni shu 
sababli ular interijtimoiy global muammolar deb ataladi. Bu erda jamiyat hayotidan 
urushni bartaraf etish va adolatli dunyoni ta’minlash; yangi xalqaro iqtisodiy tartib 
o’rnatish kabi ikki o’ta muhim muammo farqlanadi:  
Ikkinchi guruh jamiyat va tabiatning o’zaro ta’siri natijasida yuzaga keladigan 
muammolar bo’lib, ular odamlarni energiya, yonilg’i, chuchuk suv, xom ashyo 
Ilmiybaza.uz tashvishlarini aks ettiradi. Miqyos darajasiga qarab ular mintaqaviy yoki mahalliy muammolar sifatida talqin qilinishi mumkin. Mintaqaviy muammolar ayrim qit’alar, dunyoning yirik ijtimoiy-iqtisodiy hududlari yoki ancha yirik davlatlarda yuzaga keladigan muhim masalalar doirasini qamrab oladi. Bunday muammolarga SHarqiy Evropaning bir necha mamlakatlari hududi radioaktiv zaharlanishiga olib kelgan CHernobil fojiasi yoki bir qator davlatlarni qamrab oluvchi ancha katta hududlarda yuz bergan iqlim o’zgarishlari misol bo’lishi mumkin. Masalan, 1968 yilda Saxel mintaqasida yuz bergan qurg’oqchilik «asr falokati» degan nom oldi. U Afrika qit’asining 18 davlatini qamrab oldi, bunda ocharchilik natijasida 250 mingdan ko’proq odam halok bo’ldi, taxminan 18 million bosh qoramol nobud bo’ldi, xavfli kasalliklarning epidemiyalari yuzaga keldi, bu ulkan mintaqa hududi esa deyarli to’la sahroga aylandi. Global muammolar butun er kurrasini, uning nafaqat odamlar bevosita yashaydigan qismini, balki Erning qolgan yuzasi, er osti bo’shliqlari, atmosfera, gidrosfera va hatto inson faoliyati doirasiga kiruvchi kosmik fazoni qamrab olishi bilan izohlanadi. 2.Global muammolarning tasnifi. Hozirgi zamondaglobal muammolarni tasniflashga nisbatan har xil yondashuvlar orasida ayniqsa keng e’tirof etilgan tasnifga muvofiq global muammolarning barchasi ularning keskinlik darajasi va echimining ahamiyatiga, shuningdek real hayotda ularning o’rtasida qanday sababiy bog’lanishlar mavjudligiga qarab uch katta guruhga ajratiladi. Birinchi guruh eng katta umumiylik va muhimlik darajasi bilan tavsiflanadigan muammolar. Ular turli davlatlar o’rtasidagi munosabatlardan kelib chiqadi. Ayni shu sababli ular interijtimoiy global muammolar deb ataladi. Bu erda jamiyat hayotidan urushni bartaraf etish va adolatli dunyoni ta’minlash; yangi xalqaro iqtisodiy tartib o’rnatish kabi ikki o’ta muhim muammo farqlanadi: Ikkinchi guruh jamiyat va tabiatning o’zaro ta’siri natijasida yuzaga keladigan muammolar bo’lib, ular odamlarni energiya, yonilg’i, chuchuk suv, xom ashyo
Ilmiybaza.uz 
 
resurslari va shu kabilar bilan ta’minlash kabilardir. Bu guruhga ekologik 
muammolar, shuningdek Jahon okeani va kosmik fazoni o’zlashtirish ham kiradi. 
Uchinchi guruhni «inson – jamiyat» tizimi bilan bog’liq muammolar ya’ni 
demografiya muammosi, sog’liqni saqlash, ta’lim, xalqaro terrorizm tahdidi 
ma’naviyat masalalari va shu kabilardir. 
U yoki bu muammoning muayyan guruhga kiritilishi ma’lum darajada shartli 
xususiyat kasb etadi va muhim omillarga, ularni ajratish asoslariga bog’liq bo’ladi. 
SHu sababli har qanday tasnif masala echimining uzil-kesil varianti sifatida emas, 
balki murakkab tizimni qayta tuzishning global muammolar o’zaro aloqasi tabiatini 
yaxshiroq tushunishga ko’maklashadigan usullaridan biri sifatida qaralishi lozim.  
Endi butun insoniyatga jiddiy xavf tug’dirayotgan eng muhim muammolarga 
qisqacha tavsif beramiz.  
Demografik muammo.Hozirgi zamonda insoniyatning eng muhim muammolari 
orasida, aksariyat davlatlar va mintaqalarda aholi haddan tashqari ko’payishiga 
sabab 
bo’layotgan 
aholining 
nazoratsiz 
o’sishi 
qayd 
etiladi. 
Ayrim 
mutaxassislarning baholashlariga ko’ra, sayyorada mavjud energetika, xom ashyo, 
oziq-ovqat va boshqa resurslar Erda faqat bir milliardga yaqin kishi («oltin 
milliard») munosib hayot kechirishini ta’minlashi mumkin. Vaholanki, oxirgi ming 
yillik mobaynida sayyoramiz aholisi 15 baravar ko’paydi va bugungi kunda 6 
milliard kishidan oshib ketdi. Bunda nafaqat miqyos, balki aholining o’sish sur’atlari 
ham aqlni lol qoldiradi. Xususan, birinchi ikki baravar ko’payish 700 yil ichida, 
ikkinchisi – 150 yil ichida, uchinchisi – 100 yil ichida va oxirgisi – 40 yildan kamroq 
vaqt ichida yuz berdi. Shuni aytishning o’zi kifoyaki, 1956 yil erda 2,8 milliard kishi 
yashagan bo’lsa, XX asr oxiriga kelib bu raqam 6 milliardga etdi.  
XX asrda er kurrasi aholisining «demografik portlash» deb nomlangan mislsiz 
darajada o’sishi biologik qonunlarning emas, balki stixiyali, notekis ijtimoiy 
rivojlanish va insoniyat katta mashaqqatlar bilan bartaraf etishga harakat qilayotgan 
chuqur ijtimoiy ziddiyatlar mahsuli bo’ldi.  
Ta’lim muammosi. Hozirgi vaqtda ajabtovur vaziyatni kuzatish mumkin: 
savodxonlik mutlaq raqamlarda o’sayotgan bir paytda, savodsizlar, ya’ni o’qish, 
Ilmiybaza.uz resurslari va shu kabilar bilan ta’minlash kabilardir. Bu guruhga ekologik muammolar, shuningdek Jahon okeani va kosmik fazoni o’zlashtirish ham kiradi. Uchinchi guruhni «inson – jamiyat» tizimi bilan bog’liq muammolar ya’ni demografiya muammosi, sog’liqni saqlash, ta’lim, xalqaro terrorizm tahdidi ma’naviyat masalalari va shu kabilardir. U yoki bu muammoning muayyan guruhga kiritilishi ma’lum darajada shartli xususiyat kasb etadi va muhim omillarga, ularni ajratish asoslariga bog’liq bo’ladi. SHu sababli har qanday tasnif masala echimining uzil-kesil varianti sifatida emas, balki murakkab tizimni qayta tuzishning global muammolar o’zaro aloqasi tabiatini yaxshiroq tushunishga ko’maklashadigan usullaridan biri sifatida qaralishi lozim. Endi butun insoniyatga jiddiy xavf tug’dirayotgan eng muhim muammolarga qisqacha tavsif beramiz. Demografik muammo.Hozirgi zamonda insoniyatning eng muhim muammolari orasida, aksariyat davlatlar va mintaqalarda aholi haddan tashqari ko’payishiga sabab bo’layotgan aholining nazoratsiz o’sishi qayd etiladi. Ayrim mutaxassislarning baholashlariga ko’ra, sayyorada mavjud energetika, xom ashyo, oziq-ovqat va boshqa resurslar Erda faqat bir milliardga yaqin kishi («oltin milliard») munosib hayot kechirishini ta’minlashi mumkin. Vaholanki, oxirgi ming yillik mobaynida sayyoramiz aholisi 15 baravar ko’paydi va bugungi kunda 6 milliard kishidan oshib ketdi. Bunda nafaqat miqyos, balki aholining o’sish sur’atlari ham aqlni lol qoldiradi. Xususan, birinchi ikki baravar ko’payish 700 yil ichida, ikkinchisi – 150 yil ichida, uchinchisi – 100 yil ichida va oxirgisi – 40 yildan kamroq vaqt ichida yuz berdi. Shuni aytishning o’zi kifoyaki, 1956 yil erda 2,8 milliard kishi yashagan bo’lsa, XX asr oxiriga kelib bu raqam 6 milliardga etdi. XX asrda er kurrasi aholisining «demografik portlash» deb nomlangan mislsiz darajada o’sishi biologik qonunlarning emas, balki stixiyali, notekis ijtimoiy rivojlanish va insoniyat katta mashaqqatlar bilan bartaraf etishga harakat qilayotgan chuqur ijtimoiy ziddiyatlar mahsuli bo’ldi. Ta’lim muammosi. Hozirgi vaqtda ajabtovur vaziyatni kuzatish mumkin: savodxonlik mutlaq raqamlarda o’sayotgan bir paytda, savodsizlar, ya’ni o’qish,