GLOBALLASHUVNING FALSAFIY MUAMMOLARI (Global muammolar tushunchasi. Zamonamizning asosiy global muammolari)

Yuklangan vaqt

2024-04-11

Yuklab olishlar soni

1

Sahifalar soni

5

Faytl hajmi

21,8 KB


 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
GLOBALLASHUVNING FALSAFIY MUAMMOLARI 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
  
GLOBALLASHUVNING FALSAFIY MUAMMOLARI Global muammolar tushunchasi. Zamonamizning asosiy global 
muammolari 
Bugungi kunda zamonamizning global muammolari deb ataluvchi 
muammolar haqida eshitmagan odamni uchratish qiyin. Bu muammolarga 
demografik, energetik, xom ashyo muammolari, urush va tinchlik muammosi, 
ekologiya va boshqalar kiradi. Albatta, ushbu muammolar ilgari ham mavjud edi, 
lekin faqat XX asrdagina ular global muammolarga aylandi.  
Global muammolar - bu shunday muammolarki, ular butun insoniyatning 
manfaatlariga daxl qiladi, uning kelajagiga xavf soladi hamda ular butun xalqaro 
hamjamiyatning ishtiroki bilangina hal etilishi mumkin.  
Urush va tinchlik muammolari. Inson sivilizatsiyasining butun tarixi, 
taassuf bilan qayd etish lozimki, urushlar tarixidan iborat. Urush uzoq vaqt 
davomida zarur, muqarrar va hatto insoniyatning rivojlanishi uchun foydali hodisa 
sifatida qarab kelindi. Buni tasdiqlovchi ko‘plab dalillar N. Makiavelli, F.Venon, 
T.Gobbs, J.Prudon, F.Nitsshe va boshqalarning ishlarida saqlanib qolgan.  
Ekologik muammo. «Ekosofiya»ning falsafaning muayyan, juda o‘ziga xos 
qismi sifatida shakllanishi bir qator bosqichlarni bosib o‘tdi. «Ekosofiya»ning 
rivojlanishiga A,Pechchei, G.Kommoner, A.King, L.Braun, D.Medouz, G.Kan, 
J.Forrester, E.Pestel va boshqalar salmoqli hissa qo‘shdilar.  
Energiya muammosi. 1945 yildan boshlab olinayotgan energiya miqdori uch 
marta ko‘paydi, biroq u o‘ta notekis taqsimlanmoqda. O‘nta eng rivojlangan 
mamlakatlar butun energiyaning 70%ni iste’mol qilgani holda (ularning aholisi Yer 
shari aholisining 7% ga yaqinini tashkil etadi), rivojlanayotgan mamlakatlar 
(sayyora aholisining 78%) ishlab chiqarilayotgan energiyaning faqat 18% bilan 
kifoyalanishga majburdir.  
Xom-ashyo muammosining hal etilishi xom-ashyoning qimmat va olish 
qiyin bo‘lgan turlarini arzon va oson olinadigan turlariga almashtirish, resurslarni 
tejaydigan texnologiyani joriy etish, ishlab chiqarishni miqdor ko‘rsatkichlaridan 
sifat ko‘rsatkichlariga qayta yo‘naltirish bilan bog‘liq.  
Global muammolar tushunchasi. Zamonamizning asosiy global muammolari Bugungi kunda zamonamizning global muammolari deb ataluvchi muammolar haqida eshitmagan odamni uchratish qiyin. Bu muammolarga demografik, energetik, xom ashyo muammolari, urush va tinchlik muammosi, ekologiya va boshqalar kiradi. Albatta, ushbu muammolar ilgari ham mavjud edi, lekin faqat XX asrdagina ular global muammolarga aylandi. Global muammolar - bu shunday muammolarki, ular butun insoniyatning manfaatlariga daxl qiladi, uning kelajagiga xavf soladi hamda ular butun xalqaro hamjamiyatning ishtiroki bilangina hal etilishi mumkin. Urush va tinchlik muammolari. Inson sivilizatsiyasining butun tarixi, taassuf bilan qayd etish lozimki, urushlar tarixidan iborat. Urush uzoq vaqt davomida zarur, muqarrar va hatto insoniyatning rivojlanishi uchun foydali hodisa sifatida qarab kelindi. Buni tasdiqlovchi ko‘plab dalillar N. Makiavelli, F.Venon, T.Gobbs, J.Prudon, F.Nitsshe va boshqalarning ishlarida saqlanib qolgan. Ekologik muammo. «Ekosofiya»ning falsafaning muayyan, juda o‘ziga xos qismi sifatida shakllanishi bir qator bosqichlarni bosib o‘tdi. «Ekosofiya»ning rivojlanishiga A,Pechchei, G.Kommoner, A.King, L.Braun, D.Medouz, G.Kan, J.Forrester, E.Pestel va boshqalar salmoqli hissa qo‘shdilar. Energiya muammosi. 1945 yildan boshlab olinayotgan energiya miqdori uch marta ko‘paydi, biroq u o‘ta notekis taqsimlanmoqda. O‘nta eng rivojlangan mamlakatlar butun energiyaning 70%ni iste’mol qilgani holda (ularning aholisi Yer shari aholisining 7% ga yaqinini tashkil etadi), rivojlanayotgan mamlakatlar (sayyora aholisining 78%) ishlab chiqarilayotgan energiyaning faqat 18% bilan kifoyalanishga majburdir. Xom-ashyo muammosining hal etilishi xom-ashyoning qimmat va olish qiyin bo‘lgan turlarini arzon va oson olinadigan turlariga almashtirish, resurslarni tejaydigan texnologiyani joriy etish, ishlab chiqarishni miqdor ko‘rsatkichlaridan sifat ko‘rsatkichlariga qayta yo‘naltirish bilan bog‘liq. Oziq-ovqat muammosi hozirgi paytda o‘ta dolzarb bo‘lib turibdi: och 
qolayotganlar soni 1970 yilda 460 million bo‘lgan bo‘lsa, 1990 yilda 550 millionga 
yetdi. 2000 yilga bu ko‘rsatkich 650 million kishiga yetishgan (sayyora aholisining 
10%).  
Demografik muammo misolida butun global muammolarning o‘zaro 
aloqasini yaqqol ko‘rish mumkin. Ortiqcha aholi atrof-muhitga bo‘lgan salbiy 
ta’sirning kuchayishni anglatadi: suv va havo sifati yomonlashadi (xususan tez 
o‘sayotgan shaharlarda), yer unumdorligi pasayadi, sanoat va maishiy chiqindilar 
ko‘payadi, ya’ni ekologik vaziyat keskin yomonlashadi. Aholi soni qancha ortib 
borsa, uning hayoti va faoliyati uchun energiya, xom-ashyo, oziq-ovqat shunchalik 
ko‘p talab etiladi. Buning mantiqiy nihoyasi esa energetik, xom-ashyo, oziq-ovqat 
muammolarining keskinlashuvidir.  
Terroristik aktlar ma’lum bir guruhlarni (yoki butun bir jamiyatni) qo‘rqitish 
uchun yoki terroristlarning g‘oyalarini propoganda va namoyish qilish uchun xizmat 
qiladi.  
Terroristik amallar turli vositalar: portlatish, o‘t qo‘yish, siyosiy arboblar 
joniga suiqasd, garovga olish. O‘g‘rilash va ommaviy qirg‘in qurollarini qo‘llashga 
(yadroviy, biologik va kimyoviy) tahdid qilish yo‘li bilan amalga oshiriladi.  
  
2017-2021 yillardagi O‘zbekistonni yanada rivojlantirish bo‘yicha 
harakatlar strategiyasida global muammolarning tavsifi  
O‘zbekiston Prezidenti 7 fevral kungi farmoni bilan 2017—2021 yillarda 
O‘zbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar 
strategiyasini tasdiqladi.   
2017−2021 
yillarda 
O‘zbekistonni 
rivojlantirish 
harakatlar 
strategiyasining beshta ustuvor yo‘nalishi:  
- 
davlat va jamiyat qurilishini takomillashtirishga yo‘naltirilgan 
demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va mamlakatni modernizatsiya qilishda 
parlamentning hamda siyosiy partiyalarning rolini yanada kuchaytirish, davlat 
boshqaruvi tizimini isloh qilish, davlat xizmatining tashkiliy-huquqiy asoslarini 
Oziq-ovqat muammosi hozirgi paytda o‘ta dolzarb bo‘lib turibdi: och qolayotganlar soni 1970 yilda 460 million bo‘lgan bo‘lsa, 1990 yilda 550 millionga yetdi. 2000 yilga bu ko‘rsatkich 650 million kishiga yetishgan (sayyora aholisining 10%). Demografik muammo misolida butun global muammolarning o‘zaro aloqasini yaqqol ko‘rish mumkin. Ortiqcha aholi atrof-muhitga bo‘lgan salbiy ta’sirning kuchayishni anglatadi: suv va havo sifati yomonlashadi (xususan tez o‘sayotgan shaharlarda), yer unumdorligi pasayadi, sanoat va maishiy chiqindilar ko‘payadi, ya’ni ekologik vaziyat keskin yomonlashadi. Aholi soni qancha ortib borsa, uning hayoti va faoliyati uchun energiya, xom-ashyo, oziq-ovqat shunchalik ko‘p talab etiladi. Buning mantiqiy nihoyasi esa energetik, xom-ashyo, oziq-ovqat muammolarining keskinlashuvidir. Terroristik aktlar ma’lum bir guruhlarni (yoki butun bir jamiyatni) qo‘rqitish uchun yoki terroristlarning g‘oyalarini propoganda va namoyish qilish uchun xizmat qiladi. Terroristik amallar turli vositalar: portlatish, o‘t qo‘yish, siyosiy arboblar joniga suiqasd, garovga olish. O‘g‘rilash va ommaviy qirg‘in qurollarini qo‘llashga (yadroviy, biologik va kimyoviy) tahdid qilish yo‘li bilan amalga oshiriladi. 2017-2021 yillardagi O‘zbekistonni yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasida global muammolarning tavsifi O‘zbekiston Prezidenti 7 fevral kungi farmoni bilan 2017—2021 yillarda O‘zbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini tasdiqladi. 2017−2021 yillarda O‘zbekistonni rivojlantirish harakatlar strategiyasining beshta ustuvor yo‘nalishi: - davlat va jamiyat qurilishini takomillashtirishga yo‘naltirilgan demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va mamlakatni modernizatsiya qilishda parlamentning hamda siyosiy partiyalarning rolini yanada kuchaytirish, davlat boshqaruvi tizimini isloh qilish, davlat xizmatining tashkiliy-huquqiy asoslarini rivojlantirish, «Elektron hukumat» tizimini takomillashtirish, davlat xizmatlari sifati 
va samarasini oshirish, jamoatchilik nazorati mexanizmlarini amalda tatbiq etish, 
fuqarolik jamiyati institutlari hamda ommaviy axborot vositalari rolini kuchaytirish;  
- 
qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh 
qilishga yo‘naltirilgan sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini hamda 
fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini 
mustahkamlash, ma’muriy, jinoyat, fuqarolik va xo‘jalik qonunchiligini, 
jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarning oldini olish tizimi 
samarasini oshirish, sud jarayonida tortishuv tamoyilini to‘laqonli joriy etish, 
yuridik yordam va huquqiy xizmatlar sifatini tubdan yaxshilash;  
- 
iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirishga yo‘naltirilgan 
makroiqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash va yuqori iqtisodiy o‘sish sur’atlarini 
saqlab qolish, milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish, qishloq 
xo‘jaligini modernizatsiya qilish va jadal rivojlantirish, iqtisodiyotda davlat 
ishtirokini kamaytirish bo‘yicha institutsional va tarkibiy islohotlarni davom ettirish, 
xususiy mulk huquqini himoya qilish va uning ustuvor mavqeini yanada 
kuchaytirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojini rag‘batlantirish, 
hududlar, tuman va shaharlarni kompleks va mutanosib holda ijtimoiy-iqtisodiy 
taraqqiy ettirish, investitsiyaviy muhitni yaxshilash orqali mamlakatimiz iqtisodiyoti 
tarmoqlari va hududlariga xorijiy sarmoyalarni faol jalb etish;  
- 
ijtimoiy sohani rivojlantirishga yo‘naltirilgan aholi bandligi va real 
daromadlarini izchil oshirib borish, ijtimoiy himoya va sog‘lig‘ini saqlash tizimini 
takomillashtirish, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, arzon 
uyjoylar barpo etish, yo‘l-transport, muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy 
infratuzilmalarni rivojlantirish hamda modernizatsiya qilish bo‘yicha maqsadli 
dasturlarni amalga oshirish, ta’lim, madaniyat, ilm-fan, adabiyot, san’at va sport 
sohalarini rivojlantirish, yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish;  
- 
xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash, 
chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy ruhdagi tashqi siyosat yuritishga 
yo‘naltirilgan 
davlatimiz 
mustaqilligi 
va 
suverenitetini 
mustahkamlash, 
rivojlantirish, «Elektron hukumat» tizimini takomillashtirish, davlat xizmatlari sifati va samarasini oshirish, jamoatchilik nazorati mexanizmlarini amalda tatbiq etish, fuqarolik jamiyati institutlari hamda ommaviy axborot vositalari rolini kuchaytirish; - qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilishga yo‘naltirilgan sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini hamda fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini mustahkamlash, ma’muriy, jinoyat, fuqarolik va xo‘jalik qonunchiligini, jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarning oldini olish tizimi samarasini oshirish, sud jarayonida tortishuv tamoyilini to‘laqonli joriy etish, yuridik yordam va huquqiy xizmatlar sifatini tubdan yaxshilash; - iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirishga yo‘naltirilgan makroiqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash va yuqori iqtisodiy o‘sish sur’atlarini saqlab qolish, milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish, qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish va jadal rivojlantirish, iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish bo‘yicha institutsional va tarkibiy islohotlarni davom ettirish, xususiy mulk huquqini himoya qilish va uning ustuvor mavqeini yanada kuchaytirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojini rag‘batlantirish, hududlar, tuman va shaharlarni kompleks va mutanosib holda ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiy ettirish, investitsiyaviy muhitni yaxshilash orqali mamlakatimiz iqtisodiyoti tarmoqlari va hududlariga xorijiy sarmoyalarni faol jalb etish; - ijtimoiy sohani rivojlantirishga yo‘naltirilgan aholi bandligi va real daromadlarini izchil oshirib borish, ijtimoiy himoya va sog‘lig‘ini saqlash tizimini takomillashtirish, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, arzon uyjoylar barpo etish, yo‘l-transport, muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmalarni rivojlantirish hamda modernizatsiya qilish bo‘yicha maqsadli dasturlarni amalga oshirish, ta’lim, madaniyat, ilm-fan, adabiyot, san’at va sport sohalarini rivojlantirish, yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish; - xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash, chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy ruhdagi tashqi siyosat yuritishga yo‘naltirilgan davlatimiz mustaqilligi va suverenitetini mustahkamlash, O‘zbekistonning yon-atrofida xavfsizlik, barqarorlik va ahil qo‘shnichilik muhitini 
shakllantirish, mamlakatimizning xalqaro nufuzini mustahkamlash.  
  
Global muammolarni hal qilishda xususiy va umumiy manfaatlar 
uyg‘unligi Globallashuv jarayonlarini nazariy jihatdan anglab yetish va global 
muammolarni bartaraf etish nafaqat o‘ta og‘ir va uzoq davom etadigan, balki 
kutilgan natijalarga qanday erishish mumkinligi xususida hali aniq javoblar va uzil-
kesil yechimlarga ega bo‘lmagan ishdir. Ayni vaqtda aksariyat tadqiqotchilar global 
tangliklarni bartaraf etish imkoniyatini ommaviy ongda yangicha axloqning 
shakllanishi 
va 
mustahkamlanishi, 
madaniyatning 
rivojlanishi 
va 
uning 
insonparvarlashuvi bilan bog‘lamoqdalar. Buning uchun jiddiy asoslar bor, zero 
odamlarning fe’l-atvori, xatti-harakatlari, pirovard natijada esa ular erishishga 
harakat qiladigan natija asosan ularning hayotga munosabati va fikrlash tarzi bilan 
belgilanadi.  
Xalqaro kuchlarning birlashuvi. Odamlar dunyoqarashi nafaqat ularning 
dunyo haqidagi bilimlarida, balki ular bu bilimni qanday talqin qilishi, qanday 
xulosalar chiqarishi va qanday ish ko‘rishida ham namoyon bo‘ladi. Shu sababli 
global muammolarni butun dunyo bahamjihat hal qilishi lozimligi to‘g‘risida so‘z 
yuritar ekanmiz, insoniyat nazariyada muayyan yutuqlarga va ba’zi bir amaliy 
natijalarga erishgan holda, dunyo rivojlanishining salbiy jarayonlarini to‘xtatishga 
hali muvaffaq bo‘lmaganini e’tibordan chetda qoldirishimiz mumkin emas.  
Global muammolarni hal qilishda xususiy va umumiy manfaatlar. Har bir 
xalq, har bir mamlakat xalqaro munosabatlarning u yoki bu tartibida, davlatlararo 
savdo oqimlarining yo‘nalishi va kapitallarning taqsimlanishida o‘z muayyan 
manfaatiga ega bo‘ladi.  
Hozirgi sharoitga tatbiqan muayyan universal asos sifatidagi «yangi 
insonparvarlik»ning mohiyati yer kurrasida yashovchi barcha odamlarning muhim 
manfaatlarini aks ettiradigan va shu sababli butun dunyoda umumiy qadriyatlar 
sifatida idrok etiladigan borliq me’yorlari va tamoyillarini qaror toptirishdan iborat. 
O‘zbekistonning yon-atrofida xavfsizlik, barqarorlik va ahil qo‘shnichilik muhitini shakllantirish, mamlakatimizning xalqaro nufuzini mustahkamlash. Global muammolarni hal qilishda xususiy va umumiy manfaatlar uyg‘unligi Globallashuv jarayonlarini nazariy jihatdan anglab yetish va global muammolarni bartaraf etish nafaqat o‘ta og‘ir va uzoq davom etadigan, balki kutilgan natijalarga qanday erishish mumkinligi xususida hali aniq javoblar va uzil- kesil yechimlarga ega bo‘lmagan ishdir. Ayni vaqtda aksariyat tadqiqotchilar global tangliklarni bartaraf etish imkoniyatini ommaviy ongda yangicha axloqning shakllanishi va mustahkamlanishi, madaniyatning rivojlanishi va uning insonparvarlashuvi bilan bog‘lamoqdalar. Buning uchun jiddiy asoslar bor, zero odamlarning fe’l-atvori, xatti-harakatlari, pirovard natijada esa ular erishishga harakat qiladigan natija asosan ularning hayotga munosabati va fikrlash tarzi bilan belgilanadi. Xalqaro kuchlarning birlashuvi. Odamlar dunyoqarashi nafaqat ularning dunyo haqidagi bilimlarida, balki ular bu bilimni qanday talqin qilishi, qanday xulosalar chiqarishi va qanday ish ko‘rishida ham namoyon bo‘ladi. Shu sababli global muammolarni butun dunyo bahamjihat hal qilishi lozimligi to‘g‘risida so‘z yuritar ekanmiz, insoniyat nazariyada muayyan yutuqlarga va ba’zi bir amaliy natijalarga erishgan holda, dunyo rivojlanishining salbiy jarayonlarini to‘xtatishga hali muvaffaq bo‘lmaganini e’tibordan chetda qoldirishimiz mumkin emas. Global muammolarni hal qilishda xususiy va umumiy manfaatlar. Har bir xalq, har bir mamlakat xalqaro munosabatlarning u yoki bu tartibida, davlatlararo savdo oqimlarining yo‘nalishi va kapitallarning taqsimlanishida o‘z muayyan manfaatiga ega bo‘ladi. Hozirgi sharoitga tatbiqan muayyan universal asos sifatidagi «yangi insonparvarlik»ning mohiyati yer kurrasida yashovchi barcha odamlarning muhim manfaatlarini aks ettiradigan va shu sababli butun dunyoda umumiy qadriyatlar sifatida idrok etiladigan borliq me’yorlari va tamoyillarini qaror toptirishdan iborat.