GLOBALLASHUVNING FALSAFIY MUAMMOLARI (Global muammolar tushunchasi. Zamonamizning asosiy global muammolari)
Yuklangan vaqt
2024-04-11
Yuklab olishlar soni
3
Sahifalar soni
5
Faytl hajmi
21,8 KB
GLOBALLASHUVNING FALSAFIY MUAMMOLARI
Global muammolar tushunchasi. Zamonamizning asosiy global
muammolari
Bugungi kunda zamonamizning global muammolari deb ataluvchi
muammolar haqida eshitmagan odamni uchratish qiyin. Bu muammolarga
demografik, energetik, xom ashyo muammolari, urush va tinchlik muammosi,
ekologiya va boshqalar kiradi. Albatta, ushbu muammolar ilgari ham mavjud edi,
lekin faqat XX asrdagina ular global muammolarga aylandi.
Global muammolar - bu shunday muammolarki, ular butun insoniyatning
manfaatlariga daxl qiladi, uning kelajagiga xavf soladi hamda ular butun xalqaro
hamjamiyatning ishtiroki bilangina hal etilishi mumkin.
Urush va tinchlik muammolari. Inson sivilizatsiyasining butun tarixi,
taassuf bilan qayd etish lozimki, urushlar tarixidan iborat. Urush uzoq vaqt
davomida zarur, muqarrar va hatto insoniyatning rivojlanishi uchun foydali hodisa
sifatida qarab kelindi. Buni tasdiqlovchi ko‘plab dalillar N. Makiavelli, F.Venon,
T.Gobbs, J.Prudon, F.Nitsshe va boshqalarning ishlarida saqlanib qolgan.
Ekologik muammo. «Ekosofiya»ning falsafaning muayyan, juda o‘ziga xos
qismi sifatida shakllanishi bir qator bosqichlarni bosib o‘tdi. «Ekosofiya»ning
rivojlanishiga A,Pechchei, G.Kommoner, A.King, L.Braun, D.Medouz, G.Kan,
J.Forrester, E.Pestel va boshqalar salmoqli hissa qo‘shdilar.
Energiya muammosi. 1945 yildan boshlab olinayotgan energiya miqdori uch
marta ko‘paydi, biroq u o‘ta notekis taqsimlanmoqda. O‘nta eng rivojlangan
mamlakatlar butun energiyaning 70%ni iste’mol qilgani holda (ularning aholisi Yer
shari aholisining 7% ga yaqinini tashkil etadi), rivojlanayotgan mamlakatlar
(sayyora aholisining 78%) ishlab chiqarilayotgan energiyaning faqat 18% bilan
kifoyalanishga majburdir.
Xom-ashyo muammosining hal etilishi xom-ashyoning qimmat va olish
qiyin bo‘lgan turlarini arzon va oson olinadigan turlariga almashtirish, resurslarni
tejaydigan texnologiyani joriy etish, ishlab chiqarishni miqdor ko‘rsatkichlaridan
sifat ko‘rsatkichlariga qayta yo‘naltirish bilan bog‘liq.
Oziq-ovqat muammosi hozirgi paytda o‘ta dolzarb bo‘lib turibdi: och
qolayotganlar soni 1970 yilda 460 million bo‘lgan bo‘lsa, 1990 yilda 550 millionga
yetdi. 2000 yilga bu ko‘rsatkich 650 million kishiga yetishgan (sayyora aholisining
10%).
Demografik muammo misolida butun global muammolarning o‘zaro
aloqasini yaqqol ko‘rish mumkin. Ortiqcha aholi atrof-muhitga bo‘lgan salbiy
ta’sirning kuchayishni anglatadi: suv va havo sifati yomonlashadi (xususan tez
o‘sayotgan shaharlarda), yer unumdorligi pasayadi, sanoat va maishiy chiqindilar
ko‘payadi, ya’ni ekologik vaziyat keskin yomonlashadi. Aholi soni qancha ortib
borsa, uning hayoti va faoliyati uchun energiya, xom-ashyo, oziq-ovqat shunchalik
ko‘p talab etiladi. Buning mantiqiy nihoyasi esa energetik, xom-ashyo, oziq-ovqat
muammolarining keskinlashuvidir.
Terroristik aktlar ma’lum bir guruhlarni (yoki butun bir jamiyatni) qo‘rqitish
uchun yoki terroristlarning g‘oyalarini propoganda va namoyish qilish uchun xizmat
qiladi.
Terroristik amallar turli vositalar: portlatish, o‘t qo‘yish, siyosiy arboblar
joniga suiqasd, garovga olish. O‘g‘rilash va ommaviy qirg‘in qurollarini qo‘llashga
(yadroviy, biologik va kimyoviy) tahdid qilish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
2017-2021 yillardagi O‘zbekistonni yanada rivojlantirish bo‘yicha
harakatlar strategiyasida global muammolarning tavsifi
O‘zbekiston Prezidenti 7 fevral kungi farmoni bilan 2017—2021 yillarda
O‘zbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar
strategiyasini tasdiqladi.
2017−2021
yillarda
O‘zbekistonni
rivojlantirish
harakatlar
strategiyasining beshta ustuvor yo‘nalishi:
-
davlat va jamiyat qurilishini takomillashtirishga yo‘naltirilgan
demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va mamlakatni modernizatsiya qilishda
parlamentning hamda siyosiy partiyalarning rolini yanada kuchaytirish, davlat
boshqaruvi tizimini isloh qilish, davlat xizmatining tashkiliy-huquqiy asoslarini