Globallashuvning milliy rivojlanishga o‘tkazayotgan ta’siri va uning
oqibatlari
Reja:
1. Jahon taraqqiyotining turli darajalari.
2. Globallashuvning milliy rivojlanishga o‘tkazayotgan ta’siri va uning
oqibatlari.
3. Iqtisodiy globallashuv va uning ma’naviyatga ta’siri.
Har qanday o‘zgarish va rivojlanishlarni tadqiq etish uchun turli xil
nazariy-metodologik yondashuvlar mavjud. Hozirgi davrda modernizatsiya
paradigmasi ular orasida (formatsion, sivilizatsion va b.) alohida ahamiyatga
ega. Modernizatsiya – o‘ta murakkab jarayon. Modernizatsiya jarayonida
o‘zgarishlar inson va jamiyat faoliyatining barcha sohalarida ro‘y beradi.
O‘zgarishlar natijasida yangi tushunchalar, tamoyillar, yondashuvlar
shakllanadi. Ular esa milliy g‘oya qamrovini yanada kengaytiradi va
yoshlarning ongi va qalbiga singdirishda yangi imkoniyatlarni yuzaga keltiradi.
Milliy g‘oya murakkab tizim sifatida yoshlarning ma’naviy dunyosini
shakllanishi, yuksalishi, vatanimizning barcha millatlarini o‘z atrofida
birlashtirish kabi muammolarni qamrab oladi.
Mamlakatimizni rivojlanish yo‘li «O‘zbek modeli»da o‘z ifodasini
topgan. Milliy g‘oyani ham rivojlanish modeli ham maqsadi xalqimizning
kelajagiga qaratilgan: rivojlanishning yuqori pog‘onalariga intilish,
ma’naviyatimizni yuksaltirishdir.
Modernizatsiya qilishning maqsadi yangilanish, an’anaviylikdan
zamonaviylikka o‘tish, rivojlanishda yuqoriroq bosqichlarga erishishdir.
Milliy g‘oya va rivojlanishimizning modelini integratsiyasi
modernizatsiya jarayoni uchun nazariy-metodologik, amaliy va regulyativ
vazifani bajaradi. Pirovard natijada mamlakatimizning rivojlanishi yanada
yuksak pog‘onalarga ko‘tarilishi uchun keng imkoniyatlar yaratiladi. SHuning
uchun hozirgi kunda «mamlakatimizni modernizatsiya qilish» 1 eng muhim
ustuvor vazifadir.
Lug‘aviy ma’noda modernizatsiya (fran. moderisatio, modere – eng
yangi) zamonaviy talablarga muvofiq o‘zgarish hamda takomillashtirishlarni
bildiradi. Gap nafaqat sanoat-texnika progressida, balki insonning
dunyoqarashi, uning metodologik yondoshuvi, tafakkur uslublari
o‘zgarishidadir. Bularning o‘zgarishi esa inson tomonidan qo‘llanilayotgan
tushunchalar, konsepsiyalarning o‘zgarishiga olib keladi. Modernizatsiya
jarayoni XVIII asrda boshlangan. Inson faoliyatiga ilmiy hamda muhandislik
bilimlarning kirib kelishi va ulardan keng miqyosda foydalanish mahsulidir.
Modernizatsiya paradigmasi XX asrning o‘rtalarida shakllandi. Uning
asosiy vazifasi insoniyat faoliyatining barcha sohalarida an’analikdan
zamonaviylikka o‘tishidir. Modernizatsiya paradigmasi rivojlanishini bir
nechta pog‘onaga ajratish mumkin. SHuni ta’kidlash mumkinki, nazariy-
metodologik yondashuvlar rivojlanishi real jarayonlar bilan uzviy bog‘liqlikda
shakllangan va ularning ta’sirida nazariyalarga o‘zgartirishlar kiritilgan.
Modernizatsiya paradigmasi doirasida ko‘pdan-ko‘p nazariy-metodologik
va xususiy fanlarga asoslangan yondashuvlar yaratilgan. Ilk bor paydo bo‘lgan
modernizatsiya paradigmasi – linear modeli (1950-1960 yy.), qisman ko‘p
chiziqli aktorli (ba’zan etib oluvchi deb ataladi) (1970-1990 yy.), tuzilmaviy
modellar mavjud. Hozirgi paytda modernizatsiya paradigmasi rivojlanib
bormoqda, yangicha yondashuvlar asosida nazariyalar vujudga kelmoqda.
YA’ni, an’anaviy va zamonaviy yondashuvlar orasida katta farq bor.
Rivojlanish jarayoni modernizatsiya paradigmasi doirasida turli xil nuqtai
nazar asosida tahlil qilingan. Umuman olganda, keyingi yillarda shakllangan
yondashuvlarda qat’iy determinizmdan voz kechilgan, masalan g‘arb
demokratiyasiga chiziqli model asosida emas, balki ko‘p chiziqli model, ya’ni
mamlakatlar rivojlanish yo‘lida tanlov imkoniyatiga egaligi tan olingan. Ilk bor
modernizatsiya paradigmalarining asosini tashkil qilgan evolyusionizm va
1 Каримов И.А. Мамлакатимизни модернизация қилиш ва янгилашни изчил давом эттириш – давр
талаби // «Халқ сўзи», 2009 йил 14 февраль
fundamentalizm yondashuvlarini cheklash hisobidan makroijtimoiy tizimlar
tahlilidan mikroijtimoiy jarayonlarni tadqiq qilish imkoniyati paydo bo‘ldi.
Hozirgi davrda ilmiy adabiyotlarda modernizatsiya jarayonidagi
o‘zgarishlar turli xil ichki va tashqi (endogen va ekzogen) ta’sirlar natijasida
paydo bo‘ladi, degan fikr hukm suradi. Bular esa real borliqning keng qamrovli
yondoshuvlar yordamida aks ettirilishi va reallikka tadbiq etish doirasi tobora
kengayganligini bildiradi. Bu jarayonda ba’zi bir tushunchalardan voz kechish,
yangilaridan foydalanish yo‘lidan borilmoqda.
Modernizatsiya paradigmasi ilmiy bilimning insoniyat hayotiga jadal
sur’atda kirib kelishi bilan bog‘liq. Har qanday davrda hokimiyatning asosiy
manbalaridan biri «bilim» bo‘lib kelgan. Bizning davrimizda esa bilimning
mavqei birinchi darajali bo‘ldi. Bu ayniqsa, moliyaviy-iqtisodiy inqirozda o‘z
ahamiyatini ko‘rsatdi. «Tijorat banklari va ularning tegishli bo‘linmalari
rahbarlarini attestatsiyadan o‘tkazish shuni ko‘rsatdiki, ularning aksariyati
amaldagi qonunchiligimizni va investitsiya siyosatini amalga oshirish
mexanizmini etarli darajada bilmaydi. SHu sababli ham banklar hali beri
investitsiya jarayonlarining faol ishtirokchilariga, investitsiya loyihalari hamda
ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash
dasturlarini joriy etishda korxonalar va kichik biznes sub’ektlarining haqiqiy
hamkorlariga aylana olmayotganini afsuslanib ta’kidlash kerak»2, deb qayd
qilgan edi Prezidentimiz.
SHuning uchun ushbu monografiyada jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlanish asosini va unga katta ta’sir ko‘rsatayotgan bilim va ta’limning ilmiy
salohiyat muammolari tadqiq qilingan. Bilim, ta’lim insoniyatni birlashtiruvchi
omil bo‘lib, har qanday modernizatsiya yondashuvining zarur komponentidir.
Bilim va ta’lim mafkuraviy, iqtisodiy, diniy, madaniy farqlanishidan qa’tiy
nazar insoniyat uchun umumiy qadriyatdir.
Modernizatsiya jarayoni I.Karimov ta’kidlaganidek, «innovatsion
texnologiyalarni joriy etish va jahon bozorida talab mavjud bo‘lgan yangi
turdagi tovarlar ishlab chiqarish...»3ni amalga oshirishda integratsion jarayonlar
2 Каримов И.А. Мамлакатимизни модернизация қилиш ва янгилашни изчил давом эттириш – давр
талаби // «Халқ сўзи», 2009 йил 14 февраль
3 Каримов И.А. Мамлакатимизни модернизация қилиш ва янгилашни изчил давом эттириш – давр
талаби // «Халқ сўзи», 2009 йил 14 февраль.
bilan bog‘liqdir. Mamlakatimizda integratsiyalashuv jarayoni tobora
chuqurlashib borayotganini nafaqat Evropa mamlakatlari, balki Osiyo qit’asi
bozorlari bilan ham aloqalar kengayib borayotganini ta’kidlash mumkin.
Bizning boy milliy merosimizda insonning ma’naviy, siyosiy va diniy
faoliyatlarida bilimning qadri yuqori darajada baholangan va bu an’anani,
ayniqsa hozirgi modernizatsiya jarayonida davom ettirsak maqsadga muvofiq
bo‘ladi.
Umuman olganda, IX-XIV asrlarda islom sivilizatsiyasida, ayniqsa
Markaziy Osiyoda intellektual-ma’rifiy, diniy-axloqiy, ijtimoiy-siyosiy,
ijtimoiy-madaniy muhitda ilmiy, dunyoviy bilimlarining qadrlanishi aqlning
etakchi roliga asoslangan. Bu hol esa tabiiy-ilmiy fanlarning yuksak darajada
rivojlanishiga sabab bo‘ldi. Bilim – shaxsning zaruriy tarkibiy qismi. Inson
o‘qish va ta’lim olish yordamida mukammalikka intiladi, bilim esa bu
jarayonda vosita vazifasini o‘zida mujassamlashtiradi. Bilimli bo‘lish yuksak
baxt, yuksak barkamollik va qadr-qimmat, e’tiborga loyiqlik bilan
tenglashtiriladi. Insonning jamiyatdagi mavqei bilimiga bog‘liq. Uning boyligi,
nasl-nasabi va boshqa xususiyatlari e’tiborga olinmasligi kerak, bu xususiyatlar
bilim bilan o‘lchanishi shart. Ushbu ijtimoiy muhitda «odob-axloq,
taqvodorlik, faoliyatlilik, ijtimoiy qadriyatlardan hech qaysi «bilim»dek
e’tiborga ega emas»4. Bu davrda barcha ijtimoiy qadriyatlar orasida bilimga
bo‘lgan munosabat yuksak edi.
Islom sivilizatsiyasida bilimga markaziy o‘rin ajratilgan edi. SHuning
uchun ham yuksak yutuqlarga erishib insoniyat tarixiga o‘z hissasini qo‘shgan.
««Bilim» markaz sifatida sivilizatsiyani mustahkamlaydi. O‘sha davrdagi g‘arb
an’analarining bilimga bo‘lgan munosabati boshqacha edi. Bilim mushohadaga
(o‘y-xayolga) asoslangan va doimo faoliyatga, harakatga majburlovchi dalil
sifatida ko‘rilmagan»5. Ushbu davrda bilim va faoliyatning, intellektual va
ma’naviy qadriyatlarning o‘zaro bog‘liqligi jamiyat rivojlanishini ta’minlaydi.
Hozirgi paydta jamiyatning turli sohalarida tub islohotlar, fan va bilish
sohasida esa paradigmal yangilanishlar sodir bo‘layotgan tarixiy davrning
guvohi bo‘lib turibmiz. Bunday yangilanishlar iqtisodiy, siyosiy, texnologik
4 Роузенталь Ф. Торжество знания. М., 1978. –235 б.
5 Пихтин В.Г. Философия и социокультурные основания познания. – Философия и её место в
культуре. - Новосибирск, 1990. –149 б.
madaniy o‘zgarishlarni o‘z ichiga oladi. Bu o‘zgarishlar ko‘p qirrali bo‘lib,
ular natijasida ijtimoiy makonning mikro, mezo, makro darajalarida ekologik,
iqtisodiy. ijtimoiy-madaniy, ijtimoiy-psixologik va boshqa o‘zgarishlar turli
tezlik, miqyos, murakkablik yo‘nalishlarida sodir bo‘ladi. Respublikamizda
olib borilayotgan yangilanish va modernizatsiya jarayonlari milliy istiqlol
g‘oyasi va boy madaniyatimizga, umuminsoniy qadriyatlarga asoslanadi.
Modernizatsiya jarayonlarining juda ko‘plab ta’riflari va unga turli
yondashuvlar mavjuddir. Modernizatsiya klassik nazariyalarida dastlab ishlab
chiqarishni industrializatsiya asosida rivojlanishi bilan bog‘liq jarayon sifatida
ta’riflandi.SHu ma’noda modernizatsiyani dastlab ko‘proq an’anaviy
jamiyatdan sivilizatsiya davriga o‘tishga qiyoslashadi. Bunda “an’anaviy
jamiyat quyidagi belgilari bilan xarakterlanadi: hayotni tashkil etish ko‘p
hollarda diniy tasavvurlarga asoslanadi; rivojlanish sikllidir; individualizmning
mavjud emasligi; avtoritar hokimiyatning mavjudligi; shaxslarning
faoliyatsizligi, innovatsiyalardan an’analarning ustunligi va h.k”. Bu
modernizatsiya jarayonlarni adabiyotlarda innovatsiyalar asosida tahlil etish
ham kuzatiladi. SHtompkaning “Sotsiologiya sotsialnыx izmenenii” kitobida:
“Jahon tarixiy jarayonlarining nuqtai nazariga ko‘ra, modernizatsiya insoniyat
yashash sharoitlarining yaxshilanishiga hissa qo‘shuvchi ahloqiy, texnologik
va ijtimoiy qadriyatlardagi innovatsiyalarga daxldor” ekanligi ta’kidlanadi.6
Zamonaviy jamiyatda esa innovatsiyalar an’analardan ustivorlik qiladi;
ijtimoiy hayot dunyoviy xarakterga bo‘ladi; rivojlanish izchil; liberal
demokratik hokimiyat; individualizm, insonlar faolligi va h.k. asosiy belgilar
hisoblanadi. Modernizatsiyaning keyingi bosqichlarini kuzatar ekanmiz, uning
tobora jamiyatni barcha jabhalarini qamrab oluvchi kopleks xarakterga ega
bo‘lib boganligini ko‘ramiz. Masalan, Xantington modernizatsiya jarayonlarini
tahlil etar ekan, u ijtimoiy hayotning barcha jabhalarini o‘z ichiga olishini
ta’kidlaydi. Olim modernizatsiya jarayonlarining an’anaviy jamiyatning
inqirozi va industrial jamiyat bag‘rida vujudga kelishini ta’kidlab, uning
to‘qqizta belgisini ko‘rsatib o‘tadi. Bu belgilar quyidagilardan iboratdir:
6 С Штомпка П.С оциология социальных изменений/Пер, с англ, под ред. В.А.Ядова.-М.: Аспект
Пресс, 1996. -173.с.-
Inqilobiylik, komplekslik, tizimlilik, globallik, davomiylik, bosqichlilik,
gomogenlik, qaytarilmaslik, progressivlik.
Iqtisodiy sohada modernizatsiya chuqur iqtisodiy o‘zgarishlar, mehnat
taqsimotining o‘sishi, texnologiyalarning takomillashuvi, erkin raqobat, tijorat
uchun qulay imkoniyatlarning yaratilishidir.
Modernizatsiya ijtimoiy sohada aholi savodxonligining o‘sishi,
yangilanishlarning barchasi aholi farovonligining o‘sishiga xizmat qiladi.
Masalan, madaniyat sohasida modernizatsiya madaniyatning asosiy elementlari
bo‘lgan din, falsafa, fanda differensatsiya, ta’limning keng tarqalishi,
murakkab va intellektual maxsus kasb institutlarining shakllanishi, ommaviy
kommunikatsiyaning rivojlanishi, rivojlanish, samaradorlik, muvafaqqiyat, o‘z
imkoniyat va hissiyotlarini tabiiy namoyon etishga asoslangan yangi madaniy
qadriyat paradigmasi va individualizmning rivojlanishi; yangi kengayib
borayotgan ijtimoiy makonga moslashib boruvchi yangi individual odat,
xususiyat va qiziqishlar sohasining kengayishi; fan va texnikaga ishonchning
ortishi, moslashuvchanlik va karera qilishning o‘sishi; inson qadr- qimmatiga
munosabatning o‘zgarishidir7.
Siyosiy modernizatsiya siyosiy partiyalar, parlament, saylov huquqi,
yashirin ovoz berish demokratik tamoyillarning qaror topishi hisoblanadi.
Demak, modernizatsiya jarayonlari bugungi kunda jamiyatda zamonaviy
siyosiy (demokratiya, fuqarolik jamiyati, huquqiy davlatni barpo etish),
iqtisodiy (bozor, xususiy mulk, rivojlanganlik darajasiga ko‘ra ba’zi
davlatlarda axborotlashagaan
iqtisodiyot), ijtimoiy (individualizm,
differensiatsiyaashgan jamiyat), madaniiy (madaniyatning differensatsiyasi,
ijtimoiy ongdagi sekulyarizatsiya, savodxonlikning ortishi va keng tarqalishi,
fan va texnikaning asosiy qadriyatga aylanishi) tizimlarni vujudga keltirishdan
iborat kompleks jarayondir. U jamiyat taraqqiyotining jamiyatning murakkab
tizim sifatida o‘zini-o‘zi tashkil etish qobiliyatidir.
Modernizatsiya jarayonlarining tahlilida uning transformatsiya
tushunchasiga nisbati muhim ahamiyat kasb etadi. Ilmiy adabiyotlarada
7 Побережников И.В. Модернизация: теоретические и методологические
проблемы Экономическая история. Обозрение / Под ред. Л.И.Бородкина. Вып.
7. М., 2001.С 152.
transformatsiya jarayoni “tizimning o‘zini saqlash, qayta ishlab chiqarish
jarayoni sifatida e’tirof etiladi. Bu tizimning beqaror, tizim boshqa
metatizimga o‘tadi yoki ichki strukturasini o‘zgartiradi”8. Transformatsiya
jarayoni ijtimoiy tizimning immanent umumiy sifatiy xususiyati bo‘lib, uning
natijasida tizim bir strukturaviy tuzilmadan nisbatan rivojlanganrog‘iga
almashadi.9 Izlanishlarda transformatsiya jarayoni universal kategoriya va
tizimning butun mazmun mohiyatidagi o‘zgarish, ijtimoiy sub’ektlarning-
insonlar va institutlarning tabiiy rivojlanish qonuniyatlari asosida maqsadga
yo‘nalgan faoliyati natijasida amalna oshishi ta’kidlanadi. SHuningdek, muallif
bu jarayonni tizimning o‘tish holati sifatida tasniflanadi.10.
Transformatsiya jarayoni ko‘p vektorlik va o‘zgarishlarning amalga
oshish sur’atlarining jadalligi, hamda bu o‘zgarishlarda sub’ektiv omillar
ta’sirining yuqoriligi bilan ajraladi. Transformatsiya jarayonlarini bir tizim
ikkinchisiga almashayotgandagi holat sifatida ham ta’riflaydilar11. Aytishimiz
mumkinki, bu davr jamiyatning salbiy xarakterga ega bo‘lgan, taraqqiyotni
to‘htatadigan o‘tmishidan voz kechib, yangi maqsad va g‘oyalar sari
intilishidir.SHu bois ijtimoiy transformatsiya jarayonlari davrida ijtimoiy
to‘qnashuvlarning kuchayishi va keskinlashuvi kuzatilishi mumkin. Bu jarayon
o‘zida destruktiv va konstruktiv imkoniyatlarni jamlaydi, destruktiv va
konstruktiv yo‘nalishlarga ega bo‘ladi. Konstruktiv transformatsiya jarayoni
natijasida jamiyatda butunlay yoki uning ayrim sohalarining progressiv
rivojlanishi ta’minlanadi.
Ijtimoiy transformatsiyaning mazmuni shundan iboratki, jamiyada sifatiy
o‘zgarishlar sodir bo‘ladi. Ijtimoiy transformatsiya ijtimoiy tizimning ma’lum
darajadagi boshqa ijtimoiy sifatdagi ijtimoiy tizimga o‘tishi hisoblanadi.
Kibernetik yondoshuvga ko‘ra, ijtimoiy transformatsiya tizimdagi tuzilma,
tuzilishi, strkturasi, ijtimoiy ongidagi o‘zgarishdir. Unda tizim
8 Марарица В.Ф.Социально- философский анализ трансформации социальных систем. Вестник
МГТУ, Т9, №1. 2006. С 76
9 Карасев В.И. Социальная трансформация как предмет философского анализа.Авт. реф. На
соискание док..фил наук.М., 2000. С10
10 Карасев В.И. Социальная трансформация как предмет философского анализа.Авт. реф. На
соискание док..фил наук.М., 2000. С15.
11 Марарица В.Ф.Социально- философский анализ трансформации социальных систем. Вестник
МГТУ, Т9, №1. 2006. С 70-76
elementlari( odamlar, mashinalar va boshqalar o‘zgarmasdan qolishi, ular
iorasidagi munosabatlar tizimi, usul va strukturasi o‘zgaradi12.
Tabiatshunoslikda transformatsiyani fazoviy o‘tish, sinergetikada
bifurkatsiya nuqtasi sifatida ta’riflash mumkin. Kastels "informatsional
jamiyat", "informatsional iqtisodiyot", “genetik inqilob” atamalarini
zamonaviy transformatsiya jarayonlarini ifodalash uchun qo‘llaydi13.
Zamonaviy transformatsiya jarayonlarining asosi ilmiy texnologiyalar tashkil
etadi.
Toffler esa zamonaviy ijtimoiy o‘zgarishlarni uchta to‘lqin sifatida
ta’riflaydi.
Modernizatsiya jarayonlarini tadqiq etuvchi izlanishlarga asoslanib aytish
mumkinki, endilikda uning mohiyati o‘zgarib,
“modernizatsiyaviy
transformatsiya”ga aylanib borayotganligini ta’kidamoqdalar.14 Bunga sabab
zamonaviy modernizatsiya jarayonlarining tobora kompleks xarakterga ega
bo‘lib borayotganligidir. SHu cababli ko‘p ilmiy adabiyotlarda modernizatsiya
va transformatsiya tushunchalarining bir ma’noda qo‘llanilayotganini ko‘rish
mumkin.Ammo yuqoridagi fikrlarimizdan kelib chiqib aytish mumkinki,
transformatsiya jarayoni modernizatsiya jarayonlariga qarananda kengroq
tushuncha. CHunki modernizatsiyada tio‘zimning ayrim elementolariga
qaratilishi mumkin. Masalan , bugungi kunda jahon iqtisodiy inqirozi tufayli
mamlakatimizda bank tizimini modernizatsiya qilish chora-tadbirlari
belgilandi.
Modernizatsiya jarayonning asosini bilim tashkil etishini ko‘rish mumkin.
CHunki bilim sub’ekt faoliyati uchun imkoniyat yaratadi. Bilim – o‘qish,
ta’lim orqali kamol topishga intilishni ifodalovchi shaxs tarkibining zaruriy
qismidir15. Bu haqda Toffler o‘zining “Inqilobiy boylik” asarida “yangi
boyliklar tizimi vujudga kelayotganligini16, bu boyliklar tizimining asosini
12 М. В. Сухарев. Социальная трансформация с точки зрения кибернетики.
Мониторинг социально-экономических процессов в Республике Карелия",
сборник. Петрозаводск, Карельский Научный Центр РАН, 2000 г., с. 135 – 139.
13 Кастельс Мануэль. Информационная эпоха: экономика, общество и
культура. М. С.29.
14
15 Абдуллаева М.Н,, Туленова К.Ж., Ғаффарова Г.Ғ,, Ниязимбетов М.К. Миллий ғоя ва фаннинг
методологик муаммолари. Т, 2009. 24-б
16 Тоффлер Э, Тоффлер Х. Революционное богатство. М. 2007.Политиздат С.149
bilim tashkil etishini ta’kidlaydi. Inqilob atamasini muallif zamonaviy deb
atash mumkin bo‘lgan yangi hayot tarzi yoki yangi sivilizatsiyaning vujudga
kelishini ifodalash uchun qo‘llaydi17. Olim bilim barcha davrlarda boylik asosi
bo‘lib kelgan, ammo bugunga kelib u inqilobiy boylik asosiga aylanganligini
e’tirof etadi. Bunga sabab olim fikricha, bilimning boshqa resurslardan farq
qiluvchi xususiyatlari hisoblanadi.
Zamonaviy modernizatsiya jarayonlarida bilim muammosiga, uning
jamiyatdagi maqomiga turlicha yondoshuvlarning vujudga kelishiga sabab
bo‘ldi.Buni postmodernizm yo‘nalishining epistemologik muammolarga keng
o‘rin berilishida ham ko‘rish mumkin. Ularda bilim predmeti, uning
tipologiyasi, ob’ekt va sub’ektidagi o‘zgarishlar, bilimning tijoratlashuv
jarayonlari e’tirof etiladi. Postmodernizm ilmiy bilishni yuqori standartlar, oliy
nufuzidan voz kechadilar. Postmodernizm g‘oyalarida borliqdagi yagonalik,
yaxlitlik, barqarorlik yo‘qoladi, ularning o‘rnini ko‘plik, ko‘pxillilik egallaydi.
Postmodernizm vakillari olamni bilishning eng samarali yo‘li sifatida o‘yinni
tan oladilar. Oldingi tafakkur uslubidagi bilish usullari, taraqqiyoti, bosqichlari
va darajalari, bir butunligi ifodalangan “bilish daraxti” inkor etiladi.
Postmodernizm bilish paradigmasida “rizoma”g‘oyasi ustivorlik qiladi.
Rizoma so‘zi botanikadan olingan bo‘lib, unda bu so‘z ko‘p yillik
o‘simliklarni, masalan gulsapsarni o‘ziga xos yashash usulini ifodalaydi.
Rizoma tipidagi o‘simliklarning yagona ildizi bo‘lmaydi, u har tomonga qarab
o‘sadi, bir – biri bilan chatishib ketgan novdalarga ega bo‘ladi. Bunday
o‘simliklarda yagona tana, asos bo‘lmaydi. Rizoma ramzi yordamida fanda
hech qanday shakl yo‘qligi, uning doimiy xaosda ekanligi ta’kidlanadi. Bunga
sabab postmodernizm hayot, ijtimoiy borliqning o‘zini xaosda ko‘rishidir.
Ularning fikricha, hayotdagi xaosni yagona shakl va biron ilmiy sxema bilan
tasvirlashning mumkin emasligidir. Postmodernizm har qanday
chegaralanishni cheklashlarni inkor etib, parchalash, bo‘laklarga bo‘lish va
ko‘p fikrlilik va nisbiylikka urg‘u beradi. Postmodernizm paradigmasining
ijobiy tomonlari unda olamning ko‘pxilligi, olam doimo ochiq, nobarqaror
ekanligini e’tirof etilishidir.
17 Тоффлер Э, Тоффлер Х. Революционное богатство. М.2007. Политиздат.С 7
Postmodernizmning vakillaridan bo‘lgan Liotar asarlarida postmodernizm
yo‘nalishining o‘ziga xos jihatlarini ko‘rish mumkin. Liotar rivojlangan
davlatlardagi bilim holatini tahlil etadi va madaniyatdagi zamonaviy holatni
“postmodern” deb tavsiflaydi. Uning ta’limoti “til o‘yin” lariga asoslangan.
Uningcha, bilim o‘zida til o‘yinlarini mujassam etadi. Liotar zamonaviy fan
holatini inqirozli deb hisoblaydi.Uning fikriga ko‘ra, zamonaviy fan falsafiy
maqsad va funksiyalarini lingvistik elementga aylantirdi. Liotar zamonaviy
jamiyatda bilim erozziyasi sodir bo‘layotganligin ta’kidlaydi. Bunga sabab
ilmiy kashfiyotlar, yangi ilmiy bilimlarning sotiladigan tovarga aylanishi va
ularning tor doiradagi kishilar qo‘lida hukmronlik quroliga aylanib qolishidir.
Postmodernizm davrida olim fanning ensiklopedik strukturasi tarqalib
ketishini, ilmiy bilimning asosiy xususiyati immanentligini ta’kidlaydi. Olim
fikriga ko‘ra postmodernizm davrida fan lingvistikaga asoslanishini, til
o‘yinlari asosida rivojlanishi ta’kidlanib, uning ijtimoiy-madaniy mohiyati
inkor etiladi.
Liotar bilim evolyusiyasini tadqiq etar ekan, axborotlar va ilmiy bilimni
diskurs, narrativ sifatida tavsiflaydi. Muallif bilimlarning tafakkur va shaxsdan
ajralishini, postmodernizm davrida bilim ham ishlab chiqaruvchi va
iste’molchining munosabatini ifodalab, ishlab chiqarish munosabatlariga
daxldor bo‘lishini ta’riflab o‘tadi. Uning fiikricha, bilim almashish, sotish
uchun ishlab chiqariladi. Legimizatsiya-olim fikricha, jamiyatning ilmiy
bilimlarni tan olishidir.Fanni Liotar ishlab chiqarish legimizatsiya qilishini
ta’kidlaydi18.
Har bir jamiyat taraqqiyoti, uning rivojlanishi ilmiy bilimlar bilan
bog‘liq, ammo hech qachon jamiyat, insoniyatning kelajakdagi taraqqiyot yo‘li
bugungidek ilmiy bilimlarga bog‘liq bo‘lmagan.
Adabiyotlarda axborotlashagan jamiyat, bilim jamiyati, postindustrial
jamiyat, globallashib borayotgan jamiyat sifatida ta’riflanayotgan zamonaviy
jamiyat texnologiyalar asosida modernizatsiyalashib bormoqda. Axborot va
bilim XX asrning oxirlaridan boshlab texnologiyalarning (informatika,
18 Лиотар. Жан Франсуа. Состояние постмодерна. М., Алтейя. 1998.
elektronika, biotexnologiya, nanotexnologiya va h.k.) fundamenti
hisoblanadi19.
Zamonaviy globallashuv va axborotlashuv jarayonlari insoniyat tarixidagi
modernizatsiya sifatida namoyon bo‘ladi. Bu jarayonlar insoniyat tarixining
butunlay yangi sifatiy o‘zgarishlar, transformatsiyalar davrini boshlab berdi
deyish mumkin. Mazkur o‘zgarishlarning ijobiy natijasi har bir mamlakat, har
bir davlat, jahon mifqyosida ilm-fanning rivojlanish darajasi bilan
belgilanmoqda. Natijada fan rolining jamiyat taraqqiyotidagi ahamiyati, uning
roli o‘zgardi. Bugungi kunda fan sifat jihatidan yangi funksiyalarni bajaradi
ularning asoiylari sifatida ekomuvozanatni saqlash, tabiat va jamiyatni
boshqarish funksiyalarini ko‘rsatish mumkin. Tadqiqot faoliyatining
maqsadida ham o‘zgarishlar sodir bo‘ldi. Ilmiy tadqiqotlar bugungi kunda
faqat ilmiy maqsadlarni ko‘zlamasdan, boshqaruv, axborot, loyihalashtirish,
texnik-ishlab chiqarishni ham nazarda tutadi; yangi bilimlarni ishlab
chiqaruvchi ilmiy tadqiqot birlashmalari yangi bilimlarni yaratibgina qolmay,
moddiy-ishlab chiqarish funksiyalarini ham bajaradilar. Bir so‘z bilan aytganda
zamonaviy globallashuv davrida bilim asosiy ishlab chiqarish vositasi
hisoblanadi.
Bilimlar taraqqiyoti kelajakda qanday bo‘ladi? Globallashuv jarayonlari
fan taraqqiyotiga qanday ta’sir qilishi mumkin? Mutaxassislarning fikriga
qaraganda, globallashuv jarayonlari fanda ham global o‘zgarishlarni keltirib
chiqardi. Bular eng avvalo fanning mohiyati, strukturasi, funksiyalaridagi –
transformatsiya jarayonlari, ya’ni chuqur, yangi sifatiy o‘zgarishlar bilan
xarakterlanadi. Bularni eng avvalo fanning tobora global, internatsional
mazmun kasb etib, globallashib borayotganida ko‘ramiz. Bu jarayon ikki
yo‘nalishda rivojlanayotganligi ta’kidlanmoqda. Bulardan birinchisi, fanning
notijorat globallashuv yo‘nalishi bo‘lib, unda olimlar va turli o‘quv yurtlari
birgalikda ilmiy tadqiqot olib boradilar, o‘zaro bilim almashish sodir bo‘ladi.
Ikkinchisi tijorat yo‘nalishidagi fandagi globallashuv hisoblanadi. Bu yo‘nalish
asosan XX asrdan boshlandi va keyingi o‘n yillarda dadil o‘sib borayotganligi
kuzatilmoqda. Bu yo‘nalishdagi fan globallashuvi ob’ektiv asosga ega bo‘lib,
19 Абдуллаева М.Н. Покачалов Г. Философские проблемы методологии науки. Т., Фалсафа ва
ҳуқуқ .2006. С.37.
uning omillari bo‘lib global moliyaviy va fond bozorlarining vujudga kelishi;
halqaro raqobatning kuchayib global tus olishi; transmilliy korporatsiyalarning
iqtisodiy faoliyat ko‘lamining o‘sishi; aloqa vositalari, shuningdek global
“INTERNET” tarmog‘ining rivojlanishi, erning maxsus sun’iy
yo‘ldoshlarining uchirilishi hizmat qiladi.
Tijorat yo‘nalishidagi fan globallashuvida transmilliy korporatsiyalar va
davlatlar chet eldagi ilmiy ishlanmalarni moliyalaydi. va bu holat bugungi
kunda o‘sib bormoqda.
SHuni ham aytib o‘tish kerakki, bunday fandagi globallashuv jarayonlari
ijobiy tomonlari bilan birga bir qator muammolarni ham keltirib chiqarmoqda.
YA’ni halqaro alyanslarning faoliyatida faqatgina iqtisodiy maqsadlarni
ko‘zlab, ilmiy tadqiqotlarni olib borish keng tus oladi, bu esa fundamental
bilimlar taraqqiyotini susaytiradi. SHuningdek, halqaro alyanslar mahaliy ilmiy
xodimlar o‘rtasidagi qo‘nimsizlik, ilmiy salohiyatning pasayishi,
axborotlarning qo‘ldan boy berilishi kabi oqibatlarga olib kelishi mumkin.
SHunga qaramasdan, fandagi globallashuv ham ob’ektiv jarayon bo‘lib, uning
salbiy tomonlarini bartaraf etish uchun ilm - fan va har bir davlat o‘rtasida
mustahkam hamkorlik talab etiladi.
Demak, aytish mumkinki, globalashuv jamiyat hayotining barcha
sohalariga o‘z ta’sirini o‘tkazuvchi jarayondir. Global jarayonlar insoniyat
oldidagi global muammolarni global – evolyusionizm, sinergetik paradigmaga
asoslangan fanni yanada rivojlantirish, bilim va texnologiyalarni innovatsion
ishlab chiqarishga joriy etish asosidagina hal qilish mumkinligini
ko‘rsatmoqda.
Zamonaviy globallashuv postnoklassik fannining mazmuni, funksiya,
strukturasi, ob’ektiga ta’sir etdi. Murakkab, o‘z-o‘zini tashkil etadigan,
sinergetik xarakterga ega bo‘lgan tizimlar zamonaviy jahon fanninig ob’ektiga
aylandi. Fanda integratsiya, differensiatsiya, globallashuv jarayonlari kuchaydi.
Fanning borgan sari qadriyatlar bilan uzviy holda rivojlanishi, uning
gumanizatsiyalashuvi, uning ekologik muvozanatni saqlashdagi roli ortdi.
SHuningdek, globallashuv paradigmasida “moddiy” resurslar emas,
“nomoddiy” resurslar, ya’ni bilim, nou-xau, axborot tizimi va patentlarni,ilmiy
axborotni boshqarish ahamiyatli bo‘lib borayotganligi sababli kelgusida ham
jamiyat taraqqiyoti fan, bilimlar bilan uzviy bog‘liqlikda rivojlanishi e’tirof
etilmoqda. Ayniqsa, jamiyatning kelajagi asosan genetika, materialshunoslik,
energetika, sun’iy intellekt, inson miyasini o‘rganish, bilimlar dinamikasi,
bilimlarni boshqarish, globallashuv davrida qanday bilimlarni translyasiya
qilish, ekologiya sohalaridagi yutuqlarning amaliyotga qo‘llanish darajasiga
bog‘liq bo‘ladi. Natijada olimlarning halqaro ilmiy hamkorligiga talab yanada
kuchayadi.
SHu bois, globallashuv davrida ilmiy bilim va fan taraqqiyotining hal
qiluvchi ahamiyati har bir davlat doirasida ilmiy siyosat tushunchasining
shakllanishiga olib keldi. Bugungi kunda rivojlangan va Evropa hamkorligiga
a’zo davlatlar va O‘zbekiston ilmiy siyosatiining asosini butun dunyo ilmiy
imkoniyat va salohiyatini integratsiya qilish tashkil etadi. CHunki globallashuv
davrida yuzaga kelgan global muammolar faqatgina butun jahon olimlarining
birgalikdagi ilmiy izlanishlari natijasidagina o‘z echimini topishi mumkin.
Bu o‘z navbatida ilm-fanning yanada taraqqiy etishini taqozo etadi.
“Globallashuv sharoitida mamlakatning innovatsion rivojlantirish salohiyati
raqobatbardoshlikning hal qiluvchi omillaridan biriga aylangan bir paytda
aholining yuqori bilim darajasi mamlakatga o‘zini jamiyatga daxldor deb
hisoblash imkonini beradigan obro‘ emas, balki yashovchanlik va iqtisodiy
ta’minot, pirovardida siysiy mustaqillik omiliga aylanadi”20. Ma’lumki
globallashuvning fundamental omillaridan biri axborotlashuv jarayonlari
hisoblanadi21. SHu bois globallashuv davrida fanning, madaniyat sohasida ham
axborotlashuv jarayonlari sodir bo‘ladi va bu o‘z navbatida fanning ham
axbortlashuvini talab etadi.
Har bir ijtimoiy hodisaning ijobiy va salbiy tomoni bo‘lgani singari,
globallashuv jarayonlari ham bundan mustasno emas. Uning keng qamrovli va
g‘oyat o‘tkir ta’siri natijasida u mafkuraviy ta’sir o‘tkazishning quroliga ham
aylanib bormoqda. Prezidentimiz ta’kidlaganidek “bugungi zamonda mafkura
20 Инсон тараққиёти маъруза.Ўзбекистонда таълим: талаб ва таклиф мутаносиблиги. Ўзбекистон.
Т., 2007-2008.32-б.
21 Ракитов А.И. Наука в эпоху глобальных трансформаций (российская
перспектива). Наука в России: состояние и перспективы. М.; 1997. С. 13.
poligonlari yadro poligonlaridan ham ko‘proq kuchga ega.”.22 Bunday vaziyat
odamning o‘z mustaqil fikriga, bilimga, keng dunyoqarash va boy
ma’naviyatga ega bo‘lishini talab etadi. Biz istiqbolimizni ma’rifatli dunyo,
rivojlangan mamlakat qurmoqchi ekanmiz, xalqimiz, avvalambor yosh
avlodimiz ma’naviy olamining daxlsizligini asrash uchun biz nimalarga
tayanib-suyanib ish olib borishimiz kerakligi muhimdir. Buning uchun
mamlakatimizda fan va bilimlarni translyasiya qilish vositasi bo‘lgan ta’lim
tizimini jahon fani va ta’lim tizimi bilan integratsiyasini ta’minlash,
globallashuv davrida sodir bo‘layotgan fan va ta’limdagi global
tendensiyalarni falsafiy-metodologik tahlil qilish o‘zbekiston olimlari oldida
turgan dolzarb vazifalardan biridir.
SHu sababli zamonaviy modernizatsiya jarayonlarining muvafaqqiyatini
ta’lim tizimini modernizatsiya qilmasdan amalga oshirib bo‘lmaydi. Ijtimoiy
sub’ektlarning faol faoliyatining zamirida bilim yotadi. Ta’lim shaxs, davlat va
jamiyatning iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy ehtiyojlarini qondiruvchi
ustivor ijtimoiy taraqqiyot sohasi deb e’tirof etilgan.23 Ta’lim bu tizimlashgan
bilim, mahorat, va malakalarni shaxs tomonidan o‘zlashtirish jarayoni va
natijasi hisoblanar edi. Bugungi kunda ta’lim ijtimoiy institut sifatida
sivilizatsiyaviy (iqtisodiy, gumanitar, madaniy) funksiyani bajaradi va
insoniyat to‘plagan ilmiy bilimlarni, malaka, ko‘nikmalarni o‘zlashtirish va
ijodiy shaxsni tarbiyalashi lozim.24.Ma’lumki bilimlarni uzatishning sinxron
(kommunikatsiya) va diaxron (ta’lim) turlari farqlanadi. Ta’lim tizimi
bilimlarni diaxron uzatish turi bo‘lib, eng avvalo bilimlarni avdloddan avlodga
uzatish vositasi hisoblanadi. Ta’lim tizimi insonni savodxonlik-ta’lim-kasbiy
malaka-madaniyat-mentalitet bilan ta’minlaydi25.
Buni falsafiy izohlaydigan bo‘lsak, jamiyat murakkab tizim sifatida
yangilanar ekan, o‘zini –o‘zi tashkil etuvchi tizimning asosiy omili-inson ham
yangi muhitga moslashishi, uning talablariga javob berishi uchun majburiy
funksiyalarni bajara olishi lozim.Jamiyatning rivojlanishiga qarab bilim olish
22 Каримов И. Юксак маънавият – енгилмас куч. Т., Маънавият. 2008. 113 - б.
23 Ўзбекистон Республикаси “Таълим тўғрисида” ги Қонуни. Т., 1997. 3-банд.
24 Основы открытого образования. Отв. Ред. Солдаткин В.И. – Т.1. Российский гос. инс. открытого
образования. М.: 2002.С 69-70.
25 Мухамедова З. М, Парадигма гуманизации образования Т., 2004.С.12
usullari va bilmni uzatish vositalari o‘zgarib boradi. Adabiyotlarda ta’limning
mifologik, sxolastik, dunyoviy va zamonaviy turlari farqlanadi.26 Mifologik
ta’lim turi ertak, mif va qo‘shiqlar asosida olib borilgan. Sxolastik ta’limda
matnlarni o‘rganish, ritorika, gramatika, inson mohiyatini anglashga qaratilgan.
Dunyoviy ta’lim turi XX asr boshlarida vujudga keldi.Zamonaviy ta’lim
insonda nafaqat bilim, balki sifatli bilim va ta’lim, ma’naviy qadriyatlarni
shakllantiradi. Bundan tashqari, bilim olishning agrar, industrial, axborot
jamiyatidagi hisoblash texnikasini qo‘llashga asoslangan bilim olish turlarini
tasniflash mumkin27. Rivojlanishning agrar usulida kuzatuv bilim manbai
hisoblangan va u asosida mehnatga oid samarali hatti-harakatlar va tabiiy
resurslarning o‘sishi ta’minlangan. Industrial rivojlanish usulida esa kuzatuv,
eksperiment, nazariyalar bilim manbai edi. Axborotlashgan jamiyatda yangi
bilimni olish usuli hisoblash texnikasini qo‘llashga asoslanadi. Har bir fan
taraqqiyotining ma’lum davrida yangi ta’lim paradigmasi vujudga keladi.
Masalan, klassik fanda ta’lim insonning hayot va mehnatga zarur bo‘lgan
bilim, malaka, ko‘nikmalarni o‘zlashtirish jarayoni va natijasi sifatida e’tirof
etilgan edi. Bu davrda ta’lim klassik ratsionalizmga asoslangan bo‘lib, ta’lim
natijasida shaxsda mexanistik va deteterministik olam manzarasi shakllanar
edi.Ta’lim jarayonida bilimlar va muammolarni echish usullari to‘g‘ridan -
to‘g‘ri uzatilar edi.Murakkab tizimlarni o‘rganish, o‘zini-o‘zi tashkil etuvchi,
o‘zini-o‘zi rivojlantiruvchi tabiatni o‘rganishga o‘tilishi tizimlarning yopiqligi
to‘g‘risidagi mexanistik tasavvurlarning radikal transformatsiyasiga olib
keldi.28 Postnoklassik fanning vujudga kelishi natijasida ta’lim tizimida ham
modernizatsiya jarayonlari yuz bermoqda.
Ta’limdagi modernizatsiya jarayonlari serqirra jarayondir. U
taraqqiyotning bir bosqichidan ikkinchisiga o‘tayotgan mamlakatimiz ijtimoiy
o‘zgarishlarning tarkibiy qismi, mustabid tuzum mafkuraviy asoratlaridan
xalos bo‘lish jarayoni hamdir. SHu sababli XXI asrda jahon hamjamiyati
ta’lim roli va ahamiyatini qayta ko‘rib chiqa boshladi. Dastlab ta’limni isloh
26 Мухамедова З. М, Парадигма гуманизации образования Т., 2004. С 24 .
27 Абдуллаева М.Н,, Туленова К.Ж., Ғаффарова Г.Ғ,, Ниязимбетов М.К. Миллий ғоя ва фаннинг
методологик муаммолари. Т, 2009. 82-б.
28 Хакен Г. Информация и самоорганизация: макроскопический подход к сложным системам.
М.1991.С.145.
qilish ilmiy texnik inqilobning “ijtimoiy natijalari”dan biri sifatida ko‘rila
boshlandi. Ammo keyinchalik ta’lim iqtisodiy va ilmiy –texnik taraqqiyotning
hal qiluvchi omili va muhim sharti jamiyat ijtimoiy tuzilmalarini
shakllantirishning, unda ijtimoiy maqomlarni taqsimlash mexanizmi sifatida
tan olindi. Prezidentimiz ta’kidlaganlaridek, ta’lim-tarbiya tizimidagi
islohotlarni «muvafaqiyatli ravishda amalga oshira olsak, tez orada
hayotimizda ijobiy ma’nodagi «portlash effekti»ga, ya’ni yangi ta’lim
modelining kuchli samarasiga erishamiz …»29. Respublikamizda ham ta’limni
modernizatsiya qilish maqsadida “Ta’lim to‘g‘risidagi Qonun”, “Kadrlar
tayyorlash Milliy Dasturi” qabul qilindi va ular asosida taa’lim tizimida tub
islohotlar olib borilmoqda. Respublikamiz Prezidenti I.A.Karimov
“O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: Havfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari
va tarraqqiyot kafolatlari” asarida inson salohiyatini eng faol, eng bunyodkor,
mamlakatimizdagi islohot va tub o‘zgarishlarning muvafaqqiyatini
ta’minlovchi muhim omil sifatida e’tirof etgan edi30.
Bilimlardagi transformatsiya jarayonlariga ijtimoiy-madaniy omillar katta
ta’sir etadi. Buni islohotlar natijasida respublikamiz fani va ta’lim tizimidagi
o‘zgarishlarda ko‘rishimiz mumkin. Mustaqillikka qadar O‘zbekiston ta’lim
tizimi qat’iy markazlashtirilgan dasturlar, darsliklar, o‘qitish uslublari asosida
faoliyat olib borar edi.
Ta’lim jarayoni bilim darajasi o‘rtacha bo‘lganlarga mo‘ljallangan bo‘lib,
qobiliyatli va iste’dodli bolalar uchun mo‘ljallangan individual ta’lim dasturlari
bo‘yicha o‘qitish mexanizmlaridan etarlicha foydalanilmas CHunki bunday
tafakkur uslubi tizimda bo‘ladigan beqarorlik va xaotik holatlarni inkor etadi.
Vaholanki bilim ilmiy ijod mahsuli bo‘lib, u o‘zida ratsional va irratsional
holatlarni mujassam etadi. Ta’lim jarayoni asosan monoloka asoslangan edi.
Ta’limdagi chiziqli tafakkurning ustunligi postnoklassik fan asoslariga
muvofiq kelmay qoldi. Natijada bilimlarni uzatish jarayoni, bilimlarni
generatsiya qilish samaradorligi, bilish sub’ektlari ijodkorligining susayishiga
sodir bo‘ldi.Bu ta’lim falsafasida “ta’limning inqirozi” sifatida baholandi.
29 Каримов И.А. Юксак маънавият – енгилмас куч. – Т.: Ўзбекистон, 2008. – 63-б.
30 Каримов И.А. “Ўзбекистон ХХI аср бўсағасида: Ҳавсизликка таҳдид, барқарорлик шартлари ва
тараққиёт кафолатлари”. Т.: “Ўзбекистон”.1997. 252 –бет.