GLYUK OPERA ISLOHOTINING PRINTSIPLARI
Asosiy masalalar
1. XVIII asr musiqa madaniyati tarixida Glyuk musiqasining ahamiyati.
2. Opera islohotining printsiplari. Ariyalar, rechitativlar, uvertyuralar, baletning
yangi talqini.
Kristof Villibald Glyuk 1714-1787. Glyuk musiqa madaniyati tarixida opera
yo’lining rivojlanishiga o’z hissasini qo’shgan buyuk reformator sifatida o’rin
qoldirgan . Uning asarlaridagi oddiylik va tabiiylik, drama xaqiqatiga bo’lgan talabi
o’z zamonasining davr talabiga javob bera olardi. Ilgarilari faqatgina amaldorlar
talabiga asoslanib yaratiladigan asarlar mavzusi o’rnini ijtimoiy muammolar va
kuchli hissiyotlarga boy bo’lgan hayotiy kechinmalar mavzusi egalladi.
Glyuk 1914-yil 2-iyulda Bavar qishlog’i Erasbaxda dunyoga keldi.
Komataudagi iezuitlar maktabida organ sinfi bo’yicha tahsil ola boshladi. Praga
universitetiga o’qishga qabul qilingach bo’lajak kompozitor daydi artistlar orkestri
ishtirokchisi bo’lib, violonchel cholg’u asbobida o’zining yaratgan birinchi asarlarini
ijro eta boshladi. 22 yoshida Glyuk Vena shahrida doimiy ishni qo’lga kiritadi. 2
yildan so’ng Milanga ko’chib ketadi va u erda mashhur dirijer, organchi ko’pgina
ijrochilik uchun yozilgan asarlar muallifi Sammartini sinfida kompozitsiya bo’yicha
tahsil ola boshlaydi. 1714-yilda Glyukning birinchi operasi “ Artaserks” dunyoga
keladi undan so’ng 6 ta operasi yaratiladi. Kompozitorning ijod mahsuli boydir lekin
anchagina asarlari saqlanib qolinmagan . Glyuk London, Gamburg, Drezden,
Kopengagen shaxarlarida o’z kontsert dasturi bilan gastrol safarlarini uyushtiradi.
1754-yilda Vena shahrida saroy kompozitori lavozimida ishlaydi. U erdagi vaqt
mobaynida frantsuz turidagi pantomima baletlarini yaratadi. U o’zining realistik
tendentsiyalarida o’zining Glyuk reformasini yaratadi. 1762-yilda yozuvchi
Kaltsabidji bilan hamkorlikda o’zinig birinchi novator operasi “Orfey”ni yaratadi .
Ammo Vena amaldorlari uning bu operasiga sovuqqonlik nuqtai nazari bilan
qarashdi. Glyuk o’zining ijodini Parij shahrida davom ettira boshladi. Parijda u “
Ifigeniya v Avlide” 1774-yil, “ Armida” 1777-yil, “ Ifigeniya v Tavride”, 1779-yil
operalarini yaratdi . Glyuk 1787-yili 15-noyabrda Vena shahrida olamdan ko’z
yumdi.
“ Orfey” operasi 3 aktdan iborat bo’lib libretto ya’ni matnini yozuvchi R.
Kaltsabidji yozgan. Yaratilish tarixi –Ko’pgina operalarning sevimli antik mavzusi
bo’lgan Orfey va Evridika nomli sevishganlar xaqidadir. Bu antik syujetni Peri
Kachchini Monteverdi Landi asarlarida ham ko’rish mumkin. Glyuk bu antik
syujetni yangicha obrazda talqin etdi.Glyuk “Orfey” operasidagi ro’yobga chiqargan
birinchi reformasini o’zining mashshaqatli mehnat orqasidan to’plagan tajribasiga
tayanib yaratdi. Bu operaning birinchi namoyishi 1762-yil Vena shahrida bo’lib o’tdi
.”Orfey” operasi xaqiqatdan ham Glyuk ijodiyotidagi durdona asarlardan biri
hisoblanadi.
XVIII asr musiqa madaniyati tarixida Glyuk musiqasining ahamiyati.
Glyuk operalari librettosi uchun antik va o’rta asr syujetlari asos bo’lib xizmat
qilgan. Glyuk operalaridagi antiklik, italyancha seriya operasi va frantsuz lirik
tragediyasida ustunlik qilgan saroy maskaradlariga o’xshamasdi. Glyuk saroy
aristokratlik operasiga xos bo’lgan antik syujetlardan voz kechib o’z operasiga
insoniylik motivlarini kiritadi: er-xotinning bir-biriga vafodorligi va yaqin kishisi
uchun o’zini bag’ishlashga tayyorlik ( “ Orfey”, “ Altsesta”), o’z xalqini unga taxdid
solayotgan ofatlardan qutqarish uchun o’zini qurbon qilishga qahramonona intilish
( “ Ifigeniya Avlidda”) va hokazo. Antik syujetlarning bunday talqini, frantsuz
burjua inqilobi arafasida Glyuk operalari jamiyatining ilg’or vakillari, shuningdek
uni ko’kka ko’targan qomuschilar huzuridagi muvaffaqiyatini ta’minladi.
Glyuk opera dramaturgiyasining cheklanishi xuddi o’sha antik syujetlar bilan
belgilanadi. Glyukning opera qahramonlari bir qancha umumiy xarakterga ega. Ular
individual xarakterli tirik shaxslar emas, balki ma’lum tuyg’u va hissiyotlar
umumlashmalarini o’zlarida namoyon qilishadi.
Glyuk o’z operalarida XVIII asr opera san’atining an’anaviy shartli shakllari va
qoidalaridan voz kecha olmadi. Shu tarzda u mashhur afsonaviy mavzuga qaramay,
o’z operalarini baxtli echim bilan yakunlardi. “Orfey”da Glyuk va librettochi