GORMONLAR. ULARNING KLASSIFIKATSIYASI VA FUNKSIYASI (Gormonlarning tuzilishi, Gormonlar haqida umumiy tushunchala. xossalari va tasnifi, Oshqozonosti bezi gormonlari, Ayrisimon bez (timus) gormonlari)
Yuklangan vaqt
2024-05-12
Yuklab olishlar soni
2
Sahifalar soni
15
Faytl hajmi
311,6 KB
Ilmiybaza.uz
GORMONLAR. ULARNING KLASSIFIKATSIYASI VA FUNKSIYASI
Reja:
1. Gormonlar haqida umumiy tushunchala
2 Gormonlarning tuzilishi, xossalari va tasnifi
3. Oshqozonosti bezi gormonlari
4. Ayrisimon bez (timus) gormonlari.
Organizmda moddalar almashinuvini boshqaruv tizimlardan biri bu gormonal tizim
bo’lib, u barcha endokrin bezlar (ichki sekretsiya bezlari shiralari) ta‘siri orqali
amalga oshadi. To’qima tomonidan ishlab chiqilgan moddalarni to’g’ridanto’g’ri
qon oqimiga chiqarilish jarayoni ichki sekretsiya deb ataladi. Ichki sekretsiya
bezlari hujayralari modda va energiya almashinuvini boshqariluvida ishtirok etuvchi
gormonlar (yunoncha, ―hormao‖ ‒ ―qo’zg’ataman‖, ―qitiqlayman‖) deb
nomlangan maxsus moddalarni ishlab chiqaradi. Ichki sekretsiya bezlari va
gormonlar haqidaga ta‘limot 1855-yildan T.Addison tomonidan buyrakusti
bezlarining shikastlanishi va terini o’ziga xos pigmentatsiyasi bilan kechadigan
bronza kasalligini ta‘riflash asosida paydo bo’lgan edi. Klod Bernard ichki
sekretsiya bezlari, ya‘ni o’z shirasini to’g’ridanto’g’ri qonga chiqaradigan organlar
to’g’risidagi tushunchani fanga kiritdi. Bugungi kunda
Gormonlar haqida umumiy tushunchalar
moddalar va energiya almashinuvini boshqarilish jarayonlarida ishtirok etuvchi
yuzdan ortiq turli xil moddalar topilgan. Gormonlar – bu xilma-xil kimyoviy tabiatli
biologik faol moddalar bo’lib, ular juda kam miqdorda bo’lganda ham organizmga
Ilmiybaza.uz
juda kuchli ta‘sir ko’rsatadi. Gormonlarning o’ziga xos biologik ta‘sir etish
xususiyatlari quyidagi qoidalar asosida ifodalanadi:
- gormonlar juda kichik konsentratsiyalarda o’zining biologik ta‘siriga ega
(10-6 dan 10-12 M gacha) bo’ladi;
- gormonal ta‘sir oqsil retseptorlari va hujayra ichidagi ikkilamchi vositachilar
(messendjerlar) orqali amalga oshadi;
- gormonlar fermentlar ham, kofermentlar ham bo’lmagan holda ular o’z
ta‘sirini ferment sintezi tezligini oshirish yoki fermentativ kataliz tezligini
o’zgartirish orqali amalga oshiradilar;
- butun organizmda bo’lib o’tadigan gormonlarning ta‘siri markaziy asab
tizimining boshqaruvi asosida belgilanadi;
- ichki sekretsiya bezlari va ular tomonidan ishlab chiqarilgan gormonlar
to’g’ridan-to’g’ri va teskari ta‘sir mexanizmlari orqali boshqariladigan yagona
tizimni tashkil qiladi.
Turli xil tashqi va ichki qo’zg’atuvchi ta‘sirlar tufayli o’ta sezgir maxsus
retseptorlarda impulslar paydo bo’ladi. Keyin impulslar markaziy asab tizimiga, u
yerdan gipotalamusga uzatiladi, bu yerda esa ―davomli‖ ta‘sirga ega bo’lgan
dastlabki biologik faol gormonal moddalar sintezlanadi va ular rilizing omillar
deyiladi. Bu omillar umumiy qon oqimiga o’tmaydi, balki tomirlarning portal tizimi
orqali gipofizning maxsus hujayralariga yetib boradi. Ular gipofizning tropik
gormonlarini ishlab chiqarilishiga stimullovchi (yoki ingibirlovchi) ta‘sir ko’rsatib,
kerakli gormonlarning ishlab chiqarilishini ta‘minlaydi. Bu trofik gormonlar qon
oqimiga o’tib tegishli ichki sekretsiya bezlaridan tegishli gormonlarni ishlab
chiqarilishini stimullaydi. O’z navbatida, bu gormonlar organlar va to’qimalarga
ta‘sir etish orqali butun organizmda kechadigan kimyoviy va fiziologik javob
reaksiyalarini keltirib chiqaradi.
Ichki sekretsiya bezlari va ularning arxitektonikasi
Ilmiybaza.uz
Ichki sekretsiya bezlariga quyidagilar kiradi: gipotalamus, gipofiz, qalqonsimon bez,
paratiroid, oshqozonosti bezi, ayrisimon (timus) bez, buyrak usti bezlari (miya va
po’stloq qismlari), urug’donlar, tuxumdonlar.
Odamning ichki sekretsiya bezlari va ularning gormonlarini sxematik joylashuvi
(arxitektonikasi) 24-rasmda keltirilgan.
Ichki sekretsiya bezlari va ularning gormonlari
Gormonlarning tuzilishi, xossalari va tasnifi
Deyarli barcha ma‘lum bo’lgan gormonlar, shu jumladan, oqsil va peptid
gormonlarning tuzilishi, kimyoviy tabiati batafsil yoritilgan, lekin ular
nomenklaturasining umumiy tamoyillari hali ishlab chiqilmagan. Ko’pgina
Ilmiybaza.uz
gormonlar uchun aniq kimyoviy tuzilishlarga asoslangan kimyoviy nomlar ko’p
chalkishliklarni keltirib chiqargan bo’lardi, shu sababli ularni ko’pincha trivial
(tarixiy) nomlashdan keng foydalaniladi.
Amaliyotda foydalanilib kelinayotgan nomenklatura gormonning manbayi
(masalan, insulin ‒ lotincha, ―insula‖ ‒ ―orolcha‖) yoki funksiyasini (masalan,
prolaktin, vazopressin) aks ettiradi. Ba‘zi gipofiz gormonlari (luteinlovchi va
follikula stimullovchi gormonlar) hamda barcha gipotalamus gormonlari uchun
amaliyotda foydalaniladigan yangi ishchi nomlar ishlab chiqilgan.
Gormonlar tasnifi bo’yicha ham yuqoridagi holatga o’xshash qoida mavjud.
Birinchidan, ular tabiiy sintezlanadigan joyiga bog’liq holda tasniflanadi, unga ko’ra
gipotalamus, gipofiz, qalqonsimon bez, buyrakusti bezlari, oshqozonosti bezi, jinsiy
bezlar, ayrisimon (timus) bez, qalqonsimon (buqoq) bez va boshqalarning
gormonlari farqlanadi.
Biroq, bunday anatomik tasnifni ham mukammal deb bo’lmaydi, chunki ba‘zi
gormonlar qonga chiqariladigan joyida sintezlanmay (masalan, gipofiz bezining
keyingi qismi gormonlari ‒ vazopressin va oksitotsin gormonlari gipotalamusda
sintezlanadi, u yerdan gipofiz bezining keyingi qismiga o’tkaziladi) yoki boshqalari
boshqa ichki sekretsiya bezlarida ham sintezlanadi (masalan, jinsiy gormonlar
qisman buyrakusti bezining po’stloq qismida, prostaglandinlar esa nafaqat prostata
bezida, balki boshqa organlarda ham sintezlanadi va h.k. Barcha holatlarni hisobga
olish asosida gormonlarning kimyoviy tabiatini e‘tiborga olgan holda tasniflashga
urinib ko’rilgan. Shu yo’sinda tasniflashga muvofiq barcha gormonlar besh guruhga
bo’linadi:
Murakkab oqsillar ‒ glikoproteinlar (masalan, follikula stimullovchi luteinlovchi,
tiroidni stimullovchi gormonlar va boshqalar).
Oddiy oqsillar ‒ prolaktin, insulin va boshqalar.
Peptidlar ‒ kortikotropin (AKTG), glukagon, kalsitonin, somatostatin, vazopressin,
oksitotsin va boshqalar.
Aminokislota hosilalari ‒ katekolaminlar, qalqonsimon bez gormonlari, melatonin
va boshqalar.
Ilmiybaza.uz
Steroid birikmalar va yog’ kislotalarining hosilalari. Steroidlar gormonlarga
quyidagilar kiradi: buyrakusti korteks gormonlari (kortikosteroidlar), jinsiy
gormonlar (androgen va estrogenlar), 1,25 dioksikalsiferol va boshqalar.
Gormonlarning dastlabki uchta guruhini peptid va oqsil tabiatli gormonlar sifatida
bitta umumiy guruhga birlashtirish mumkin. Shunga ko’ra, gormonlarni quyidagi
sxema bo’yicha tasniflash mumkin bo’ladi
. Gormonlarning kimyoviy tabiati bo’yicha tasnifi
Gipotalamus gormonlari
Bugungi kunga kelib, gipofizning gormonlarida yettita stimullovchi (liberinlar) va
uchta ingibirlovchi (statinlar) mavjudligi, ya‘ni ular jumlasiga kortikoliberin,
tireoliberin, luliliberin, somatostatin, prolaktostatin va melanostatinlarning kirishi
ma‘lum bo’ldi. Gipotalamus gormonlarini to’qimada juda kam miqdorda ishlab
chiqarilishi, ularni toza holatda ajratib olishda katta qiyinchiliklarni yuzaga keltiradi.
Xususan, masalan, 1 g tireoglobulinni toza holda ajratib olish uchun uchun 5 mln
bosh qo’ydan olingan 7 tonna gipotalamusni qayta ishlashga to’g’ri kelgan edi.
Tireoliberin (Piro-Glu-Gis-Pro-NH2) ‒ bu peptid bog’lari bilan bog’langan
piroglutamin (siklik) kislota, gictidin va prolinamiddan tashkil topgan tripeptid; u
boshqa klassik tripeptidlardan N- va C-uchlaridagi aminokislotalarda erkin NH2 va
-COOH guruhlarining bo’lmasligi bilan farq qiladi. Luliliberin - bu 10 ta
aminokislota qoldig’idan tashkil topgan dekapeptid hisoblanadi:
Piro-Glu-Gis-Trp-Ser-Tir-Gli-Lei-Arg-Pro-Gli -NH2
Bu yerda ham N- va C-uchlarida joylashgan aminokislotalarda erkin amino va
karboksil guruhlari mavjud bo’lmay, C uchidagi aminokislota glitsinamid
hisoblanadi.
Somatoliberin‒gipofizning
o’sish
gormoni
(somatotropin)ni
sintezi
va
sekretsiyasini stimullaydi va u kimyoviy tuzilishi jihatidan dekapektid hisoblanadi.
Melanoliberin o’z tarkibi jihatidan oksitotsin gormonining ochiq halqasi tuzilishiga
o’xshash bo’lib chiqdi (tripeptidli yon zanjirsiz) va quyidagicha tuzilgan:
Ilmiybaza.uz
Melanostatin (melanoingibirlovchi omil) - bu tripeptid yoki pentapeptid
hisoblanadi:Melanoliberin gipofizning oldingi qismida melanotropin sekretsiyasini
stimullaydi, melanostatin esa, aksincha, bu jarayonni ingibirlaydi. Yuqorida
keltirilgan bu gipotalamus gormonlari gipofizning u yoki bu gormonlari
sekretsiyasini
maxsus
ravishda
stimullaydi.
Gipotalamus
gormonlari
sintezlanadigan joy, ehtimol gipotalamusning asab uchlaridir, chunki u yerda
gormonlar va biogen aminlarning eng yuqori konsentratsiyasi qayd qilingan; ular,
periferik ichki sekretsiya bezlarini gormonlari bilan bir birga, teskari ta‘sir etish
tamoyiliga muvofiq gipotalamus gormonlari sintezini stimullovchi asosiy
boshqaruvchilari sifatida tasavvur qilinadi. Tireoliberin biosintezi mexanizmi,
ehtimol noribosomal yo’l bilan amalga oshadi, bunda tarkibida SH tutuvchi sintetaza
yoki glutamin kislotaning sikllanishi yo’li bilan piroglutamin kislotaga aylanishi,
peptid bog’lanishning hosil bo’lishini va glutamin ishtirokida prolinning
amidlanishini katalizlaydigan fermentlar kompleksi ishtirok etadi. Luliliberin va
somatoliberin bo’yicha ham xuddi shu kabi tegishli sintetazalar ishtirokidagi
biosintez mexanizmining mavjudligia taxmin qilinadi. Gipotalamus gormonlari
bevosita ―tayyor‖ gormonlarni sekretsiyasiga (aniqrog’i, ajralib chiqishiga) hamda
bu gormonlarning yangidan biosintezlanishiga ta‘sir ko’rsatadi. sAMFning
gormonal signallarni uzatishda ishtirok etishi isbotlangan.
Gipofiz hujayralarining plazmatik membranalarini maxsus adenogipofizar
retseptorlari mavjudligi ko’rsatib berilgan bo’lib, gipotalamus gormonlari ular bilan
bog’langan bo’ladi va bundan keyin adenilatsiklaza tizimi va Ca2+ – ATF va Mg2+–
ATF membrana kompleksidan, Ca2+, Mg2+ ionlari va AMF ajraladi; bundan keyin
hosil bo’lgan AMF tegishli proteinkinazani faollashtirish orqali gipofizning tegishli
gormonini ajralishiga ham, sintezlanishiga ham o’z ta‘sirini ko’rsatadi.
Gipofiz gormonlari
Gipofiz yoki pastki miya o’simtasi miyaning ostki qismida joylashgan. Odamning
bu organini vazni 0,5-0,7 gr bo’ladi. Gipofiz ko’p miqdordagi qon tomirlari, asab
tolalari bilan ta‘minlangan va miya bilan chambarchas bog’langan. U oldingi, o’rta
Ilmiybaza.uz
va orqa qismlardan iborat. Gipofiz bezining barcha gormonlari oddiy oqsillar yoki
oqsilsimon moddalar hisoblanadi.
Gipofizning oldingi qismi gormonlari. Gipofizning bu qismida olti xil gormonlar
ishlab chiqariladi. Somatotrop gormoni yoki o’sish gormoni (STG yoki OG)
organizmning o’sishi va rivojlanishiga ta‘sir qiladi. Bu gormon gipofizning oldingi
qismini atsidofil hujayralarida sintezlanadi. Hozirgi kungacha odam, qoramol, qo’y
va boshqalarning somatotrop gormonlari molekulalarining birlamchi sirukturasi
to’liq aniqlangan. Odamning somatotrop gormoni 191 ta aminokislota qoldiqlaridan
tashkil topgan va tarkibida ikkita disulfid bog’ mavjud; N- va C- uchida joylashgan
aminokislotalari fenilalanindir. O’sish gormoni organizmning barcha hujayralariga
ta‘sir ko’rsatadigan keng biologik ta‘sir spektriga ega. U oqsil, DNK, RNK va
glikogenning biosintezini kuchaytiradi va shu bilan birga depolangan yog’larni
mobilizatsiyalanishini
va
to’qimalardagi
yog’
kislotalari
va
glyukozani
parchalanishini ta‘minlaydi. O’sish gormoni tananing kattalashuvini, skeletning
o’sishini stimullashi bilan bog’liq assimilyatsiya jarayonlarini faollashtirishdan
tashqari, almashinuv jarayonlari tezligini muvofiqlashtiradi va uni boshqarilishida
ishtirok etadi. Bundan tashqari, odamlarda va maymunlarda (lekin boshqa
hayvonlarda emas) bu gormon aniqlanishi mumkin darajadagi laktogen faollikka ega
bo’ladi.
Bu gormonning ko’p biologik samaralari jigarda sintezlanadigan maxsus oqsil
omilining ta‘siri natijasida yuz beradi, deb taxmin qilinadi. Bu omilni sulfatlovchi
yoki timidil omili hisoblanadi, chunki u tog’ayga sulfatlarning, timidinning DNKga,
uridinning RNKga va prolinning kollagenga birikishini stimullaydi. O’zining
kimyoviy tuzilishiga ko’ra bu omil molekulyar massasi 8000 Da polipeptid ekanligi
ma‘lum bo’ldi. Bu gormon to’qimalarda oqsil sintezini jadallashtiradi, u esa
to’qimalarning hajmini oshishi va o’sishiga olib keladi. O’sish gormoni shuningdek,
suyaklarda kalsiyning yig’ilishiga va suyak hamda tog’ay to’qimalarini hosil
bo’lishiga ham ta‘sir etadi. Yosh bolalarda bezning gipofunksiyasi sharoitida o’sish
susayib pakanalik (karlik) kasaliga duchor bo’ladi. Bunda ruhiy rivojlanish izdan
chiqmaydi, shuning uchun uni ―aqlli pakana‖ kasallik deb yuritiladi. Yosh davrda
Ilmiybaza.uz
bezning giperfunksiya natijasida suyaklarning o’ta o’sib ketishi, ayniqsa, oyoq-qo’l
suyaklarida kuzatilib, u o’ta novcha (gigantizm) bo’lib ketishiga sababchi bo’ladi.
30-40 yoshga kirgan odamlarda esa, akromegaliyaga tavsifli qator kasalliklarga olib
keladi. Bunda ba‘zi suyaklar juda ham o’sib ketib, tilning katta bo’lib ketishi
kuzatiladi.
1.
Adrenokortikotrop gormon (AKTG, kortikotropin) buyrakusti
bezlari faoliyatini stimullaydi. Bu buyrakusti bezining po’stloq kismida hujayra
elementlarining o’sishiga yordam beradi va kortikotseroid gormonlarning hosil
bo’lishini kuchaytiradi. Bu gormon karbonsuv almashinuviga ta‘sir qiladi, masalan,
nokarbonsuv komponentlardan shakar hosil bo’lishiga ta‘sir etadi.
2.
Laktogen gormon (luteotrop gormon - LTG, prolaktin) sariq tana
faoliyatini ta‘minlaydi, homiladorlikning saqlanishiga yordam beradi va sut bezlari
faoliyatini stimullaydi.
3.
Tireotrop gormon (TG, tireotropin) qalqonsimon bez gormonlari
sintezini va ularning qon oqimiga o’tishini ta‘minlaydi. Qalqonsimon bez
gormonlarini qondagi miqdorini oshiradi, tireotropinning qondagi miqdorini
kamaytiradi, aksincha, qalqonsimon bez gormonlarining qondagi miqdori
kamayishini, tireotropinning ajralishini stimullaydi.
4. Follikula stimullovchi gormon (FSG) follikulaning yetilishini stimullaydi
va spermatogenezni tezlashtiradi.
5. Interstitsial hujayralarni stimulyalovchi gormon (ICG) tuxumdonlar va
urug’donlarning interstitsial hujayralarida jinsiy gormonlar hosil bo’lishini
stimullaydi, ovulatsiyani keltirib chiqaradi va sariq tananing shakllanishiga ta‘sir
qiladi.
Gipofiz bezining o’rta qismi gormonlari. Gipofiz bezining bu qismida
intermedial yoki melanomorf gormon ishlab chiqariladi, u tirozin aminokislotasini
melaninga aylanishini stimullaydi. Melanin – teri rangining och yoki to’q darajasini
belgilovchi pigment hisoblanadi. Addison (bronza) kasalligi ushbu gormonning ko’p
miqdorda ishlab chiqarilishi bilan bog’liq.
Ilmiybaza.uz
Gipofiz bezining keyingi qismi gormonlari. Gipofiz bezining bu qismida
oksitotsin va vazopressin hosil bo’ladi. Gormonlarning ikkalasi ham, peptid
tuzilishiga ega va nonapeptidlardir. Oksitotsin silliq mushaklarning, ayniqsa,
bachadonning kuchli qisqarishini keltirib chiqaradi va emizikli (laktatsiya davrida
bo’lgan) hayvonlarda sut ajralishini stimullaydi. Oksitotsindan tibbiyotda keng
foydalaniladi, chunki tug’ruqdan keyin qon ketishni to’xtatadi va to’lg’oqni
stimullaydi.
Vazopressin qon bosimini oshiradi va diurezni pasaytiradi. Diurezning pasayishi
vazopressin buyrak kanalchalarida suv va mineral tuzlarning adsorbsiyasini
boshqaruvi tufayli bo’ladi. Vazopressinning yetarli darajada chiqarilmasligi
shakarsiz diabet deb nomlangan kasallikka olib keladi. Ushbu kasallikning xarakterli
xususiyati, shundaki, bunda siydik ko’p miqdorda (kuniga hattoki 20 litrgacha)
ajratiladi. Vazopressin oksitotsindan ikki aminokislota bo’yicha farq qiladi, uni
molekulasini N-uchidan 3-o’rindagi izoleysin o’rniga fenilalanin va 8-o’rindagi
argininn o’rniga leysin joylashgan bo’ladi.
Qalqonsimon bez gormonlari
Qalqonsimon bez kekirdak va traxeyaning pastki qismining ikkala tomonida
joylashgan, umumiy og’irligi 25-30 g bo’lgan ikkita oval tanacha hisoblanadi.
Qalqonsimon bezning o’ziga xos xususiyati ‒ uning tarkibida yodning miqdori
yuqori bo’ladi. Radiatsion J131 organizmga kiritilganidan keyin ikki soat ichida uning
asosiy qismi qalqonsimon bezdan topilgan. Shunday qilib, bu bez yodning ombori
hisoblanadi. Yod organizmga, asosan, oziq-ovqat bilan, shuningdek, suv va osh tuzi
bilan birgalikda kiradi. Yodning organizmdan chiqishi, asosan, buyraklar orqali yuz
beradi. Yodning qalqonsimon bez tomonidan so’rilishi uning faollik holatiga
bog’liq. Bezning funksiyasini susayishi undagi yodning yig’ilib konsentrlanishini
susaytirsa, giperfunksiyasi esa, aksincha, kuchaytiradi. Qalqonsimon bez tarkibida
yod uch shaklda bo’ladi:
- anorganik yod;
Ilmiybaza.uz
- organik, gormonal faol yod (triyodotironin va tiroksin);
- organik,
gormonal
faol
bo’lmagan
yod
(mono-
va
diyodotirozin).
Gormonal faol yod umumiy yodning atigi 10 foizini tashkil qiladi, u esa gipofizning
tireotrop gormoni tomonidan stimulatsiyalanganda juda tez ko’payadi. Qalqonsimon
bez gormonlari moddalarning asosiy almashinuviga biologik oksidlanishni
kuchaytirish, koslorodni o’zlashtirilishini oshirish, yog’, suv almashiniuvini,
to’qimalarning rivojlanish differensirovkasini boshqarish orqali ta‘sir etadi.
Qalqonsimon bezning yoshlikda yuz beradigan gipofunksiyasi kretinizmning
rivojlanishi bilan tavsiflanadi, bunda o’sishning susayishi, keyinchalik esa umuman
to’xtashi (mitti o’sish), tana qismlarini nomatanosib rivojlanishi, aqliy zaiflik yuz
beradi.
Organizmda yod tanqisligi bilan bog’liq bo’lgan gipofunksiya endemik bo’qoqni ‒
bo’qoq kasalligini keltirib chiqaradi. Ushbu kasallikni davolash va oldini olish
uchun osh tuzi, shakar, sut va h.k.larni yodlash amalga oshiriladi.
Voyaga yetganlardagi qalqonsimon bezning gipofunksiyasi miksedema ‒ shilliq
shishga sababchi bo’ladi. Davolash gormonal dorilar yordamida amalga oshiriladi.
Odamlarda qalqonsimon bezning giperfunksiyasi Bazedov kasalligi rivojlanishi
orqali namoyon bo’ladi. Ushbu kasallikning alomatlari: ozish, oyoqqo’llarining
titrashi, ekzoftalmiya (ko’z bo’rtishi), yurak va aqliy faoliyatning izdan chiqishi.
Qalqonsimon bez oldi bezi gormonlari
Ushbu bezlarning epitelial tanachalari ‒ bu qalqonsimon bezlar atrofida joylashgan
4 ta oval shakldagi tuzilma bo’lib, og’irligi 0,1-0,5 g keladi. Qalqonsimon bezoldi
bezi oqsil tabiatli paratireoid gormonini (paratgormoni) ishlab chiqaradi, uning
ta‘siri kalsiy, fosfor va D vitamini almashinuvi bilan chambarchas bog’liq.
Gipofunksiya sharoitida tutqanoq rivojlanadi, teri, tirnoqlarning rivojlanishi izdan
chiqadi.
Ilmiybaza.uz
Giperfunksiya sharoitida og’ir umumiy kasallik simptomlari: mushaklarning
kuchsizligi, qusish, diareya, bir necha kun ichida o’limga olib kelishi mumkin
bo’lgan poliuriya rivojlanadi.
Buyrakusti bezi gormonlari
Buyrakusti bezlari buyrak yaqinida joylashgan, vazni 6-11 gr bo’lgan ikkita mayda
tanachadir. Funksional nuqtayi nazardan, buyrakusti bezlari ikki xil: po’stloq va
mag’iz (miya) qismlardan iborat. Po’stloq qismi to’qima umumiy qismining 9/10
ulushini tashkil qilsa, miya qismi uning 1/10 ulushini tashkil qiladi. Ular turli xil
gormonlar ishlab chiqaradi. Burakusti bezini miya qismi. Bu endokrin bez
adrenalin va noradrenalin ishlab chiqaradi, ularni katekolaminlar yoki
pirokatexinlar deb yuritiladi.
Adrenalin va noradrenalin teri, shilliq pardalar tomirlarida qon bosimining oshishiga
va yurak urish tezligining oshishiga olib keladi. Biroq, ularning qon aylanishiga
ko’rsatadigan ta‘siri biroz farqlanadi. Adrenalin kichik konsentratsiyalarda yurak va
skelet mushaklari arteriolalarini kengayishiga olib keladi, bu esa jismoniy ish
paytida ushbu organlarni qon bilan yaxshi ta‘minlashga yordam beradi.
Ilmiybaza.uz
Noradrenalin, aksincha, qon oqimining barcha qismlarida tomirlarning qisqarishini
keltirib chiqaradi. Bu silliq mushaklarning qisqarishiga va bronxlar va ichak
mushaklarining bo’shashishiga yordam beradi. Adrenalin jigar va mushaklarda
glikogenning parchalanishini stimullaydi, bu qonda qand miqdorining oshishiga olib
keladi va noradrenalin esa metabolizmga umuman ta‘sir qilmaydi, u faqat qon
aylanishiga ta‘sir etuvchi gormon hisoblanadi.
Buyrakusti bezining po’stloq qismi. Bu bezlar umumiy kimyoviy tuzilishi steroid
tavsifli gormonlarning katta guruhini ishlab chiqaradi. Hozirgi vaqtda ularga tegishli
bo’lgan va gormonal faollikka ega bo’lgan 30 dan ortiq moddalar ajratib olingan.
Ular o’z ta‘siriga ko’ra buyrakusti po’stloq qismi gormonlari ikki guruhga:
mineralokortikoidlar va glukokortikoidlarga bo’linadi.
Mineralokortikoidlarga aldosteron va deoksikortikosteron kiradi.
Glukokortikoidlarga esa kortizol, kortizon va kortikosteron kiradi.
Kimyoviy jihatdan steroid gormonlar xolesterolning hosilasidir. Bundan tashqari,
buyrakusti bezi ekstraktlarida jinsiy gormonlar borligi aniqlangan, ular haqiqiy
buyrakusti bezi gormonlarini sintezlanishida hosil bo’lgan oraliq mahsulotlardir.
Mineralokortikoidlar suv-tuz almashinuviga ta‘sir qiladi, organizmda natriy
va xlorning saqlanishi va kaliyning siydik orqali ajralishiga yordam beradi.
Glukokortikoidlar karbonsuvlar va oqsillar almashinuviga ta‘sir qiladi. Ular
oqsillar va aminokislotalarning parchalanishini kuchaytiradi va shu yo’sinda
azotning ajralishini kuchaytiradi va salbiy azot balansini rivojlanishiga sabab
bo’ladi. Bu karbonsuvlar metabolizmiga ta‘sir etish orqali qondagi shakarning
miqdorini yuqorilashuviga olib keladi. Bundan tashqari, glukokortikoidlar
organizmdagi glikogenning qayta taqsimlanishini keltirib chiqaradi. Bunda glikogen
zaxirasi evaziga jigarda glikogenning yig’ilishi yuz beradi.
Oshqozonosti bezi gormonlari
Oshqozonosti bezi ichki va tashqi sekretsiya bezi hisoblanadi. Endokrin bez sifatida
u insulin va glukagonni sintez qiladi. Langerxans-Sobolev orolchalarining -β-
hujayralari tomonidan insulin, α-hujayralari tomonidan esa glukagon ishlab
Ilmiybaza.uz
chiqariladi. Insulin toza holda 1922-yilda F.Banting va Ch.Best tomonidan ajratib
olingan. Insulin molekulasi 51 ta aminokislota qoldig’i va ikkita polipeptid
zanjirdan tashkil topgan bo’lib, ular bir-biri bilan ikki nuqtada disulfid bog’lari
yordamida birikkan. Insulinning 21 ta aminokislota qoldig’idan iborat bo’lgan
polipeptid Azanjir, 30 ta aminokislota qoldig’idan iborat polipeptid B-zanjir deb
belgilanadi. Aminokislota tarkibi bo’yicha har xil turlardagi insulinning farqlari
uncha katta emas va u A-zanjirida 8-10 o’rinlarda joylashgan aminokislotalarda
kuzatiladi. Odatdagi sharoitda oshqozonosti bezida o’rtacha 15 mg insulin mavjud
bo’ladi. Bunda bolalarda bezlardagi gormonning nisbiy tarkibi kattalardagiga
nisbatan yuqori bo’ladi. Qandli diabet insulin miqdorini me‘yordagiga nisbatan 1/5
-1/10 gacha pasayishiga olib keladi. Glukagon 1953-yilda venger biokimyosi
F.Shtraub tomonidan ajratib olingan, uning tarkibi 29 ta aminokislota qoldig’idan
tashkil topgan. Biologik ta‘sir nuqtayi nazaridan glukagon, adrenalin singari,
giperglikemik ta‘sirga ega, ya‘ni asosan jigar glikogeni hisobiga qonda glyukoza
konsentratsiyasini oshishiga sababchi bo’lib, insulinga nisbatan antagonistik ta‘sir
ko’rsatadi. Shunday qilib, ikkita qarama-qarshi ta‘sirga ega bo’lgan insulin va
glukagon sintezlaydigan oshqozonosti bezi moddalar almashinuvini, molekulyar
darajada boshqariluvida muhim rol o’ynaydi.
Jinsiy bez gormonlar
Jinsiy gormonlar, asosan, jinsiy bezlarda sintezlanadi. Ayollarda ularning sintezi
tuxumdonlarda, erkaklarda esa, urug’donlarda amalga oshiriladi. Ayol va erkak
jinsiy bez gormonlari kimyoviy tuzilishi jihatidan juda o’xshashdir. Ularning
biologik ta‘siri xususiyatlari o’ziga xos unchalik darajadagi o’zgarishlarsiz, lekin
aniq farqlarga bog’liq bo’ladi.
Ayol jinsiy gormonlari
Ayol jinsiy gormonlari estrogenlar bo’lib, ular tuxumdonlarda, sariq tanada,
buyrakusti bezlarida, urug’donlarda va platsentada hosil bo’ladi. Hozirgi vaqtda
gormonlarning ikki turi ‒ progestinlar (estradiol) va estrogenlar (progesteron) borligi
aniqlangan. Progesteron otalangan tuxumni bachadonning shilliq qavatiga
Ilmiybaza.uz
muvaffaqiyatli implantatsiyalanishi uchun tayyorlaydi, shuningdek, sut bezlarining
rivojlanishini stimullaydi. Estrogenlar organizmda oqsilning sintezi uchun
stimulyator sifatidagi anabolik ta‘sirga ega.
Erkak jinsiy gormonlari
Erkak jinsiy gormonlari ‒ androgenlar, asosan, urug’donlar hujayralari tomonidan
ishlab chiqariladi. Yaqinda androgenlarning tuxumdonlar va buyrakusti bezlarida
ham qisman sintezlanishi aniqlandi. Erkak jinsiy gormonlariga androsteron,
degidroepiandrosteron, testosteronlar kiradi:
Materialni mustahkamlash uchun savollar:
1.
Gormonlar nima?
2.
Gormonlar qanday vazifani bajaradi?
3.
Gormonlarning kimyoviy tuzilishi haqida gapirib
bering.
4.
Gormonlarning
ta‘sir
mexanizmlari
haqida
gapirib bering.
5.
Gipotalamus gormonlari haqida gapiring
Ilmiybaza.uz