GO‘SHT YO‘NALISHIDAGI QUYONLARNING XARAKTERISTIKASI

Yuklangan vaqt

2024-05-08

Yuklab olishlar soni

1

Sahifalar soni

3

Faytl hajmi

171,9 KB


Ilmiybaza.uz 
 
 
 
 
 
GO‘SHT YO‘NALISHIDAGI QUYONLARNING XARAKTERISTIKASI 
 
 
Darsning maqsadi: Go’sht yo’nalishidagi quyon zotlari bilan tanishish, 
ularning mahsuldorligini o’rganish. 
Darsning mazmuni: Quyonni nafaqat qishloq ho’jaligi va fermalarda balki 
shahar tomorqa xo’jaligida ham yetishtirish mumkin.  
Ushbu jonivorning go’shti parxezbop bo’lib, mo’ynasi va momig’idan  
tayyorlangan ashyolarga bo’lgan talab doimo yuqori. Shu bois quyonni 
shahar tomorqa ho’jaliklarida boqish va ko’paytirish istiqbolli va unumli 
mashg’ulotlardan biriga aylanib bormoqda.  
Yangizelandiya oq quyoni 
Go’sht olishga ixtisoslashgan, jussasi ixcham, a’zolari mutanosib rivojlangan, 
boshi so’lg’in, yon tomonlari biroz bo’rtib chiqqan, ko’zlari barcha 
albinoslarniki kabi qizil quyon. Quloqlarining uzunligi o’rtacha, asosi 
yo’g’on, to’g’ri turadi, bo’yni qisqa, butun tanasi bilan deyarli uyg’unlashib ketadi. 
Urg’ochi quyonda kichik jag’ bo’ladi. Tanasining uzunligi, zoti asl bo’lsa, 
o’rtacha bo’lishi kerak, juda qisqa bo’lsa nuqson sanaladi. Gavdasining barcha 
qismlaridagi, shu jumladan, yelka va biqin sohasidagi mushaklar yaxshi rivojlangan 
bo’lishi lozim. Tanasining uzunligi 47 va 49,5 sm bo’lsa, tirik 
vazni standart bo’yicha o’rtacha: erkak quyonniki . 4-5 kg;urg’ochiniki . 4,5-
5,4 kg bo’lishi lozim. 
Quyonboqarlar orasida keng ommalashibketganligining sababi tez yetilishi 
bilanbog’liqdir, ya’ni yosh quyon vazni 8 haftada 1,7-2,1 kgga, 90 kunda 2,7 kg ga 
yetadi. 120 kun o’tgach esa, uningvazni 52-58% ga ortadi.Urg’ochisi juda sersut 
bo’lib har bolalaganida8-10 boshdan bola beradi. 
Ilmiybaza.uz GO‘SHT YO‘NALISHIDAGI QUYONLARNING XARAKTERISTIKASI Darsning maqsadi: Go’sht yo’nalishidagi quyon zotlari bilan tanishish, ularning mahsuldorligini o’rganish. Darsning mazmuni: Quyonni nafaqat qishloq ho’jaligi va fermalarda balki shahar tomorqa xo’jaligida ham yetishtirish mumkin. Ushbu jonivorning go’shti parxezbop bo’lib, mo’ynasi va momig’idan tayyorlangan ashyolarga bo’lgan talab doimo yuqori. Shu bois quyonni shahar tomorqa ho’jaliklarida boqish va ko’paytirish istiqbolli va unumli mashg’ulotlardan biriga aylanib bormoqda. Yangizelandiya oq quyoni Go’sht olishga ixtisoslashgan, jussasi ixcham, a’zolari mutanosib rivojlangan, boshi so’lg’in, yon tomonlari biroz bo’rtib chiqqan, ko’zlari barcha albinoslarniki kabi qizil quyon. Quloqlarining uzunligi o’rtacha, asosi yo’g’on, to’g’ri turadi, bo’yni qisqa, butun tanasi bilan deyarli uyg’unlashib ketadi. Urg’ochi quyonda kichik jag’ bo’ladi. Tanasining uzunligi, zoti asl bo’lsa, o’rtacha bo’lishi kerak, juda qisqa bo’lsa nuqson sanaladi. Gavdasining barcha qismlaridagi, shu jumladan, yelka va biqin sohasidagi mushaklar yaxshi rivojlangan bo’lishi lozim. Tanasining uzunligi 47 va 49,5 sm bo’lsa, tirik vazni standart bo’yicha o’rtacha: erkak quyonniki . 4-5 kg;urg’ochiniki . 4,5- 5,4 kg bo’lishi lozim. Quyonboqarlar orasida keng ommalashibketganligining sababi tez yetilishi bilanbog’liqdir, ya’ni yosh quyon vazni 8 haftada 1,7-2,1 kgga, 90 kunda 2,7 kg ga yetadi. 120 kun o’tgach esa, uningvazni 52-58% ga ortadi.Urg’ochisi juda sersut bo’lib har bolalaganida8-10 boshdan bola beradi. Ilmiybaza.uz 
 
 
 
Yangizelandiya oq quyoni jahonda eng ko’p tarqalganzot sanaladi. Biroq u 
kamchiliklardan ham xoli emas,jumladan:terisi shalviragan;yelkalarida yog’ haddan 
tashqari ko’p;tanasi juda qisqa bo’ladi. 
Kaliforniya quyoni 
Mahsuldorligiga ko’ra go’sht yetishtirishga ixtisoslashgan quyon deb e’tirof 
etilgan. Tanasining nisbatan kichik bo’lishiga qaramay ushbu quyonning tirik vazni 
4,2-4,5 kg ga borib yetadi, ayrimlariniki bundan ham og’ir bo’ladi. Suyaklari 
nisbatan ingichka va qisqa bo’lsa ham tanasidagi barcha mushaklari yaxshi 
rivojlangan. Bo’yni juda qisqa deyarli sezilmaydi. Shu sababli boshi biroz 
ko’tarilgan. Rus suvsaridan serpushtlik va yuqori sifatli mo’ynani meros olgan 
(mo’ynasining momiqligi sezilmas darajada dag’al, qalin va zich bo’ladi). Pitiryog’i 
zich va qalin. Yungi oq, yaltiroq. Oyoqlarining pastki qismi, quloqlari, 
tumshug’ining uchi va dumi to’q jigar rang, deyarli qora, ayrimlari bo’ynining pastki 
qismida kichik qora dog’lar ko’rinadi. Quloqlarijuda qisqa bo’lib, doimo tik turadi. 
Ko’zlari qizg’ish-pushti, tiniq, nigohi jonli, tabiatan serg’ayrat, biroq fe’l-atvori 
vazmin. Tanasining go’shtli joylari ortiq darajada kattalashib ketganligiga qaramay 
erkak quyon juda faol bo’ladi. Urg’ochi quyon muttasil 8-9 boshdan bola beradi. 
 
Ilmiybaza.uz Yangizelandiya oq quyoni jahonda eng ko’p tarqalganzot sanaladi. Biroq u kamchiliklardan ham xoli emas,jumladan:terisi shalviragan;yelkalarida yog’ haddan tashqari ko’p;tanasi juda qisqa bo’ladi. Kaliforniya quyoni Mahsuldorligiga ko’ra go’sht yetishtirishga ixtisoslashgan quyon deb e’tirof etilgan. Tanasining nisbatan kichik bo’lishiga qaramay ushbu quyonning tirik vazni 4,2-4,5 kg ga borib yetadi, ayrimlariniki bundan ham og’ir bo’ladi. Suyaklari nisbatan ingichka va qisqa bo’lsa ham tanasidagi barcha mushaklari yaxshi rivojlangan. Bo’yni juda qisqa deyarli sezilmaydi. Shu sababli boshi biroz ko’tarilgan. Rus suvsaridan serpushtlik va yuqori sifatli mo’ynani meros olgan (mo’ynasining momiqligi sezilmas darajada dag’al, qalin va zich bo’ladi). Pitiryog’i zich va qalin. Yungi oq, yaltiroq. Oyoqlarining pastki qismi, quloqlari, tumshug’ining uchi va dumi to’q jigar rang, deyarli qora, ayrimlari bo’ynining pastki qismida kichik qora dog’lar ko’rinadi. Quloqlarijuda qisqa bo’lib, doimo tik turadi. Ko’zlari qizg’ish-pushti, tiniq, nigohi jonli, tabiatan serg’ayrat, biroq fe’l-atvori vazmin. Tanasining go’shtli joylari ortiq darajada kattalashib ketganligiga qaramay erkak quyon juda faol bo’ladi. Urg’ochi quyon muttasil 8-9 boshdan bola beradi. Ilmiybaza.uz 
 
Sutlilik darajasi qoniqarli. Kaliforniya va Yangizelandiya zotlariga mansub 
quyonlarning 
asosiy 
afzalliklari 
jumlasiga: 
tez 
yetilishi; 
serpushtliligi; 
organizmining chidamliligi; qisqa vaqt ichida so’ysa bo’ladigan darajada yetilishi; 
boshqa zotlarga nisbatan sergo’sht bo’lishini kiritish mumkin. Ikki oyli jonivorning 
tirik vazni 1,8 kg ga, yaxshi boqilgani 2-2,3 kg ga, uch oyga to’lganida 2,6-2,7 kg 
ga yetadi. Tanasining foydali qismi (go’sht-yog’i) tirikvazning 60% ni tashkil etadi. 
 
Ilmiybaza.uz Sutlilik darajasi qoniqarli. Kaliforniya va Yangizelandiya zotlariga mansub quyonlarning asosiy afzalliklari jumlasiga: tez yetilishi; serpushtliligi; organizmining chidamliligi; qisqa vaqt ichida so’ysa bo’ladigan darajada yetilishi; boshqa zotlarga nisbatan sergo’sht bo’lishini kiritish mumkin. Ikki oyli jonivorning tirik vazni 1,8 kg ga, yaxshi boqilgani 2-2,3 kg ga, uch oyga to’lganida 2,6-2,7 kg ga yetadi. Tanasining foydali qismi (go’sht-yog’i) tirikvazning 60% ni tashkil etadi.