GRAFIKA (YOZUV) VA GRAFEMALAR. O`ZBEK YOZUVI TARIXIDAN. ALFAVIT

Yuklangan vaqt

2024-11-08

Yuklab olishlar soni

1

Sahifalar soni

15

Faytl hajmi

481,4 KB


 
 
 
 
 
 
GRAFIKA (YOZUV) VA GRAFEMALAR. O`ZBEK YOZUVI 
TARIXIDAN. ALFAVIT 
 
 
REJA: 
1. Grafika haqida umumiy ma’lumot. 
2. Grafemalar va ularning turlari. 
3. Yozuv haqida umumiy ma’lumot 
4. Yozuvning turlari . 
5. O`zbek yozuvi tarixidan. 
 
 Grafika (grekcha grapho – yozmoq degani) tilshunoslikning bir bo’limi 
bo’lib, unda fonetik-fonologik, leksik va morfologik birliklarni ifodalash uchun 
qo`llanadigan optik-grafik (ingl. optic – qaraydigan, ko`radigan degani1) belgilar 
haqida so`z yuritiladi. Bu belgilar grafema deb ataladi. Masalan, fonetik birlik 
bo`lgan fonemani ifodalash uchun harflardan (a fonemasi uchun a grafemasi olingan 
va h.), leksik birlik bo`lgan leksemalarni farqlash uchun tutuq belgisidan (sher – 
hayvon, she’r – adabiy atama, janr turi), morfoloik birlik bo`lgan morfemani 
ifodalash uchun raqamdan (son turkumiga mansub “olti” so`zini ifodalash uchun 
“6” raqami olingan) foydalaniladi. 
Grafemalar quyidagi guruhlarga bo`linadi: 
1. Harflarga asoslangan grafemalar tilda mavjud bo`lgan fonetik-fonologik 
birliklarni ifodalovchi grafemalardir. Masalan, nodir so`zidagi beshta fonemani 
ifodalash uchun beshta grafema [n], [o], [d], [i], [r] ishlatiladi. Bunday grafemalar 
tarkibiga ko`ra bir necha guruhlarga ajraladi. Lotin yozuviga asoslangan yangi 
o`zbek 
grafikasidagi 
grafemalar 
tarkiban 
ikki 
guruhga 
bo`linadi: 
1) 
                                                 
1 Англо-русский словарь. Составитель В.К.Мюллер. Москва, 1971, стр.528. 
 
GRAFIKA (YOZUV) VA GRAFEMALAR. O`ZBEK YOZUVI TARIXIDAN. ALFAVIT REJA: 1. Grafika haqida umumiy ma’lumot. 2. Grafemalar va ularning turlari. 3. Yozuv haqida umumiy ma’lumot 4. Yozuvning turlari . 5. O`zbek yozuvi tarixidan. Grafika (grekcha grapho – yozmoq degani) tilshunoslikning bir bo’limi bo’lib, unda fonetik-fonologik, leksik va morfologik birliklarni ifodalash uchun qo`llanadigan optik-grafik (ingl. optic – qaraydigan, ko`radigan degani1) belgilar haqida so`z yuritiladi. Bu belgilar grafema deb ataladi. Masalan, fonetik birlik bo`lgan fonemani ifodalash uchun harflardan (a fonemasi uchun a grafemasi olingan va h.), leksik birlik bo`lgan leksemalarni farqlash uchun tutuq belgisidan (sher – hayvon, she’r – adabiy atama, janr turi), morfoloik birlik bo`lgan morfemani ifodalash uchun raqamdan (son turkumiga mansub “olti” so`zini ifodalash uchun “6” raqami olingan) foydalaniladi. Grafemalar quyidagi guruhlarga bo`linadi: 1. Harflarga asoslangan grafemalar tilda mavjud bo`lgan fonetik-fonologik birliklarni ifodalovchi grafemalardir. Masalan, nodir so`zidagi beshta fonemani ifodalash uchun beshta grafema [n], [o], [d], [i], [r] ishlatiladi. Bunday grafemalar tarkibiga ko`ra bir necha guruhlarga ajraladi. Lotin yozuviga asoslangan yangi o`zbek grafikasidagi grafemalar tarkiban ikki guruhga bo`linadi: 1) 1 Англо-русский словарь. Составитель В.К.Мюллер. Москва, 1971, стр.528.  
 
monografemalar bir harfdan iborat bo`ladi: a, b, d… 2) digraflar ikki harf 
qo`shilmasidan iborat: ng, ch, sh. 
2. Tinish belgilariga asoslangan grafemalar nutqning mazmuniy tomonini 
yozuvda ifodalash uchun qo`llanadigan belgilardir. Bu belgilar quyidagi vazifalarni 
bajarishga mo`ljallangan:  
1) muloqot jarayonini yozuvda to`g`ri aks ettiradi: Bahor! (his-hayajon); 
Bahor? (so`roq).  
2) gaplarni tarkib jihatidan farqlashga xizmat qiladi: Karimjon (ega) bugun 
ham kelmadimi? Karimjon (undalma), bugun ham kelmadimi? 
3) uslubiy qulaylikka xizmat qiladi: “Toshkentdan Nukusga qatnaydigan 
poyezd keldi” deyish o`rniga “Toshkent - Nukus” poyezdi keldi” deb yozilsa, tire 
tufayli usluban qulay, ixcham bo`ladi. 
 
4) yozma nutqdagi murakkab fikriy munosabatlarni ifodalashga xizmat qiladi: 
Agronom? Nima?! - Nosirov shunaqangi qattiq baqirdiki, nazarimda olis-
olislardagi tog'lar ham larzaga kelib silkingandek bo'ldi.(X.To`xtaboyev) So`roq va 
undov belgilarining birga qo`llanishi shu so`z orqali ham so`roq, ham taajjublanish, 
ham hayajon ifodalanganini aks ettirgan. 
 
Shuni aytish joizki, “Grafika” bo`limida tinish belgilari faqat grafemalar 
sifatida tasnif qilinadi, ularning qo`llanish o`rinlari “Punktuatsiya” bo`limida 
o`rganiladi. 
    3. Raqamlarga asoslangan grafemalar miqdor va tartib tushunchalarini yozuvda 
aks ettirish uchun qo`llanadigan grafemalardir. Hozirgi o`zbek yozuvida 
ishlatiladigan raqamlar ikki guruhga bo`linadi: 
 
1) arab raqamlari avval Hindistonda yaratilib, keyinchalik buyuk 
vatandoshimiz Muhammad Xorazmiy xizmatlari tufayli Arabiston, Ispaniya va 
butun Yevropaga tarqalgan raqamlardir: 0, 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9, 10, 20, 100, 1000, 
100000, 1000000, 1000000000 kabi.  
 
2) rim raqamlari eramizdan besh asr oldin etrusk qabilalari tomonidan 
yaratilgan va qadimgi rimliklar qo`llagan raqamlardir: I (bir), V (besh), X (o'n), L 
(ellik), C (yuz), D (besh yuz), M (ming). 
monografemalar bir harfdan iborat bo`ladi: a, b, d… 2) digraflar ikki harf qo`shilmasidan iborat: ng, ch, sh. 2. Tinish belgilariga asoslangan grafemalar nutqning mazmuniy tomonini yozuvda ifodalash uchun qo`llanadigan belgilardir. Bu belgilar quyidagi vazifalarni bajarishga mo`ljallangan: 1) muloqot jarayonini yozuvda to`g`ri aks ettiradi: Bahor! (his-hayajon); Bahor? (so`roq). 2) gaplarni tarkib jihatidan farqlashga xizmat qiladi: Karimjon (ega) bugun ham kelmadimi? Karimjon (undalma), bugun ham kelmadimi? 3) uslubiy qulaylikka xizmat qiladi: “Toshkentdan Nukusga qatnaydigan poyezd keldi” deyish o`rniga “Toshkent - Nukus” poyezdi keldi” deb yozilsa, tire tufayli usluban qulay, ixcham bo`ladi. 4) yozma nutqdagi murakkab fikriy munosabatlarni ifodalashga xizmat qiladi: Agronom? Nima?! - Nosirov shunaqangi qattiq baqirdiki, nazarimda olis- olislardagi tog'lar ham larzaga kelib silkingandek bo'ldi.(X.To`xtaboyev) So`roq va undov belgilarining birga qo`llanishi shu so`z orqali ham so`roq, ham taajjublanish, ham hayajon ifodalanganini aks ettirgan. Shuni aytish joizki, “Grafika” bo`limida tinish belgilari faqat grafemalar sifatida tasnif qilinadi, ularning qo`llanish o`rinlari “Punktuatsiya” bo`limida o`rganiladi. 3. Raqamlarga asoslangan grafemalar miqdor va tartib tushunchalarini yozuvda aks ettirish uchun qo`llanadigan grafemalardir. Hozirgi o`zbek yozuvida ishlatiladigan raqamlar ikki guruhga bo`linadi: 1) arab raqamlari avval Hindistonda yaratilib, keyinchalik buyuk vatandoshimiz Muhammad Xorazmiy xizmatlari tufayli Arabiston, Ispaniya va butun Yevropaga tarqalgan raqamlardir: 0, 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9, 10, 20, 100, 1000, 100000, 1000000, 1000000000 kabi. 2) rim raqamlari eramizdan besh asr oldin etrusk qabilalari tomonidan yaratilgan va qadimgi rimliklar qo`llagan raqamlardir: I (bir), V (besh), X (o'n), L (ellik), C (yuz), D (besh yuz), M (ming).  
 
    Raqamlarga asoslangan grafemalar asosan matematika faniga tegishli bo`lsa 
ham, tilga oid leksema va morfemalarni ifodalash uchun xizmat qilganligi tufayli 
“Grafika” bo`limida ham o`rganiladi.  
4. Ramziy belgilarga (simvollarga) asoslangan grafemalar ilm-fan (shu 
jumladan, tilshunoslikda ham) sohasida qo`llanadigan maxsus belgilar tizimi: 1) 
matematik faniga oid ramziy belgilar - √ (ildiz), - (ayiruv), + (qo‘shuv), x 
(ko‘paytiruv), : (bo‘luv), x (iks),       (katta), < (kichik) va boshqalar; b) 
astronomiyaga oid ramziy belgilar - ʘ (Quyosh),      ♂ (Mars), ♀ (Venera), ђ 
(Saturn) va boshqalar; d) tilshunoslikka oid ramziy belgilar -    < > (o`tish belgisi), 
// (ajratish belgisi), : - fonemaning cho`ziqlik belgisi; e) moliyaga oid ramziy 
belgilar – $ (dollar), € (yevro), £(funt sterling).  
Kompyuterning yozuv vositasi sifatida qo`llanishi natijasida juda ko`p 
miqdordagi ramziy belgilar yozuv tizimiga kirib keldi. Bu compyuter bilan 
ishlaydigan har bir insonga tanishdir, shuning uchun ularning barchasini keltirishga 
hojat yo`q deb hisoblaymiz.  
 
 Yozuv haqida umumiy ma’lumot 
 
 
Yozuv insoniyat tomonidan qilingan buyuk kashfiyotlardan biridir. U insonga 
oz fikrini uzoq masofaga va uzoq davrga yetkazishda yordam beradigan qulay 
vositadir. Demak, yozuv insonning ma’lum axborotni zamon va makon ichida bir 
nuqtadan ikkinchi nuqtaga yetkazish zaruriyatidan kelib chiqqan. Albatta, yozuv 
birdaniga paydo bo`lgan emas. Dastlabki “maktub”lar hozirgi yozuvdan juda katta 
farq qilgan. Buyuk bobokalonimiz, g`azal mulkining sultoni Alisher Navoiy o`zining 
“Saddi Iskandariy” dostonida ana shunday “maktub”lardan biri haqida hikoya qiladi. 
Eron shohi Doro Iskandarga o`z elchisi orqali uchta narsa: chavgon tayog`i, koptok 
va bir idishda kunjut donalarini jo`natadi. Bunda chavgon tayog`i va koptokning 
ma’nosi: “Sen, Iskandar , hali men bilan jang qilishga yoshlik qilasan, yaxshisi, 
chavgon (hozirgi chim ustidagi xokkeyga o`xshagan o`yin) o`ynab yuraver”. 
Idishdagi kunjutning ma’nosi: “Mening qo`shinim shu idishdagi kunjut donalaridek 
son-sanoqsiz, sen unga bas kelolmaysan”. Iskandar esa bularni boshqacha talqin 
qiladi: “Koptok - yer shari va u mening qo`limda”. Iskandar, shunday deya, bir necha 
Raqamlarga asoslangan grafemalar asosan matematika faniga tegishli bo`lsa ham, tilga oid leksema va morfemalarni ifodalash uchun xizmat qilganligi tufayli “Grafika” bo`limida ham o`rganiladi. 4. Ramziy belgilarga (simvollarga) asoslangan grafemalar ilm-fan (shu jumladan, tilshunoslikda ham) sohasida qo`llanadigan maxsus belgilar tizimi: 1) matematik faniga oid ramziy belgilar - √ (ildiz), - (ayiruv), + (qo‘shuv), x (ko‘paytiruv), : (bo‘luv), x (iks), (katta), < (kichik) va boshqalar; b) astronomiyaga oid ramziy belgilar - ʘ (Quyosh), ♂ (Mars), ♀ (Venera), ђ (Saturn) va boshqalar; d) tilshunoslikka oid ramziy belgilar - < > (o`tish belgisi), // (ajratish belgisi), : - fonemaning cho`ziqlik belgisi; e) moliyaga oid ramziy belgilar – $ (dollar), € (yevro), £(funt sterling). Kompyuterning yozuv vositasi sifatida qo`llanishi natijasida juda ko`p miqdordagi ramziy belgilar yozuv tizimiga kirib keldi. Bu compyuter bilan ishlaydigan har bir insonga tanishdir, shuning uchun ularning barchasini keltirishga hojat yo`q deb hisoblaymiz. Yozuv haqida umumiy ma’lumot Yozuv insoniyat tomonidan qilingan buyuk kashfiyotlardan biridir. U insonga oz fikrini uzoq masofaga va uzoq davrga yetkazishda yordam beradigan qulay vositadir. Demak, yozuv insonning ma’lum axborotni zamon va makon ichida bir nuqtadan ikkinchi nuqtaga yetkazish zaruriyatidan kelib chiqqan. Albatta, yozuv birdaniga paydo bo`lgan emas. Dastlabki “maktub”lar hozirgi yozuvdan juda katta farq qilgan. Buyuk bobokalonimiz, g`azal mulkining sultoni Alisher Navoiy o`zining “Saddi Iskandariy” dostonida ana shunday “maktub”lardan biri haqida hikoya qiladi. Eron shohi Doro Iskandarga o`z elchisi orqali uchta narsa: chavgon tayog`i, koptok va bir idishda kunjut donalarini jo`natadi. Bunda chavgon tayog`i va koptokning ma’nosi: “Sen, Iskandar , hali men bilan jang qilishga yoshlik qilasan, yaxshisi, chavgon (hozirgi chim ustidagi xokkeyga o`xshagan o`yin) o`ynab yuraver”. Idishdagi kunjutning ma’nosi: “Mening qo`shinim shu idishdagi kunjut donalaridek son-sanoqsiz, sen unga bas kelolmaysan”. Iskandar esa bularni boshqacha talqin qiladi: “Koptok - yer shari va u mening qo`limda”. Iskandar, shunday deya, bir necha  
 
tovuq keltirishni buyuradi va ular kunjut donalarini bitta qo`ymay yeb tugatishadi. 
Ma’nosi: “Mening qo`shinim senikini bitta qoldirmay qirib tashlaydi”. Bu yerda har 
bir narsa ramziy ma’noga ega: koptok va chavgon – o`yin yoki koptok – yer shari; 
kunjut donalari – askarlar va h.  
 
Ba’zan narsalar ramziy ma’no ifodalamasdan, shartli belgi vazifasini bajargan. 
7-rasmda peruliklarning kipu nomli xati, 8-rasmda esa irokez qabilasining vampum 
nomli yozuvlari ana shunga misol bo`la oladi: 
 
 
 Yozuvning turlari  
 
Yozuvni taraqqiyot bosqichlari bo`yicha to`rtta turga ajratsa bo`ladi. Bular 
quyidagilardir: 
 
1. Piktografik yozuv 
 
Piktografik (lot. pictus – chizilgan va yunon. grapho – yozaman)2 yozuv 
rasmlarga asoslangan yozuv turidir va uning birliklariga piktogramma deyiladi. Bu 
yozuv namunalari quyidagi rasmlarda berilgan: 
 
 
 
 
 
 
                                                 
2 М.Ирисқулов. Тилшуносликка кириш. “Ўқитувчи” нашриёти, -Т,: 1992, 218-бет   
7-rasm.  
Peruliklarning kipu yozuvi. 
8-rasm. 
Irokezlarning vampum yozuvi. 
tovuq keltirishni buyuradi va ular kunjut donalarini bitta qo`ymay yeb tugatishadi. Ma’nosi: “Mening qo`shinim senikini bitta qoldirmay qirib tashlaydi”. Bu yerda har bir narsa ramziy ma’noga ega: koptok va chavgon – o`yin yoki koptok – yer shari; kunjut donalari – askarlar va h. Ba’zan narsalar ramziy ma’no ifodalamasdan, shartli belgi vazifasini bajargan. 7-rasmda peruliklarning kipu nomli xati, 8-rasmda esa irokez qabilasining vampum nomli yozuvlari ana shunga misol bo`la oladi: Yozuvning turlari Yozuvni taraqqiyot bosqichlari bo`yicha to`rtta turga ajratsa bo`ladi. Bular quyidagilardir: 1. Piktografik yozuv Piktografik (lot. pictus – chizilgan va yunon. grapho – yozaman)2 yozuv rasmlarga asoslangan yozuv turidir va uning birliklariga piktogramma deyiladi. Bu yozuv namunalari quyidagi rasmlarda berilgan: 2 М.Ирисқулов. Тилшуносликка кириш. “Ўқитувчи” нашриёти, -Т,: 1992, 218-бет 7-rasm. Peruliklarning kipu yozuvi. 8-rasm. Irokezlarning vampum yozuvi.  
 
9- rasm. Piktogramma. Eskimos-ovchining “kundaligi”. Mazmuni: “Odam 
ovga chiqqan, hayvon terisini qo`lga kiritgan, keyin yana bittasini topgan, 
morj ovlagan, boshqa ovchi bilan qayiqda suzgan, tunni o`tkazgan”. 
 
 
 
 
 
 
 
 
  
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
10- rasm. Piktogramma. Hindularning prezidentga “arznomasi”. Mazmuni: 
“Turna, Uchta suvsar, Ayiq, Dengiz odami va Dengiz mushugi qabilalari yagona 
qalb jo`shqinligi ila Turna qabilasi boshlig`iga ko`llar hududiga ko`chib o`tishga 
ruxsat berish haqida prezidentdan iltimos qilishni topshiradi”. 
 
 
Ikkinchi piktogrammani o`qish qiyinroq, chunki unda “yagona qalb 
jo`shqinligi ila”, “prezidentdan iltimos qilishni” kabi mavhum tushunchalar ham 
berilgan.  
 
Piktografik yozuv quyidagi xususiyatlarga ega: 
9- rasm. Piktogramma. Eskimos-ovchining “kundaligi”. Mazmuni: “Odam ovga chiqqan, hayvon terisini qo`lga kiritgan, keyin yana bittasini topgan, morj ovlagan, boshqa ovchi bilan qayiqda suzgan, tunni o`tkazgan”. 10- rasm. Piktogramma. Hindularning prezidentga “arznomasi”. Mazmuni: “Turna, Uchta suvsar, Ayiq, Dengiz odami va Dengiz mushugi qabilalari yagona qalb jo`shqinligi ila Turna qabilasi boshlig`iga ko`llar hududiga ko`chib o`tishga ruxsat berish haqida prezidentdan iltimos qilishni topshiradi”. Ikkinchi piktogrammani o`qish qiyinroq, chunki unda “yagona qalb jo`shqinligi ila”, “prezidentdan iltimos qilishni” kabi mavhum tushunchalar ham berilgan. Piktografik yozuv quyidagi xususiyatlarga ega:  
 
1) piktogrammalarda hayotiy vaziyatlarni (ov, safar) aks ettiruvchi rasmlar 
ifodalanadi;  
2) rasmlarning badiiy tomoni ahamiyatsiz; 
3) mavhum tushunchalarni ifodalay olmaydi; 
 
2. Ideografik yozuv 
 
Ideografik (yun. idea – tushuncha; grapho - yozaman )3 yozuvni 
“tushunchaviy yozuv” desa bo`ladi, uning birligi ideogramma deb ataladi. Bunda 
rasmlar orqali bevosita narsa, hayvon yoki boshqalarning o`zi emas, balki shu 
rasmlar ta’sirida inson ongida aks etgan tushuncha muhimdir. Masalan, piktografik 
yozuvda ifodalangan yurak va unga sanchilgan o`q ideografik yozuvda muhabbat 
ma’nosini ifadalaydi. Demak, bu yozuv orqali mavhum tushunchalarni ham 
ifodalash imkoniyati paydo bo`ladi. Bu yozuvning quyidagi belgilari mavjud: 
1) qo`llangan rasmlar so`z ma’nosini ifodalaydi; 
2) voqelik haqida ancha kengroq ma’lumot berish mumkin; 
3) rasmlar barqarorlashgan, ya’ni bir tushunchani ifodalash uchun bir xil rasm 
ishlatilgan; 
4) rasmlar o`z va ko`chma ma’nolarida maydonga chiqadi. 
3. Iyeroglifik yozuv 
 
 
Iyeroglifik (yun. hieroglyphoi – muqaddas yozuvlar)4 yozuv ideografik 
yozuvrning mukammalashgan shakli sifatida yuzaga kelgan. Bu yozuvda ideografik 
yozuvda qo`llangan rasmlar shartli belgilarga – iyerogliflarga aylantirilgan. Demak, 
bu yozuvning birligi iyeroglif deb ataladi.  
 
                                                 
3 O`sha kitob, 219-bet. 
4 М.Ирисқулов. Тилшуносликка кириш. “Ўқитувчи” нашриёти, -Т,: 1992, 219-бет.  
  
 
1) piktogrammalarda hayotiy vaziyatlarni (ov, safar) aks ettiruvchi rasmlar ifodalanadi; 2) rasmlarning badiiy tomoni ahamiyatsiz; 3) mavhum tushunchalarni ifodalay olmaydi; 2. Ideografik yozuv Ideografik (yun. idea – tushuncha; grapho - yozaman )3 yozuvni “tushunchaviy yozuv” desa bo`ladi, uning birligi ideogramma deb ataladi. Bunda rasmlar orqali bevosita narsa, hayvon yoki boshqalarning o`zi emas, balki shu rasmlar ta’sirida inson ongida aks etgan tushuncha muhimdir. Masalan, piktografik yozuvda ifodalangan yurak va unga sanchilgan o`q ideografik yozuvda muhabbat ma’nosini ifadalaydi. Demak, bu yozuv orqali mavhum tushunchalarni ham ifodalash imkoniyati paydo bo`ladi. Bu yozuvning quyidagi belgilari mavjud: 1) qo`llangan rasmlar so`z ma’nosini ifodalaydi; 2) voqelik haqida ancha kengroq ma’lumot berish mumkin; 3) rasmlar barqarorlashgan, ya’ni bir tushunchani ifodalash uchun bir xil rasm ishlatilgan; 4) rasmlar o`z va ko`chma ma’nolarida maydonga chiqadi. 3. Iyeroglifik yozuv Iyeroglifik (yun. hieroglyphoi – muqaddas yozuvlar)4 yozuv ideografik yozuvrning mukammalashgan shakli sifatida yuzaga kelgan. Bu yozuvda ideografik yozuvda qo`llangan rasmlar shartli belgilarga – iyerogliflarga aylantirilgan. Demak, bu yozuvning birligi iyeroglif deb ataladi. 3 O`sha kitob, 219-bet. 4 М.Ирисқулов. Тилшуносликка кириш. “Ўқитувчи” нашриёти, -Т,: 1992, 219-бет.  
 
 
 
11-rasm. Iyerogliflar. Qadimgi Misr yozuvi. 
 
 
Bu yozuvning quyidagi belgilari mavjud: 
1) bu yozuvda tez yozish mumkin, chunki endi rasmlardagi ortiqcha qismlarni 
aks ettirish shart emas; 
2) mazmunan ancha murakkab matnlarni yaratish mumkin, chunki mavhum 
tushunchalarni ifodalasa ham bo`ladi; 
3) hajm jihatdan yirik matnlar yaratish mumkin, chunki ixchamlik bunga 
imkon beradi. 
 
 
 
 
 
 
 
 
12-rasm. Iyerogliflar. Ptolemey va Kleopatraning nomlari aks ettirilgan 
kartushlar.(qalqon ko`rinishidagi taqinchoq) 
 
11-rasm. Iyerogliflar. Qadimgi Misr yozuvi. Bu yozuvning quyidagi belgilari mavjud: 1) bu yozuvda tez yozish mumkin, chunki endi rasmlardagi ortiqcha qismlarni aks ettirish shart emas; 2) mazmunan ancha murakkab matnlarni yaratish mumkin, chunki mavhum tushunchalarni ifodalasa ham bo`ladi; 3) hajm jihatdan yirik matnlar yaratish mumkin, chunki ixchamlik bunga imkon beradi. 12-rasm. Iyerogliflar. Ptolemey va Kleopatraning nomlari aks ettirilgan kartushlar.(qalqon ko`rinishidagi taqinchoq)  
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
13-rasm. Iyeroglifik yozuvdan kelib chiqqan qadimgi Misr sodda yozuvi (iyeratik 
yozuv). 
                
 
14-rasm. Xitoyliklarning leksik-figurali yozuvi. 
 
 
 
eski 
 
yangi 
          Quyosh Oy  Tog`  Daraxt  It 
 
13-rasm. Iyeroglifik yozuvdan kelib chiqqan qadimgi Misr sodda yozuvi (iyeratik yozuv). 14-rasm. Xitoyliklarning leksik-figurali yozuvi. eski yangi Quyosh Oy Tog` Daraxt It  
 
  
Ko`rinyaptiki, rasmlar vaqt o`tishi bilan asta-sekin shartla belgilarga aylana 
borgan (13- va 14-rasmlar). Bunda, yuqorida aytilganidek, rasmlardagi ortiqcha 
detallar tushirilgan. Qadimgi Messopotamiyada assiriyaliklar va vavilonliklar 
qo`llagan mixxat ana shu yo`l bilan yaratilgan. Mixxat deyilishiga sabab shundaki, 
bu yozuvning belgilari mixga o`xshab yozilgan. Quyidagi rasmga e’tibor bering:  
 
 
 
 
 
 
 
14-rasm. Assiriyaliklar va vavilonliklarning 
mixxati. 
  
 
 
 
4. Fonografik yozuv 
 
Fonografik (yun. phone – tovush, grapho – yozaman degani)5 yozuv eng 
mahsuldor yozuv sifatida yuzaga keldi, chunki bu yozuv tilning fonetik tomonlarini 
ham aks ettirishga imkon yaratdi. Buning mohiyati shundaki, endi so`zlar 
bo`g`inlarga bo`linib, har bir bo`g`in ayrim iyeroglif yordamida ifodalangan. Bu 
fonografik yozuv taraqqiyotining birinchi – sillabik (yun. sillabe – bo`g`in degani) 
bosqichi hisoblanadi. Qadimgi hind yozuvi bo`lmish devanagari bunga yaxshi 
misol bo`la oladi: 
 
 
   15-rasm. Qadimgi nind yozuvi “devanagari”dan 
namuna. 
 
 
                                                 
5 М.Ирисқулов. Тилшуносликка кириш. “Ўқитувчи” нашриёти, -Т,: 1992,  221-бет.  
Ko`rinyaptiki, rasmlar vaqt o`tishi bilan asta-sekin shartla belgilarga aylana borgan (13- va 14-rasmlar). Bunda, yuqorida aytilganidek, rasmlardagi ortiqcha detallar tushirilgan. Qadimgi Messopotamiyada assiriyaliklar va vavilonliklar qo`llagan mixxat ana shu yo`l bilan yaratilgan. Mixxat deyilishiga sabab shundaki, bu yozuvning belgilari mixga o`xshab yozilgan. Quyidagi rasmga e’tibor bering: 14-rasm. Assiriyaliklar va vavilonliklarning mixxati. 4. Fonografik yozuv Fonografik (yun. phone – tovush, grapho – yozaman degani)5 yozuv eng mahsuldor yozuv sifatida yuzaga keldi, chunki bu yozuv tilning fonetik tomonlarini ham aks ettirishga imkon yaratdi. Buning mohiyati shundaki, endi so`zlar bo`g`inlarga bo`linib, har bir bo`g`in ayrim iyeroglif yordamida ifodalangan. Bu fonografik yozuv taraqqiyotining birinchi – sillabik (yun. sillabe – bo`g`in degani) bosqichi hisoblanadi. Qadimgi hind yozuvi bo`lmish devanagari bunga yaxshi misol bo`la oladi: 15-rasm. Qadimgi nind yozuvi “devanagari”dan namuna. 5 М.Ирисқулов. Тилшуносликка кириш. “Ўқитувчи” нашриёти, -Т,: 1992, 221-бет.  
 
Devanagari yozuvida har bir belgi undosh tovushlarning a unlisi bilan qo`shib 
aytilgan: ba, va, ga, da va h. Bu yozuv birligi sillabema hisoblanadi. Kirill 
yozuvidagi е, ё, ю, я harflarini eslasangiz, ular ye, yo, yu, ya kabi bo`g`inlarni aks 
ettiradi.  
 
Fonografik yozuvning bu bosqichida muayyan miqdordagi unli tovush 
ishtirok etadigan belgilar talab qilingan, demak, ularning soni ko`p bo`lmaydi.  
 
 
 
 
 
 
 
      16-rasm. Fera orolidan topilgan qaqimgi yunon 
yozuvi. 
 
 
 
 
 
Fonografik yozuvning ikkinchi bosqichi consonant (undosh) bosqich 
hisoblanadi, chunki bu yozuvda o`zak hosil qiluvchi undoshlargina harflar bilan 
ifodalanadi, unlilar esa diakritik (yun. diakritikos – farqlovchi degani)6 belgilar 
yordamida aks ettiriladi. Bunga arab yozuvi misol bo`la oladi.  
 
Fonografik yozuvning uchinchi bosqichi fonematik bosqich deb atalishi 
mumkin, chunki bu bosqichda har bir tovush uchun bitta harf qo`llangan. Bu 
yozuvning yuzaga kelishida qadimgi yunonlarning xizmatlari kattadir. Ular 
qadimgi finikiyaliklardan grafik belgilarni o`zlashtirib oldilar va unli tovushlar 
uchun ham harf qo`shdilar. Bunda ham ular finikiyaliklar alifbosidagi ortiqcha 
undosh harflardan foydalanganlar. Alifbo so`zi haqida quyidagi fikrlar mavjud: 
finikiyaliklar tilida aleph (yunoncha alpha) “ho`kiz”, beth (yunoncha betha) “uy”, 
                                                 
6 O`sha kitob, 222-bet. 
ﺐﺂﻴﮐ 
15-rasm. Arab yozuvi 
(kitob). 
Devanagari yozuvida har bir belgi undosh tovushlarning a unlisi bilan qo`shib aytilgan: ba, va, ga, da va h. Bu yozuv birligi sillabema hisoblanadi. Kirill yozuvidagi е, ё, ю, я harflarini eslasangiz, ular ye, yo, yu, ya kabi bo`g`inlarni aks ettiradi. Fonografik yozuvning bu bosqichida muayyan miqdordagi unli tovush ishtirok etadigan belgilar talab qilingan, demak, ularning soni ko`p bo`lmaydi. 16-rasm. Fera orolidan topilgan qaqimgi yunon yozuvi. Fonografik yozuvning ikkinchi bosqichi consonant (undosh) bosqich hisoblanadi, chunki bu yozuvda o`zak hosil qiluvchi undoshlargina harflar bilan ifodalanadi, unlilar esa diakritik (yun. diakritikos – farqlovchi degani)6 belgilar yordamida aks ettiriladi. Bunga arab yozuvi misol bo`la oladi. Fonografik yozuvning uchinchi bosqichi fonematik bosqich deb atalishi mumkin, chunki bu bosqichda har bir tovush uchun bitta harf qo`llangan. Bu yozuvning yuzaga kelishida qadimgi yunonlarning xizmatlari kattadir. Ular qadimgi finikiyaliklardan grafik belgilarni o`zlashtirib oldilar va unli tovushlar uchun ham harf qo`shdilar. Bunda ham ular finikiyaliklar alifbosidagi ortiqcha undosh harflardan foydalanganlar. Alifbo so`zi haqida quyidagi fikrlar mavjud: finikiyaliklar tilida aleph (yunoncha alpha) “ho`kiz”, beth (yunoncha betha) “uy”, 6 O`sha kitob, 222-bet. ﺐﺂﻴﮐ 15-rasm. Arab yozuvi (kitob).  
 
gimel (yunoncha gamma) “bo`yinturuq”, daleth (yunoncha delta) “eshik” degan 
ma’nolarni ifodalagan. Dastlabki ikkita harf nomidan alifbo so`zi paydo bo`lgan.7  
 
Shunday qilib, yunon alifbosi birinchi harf-tovush alifbosi hisoblanadi va u 
lotin, slavyan va boshqa ko`pgina alifbolar yaratilishi uchun asos bo`ldi.  
 
17-rasm. Alifbo taraqqiyoti: Misr iyerogliflaridan to 
lotin alifbosigacha.  
 
21-§. O`zbek yozuvi tarixidan 
 
O`zbek xalqi o`z tarixi davomida Markaziy 
Osiyo xalqlari bilan bir qatorda quyidagi yozuvlardan 
foydalanib kelgan: 
1. Mixxat. Eramizdan oldin VI-IV asrlarda 
Markaziy Osiyoning Eronga yaqin hududlarida rasmiy 
yozuv sifatida ishlatilgan yozuv (namunasi oldingi 
bo`limda berilgan).  
2. Oromiy yozuvi. Finikiy yozuvi asosida 
eramizdan oldin 1-ming yillikda oromiy davlatida 
shakllangan consonant yozuvdir. Uning namunalari 
oromiylar shohi Farasman tomonidan chiqarilgan tangalar orqali bizgacha yetib 
kelgan.  
3. Yunon va karoshta yozuvlari. Eramizdan oldingi  III-I asrlarda ishlatilgan 
yozuvdir.  
4. So`g`d yozuvi. Hozirgi eramiz boshidan VI asrlargacha ishlatilgan yozuv.  
5. Xorazm yozuvi. II asr oxiri III asr boshlarida Xorazm shohi chiqargan 
tangalarda uchraydigan yozuv bo`lib, oromiy yozuviga o`xshash bo`lgan.  
6. O`rxun-enasoy yozuvi. Namunalari Mo`g`ulistonning O`rxun (yoki 
O`rxon) vodiysidan hamda Rossiyaning Enasoy (Yenisey) daryosi havzasidan 
topilgan yozuv.  
                                                 
7 А.А.Реформатский. Введение в языковедение. М., 1967, стр. 360. 
 
gimel (yunoncha gamma) “bo`yinturuq”, daleth (yunoncha delta) “eshik” degan ma’nolarni ifodalagan. Dastlabki ikkita harf nomidan alifbo so`zi paydo bo`lgan.7 Shunday qilib, yunon alifbosi birinchi harf-tovush alifbosi hisoblanadi va u lotin, slavyan va boshqa ko`pgina alifbolar yaratilishi uchun asos bo`ldi. 17-rasm. Alifbo taraqqiyoti: Misr iyerogliflaridan to lotin alifbosigacha. 21-§. O`zbek yozuvi tarixidan O`zbek xalqi o`z tarixi davomida Markaziy Osiyo xalqlari bilan bir qatorda quyidagi yozuvlardan foydalanib kelgan: 1. Mixxat. Eramizdan oldin VI-IV asrlarda Markaziy Osiyoning Eronga yaqin hududlarida rasmiy yozuv sifatida ishlatilgan yozuv (namunasi oldingi bo`limda berilgan). 2. Oromiy yozuvi. Finikiy yozuvi asosida eramizdan oldin 1-ming yillikda oromiy davlatida shakllangan consonant yozuvdir. Uning namunalari oromiylar shohi Farasman tomonidan chiqarilgan tangalar orqali bizgacha yetib kelgan. 3. Yunon va karoshta yozuvlari. Eramizdan oldingi III-I asrlarda ishlatilgan yozuvdir. 4. So`g`d yozuvi. Hozirgi eramiz boshidan VI asrlargacha ishlatilgan yozuv. 5. Xorazm yozuvi. II asr oxiri III asr boshlarida Xorazm shohi chiqargan tangalarda uchraydigan yozuv bo`lib, oromiy yozuviga o`xshash bo`lgan. 6. O`rxun-enasoy yozuvi. Namunalari Mo`g`ulistonning O`rxun (yoki O`rxon) vodiysidan hamda Rossiyaning Enasoy (Yenisey) daryosi havzasidan topilgan yozuv. 7 А.А.Реформатский. Введение в языковедение. М., 1967, стр. 360.  
 
7. Uyg`ur yozuvi. VI asrdan XV asrgacha turkiy xalqlar va mo`g`ullar 
tomonidan qo`llangan yozuv.  
8. Arab yozuvi. VIII asr boshlaridan 1930-yilgacha O`zbekiston hududida 
amalda bolgan yozuv.  
9. Lotin yozuvi. 1929-yildan 1940-yilgacha O`zbekistonda amal qilingan 
yozuv. Maktablarda bu alifboga o`tish 1927-28 o`quv yilidan boshlanib, 1929-30 
o`quv yilida tugallangan. Davlat idoralarida esa 1928-1930-yillarda to`liq o`tib 
bo`lingan. Quyida shu yozuvga asoslangan alifbo berilgan: 
 
 
 
Aa 
Bb 
Cc 
Ҫҫ 
Dd 
Ee 
Əǝ 
Ff 
Gg 
Ƣƣ 
Aa 
Bb 
Cc 
Ҫҫ 
Dd 
Ee 
Əǝ 
Ff 
Gg 
Ƣƣ 
Hh 
Ii 
Jj 
Kk 
Ll 
Mm 
Nn 
Ņņ 
Oo 
Pp 
Hh 
Ii 
Jj 
Kk 
Ll 
Mm 
Nn 
Ņņ 
Oo 
Pp 
Qq 
Rr 
Ss 
Şş 
Tt 
Uu 
Vv 
Xx 
Zz 
Ƶƶ 
Qq 
Rr 
Ss 
Şş 
Tt 
Uu 
Vv 
Xx 
Zz 
Ƶƶ 
10. Kirill yozuvi. 1940-yil 6-8-may kunlari bo`lib o`tgan O`zbekiston Oliy 
Soveti III sessiyasida qabul qilingan qarorga binoan joriy qilingan yozuv bo`lib, 
unga to`liq o`tish 1942-yil boshlarida yakunlandi.  
ҳар
ф 
ном
и 
ҳар
ф 
ном
и 
ҳар
ф 
ном
и 
ҳар
ф 
ном
и 
ҳар
ф 
номи 
ҳар
ф 
ном
и 
Аа 
а 
Ёё 
ё 
Лл 
эл 
Сс 
ес 
Чч 
че 
Яя 
я 
Бб 
бе 
Жж 
же 
Мм 
эм 
Тт 
те 
Шш 
ше 
Ўў 
ў 
Вв 
ве 
Зз 
зе 
Нн 
эн 
Уу 
у 
Ъъ 
айириш 
белгиси 
Ққ 
қе 
Гг 
ге 
Ии 
и 
Оо 
о 
Фф 
эф 
Ьь 
юмшат
иш 
белгиси  
Ғғ 
ғе 
Дд 
де 
Йй 
йэ 
Пп 
пе 
Хх 
хе 
Ээ 
э 
Ҳҳ 
ҳе 
Ее 
е 
Кк 
ка 
Рр 
эр 
Цц 
це 
Юю 
ю 
 
 
7. Uyg`ur yozuvi. VI asrdan XV asrgacha turkiy xalqlar va mo`g`ullar tomonidan qo`llangan yozuv. 8. Arab yozuvi. VIII asr boshlaridan 1930-yilgacha O`zbekiston hududida amalda bolgan yozuv. 9. Lotin yozuvi. 1929-yildan 1940-yilgacha O`zbekistonda amal qilingan yozuv. Maktablarda bu alifboga o`tish 1927-28 o`quv yilidan boshlanib, 1929-30 o`quv yilida tugallangan. Davlat idoralarida esa 1928-1930-yillarda to`liq o`tib bo`lingan. Quyida shu yozuvga asoslangan alifbo berilgan: Aa Bb Cc Ҫҫ Dd Ee Əǝ Ff Gg Ƣƣ Aa Bb Cc Ҫҫ Dd Ee Əǝ Ff Gg Ƣƣ Hh Ii Jj Kk Ll Mm Nn Ņņ Oo Pp Hh Ii Jj Kk Ll Mm Nn Ņņ Oo Pp Qq Rr Ss Şş Tt Uu Vv Xx Zz Ƶƶ Qq Rr Ss Şş Tt Uu Vv Xx Zz Ƶƶ 10. Kirill yozuvi. 1940-yil 6-8-may kunlari bo`lib o`tgan O`zbekiston Oliy Soveti III sessiyasida qabul qilingan qarorga binoan joriy qilingan yozuv bo`lib, unga to`liq o`tish 1942-yil boshlarida yakunlandi. ҳар ф ном и ҳар ф ном и ҳар ф ном и ҳар ф ном и ҳар ф номи ҳар ф ном и Аа а Ёё ё Лл эл Сс ес Чч че Яя я Бб бе Жж же Мм эм Тт те Шш ше Ўў ў Вв ве Зз зе Нн эн Уу у Ъъ айириш белгиси Ққ қе Гг ге Ии и Оо о Фф эф Ьь юмшат иш белгиси Ғғ ғе Дд де Йй йэ Пп пе Хх хе Ээ э Ҳҳ ҳе Ее е Кк ка Рр эр Цц це Юю ю  
 
 
11. Yangi lotin yozuvi. 1991-yil 31-avgust kuni O`zbekiston Respublikasi 
mustaqilligi e’lon qilingandan keyin yangi yozuvga o`tish masalasi kun tartibiga qo`yildi. 
Bunga quyidagilar sabab bo`ldi:  
1. Dunyo tamadduniga qo`shilish zaruriyati: dunyo aholisining 30 foizi shu 
yozuvdan foydalanadi.  
2. Hayotimizga computer texnologiyasining shiddat bilan kirib kelishi: computer 
dasturlari asosan shu yu yozuvda yaratiladi.  
Ana shular hisobga olingan holda, ancha muhokamalardan keyin 1993-yilda maxsus 
qonun qabul qilindi. Mazkur Qonunni quyida to`liq keltiramiz.  
 
O‘ZBЕKISTON RЕSPUBLIKASINING QONUNI 
LOTIN YOZUVIGA ASOSLANGAN O‘ZBЕK ALIFBOSINI JORIY 
ETISH TO‘G‘RISIDA 
 
O‘n ikkinchi chaqiriq O‘zbеkiston Rеspublikasi Oliy Kеngashining o‘n uchinchi 
sеssiyasida 1993-yil 2-sеntabrda qabul qilingan. 
Ushbu Qonun O‘zbеkiston Rеspublikasi Konstitutsiyasiga asoslanib va o‘zbеk 
yozuvining lotin alifbosiga o‘tilgan 1929-1940-yillardagi ijobiy tajribasidan kеlib chiqib, 
kеng jamoatchilik vakillari bildirgan istak-xohishlarni inobatga olgan holda rеspublikaning 
har taraflama kamol topishini va jahon kommunikatsiya tizimiga kirishni jadallashtiruvchi 
qulay sharoit yaratishga xizmat qiladi. 
1-modda. O‘zbеkiston Rеspublikasida lotin yozuviga asoslangan quyidagi 31 
harf va 1 tutuq bеlgisi (apostrof)dan iborat o‘zbеk alifbosi joriy etilsin:  
2-modda. Lotin yozuvi asosidagi o‘zbеk yozuvini joriy etish bilan birga 
O‘zbеkiston xalqining milliy iftixori bo‘lmish bеbaho ma’naviy mеros bitilgan arab 
alifbosini va kirillitsani o‘rganish va ulardan foydalanish uchun zarur sharoitlar 
saqlab qolinadi. 
O‘zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеnti: I.A.KARIMOV 
Toshkеnt shahri, 1993-yil 2-sеntabr 
 
 
11. Yangi lotin yozuvi. 1991-yil 31-avgust kuni O`zbekiston Respublikasi mustaqilligi e’lon qilingandan keyin yangi yozuvga o`tish masalasi kun tartibiga qo`yildi. Bunga quyidagilar sabab bo`ldi: 1. Dunyo tamadduniga qo`shilish zaruriyati: dunyo aholisining 30 foizi shu yozuvdan foydalanadi. 2. Hayotimizga computer texnologiyasining shiddat bilan kirib kelishi: computer dasturlari asosan shu yu yozuvda yaratiladi. Ana shular hisobga olingan holda, ancha muhokamalardan keyin 1993-yilda maxsus qonun qabul qilindi. Mazkur Qonunni quyida to`liq keltiramiz. O‘ZBЕKISTON RЕSPUBLIKASINING QONUNI LOTIN YOZUVIGA ASOSLANGAN O‘ZBЕK ALIFBOSINI JORIY ETISH TO‘G‘RISIDA O‘n ikkinchi chaqiriq O‘zbеkiston Rеspublikasi Oliy Kеngashining o‘n uchinchi sеssiyasida 1993-yil 2-sеntabrda qabul qilingan. Ushbu Qonun O‘zbеkiston Rеspublikasi Konstitutsiyasiga asoslanib va o‘zbеk yozuvining lotin alifbosiga o‘tilgan 1929-1940-yillardagi ijobiy tajribasidan kеlib chiqib, kеng jamoatchilik vakillari bildirgan istak-xohishlarni inobatga olgan holda rеspublikaning har taraflama kamol topishini va jahon kommunikatsiya tizimiga kirishni jadallashtiruvchi qulay sharoit yaratishga xizmat qiladi. 1-modda. O‘zbеkiston Rеspublikasida lotin yozuviga asoslangan quyidagi 31 harf va 1 tutuq bеlgisi (apostrof)dan iborat o‘zbеk alifbosi joriy etilsin: 2-modda. Lotin yozuvi asosidagi o‘zbеk yozuvini joriy etish bilan birga O‘zbеkiston xalqining milliy iftixori bo‘lmish bеbaho ma’naviy mеros bitilgan arab alifbosini va kirillitsani o‘rganish va ulardan foydalanish uchun zarur sharoitlar saqlab qolinadi. O‘zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеnti: I.A.KARIMOV Toshkеnt shahri, 1993-yil 2-sеntabr  
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
18-rasm. Lotin yozuviga asoslangan yangi alifboning birinchi varianti  
 
 
 
 
 
18-rasm. Lotin yozuviga asoslangan yangi alifboning birinchi varianti  
 
 
 
 
O‘ZBЕKISTON RЕSPUBLIKASINING “LOTIN YOZUVIGA 
ASOSLANGAN O‘ZBЕK ALIFBOSINI JORIY ETISH TO‘G‘RISIDA”GI 
QONUNIGA O‘ZGARTIRISHLAR KIRITISH HAQIDA 
O‘ZBЕKISTON RЕSPUBLIKASINING QONUNI 
 
O‘zbеkiston Rеspublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi: 
O‘zbеkiston Rеspublikasining 1993-yil 2-sеntabrida qabul qilingan “Lotin 
yozuviga asoslangan o‘zbеk alifbosini joriy etish to‘g‘risida”gi Qonuniga 
(O‘zbеkiston Rеspublikasi Oliy Kеngashi Axborotnomasi, 1993-yil, 9-son, 331-
modda) quyidagi o‘zgartirishlar kiritilsin: 
1. 1-moddadagi “31 harf va 1 tutuq bеlgisi (apostrof)dan” so‘zlari “26 harf va 3 ta 
harflar birikmasidan” so‘zlari bilan almashtirilsin. 
2. Cc, J j harflari mustaqil harf bеlgisi sifatida alifbodan chiqarilsin. 
3. Ōō harfi O‘ o‘ shaklida, Ḡḡ harfi G‘g‘ shaklida, Şş harfi Sh sh shaklida, Çç harfi 
Ch ch shaklida, Ñ ñ harfi Ng ng shaklida, ǫ harf bеlgisi q shaklida ifodalansin. 
4. Aa, Ii, Gg, G‘g‘, Qq, O‘o‘, Zz harflari va Ch ch harflar birikmasining yozma 
shakli tеgishlicha Aa Ii Gg Ğğ Qq Oo Zz  Ch ch  tarzda ifodalansin. 
 
O‘zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеnti: I. KARIMOV 
Toshkеnt shahri, 1995-yil 6-may 
 
Demak, barcha o`zgarishlardan keyin lotin yozuviga asoslangan yangi o`zbek 
alifbosi quyidagi shaklni oldi: Aa (1) Bb (2) Dd (3) Ee (4) Ff (5) Gg (6) Hh (7) Ii (8) 
Jj (9) Kk (10) Ll (11) Mm (12) Nn (13) Oo (14) Pp (15) Qq (16) Rr (17) Ss (18) Tt 
(19) Uu (20) Vv (21) Xx (22) Yy (23) Zz (24) O‘o‘ (25) G‘g‘ (26) Sh sh (27) Ch ch (28) 
Ng ng (29). 
 
O‘ZBЕKISTON RЕSPUBLIKASINING “LOTIN YOZUVIGA ASOSLANGAN O‘ZBЕK ALIFBOSINI JORIY ETISH TO‘G‘RISIDA”GI QONUNIGA O‘ZGARTIRISHLAR KIRITISH HAQIDA O‘ZBЕKISTON RЕSPUBLIKASINING QONUNI O‘zbеkiston Rеspublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi: O‘zbеkiston Rеspublikasining 1993-yil 2-sеntabrida qabul qilingan “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbеk alifbosini joriy etish to‘g‘risida”gi Qonuniga (O‘zbеkiston Rеspublikasi Oliy Kеngashi Axborotnomasi, 1993-yil, 9-son, 331- modda) quyidagi o‘zgartirishlar kiritilsin: 1. 1-moddadagi “31 harf va 1 tutuq bеlgisi (apostrof)dan” so‘zlari “26 harf va 3 ta harflar birikmasidan” so‘zlari bilan almashtirilsin. 2. Cc, J j harflari mustaqil harf bеlgisi sifatida alifbodan chiqarilsin. 3. Ōō harfi O‘ o‘ shaklida, Ḡḡ harfi G‘g‘ shaklida, Şş harfi Sh sh shaklida, Çç harfi Ch ch shaklida, Ñ ñ harfi Ng ng shaklida, ǫ harf bеlgisi q shaklida ifodalansin. 4. Aa, Ii, Gg, G‘g‘, Qq, O‘o‘, Zz harflari va Ch ch harflar birikmasining yozma shakli tеgishlicha Aa Ii Gg Ğğ Qq Oo Zz Ch ch tarzda ifodalansin. O‘zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеnti: I. KARIMOV Toshkеnt shahri, 1995-yil 6-may Demak, barcha o`zgarishlardan keyin lotin yozuviga asoslangan yangi o`zbek alifbosi quyidagi shaklni oldi: Aa (1) Bb (2) Dd (3) Ee (4) Ff (5) Gg (6) Hh (7) Ii (8) Jj (9) Kk (10) Ll (11) Mm (12) Nn (13) Oo (14) Pp (15) Qq (16) Rr (17) Ss (18) Tt (19) Uu (20) Vv (21) Xx (22) Yy (23) Zz (24) O‘o‘ (25) G‘g‘ (26) Sh sh (27) Ch ch (28) Ng ng (29).