GRAMMATIKA, UNING QISMLARI. MORFOLOGIYA HAQIDA UMUMIY MA’LUMOT
Yuklangan vaqt
2024-06-04
Yuklab olishlar soni
2
Sahifalar soni
8
Faytl hajmi
68,0 KB
Ilmiybaza.uz
GRAMMATIKA, UNING QISMLARI. MORFOLOGIYA HAQIDA
UMUMIY MA’LUMOT
Reja:
1. Grammatika haqida umumiy ma’lumot.
2. So‘zning shakli va grammatik ma’no.
3. Grammatik ma’noni ifodalash vosita va usullari.
4. So‘zning grammatik shakli.
5. Grammatik kategoriya.
6. So‘z turkumlariga ajratish tamoyillari.
Ilmiybaza.uz
Grammatika ikki qismdan: morfologiya va sintaksisdan iborat. Morfologiya
so‘zlarning tuzilishi va o‘zgarishi, so‘z turkumlarini o‘rganuvchi sohadir. So‘z
turkumlari va ularning xususiyatlarini tekshirish morfologiyaning muhim
vazifalaridandir. Ma'lumki, so‘zlar turli grammatik ma’nolilarni ifodalaydi.
Grammatik ma’noli ifodalashiga ko‘ra so‘zlar har xil shakllarda bo‘ladi.
So‘zlardagi
bunday
shakllarni
ham.morfologiya
o‘rganadi.
Morfologiya
atamasining morfo - shakl, logos - so‘z ekanligi ham uning so‘z shakllari haqidagi
ta'limot ekanligini ko‘rsatadi.
Til sathi sifatida morfologiya nisbatan qamrovdor bo‘lib, so‘z shakllari.
so‘zlarning tuzilishi va o‘zgarishi, so‘z turkumlari, ulaming qonuniyatlanni
o‘rganuvchi ta'limotdir.
So‘z shakllari. So‘z shakllari hodisasi tilshunoslikdagi o‘ziga xos
hodisalardan biridir. Unda ma'lum so‘zning o‘z lug‘aviy ma’nolisini saqlagan
holda turli shakllarda qo‘llanilishi tushuniladi. Masalan, kitob, kitobi, kitobdan,
kitobimiz.
So‘z shakllarining o‘zgarishi dastlab shu so‘zning lug‘aviy ma’nolisiga
daxldor bo‘lib. uni qaysi turkumga mansubligini belgilaydi va shu turkumga xos
qo‘shimchalar asosida o‘z shaklini o‘zgartiradi.
Masalan, daraxt, odam, gul so‘zlari ot turkumiga xos bo‘lib o‘z shaklini otga
xos bo‘lgan kelishik, egalik, ko‘plik qo‘shimchalarini olgan holda o‘zgartiradi:
daraxtim, daraxtlar, daraxtning. Sifat turkumiga xos so‘zlar esa shu turkumga xos
daraja hosil qiluvchi vositalarni qabul qilgan holda o‘z shaklini o‘zgartiradi.
Masalan, qizil, qizg‘ish, qizilroq. So‘z shakllarini o‘zgarishidagi bu holat
belgilangan, turg‘un holat emas. So‘z shakllarini o‘zgarishi uchun asos bo‘ladigan
qo‘shimchalar, so‘zlaming muayyan turkumga taalluqli ekanligini belgilashda
muhim bo‘lsa-da, boshqa turkumga xos qo‘shimchalarni ayniqsa, otlardagi
kelishik, egalik ba'zan ko‘plik qo‘shimchalarini boshqa turkunidagi so‘zlar olgan
holda o‘z shaklini o‘zgartadi. Masalan, kattaning, kattalar, mening, ko‘pdan va
boshqalar.
So‘z shakllarining o‘zgarishi ikki holatni yuzaga keltiradi. Birinchidan, so‘z
Ilmiybaza.uz
shakli o‘zgarganda, so‘zdagi asosiy ma’noliga qo‘shimcha ravishda grammatik
ma’noli ifodalanadi. Masalan. bolalar so‘zidagi -lar qo‘shimchasi orqali
ifodalangan ma’noli ko‘plik ma’nolisidir. Ikkinchidan, so‘z shaklining o‘zgarishi
gapda so‘zlaming o‘zaro birikishini ta'minlaydi: ishdan kelmoq birikmasidagi
qo‘shimcha ushbu so‘zlarni biriktirgan.
Ko‘rinadiki, so‘z shakllarini o‘zgarishi natijasida morfologik shakl va
sintaktik shakl vujudga keladi. Morfologik shakl yasovchi qo‘shimchalar
yordamida, sintaktik shakl esa so‘z o‘zgartiruvchi qo‘shimchalar orqali hosil
bo‘ladi. Bundan tashqari tilda so‘z yasalishi uchun xizmat qiladigan so‘z yasovchi
qo‘shimchalar mavjud bo‘lib, ular bir butun holda so‘zning morfologik tuzilishini
belgilaydi.
Grammatika va uning vazifalari
Grammatika tilshunoslik fanining nazariy bo‘limlaridan biri bo‘lib, gapda
so‘zlaming o‘zgarishi va birikishi haqidagi qoidalarni o‘rgatadi. Grammatika
atamasining ikki ma’nolisi mavjud, Birinchidan grammatika tilning muayyan
tarkibiy qismi grammatik qurilishini ifodalasa, ikkinchidan shu grammatik
qurilishga xos qoidalarni umumlashtirib, uni ilmiy asosda o‘rganuvchi fanni
bildiradi.
Tilning
grammatik
qurilishi
grammatikaning
tekshirish
obyektidir.
Ma'lumki, har qanday tilning o‘ziga xos grammatik qurilishi mavjud bo‘ladi.
Tilning grammatik qurilishi muayyan tilning boshqa tillardan farqlovchi o‘ziga xos
belgilaridan biridir. Shu boisdan grammatika tilning eng yuqori, oliy shaklidir.
Binobarin grammatikasiz fikr ifodalab bo‘Imaydi.'Tilning grammatik qurilishi o‘z-
o‘zidan vujudga kelmaydi. U nutq jarayonida tilning fonetik ya lug‘aviy tomonlari
bilan bog‘liq holda borliqdagi narsa va hodisalarni umumlashtirish asosida vujudga
keladi. Biroq grammatika tilning boshqa sohalariga, chunonchi, lug‘at tarkibiga
ko‘ra ham keng qamrovlidir.
Chunki grammatikada faqat so‘zlar emas, balki ular orasidagi munosabatlar
ham ifodasini topadi ya'ni tildagi har bir so‘z lug‘aviy ma’noli ifodalaydi. Biroq bu
Ilmiybaza.uz
ma’nolilarning o‘zi bilan fikr ifodalanmaydi. Ko‘rinadiki, so‘zlar nutqda
grammatik jihatdan shakllangan bo‘lsa o‘zaro bir-biri bilan bog‘lansagina fikr
ifodalash uchun xizmat qiladi. Shunday ekan har qanday so‘z birikmalari va
nutqning asosida so‘z votadi. Shu jihatdan tilning grammatik qurilishi lug‘at
tarkibi bilan chambarchas bog‘langandir.
Grammatika tilning eng oliy ko‘rinishi sifatida yakka birliklar asosida emas
umumlashmalar asosida vujudga keladi. Masalan, kitob, daraxt, bola, talaba. gul
sp'zlari
turli
predmetlaming
nomini
bildiruvchi
so‘zlardir.
Biroq
ular
grammatikada bir grammatik kategoriya - ot turkumidir. Bu holat grammatik
umumlashmadir. Shu asosida grammatika tildagi so‘zlar uchun umumiy bo‘lgan
hodisalarni o‘rganish asosida ularni muayyan tizimda birlashtiradi. Ikkinchidan
grammatikadan tashqarida so‘zlar til uchun oddiy material, ular grammatik
munosabatlar asosida birikadi. Demak, grammatika tildagi lug‘aviy materiallami
ma'lum maqsadlarga ko‘ra ishlatish vazifasini ham bajaradi.
Tilning grammatik qurilishining muhim xususiyatlaridan biri uning
takomillashib o‘zgarib borishidir. Bunday o‘zgarishlar jamiyat taraqqiyotidagi
obyektiv qonunlar asosida vujudga keladi. Ammo tilning grammatik qurilishi til
uchun umumiy bo‘lgan normalarga qoidalarga bo‘ysinadi. Masalan, adabiy tilda
ega gapning birinchi qismida kelishi yoki aniqlovchi aniqlanmishdan oldin kelishi:
keng dala, moviy ko‘l, ulkan tog‘; qaratqich bilan qaratmishning shaxs va sonda
moslashib kelishi: mening do‘stim, uyning eshigi, kitobining varag‘i -til normalari
asosidagi hodisalardir. Bu normalar grammatikada ham grammatik qurilishga xos
qonun-qoidalar asosida o‘z ifodasini topadi.
So‘zning lug‘aviy va grammatik ma’nolilari
So‘zlar obyektiv bog‘liq bo‘lgan narsa va hodisalar haqidagi tushunchalarni
ifodalaydi. Bunday tushunchalarning ifodalanishi so‘zning lug‘aviy ma’nolisidir.
Masalan, paxta so‘zi asosida oppoq, yumshoq predmetni tushunilishi shu so‘zda
mavjud bo‘lgan lug‘aviy ma’nolidir.
So‘zlar lug‘aviy ma’noli ifodalashiga ko‘ra tilda o‘ziga xos mustaqillikka
Ilmiybaza.uz
ega bo‘lgan, lug‘aviy jihatdan shakllangan birliklardir. Lug‘aviy ma’noli
so‘zlaraning birlamchi, asosiy, nutqdan tashqaridagi ma’nolisi bo‘lib, shu ma’noli
orqali so‘zlar narsa -hodisalar haqidagi tushunchalarni ifodalaydi. Tushuncha esa
narsa-hodisalaming kishi ongida aks etishidir. So‘zlar lug‘aviy ma’nolisiga ko‘ra
leksikalogiyaning tekshirish obyektidir.
Nutqda so‘zlar faqat lug‘aviy birlik bo‘lib qolmaydi, balki nutq vositasiga
aylanadi, ya'ni o‘zaro birikadi, bog‘lanadi. Bu jarayonda so‘zlar turli qo‘shimcha
ma’nolilarni ifodalaydi. Turli munosabatlarni bildiruvchi bunday ma’nolilar
lug‘aviy ma’nolidan tashqaridagi qo‘shimcha grammatik ma’nolidir.
Grammatik ma’noli so‘zning shakliy ma’nolisidir. Masalan. kitoblar so‘zida
grammatik ko‘plik ma’nolisi mavjud bo‘lsa, kitobning so‘zida kelishik ma’nolisi
mavjud. Grammatik ma’noli o‘zaro munosabatlarni ifodalashi bilan birga so‘zlar
uchun umumiy bo‘lgan ma’nolilarni ham o‘zida birlashtiradi. Masalan, biz a'lo
o‘qish uchun harakat qilamiz gapidagi egalik, shaxs-son va zamon ma’nolilari
munosabatni anglatsa,kitobning, uyga, darsdan so‘zlaridagi qo‘shimchalar ushbu
so‘zlar uchun umumiy ma’noli-kelishik ma’nolisidir. Lug‘aviy ma’noliga
qo‘shimcha ravishda bu xildagi turli ma’nolilarni ifodalanishi grammatik ma’noli
deyiladi.
Grammatik ma’noli umumiydir. Jumladan, otlardagi egalik, kelishik, ko‘plik
ma’nolilari grammatik ma’nolilardir. Grammatik ma’nolilarni hosil qiluvchi turli
usullar mavjud:
l. Qo‘shimchalar. So‘zlarning o‘zak va negiziga turli qo‘shimchalar
qo‘shilishi orqali grammatik ma’noli hosil bo‘ladi. Masalan, kitoblar, bolalar,
uydan, ishdan, ishga, oq, yozish kabi.
2. Yordamchi so‘zlar. Yordamchi so‘zlar, asosan, ko‘mak-chilar mustaqil
so‘zlar bilan birikib grammatik ma’noli ifodalaydi.Masalan: Otabek Rahmatning
bu so‘zini samimiyat bilanqarshi oldi. (A. Qod.)
3. So‘z tartibi. So‘zlarning gapda o‘rin almashuvi grammatikma’noli
ifodalashga xizmat qiladi. Masalan, uzoqdan katta uyko‘rindi, -uy uzoqdan
katta ko‘rindi.