GRAMMATIKA VA MORFOLOGIYAGA KIRISH

Yuklangan vaqt

2024-10-01

Yuklab olishlar soni

1

Sahifalar soni

8

Faytl hajmi

22,1 KB


 
 
 
 
 
 
GRAMMATIKA VA MORFOLOGIYAGA KIRISH 
 
 
REJA: 
 
1. Grammatika haqida umumiy ma’lumot. 
2. So`z shakl va grammatik ma’no. 
3. Grammatik ma’noni ifodalash vosita va usullari. 
4. So`zning grammatik shakli. 
5. Grammatik kategoriya. 
6. So`z turkumlariga ajratish tamoyillari. 
 
Grammatika haqida umumiy ma’lumot 
 
 
 Grammatika – tilning grammatik qurilishini o`rganuvchi tilshunoslikning 
bo`limi. Grammatika so`zlarning gapda o`zgarishi va ularning o`zaro birikib, so`z 
birikmasi, gap hosil qilishi haqidagi qoidalar to`plamidir. 
Grammatika ikki qismdan: morfologiya va sintaksisdan iborat. Morfologiya 
qismida so`z turkumlari va ularga xos bo`lgan shakllar haqida baxs yuritilsa, 
sintaksis qismida so`zlarning bir-biri bilan bog`lanib, gap, so`z birikmasi hosil 
qilishi tekshiriladi. 
Ko`rinadiki, grammatika ham leksikologiya singari so`zni o`rganadi. Ammo 
leksikologiya leksik so`zni – leksemani o`rgansa, grammatika grammatik so`zni – 
so`zning shaklini, so`z shaklini tekshiradi. 
  
 So`z shakl va grammatik ma’no 
 
GRAMMATIKA VA MORFOLOGIYAGA KIRISH REJA: 1. Grammatika haqida umumiy ma’lumot. 2. So`z shakl va grammatik ma’no. 3. Grammatik ma’noni ifodalash vosita va usullari. 4. So`zning grammatik shakli. 5. Grammatik kategoriya. 6. So`z turkumlariga ajratish tamoyillari. Grammatika haqida umumiy ma’lumot Grammatika – tilning grammatik qurilishini o`rganuvchi tilshunoslikning bo`limi. Grammatika so`zlarning gapda o`zgarishi va ularning o`zaro birikib, so`z birikmasi, gap hosil qilishi haqidagi qoidalar to`plamidir. Grammatika ikki qismdan: morfologiya va sintaksisdan iborat. Morfologiya qismida so`z turkumlari va ularga xos bo`lgan shakllar haqida baxs yuritilsa, sintaksis qismida so`zlarning bir-biri bilan bog`lanib, gap, so`z birikmasi hosil qilishi tekshiriladi. Ko`rinadiki, grammatika ham leksikologiya singari so`zni o`rganadi. Ammo leksikologiya leksik so`zni – leksemani o`rgansa, grammatika grammatik so`zni – so`zning shaklini, so`z shaklini tekshiradi. So`z shakl va grammatik ma’no
 
 
Leksik so`z yoki leksema ma’no va ifoda birligidan iborat bo`lganidek 
(«kitob» leksemasining ma’nosi, yoki mazmun plani - «o`qish quroli» tushunchasini 
anglatishi, ifodasi yoki ifoda plani k, i, t, o, b tovushlaridan tashkil topishidir), 
grammatik so`z, yoki so`z shakl grammatik ma’no ham grammatik ifoda (shakl) 
birliogidan iboratdir. Jumladan, kitob so`zi «o`qish quroli» tushunchasidan tashqari 
ot, birlik son, bosh kelishik tushunchalarini ham bildiradi. Bunda kitob so`zining 
«o`qish quroli» tushunchasini ifodalashi uning leksik ma’nosi sanaladi va shu 
so`zning otga mansubligi, birlik son va bosh kelishikda ekani uning grammatik 
ma’nosidir. 
So`zning grammatik ma’nosi uning leksik ma’nosi bilan belgilanmaydi. 
Masalan, suv, havo, shamol, bulut kabi so`zlarning leksik ma’nolari turlicha, lekin 
grammatik ma’nolari bir xil, ya’ni bularning barchasi birlik, bosh kelishikdagi 
otlardir. Aksincha, birgina leksik so`z, leksema, ma’lum leksik ma’no anglatgani 
holda turli shakllarda qo`llanib, har xil grammatik ma’noni ifodalashi mumkin. 
Masalan, o`qimoq fe’lining tuslanishli shakllari turli grammatik ma’nolarni bildiradi: 
o`qiyapman so`z shakli hozirgi zamon davom fe’lining I shaxs birlik ma’nosini, 
o`qiyapsan so`z shakli hozirgi zamon davom fe’lining II shaxs birlik ma’nosini va 
h.k. 
Demak, so`zning ma’lum turkumga mansubligini ko`rsatuvchi, so`zning 
ma’lum bir grammatik shaklini ifodalaydigan ma’no grammatik ma’no 
hisoblanadi. Ko`rinadiki, grammatik ma’no o`z xususiyatiga ko`ra ikki xil bo`ladi: 
1) ma’lum bir so`z turkumi uchun umumiy bo`lgan ma’no, ya’ni kategorial 
grammatik ma’no; 2) xususiy grammatik ma’no so`zining kategorial grammatik 
ma’nosi ma’lum so`z turkumlari uchun xos bo`lgan umumiy grammatik ma’nolardir. 
Masalan, non, suv, uy, dala so`zlarining har biriga xos bo`lgan ma’no – leksik 
ma’no. Ammo ularning barchasi uchun umumiy bo`lgan ma’no ya’ni predmet 
ma’nosi grammatik ma’nodir. Ayni shu umumiy grammatik ma’no ularni bir 
turkumga, ya’ni ot turkumiga birlashtiradi. Shuningdek, chiroyli, dono, fozil, 
kamtarin so`zlari uchun umumiy bo`lgan belgi ma’nosi va o`qi, o`rgan, mehnat qil, 
bor, kel so`zlari uchun umumiy bo`lgan harakat ma’nosi kategorial grammatik 
ma’no sanaladi.  
Leksik so`z yoki leksema ma’no va ifoda birligidan iborat bo`lganidek («kitob» leksemasining ma’nosi, yoki mazmun plani - «o`qish quroli» tushunchasini anglatishi, ifodasi yoki ifoda plani k, i, t, o, b tovushlaridan tashkil topishidir), grammatik so`z, yoki so`z shakl grammatik ma’no ham grammatik ifoda (shakl) birliogidan iboratdir. Jumladan, kitob so`zi «o`qish quroli» tushunchasidan tashqari ot, birlik son, bosh kelishik tushunchalarini ham bildiradi. Bunda kitob so`zining «o`qish quroli» tushunchasini ifodalashi uning leksik ma’nosi sanaladi va shu so`zning otga mansubligi, birlik son va bosh kelishikda ekani uning grammatik ma’nosidir. So`zning grammatik ma’nosi uning leksik ma’nosi bilan belgilanmaydi. Masalan, suv, havo, shamol, bulut kabi so`zlarning leksik ma’nolari turlicha, lekin grammatik ma’nolari bir xil, ya’ni bularning barchasi birlik, bosh kelishikdagi otlardir. Aksincha, birgina leksik so`z, leksema, ma’lum leksik ma’no anglatgani holda turli shakllarda qo`llanib, har xil grammatik ma’noni ifodalashi mumkin. Masalan, o`qimoq fe’lining tuslanishli shakllari turli grammatik ma’nolarni bildiradi: o`qiyapman so`z shakli hozirgi zamon davom fe’lining I shaxs birlik ma’nosini, o`qiyapsan so`z shakli hozirgi zamon davom fe’lining II shaxs birlik ma’nosini va h.k. Demak, so`zning ma’lum turkumga mansubligini ko`rsatuvchi, so`zning ma’lum bir grammatik shaklini ifodalaydigan ma’no grammatik ma’no hisoblanadi. Ko`rinadiki, grammatik ma’no o`z xususiyatiga ko`ra ikki xil bo`ladi: 1) ma’lum bir so`z turkumi uchun umumiy bo`lgan ma’no, ya’ni kategorial grammatik ma’no; 2) xususiy grammatik ma’no so`zining kategorial grammatik ma’nosi ma’lum so`z turkumlari uchun xos bo`lgan umumiy grammatik ma’nolardir. Masalan, non, suv, uy, dala so`zlarining har biriga xos bo`lgan ma’no – leksik ma’no. Ammo ularning barchasi uchun umumiy bo`lgan ma’no ya’ni predmet ma’nosi grammatik ma’nodir. Ayni shu umumiy grammatik ma’no ularni bir turkumga, ya’ni ot turkumiga birlashtiradi. Shuningdek, chiroyli, dono, fozil, kamtarin so`zlari uchun umumiy bo`lgan belgi ma’nosi va o`qi, o`rgan, mehnat qil, bor, kel so`zlari uchun umumiy bo`lgan harakat ma’nosi kategorial grammatik ma’no sanaladi.
 
 
So`zning xususiy grammatik ma’nosi ma’lum bir so`z turkumi uchun mansub 
bo`lib, bunday ma’noga otlarga xos bo`lgan son, egalik, kelishik ma’nolari, fe’llarga 
xos bo`lgan nisbat, mayl, zamon, shaxs-son, bo`lishli – bo`lishsizlik kabi ma’nolar 
kiradi.  
  
 Grammatik ma’noni ifodalash vosita va usullari 
 
O`zbek tilida grammatik ma’no quyidagi vosita va usullar bilan ifodalanadi: 
1. Affiksatsiya. Bunda grammatik ma’no so`zning negiziga turli shakl 
yasovchi affikslarni qo`shish bilan ifodalanadi: maktablar, maktabga, oddiyroq, 
ishlandi va h.k.  
2. Yordamchi so`zlardan foydalanish. Mustaqil ma’noli so`zlar yordamchi 
so`zlar orqali grammatik ma’noga ega bo`lishi mumkin: Daraxt mevasi bilan 
ko`rkam, odam - mehnati bilan. (maqol) 
3. Takrorlash. So`zlarni takrorlash ham grammatik ma’noni ifodalashga 
xizmat qiladi: dasta-dasta gul, xirmon-xirmon paxta kabi. Bunda dasta, xirmon 
so`zlarini takrorlash bilan ko`plik, mo`llik ma’nosi ifodalangan.  
4. Suppletivizm. Bu - o`zaro bog`langan, ma’lum bir tizimni tashkil qilgan 
grammatik ma’nolarni ifodalash uchun alohida-alohida so`zdan foydalanish usuli. 
Masalan, o`zbek tilida bir grammatik tizimni hosil qiladigan I va II shaxs kishilik 
olmoshlarining birligi men va sen so`zlari orqali, ko`pligi biz va siz so`zlaori orqali 
ifodalanadi. 
5. Urg`u so`zining grammatik ma’nosini ifoda qilish uchun xizmat qilishi 
mumkin: akadé́́́mik (ot), - akademí́́́́́k (sifat), yangí́́́ (sifat) – yá́́́ngi (ravish), termá́́́ 
(sifat) – té́́́rma fe’l ning bo`lishsiz shakli. 
6. So`z tartibi. So`zlarning gapda oldinma-keyin kelish ham ba’zan 
grammatik ma’no ifodalashga yordam beradi. Masalan:     1. Ajoyib odamlar. 2. 
Odamlar ajoyib. Birinchi gapda ajoyib so`zi otdan oldin kelib sifatlovchi vazifasini, 
ikkinchi gapda ushbu so`z otdan keyin kelib kesim vazifasini bajargan. 
7. Ohang ham grammatik ma’no ifodalashda katta ahamiyatga ega. Bunda 
grammatik ma’no so`zlarning gap sifatida shakllanishi bilan bog`liq. Masalan: 
So`zning xususiy grammatik ma’nosi ma’lum bir so`z turkumi uchun mansub bo`lib, bunday ma’noga otlarga xos bo`lgan son, egalik, kelishik ma’nolari, fe’llarga xos bo`lgan nisbat, mayl, zamon, shaxs-son, bo`lishli – bo`lishsizlik kabi ma’nolar kiradi. Grammatik ma’noni ifodalash vosita va usullari O`zbek tilida grammatik ma’no quyidagi vosita va usullar bilan ifodalanadi: 1. Affiksatsiya. Bunda grammatik ma’no so`zning negiziga turli shakl yasovchi affikslarni qo`shish bilan ifodalanadi: maktablar, maktabga, oddiyroq, ishlandi va h.k. 2. Yordamchi so`zlardan foydalanish. Mustaqil ma’noli so`zlar yordamchi so`zlar orqali grammatik ma’noga ega bo`lishi mumkin: Daraxt mevasi bilan ko`rkam, odam - mehnati bilan. (maqol) 3. Takrorlash. So`zlarni takrorlash ham grammatik ma’noni ifodalashga xizmat qiladi: dasta-dasta gul, xirmon-xirmon paxta kabi. Bunda dasta, xirmon so`zlarini takrorlash bilan ko`plik, mo`llik ma’nosi ifodalangan. 4. Suppletivizm. Bu - o`zaro bog`langan, ma’lum bir tizimni tashkil qilgan grammatik ma’nolarni ifodalash uchun alohida-alohida so`zdan foydalanish usuli. Masalan, o`zbek tilida bir grammatik tizimni hosil qiladigan I va II shaxs kishilik olmoshlarining birligi men va sen so`zlari orqali, ko`pligi biz va siz so`zlaori orqali ifodalanadi. 5. Urg`u so`zining grammatik ma’nosini ifoda qilish uchun xizmat qilishi mumkin: akadé́́́mik (ot), - akademí́́́́́k (sifat), yangí́́́ (sifat) – yá́́́ngi (ravish), termá́́́ (sifat) – té́́́rma fe’l ning bo`lishsiz shakli. 6. So`z tartibi. So`zlarning gapda oldinma-keyin kelish ham ba’zan grammatik ma’no ifodalashga yordam beradi. Masalan: 1. Ajoyib odamlar. 2. Odamlar ajoyib. Birinchi gapda ajoyib so`zi otdan oldin kelib sifatlovchi vazifasini, ikkinchi gapda ushbu so`z otdan keyin kelib kesim vazifasini bajargan. 7. Ohang ham grammatik ma’no ifodalashda katta ahamiyatga ega. Bunda grammatik ma’no so`zlarning gap sifatida shakllanishi bilan bog`liq. Masalan:
 
 
Hamma keldi. (Darak gap) - Hamma keldi? (so`roq gap) - Hamma keldi! (undov 
gap). 
  
So`zning grammatik shakli 
 
So`zning biror grammatik ma’no ifodalaydigan ko`rinishi uning grammatik 
shakli deyiladi. Grammatik shakl grammatik ma’noni ifodalashning eng zaruriy 
sharti, tilda ular biri ikkinchisiz mavjud bo`lmaydi. Masalan, otlardagi ko`plik 
ma’nosi –lar affiksli shakl orqali ifodalanadi: gullar; tushum kelishigi ma’nosini –
ni affiksli shakl ko`rsatadi va h.k. 
O`zbek tilida so`zlar bir grammatik ko`rsatkichli, ko`p grammatik 
ko`rsatkichli yoki grammatik ko`rsatkichsiz shaklda bo`lishi mumkin. Masalan: 
mamlakat – grammatik ko`rsatkichsiz so`z shakli; mamlakatlari – bir grammatik 
ko`rsatkichli so`z shakli; mamlakatlarida – ko`p grammatik ko`rsatkichli so`z shakl. 
Hozirgi o`zbek tilida so`zlarning grammatik shakllari affikslar, yordamchi 
so`zlar vositasida, so`zlarni juftlash yoki takrorlash orqali hosil qilinadi. SHunga 
ko`ra so`zlarning quyidagi grammatik shakllari farqlanadi: 
1. Sintetik shakl. Bu shakl shakl yasovchi affikslar vositasida hosil bo`ladi: 
kitobning, kitobni, kitobga, kitobda; o`qimoqdaman, o`qimoqdasan, o`qimoqdamiz, 
o`qimoqdasiz kabi. 
2. Analitik shakl. Mazkur shakl yordamchi so`zlar orqali yuzaga keladi: 
bolalar uchun, zavq bilan, o`qib tur, o`qib ko`r kabi. 
3. Juft va takroriy shakl. Ikki so`zni juftlash yoki bir so`zni takrorlash bilan 
ham grammatik shakl yasaladiki, bunday shakl juft va takroriy shakl deb yuritiladi: 
tog`-tosh, katta-kichik juft shakli umumlashtirish ma’nosini, savat-savat (non), tog`-
tog` (paxta) takrorlash shakli ko`plik, mo`llik ma’nosini ifodalaydi, katta-katta, tez-
tez takroriy shakl ma’noni kuchaytirish uchun xizmat qiladi. 
Demak, so`zning u yoki bu shakli maxsus vosita va usullar yordamida yuzaga 
keladi. Ammo o`zbek tilida so`zlarning maxsus grammatik ko`rsatkichga ega 
bo`lmagan shakllari ham mavjud. Masalan:  
institutlar – institut Ø (birlik son); 
institutda – institut Ø (bosh kelishik); 
Hamma keldi. (Darak gap) - Hamma keldi? (so`roq gap) - Hamma keldi! (undov gap). So`zning grammatik shakli So`zning biror grammatik ma’no ifodalaydigan ko`rinishi uning grammatik shakli deyiladi. Grammatik shakl grammatik ma’noni ifodalashning eng zaruriy sharti, tilda ular biri ikkinchisiz mavjud bo`lmaydi. Masalan, otlardagi ko`plik ma’nosi –lar affiksli shakl orqali ifodalanadi: gullar; tushum kelishigi ma’nosini – ni affiksli shakl ko`rsatadi va h.k. O`zbek tilida so`zlar bir grammatik ko`rsatkichli, ko`p grammatik ko`rsatkichli yoki grammatik ko`rsatkichsiz shaklda bo`lishi mumkin. Masalan: mamlakat – grammatik ko`rsatkichsiz so`z shakli; mamlakatlari – bir grammatik ko`rsatkichli so`z shakli; mamlakatlarida – ko`p grammatik ko`rsatkichli so`z shakl. Hozirgi o`zbek tilida so`zlarning grammatik shakllari affikslar, yordamchi so`zlar vositasida, so`zlarni juftlash yoki takrorlash orqali hosil qilinadi. SHunga ko`ra so`zlarning quyidagi grammatik shakllari farqlanadi: 1. Sintetik shakl. Bu shakl shakl yasovchi affikslar vositasida hosil bo`ladi: kitobning, kitobni, kitobga, kitobda; o`qimoqdaman, o`qimoqdasan, o`qimoqdamiz, o`qimoqdasiz kabi. 2. Analitik shakl. Mazkur shakl yordamchi so`zlar orqali yuzaga keladi: bolalar uchun, zavq bilan, o`qib tur, o`qib ko`r kabi. 3. Juft va takroriy shakl. Ikki so`zni juftlash yoki bir so`zni takrorlash bilan ham grammatik shakl yasaladiki, bunday shakl juft va takroriy shakl deb yuritiladi: tog`-tosh, katta-kichik juft shakli umumlashtirish ma’nosini, savat-savat (non), tog`- tog` (paxta) takrorlash shakli ko`plik, mo`llik ma’nosini ifodalaydi, katta-katta, tez- tez takroriy shakl ma’noni kuchaytirish uchun xizmat qiladi. Demak, so`zning u yoki bu shakli maxsus vosita va usullar yordamida yuzaga keladi. Ammo o`zbek tilida so`zlarning maxsus grammatik ko`rsatkichga ega bo`lmagan shakllari ham mavjud. Masalan: institutlar – institut Ø (birlik son); institutda – institut Ø (bosh kelishik);
 
 
ishlama – ishla Ø (bo`lishli fe’l shakli) kabi. 
 
So`zning shakllari tizimida ko`rsatkichga ega bo`lmagan so`zning maxsus 
ko`rinishi nol ko`rsatkichli (Ø ko`rsatkichli) shakl deb yuritiladi. So`zning bunday 
ko`rinishi so`z shakllari tizimida belgilanadi. 
So`zning grammatik shakllari tizimi paradigma (yunoncha paradeima – 
«namuna») deyiladi. 
Paradigma o`z xususiyatiga ko`ra ikki turga bo`linadi: 1) xususiy paradigma, 
2) to`liq paradigma. 
Bir turkumga oid so`zning muayyan shakllari tizimi xususiy paradigmani 
yuzaga keltiradi. Masalan, otlardagi son paradigmasi (kitob-kitoblar), kelishik 
paradigmasi (kitob – kitobning – kitobni – kitobga – kitobda - kitobdan) va boshqalar 
xususiy paradigmalar hisoblanadi. 
Bir turkumga xos xususiy paradigmalar yig`indisi to`liq paradigmani hosil 
qiladi. Masalan, otga xos to`liq paradigma: kitob-kitoblar-kitob-kitobning-kitobni-
kitobga-kitobda-kitobdan-kitobim-kitobing-kitobi-kitobimiz-kitobingiz... Bunda son, 
kelishik va egalik paradigmalari to`liq paradigmani tashkil etgan.  
 
Grammatik kategoriya 
 
Bir-biriga qiyosan olinadigan ikki yoki undan ortiq grammatik ma’no bilan 
shu ma’noni ifodalovchi grammatik shakllar tizimi grammatik kategoriya deyiladi. 
Grammatik kategoriya so`zlarni, so`z shakllarni, so`z o`rinlarini, so`z 
qurilmalarini 
birlashtiradi, 
umumlashtiradi. 
Shunga 
ko`ra 
grammatik 
kategoriyalarning to`rt turi farqlanadi: 1) so`zning grammatik kategoriyalari; 2) so`z 
shakllarning 
grammatik 
kategoriyalari; 
3) 
so`z 
o`rinlarining 
grammatik 
kategoriyalari; 4) so`z qurilmalarining grammatik kategoriyalari. 
So`z va so`z shakllarning grammatik kategoriyalari tizimi tilning 
morfologiyasini tashkil etsa, so`z o`rinlari va so`z qurilmalarining grammatik 
kategoriyalari tizimi tilning sintaksisini tashkil etadi. 
Demak, grammatik kategoriyalarni morfologik kategoriyalarga va sintaktik 
kategoriyalarga ajratish mumkin. 
ishlama – ishla Ø (bo`lishli fe’l shakli) kabi. So`zning shakllari tizimida ko`rsatkichga ega bo`lmagan so`zning maxsus ko`rinishi nol ko`rsatkichli (Ø ko`rsatkichli) shakl deb yuritiladi. So`zning bunday ko`rinishi so`z shakllari tizimida belgilanadi. So`zning grammatik shakllari tizimi paradigma (yunoncha paradeima – «namuna») deyiladi. Paradigma o`z xususiyatiga ko`ra ikki turga bo`linadi: 1) xususiy paradigma, 2) to`liq paradigma. Bir turkumga oid so`zning muayyan shakllari tizimi xususiy paradigmani yuzaga keltiradi. Masalan, otlardagi son paradigmasi (kitob-kitoblar), kelishik paradigmasi (kitob – kitobning – kitobni – kitobga – kitobda - kitobdan) va boshqalar xususiy paradigmalar hisoblanadi. Bir turkumga xos xususiy paradigmalar yig`indisi to`liq paradigmani hosil qiladi. Masalan, otga xos to`liq paradigma: kitob-kitoblar-kitob-kitobning-kitobni- kitobga-kitobda-kitobdan-kitobim-kitobing-kitobi-kitobimiz-kitobingiz... Bunda son, kelishik va egalik paradigmalari to`liq paradigmani tashkil etgan. Grammatik kategoriya Bir-biriga qiyosan olinadigan ikki yoki undan ortiq grammatik ma’no bilan shu ma’noni ifodalovchi grammatik shakllar tizimi grammatik kategoriya deyiladi. Grammatik kategoriya so`zlarni, so`z shakllarni, so`z o`rinlarini, so`z qurilmalarini birlashtiradi, umumlashtiradi. Shunga ko`ra grammatik kategoriyalarning to`rt turi farqlanadi: 1) so`zning grammatik kategoriyalari; 2) so`z shakllarning grammatik kategoriyalari; 3) so`z o`rinlarining grammatik kategoriyalari; 4) so`z qurilmalarining grammatik kategoriyalari. So`z va so`z shakllarning grammatik kategoriyalari tizimi tilning morfologiyasini tashkil etsa, so`z o`rinlari va so`z qurilmalarining grammatik kategoriyalari tizimi tilning sintaksisini tashkil etadi. Demak, grammatik kategoriyalarni morfologik kategoriyalarga va sintaktik kategoriyalarga ajratish mumkin.