Gruntshunoslik, Gruntlarning xossalari va ko`rsatkichlari.
Ma’ruza rejasi:
1. Gruntlarning suv chiqarish xususiyatlari va ularni aniqlash.
2. Gruntlarning deformatsiyalanish xossalari.
3. Gruntlarning deformatsiyalanish kursatkichlarini aniqlash usullari.
4. Monolit nima? . Monolit turlari.
5. Monolit (namuna)larni olish usuli.
Kalit so‘zlar:
Monolit, gidroizogipsa, gravitatsion suvlar, kaplyar suvlar, molekulyar suvlar,
gigroskopik suvlar.
Ma’ruzaning bayonida qo‘llaniladigan texnik jihoz va ko‘rgazmali
vositalar:
Kompyuter, videoproyektor (taqdimot uchun), tarqatma materiallar.
Ma’ruzada qo‘llanilgan metodika (ped.texnologiya):
“Taqdimot” metodi o‘rganiladigan mavzu mohiyatini kompyuter
xizmatidan foydalanilgan holda slaydlar majmuasi yordamida ochib berilishini
ta’minlaydi. Metodni qo‘llashda mavzuning asosiy g‘oyalari, tayanch tushnchalari,
muhim xususiyatlari kichik matn, jadval, tasvir, sxema, rasm va diagrammalar
asosida yoritiladi. Ushbu metod talaba (o‘quvchi)larda mavzu mazmunini obrazli,
1
yaxlit tarzda o‘zlashtirish ko‘nikmalarini shakllantiradi.
“Aqliy hujum” metodi talabalarda mavzu (masala, muammo) xususida
keng va har tomonlama fikr yuritish hamda o‘z tasavvurlari va g‘oyalaridan
ijobiy foydalanish borasida ma’lum ko‘nikma hamda malakalarni hosil qilishga
rag‘batlantiradi. Bu metod yordamida tashkil etilgan mashg‘ulotlar jarayonida
ixtiyoriy muammolar yuzasidan bir necha orginal yechimlarni topish imkoniyati
tug‘iladi. Mazkur metod tanlab olingan mavzular doirasida ma’lum qadriyatlarni
aniqlash va ularga muqobil bo‘lgan g‘oyalarni tanlash uchun sharoit yaratadi.
Mashg‘ulot jarayonida ushbu metoddan foydalanishda quyidagi qoidalarga
amal qilish talab etiladi:
1. Talabalarni muammo doirasida keng fikr yuritishga undash, ularning
mantiqiy fikrlarni bildirishlariga erishish.
2.Har bir talaba tomonidan bildirilayotgan fikrlar rag‘batlantirilib boriladi.
Bildirilgan fikrlar orasidan eng maqbullari tanlab olinadi. Fikrlarning
rag‘batlantirilishi navbatdagi-yangi fikrlarning tug‘ilishiga olib keladi.
3. Har bir talaba o‘zining shaxsiy fikrlariga asoslanishi va ularni o‘zgartirishi
mumkin. Avval bildirilgan fikrlarni umumlashtirish, turkumlashtirish yoki ularni
o‘zgartirish ilmiy asoslangan fikrlarning shakllanishiga zamin hozirlaydi.
4. Mashg‘ulot jarayonida talabalar faoliyatini standart talablar asosida nazorat
qilish, ular tomonidan bildirilayotgan fikrlarni baholashga yo‘l qo‘yilmaydi.
Ularning fikrlari baholanib borilsa, talabalar diqqatlarini shaxsiy fikrlarini himoya
qilishga qaratadilar, oqibatda yangi fikrlar ilgari surilmaydi. Metodni qo‘llashdan
ko‘zlangan asosiy maqsad talabalarni muammo bo‘yicha keng fikr yuritishga
undash ekanligini yodda tutgan holda ularning faoliyatini baholab borishdan voz
kechish maqsadga muvofiqdir.
Mavzuning dolzarbligi:
Qurilish maydonlarining mustaxkamligini ta’minlash uchun gruntlarning
deformatsiyalanish, surilish, siqilishga qarshiligi yerning ichki va tashqi qismlarida
sodir bo‘ladigan geologik va muxandislik geologik jarayonlarning tarqalish
2
qonuniyatlarini o‘rganadi, baholaydi va ularning inshoatlarga salbiy ta’sirini
o‘rganib, chora tadbirlar ishlab chiqarish bo‘yicha ilmiy asoslar yaratish
mavzuning asosiy dolzarbligi hisoblanadi.
Maruzaning qisqacha bayoni:
Qurilish materialari yoki imorat va inshootlar zamini sifatida ishlatiladigan
tog‘ jinslari gruntlar deb ataladi.
Gruntshunoslikda qumli va gilli jinslarni o‘rganishga ko‘proq ahamiyat
beriladi. Chunki, bunday jinslarni tashkil etuvchi zarralar o‘zaro bir-biri bilan
mustahkam bog‘lanmagan bo‘lib, ularning orizik va mexanik xususiyatlari vaqt
davomida tabiiy ta’sirlar va odamlarning muhandislik faoliyati ta’siridan o‘zgarib
turadi. Qum va gil jinslar yer yuzasining deyarli 50% maydonini egallagan bo‘lib,
ular asosan qo‘rilishi materialari, imorat va inshootlar poydevori zamini sifatida
ishlatiladi.
Gruntlar muhandis – geologik turlari. Gruntlarning toshqi bosimga
chidamliligi urni tashkil etuvchi zarralar orasidagi bog‘lanishga, o‘zaro
sementlanganlik darajasiga qarab aniqlanadi. Gruntlar quyidagi guruhlarga
bo‘linadi (SniP II – B1 – 72):Tub (skal) gruntlar. Bularga zarralari o‘zaro qattiq,
mustahkam bog‘langan, sementlangan, namlanganda o‘z xususiyatlarini
o‘zgartirmaydigan magmatik (granit, diorit va boshqalar), metamorfik (gneys
kvarsit, marmartosh va boshkalar) va cho‘kindi tog‘ jinslari (ohaktosh, kumtosh,
shag‘altosh va boshkalar) kiradi.
Yarim tub (poluskal) gruntlar. Bularga nurash jarayoniga uchragan, darzliklar
bilan bo‘laklarga bo‘linib ketgan tishloq jinslar va namlanganda zarralar orasidagi
bog‘lanishi tez susayadigan tog‘ jinslari kiradi. Masalan gips, mergel, chig‘anoq
ohaktosh va boshqalar.
Yirik donali (dag‘al) bo‘shok gruntlar . Bular har xil choqiq jins bo‘laklaridan
(>2mm) iboratdir. Ularga shag‘al, chaqilgan tosh, va boshqalar misol bo‘la oladi.
Qumli gruntlar. Bularga zarralari bir-biri bilan, birikmgan, tabiiy namligida
plastiklik xususiyati yo‘k sochma jinslar kiradi. Katta-kichikligi 2 mm dan katta
3
bo‘lgan donachalar jins og‘irligini 50% gacha qismini tashkil qiladi.
Gil gruntlari tabiiy namligida zorralari (<0,01 mm) bir-biri bilan mustahkam
sementlangan, plastiklik xususiyatga (plastiklik soni >1 ) ega bo‘lgan jinslar
(qumloq, qumoq va gil tuproqlar) kiradi.
Yuqorida qayd etilgan gruntlardan tashqari yana mustaqil guruh sifatida
tuproq va gruntlar ajratiladi. Tub (skal) gruntlar magmatik, metamorfik va
cho‘kindi jinslardan iborat. Bularga granitlar, dioritlar, diabazlar, bazaltlar,
traxitlar, marmarlar, kremniyli qumtoshlar, shag‘altoshlar, brekochiyalar,
ohaktoshlar, dolomitlar va boshqalar misol bo‘la oladi. Bu gruntlar tabiatda katta
maydonlarda massiv gruntlar ko‘rinishida yoki darzliklar bo‘yia ajralgan holda
yetadi. Ular tashki kuch ta’siridan siqilmaydi, suvda ivimaydi o‘zidan suv
o‘tkazmaydi.
Suv
faqat
darzliklar
bo‘yicha
harakat
qiladi.
Tub gruntlar nurash darajasiga karab monolit va nuragan jinslarga bo‘linadi.
Monolit gruntlar nurash jarayoniga uchralmagan, yaxlit massiv holdagi yoki oz
nuragan jinslaridan iborat. Nuragan gruntlarga parchalangan, mastdalangan ketgan
kichik-kichik
bo‘laklarga
ajralib
ketgan
jinslar
kiradi.
Tub gruntlarning tashqi kuchlarga qarshilik ko‘rsata olish xususiyati ularning
mustahkamligini ifodlaydi. Gruntlarning mustahkamligini ularning mustahkamlik
chegarasi bilan belgilanadi. Gruntlarning tashqi kuchlar ta’siriga chidamliligi –
mustahkamlik
chegarasi
deyiladi.
Gruntlarning mustahkamlik chegarasini aniqlash uchun laboratoriyada jinslardan
katta –kichikligi 5x5x5 sm dan 10x10x10 sm gacha bo‘lgan kub yoki silindr
shaklida namunalar kesib olinadi. Gruntning mustahkamligi susaya boradi va
tashqi kuch ma’lum bir qiymatga yetganda namuna o‘zining yaxlitligini yo‘qatib
ma’lum yo‘nalish bo‘yicha olinadi. Namuna sindirib yuborgan kuch qiymati
gruntning mustahkamlik chegarasi deyiladi va qo‘yidagi formula bilan ifodalanadi.
R=KRh
Bo‘nda Rh – grunt namlangan holda bir o‘q bo‘ylab siqilish deyiladi.
Agar namuna birdaniga hamma tomondan siqilsa, uch uk bo‘ylab siqilish deb
ataladi.
Tub gruntlarga bir o‘q bo‘ylab siqilishda mustahkamlik chegarasi 5 MPadan yuqori
4
bo‘lgan jinslar kiradi. Magmatik jinslarning siqilishga chedamliligi 80 dan 400
MPa, metamorfik jinslarniki 100...300 MPa teng. Cho‘kindi yo‘l bilan hosil
bo‘lgan tub gruntlakniki turlicha bo‘lib 6 lan (gips, tosh tuzi) 120 MPa gacha
(ohaktosh,
qultosh,
shag‘altosh)
boradi.
Tub gruntlarning bunday mustahkamligi magmaning kristallanishida, jinslarni
metamorfizmga uchrashda ularning strukturalaridagi kristall bog‘lanishning
kuchliligi yoki bo‘shoq jinslar zarralarining qattiq sementlanishiga bog‘liqdir.
Yarim tub gruntlarga nurash jarayoniga uchrab, darzliklar bilan bo‘linib ketgan tub
jinslar kiradi: Masalan: gips, angidrit, tosh tuz, chig‘anok ohaktosh, bo‘r, opoka,
kremniyli gil va kuchsiz sementlangan shag‘altosh, brekchiya, qumtosh va
boshqalar.
Bu jinslar tuzilishi va mustahkamligi bilan boshqa jinslardan ajralib turadi va
namlangandagi
siqilishga
chidamliligi
5
MPa
gacha
boradi.
Yarim tub gruntlarning asosiy qurilish harakteristikasi uchun ularning
mustahkamlik chegarasidan tashqari zichlanish koeffitsiyenti yoki
deformatsiyalanish moduli va surilishga qarshiligini ham bilish zarurdir. Bo‘ndan
tashqari, ularning suvda ivishi va erishini aniqlash lozim. Bizga ma’lumki, ayrim
jinslar (gips, tosh tuz va boshqalar) suvda eriydi, ba’zilari esa gil minerallari
hisobiga yuviydi. Bu esa gruntlarning ko‘pchishiga va zarralar orasidagi
bog‘lanishning
ya’ni
yopishqoqlikning
susayishiga
olib
keladi.
Yarim tub gruntlarning ivishi uning surilishga karshiligini keskin kamaytiradi va
tashki
kuch
ta’siridan
o‘zining
oldingi
shaklini
o‘zgartiradi.
Gruntlar ivishining mikdoriy qiymati jinslarning namlangandagi siqilishga
chidamlilik chegarasini (Rn) nisbati orqali topiladi. Ivish koeffitsiyenti j=RH/Rn.
Agar h0,90 bo‘lsa ivimaydigan, h=0,90...0,75 bo‘lsa o‘rtacha darajada iviydigan.
h0,75
tez
iviydigan
grunt
hisoblanadi.
Yirik donali bo‘shok gruntlar donalari bir-biri bilan birikmangan chaqilgan tosh,
shag‘al,
dresva
kabi
jinslar
kiradi.
Yirik donali bo‘shaq gruntlar tashqi kuchlar ta’siridan muman zichlamaydi va
deformatsiyalanmaydi. Shuning uchun ham ular imorat va inshootlar uchun yaxshi
poydevor
zamini
vazifasini
o‘taydi.
5
Qum gruntlar. Bularga har-xil kattalikdagi, zarralari o‘zaro bog‘lanmagan sochma
qumlar kiradi. Qo‘mlar namlanganda zarralar orasida kuchsiz bog‘lanish paydo
bo‘ladi. Qumlar imorat va inshootlar uchun yaxshi poydevor zamini hisoblanadi.
Gil gruntlar. Gil gruntlar maxsus, o‘ziga xos injener – giologik gruppani tashkil
etadi. Uning asosiy qismi chang va gil zarralaridan iborat. Chang v gil zarralar
nurash zonalarida minerallarning mexanik va ximiyaviy yo‘l bilan
parchalanishidan
paydo
bo‘ladi.
Gil gruntlar qalinligini ko‘payishi ularning zichligini oshishiga va u ham o‘z
vaqtida zarralarning sementlanib bog‘lanishini kupayishiga olib keladi. Natijada gil
jinslardan o‘ta mustahkam, tosh qotgan gilli glanes argillit va shunga o‘xshash tog‘
jinslari
hosil
bo‘ladi.
Gil gruntlar deyarli hamma imorat va inshootlarning poydevor zamini vazifasini
o‘taydi. Ularning asosiy xususiyatlaridan biri tashqi kuch ta’sirida siqilishidir.
Bunday jinslar ustiga qurilgan imorat va inshootlar cho‘kadi.
Gruntlarning fizika mexanikaviy xossalari,holati borasida tushuncha
Tog‘ jinslarining umumiy-fizikaviy xossalariga ularning xaqiqiy zichligi va
zichligi, g‘ovakliligi, granulometrik tarkibi suv o‘tkazuvchanligi, kapillyarligi,
tabiiy namligi, nam
sig‘imi
va
suv beruvchanligi
kiradi.
Tog‘ jinsining quruq og‘irligining xuddi shu hajmdagi 40S da olingan suv
og‘irligiga nisbatan uning xaqiqiy zichligi deyiladi. Tog‘ jinsi haqiqiy zichligining
qiymati shu jinsi tashkil etuvchi minerallarning haqiqiy zichligiga bog‘liq bo‘lib,
uning g‘ovakliligiga va namligiga bog‘liq bo‘lmaydi. Shu sababdan ko‘pchilik tog‘
jinslarining haqiqiy zichligi shu jinslarni tashkil etuvchi minerallarning o‘rtacha
haqiqiy zichligi yaqin bo‘ladi. Tog‘ jinslarini tashkil etuvchi ko‘pchilik
minerallarning haqiqiy zichligi 2,20 dan 3,10 g/sm3 gacha bo‘lib (1- jadval), shu
minerallardan tashkil topgan tog‘ jinslarining o‘rtacha haqiqiy zichligi 2,65-2,70
g/sm3 bo‘ladi.
Tabiiy holatdagi tog‘ jinslarining 1 sm3 hajmidagi og‘irligi uning zichligi deyiladi.
Tog‘ jinslarining zichligi ularning g‘ovakligiga va namligiga bog‘liq. Shu sababli
ularning zichligi hamma vaqt xaqiqiy zichligi kichik bo‘ladi.
Ba’zi tog‘ jinslarining o‘rtacha og‘irligi
6
1-jadval
Tog‘ jinslarining
nomi
Haqiqiy
zichligi
g/sm3
Tog‘
jinslarining
nomi
Haqiqiy zichligi g/sm3
Torf
0,3-0,7
Lyossimon
2,66-2,72
Qora tuproq
2,37-2,46
Tuprok
2,70-2,75
Kvarsli qum
2,63-2,68
Gilmoya
Lyoss
2,64-2,66
va uning qiymati shu jinsining g‘ovaklilik va namlik darajasiga bog‘lik bo‘lib,
namligi qancha yuqori, g‘ovakliligi kam bo‘lsa, uning zichligi) shuncha katta
bo‘ladi. Bundan tashqari, tog‘ jinsining zichligi ham katta bo‘ladi.
Quruq tog‘ jinslarining zichligi nam holdagisiga nisbatan turg‘un holda bo‘ladi.
Shuni nazarda tutib odatda, jinslarning nam holidagi zichligi bilan, quruq holdagi
zichligi ham aniqlanadi. Tog‘ jinslarinigng 105-1100S temperaturada quritilgandan
keyingi zichligi «sklet» zichligi deb ataladi. «Sklet» zichligi tog‘ jinslarining
xaqiqiy zichligi tug‘ri, g‘ovakligiga teskari proporsional, ya’ni xaqiqiy zichligi
sklet
zichligi
kamayadi.
2-jadval
Tog‘ jinslarining nomi
Zichligi
Tog‘ jinslarining nomi
Zichligi
7
g/sm3
g/sm3
Lyoss va lyossimon tog‘
jinslari
1,35-1.65
Qattiq
zichlangan
gilmon
1,75-2,30
Bo‘r (mel)
1.35
Ohaktosh
2,15-2,30
Qum
1.45
Kvarsit
2,50
Qumtosh
1.75-2.65
Dolomit
2,50
1.
–
Haqiqiy
zichligi
-
yoki
govakliksiz
2.
Kumlok,
kumok
zichligi
Skeletning zichligi -
yoki
bunda q1-kuruk jism
massasi, v1 + v2 –xajm.
Namlik -
Govaklik koeffitsiyenti
Bunda L0 –gruntning govaklik koeffitsiyenti, Vn - grunt orasidagi bushlikning
umumiy
xajmi,
-
gruntning
sklet
zichligi.
Govaklik –
Bunda
-grunt
mineral
kismi
zichligi.
8
Suv omborlarini, kanal va ochiq shaxtalarni ishga tushirishda gruntlarning ivishini
aniqlash lozim. Yangi qurilgan, hali ishga tushmagan kanallarning qirg‘oqlaridagi
gruntlar quruq bo‘lsa, ularni namlab shibbalanadi va kanalga suv ochib
yuborguncha qirg‘oqning namligi oshirilib kritik namligidan yuqori qilib turiladi.
Shunday qilingan taqdirda kanalga suv kelganda qirg‘oqlarning ivishi va
yemirilishi sekin bo‘ladi.
Gruntlarning o‘zidan ma’lum miqdorda suvni o‘tkazishi uning suv
o‘tkazuvchanligi deyiladi. Suv o‘tkazuvchanlik filtratsiya koeffitsiyenti bilan
ifodalanadi. Bosim gradiyenti birga teng bo‘lganda ma’lum yuza orqali vaqt
birligida o‘tadigan suv miqdoriga filtratsiya koeffitsiyenti deyiladi va u «K» bilan
belgilanib, mm/sek yoki m/sutkada ifodalanadi. Buni filtratsiya tezligi deb ham
ataladi.
Gruntlarning suv o‘tkazuvchanligi uning g‘ovakligiga va yirik g‘ovaklar
miqdoriga va granulometrik tarkibiga bog‘liqdir. Suv o‘tkazuvchanlik gruntlar
tarkibiga ko‘ra quyidagi yo‘nalishda kamayib boradi: shag‘alqum
qumloqqumoqgil.
Gillardan tashkil topgan gruntlarning suv o‘tkazuvchanligi boshlang‘ich
namligiga bog‘liq. quruq gilli gruntlar avval suvni o‘zidan yaxshi o‘tkazadi,
namligi oshgandan so‘ng suv o‘tkazuvchanligi keskin pasayadi. Namlanganda tez
ko‘pchib ketadigan jinslar suvni kam o‘tkazadi yoki mutloq o‘tkazmaydi.
Gruntlarning suv o‘tkazuvchanligi ularning strukturasiga ham bog‘liq.
Masalan, mikrostrukturali gilli gruntlarda makro mikroagregatli va serg‘ovak
lyosslarga nisbatan suvni yomon o‘tkazadi.
Gruntlarning suv o‘tkazuvchanligi ularning teksturasiga ham bog‘liq.
Shunga ko‘ra gruntlarda suvning tez harakatlanishiga vertikal va gorizontal
yo‘nalish bo‘yicha har xil bo‘ladi. qatlamli gruntlarda suv o‘tkazuvchanlik
qatlamlar yo‘nalishiga qarab har xil bo‘ladi.
Suv o‘tkazuvchanlik gruntlar tarkibining har xilligiga ko‘ra aeratsiya
zonasida ayrim gorizontlarda keskin o‘zgaradi.
9
Bir xil tarkibli jinslarda suv o‘tkazuvchanlik tekis va bir xil tezlikda sodir
bo‘lsa, har xil tarkibli jinslarda suv o‘tkazuvchanlik notekis va har xil tezlikda
sodir bo‘ladi.
Gruntlarning ma’lum miqdordagi suvni sig‘dira olish va uni o‘zida saqlay
olish xususiyatiga nam sig‘imi deyiladi.
Gruntning nam sig‘imi unda saqlanib turgan suv og‘irligining gruntning
skelet og‘irligiga nisbati yoki suv hajmining gruntning umumiy g‘ovakligiga
nisbati bilan ifodalanadi. Bu miqdorlar 100 ga ko‘paytirilsa nam sig‘imi foiz bilan
ifodalangan bo‘ladi.
Grunt qatlamlarida saqlangan suvning miqdori va holatiga ko‘ra nam sig‘imi
to‘liq, kapillyar va maksimal molekulyar bo‘ladi.
To‘liq nam sig‘imi deb gruntlardagi hamma g‘ovaklarning suv bilan
to‘yingan holdagi namligini aytiladi. To‘liq nam sig‘imi grunt suvi joylashgan
gruntlarning suvli qatlamlardagina bo‘lishi mumkin. To‘la nam sig‘imining
miqdori gruntning umumiy g‘ovakligiga teng bo‘ladi.
Kapillyar nam sig‘imi. Gruntlarda ushlanib qolgan kapillyar suvning
miqdoriga kapillyar nam sig‘imi deb ataladi. U grunt suvlarining yotish holatiga,
gruntlarning granulometrik tarkibiga, g‘ovakligiga bog‘liqdir. Granulometrik
tarkibi bir xil gruntlarda kapillyar xoshiya (kayma) doirasida kapillyar namning
miqdori grunt suvlari yuzasidan kapillyar xoshiya chegarasi tomon ko‘ratilgan sari
kamaya boradi. Gruntlarning zarralari yuzasiga singdirilgan
(adsorbsiyalangan) suvning maksimal miqdoriga maksimal molekulyar nam
sig‘imi deb aytiladi. Maksimal moleklyar nam sig‘imi gruntlarning mineralogik va
granulometrik tarkibiga bog‘liq.
Suvga to‘yingan gruntlarning suv berish qobiliyatini uning suv beruvchanligi
deb ataladi. Gruntlarning suv beruvchanligi, suv beruvchanlik koeffitsiyenti bilan
ifodalanadi. qumlarning suv beruvchanligi to‘la nam sig‘imdan maksimal
molekulyar nam sig‘imining ayirmasiga teng.
Gruntlarning suv beruvchanligi uning xiliga, zarralarning katta-kichikligiga,
kovaklarni to‘ldirib turgan material tarkibiga, g‘ovakliligiga va suvning haroratiga
bog‘liq. Yirik donador gruntlar suv beruvchanligi katta bo‘lib, u zarralar
10
kichraygan sari kamayib boradi.
Muxandislik-geologik qidiruv ishlari asosan imorat va inshootlarni qurish
loyihasini asoslash, qurilish maydonlarida yuz beradigan Muxandislik-geologik
o‘zgarishlarning sodir bo‘lish sabablarini va yuzaga keladigan muammolarni
oldindan yechish va to‘g‘ri ma’lumotlarni berish bilan shug‘ullanadi.
Siqiluvchanlik xossalarini asosiy ko‘rsatg‘ichlariga ularning zichlanish
koeffitsiyenti, cho‘kish moduli, nisbiy siqilish moduli va umumiy siqilish
modullari kiradi va ularning miqdori bilan ifodalanadi.
Gruntlarning siqiluvchanlik xossalari laboratoriya va dala sharoitlarida
aniqlanadi. Bular laboratoriya sharoitida kompression uskunalar yordami bilan
olinadi. Tajriba natijasida kompression chiziq orqali ularning ko‘rsatkichlarini
hisoblanadi. Kompression chiziqda ikki ko‘rsatkichdan foydalaniladi. /ovak
koeffitsiyenti va vertikal bosim.
Kompression chiziq deb gruntning vertikal yuk ostida uning hajmini yoki
g‘ovakligini yoki g‘ovaklik kog‘ffitsiyenti o‘zgarishini ko‘rsatuvchi chiziqqa
aytiladi.
Zichlanish koeffitsiyenti g‘ovaklik koeffitsiyenti tashqi siquvchi kuchlari
orasidagi bog‘lanshini ifodalaydi va tashqi kuchning ko‘payishiga qarab o‘zgaradi.
Zichlanish koeffitsiyenti miqdoriga qarab gilli gruntlarni tashqi kuch ta’sirida
qanday zichlanishi aniqlanadi, va siqiluvchanlik darajasi baholanadi. Agar gilli
gruntlarning zichlanish koeffitsiyenti 0,001 dan kichik bo‘lsa, grunt siqilmaydigan
hisoblanadi agar zichlanish koeffitsiyenti 0,001 dan 0,01 gacha bo‘lsa –grunt ozroq
siqiluvchan: 001-0,1-ko‘p siqiluvchan: agar 01 dan katta bo‘lsa grunt ko‘p
siqiluvchan deb hisoblanadi.
Bundan tashqari gruntning zichlanish darajasini professor N.N.Maslov
tavsiya etgan cho‘kish moduli orqali baholash ham mumkin. Cho‘kish moduli 1
metr qalinlikdagi gruntni tashqi kuch ta’sirida siqilish yoki zichlanish miqdorini
bildiradi. Uni miqdori 60 mm/ m dan ko‘p bo‘lsa gilli grunt juda ko‘p siqiluvchi:
20dan 60 mm/m gacha bo‘lsa yuqori darajali siqiluvchi: 6 dan 20 gacha o‘rtacha
siqiluvchan: 1 dan 5 gacha, oz siqiluvchan: 1 bo‘lsa grunt siqiluvchan emas
hisoblanadi.
11