“Gulli o‘simliklarning hayotiy shakllari: daraxt, butalar, yarim butalar, ko‘p yillik, ikki yillik va bir yillik o‘tlar” mavzusidagi
Yuklangan vaqt
2024-03-08
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
12
Faytl hajmi
292,5 KB
“Gulli o‘simliklarning hayotiy shakllari: daraxt, butalar, yarim
butalar, ko‘p yillik, ikki yillik va bir yillik o‘tlar” mavzusidagi
DARS ISHLANMASI
Dars ishlanma uchun annotatsiya
Mazkur dars ishlanma biologiya fani o`qituvchilariga metodik yordam
sifatida yozildi. Ushbu dars ishlanma Davlat ta’lim standartlari asosida
o‘quvchilarning Botanika fanidan “Gulli o‘simliklarning hayotiy shakllari: daraxt,
butalar, yarim butalar, ko‘p yillik, ikki yillik va bir yillik o‘tlar” mavzusi bo`yicha
olgan nazariy bilimlarini mustahkamlashga, shu mavzu yuzasidan ko`nikma va
malaka hosil qilishda yordam beradi. Mavzu oson va qulay tarzda tushuntirilgan.
Botanika ta’limni, u ta’lim jarayonining qaysi bosqichida bo`lishidan qat’iy
nazar, o`quvchilarni mustaqil faoliyatga yo`naltirish asosida tashkil etishi keyingi
tabiiy fanlarning dastlabki bosqichi hisoblanib keyingi bosqichlar uchun tamal
toshi bo‘lib xizmat qiladi.
Ilg`or pedagogik texnologiya asosida “Blist so’rov ” ,“Kichik guruhlarda
ishlash”, “Bahs-munozara”, “Aqliy hujum” kabi qator usullarni qo`llab, yaxshi
natija berishi ta’li sohasida sinovdan o‘tga usullar yosh xususiyatiga ko‘ra
yaxshi samara beradi, shu bilan birgalikda o‘quvchilar bu fan bilan birinchi marta
to‘qnash kelayotganini ham inobatga olgan holdayondashish maqsadga muvofiq
hisobladim. Botanika tabiiy bilimlarni shakllanishiga xizmat qiladi, va ilmiy
dunyoqarashini oshiradi. Mashqlarni taxminiy emas, ongli tarzda bajarishga
undaydi. Shu sabab, darsda “Blits so’rov-misollar bajarish” dan foydalandim.
O`quvchilar kichik guruhlarga bo`linib, har bir savol uchun bir necha
daqiqa davomida bahs yuritadi. Qaysi guruh faolligi kuchli bo`lsa, shu guruh
g`olib sanaladi. Shuningdek, bahs davomida: “Kechirasiz, so`zingizni bo`ldim”,
“Mumkinmi, so`zlasam”, “To`g`ri aytasiz”, “Uzr, fikringizga biroz e’tirozim bor”
kabi jumlalar bilan boshlashlari shart. Bu orqali o`quvchilarning nutq madaniyati
shakllanib boradi. O`quvchilar ikkita guruhlarga bo`linib, har bir guruh yozma ish
bajarishadi. Qaysi guruh faolligi kuchli bo`lsa, shu guruh g`olib sanaladi. Dars
davomida o`tiladigan funksiyalar nomidan kelib chiqib, har bir guruh nomini
himoya qiladi. Dars davomida ilg`or pedagogik texnologiyaladan foydalanib dars
o`tish, darsni unumdorligini ta`minlaydi. O‘quvchilarni hayotiy misollar
tushuntirib berishlari uchun bir qadar imkon berilishi maqsadli shunda
o‘quvchilrni olgan bilamlari ancha mustahkamlanadi va doimo o‘z hayot
yo‘llarida qo‘llay oladi.
Quyida bir soatlik dars ishlanmasini hamkasblarim diqqatiga havola
etmoqdaman.
Sinf: 5
Mavzu. Gulli o‘simliklarning hayotiy shakllari: daraxt, butalar, yarim
butalar, ko‘p yillik, ikki yillik va bir yillik o‘tlar.
Darsning texnologik xaritasi
№
Malaka
talablari
Bilim: Gulli o‘simliklarning hayotiy shakllari: daraxt, butalar, yarim
butalar, ko‘p yillik, ikki yillik va bir yillik o‘tlar.
Ko‘nikma: Topshiriqlar asosida bilimlarni tanish vaziyatlarda
qo‘llash malakasi shakllantiriladi
Malaka: Egallagan ko‘nikmalarni notanish vaziyatlarda qo‘llay
oladi.
Kompitensiya:
Mavzuga oid tushunchalarni tushuna oladi,
biologik tushunchalarni tanish va notanish vaziyatlarda qo‘llay oladi.
Maqsad va
vazifalar
a)Ta’limiy maqsad: O‘quvchilarga berilgan mavzu yuzasidan ilmiy
asoslangan, Davlat Ta’lim Standarti talablariga javob beradigan
bilimlar berib , ularda amaliy ko‘nikmakarni hosil qilib, tegishli
malakalarini shakllantirish.
b)Tarbiyaviy maqsad: O‘quvchilarimizni Ona-Vatanga , tarixiy va
madaniy merosimizga , O‘zbek xalqining buyuk siymolariga , Ota-
onaga muhabbat va milliy iftihor tuygusi ruhida tarbiyalash. Ularda
ekologok madaniyatni shakllantirish va tarbiyalash.
c)Rivojlantiruvchi maqsad: Ilimni amaliyotga tatbiq etish.
O‘quvchilarning bilim va tafakkurini, kitobxonlik malakasini
oshirish,
mustaqil
fikrlash
ko‘nikmalarini
shakllantirish
va
rivojlantirish, biologiya fani va shu sohadagi kasblarga qiziqishlarini
shakllantirish. O‘quvchilarda mavzuga nisbatan qiziqish uyg‘otish,
bilimlarini kengaytirishga erishish.
O‘quv
jarayonini
mazmuni
Darslik bilan tanishtirish mavzuga oid bilimni shakllantirish
O‘quv
jarayonini
amalga
oshirish
texnologiyasi
Metod: Amaliy, nazariy, aralash, noan’aviy, ananaviy
Usul: Aqliy hujum, savol-javob, guruhlarda ishlash
Shakl: yakka va guruhlarga ishlash
Vosita: Darslik? Testlar? Jadavallar, audio va video materilalar,
didaktik va tarqatma materiallar
Nazorat: Og‘zaki, yozma savol-javob test.
Baholash: 5 balli tizim asosida
Kutiladigan
natija
O‘qituvchi: Mavzuni qisqa vaqt ichida o‘quvchilar tomonidan
o‘zlashtirishlariga
erishaman,
o‘quvchi
faolligini
oshiraman,
o‘quvchilarda fanga nisbatan qiziqish uyg‘otaman, o‘quvchilarga
mustaqil o‘rganish va hotirasida saqlash boshqalarga etkaza olish,
savol berish va savollarga to‘g‘ri javoblarga o‘rgataman.
O‘quvchi: O‘quvchilar mavzu yuzasidan bilim va ko‘nikma hosil
qiladilar, mustaqil fikrlay oladilar, qisqa vaqt ichida ma’lumotlarga
ega bo‘ladilar.
Kelgusi
rejalar
O‘qituvchi: Pedagogik texnologiyalarni o‘zlashtirish va darsga tatbiq
etish, takomillashtirish, AKT vositalaridan unumli foydalanish
yo‘llarini o‘rganish, o‘z ustida ishash
O‘quvchi: Mustaqil tadqiqot, izlanishni yo‘lga qo‘yadi, o‘z fikrini
savodli ifodalay olish va do‘stlarini fikrini hurmat qilishga o‘rganish
mavzu asosida qo‘shimcha materiallar izlab topishga harakat qilish,
ularni o‘rganish. Do‘stona muhitda hamkorlikda ishlash ko‘nikmasini
shakllantirish.
Uyga vazifa
Mavzuni o‘qib o‘rganib kelish
Darsning texnik chizmasi
Dars bosqichlari
Vaqt
Tashkiliy qism.
3 daqiqa
Yangi mavzuni boshlashga hozirlik
10 daqiqa
Yangi mavzuni yoritish
12 daqiqa
Guruhlarda ishlash. Yangi mavzuni tahlil qilish
15 daqiqa
Darsni yakunlash
3 daqiqa
Uyga beriladigan topshiriqlar
2 daqiqa
Darsning borishi (reja):
1.Tashkiliy qism:
a) Salomlashish,
b) tozalikni aniqlash,
d) davomatni aniqlash
c) darsga tayyorgarlik ko‘rish va dars rejasi
2. Uyga vazifani so‘rab baholash:
a) og‘zaki so‘rov
b) daftarni tekshirish
v) tarqatma materiallar orqali
g) misollar yechish
e) amaliy.
Yangi mavzu bayoni:
Yer yuzidagi gulli o‘simliklar 533 oila, 13000 turkum va 250 mingdan ortiq turni
o‘z ichiga olishi aniqlangan. Bu o‘simliklarning har biri o‘ziga xos belgilari bilan bir-
biridan farq qiladi.
Gulli o‘simliklarning hammasi ham o‘z hayoti davomida gullab meva tugadi. Ular
ildiz, poya, barg, gul, meva va urug‘lardan tashkil topgan bo‘ladi. Bu ularning o‘ziga
xos belgilari hisoblanadi.
6-rasm. Gulli o‘simlik – g ‘ o ‘ z a :
1-umumiy ko‘rinishi; 2-guli; 3-ko‘sagi; 4-ochilgan ko‘sagi.
7-rasm. Hasharotxo‘r o‘simliklar:
1- nepentes (kuvacha); 2- drosera.
O‘simliklar dunyosi million yillar davomida turlicha iqlim sharoitiga, tuproqqa va
namlikka moslashib shakllangan. Ularning organlari, ichki tuzilishi, ajoyib xossalari,
xususan, hayotiy shakllari, yirik guli va mevasi, ildizi, salobatli shox-shabbasi,
umrboqiyligi, ayrim mayda jonzotlar bilan oziqlanishi, kelgusi naslni o‘z bag‘rida
voyaga yetkazib, mustaqil hayotga yo‘llanma berishi kabi irsiy belgilari bilan necha
asrlardan beri odamlarni o‘ziga jalb etib kelmoqda (7-rasm).
Har bir o‘simlik turining o‘ziga xos ajoyib xossalari bor. O‘simliklarning xilma-
xilligini aks ettiruvchi misollar juda ko‘p. Bularga Seyshel orolidagi o‘n yillar
mobaynida pishib yetiladigan, og‘irligi 25 kg ga yetadigan seyshel palmasi
yong‘oqlari, tanasida 200 l gacha suv saqlaydigan Meksika kaktuslari, Kanar
orollarida 6000 yilgacha umr ko‘radigan ajdar daraxtlari, Sumatra orolidagi diametri
1m ga yetadigan rafleziya kabi ulkan gullar misol bo‘ladi.
Bunday ajoyibotlar o‘lkamizdagi o‘simliklar orasida ham ko‘plab topiladi. Masalan,
jazirama issiqqa bardosh berib, qum uyumlarida o‘sadigan, barglari arang ko‘rinadigan
saksovul va qandim, poyasi suv tagida bo‘lib, guli suv yuzasida ochiladigan nilufar,
hasharotlar bilan oziqlanadigan suv qaroqchisi, tabiat ko‘rki bo‘lgan qizil lola,
ko‘zagul, sallagul, chinnigul va jumagullar (xolmon), noyob mevali o‘simliklardan
pista, bodom, safsanlar, tabobatda ko‘p ishlatiladigan chakanda, isiriq, na’matak,
suvqalampir va boshqalar o‘simliklar dunyosining ajoyib vakillaridir.
Gulning tashqi qavati, odatda, yashil rangli gulkosacha barglar bilan o‘ralgan
bo‘ladi. Ulardan so‘ng rangli gultojbarglar joylashadi. Gulning o‘rta qismida
changchilar, markazida esa urug‘chi joylashadi.
Gulli o‘simliklarning xilma-xilligi ekologik sharoitning o‘zgarishi bilan bog‘liq.
Ular million yillar mobaynida o‘zgarib, yangi muhitga, sharoitga moslasha borgan.
Sharoit o‘zgarishi bilan o‘simliklarda yangi muhitga xos belgilar paydo bo‘lgan va bu
belgilar vaqt o‘tishi bilan sekin-asta mustahkamlangan (irsiylashgan). Natijada maxsus
sharoit- larga moslashgan yangi o‘simliklar (turlar, turkumlar, oilalar) paydo bo‘lgan.
Yangi sharoitga moslasha olmagan o‘simliklar yo‘qolib ketgan.
Bundan 140 million yillar ilgari urug‘li qirqquloqlarning shu davrgacha saqlanib
kelgan vakillaridan gulli o‘simliklar paydo bo‘lgan.