GURUH RAHBARI FAOLIYATINI TASHKIL ETISH VA BOSHQARISH.
Reja:
2.1.Guruh rahbarining shaxs va jamoani o‘rganishi va tarbiyaviy ishlarni olib
borishi.
2.2 Guruh rahbarining shaxs va jamoani o‘rganishi va tarbiyaviy ishlarni
rivojlantirishi.
2.3.. Guruh rahbarining vazifalari va shaxsiy sifatlari.
2.4..Guruh rahbarining pedagogik faoliyati va mahorati
2.5.Guruh rahbarining tarbiyaviy ishlarni rivojlantirishga yo‘naltirilgan
faoliyati
2.6.. Mustaqillik sharoitida tarbiyaviy ishlar jarayoniga va guruh rahbari
faoliyatiga qo‘yilgan talablar.
Hozirgi davrda o‘quv muassasalar va ulardagi o‘quv, tarbiya jamoa
oldida juda katta ijtimoiy ahamiyatga moliq vazifalar qo‘yilmoqda.
Oliy o‘quv yurti yosh avlodning dunyoqarashini tarkib toptirish, g‘oyaviy va
siyosiy jihatdan chiniqtirishi yuksak axloqiy fazilatga ega qilishi mehnatga va ongli
kasb tanlashga tayyorlash lozim. Bu vazifalarni hal qilishda guruh rahbari muhim
rol uynaydi. Chunki u bir guruh sharoitida tarbiyaviy vazifalarni amalga oshirishga
qaratilgan ishlarni tashkil etadi va boshqaradi. Guruh rahbarining ko‘p qirrali
vazifasi va funksiyalari “Ta’lim to‘g‘risida” gi Qonun va “Kadrlar tayyorlash
milliy dasturi”da , “O‘quv yurti ichki nizomlari”da bayon qilingan bo‘lib, unda
o‘qituvchilarga, ota-onalarga va guruh rahbarlariga tavsiyalar berilgan; aqliy,
axloqiy, mehnat, estetik va jismoniy tarbiyaning vazifasi va mazmuni guruhlarga
nisbatan moslashtirilgan.
Ana shunga ko‘ra guruh rahbari quyidagi vazifalarni bajaradi:
1. O‘ziga yuklatilgan guruhda tarbiyaviy ishlarni amalga oshiradi. Bu
vazifani bajarishda u yolg‘iz emas. Shu guruhda dars berayotgan turli fan
o‘qituvchilari bilan yaqin hamkorlikda va ularga suyangan holda o‘quvchilarda
dunyoqarash asoslarini shakllantiradi, axloq tarbiyasini amalga oshiradi.
“Kamolot” tashkiloti xamkorligida, muntazam suratda ularga tayanib va kundalik
ishda yordam uyushtirib talabalar bilan darsdan tashqaridagi xilma-xil ishlarni
tashkil etadi va guruh jamoasini mustahkamlaydi.
2. O‘quvchilarning birligiga bo‘lgan qiziqishini va qobiliyatini o‘stirish, har
bir o‘quvchining individual-ruhiy xususiyatini hisobga olgan holda kasbga
uyunaltirish va hayotiy maqsadlarni shakllantirish – guruh rahbarining alohida
vazifasidir. Ayni paytda u har bir o‘quvchining sog‘ligini mustahkamlashga ham
e’tibor beradi.
3. Guruh rahbarining diqqat markazida talabalarning yuqori darajada
o‘zlashtirishini ta’minlash masalasi turadi. Buning uchun u har bir talabaning
kundalik o‘zlashtirishidan voqif bo‘lib turadi, orqada qolayotganlarga o‘z vaqtida
kechiktirmay yordam uyushtiradi.
4. Guruhdagi talabalarning o‘z-o‘zini boshqarish ishlarini yo‘naltiradi, ular
ishtirokida guruh jamoasining ijtimoiy foydali ishlardagi ishtirokini ta’min etadi,
o‘quv yurti miqyosida uyushtirilayotgan muhim tadbirlarda o‘z guruhining faol
qatnashishini ta’minlaydi.
5. Guruh talabalarining ota-onalari, korxonalar va muassasalardagi, turar
joylardagi oila va o‘quv yurtiga yordam beruvchi homiy mahallalar bilan yaqin
aloqa o‘rnatadi.
6. Guruh rahbari shu guruhda dars berayotgan barcha fan o‘qituvchilari
o‘rtasida, o‘quv yurti bilan oila o‘rtasida talabalarga nisbatan yagona talablar
o‘rnatilishiga erishadi, ota-onalarga pedagogik bilimlar tarqatib, oila bilan o‘quv
yurti o‘rtasidagi aloqani mustahkamlaydi.
7. Guruh rahbari o‘z guruhidagi turli hujjatlarning : guruh jurnali,
o‘quvchilarning reyting daftarchasi, shaxsiy hujjatlari, turli xil reja va hisobotlarni
yuritadi.
Ko‘rinib turibdiki, vazifva keng va murakkab, ularni muvaffaqiyatli hal
qilish guruh rahbarining shaxsiy sifatlariga ham bog‘liqdir. Guruh rahbarining
shaxsiy sifatlariga qo‘yiladigan talablar o‘qituvchiga qo‘uyiladigan farq qilmaydi.
Lekin guruh rahbari asosiy tarbiyachi, bolalar ma’naviy jihatidan andoza oladigan
shaxs bo‘lganligi uchun ham bu talablar uning shaxsiy fazilatiga aylanib ketishi
bilan tarbiyada alohida o‘rin egallaydi.
Tarbiyaviy ishlarning sifat va samaradorligi, avvalo tarbiyachining g‘oyaviy
ishonchiga va siyosiy ongining darajasiga bog‘liq.
Guruh rahbari o‘zining g‘oyaviy-siyosiy ongini oshiradi. Bu guruh rahbariga
bolalarni onglilik ruhida tarbiyalashga, ular orasiga begona ideologiya va yomon
xulqning kirib borishiga qarshi kurasha olish imkoniyatini bera oladi. Guruh
rahbarining axloqiy obro‘si hoyat darajada yuqori bo‘lishi ham bu o‘rinda
muhimdir. Guruh rahbari ana shundagina tarbiyaviy ta’sir kuchiga ega bo‘ladi.
Tarbiyachining shaxsiy fazilatlari, ma’naviy qiyofasi o‘quvchilar ongining va
xulqining shakllanishida katta ta’sir ko‘rsatadi. Guruh rahbari uchun kasbiy malaka
va ko‘nikmalarga ega bo‘lishning o‘zi yetarli emas. O‘z tarbiyaviy faoliyatida
yuksak darajadagi fuqarolik fazilatlari, intizomi va odamiyligi, axloqiy sifatlari
bilan ham ta’sir o‘tkazadi. Chunki tarbiyachilik talanti juda ko‘p sifatlarni chuqur
bilish, keng fikr doirasi, ishga jon dildan ko‘ngil qo‘yish bolalarga bo‘lgan cheksiz
muxabbat, muomalada nazokatlilik, qalb yoshligi, serzavq, temperament, aql va
odoblilik namunasi, aloqada nazokat va sipolik, vazminlik va kamtarlik kabi
fazilatlarning bo‘lishini taqozo qiladi. Bunda yana tarbiyachilik texnikasi qo‘shilsa
ishda muvaffaqiyat ta’minlanishi tabiiydir. Tarbiyachilik texnikasi guruh
rahbarining asosiy qurolidir.
Guruh rahbaridan madaniyat darajasining kengligi, pedagogik odob
talablariga rioya qilish, har bir talaba shaxsini inson sifatidahurmat qilish bilan
unga nisbatan talabchanlikni unutmaslik, tashkilotchilik malakalariga ega bo‘lish,
o‘z malakasini tinimsiz oshirib borish bilan ishga ijodiy yondoshish talab qilinadi.
Muhimi shundaki, guruh rahbarining o‘zi bolalarda tarbiyalamoqchi bo‘lgan
g‘oyaviy-axloqiy g‘oyaga mos bo‘lishi kerak. Tarbiyadagi xatolarning ko‘pligiga
asosiy sabab talabalarning oldiga qo‘yilayotgan talablar tarbiyachi harakterda
hamisha ham namoyon bo‘lavermasligidadir.
Guruh rahbarining maxsus kasbiy va ijtimoiy vazifalariga odilona baho
beruvchi xolis hakam – tarbiyalanuvchilar. Avvalo, guruh rahbarining amaliy
faoliyati faqat yarimi tarbiya texnologiyaga asoslanganligini nazarda tutish kerak.
Uning ikkinchi yarimi bu san’at. Shu tufayli guruh rahbariga qo‘yiladigan dastlabki
talab – unda pedagogik qobiliyat mavjud bo‘lishi kerak. Guruh rahbarining
qobiliyati – bu o‘quvchilar bilan ishlashga ishtiyoq, bolalarga nisbatan muhabbat,
ular bilan bo‘lgan munosabatdan mamnun bo‘lish bilan ifoda bo‘ladigan shaxsning
sifatlari. Qobiliyat faoliyat jarayonida paydo bo‘ladi va rivojlanadi. Qobiliyat
uddaburonlikdan farq qiladi. Malaka va uddaburonlik mashq, o‘qish natijasi
hisoblansa. Qobiliyatning rivojlanishi uchun esa yana iste’dod, layoqat va zehn,
ya’ni inson asab tizimida anatomo-fiziologik xususiyat bo‘lishi ham zarur.
Tarbiyaviy faoliyatning samarali bo‘lishi uchun guruh rahbarida
qobiliyatning quyidagi turlari mavjud bo‘lmog‘i va tarbiyalab yetishtirilmog‘i
lozim:
- tashkiliy – guruh rahbarining o‘quvchilarni jipslashtirish, ularni band qilish,
vazifalar bo‘lib berish, ishni rejalashtirish, qilingan ishlarni jamlash mahoratiga
namoyon bo‘ladi;
- didaktiga oid – o‘rganishga bo‘lgan qiziqish hamda ma’naviy, xissiy istaklarni
rag‘batlantirish, o‘quv bilimini orttirish, faollashtirish mahoratida namoyon
bo‘ladi;
- perseptiv – tarbiyalanuvchilarning ma’naviy dunyosiga singib, ularning
emotsional holatini baholash, ruhiy xususiyatlarini aniqlash mahoratida namoyon
bo‘ladi;
- suggestiv – o‘quvchilarga emotsional ta’sir ko‘rsatishda namoyon bo‘ladi;
- kelajakni ko‘ra bilish - o‘z harakatlarning oqibatini ko‘ra bilishda,
o‘quvchilarda qanday fazilatlarni ro‘yobga chiqarish lozimligini oldindan ayta
olish mahoratida namoyon bo‘ladi;
- tadqiqiy - pedagogik vaziyatlar va jarayonlarni o‘rganish va ob’ektiv baholash
mahoratida namoyon bo‘ladi.
Guruh rahbarining faol jamoatchi sifatida hamisha namuna ko‘rsatishi
muhim ahamiyatga ega. Ayni vaqtda u kommunikativ (kattalar bilan ham, kichiklar
bilan ham tez aloqa o‘rnata olish) qobiliyatga ega bo‘lishi, ro‘y berayotgan fakt va
hodisalarni faqat pedagogik qoidalarga bog‘lab baholashgina emas, balki ro‘y
berish sababiga qarab hukm ham chiqarishi pedagogik optimizmga, ijod qilish
qobiliyatiga ega bo‘lish kerak. Guruh rahbarining eng muhim fazilati – odamlar
bilan tezda til topa olishi, ko‘pchilikka o‘shila bilish, ulfatjonlik, dilkashlik bo‘lib,
bu undagi muomala madaniyatining yuksakligini ifodalaydi. Chunki unga hamisha
odamlar bilan aloqa qilishga, ular bilan ishlashga to‘g‘ri keladi. Hozirgi sharoitdan
kelib chiqqan holda o‘quv-tarbiya jarayonida qulay munosabatlar yaratish uchun
kasbiy jihatdan ahamiyatli asoslar bo‘luvchi guruh rahbarining insoniy xislatlari
muhim ahamiyatga ega bo‘lmoqda.
Guruh rahbari uchun juda muhim xislat – insonparvarlik, ya’ni o‘sayotgan
insonga oliy qadriyat kabi munosabat qilish lozim. Insoniy munosabatlar
o‘quvchiga nisbatan xayrixohlik, unga yordam berish, ularning fikriga quloq
solmoq, uning o‘quvchilik faoliyatiga yuksak talabchanlikdan iborat.
Guruh rahbari doimo faol, ijodkor shaxsdir. U o‘quvchilarning kundalik
hayotini uyushtiruvchi hamdir. O‘quvchilarda qiziqish uyg‘otish, ularni o‘zi bilan
yetaklash faqat yuksak irodali insonning qo‘lidan keladi. Auditoriya, o‘quvchilar
jamoasi kabi murakkab organizmlarga pedagogik rahbarlik qilishi guruh rahbaridan
topqir, zehni o‘tkir, har qanday vaziyatni mustaqil yechishga doim tayyor
bo‘lishligini talab qiladi. Unga kasbiy jihatdan kerakli xislatlardan biri – sabr-toqat
va dadillikdir. O‘qituvchining birdan sarosimaga tushgani, o‘z nochorligini
o‘quvchilar sezmasligi lozim. Shuni hamisha esda tutish kerakki, guruh rahbari o‘z
harakati va axloqini nazorat qilish, hech qachon arzimagan narsalarga
asabiylashmasligi kerak.
Muvaffaqiyatli faoliyat yuritishning birinchi sharti - bu guruh rahbarining
talabchanligi. Dastlab talabni u o‘ziga qo‘yishi kerak, chunki o‘zingda bo‘lmaganni
o‘zgadan talab qila olmaysan. Talabchanligi bilan birga oqilona tarbiyachi ham
bo‘lishi lozim. Pedagogik jarayonlarda yuz berib turadigan keskinliklarni bartaraf
etish uchun tarbiyachiga hazil-mutoyiba tuyg‘usi yordam beradi. Uning ko‘lamida
tayyor hazil, maqol, yaxshi, do‘stona piching – ijobiy emotsional holat yaratishga
imkon berib, o‘quvchilarni o‘ziga jalb qildiradi.
Shaxs axloqini harakterlaydigan belgilardan biri – ma’suliyatdir. Guruh
rahbarining ma’suliyati - tarbiyachining faoliyati va ta’lim-tarbiya jarayonining
aniq vazifalarini ham o‘z ichiga oladi. Tarbiyachi zimmasiga bolaning shaxs
sifatida har tomonlama kamol toptirish ma’suliyati yuklanadi. U o‘quvchiga chuqur
nazariy bilim berishi, uni hayotga, mehnatga tayyorlashi lozim. Shu bilan birga u
o‘quvchidagi mavjud layoqat va qobiliyatni o‘z vaqtida payqab, individual
munosabatda bo‘lishi, unda mavjud bo‘lgan ijobiy axloqiy sifatlarni avaylab
o‘stirishi darkor.
Guruh rahbari o‘quv yurtidagi eng universal pedagogik hisoblanib u
bajaradigan mehnatning o‘lchovi, chegarasi yo‘q. Uning bilmagan ishi uddasidan
chiqa olmaydigan sohasi bo‘lmaydi. Shu bilan bir qatorda, u beg‘araz, xolis va
ta’masiz shaxs bo‘lib, jamoachilik asosida ishlaydi. Guruh rahbari pedagoglar, ota-
onalar va o‘quvchilarni o‘zaro bog‘lovchi shaxs sifatida barcha tomonlarning
nuqtai nazarini hisobga olishi, harakatlarni bir markazga birlashtirishi, o‘zaro
aloqalarning to‘g‘ri bo‘lishiga ta’sir o‘tkazishi va ayni vaqtda o‘zining
pozitsiyasini aniq ta’minlay olishi kerak. Bu esa donolikdir.
Shunday qilib, pedagogik odobga ega bo‘lgan guruh rahbari o‘quvchilar
orasida obro‘ qozonadi. Ustoz qanchalik obro‘ qozonsa, ta’lim va tarbiya
mohiyatan shunchalik muvaffaqiyatli bo‘ladi va aksincha, tarbiyachining sha’ni
qanchalik past bo‘lsa, uning ta’siri shuncha bo‘sh va o‘quvchilarni voyaga
yetkazish jarayoni ham shuncha zaif bo‘ladi.
Yuqori aytib utilgan fazilatlar guruh rahbarining tarbiyaviy ishlari samarasini
oshirishda va uning muvaffaqiyatini ta’minlashga garov bo‘ladi.
2.2 Guruh rahbarining shaxs va jamoani o‘rganishi va tarbiyaviy
ishlarni rivojlantirishi.
Guruh rahbari nihoyatda ma’suliyatli va murakkab vazifani bajaradi. U
guruhdagi tarbiyaviy ishlar tashkilotchisi, talabalarning murabbiysi, guruhni tashkil
etadi hamda kamolot tashkilotchilari, o‘qituvchilar, oila, keng jamoatchilik ahli
bilan birga ish olib boradi.
So‘nggi yillarda guruh rahbarining faoliyati turli shakl va metodlar bilan
boyitildi. Tarbiyaviy ishlarni tashkil etish va o‘tkazishda o‘quv yurti jamoat
tashkilotlarining roli tobora oshirildi. Ideologik muassasalar sifatida o‘quv yurti
oldida muhim tarbiyaviy vazifalar qo‘yilgan, bu esa ayni vaqtda har bir guruh
rahbarining asosiy vazifalari hisoblanadi, shunday qilib, alohida guruh birlashib
o‘quv yurtini tashkil etadilar. Alohida guruh jamoalari qo‘lga kiritgan ta’lim va
tarbiya borasidagi muvaffaqiyatlar butun o‘quv yurti jamoasining muvaffaqiyatini
minlaydi. Shu nuqtai nazardan guruh rahbarining ma’suliyati jamiyat oldida
rahbarlik ma’suliyatidan kam emas. Shunnig uchun o‘quv yurti direktorlari guruh
rahbari vazifasiga tajribali, tashkilotchi, mehnatsevar, mahoratli, yosh avlodni
sevadigan o‘qituvchilarni tayinlab, ular bilan muntazam ish olib boradilar.
Guruh rahbarining muhim vazifalaridan biri – bu talabaning o‘qishga
bo‘lgan havasi, e’tiqodi va bilim, qobiliyatini rivojlantirish, kab-hunarga bo‘lgan
layoqatini, yosh va ruhiy xususiyatlar asosida rivojlantirish, har bir o‘quvchining
bo‘lg‘usi hayoti rejalarini amalga oshirish, talabalarning salomatligini muhofaza
qilishdan iborat. Faollarga ishonish, ularning guruh jamoasi orasida obro‘sini
ko‘tarish, z vaqtida ularga tegishli yordam ko‘rsatish guruh rahbarining bevosita
asosiy vazifasidir.
Guruh jamoasini tashkil etish va tarbiyalash jarayonida guruh rahbarining
tashkilotchilik funksiyasi juda katta ahamiyatga egadir. “Tashkilotchilik”
tushunchasining o‘zi keng ma’noga ega. Maxsus bir maqsadni ko‘zlab u yoki bu
ishni, tadbiriy choralarni tashkil etish guruh rahbaridan katta malaka va maxsus
mahoratni talab qiladi. Tashkilotchilik funksiyasi bir nechta elementlarga
bog‘liqdir.
A. O‘tgan ishlarni tahlil qilish, uning muvaffaqiyati yoki muvaffaqiyatsizligi
sabablarini belgilab olish.
B. Guruhda o‘tkaziladigan barcha ishlar tarbiyaviy harakterga ega bo‘lib,
ma’lum maqsadni ko‘zlab o‘tkazilishi va guruh rahbari turli tarbiyaviy ishlarni
o‘tkazishda oldin shu ishning modelini tuza bilish lozim.
V. Guruh rahbari oldiga qo‘yilgan maqsadga erishish uchun o‘z oldiga aniq
vazifa qo‘ya bilish lozim.
G. Guruh rahbari har bir tarbiyaviy choralarni amalga oshirishda o‘qituvchi
va talabalarning qobiliyatlariga qarab, vazifalarni taqsimlash, ma’lum reja asosida
tarbiyaviy tadbirlarning o‘tkazish o‘rni, vaqti, soati, javobgar shaxslar va
tizimliligini aniqlash lozim.
D.
Ma’lum tarbiyaviy ish bajarishda bajaruvchi kishilarni ish
uchastkalaridagi joy-joyiga qo‘yish, vazifalarni to‘g‘ri taqsimlash, ishga boshqa
o‘qituvchilarni, ota-onalar, talabalar, otalik tashkilotlari va ish ob’ektini aniqlash
lozim.
Guruh rahbarining jamoani tashkil qilish bo‘yicha asosiy faoliyati.
1.
Har bir talabani shaxs sifatida o‘rganish.
2.
Talabalarni guruhda tarbiyalashni tashkil etish.
3.
Talabalarning bilim-tarbiyasini oshirish va ularning tartib intizomini
mustahkamlash.
4.
Guruhda darsdan tashqari ishlarni tashkil etish va o‘tkazish.
5.
Fan
o‘qituvchilarining
tarbiyaviy
ishlarini
birlashtirish
(koordinatsiyalash).
6.
Talabalarning ota-onalari bilan ishlash.
Guruh rahbari fan o‘qituv ishlariga nisbatan tarbiyaning ko‘p qirrali muhim
vazifalarini bajaradi. Shuning uchun uning oldiga juda katta pedagogik va
psixologik talablar ko‘yilgan, bu talablar tarbiyaviy ishlarni yukori darajaga
ko‘tarishda muhim rol o‘ynaydi.
Guruh rahbariga nisbatan ko‘yiladigan talablar : yuqori g‘oyaviylik va
onglilik; guruh rahbari katta obro‘ga, ehtiromga va hurmatga ega bo‘lishi;
pedagogik mahorat; madaniy qobiliyatining mavjudligi; pedagogik odobga ega
bo‘lish; yosh avlodga nisbatan hurmat va ehtiromli bo‘lish; tashkilotchilik malakasi
va mahoratiga ega bo‘lish; tarbiyaviy ishlarga nisbatan ijodiy munosabatda bo‘lish;
guruh rahbari kasbini yuqori ko‘tarish va mustaqil bilim olish qobiliyatiga ega
bo‘lish.
Rasmiy hujjatlarga guruh rahbarining vazifalari qisman bayon qilingan
bo‘lsa ham biz kuyida guruh rahbarining jamoani birlashtirish bo‘yicha vazifalarni
aniq tarzda ko‘rsatishni zarur deb bildik.
Guruh rahbarinig vazifalari:
1.
Talabalarning anatomik, fiziologik va psixologik xususiyatlarini
o‘rganish;
2.
Talabalarning kundalik davomati, odob xulqi va jamoat ishlariga
qatnashishini tekshirib borish;
3.
Talabalarning rejiga rioya qilishlari va uyga berilgan vazifalarni
tayyorlab borishlarini kuzatish;
4.
Guruhda ishlaydigan fan o‘qituvchilari bilan majlislar o‘tkazish;
5.
Darsda talabalar davomatini ta’minlash, guruhdagi va yuquv yurtida
navbatchilikni tashkil etish, xonani jihozlash, honadagi o‘quv asboblarini saqlashga
o‘rgatish, talabalar bilan suhbatlar o‘tkazish;
6.
Guruh majlislarini tizimli o‘tkazish;
7.
“Kamolot” tashkiloti bilan ish rejalariga muvofiq darsdan tashqari
ishlarni tashkil etish;
8.
Talabalar bilan darsdan tashqari o‘qishlari va anjumanlarini o‘tkazish;
9.
Guruh talabalari bilan sport , harbiy vatanparvarlik tarbiyasi borasida
tadbiriy choralar ko‘rish, talabalar sog‘ligini muntazam nazorat qilish, jismoniy
tarbiya o‘qituvchilari, harbiy ta’lim o‘qituvchilari bilan doimiy aloqada bo‘lish;
10.
Talabalarni rag‘batlantirish va zarur vaktlarda ularga nisbatan chora
ko‘rish;
11.
Talabalarning ota-onalari bilan tarbiya borasida doimiy aloqada
bo‘lish va ular bilan individual suhbatlar o‘tkazish;
12.
Talabalarning shaxsiy va guruh rahbariga oid hujjatlarini tartibli olib
borish.
Guruhda tarbiyaviy ishlarga doir masalalarni har tomonlama hal qilish
maqsadida guruh rahbari talabalarining ta’lim olishlari, guruhni uyushtirishining
taxminiy rejasini tuzadiki, bu reja talabalar bilan tizimli ish olib borishga katta
imkoniyatlar yaratib beradi.
2.3.. Guruh rahbarining vazifalari va shaxsiy sifatlari.
Xozirgi davrda akademk litsey, kollej va undagi ukuv, tarbiya jamoa
oldiga juda katta ijtimoiy axamiyatga molik vazifalar kuyilmokda.
Akaedmik litsey yosh avlodning dunyokarashini tarkib toptirish,
goyaviy va siyosiy jixatdan chiniktirishi yuksak axlokiy fazilatga ega kilishi
mexnatga va ongli kasb tanlashga tayyorlash lozim. Bu vazifalarni xal kilishda
guruh rahbari muhim rol uynaydi. Chunki u bir guruh sharoitida tarbiyaviy
vazifalarni amalga oshirishga karatilgan ishlarni tashkil etadi va boshqaradi. Guruh
rahbarning ko‘p kirrali vazifasi «Ta’lim tugrisida» gi Konun va «Kadrlar
tayyorlash milliy Dasturi»da. «O‘quv yurti ichki nizomlari» da bayon kilingan
bulib, unda akademik litsey, kollej direktoriga, tarbiyaviy ishlarning
tashkilotchilariga, ukituvchilarga, ota-onalarga va guruh rahbarlariga tavsiyalar
berilgan; akliy, axlokiy, mexnat, yestetik a jismoniy tarbiyaning vazifai va
mazmuni guruhlarga nisbatan moslashtirilgan.
Ana shunga kura guruh rahbari kuyidagi vazifalarni bajaradi:
O‘ziga yuklatilgan guruhda tarbiyaviy ishlarni amalga oshiradi.
Bu vazifan bajarishda u yolg‘iz emas. Shu guruhda dars dars berayotgan turli
fan ukituvchilari bilan yakin xamkorlikda va ularga suyangan xolda ukuvchilarda
dunyokarash asoslarini shakllantiradi, axlok tarbiyasini amalga oshiradi. Kamolot
tashkiloti xamkorligida, muntazam suratda ularga tayanib va kundalik ishda yorda
uyushtirib talabalar bilan darsdan tashkaridagi xilma-xil ishlarni tashkil etadi va
guruh jamoasini mustaxkamlaydi.
Ukuvchilarning birligiga bulgan kizikishini va kobiliyatini ustirish, har bir
ukuvchining individual –ruxiy xususiyatini xisobga olgan xolda kasbga yunaltirish
– guruh rahbarining aloxida vazifasidir. Ayni paytda u har bir ukuvchining
sogligini mustahkamlashga xam e’tibor beradi.
Guruh rahbarining dikkat markazida talabalarning yukori darajada
uzlashtirishini ta’minlash masalasi turadi. Buning uchun u har bir talabaning
kundalik uzlashtirishidan vokif bulib turadi, orkada kolayotganlarga uz vaktida
kechiktirmay yordam uyushtiradi.
Guruhdagi talabalarning uz-uzini boshkarish ishlarini yunaltiradi, ular
ishtirokida guruh jamoasining ijtimoiy foydali ishlardagi ishtirokini ta’min etadi,
ukuv yurti mikyosida uyushtirilayotgan muhim tadbirlarda uz guruhining faol
katnashishini ta’minlaydi.
Guruh talabalarining ota-onalari, korxonalar va muassasalardagi, turair
joylardagi oila va ukuv yurtia yordam beruvchi xomiy mahallalar bilan yakin aloka
urnatadi.
Guruh rahbari shu guruhda dars berayotgan barcha fan ukituvchilari urtasida,
ukuvchilari urtasida, ukuv yurti bilan oila urtasida talabalarga nisbatan yagona
talablar o‘rnatilishiga erishadi, ota-onalarga pedagogik bilimlar tarkatib, oila bilan
ukuv yurti urtasidagi alokani mustaxkamlaydi.
Guruh rahbari o‘z guruhidagi turli hujjatlarning: guruh jurnali,
uo‘quvchilarning reyting daftarchasi, shaxsiy hujjatlari, turli xil reja va hisobotlarni
yuritadi.
Ko‘rinib turibdiki, vazifa keng va murakkab, ularni muvaffakiyatli xal kilish
guruh rahbarining shaxsiy sifatlariga xam boglikdir. Guruh rahbarlarining shaxsiy
sifatlariga qo‘yiladigan talablar o‘qituvchiga qo‘yiladigan talablardan farq
qilmaydi. Lekin guruh rahbari asosiy tarbiyachi, bolalar ma’naviy jihatidan andoza
oladigan shaxs bulganligi uchun xam bu talablar uning shaxsiy fazilatiga aylanib
ketishi bilan tarbiyada aloxida urin egallaydi.
Tarbiyaviysh ishlarning sifat va samaradorligi, avvalo tarbiyachining
goyaviy ishonchiga va siyosiy ongining darajasiga bogliq.
Guruh rahbari o‘zining g‘oyaviy-siyosiy ongini oshiradi. Bu guruh rahbariga
bolalarni onglilik ruhida tarbiyalashga, ular orasiga yot idealogiya va yomon
xulkning kirib borishiga karshi kurasha olishimkoniyatini bera oladi. Guruh
rahbarining axlokiy obrusi goyat darajada yukori bulishi xam bu urinda muhimdir.
Guruh rahbari ana shundagina tarbiyaviyta’sir kuchiga ega buladi. Tarbiyachiningn
shaxsiy fazilatlari, ma’naviy kiyofasi ukuvchilar ongining va xulkining
shakllanishiga katta ta’sir kursatadi. Guruh rahbari uchun kasbiy malaka va
kunikmalarga ega bulishning uzi yetarli emas. U o‘z tarbiyaviy faoliyatida yuksak
darajadagi fukarolik fazilatlari, intizomi va odamiyligi, axlokiy sifatlari bilan xam
ta’sir o‘tkazadi. Chunki tarbiyachilik talanti juda kup sifatlarni chukur bilish, keng
fikr doirasi, ishga jon dildan kungi qo‘yish, bolalarga bo‘lgan cheksiz muhabbat,
muomalada nazokatlilik, qalb yoshligi, serzavq, temperament, akl va odoblilik
namunasi, alokada nazokat va sipolik, vazminlik va kamtarlik kabi fazilatlarning
bo‘lishini takozo kiladi. Bunga yana tarbiyachilik texnikasi kushilsa ishda
muvaffakiyat ta’minlanishi tabiiydir. Tarbiyachilik texnikasi guruh rahbarining
asosiy kurolidir.
Guruh rahbaridan madaniyat darajasining kengligi, pedagogik odob
talablariga rioya kilish, har bir talaba shaxsini inson sifatida xurmat kilish bilan
unga nisbatan talabchanlikni unutmaslik, tashkilotchilik malakalariga ega bulish,
uz malakasini tinimsiz oshirib borish bilan ishga ijodiy yondoshish talab kilinadi.
Muhimi shundaki, guruh rahbarining uz bolalarda tarbiyalamokchi bulgan goyaviy-
axlokiy goyaga mos bulishi kerak. Tarbiyadagi oldiga kuyilayotgan talablar
tarbiyachi harakterda xamisha xam namoyon bulavermasligidadir.
Guruh rahbarining faol jamoatchi sifatida xamisha namuna kursatishi muhim
axamiyatga ega. Ayni vaktda u kommunikativ (kattalar bilan xam, kichiklar bilan
xam tez aloka urata olish obiliyatiga ega bulishi, ruy berayotgan xodisalarni fakat
pedvgogik koidalarga boglab baxolashgina emas, balki ruy berish sababiga karab
xukm xam chikarishi pedagogik optimizmga, ijod kilish kobiliyatiga ega bulishi
kerak.
Guruh rahbari ukuv yurtidagi eng unievrchal pedagogik xisoblanib, u
bajaradigan mexnatning uochovi, chegarasi yuk. Uning bilmagan ishi uddasidan
chika olmaydigan soxasi bulmaydi. Shu bilan bir katorda u begaraz, xolis va
ta’masiz shaxs bulib, jamoatchilik asosida ishlaydi. Guruh rahbari pedagoglar , ota-
onalar va ukuvchilarni uzaro boglovi shaxs sifatida barcha tomonlarning nukai
nazarini xisobga olishi, harakatlarni bir markazga birlashtirishi, uzaro alokalarning
tugri bulishiga ta’sir utkazishi va ayni vaktda uzining pozitsiyasini anik ta’minlay
olishi kerak. Bu esa donolikdir.
Mana shu fazilatlar guruh rahbarining tarbiyaviy ishlari samarasini
oshirishga va uning muvaffakiyatini ta’minlashga garov buladi.
2.4..Guruh rahbarining pedagogik faoliyati va mahorati
Guruh rahbarining faoliyati ko‘p qirrali va sermazmundir.U o‘zi rahbarlik
qilayotgan guruh o‘quvchilarini tarbiyalash bilan bir qatorda o‘quv yili davomida
nimalar qilish kerakligi,talabalar hayotining nima bilan band qilish va tanlangan ish
turini amalga osh9iroishini bexato aniqlash kabi ancha murakkab muammoni
uechadi.Bu borada guruh rahbariga turli xil manbalar yordam beradi.Guruh
rahbarining ish stolida «Talabalarni tarbiyalash ishining mazmuni» bo‘lishi
kerak.Chunonchi,
-dunyoqarash asoslarini tarkib toptirish;
-siyosiy onglilikni tarbiyalash va ijtimoiy faoliyatni rivojlantirish,
-axloqli, ongli intizomni va xulq madaniyatini tarbiyalash;
-o‘qishga ongli munosabatni tarbiyalash,bilish faolligini va aqliy mehnat
madaniyatini rivojlantirish
-mehnatga va ijtimoiy mulkka munosabatni tarbiyalash, politexnika bilim
doirasini kengaytirish, kasbni ongli tanlashga tayyorlash;
-o‘z huquqini anglab yetishga o‘rgatish,fuqarolik mas’uliyatini tarbiyalash;
-estetik madaniyat asoslarini tarbiyalash va badiiy qobiliyatni rivojlantirish;
-jismoniy barkamollik,salomatlikni,mustahkamlash va sanitariya-gigiena
madaniyati kabi muhim masalalar alohida qayd etiladi.
Guruh rahbarining pedagogik faoliyati va ma horati o‘quv faoliyatida ham,
o‘qishdan tashqari faoliyatda ham zarur bo‘lgan umumiy pedgogik malakalar
majmuidan tashkil topadi.
Xo‘sh, tarbiyachining pedagogik mahorati,texnikasi qanday malakalarni o‘z
ichiga oladi? Ularning pedagogik ta’sir ko‘rsatishdagi roli qanday?
Avvalo, pedagogik texnikaning tarkibiy qismi sifatida pedagogning nutq
malakalarini, ya’ni savodli gapirish, o‘z fikr va his tuyg‘ularini so‘zda aniq
ifodalash malakalarini aytib o‘tish mumkin.
Pedagogik texnikaning boshqa tarkibiy qismi guruh rahbarining mimik va
pantomimik ifodaliligidir. Aniq imo – ishora, ma’noli qarash, rag‘batlantiruvchi
yoki istehzoli tabassum pedgogik ta’sir ko‘rsatishda ko‘p so‘zli tushuntirish yoki
e’tiroz bildirishga qaraganda ancha samarali muomala vositalari bo‘ladi.
Pedagogik o‘zaro ta’sir ko‘rsatishda guruh rahbarining o‘z hissiy holatini
boshqarish, o‘zida eng qulay hissiy jiddiylik darajasini va umidbaxshlik,
xayrixohlik kayfiyatini saqlash, o‘zining hissiy dam olishini tashkil etish mahorati
muhim rol o‘ynaydi. Bu mahorat pedagogning kasbiy jihatdan o‘z – o‘zini nazorat
qilishni ta’minlaydi. Ko‘p yillar davomida sog‘lom asab sistemasini saqlab qolish,
asabiy buzilishlardan, hissiy va aqliy zo‘riqishdan o‘zini tiyishga yordam beradi.
Samarali o‘zaro ta’sir ko‘rsatishni tashkil tish uchun pedagog aktyorlik va
rejissyorlik mahorati tarkibiy qismlarini egallashi zarur, ular pedagogga
tarbiyalanuvchilar bilan muomala qilishda tarbiyalanuvchilarning aql –
idorkigagina emas, balki ularning his tuyg‘ulariga ham ta’sir ko‘rsatishga
yordamlashadi.
Shunday qilib, guruh rahbarining pedagogik texnikasi – bu shunday bir
malakalar yig‘indisidirki, u guruh rahbariga tarbiyalanuvchilar ko‘rib va eshitib
turgan narsalar orqali ulaga o‘z fikrlari va qalbini yetkazish imkonini beradi.
A.S.Makraenko shularni nazarda tutib, «Trabiyachi tashkil etishni, yurishni,
hazillashishni, quvnoq, jahldor bo‘lishini bilishi lozim, u o‘zini shunday tutishi
kerakki, uning har biri harakati tarbiyalasin”, deb yozgan edi. Pedagogik texnikani
egallashning asosiy yo‘llari pedagog rahbarligidagi mashg‘ulotlar (pedagogik
texnikani o‘rganish) va mustaqil ishlash (kasbiy jihatdan o‘z – o‘zini tarbiyalash)
dir. Pedagogik texnika malakalrining individual – shaxsiy tusda ekanligini hisobga
olib, pedagogik texnikani egallashda va uni takomillashtirishda kasbiy jihatdan o‘z
– o‘zini tarbiyalash, ya’ni talabaning o‘zida mohir pedagog shaxsiy fazilatlarini va
kasbiy malakalarini shakllantirishga qaratilgan faoliyat yetakchi rol o‘ynaydi, deb
aytish mumkin.
Pedagogik texnik malakalarini shakllantirishda gruppaviy ish olib borish
alohida rol o‘ynaydi. Pedagogik texnik mashg‘ulotlarining bu shaklini batafsiliroq
ochib berish maqsadga muvofiqdir, chunki u hozirga qadar pedagoglar uchun
muljallangan o‘quv va metodik adabiyotlarda lozim darajada ko‘rsatib berilmagan.
Guruh shaxsning o‘z – o‘zini bilish va o‘z – o‘zini tarbiyalash labaratoriyasi,
pedagogik vazifalarni hal qilishning Yangi usullari tekshirib ko‘riladigan, nazariy
masalalar muhokama qilinadigan tajriba maydoni bo‘lib qolishi mumkin.1
Shu narsa muhimki, guruh qatnashchilari, bo‘lajak pedagoglar kasbiy
jihatdan birga ishlash malakalarini ishlash malakalarni egallashga faol intilishlari,
o‘z – o‘zini bilish va kasbiy jihatdan o‘z –o‘zini tarbiyalash bo‘yicha chuqur ish
olib borishga psixologik jihatdan tayyor bo‘lishlari kerak.
Barcha hollarda ham individual, ham guruhiy mashg‘ulotlar boshlanishidan
oldin pedagogik texnikani egallashning individual dasturi tuzib chiqilishi lozim.
Bunday dasturni tuzish uchun avvalo pedagogik texnika malakalri shakllanishining
boshlang‘ich darajasini aniqlab olish zarur. Biroq tajribaning ko‘rsatishicha,
odatda, mazkur bosqichda faqat malakalar haqidagina emas, shu Bilan birga
dastlab avtomatlashtirlgan (ta’limni boshlash vaqtiga kelib) ko‘nikmalar haqida
ham borishi mumkin ekan. Bular masalan, nafas olish va ovozning tabiiy yo‘lga
qo‘yilishi, to‘g‘ri talaffuz, bundan oldingi tarbiyaning natijasi bo‘lgan savodli,
ifodali nutq, mimik va pantomimik aniqlik va boshqalar bo‘lishi mumkin. Bunday
1 Маҳкамов М. «Бўлажак тарбиячиларнинг педагогик мулоқат маданиятини шакллантириш” номзодлик
диссертацияси. Т., 2005.
ko‘nikmalarning mavjudligi pedagogik texnika malaklarini shakllantirishni ancha
osonlashtiradi.
Oliy o‘quv yurtlaridagi kasbiy tayyorgarlik jarayonida pedagogik texnikani
egallash guruh rahbariga o‘zining kasb yo‘nalishining boshlanishidayoq ko‘pgina
xatolardan holi bo‘lishda, talabalarga ta’lim tarbiya berishning yuksak
samaradorligiga erishishda yordam beradi.
Guruh rahbari vaziyatlarning haddan tashqari xilma – xilligi pedagogdan
ijodiy xulq – atvorni talab qiladi. Pedagogik texnika pedagog malakalarining eng
yaxshi ijodiy xulq atvoriga, boshqacha qilib aytganda, har qanday pedagogik
vaziyatda tarbiyalanuvchilarga samarali ta’sir ko‘rsatishga yordam beradi.
Pedagogik texnika malakalari tarbiyachining individual – shaxsiy
xususiyatlari bilan chambarchas bog‘liqligi faqat bu malakalarning individual tusda
bo‘lishi emas, balki ularning shakllanishi va rivojlanishi pedagog shaxsiga ta’sir
ko‘rsatishda ham nomoyon bo‘ladi. 2
Pedagogik texnikaning yana muhim xususiyatlaridan biri pedagogning
ma’naviy va estetik nuqtai nazarlari tarbiyalanuvchilarga yanada to‘laroq ochib
beriladi. Agar pedagogning nutqi qashshoq va tartibsiz bo‘lsa, agar u bo‘lar
bo‘lmas sabablar bilan o‘z hissiyotlariga erk bersa, didi past, estetik jihatdan omi
bo‘lsa, u holda “eng to‘g‘ri” so‘zlar ham, eng “kerakli” tadbirlar ham
tarbiyalanuvchilarning na aql – idrokiga, na hissiyotiga ta’sir qiladi.
Pedagogik texnika to‘g‘risida aytilganlarning hammasi har bir guruh rahbari
uchun bu texnikani tashkil etuvchi malakalarni egallash nihoyatda zarurligini ochiq
– oydin ko‘rsatib turibdi va bu pedagogik vaziyat hamda san’at bilan bog‘liq.
Chunki inson o‘zining har bir qadamini oldindan ko‘rishi, rejalashtirishi amalda
mumkin bo‘lmaydi. Guruh rahbari ning mehnati – bu behad izlanish va azob –
uqubatli kechinmalar, ilhom va betakror nurlanish oni, ko‘pdan ko‘p kundalik
ishlar, hafsalasi pir bo‘lish va shaxslar birgalikda boshdan kechirilgan quvonchdan
qanoat hosil qilishdir. Pedagogk san’at – bu qandaydir qul bilan tutib
bo‘lmaydigan, fahm – farosat bilan amalga oshiriladigan mahorat mahsulidi.
Xo‘sh, pedagogik mahorat nima va u nimalardan tashkil topadi?
2 Маҳкамов М. «Бўлажак тарбиячиларнинг педагогик мулоқат маданиятини шакллантириш” номзодлик
диссертацияси. Т., 2005.
Pedagogik mahorat fahm – farosat va bilimlarning, chinakam ilmiy,
tarbiyadagi qiyinchiliklarni yengishga qodir bo‘lgan nufuzli rahbarlikning,
shaxslar qalbining qandayligini his qilish mahorati, ichki dunyosi nozik va zaif
bo‘lgan shaxs shaxsiga mohirlik bilan avaylab yondoshishi, donolik va ijodiy
dallilik, ilmiy tahlil, xayol va fantaziyaga bo‘lgan qobiliyat majmuasidir.
Pedagogik mahoratga pedagogik bilimlar, fahm – farosat bilan bir qatorda
pedagogik texnika sohasidagi malakalr ham kiradiki, ular tarbiyaga ozroq kuch
sarflab, ko‘proq natijalarga erishish imkonini beradi.
Pedagogik mahorat nazariyasi va metodikasining ishlab chiqilmaganligi
shunga olib keladiki, pedagoglarning har biri o‘zicha, paypslab ijodiy izlanish olib
boadi, Ayni bir xil savollarni: shaxslar bilan, pedagoglar jamoai bilan qanday qilib
til topish mumkin? Qanday qilib qisqa muddat ichida tarbiyalanuvchilar o‘rtasidagi
munosabatlarning haqqoniy manzarasiga erishmoq kerak? Tarbiyalanuvchilarni
pedagogik talablarni bajarishga qanday qilib majbur etish mumkin? Qanday qilib
yaxshi pedagogik ruhiyatni saqlab qolish va o‘z kuch – qo‘vvatini oqilona sarflash
mumkin? Degan savollarni muttasil takrorlaydi va hakoza.
Bu kabi savollarga javob berish uchun pedagogdan odatdan tashqari kuch –
g‘ayratni, qat’iyatni, tirishqoqlikni, tadqiqotlar olib boirishga intilishni, yangi
vaziyatga, yangi jamoaga kirish qobiliyatini, samimiyatni, to‘g‘rilik va halollikni,
o‘tkir aql idrokni, o‘z topilmalarining qimmatini aniqlash qobiliyatini talab qiladi.
Pedagogika fani bilan tarbiya san’atining o‘zviy aloqadorligi zarurki, u yuksak
kasb mahoratini ta’minlaydi.
Pedagogika fikrlashga o‘rgatadi, murakkab pedagogik muammolarni hal
qilish uchun to‘g‘ri yo‘l yo‘riq va ilmiy asoslangan yo‘llarni ko‘rsatadi,
pedagogning pedagogik ta’sir ko‘rsatish metodikasi va texnikasi bilan
qurollantiradi. Biroq texnikaning tarkibiy qismlari bilan mahorat o‘rtasidagi
nisbatning dialektik muammolarini to‘g‘ri hal qilish uchun tayyor andazalar,
mutloqo aniq tavsiyalar qaerda bo‘lishi mumkin, qaerda bo‘lishi mumkin emas,
degan savolga javob berishi mumkin.
Tarbiyaning maqsadlari, vositalari va natijalari o‘rtasida, shuningdek,
tarbiyalanuvchi va tarbiyachi tafakkuri, motivlari o‘rtasida g‘oyat murakkab
bog‘liqlik bor. Kattalarning maqsadi, odatda, yoshlarning maqsadlari (hatto
strategik maqsadlari) bor. Talabaning rivojlanish mantiqi, uning tafakkuri,
harakatlari bitta nuqtai nazarda, tarbiyachining mantiqi boshqa nuqtai nazarda
turishi mumkin. Bunday variantda hech qanday tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatish
bo‘lmaydi.
Pedagogik faoliyatda vositalar, maqsadlar va natijalarning nisbatini doimo
tahlil qilib borish zarur. Ular uzviy birlikni tashkil etadi, bir – biriga bog‘liq bo‘ladi
va alohida tarzdi amalga oshirilmaydi. Maqsadni amlga oshirish usuli – bo‘lajak
natijadir. Natija yangi vositalarni tanlash, yangi maqsadlarni qo‘yish uchun amaliy
asos hisoblanadi. Tajribada ma’lum darajada qo‘llanilgan har qanday vosita natija
beradi, hatto biror sababga ko‘ra maqsad aniq ifodalanmagan bo‘lsa ham natija
bervermaydi.
Tajribada mavjud bo‘lgan pedagogik vositalarni ikkitasini ko‘rib chiqamiz.
Birinchisi: har qanday pedagogik vosita hamisha bir qator boshqa vositalar,
usullar, shartlar Bilan bog‘liq bo‘ladi, ular pedagogik jarayoning muayyan
bosqichida ta’sir ko‘rsatish natijasini belgilab beradi. Masalan rag‘batlantirish bir
xil jarayonlarni tezlashtirish va boshqarishga to‘siqnlik qilish, turli salbiy va ijobiy
hissiyotlarning turli – tuman ko‘irinishlarini vujudga keltirishi mumkin.
Ikkinchi: ayrim vositalarni qo‘llanish pedagogning ular ta’sirini, mumkin
bo‘lgan o‘zgarishini anglash qobiliyatlariga butunlay bog‘liq bo‘ladi. jamoa
muomala sharoitida vositalarni qo‘llash minut sayin o‘zgarib turadigan vaziyatni
hisobga olish zarurligini taqazo qiladi.
Hozircha biz ko‘proq mavhum kategoriyalardan foydalanamiz. Amaliy
faoliyatda esa vositalar, maqsadlar va natijalar dialektikasi ovozlar shovqini, g‘oyat
turli – tuman ehtiyojlar va da’volarning avj olishi bilan to‘la bo‘ladiki, bu barcha
jonli manzara doimo bir kishining – pedagog tarbiyachining diqqat markazida
bo‘lishi lozim.
Agar pedagogik san’at haqida gapirganda, chamasi, uning asosiy
ko‘rinishlari – talabalarga umidbaxsh faraz bilan yondoshish, talab va ishonchning
birligi, uning shaxsga avayla munosabatda bo‘lish, uni hurmat qilishdan iborat
bo‘lishi mumkin.
Pedagogik umidbaxshlik hatto eng qarovsiz talaba ham o‘zida ko‘pgina
ijobiy narsalarga egadir, degan ishonchga asoslangan.
Pedagogik mahorat o‘ziga talabalar haqidagi, ularning psixologiyasi
to‘g‘risidagi, ta’lim muassasasi haqidagi, ta’lim – tarbiya jarayonini tashkil etish va
uning mazmuni, metodlari haqidagi keng bilimlarni qamrab oladi. Bu bilimlar
umumiy pedagogik madaniyani tashkil etadi, pedagog, tarbiyachi bu madaniyatni
egallamasa, hech vaqt o‘z ishining chinakam ustasi bo‘la olmaydi, eski usuldan, bir
qolipdagi tayyor andazalarni ishlatishdan nariga o‘tmaydi.
Biroq zamonaviy guruh rahbariga birgina umumiy madaniyatning o‘zi
kifoya qilmaydi – maxsus bilimlar va malakalar: talabalarni kuzatish, ularning
o‘sishidagi muhim narsalarni aniqlay olish, bu muhim narsalarni jamiyatda vujudga
kelgan asosiy ijtimoiy g‘oyalar bilan taqqoslash, ularni rivojlantirish yo‘llari va
usullarini aniqlash, turli vositalar, tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatish usullarining o‘zaro bir
– biriga o‘tish dialektikasini chuqur tahlil qilish, pedagogik izlanishlar va
yutuqlarni ilmiy jihatdan bir sistemaga solish malakalari zarur bo‘ladi.
Guruh rahbari yangi tajribalarni o‘rganar ekan, o‘zining hayotiy bilmini, his
etgan va anglagan narsalarini, o‘z tajribasini aslo kamsitmasligi kerak. Guruh
rahbarni keng va dadil tajribachilik ishlariga yo‘llash zarur.
2.5.Guruh rahbarining tarbiyaviy ishlarni
rivojlantirishga
yo‘naltirilgan faoliyati
Guruh rahbari noxoyatda ma’sulyatli va murakkab vazifani bajaradi. U
guruhdagi tarbiyaviy ishlar tashkilotchisi, talabalarning murabbiysi, guruhni
tashkil etadi xamda kamolot tashkilotchilari, o‘qituvchilar, oila, keng jamoatchilik
ahli bilan birga ish olib boradi.
So‘nggi yillarda guruh rahbarining faoliyati turli shakl va metodlar
bilan boyitildi. Tarbiyaviy ishlarni tashkil etish va o‘tkazishda o‘quv yurti
jamoat tashkilotlarining roli tobora oshirildi.
Ushbu ishni tayyorlashdan maqsad o‘quv yurtining guruh rahbariga
xozirgi vaqtda mamlakatda uzluksiz ta’limning yagona tizimini yaratish
borasidagi ish uslublarini har tomonlama keng joriy qilish va metodik yordam
ko‘rsatishdan iboratdir. Ideologik muassasalar sifatida o‘quv yurti oldiga muhim
tarbiyaviy vazifalar ko‘yilgan, bu esa ayni vaqtda har bir guruh rahbarining asosiy
vazifalarni xisoblanadi, shunday qilib. Alohida guruh birlashib o‘quv yurtini
tashkil etadilar. Aloxida guruh jamoalari ko‘lga kiritgan ta’lim va tarbiya
borasidagi muvaffaqiyatlar butun o‘quv yurti jamoasining muvaffaqiyatini
ta’minlaydi. Shu nuqtai nazardan guruh rahbarining ma’suliyati jamiyat oldida
rahbarlik ma’suliyatidan kam emas. Shuning uchun o‘quv yurti direktorlari guruh
rahbari vazifasiga tajribali, tashkilotchi, mexnatsevar, maxoratli, yosh avlodni
sevadigan o‘qituvchilarni tayinlab, ular bilan muntazam ish olib boradilar.
Guruh rahbarining muhim vazifalaridan biri-bu talabaning o‘qishga
bo‘lgan havasi, e’tiqodi va bilim, qobilyatini rivojlantirish, kasb-xunarga bo‘lgan
layoqatini, yosh va ruxiy xususiyatlar asosida rivojlantirish, har bir o‘quvchining
bo‘lg‘usi xayoti rejalarini amalga oshirish, talabalarning salomatligini muxofaza
qilishdan iborat. Faollarga ishonish, ularning guruh jamoasi orasida obro‘sini
ko‘tarish, o‘z vaqtida ularga tegishli yordam ko‘rsatish guruh rahbarining bevosita
asosiy vazifasidir.
Shuningdek,guruh rahbarining tashkilotchilik funksiyasi tarbiya
jarayonida muhim vosita sanaladi.Chunki, tashkilotchilik tushunchasining o‘zi
keng ma’noga ega. Maxsus bir maqsadni ko‘zlab u yoki bu ishni tadbiriy
choralarnitashkil etish guruh rahbaridan katta malaka va maxsus mahoratni talab
qiladi.
Tashkilotchilik funksiyasi bir necha elementlarga bog‘liqdir:
A. O‘tgan ishlarni tashkil qilish, uning muvaffaqiyati yoki
muvaffaqiyatsizligi sabablarini belgilab olish.
B. Guruhda o‘tkaziladigan barcha ishlar tarbiyaviy xaakterga ega bo‘lib,
ma’lum maqsadni ko‘zlab o‘tkazilishi va guruh rahbari turli tarbiy ishlarni
o‘tkazishda oldin shu ishning modelini tuza bilish lozim.
D. Guruh rahbari oldiga qo‘yilgan maqsadga yetishish uchun o‘z oldiga aniq
vazifa qo‘ya bilish lozim.
Ye. Guruh rahbari har bir tarbiriy choralarni amalga oshirishda o‘qituvchi
va talabalarning qobiiliyatlariga qarab, vazifalarni taqsimlash, ma’lum reja asosida
tarbiyaviy tadbirlarning o‘tazish o‘rni, vaqti, soati, javobgar shaxslar va tizimligini
aniqlash lozim.
F. Ma’lumki tarbiyaviy ish bajarishda bajaruvchi kishilarni to‘g‘ri
taqsimlash, ishga boshqa o‘qituvchilarni, ota-onalar, talabalar, otalik tashkilotlari
va ish obektini aniqlash lozim.
Guruh rahbarining asosiy faoliyati esa quyidagilarni bilishni talab etadi.
1. har bir talabani shaxs sifatida o‘rganish.
2. Talabalarning guruhda tarbiyalashni tashkil etish.
3. Talablarning bilim-tarbiyasini oshirish va ularning tartib intizomini
mustahkamlash.
4. Guruhda darsdan tashqari ishlarni tashkil etish va o‘tkazish.
5. Fan o‘qituvchilarning tarbiyaviy ishlarni ( koordinatsiyalash) irlashtirish.
6. Talabalarning oa-onalari bilan ishlash.
7. Guruh rahbari fan o‘qituv ishlariga nisbatan tarbiyaning ko‘p qirrali
muhim vazifalarini bajaradi. Shuning uchun uning oldiga juda katta pedagogik va
psixologik talablar qo‘ygan, bu talablar tarbiyaviy ishlarni yuqori darajaga
ko‘tarishda muhim rol o‘ynaydi.
8. Demak yuqoridagilarga tayangan holda guruh rahbarining faoliyatiga
nisbatan qo‘yilgan talablar quyidagilardan iborat..
1.Yuqori g‘oyafiylik va onglilik.
2 Guruh rahbari katta obro‘ga ehtiromga va hurmatga ega bo‘lishi
3 Pedagogik mahorat
4 Madaniy qobiliyatning mavdudligi
5 Pedagogie odibga ega bo‘lish
6 Yosh avlodga nisbatan hurmat va ehtirom bo‘lish
7 Tashkilotchilik malakasi va mahoratiga ega bqlish
8 Tarbiya ishlariga nisbatan ijodiy munosabatda bo‘lish
9 Guruh rahbari kasbini yuqoriga ko‘tarish mustaqil bilim olish qobiliyatiga
ega bo‘lish.
Rasmiy hujjatlarga guruh rahbarining vazifalari qisman bayon qilingan
bo‘lsa ham biz quyida guruh rahbarining vazifalarini aniq tarzda ko‘rsatishni zarur
deb bildik.
Guruh rahbarining vazifalari:
1.Anatomik, fiziologik va psixologik xususviyatlarini o‘rganish.