HALQUM KASALLIKLARI
HALQUM JAROHATLARI. Halqumning mexanik jarohatlari terining
butunligi buzilgan yoki buzilmaganligiga qarab tashqi va ichki, yopiq va ochiq
jarohatlarga bo‘linadi. Bundan tashqari, botgan yoki botmagan, faqat kirish
teshigi yoki ham kirish, ham chiqish teshigi mavjud bo‘lgan jarohatlar tafovut
qilinadi.
Halqumning ichki jarohati ko‘pincha mexanik ta’sir, termik va kimyoviy
kuyishlar natijasida sodir bo‘ladi. Bola og‘ziga solingan qalam yoki cho‘p bilan
yikilganda yumshoq tanglayni teshilishi, halqum orqa devori shilliq pardasini
yirtilishi va lat yeyishi codir bo‘ladi. Shunga o‘xshash jarohatlar yot jism chiqarib
olinayotganda yoki endoskopiya paytida sodir bo‘lishi mumkin. Hasharotlar,
ayniqsa ari halqum shilliq pardasini chaqishi natijasida qisqa vaqt ichida mahalliy
shish rivojlanib,bemorda bug‘ilish holati yuzaga keladi.
Halqumning yopiq tashqi jarohatlariga lat yeyish, teri osti yirtilishlari kiradi.
Bunday jarohatlar ko‘pincha ko‘cha transport hodisalarida, sport o‘yinlarida sodir
bo‘ladi. Yengil jarohatlarda lat yegan maydon og‘riydi, shishadi va shilliq pardasi
ostiga qon quyilib, ba’zi hollarda teri shilinadi.
Halqumning tashqi jarohati aralash (bo‘yin, kalla suyagi, gavda, qo‘l-
oyoqlarning jarohati bilan birga) va ochiq ( kesilgan, suqilgan, majaqlangan)
jarohatlarga bo‘linadi.
Belgilari. Kasallikning belgilari bir vaqtning o‘zida bir necha a’zolar, masalan
halqum, hiqildoq va qon tomirlar jarohatlanishiga bog‘liq bo‘ladi. Bemorni
og‘zidan so‘lak va qon oqishi, tomog‘i og‘rishi, yutinishi qiyinlashganligiga
shikoyat qiladi. Ba’zan bemorda bo‘yin sohasining shishi va teri osti
emfizemasining klinik belgilari kuzatiladi.
Bemorda og‘riq, qon oqishi, pastki jag‘ va til osti suyagining jarohatida nafas,
nutq, yutinish harakatining buzilishi va teri osti emfizemasi kuzatiladi.
Tashxis bemor shikoyatlarini, kasallikni boshlanishini, jarohat sodir etilgan
vaqti va vaziyatini, kasallik belgilari aniqlash hamda paypaslash, gipo-, mezo-,
epifaringoskopiya, rentgenografiya,kompyuter tomografiya tekshiruvlari natijalari
asosida qo‘yiladi.
Faringoskopiyada bo‘yin
yumshoq to‘qimalari zararlanganligi, jarohat
maydonida shish, gematoma va yallig‘lanish belgilari paydo bo‘lganligi ko‘rinadi.
Burunhalqum, hiqildoq-halqum va jarohat maydoni ko‘zdan kechirilib, yot jism
bor-yo‘qligi aniqlanadi. Jarohat maydonining joylashuviga qarab jarroh yoki
stomatolog maslahati uyushtiriladi, laboratoriya tekshiruvlari o‘tkaziladi.
Davolash tadbirlari otorinolaringologiya yoki reanimatsiya bo‘limida olib
boriladi. Halqumning tashqi jarohatida shoshilinch ravishda qon oqishni to‘xtatish,
nafas olish faoliyatini tiklash, og‘riqsizlantirish va yallig‘lanishga qarshi tadbirlar
o‘tkaziladi. Kuchli arterial qon oqishlarda umumiy uyqu arteriyasi bosilib, jarohat
maydoni ko‘zdan kechiriladi va qonayotgan qon tomir bog‘lanadi.
Halqumning yengil ichki jarohatida jarohat maydoni tozalanib, bemorga
yallig‘lanishga qarshi terapiya buyuriladi. Halqumning shilliq pardasi shilinganda
jarohat maydoniga 3% kumush nitrat eritmasi surtiladi. Yumshoq tanglay yoki
halqumning yon devori yirtilganda jarohat maydoniga chok qo‘yiladi. Bemorga
qoqsholga qarshi zardob yuboriladi. Halqum orti ho‘ppozi rivojlanish havfi
tug‘ilganda bemor vrach nazorati ostida bo‘lishi lozim. Bemor zond orqali
ovqatlantiriladi.
HALQUM
YoT
JISMI. Yot jism og‘izhalqum, burunhalqum yoki
hiqildoqhalqumda tiqilib qolishi ovqatlanish vaqtida yoki yot jism og‘izga
solinganda (tish tozalagich, igna, to‘g‘nag‘ich, tugma va boshqalar) sodir bo‘lishi
mumkin.
Belgilari. Bemorda tomok sohasini og‘rishi, unda suqilish yoki noxushlik his
etish kuzatiladi; ba’zan og‘riq quloq sohasiga tarqalishi, og‘izdan so‘lak oqishi,
qon tupurish, burun orqali nafas olish, yutish harakatlarini qiyinlashishi va yo‘tal
kuzatilishi mumkin.
Tashxis kasallikni boshlanishi, bemorning shikoyatlari, faringoskopiya, bilvosita
laringoskopiya, orqa rinoskopiya va boshqa tekshiruvlar natijalari asosida
qo‘yiladi.
Ko‘pincha o‘tkir uchli yot jism (baliq suyakchalari, igna) murtaklar
cho‘ntaklarida, til negizida, noksimon cho‘ntaklarda tiqilib qoladi.
Murtaklarni ko‘zdan kechirish uchun old ravoqchalar shpatel bilan asta bosilib,
murtaklar ichki tomonga siljitiladi. Odatda yot jism murtakda yoki ravoqchalar
orasidagi shilliq parda burmasida tiqilib qoladi. Ba’zan yot jismning bir uchi
murtak to‘qimasiga suqilgan bo‘lsa, ikkinchi uchi til negiziga tegib turadi.
Bilvosita laringoskopiyada til negizining shilliq pardasi shilinganligi ko‘rinadi. Til
negizi va noksimon cho‘ntakni ko‘zdan kechirish va tiqilib qolgan yot jismni olib
tashlash uchun shilliq pardaga 2% dikain, 10% lidokain sepiladi. Tekshiruvda til
murtagi to‘qimasi hamda til negizi va hiqildoqusti qopqog‘i orasidagi bo‘shliq
holatiga e’tibor beriladi. Noksimon cho‘ntakni ko‘zdan kechirish uchun bilvosita
laringoskopiya (yoki gipofaringoskopiya) tekshiruvi bajariladi. Muolaja bemorning
boshi oldinga yoki yot jism tiqilib qolgan tomonga egilgan holda bajariladi.
Bunda til negizi, hiqildoqhalqumning yon devori, cho‘michsimon tog‘ay,
cho‘michsimon hiqildoq usti qopqog‘i burmalarining shilliq pardasi shishganligi,
zararlangan tomonda noksimon cho‘ntak torayganligi ko‘rinadi.
Zarurat tug‘ilganda rentgenologik, KT yoki MRT tekshiruvlari o‘tkaziladi. Agar
klinik va rentgenologik belgilar noaniq bo‘lib, bemor yutinganda kuchli og‘riq
paydo bo‘lishiga shikoyat qilca, unda yot jism qizilo‘ngachda tiqilib qolganligiga
shubha qilish mumkin.
Davolash. Halqum yot jismi faringoskopiyada uchi egri qisqich yordamida
chiqarib olinadi. Til negizi yoki noksimon cho‘ntakda tiqilib qolgan yot jism
shilliq qavatga 10% lidokain sepilib yoki 2% dikain surtilgandan so‘ng bilvosita
laringoskopiyada hiqildoq kornsangi yordamida chiqarib olinadi.
Yosh bolalarda hiqildoqhalqum yot jismi umumiy og‘riqsizlantirish ostida
bevosita laringoskopiya paytida chiqarib olinadi.
Burunhalqum yot jismlari orqa rinoskopiyada mahalliy og‘riqsizlantirish ostida
kornsang yoki Mikulich qiskichlari yordamida chiqarib olinadi.
HALQUM KUYIShLARI. Halqumning termik va kimyoviy kuyishlari ko‘proq
nazoratsiz qolgan yosh bolalarda sodir bo‘ladi ( nazoratsiz qolgan bola to‘satdan
choynak tumshug‘idan choy yoki qaynoq suvni, sut yoki suyuq ovqatni ichib
qo‘yishi mumkin). Bundan tashqari bola turli suyuqliklarni, shu jumladan
konsentratsiyasi yuqori kislota, ishqor, og‘ir metal tuzini, yod eritmasini,
permanganat kaliy kristallari yoki boshqa zaharli moddalarni ichib yuborishi
mumkin. Kattalar orasida ruhiy holati o‘zgarganda o‘z joniga qasd qilish
maqsadida yuqorida qayd etilgan zaharli moddalarni ichish hollari uchraydi.
Bolalarda og‘iz bo‘shlig‘i va halqum shilliq pardasi kuyishlari hikildoq shilliq
pardasi kuyishiga nisbatan yengilroq kechadi.
Belgilari. Dastlab halqum sohasida kuchli og‘riq paydo bo‘ladi, og‘riq
yutinganda, qusganda va yo‘talganda kuchayadi. Ammiak eritmasi (navshadil
spirt) va sirka kislotaning kuchsiz eritmasi og‘iz bo‘shlig‘i, halqum shilliq
pardalarini yuzaki kuydiradi. O‘tkir kislota yoki ishqor yutib yuborilganda og‘iz
bo‘shlig‘i va halqumning shilliq pardalarida nekroz, devorlarining yemirilishi
kuzatiladi.
Kuyishning I darajasida shilliq pardaning epiteliy qatlami kuyadi, og‘iz
bo‘shlig‘i, tanglay ravoqlari, tilcha, halqum va ba’zan hikildoqqa kirish joyining
shilliq pardasi keskin qizarib, shishadi.
Kuyishning II darajasida bemorda umumiy zaharlanish belgilari kuzatilib,
jarohat maydonida shilliq parda shishib, shishasimon bo‘ladi va nekrotik qarash
bilan qoplanadi.
Kuyishning III darajasida bemorda keskin umumiy zaharlanish belgilari, qon
atsidozi, eritrotsitlar gemolizi rivojlanib, buyrak, jigar, yurak, qon tomir
yetishmovchiligi rivojlanish havfi tug‘iladi. Faringoskopiyada nafaqat shilliq
parda, balki shilliq osti to‘qimalari kuyganligi va chuqur nekroz jarayoni yuz
berganligi, shilliq parda oq karash bilan qoplanganligi ko‘rinadi.
Tashxis kasallikni boshlanishi, bemor shikoyatlari, qaysi zaharli moddani
qanday vaziyatda ichganligi, bemorning umumiy ahvoli, ichgan ichimlikni hidi,
qayt qilingan suyuqlikni xarakteri va boshqa tekshiruvlar natijasini e’tiborga olgan
holda qo‘yiladi. Bemor yutinganda og‘riqni paydo bo‘lishi, nafas olishi va
yutinishi qiyinlashganligi, og‘zidan ko‘p miqdorda so‘lak oqishi e’tiborga olinadi.
Tekshiruv paytida vrach kuyish qachon va qanday vaziyatda sodir bo‘lganligini,
kuydiruvchi moddani va organizmning umumiy zaharlanish darajasini aniqlashi
lozim.
Faringoskopiyada kuygan maydonning hajmi va kuyish darajasi aniqlanadi.
Kerak bo‘lganda halqumning rentgenologik tekshiruvi o‘tkaziladi.
Davolash. Bemorga shoshilinch ravishda birinchi tibbiy yordam ko‘rsatiladi.
Kimyoviy kuyishlarda zaharli moddani neytrallashga qaratilgan choratadbirlar
o‘tkaziladi. Kislota bilan zaharlanganda halqum ohak suvi, ishqor bilan
zaharlanganda esa 1% sirka kislotasining eritmasi yoki sut va suv aralashmasi (1:2)
yoki tuxum oqsili bilan oshqozon va qizilo‘ngach yuviladi. Bemorga ichish uchun
og‘riqsizlantiruvchi dori buyurilib, parxez taomlar tavsiya etiladi.
Keyingi davolash tadbirlari kuyish, organizmning umumiy zaharlanish va
nafasning buzilish darajalarsiga, qarab o‘tkaziladi. Halqum va og‘iz bo‘shlig‘ining
yengil kuyishlarida jarohat maydoniga 0,5% novokain eritmasi yoki 10% lidokain
aerozoli sepilib, och pushti rangli permanganat kaliy eritmasi bilan chayiladi.
Ichishga 3,0 anestezin qo‘shilgan 100 ml o‘simlik yog‘i tavsiya etiladi (1 osh
qoshiqdan 4-6 mahal). Agar og‘iz bo‘shlig‘i kaliy permanganat kukuni bilan
kuygan bo‘lsa, 5% askorbin kislotasi eritmasi bilan bir necha marta lidokain
aerozoli yoki dikain bilan og‘riqsizlantirilib, toza bo‘lguncha artiladi. Keyinchalik
simptomatik va patogenetik davolash tadbirlari o‘tkaziladi.
O‘TKIR BIRLAMChI TONZILLITLAR (ANGINALAR) (angina) - o‘tkir
infeksion kasallik bo‘lib, limfadenoid halkum halqasi to‘qimasining (ko‘pincha
tanglay murtaklarning) mahalliy yallig‘lanishi bilan namoyon bo‘ladi. Angina
barcha kasalliklar orasida yetakchi o‘rinlardan birini egallaydi. Angina to‘g‘risida
aniq statistik ma’lumot olish qiyin, chunki, birinchidan aksariyat bemorlar o‘z
bilganlaricha turli dorilar bilan davolansa, ikkinchidan - shaxsiy amaliyot olib
boruvchi shifokorlarga murojaat qiladilar. Shuning uchun aniq ma’lumot olish
qiyin. Ammo surunkali tonzillit borasida ToshPTI kafedrasi 20000 dan ortiq
aholini turli viloyat va shaharlarda ko‘rikdan o‘tkazib, olingan raqam - 16% (1990)
tashkil etishini inobatga olib,tonzillit xuruji yiliga 1,5-2 marta uchraydi deb
hisoblansa, taxminan aholimizning 1/4 qismi (25%) o‘tkir tonzillit bilan
kasallanadi deb aytish mumkin. Bunday ahvol respublikamiz Sog‘liqni Saqlash
tizimiga anchagina noqulayliklar tug‘diradi.
Etiologiyasi. Kasallikning rivojlanishiga A-guruhi betta-gemolitik streptokokki
(50-80% hollarda), ba’zan stafilokokk, pnevmokokk, adenoviruslar, og‘iz
bo‘shlig‘i spiroxetasi, zamburug‘lar va boshqa mikroblar sabab bo‘ladi. O‘tkir
tonzillitlarni rivojlanishida 63% hollarda anaerob floraning roli aniqlangan
(S.N.Allaniyozov).
Patogenezi. Infeksiya ekzogen va endogen yo‘llar orqali tarqalib, mikroblar
murtak-ning shilliq pardasiga xavo-tomchi yoki alimentar yo‘llar orqali kiradi.
Endogen yo‘l orqali yuqish mexanizmida organizmning immun holatini susayishi,
saprofit yoki shartli-patogen mikrofloralarini patogen mikrofloraga aylanishi yoki
patogen hususiyatini oshishi natijasida yuzaga keladi. Autoinfeksiya surunkali
tonzillitning xuruj davrini rivojlanishida muhim ahamiyatga ega.
Anginalar
patogenezida
organizmning
sovuqqa
bo‘lgan
moslashuv
qobiliyatining susayishi (sovuqqa sezgirlikni oshishi), tashqi muhit sharoitining
keskin o‘zgarishlari (ob-havoning harorati, nisbiy namligi, havoda zaharli
moddalarni mavjudligi va boshq.), S va V guruh vitaminlar, xamda ovqat tarkibida
oqsillar yetishmasligi ma’lum rol o‘ynaydi. Limfatik-gipoplastik diatez, markaziy
va vegetativ asab tizimi to‘liq rivojlanmaganligi, og‘iz, burun, burun yondosh
bo‘shliqlarining surunkali kasalliklari, burun orqali nafas olishni buzilishi ham
anginaning rivojiga yordam beradi.
Kasallikning rivojida lakunalar ichi mikroflorasi va oqsilni parchalanishi
natijasida hosil bo‘lgan moddalar sensibilizatsiyalovchi omil sifatida ta’sir
ko‘rsatsa, turli ekzogen yoki endogen omillar - sensibilizatsiyalangan organizmda
yallig‘lanish jarayonini rivojlanishiga turtki bo‘ladi. Bundan tashqari, allergik omil
infeksion-allergik xarakterga ega revmatizm, o‘tkir nefrit, nospesifik yuqumli
poliartrit va boshqa asoratlarni yuzaga kelishiga yordam beradi.
Tasnifi. B.S.Preobrajenskiy anginalarni quyidagi shakllarga bo‘ladi:
1. Epizotik - atrof muhit sharoitining o‘zgarishi, ko‘pincha shamollash natijasida
rivojlangan anginalar;
2. Epidemik- bemordan sog‘lom kishiga yuqishi natijasida rivojlangan anginalar;
3. Surunkali tonzillitning xuruji davrida yuzaga keladigan anginalar.
Ammo amaliyotda B.S.Preobrajenskiy, V.T.Palchun bo‘yicha anginalarning
quyidagi tasnifi keng qo‘llaniladi.
Oddiy anginalar: Kataral;
Follikulyar;
Lakunar;
Aralash.
Anginalarning notipik shakllari:
Simanovskiy-Vensan;
Gerpetik;
Flegmonoz;
Zamburug‘li;
Aralash.
Yuqumli kasalliklarda rivojlangan (ikkilamchi) anginalar:
Difteriyada;
Skarlatinada;
Qizamiqda;
Zaxmda;
OITSda.
Qon kasalliklarda rivojlangan anginalar:
Agranulotsitar kamqonlikda;
Monotsitar kamkonlikda;
Leykozda.
Oddiy anginalar quyidagi umumiy belgilar bilan boshqa anginalardan ajralib
turadi:
- organizmning umumiy zaharlanish belgilarini mavjudligi;
- klinik-patologik o‘zgarishlar har ikkala tanglay murtaklarida kuzatilishi;
- yallig‘lanish jarayonini o‘rtacha 7 -8 kun davom etishi;
- oddiy anginalarni qo‘zg‘atgan bakteriya va viruslar yallig‘lanish jarayonida
birlamchi omil sifatida xizmat qilishi.
Patologoanotomik o‘zgarishlar: murtak parenximasida qon tomir kapillyarlari va
limfa tomirlarining keskin kengayishi, kichik vena qon tomirlari trombozi va limfa
kapillyarlardagi turg‘unlik kabi o‘zgarishlar yuz beradi.
Kataral angina - kasallikning eng yengil shakli bo‘lib, yallig‘lanish jarayoni
tanglay murtaklari barcha qatlamlarining yallig‘lanishi bilan kechadi. Anginaning
bu shaklida tanglay murtaklari qizargan, shilliq pardasi hamda limfoid to‘qima
shishgan va yuzi serozli ajralma bilan qoplangan bo‘ladi. Murtaklar epitelial
qavatining yuzasida va kriptalarda limfotsitlar, leykotsitlarning qalin infiltratsiyasi
aniqlanadi. Ayrim maydonlarda epiteliy yumshagan va muguzlangan bo‘ladi.
Belgilari. Kasallik o‘tkir boshlanib, bemorning tomog‘ida achishish, qichishi va
yutganda kuchayadigan og‘rishi kuzatiladi.U holsizlikka,boshi va ba’zan
bo‘g‘imlari og‘rishiga, tana harorati, asosan subfebril, ya’ni 380S gacha
ko‘tarilishiga, ko‘ngli aynishiga shikoyat qilishi mumkin.
Qonda neytrofilli leykotsitoz (7-9 .10 9 / l), leykotsitlar
formula-sini biroz chapga siljishi, EChT 18-20 mm/soat
oshishi qayd etiladi. Ba’zan tana harorati me’yorda bo‘lishi yoki leykotsitlar
formulasi o‘zgarishsiz qolishi ham mumkin. Faringoskopiyada murtaklar shilliq
pardasining tarqoq qizarishi va bu qizarish tanglay ravoqchalarining chetlariga
tarqalganligi, tanglay murtaklari keskin kattalashib, qon tomirlari bo‘rtib
chiqqanligi, yumshoq tanglay va halqum orqa devorining shilliq pardasi
o‘zgarmaganligi ko‘rinadi. Bemorning tili quruq, ok-sarg‘ish qarash bilan
qoplanadi (65-rasm).
Kataral angina ko‘pincha follikulyar va lakunar anginadan oldin rivojlanadi va 2-3
kun davom etib, davolanmasa follikulyar yoki lakunar anginaga aylanadi.
Kataral anginani o‘tkir faringitdan farqlash lozim. O‘tkir faringit odatda o‘tkir
respirator kasalliklarda rivojlanib, unda murtaklar va halqumning shilliq pardasi
qizaradi, kataral anginada esa yallig‘lanish jarayoni asosan murtaklarda joylashadi.
Mahalliy limfa tugunlari kattalashib, paypaslanganda biroz og‘riydi.
Tashxis
anamnez
ma’lumotlari,
bemor
shikoyatlari
mezo-,
epi-
va
gipofaringoskopiya va klinik tekshiruvlar natijalari asosida qo‘yiladi.
Follikulyar angina kasallikning og‘ir shakllaridan biri bo‘lib, yallig‘lanish
jarayoni nafaqat murtaklarning shilliq pardasini, balki follikulalarni ham qamrab
oladi. Follikulalarda leykotsitli infiltratlar yoki ayrim maydonlarda nekrozli
o‘zgarishlar paydo bo‘ladi. Murtaklar shishib, shilliq pardasi qizaradi. Epiteliy
qavati ostida joylashgan follikulalarda tariq donasiday ok-sarg‘ish kichik nuqtalar
(yiringli follikulalar) ko‘rinadi. Shuning uchun murtaklarning erkin yuzi "yulduzli
osmon" manzarasini eslatadi.
65-rasm.
Kataral angina
Belgilari.
Follikulyar
angina
o‘tkir
boshlanib,
bemorning tana harorati 38–38,50S ga ko‘tarilib, tomog‘i
og‘riydi. Og‘rik ayniqsa yutinganda kuchayadi va ko‘pincha quloq sohasiga ham
tarqalishi mumkin. Organizmda umumiy zaharlanish belgilari: holsizlik, qaltirash,
bosh og‘rig‘i, bo‘g‘imlar, mushaklar, ba’zan bel va yurak sohasining og‘rishi,
ishtahani pasayishi va qabziyat kuzatiladi. Bolalarda tana haroratini ko‘tarilishi
bilan birga qusish, meningizm belgilari, talvasa, es-hushni xiralashishi kabi og‘ir
belgilar paydo bo‘lishi mumkin. Bo‘yin va jag‘ osti limfa tugunlari kattalashib,
paypaslanganda og‘riydi. Qonda leykotsitoz (12 - 15.10 9 /l), tayoqcha yadroli
leykotsitlar conini ko‘payishi, leykoformulani chapga siljishi, EChT ni oshishi
kuzatiladi; siydikda albuminuriya va mikrogematuriya aniqlanishi mumkin.
Faringoskopiyada yumshoq tanglay va ravoqchalarga tarqalgan tarqoq qizarish,
infiltratsiya, tanglay murtaklarining shishi ko‘zga tashlanadi. Murtaklar yuzasida
1-3 mm xajmdagi ko‘psonli aylana, biroz bo‘rtib chiqqan sarg‘ish-oq nuqtalar
ko‘rinib, yulduzli osmonni eslatadi. Bu tuzilmalar shilliq parda ostida joylashgan
murtaklarning yiringli follikulalari bo‘lib, ular kasallikning 2-3- kuni yorilib,
shilliq pardada tez bituvchi yarachalar xosil qiladi. Kasallik 5-6 kun davom etadi
(66-rasm).
Follikulyar va lakunar anginalar klinik va patologoanatomik manzarasi bilan
bir-biridan kam farq qiladi. Kasallikning klinik shakli esa qaysi jarayon ko‘proq
rivojlanganligiga bog‘liq bo‘ladi.
Lakunar angina lakunalar ichida va kirish qismida
dastlab serozli-shilimshiq, keyinchalik yiringli ajralma
to‘planishi bilan kechadi. Ajralma leykotsitlar, limfotsitlar,
ko‘chgan epiteliy va fibrindan iborat. Lakunalar atrofini
o‘ragan qarashlar bir-biri bilan qo‘shilib, murtaklar yuzasini
qisman yoki butunlay qoplashi mumkin, ammo bunday
karashlar atrof to‘qimalarga (ravoqlar, yon devorlar, tilcha)
tarqalmaydi va oson ko‘chadi. Lakunar anginaning shu
belgisi
birinchi
navbatda
uni
halqum
difteriyasidan
66-rasm.Folikulyar
angina
67-rasm.
Lakunar angina
farqlashga yordam beradi.
Belgilari. Kasallikning boshlanishi va klinik manzarasi follikulyar anginaga
o‘xshasada, anginaning bu shakli nisbatan og‘irroq kechadi. Jarayon ko‘pincha
ikkala murtakda bir vaqtda rivojlanib, ba’zan bemorda bir vaqtning o‘zida ham
follikulyar, ham lakunar angina belgilarini kuzatish mumkin. Faringoskopiyada
murtaklarning qizargan shilliq pardasi yuzasida, lakunalar ochiladigan
maydonda sarg‘ish-oq karash paydo bo‘lib, shilliq pardada nekroz va ko‘chgan
epiteliy maydonchalari ko‘rinadi. Fibrozli karash ayrim maydonlarda bir-biriga
qo‘shilib murtak sathini to‘liq qoplasada, lekin murtaklar chegarasidan chiqmaydi.
Karashlar shpatel yordamida oson ko‘chadi (67-rasm). Kasallik o‘rtacha 5-7 kun
davom etishi yoki asoratlangan og‘ir kechimida undan ko‘proq muddatga
cho‘zilishi mumkin.
Tanglay murtaklarining o‘tkir yallig‘lanishi Pirogov–Valdeyer limfadenoid
halqasining boshqa murtaklariga ham tarqalishi mumkin.
Burunhalqum murtagi yallig‘langanda bemorning dimog‘i og‘riydi, og‘riq
burun sohasiga tarqalib, burun orqali nafas olish qiyinlashadi. Til murtagi
yallig‘langanda bemorning tomog‘i og‘rib, yutinganda va tilini og‘zidan
chiqarganda og‘riq kuchayadi. Halqum yon devorlarining limfoid to‘qimaci
yallig‘langanda ushbu maydonda biroz og‘riq va shish paydo bo‘ladi. Ba’zan
kasallik og‘ir kechib, bemorda yiringli mediastenit rivojlanishi mumkin.
Davolash. Kataral, follikulyar va lakunar angina bilan og‘rigan bemor asosan
uy sharoitida, lekin kasallik og‘ir kechgan hollarda davolash yuqumli kasalliklar
shifoxonasida davolanadi. Bemorga alohida idish-tovoq va sochiq ajratilib,qonning
umumiy va biokimyoviy taxlili o‘tkaziladi,tanglay murtagidan bakteriologik
tekshiruv uchun surtma olinadi. Yengil va vitaminlarga boy ovqatlar, ko‘p
miqdorda iliq suyuqliklar ichish (limonli choy, sharbatlar, ma’danli suvlar ) tavsiya
qilinadi.
2010 yilda 8-9 oktabr oyida O‘zbekiston otorinolaringologlarining III s’ezdi
bo‘lib, unda o‘tkir tonzillitlarda (anginalarda) yallig‘langan tanglay murtaklari
kriptalari ichida yig‘ilib qolgan yiringlarni antiseptik dori vositalari bilan (xloryod,
xlorfillipt, yodinol, 0,25% formalin, ekteresid va h.k.) yuvish muamosiga
bag‘ishlangan ma’ruza bo‘ldi (prof. S.A.Hasanov). Keltirilgan ma’lumotlarda 4500
nafar bemordan faqat bittasida yengilgina peritonzillit alomatlari qayd etilganligi, u
ham tezda bartaraf etilganligi ko‘rsatib o‘tildi. Yiringli jarayonning oltin qoidasi -
yig‘ilgan yiringni chiqarib tashlash lozimligi va kerak bo‘lganda xo‘ppozda
tonzillektomiya jarrohlik amalini bajarish amaliyotda qo‘llanilishini ko‘rsatib, o‘z
amaliyoti natijasida 5000 dan ziyod o‘tkir tonzillitda kriptalarni yuvib, birorta
asorat kuzatilmaganligini dotsent A.A.Hasanov hammaga ma’lum qildi.
Shu bilan birga bemorlarga etiotrop, patogenetik, simptomatik davolash
tadbirlari va vitaminlar buyuriladi. Kasallikni turli mikroflora ko‘zg‘atishini
e’tiborga olgan holda bemorga keng ta’sir ko‘lamiga ega antibiotiklar (ampitsilin,
sefamizin, amoksiklav, klaforan, augmintin va boshq.) buyuriladi. Bioparoks
mahalliy yallig‘lanish jarayoniga qarshi ta’sirga ega bo‘lib, kuniga 4 mahal aerozol
shaklida buyuriladi. Antibiotiklar eritmacini pastki jag‘ suyagi burchagidan 1sm
old-pastki sohasiga teri ostiga limfotrop usulda yuborsa bo‘ladi.
Yallig‘lanish jarayonining 63% dan ortiq hollarda anaerob mikroblar ishtirok
etishini nazarda tutib metrogil eritmasi vena ichiga tomchilab yuboriladi (S.N.
Allaniyozov, 2006).
Bemorga antigistamin dori vositalari, vitaminlar (shu jumladan, askorutin)
ichish tavsiya qilinadi. Tomoqni furatsilin, 2% ichimlik sodasi erimasi yoki sho‘r
suv, dorivor marmarak, kalendula damlamasi bilan kuniga 4-6 marta chayish
tavsiya qilinadi. Klinikamizda olib borilgan tajribalar shuni ko‘rsatadiki, 1% kalsiy
xlorid eritmasini kattalarga 400 ml gacha miqdorda (bolalarga 7-10 ml/kg dozada
bir daqiqada 40-50 tomchi) tomchilab yuborish yaxshi samara beradi.
ToshPTI LOR klinikasida olib borilgan kuzatuvlarga ko‘ra angina bilan
og‘rigan bemorlarni 96% da burun yondosh bo‘shliqlarida surunkali yallig‘lanish
borligi aniqlandi, demak faqatgina o‘tkir tonzillitni (anginani) davolash bilan
chegaralanmay, sinusitlarni ham davolash lozim.
Mahalliy usulda tanglay murtaklari sohasiga UVCh, qisqa to‘lqinli terapiya
muolajalari o‘tkazilib, jag‘ osti limfa tugunlari sohasiga issiq yarimspirtli boylam
qo‘yiladi. Ko‘rsatma bo‘yicha bemorga salitsilatlar (parasetamol,panadol),
mukolitiklar va tinchlantiruvchi dorilar buyuriladi.Angina bilan og‘rigan bemor 6-
8 kun davomida ishdan yoki o‘qishdan ozod etilishi, ishga yoki o‘qishga ruxsat
berishdan oldin qon va siydik tahlillari, EKG tekshiruvi o‘tkazilib, bir oy davomida
vrach nazorati ostida bo‘lishi lozim.
Aralash angina juda kam uchraydi va yuqorida qayd etilgan anginalar
belgilarini birga kechishi bilan namoyon bo‘ladi.
O‘tkir adenoidit (retronazal angina) - halqum murtagining o‘tkir
yallig‘lanishi. Kasallik o‘tkir yoki surunkali qaytalanuvchi kechimga ega bo‘lishi
mumkin. Ko‘pincha bolalarda halqum murtagi rivojlanishi davrida burun va burun
yondosh bo‘shliklari yallig‘lanishining asorati sifatida hamda turli yuqumli
kasalliklarda uchraydi; kattalarda kasallik kam – murtak invalyusiyasi (bola o‘sgan
sari sodir bo‘luvchi atrofiya jarayoni) rivojlanmagan xollardagina kuzatilishi
mumkin. Yallig‘lanish jarayoni murtakdan halqumning yuqori va o‘rta
bo‘limlarining shilliq pardasiga tarqalishi mumkin. Kasallikni ko‘pincha bolalar va
o‘smirlarda uchrashini bir tomondan ularda halqum murtagi borligi, ikkinchi
tomondan uni infeksiyaga qarshi o‘ta kuchli reaksiyasi bilan izohlash mumkin.
Etiologiyasi. O‘tkir adenoidit (epifaringit) ko‘pincha bolalar respirator
kasalliklari bilan birga kechadi. Uni rivojlanishiga opportunistik va shartlipatogen
florani turli noqulay omillar (ijtimoiy-maishiy, alimentar, ekologik va boshk.)
ta’sirida faollashishi sabab bo‘ladi. Bunda A guruxiga mansub beta-gemolitik
streptokokk muhim ahamiyatga ega. Adenoiditning rivojlanishiga sabab bulgan
boshqa mikroorganizmlarga mikoplazmalar, xlamidiylar, rino- va koronoviruslar,
gripp va paragripp viruslari, Epshteyn - Barr virusi, “S” va “G” guruxi
streptokokklari va stafilokokklar kiradi.
O‘tkir adenoidit xavo-tomchi yo‘li orqali tarqalib,bolalar maktab va bog‘chalarda
bo‘lgan kuz-qish va bahor fasllarida kasallikni ko‘payishi qayd etiladi. Bu
yoshdagi bolalarda halqum murtagi ko‘pincha kattalashgan bo‘lib, u turli klinik
belgilar bilan kechuvchi immunitetni buzilishidan va organizm himoya kuchining
sustligidan dalolat beradi.
Immunitet tanqisligi holatining asosiy klinik belgisi - bu LOR-a’zolarda, bronx
–o‘pka tizimida, ko‘zlarda, terida va yumshoq to‘qimalarda ko‘pincha an’anaviy
va patogenetik terapiyaga chidamli opportunistik va shartli – patogen mikroblar
qo‘zg‘atgan turli surunkali qaytalanuvchi infeksion - yallig‘lanish jarayonlarini
rivojlanishidir.
Organizm
immun
tizimidagi
sifat
yetishmovchiligi
son
ko‘rsatkichi, ya’ni limfoepitelial to‘qimani kattalashishi bilan qoplanadi.
Klinik manzarasi. Yosh bolalarda o‘tkir adenoidit tana haroratini 39-400 S ga
ko‘tarilishi, burun orqali nafas olishni keskin buzilishi, quloq og‘rig‘i, hurujli
yo‘tal bilan namoyon bo‘ladi. Emizikli bolalarda kasallik keskin ta’sirlanish
belgilari, emishini qiyinlashishi, parenteral dispepsiya, qusish, ich ketishi, qator
xollarda bosh miya pardalarining ta’sirlanish belgilari bilan juda og‘ir kechadi.
Burundan dastlab suyuq, keyinchalik shilimshiq – yiringli ajralma oqib, mahalliy
limfa tugunlar, asosan bo‘yin va pastki jag‘ limfa tugunlari kattalashadi va
manqalanish kuzatiladi. Tana harorati 380 C va undan ortiqqa ko‘tariladi, bo‘yin va
jag‘ osti limfa tugunlari kattalashib, paypaslanganda og‘riydi. Katta yoshdagi
bolalarda va kattalarda kasallik tana haroratini biroz ko‘tarilishi yoki me’yorda
bo‘lishi, umumiy holatni yengil buzilishi bilan kechishi mumkin.
Yallig‘lanish
jarayoni
nay
murtaklari,
halqum,
bodomcha
bezlarning
ravoqchalari va limfoid follikulalariga tarqalganda kasallik o‘tkir epifaringit
sifatida kechishi va bemorda kataral o‘rta otit, yevstaxeit,retrofaringial ho‘ppoz
asoratlari kuzatilishi mumkin.
Shuni e’tiborga olish lozimki, o‘tkir yallig‘lanish jarayoni surunkali kechimiga
aylanganda kattalashgan halqum murtaklaridagi shish va infiltratsiya jarayoniga
proliferatsiya jarayonini ham qo‘shiladi, natijada murtaklar muguzlanib, yanada
kattalashadi. Bu esa murtaklarning fiziologik faoliyatini keskin buzilishiga olib
keladi: eshituv naylarining halqum teshiklari torayadi; burun orqali nafas olish
faoliyati buziladi (bola og‘zi orqali nafas oladi, nafas harakatlari yuzaki bo‘lib,
olingan havoning hajmi kamayadi).
Bosh miyada qon aylanishi buzilib, bemorda turli nevrologik belgilar bilan
kechuvchi bosh miya gipoksiyasi jarayoni rivojlanadi. Halqum murtagining qon
tomirlari ekstra- va intrakranial qon tomirlar bilan anastomoz hosil qilishi esa
yallig‘lanish jarayonida kalla ichi asorati, xususan surunkali bazal leptomeningitni
rivojiga olib kelishi mumkin.
Burun orqali nafas olishning uzoq vaqt davomida buzilishi tish jag‘ tizimining
noto‘g‘ri
rivojlanishiga,
yuqori
va
pastki
jag‘
suyaklari
o‘sishining
nomutanosibligiga olib keladi (habitus adenoideus).
Ba’zan bolalarda burunhalqumning gumbazida jabra tirqishining bitmasligi va
rudimentar cho‘ntak – Tornvald kistasi hosil bo‘lishi mumkin. Kista kattalashgan
halqum murtagi bilan yopilgan va patologik ajralma bilan to‘lgan yashirin
bo‘shliqdir .
Balog‘at yoshidagi bemorlarda adenoidit kasalligi kamdan-kam uchraydi va
bunda murtak surunkali yallig‘lanish holatida bo‘ladi. Yallig‘lanish jarayoni
murtakdan xalqum va nafas yo‘llari shilliq pardasining barcha bo‘limlariga
tarqalib, kataral, yiringli, yiringli-nekrotik xarakterga ega bo‘lishi mumkin.
Tashxis
kasallikni
boshlanishi,
bemor
shikoyatlari,
klinik,
allergik,
immunologik tekshiruvlar asosida qo‘yiladi. Faringoskopiyada halqumning orqa
devori, orqa tanglay ravoqchalari keskin qizarganligi, halqumning orqa devori
bo‘ylab shilimshiq-yiringli ajralma oqayotganligi ko‘rinadi. Endoskop yordamida
bajarilgan orqa rinoskopiyada yoki epi-faringoskopiyada halqum murtagi keskin
shishgan va qizarganligi, uning yuzasida nuqtali va ko‘shilib ketgan yiringli
karashlar borligi aniqlanadi.
Old rinoskopiyada burun bo‘shlig‘i shilliq pardasi kizargan va shishganligi,
umumiy burun yo‘lining orqa bo‘limlarida shilimshiq yoki shilimshiq-yiringli
ajralma ko‘rinadi.
Qator hollarda burun bo‘shlig‘i anemizatsiya qilinib, tozalangandan so‘ng
qizargan va turli darajada shishib kattalashgan va shilimshiq-yiringli ajralma bilan
qoplangan adenoidlarni ko‘rish mumkin.
Periferik qonda chapga siljigan leykotsitoz, EChT ni oshishi, virusli
zararlanishda limfotsitoz kuzatiladi; siydikning umumiy taxlilida oqsil borligi
aniqlanadi.
Halqum orqa devoridan surtma olib, uni mikrobiologik tekshiruvidan o‘tkazish
kasallikni qo‘zg‘atgan bakteriyalarni aniqlash va tegishli bakteriyalarga qarshi
terapiyani o‘tkazishga yordam beradi.
Davolash mahalliy va tizimli davolash tadbirlaridan iborat.
-
Mahalliy davolash tadbirlari: bemorga burun tomchilari yoki aerozol
shaklida qon tomirlarni toraytiruvchi, yallig‘lanishga qarshi, mukolitik va
antiseptik dorilar, immunomodulyatorlar buyuriladi. Barcha dorilar burun
bo‘shlig‘i va halqum tozalangandan so‘ng kiritiladi;
-
Tizimli terapiyada turli dorilar ishlatiladi;
-
Simptomatik vositalarga tana haroratini tushuruvchi, og‘riqsizlantiruvchi
dorilar kiradi (parasetamol (taylenol),solpadein va boshq.).
-
Viruslarga qarshi asiklovir, interferon va immunomodulyator dorilar:
polioksidoniy, likopid, arbidol, Irs-19, immudon.
-
Etiotrop terapiya: mikrofloraning antibiotiklarga sezgirligi aniqlangandan
so‘ng bemorga asosan penitsillin guruhi antibiotiklari (fenoksimetilpenitsillin,
amoksitsillin/klavulanat) yoki II –III avlodga mansub sefalosporinlar (sefuroksim,
sefatoksim, seftriakson) va makrolidlar (eritromitsin, roksitromitsin, azitromitsin)
buyuriladi.
Mahalliy usulda qo‘llaniladigan fuzafunjin (bioparoks) aerozoli davolashda
yaxshi natija beradi. U bakteriyalarga va yallig‘lanishga qarshi keng ta’sir
spektriga ega. Bioparokc aerozoli har burun teshiklariga har 4 soatda 4
ingalyatsiyadan buyuriladi. Ingalyatsiyadan oldin “burun bo‘shlig‘i dushini”
bajarish davolash camaradorligini yanada oshiradi.
-
Adenoiditning rivojlanishiga allergik omil sabab bo‘lgan xollarda bemorga
antigistamin dori vositalari tavsiya etiladi (klamastin, loratadin, ebastin, setirizin).
Aksariyat hollarda adenoidit 3-5 kun davomida sog‘ayish bilan tugaydi, qator
hollarda kasallik 15-20 kun davom etishi mumkin, bemorning umumiy ahvoli
nisbatan yomonlashadi.
Dorilar bilan davolash tadbirlari samara bermagan xollarda adenotomiya
jarrohlik amali bajariladi. Halqum murtagi gipertrofiyasining II-III darajasida
adenoidlarni kasallikning xuruj davri davolangandan keyin rejaga asosan 1-2 oy
ichida jarrohlik amalini bajarish tavsiya qilinadi.
ANGINALARNING NOTIPIK ShAKLLARI.
Yarali-nekrotik angina, yarali pardali angina yoki Simanovskiy-Plaut-
Vensan anginasi murtaklarda, ba’zan tanglay ravoqchalarida va halqum
devorlarida badbo‘y hidli, kulrang qarash bilan qoplangan yuzaki yaralar paydo
bo‘lishi
bilan
namoyon
bo‘ladi.
Kasallik
haqida
dastlab
1890
yilda
N.P.Simanovskiy va 1897 yilda H.R.Plaut va H.Vincent ma’lumot berganlar.
Etiologiyasi. Bu anginani sog‘lom odamning og‘iz bo‘shlig‘ida mavjud bo‘lgan
saprofit mikroblar - g‘altaksimon tayoqcha (B. fusiformis) va og‘iz bo‘shlig‘i
spiroxetasi (Spirichaeta buccalis) simbiozi qo‘zg‘atadi. Organizm umumiy va
mahalliy immunitetining susayishi, o‘tkir yoki surunkali yuqumli kasalliklar, qon
kasalliklari, gipo- yoki avitaminoz, tish va milk kasalliklari, burun orqali nafas
olishning qiyinlashishi va boshqa omillar ushbu anginani rivojlanishiga yordam
beradi.
Belgilari. Murtakning tomoq yuzasida (odatda,bir tomonda) yumshoq, oson
ko‘chuvchi kulrang qarash paydo bo‘lib,qarash olingandan so‘ng uning ostida
yuzaki yara qoladi. Yaraning tubida nospesifik mikrofloraga boy (asosan
g‘altaksimon batsillalar va spiroxetalar) yumshoq fibrinli qarash hosil bo‘ladi.
Fibrinli karash ostida nekrozga uchragan limfadenoid to‘qima maydoni, uning
chetlarida - reaktiv yallig‘lanish tasmasi ko‘rinadi. Nekroz jarayoni murtakning
epiteliy qavati va parenximasiga, karash va yaralar milklarga, yumshoq
tanglayga, halqumning orqa devoriga, hiqildoqqa va ba’zan atrof to‘qimalarga
ham tarqalishi mumkin (68-rasm). Bemor chaynaganda yoki yutinganida
tomog‘ida yot jism va kuchli og‘riq his etishiga, og‘zidan yoqimsiz hid kelishiga,
so‘lagi oqishiga shikoyat qiladi. Umumiy ahvoli nisbatan qoniqarli, tana harorati
me’yorda yoki biroz ko‘tarilgan, zararlangan tomonda jag‘ osti limfa tugunlari
kattalashib, biroz og‘riydi. Kasallik 1-3 hafta, ba’zan oylab davom etadi. Murtaklar
sohasidagi yaralar dag‘al chandiqli o‘zgarishlar qoldirmacdan bitib ketadi.
Tashxis bemor shikoyatlari va faringoskopiya manzarasi
asosida qo‘yiladi. Faringoskopiyada murtaklardan birining
halqum yuzasi kulrang-sarg‘ish yoki kulrang-yashil qarash
bilan qoplanganligi, qarash olingandan so‘ng ostida cheti
notekis yara borligi va uning tubi iflos kulrang-sarg‘ish qarash
bilan
qoplanganligi,
og‘ir
hollarda
yaralar
murtak
chegarasidan tashqariga, atrof to‘qimalarga - milklarga, til
ildiziga, tanglay ravoqchalariga tarqalgan bo‘ladi. Karash va
yaralar ajralmasining bakteriologik tekshiruvida Fusobacterium fusiforme va
Spirochaeta vincenti aniqlanadi, qonda biroz leykotsitoz va kamqonlik belgilari,
EChT ni oshishi kuzatiladi. 10% hollarda ushbu angina difteriya bilan birga
kechadi.
Yarali-nekrotik angina halqum difteriyasi, tanglay murtagi zaxmi, sili, qon
kasalligidagi angina va halqum murtagi o‘smacidan farqlanishi lozim.
Davolash. Bemorga umumiy va mahalliy davolash tadbirlari buyurilib, og‘iz
bo‘shlig‘i kasalliklari davolanadi.
Gerpetik angina - halkum orqa devori va yumshoq tanglayda yaralanishga
moyil mayda pufakcha va toshmalarni paydo bo‘lishi bilan kechadigan o‘tkir
yuqumli kasallik. Kasallikni adenoviruslar, gripp va Koksaki viruslari qo‘zg‘atadi.
Infeksiya havo-tomchi yo‘li va qo‘llar orqali tarqaladi. Pufakchalar yorilgandan
so‘ng epiteliy qavati fibrin bilan qoplanib, bir vaqtning o‘zida pufakchalar tanglay-
til va tanglay-halqum ravoqchalarida hamda yumshoq tanglayda paydo bo‘lishi
mumkin. Kasallik ko‘pincha yosh bolalarda uchraydi.
Belgilari. Gerpetik angina o‘tkir boshlanadi,bemorning tana harorati 38-400C
ga ko‘tarilib,boshi,tomog‘i og‘riydi, yutinganda og‘riq kuchayib, u holsizlanadi.
Bir tomonlama kon’yuktivit gerpetik anginaga xos muhim belgi hisoblanadi. Juda
kam hollarda yosh bolalarda serozli meningit belgilari paydo bo‘lishi mumkin.
Faringoskopiyada dastlabki soatlarda shilliq pardaning tarqoq qizarishi aniqlansa
keyinchalik yumshoq tanglay, tilcha, tanglay ravoqchalari, murtaklar va
halqumning orqa devorida kichik qizg‘ish pufakchalar paydo bo‘ladi. Kasallik
68-rasm. Yarali
nekrotik angina
boshlangandan 3-4 kun o‘tib pufakchalar yorilib yoki o‘z-o‘zidan so‘rilib ketadi va
shilliq parda yana o‘z holiga qaytadi.
Davolash. Antibiotikoterapiya yaxshi samara bermasligini e’tiborga olgan holda
bemorga simtomatik terapiya va viruslarga qarshi dori vositalari (asiklovir,
interferon yoki uni o‘rnini bosuvchi dorilar) buyurilib,1% li kalsiy xlorid eritmasi
vena ichiga tomchilab yuborish ijobiy natija beradi.
Flegmonoz angina (intratonzillyar ho‘ppoz) nisbatan kam uchraydi.
Kasallikning rivojlanishiga banal anginalardan tashqari, murtaklarni ovqatni qattiq
luqmasi bilan jarohatlanishi sabab bo‘lishi mumkin.
Bunday anginada lakunalar chiqarish faoliyatining buzilishi, dastlab murtak
to‘qimasining shishi, keyin leykotsitlar infiltratsiyasi kuzatiladi. Follikulalardagi
nekrozga uchragan to‘qima maydonlari qo‘shilib, murtakda yiringli o‘choq hosil
qiladi (69-rasm). Murtak yuzasiga yaqin joylashgan ho‘ppoz o‘z-o‘zidan og‘iz
bo‘shlig‘iga yoki paratonzillyar bo‘shliq ichiga yorilishi mumkin.
Flegmonoz anginada murtak qizarib kattalashadi, paypaslanganda og‘riydi.
Murtak ichi kichik ho‘ppozchalari belgisiz yoki biroz mahalliy va umumiy
o‘zgarishlar bilan kechib, odatda keskin klinik belgilar bilan kechuvchi
paratonzillyar ho‘ppozdan farq qiladi. Agar flegmonoz anginada bemor og‘zini
ocha olsa, peritonzillit yoki peritonzillyar ho‘ppozda u og‘zini ochishga qiynaladi.
Davolash. Flegmonoz angina jarrohlik usulida
davolanib, bemorda murtak ichi ho‘ppozini ochish yoki
umumiy
va
mahalliy
og‘riqsizlantirish
ostida
tonzillektomiya jarrohlik amallari bajariladi. Bir vaqtning
o‘zida bemorga yallig‘lanishga qarshi antibiotiklar,
antigistamin, og‘riqsizlantiruvchi, dezintoksikatsiya va
simptomatik
dori
vositalari
buyuriladi.
Tanglay
murtaklari chegarasi sohasiga teri ostiga antibiotik
eritmasini yuborish va vena ichiga 1% li kalsiy xlorid
eritmasini 1 daqiqada 40-50 tomchidan tomchilab yuborish yaxshi natija beradi.
69-rasm.
Flegmonoz angina
Jarrohlik amali paytida quyidagi asoratlar kuzatilishi mumkin: jarohat
maydonidan qon oqishi, tana haroratini ko‘tarilishi, bo‘g‘ilish (qon nafas yo‘llariga
kirganda sodir bo‘ladi), meningoensefalit, meningit, umurtqa pog‘onasi
osteomieliti, bo‘yin umurtqalarini chiqishi, yumshoq tanglay falaji va boshq.
Asoratlarni oldini olish uchun jarrohlik amalidan oldin EKG, qon, siydik va
axlatning klinik tekshiruvlari o‘tkaziladi; pediatr, terapevt va kardiolog ko‘rigi
uyushtirilib, bemor jarrohlik amaliga tayyorlanadi.
YuQUMLI KASALLIKLARDA RIVOJLANGAN ANGINALAR.
Difteriyada rivojlangan angina yoki halqum difteriyasi tanglay murtaklari va
og‘iz-halqum shilliq pardasida, ya’ni infeksiya kirish maydonida, fibrinli karash
hosil bo‘lishi bilan kechgan o‘tkir yuqumli kasallik.
Etiologiyasi.
Kasallikni
tashqi
muhitga
chidamli
difteriya
tayoqchasi
(Corynebacterium diphteriae) ko‘zg‘atadi. Infeksiya asosan havo-tomchi yoki
kontakt yo‘l orqali tarqaladi. Yashirin davr 2-7 kun davom etadi. Difteriya
kattalarga nisbatan bolalarda ko‘proq uchraydi.
Belgilari. Kasallik o‘tkir boshlanib, bemorning tana harorati ko‘tariladi.
Difteriyaning klinik kechimi xilma-xil bo‘lganligi sababli, kasallikning quyidagi
shakllari tafovut qilinadi:
- mahalliy shakli: karashli, orolchali, kataral;
- halqum, burun va hiqildoqni zararlanishi bilan kechuvchi tarqoq
difteriya;
- toksik shakli: gemorragik va gangrenozli difteriya.
Difteriyaning maxalliy shakli - eng ko‘p uchrab, 70-80% ni tashkil qiladi.
Jarayon chegaralangan maydonni qamrab oladi, organizmning umumiy zaharlanish
belgilari bosh og‘rig‘i, holsizlik, ishtahani pasayishi, bo‘g‘im va muskullar og‘rishi
bilan namoyon bo‘ladi. Dastlabki soatlarda bemorni tomoq og‘rig‘i bezovta qiladi,
ikkinchi kuni - og‘riq ancha zo‘rayadi, nutqi noaniq bo‘lib, og‘zidan yoqimsiz hid
keladi. Tana harorati balandligiga qaramasdan bemorning yuzi rangpar bo‘ladi
(lakunar va follikulyar anginada bemorning ikki yuzi odatda qizil,lablari quruq
bo‘ladi).
Maxalliy limfa tugunlar biroz
kattalashib,
og‘riydi.
Faringoskopiyada
murtaklar-
ning va tanglay ravoqchala-
rining ko‘kimtir qizarishi va
shishi,
lakunalar
sohasida
(orolchali
shaklida)
va
murtaklarning tomoq yuzasida
(karash shaklida) kulrang-oqish
qalin karash ko‘rinadi. Karash ba’zan sarg‘ish yoki yashil rangda bo‘lib, tanglay
ravoqchalari, yumshoq tanglay, tilcha va halqumning orqa devorida ham
joylashadi. Difteriyaning kataral shaklida karash kuzatilmasligi ham mumkin (70,
71- rasmlar). Halqum difteriyasining tarqoq shakli 3-5% hollarda uchraydi va
karashni burunhalqum, burun, hiqildok va traxeyaning shilliq pardasiga tarqalishi
bilan kechadi. Bemorda pastga tarqaluvchi hiqildoq torayish hollari rivojlanishi
mumkin. Bemorda zaharlanish belgilari ancha keskin namoyon bo‘lib, tana
harorati 39 0 S ga ko‘tariladi, tomog‘i og‘rib, yutinganda og‘riq zo‘rayadi. Bundan
tashqari bemorda taxikardiya, aritmiya, qon bosimini pasayishi, es-hushni
xiralashishi kabi belgilar kuzatiladi.
Difteriyaning toksik shakli juda kam uchraydi. Kasallik o‘tkir boshlanib,
bemorning tana harorati 400S ga ko‘tariladi, halqum shilliq pardasining va buyin
teri osti yog‘ to‘qimasining shishi erta paydo bo‘ladi. Bemorni tomog‘i og‘rib,
yutinganda og‘riq zo‘rayadi, nafas olishi qiyinlashadi. Keyingi boskichlarda
yumshoq tanglay falaji rivojlanib, yumshoq tanglayning harakati buziladi natijada,
bemor yutinganda ovqat parchalari burun bo‘shlig‘iga kirib, bemorda manqalanish
70-rasm.
Og‘izhalqum
difteriyasi
71-rasm.
Burunhalqum difteriyasi