HAQIQIY DON EKINLARI

Time

Yuklangan vaqt

2025-11-08

Downloads

Yuklab olishlar soni

0

Pages

Sahifalar soni

12

File size

Fayl hajmi

30,2 KB


HAQIQIY DON EKINLARI
  Reja.
1. Kuzgi va bahorgi don ekinlari
2. Bug‘doy.
3. Kuzgi va bahorgi bug‘doyning  xalq xo‘jaligidagi ahamiyati, botanikva
biologik xususiyatlari, ekish muddatlari usullari va meyori.
4.  Kuzgi  javdarning  xalq  xo‘jaligidagi  ahamiyati,  botanikva biologik
xususiyatlari, ekish muddatlari usullari va meyori.
5.  Kuzgi  arpaning  xalq  xo‘jaligidagi  ahamiyati,  botanikva biologik
xususiyatlari, ekish muddatlari usullari va meyori.
6. Sulining  xalq xo‘jaligidagi ahamiyati, botanikva biologik xususiyatlari,
ekish muddatlari usullari va meyori.
Don  ekinlari  2  ta  biologik  guruhga:  kuzgi  va  bahorgi  don  ekinlariga
bo‘linadi.
Kuzgi don ekinlariga-kuzgi bug‘doy, kuzgi javdar, tritikale va kuzgi arpa
kiradi. Ular kuzda ekilib qishlagandan keyin yozda hosil beradi. Agar kuzgi ekinlar
bahorda  ekilsa,  ular  shoxlanadi,  ammo  boshoq  bermaydi,  ularning  rivojlanish
davrida past temperatura zarur, 30-60 kun orasida temperatura -0-30  C bo‘lishi
kerak (tuplanish fazasida 10-120 C). 
Bahorgi don ekinlari (bahorgi bug‘doy, bahorgi javdar, bahorgi arpa, suli va
tariqsimon ekinlar) erta bahorda ekiladi, hosili shu yili yozda yig‘ib olinadi. 
Kuzgi va bahorgi shakllaridan tashqari yana oraliq shakllari ham mavjud.
Ularga Kavkaz bug‘doyi (dvuruchka) kiradi, bahorda ekilsa boshoq chiqarishga
Logotip
HAQIQIY DON EKINLARI Reja. 1. Kuzgi va bahorgi don ekinlari 2. Bug‘doy. 3. Kuzgi va bahorgi bug‘doyning xalq xo‘jaligidagi ahamiyati, botanikva biologik xususiyatlari, ekish muddatlari usullari va meyori. 4. Kuzgi javdarning xalq xo‘jaligidagi ahamiyati, botanikva biologik xususiyatlari, ekish muddatlari usullari va meyori. 5. Kuzgi arpaning xalq xo‘jaligidagi ahamiyati, botanikva biologik xususiyatlari, ekish muddatlari usullari va meyori. 6. Sulining xalq xo‘jaligidagi ahamiyati, botanikva biologik xususiyatlari, ekish muddatlari usullari va meyori. Don ekinlari 2 ta biologik guruhga: kuzgi va bahorgi don ekinlariga bo‘linadi. Kuzgi don ekinlariga-kuzgi bug‘doy, kuzgi javdar, tritikale va kuzgi arpa kiradi. Ular kuzda ekilib qishlagandan keyin yozda hosil beradi. Agar kuzgi ekinlar bahorda ekilsa, ular shoxlanadi, ammo boshoq bermaydi, ularning rivojlanish davrida past temperatura zarur, 30-60 kun orasida temperatura -0-30 C bo‘lishi kerak (tuplanish fazasida 10-120 C). Bahorgi don ekinlari (bahorgi bug‘doy, bahorgi javdar, bahorgi arpa, suli va tariqsimon ekinlar) erta bahorda ekiladi, hosili shu yili yozda yig‘ib olinadi. Kuzgi va bahorgi shakllaridan tashqari yana oraliq shakllari ham mavjud. Ularga Kavkaz bug‘doyi (dvuruchka) kiradi, bahorda ekilsa boshoq chiqarishga
ulgurib, hosil yetiladi. Kuzda ekilganda qish qattiq bo‘lmaganda qishlab ham hosil
beradi. 
Kuzgi  don  ekinlarining  hosildorligi  bahorgi  don  ekinlariga  qaraganda
gektariga 0,8-1 t.ga yuqori bo‘ladi. O‘z muddatida ekilgan kuzgi don ekinlari ko‘p
miqdorda massa to‘playdi, chunki ularning vegetatsiya davri 120-150 kun, bahorgi
don ekinlariniki esa 90-100 kun davom etadi. 
O‘zbekiston sharoitida ikki muddatda: kuzda va bahorda ekiladigan yarim
kuzgi yoki duvarak navlar ham ekiladi. Kuzgi don ekinlari (kuzgi bug‘doy, kuzgi
arpa, kuzgi javdar) kuzda ekiladi va yanagi yilning yozida hosil yetiladi. 
Ishlab chiqarishda kuzgi don ekinlarini xo‘jalik tomonidan afzallik tomonlari
ham  bor.  Kuzgi  don  ekinlari  va  erta  bahorgi  yog‘ingarchilik  suvlaridan  va
tuproqning  unumdorligidan  to‘la  foydalanadi,  shu  sababli  hosildorligi  yuqori
bo‘ladi (10-15%). Kuzgi don ekinlarining hosili bahorgiga nisbatan oldin pishadi
(7-15 kun) va hosil yig‘ish ishlarini tashkil qilishda ancha qulaylik yaratadi. Kuzgi
ekinlar yig‘ib olingandan so‘ng qo‘shimcha ang‘iz ekinlari o‘sha maydonda yem-
xashak uchun ekiladi. Kuzgi don ekinlari gektariga 60-70 s hosil beradi. 
 Haqiqiy  don  ekinlarig  uruhiga  kiradigan  g‘alla  ekinlari.  Bular
g‘allasimonlar oilasiga kiruvchi tipik kuzgi va bahori donli ekinlar; bug‘doy, arpa,
javdar,  sulidir.  Farq  qiladigan  xususiyatlari:  donida  uzunasiga  ketgan  egatcha
bo‘ladi, bir nechta ildiz otib o‘sadi; tupguli boshoq va ro‘vak (sulida) bo‘ladi;
boshoqlarining  pastki  gullari  yaxshi  rivojlangan,  yuqorigi  gullari  esa  meva
tugmaydigan  yoki  kichrayib  ketgan  bo‘ladi;  poyasi  poxol  bo‘lib,  odatda  ichi
kovakdir. Ular uzun kun o‘simligi hisoblanadi. Issiqqa uncha ham talabchan emas,
ammo tariqsimon g‘alla ekinlariga qaraganda namni ko‘proq talab qiladi.
Bug‘doy
Xalq xo‘jaligidagi ahamiyati.  Bug‘doy Yer yuzida eng qimmatli va keng
tarqalgan donli ekindir. Yer yuzidagi aholini yarmidan ko‘pi bug‘doy nonini ovqat
uchun ishlatadi. Bug‘doy noni ta’mi va qiymati bo‘yicha boshqa don ekinlari
unidan tayyorlangan nondan ustun turadi. 100 gr bug‘doy nonida 245-255 kkal,
100 gr makaron va bug‘doy yormasidan 355-358 kkal bo‘ladi. 
Bug‘doy donida 11 dan 20% gacha oqsil, 63-74% kraxmal, 2% gacha moy
va shuncha miqdorda kletchatka va kul bo‘ladi. Bug‘doy donining sifati ya’ni
Logotip
ulgurib, hosil yetiladi. Kuzda ekilganda qish qattiq bo‘lmaganda qishlab ham hosil beradi. Kuzgi don ekinlarining hosildorligi bahorgi don ekinlariga qaraganda gektariga 0,8-1 t.ga yuqori bo‘ladi. O‘z muddatida ekilgan kuzgi don ekinlari ko‘p miqdorda massa to‘playdi, chunki ularning vegetatsiya davri 120-150 kun, bahorgi don ekinlariniki esa 90-100 kun davom etadi. O‘zbekiston sharoitida ikki muddatda: kuzda va bahorda ekiladigan yarim kuzgi yoki duvarak navlar ham ekiladi. Kuzgi don ekinlari (kuzgi bug‘doy, kuzgi arpa, kuzgi javdar) kuzda ekiladi va yanagi yilning yozida hosil yetiladi. Ishlab chiqarishda kuzgi don ekinlarini xo‘jalik tomonidan afzallik tomonlari ham bor. Kuzgi don ekinlari va erta bahorgi yog‘ingarchilik suvlaridan va tuproqning unumdorligidan to‘la foydalanadi, shu sababli hosildorligi yuqori bo‘ladi (10-15%). Kuzgi don ekinlarining hosili bahorgiga nisbatan oldin pishadi (7-15 kun) va hosil yig‘ish ishlarini tashkil qilishda ancha qulaylik yaratadi. Kuzgi ekinlar yig‘ib olingandan so‘ng qo‘shimcha ang‘iz ekinlari o‘sha maydonda yem- xashak uchun ekiladi. Kuzgi don ekinlari gektariga 60-70 s hosil beradi. Haqiqiy don ekinlarig uruhiga kiradigan g‘alla ekinlari. Bular g‘allasimonlar oilasiga kiruvchi tipik kuzgi va bahori donli ekinlar; bug‘doy, arpa, javdar, sulidir. Farq qiladigan xususiyatlari: donida uzunasiga ketgan egatcha bo‘ladi, bir nechta ildiz otib o‘sadi; tupguli boshoq va ro‘vak (sulida) bo‘ladi; boshoqlarining pastki gullari yaxshi rivojlangan, yuqorigi gullari esa meva tugmaydigan yoki kichrayib ketgan bo‘ladi; poyasi poxol bo‘lib, odatda ichi kovakdir. Ular uzun kun o‘simligi hisoblanadi. Issiqqa uncha ham talabchan emas, ammo tariqsimon g‘alla ekinlariga qaraganda namni ko‘proq talab qiladi. Bug‘doy Xalq xo‘jaligidagi ahamiyati. Bug‘doy Yer yuzida eng qimmatli va keng tarqalgan donli ekindir. Yer yuzidagi aholini yarmidan ko‘pi bug‘doy nonini ovqat uchun ishlatadi. Bug‘doy noni ta’mi va qiymati bo‘yicha boshqa don ekinlari unidan tayyorlangan nondan ustun turadi. 100 gr bug‘doy nonida 245-255 kkal, 100 gr makaron va bug‘doy yormasidan 355-358 kkal bo‘ladi. Bug‘doy donida 11 dan 20% gacha oqsil, 63-74% kraxmal, 2% gacha moy va shuncha miqdorda kletchatka va kul bo‘ladi. Bug‘doy donining sifati ya’ni
tarkibidagi oqsil, uning naviga, bug‘doy yetishtirilayotgan mintaqaning tuproq-
iqlim sharoitiga qarab o‘zgaradi. Bug‘doy nondan tashqari makaron va qandolat
mahsulotlari tayyorlash uchun ishlatiladi. Donidan spirt, kraxmal, yelim va boshqa
turli xil texnik mahsulotlar olinadi. Un tayyorlashdagi chiqindilari va xashagi
mollar uchun ozuqa va to‘shama sifatida ishlatiladi. Kuzgi bug‘doy ertagi ko‘kat
o‘g‘it uchun ekiladi. 
Bug‘doy  qadimiy  o‘simlik  bo‘lib,  u  dunyoning  deyarli  barcha
mamlakatlarida  ekiladi.  Bug‘doyning  vatani  Osiyo  mintaqasi.  Bug‘doy  Iroqda
6500 yil oldin, Xitoyda eramizdan 3000 yil oldin ekilgan. Lotin Amerikasida
bug‘doy ekin sifatida Amerika kashf qilingandan keyin ma’lum bo‘lgan (1526
yildan  keyin).  Bug‘doy  ekiladigan  mamlakatlarga:  Xitoy,  AQSH,  Hindiston,
Kanada, Fransiya, Argentina kiradi. Yevropada va AQShda kuzgi bug‘doy ko‘proq
ekiladi. 
Dunyo dehqonchiligida bug‘doy 239 mln gektar yerga ekiladi. O‘rtacha
hosildorligi gektariga 25 s ni tashkil etadi. 
O‘zbekistonda 1998 yili sug‘oriladigan maydonlarda 1 mln gektar yerga,
lalmikor yerlarda 300 ming.ga ekilgan. Hosildorligi lalmikor yerlarda 8-12 s ga,
sug‘oriladigan yerlarda o‘rtacha 35-40 s ni tashkil etgan. Ayrim ilg‘or xo‘jaliklarda
gektaridan 70-80 ts don hosili olinmoqda.
Bug‘doyning turlari.  Bug‘doy Triticum avlodiga mansubdir. Bu avlodga
bug‘doyning 24 ta turi kiradi. Keng tarqalgan va ahamiyatga ega bo‘lgan turlariga -
qattiq va yumshoq bug‘doy kiradi. Yumshoq va qattiq bug‘doy doni tarkibidagi
oqsilning miqdori bo‘yicha bir biridan farq qiladi. Qattiq bug‘doy unidan makaron
mahsuloti tayyorlanadi. O‘zbekistonda qattiq bug‘doy kam tarqalgan. Bu turlar
morfologik belgilari bidan bir-biridan farq qiladi. 
Yumshoq bug‘doy yoki oddiy bug‘doy- Triticum aestivum. Boshog‘i uzun,
siyrak oldi tomoni ancha enli bo‘ladi. Boshog‘i qiltiqli va qiltiqsiz bo‘lib, qiltig‘ini
uzunligi boshog‘idan kalta bo‘ladi va yoniga yelpig‘ichsimon shaklda yo‘nalgan
bo‘ladi. Donini uchida popukchasi bo‘ladi. Donining usti unli, yarim shishasimon
bo‘ladi.  Yumshoq  bug‘doyning  bahorgi  va  kuzgi  xillari  bo‘ladi.  Non  yopish
sanoatida yumshoq bug‘doy uni yuqori baholanadi. 
Logotip
tarkibidagi oqsil, uning naviga, bug‘doy yetishtirilayotgan mintaqaning tuproq- iqlim sharoitiga qarab o‘zgaradi. Bug‘doy nondan tashqari makaron va qandolat mahsulotlari tayyorlash uchun ishlatiladi. Donidan spirt, kraxmal, yelim va boshqa turli xil texnik mahsulotlar olinadi. Un tayyorlashdagi chiqindilari va xashagi mollar uchun ozuqa va to‘shama sifatida ishlatiladi. Kuzgi bug‘doy ertagi ko‘kat o‘g‘it uchun ekiladi. Bug‘doy qadimiy o‘simlik bo‘lib, u dunyoning deyarli barcha mamlakatlarida ekiladi. Bug‘doyning vatani Osiyo mintaqasi. Bug‘doy Iroqda 6500 yil oldin, Xitoyda eramizdan 3000 yil oldin ekilgan. Lotin Amerikasida bug‘doy ekin sifatida Amerika kashf qilingandan keyin ma’lum bo‘lgan (1526 yildan keyin). Bug‘doy ekiladigan mamlakatlarga: Xitoy, AQSH, Hindiston, Kanada, Fransiya, Argentina kiradi. Yevropada va AQShda kuzgi bug‘doy ko‘proq ekiladi. Dunyo dehqonchiligida bug‘doy 239 mln gektar yerga ekiladi. O‘rtacha hosildorligi gektariga 25 s ni tashkil etadi. O‘zbekistonda 1998 yili sug‘oriladigan maydonlarda 1 mln gektar yerga, lalmikor yerlarda 300 ming.ga ekilgan. Hosildorligi lalmikor yerlarda 8-12 s ga, sug‘oriladigan yerlarda o‘rtacha 35-40 s ni tashkil etgan. Ayrim ilg‘or xo‘jaliklarda gektaridan 70-80 ts don hosili olinmoqda. Bug‘doyning turlari. Bug‘doy Triticum avlodiga mansubdir. Bu avlodga bug‘doyning 24 ta turi kiradi. Keng tarqalgan va ahamiyatga ega bo‘lgan turlariga - qattiq va yumshoq bug‘doy kiradi. Yumshoq va qattiq bug‘doy doni tarkibidagi oqsilning miqdori bo‘yicha bir biridan farq qiladi. Qattiq bug‘doy unidan makaron mahsuloti tayyorlanadi. O‘zbekistonda qattiq bug‘doy kam tarqalgan. Bu turlar morfologik belgilari bidan bir-biridan farq qiladi. Yumshoq bug‘doy yoki oddiy bug‘doy- Triticum aestivum. Boshog‘i uzun, siyrak oldi tomoni ancha enli bo‘ladi. Boshog‘i qiltiqli va qiltiqsiz bo‘lib, qiltig‘ini uzunligi boshog‘idan kalta bo‘ladi va yoniga yelpig‘ichsimon shaklda yo‘nalgan bo‘ladi. Donini uchida popukchasi bo‘ladi. Donining usti unli, yarim shishasimon bo‘ladi. Yumshoq bug‘doyning bahorgi va kuzgi xillari bo‘ladi. Non yopish sanoatida yumshoq bug‘doy uni yuqori baholanadi.
Qattiq bug‘doy -Triticum durum. Ekin maydoni bo‘yicha ikkinchi o‘rinda
turadi. Boshog‘i yirik, boshog‘ida donlari zich joylashgan. Faqat qiltiqli shakllari
bo‘ladi. Qiltiqlari boshog‘idan uzun bo‘lib unga parallel holda yo‘nalgan. Doni
yirik, cho‘ziq, pastga qarab qisilgan bo‘ladi. Ko‘ndalang kesimi burchaksimon
bo‘ladi, yumshoq bug‘doyniki esa yumaloq bo‘ladi. Doni shishasimon yaltiroq.
Donining uchida popukchasi kam ifodalangan yoki umuman bo‘lmaydi. Qattiq
bug‘doy uni makaron, vermishel, oliy navlarini tayyorlashda va bug‘doy yormasini
tayyorlashda ishlatiladi. Qattiq bug‘doy unidan yumshoq bug‘doyga qaraganda
yaxshi non yopilmaydi, non kam g‘ovakli bo‘ladi. Qattiq bug‘doy asosan bahorgi
qilib ekiladi. 
Bug‘doy qo‘ng‘irboshlilar oilasi (Poaseae), Triticum.L avlodiga  mansub
bo‘lib, bu avlod 1976 yilda akademik D.D.Bregidov ma’lumoti bo‘yicha 27 ta
madaniy  va  yovvoyi  turlariga  ega.  Morfologik  va xo‘jalik  belgilariga qarab
bug‘doyning hamma madaniy turlari 2 guruhga bo‘linadi.
1. Haqiqiy yoki ochiq donli bug‘doy. Haqiqiy bug‘doyning o‘zagi pishiq
bo‘lib, boshoq yetilganda u ayrim boshoqchalarga bo‘linib ketmaydi. Doni ochiq
bo‘ladi va ancha oson yanchiladi. Bu guruhga bug‘doyning quyidagi o‘nta turi: dik,
qattiq bug‘doy, Mesopotamiya  bug‘doyi, polonikum, turgidum, yumaloq donli
bug‘doy, yumshoq bug‘doy, van bug‘doyi, zamburug‘qirqar bug‘doy va miletini
bug‘doyi kiradi.
2.Polbasimon yoki po‘stli bug‘doy. Polbasimon bug‘doylar shu bilan farq
qiladiki,  boshog‘ining  o‘zagi  mo‘rt  bo‘lib  yetilganda  boshroq  o‘zagining
bo‘g‘imlari bilan birga ayrim boshoqchalarga ajralib ketadi. Doni yanchilganda
boshoqchalardan ajralmasdan qolaveradi. Bug‘doy-ning qolgan hamma 14 ta turi,
chunonchi yovvoyi holda o‘sadigan yakka donli bug‘doylar, ekiladigan yakka donli
bug‘doy, polbalar, spelta, zanduri, max bug‘doyi va boshqalar ushbu guruhga
kiradi.
Kuzgi bug‘doy
Barcha  donli  ekinlar  biologik  xususiyatlariga  ko‘ra  kuzgi  va  bahorgi
shakllarga bo‘linadi. 
Logotip
Qattiq bug‘doy -Triticum durum. Ekin maydoni bo‘yicha ikkinchi o‘rinda turadi. Boshog‘i yirik, boshog‘ida donlari zich joylashgan. Faqat qiltiqli shakllari bo‘ladi. Qiltiqlari boshog‘idan uzun bo‘lib unga parallel holda yo‘nalgan. Doni yirik, cho‘ziq, pastga qarab qisilgan bo‘ladi. Ko‘ndalang kesimi burchaksimon bo‘ladi, yumshoq bug‘doyniki esa yumaloq bo‘ladi. Doni shishasimon yaltiroq. Donining uchida popukchasi kam ifodalangan yoki umuman bo‘lmaydi. Qattiq bug‘doy uni makaron, vermishel, oliy navlarini tayyorlashda va bug‘doy yormasini tayyorlashda ishlatiladi. Qattiq bug‘doy unidan yumshoq bug‘doyga qaraganda yaxshi non yopilmaydi, non kam g‘ovakli bo‘ladi. Qattiq bug‘doy asosan bahorgi qilib ekiladi. Bug‘doy qo‘ng‘irboshlilar oilasi (Poaseae), Triticum.L avlodiga mansub bo‘lib, bu avlod 1976 yilda akademik D.D.Bregidov ma’lumoti bo‘yicha 27 ta madaniy va yovvoyi turlariga ega. Morfologik va xo‘jalik belgilariga qarab bug‘doyning hamma madaniy turlari 2 guruhga bo‘linadi. 1. Haqiqiy yoki ochiq donli bug‘doy. Haqiqiy bug‘doyning o‘zagi pishiq bo‘lib, boshoq yetilganda u ayrim boshoqchalarga bo‘linib ketmaydi. Doni ochiq bo‘ladi va ancha oson yanchiladi. Bu guruhga bug‘doyning quyidagi o‘nta turi: dik, qattiq bug‘doy, Mesopotamiya bug‘doyi, polonikum, turgidum, yumaloq donli bug‘doy, yumshoq bug‘doy, van bug‘doyi, zamburug‘qirqar bug‘doy va miletini bug‘doyi kiradi. 2.Polbasimon yoki po‘stli bug‘doy. Polbasimon bug‘doylar shu bilan farq qiladiki, boshog‘ining o‘zagi mo‘rt bo‘lib yetilganda boshroq o‘zagining bo‘g‘imlari bilan birga ayrim boshoqchalarga ajralib ketadi. Doni yanchilganda boshoqchalardan ajralmasdan qolaveradi. Bug‘doy-ning qolgan hamma 14 ta turi, chunonchi yovvoyi holda o‘sadigan yakka donli bug‘doylar, ekiladigan yakka donli bug‘doy, polbalar, spelta, zanduri, max bug‘doyi va boshqalar ushbu guruhga kiradi. Kuzgi bug‘doy Barcha donli ekinlar biologik xususiyatlariga ko‘ra kuzgi va bahorgi shakllarga bo‘linadi.
Kuzgi bug‘doy eng qimmatli va serhosil don ekinlari qatoriga kiradi. U
kuzgi va erta bahordagi namlikdan hamda oziq moddalaridan yaxshi foydalanadi.
Bahorgi bug‘doyga qaraganda qurg‘oqchilikdan kam qiynaladi. Kuzgi bug‘doy
kuzda ekilib, qishlab chiqqandan keyin, kelasi yili hosil beradi. Kuzgi bug‘doyning
bahorgi bug‘doydan farqi, ularning birinchi boshlang‘ich rivojlanish davri past (00
dan  100 gacha  )  haroratda 30-65  kun  davom  etadi.  Bahorgi  bug‘doy  esa
boshlang‘ich rivojlanish davrini 5-100 C va undan yuqori haroratda 7-12 kun, ya’ni
tez muddat ichida o‘tadi. Demak, biologik jihatdan kuzgi navlarni bahorda ekish
mumkin emas, chunki bahorda talab qilinadigan harorat bo‘lmaganligi sababli,
o‘simliklar faqat tuplanadi xolos, mutlaqo boshoq chiqarmay va hosil bermaydi.
Kuzgi bug‘doy urug‘i 120 C da unib chiqa boshlaydi, ammo harorat 14 150
C bo‘lganda urug‘lari tez unib chiqadi. Bug‘doy uchun muqobil harorat 18 200 C.
Kuzgi bug‘doy navlari -100 C va undan ham past sovuqga chidaydi. Qorsiz qishda
bug‘doy -16-180 C da nobud bo‘ladi. Qor qalinligi 20 sm bo‘lganda -300 C sovuqga
chidaydi. Bug‘doy namsevar o‘simlik, transpiratsiya koeffitsiyenti 450-600. Namni
tuplanish, boshoqlanish va gullash davrlarida ko‘p talab qiladi. Kuzgi bug‘doy nam
yetarli bo‘lsa 8-100 C da yaxshi tuplaydi. Kuzgi bug‘doy uzun kunli o‘simlik, kun
yorug‘ligi uzaysa, bug‘doyning rivojlanishi tezlashadi. Respublikamizning iqlim
sharoitlaridan kelib chiqqan holda sentabr oyining birinchi, ikkinchi o‘n kunligidan
boshlab oktabr oyining oxirigacha ekib bo‘linishi kerak. 
Kuzgi bug‘doy oziq moddalarga talabchan. Tuproqdan ko‘p miqdorda azot
oladi. 1 s don va tegishli somon yetishtirish uchun tuproqdan 2,4 -4,2 kg azot, 1,0-
1,7 kg fosfor va 1,5-3,5 kg kaliy o‘zlashtiradi. O‘zbekiston “G‘alla” ilmiy ishlab
chiqarish  birlashmasi  ma’lumotlariga  qaraganda  kuzgi  don  ekinlariga
sug‘oriladigan yerlarda gektariga azot - 180 kg, fosfor - 90 kg va kaliy - 60 kg
beriladi.  Lekin  unumdorligi  past  bo‘lgan  tuproqlarda bu  miqdor  10-15%  ga
ko‘paytiriladi. Urug‘ ekin meyori lalmi yerlarda gektariga 60-70 kg dan 120-125
kg gacha, sug‘oriladigan yerlarda esa 180-220 kgni tashkil qiladi. 
Kuzgi bug‘doy unumdor, tuproq reaksiyasi neytral sharoitda pH 6,5-7,5
sharoitda yaxshi o‘sadi va rivojlanadi. Kuzgi bug‘doy qoratuproqlar, kashtan va
bo‘z tuproqlarda mo‘l hosil beradi. Kislotali va qumli, botqoqli tuproqlarda yaxshi
o‘smaydi. 
Logotip
Kuzgi bug‘doy eng qimmatli va serhosil don ekinlari qatoriga kiradi. U kuzgi va erta bahordagi namlikdan hamda oziq moddalaridan yaxshi foydalanadi. Bahorgi bug‘doyga qaraganda qurg‘oqchilikdan kam qiynaladi. Kuzgi bug‘doy kuzda ekilib, qishlab chiqqandan keyin, kelasi yili hosil beradi. Kuzgi bug‘doyning bahorgi bug‘doydan farqi, ularning birinchi boshlang‘ich rivojlanish davri past (00 dan 100 gacha ) haroratda 30-65 kun davom etadi. Bahorgi bug‘doy esa boshlang‘ich rivojlanish davrini 5-100 C va undan yuqori haroratda 7-12 kun, ya’ni tez muddat ichida o‘tadi. Demak, biologik jihatdan kuzgi navlarni bahorda ekish mumkin emas, chunki bahorda talab qilinadigan harorat bo‘lmaganligi sababli, o‘simliklar faqat tuplanadi xolos, mutlaqo boshoq chiqarmay va hosil bermaydi. Kuzgi bug‘doy urug‘i 120 C da unib chiqa boshlaydi, ammo harorat 14 150 C bo‘lganda urug‘lari tez unib chiqadi. Bug‘doy uchun muqobil harorat 18 200 C. Kuzgi bug‘doy navlari -100 C va undan ham past sovuqga chidaydi. Qorsiz qishda bug‘doy -16-180 C da nobud bo‘ladi. Qor qalinligi 20 sm bo‘lganda -300 C sovuqga chidaydi. Bug‘doy namsevar o‘simlik, transpiratsiya koeffitsiyenti 450-600. Namni tuplanish, boshoqlanish va gullash davrlarida ko‘p talab qiladi. Kuzgi bug‘doy nam yetarli bo‘lsa 8-100 C da yaxshi tuplaydi. Kuzgi bug‘doy uzun kunli o‘simlik, kun yorug‘ligi uzaysa, bug‘doyning rivojlanishi tezlashadi. Respublikamizning iqlim sharoitlaridan kelib chiqqan holda sentabr oyining birinchi, ikkinchi o‘n kunligidan boshlab oktabr oyining oxirigacha ekib bo‘linishi kerak. Kuzgi bug‘doy oziq moddalarga talabchan. Tuproqdan ko‘p miqdorda azot oladi. 1 s don va tegishli somon yetishtirish uchun tuproqdan 2,4 -4,2 kg azot, 1,0- 1,7 kg fosfor va 1,5-3,5 kg kaliy o‘zlashtiradi. O‘zbekiston “G‘alla” ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi ma’lumotlariga qaraganda kuzgi don ekinlariga sug‘oriladigan yerlarda gektariga azot - 180 kg, fosfor - 90 kg va kaliy - 60 kg beriladi. Lekin unumdorligi past bo‘lgan tuproqlarda bu miqdor 10-15% ga ko‘paytiriladi. Urug‘ ekin meyori lalmi yerlarda gektariga 60-70 kg dan 120-125 kg gacha, sug‘oriladigan yerlarda esa 180-220 kgni tashkil qiladi. Kuzgi bug‘doy unumdor, tuproq reaksiyasi neytral sharoitda pH 6,5-7,5 sharoitda yaxshi o‘sadi va rivojlanadi. Kuzgi bug‘doy qoratuproqlar, kashtan va bo‘z tuproqlarda mo‘l hosil beradi. Kislotali va qumli, botqoqli tuproqlarda yaxshi o‘smaydi.
O‘zbekistonda ekiladigan navlariga: Yonbosh, Marjon, Unumli bug‘doy,
Baxt, Intensiv, Sharora, Spartanka, Skifyanka, Yuna, Sanzar-4, Sanzar-6, Sanzar-8
navlari kiradi. 
Bahorgi bug‘doy
Eng muhim  oziq-ovqat ekini hisoblanadi. Bahorgi bug‘doy un tortilishi,
unidan non yopilishiga ko‘ra va oziq-ovqat sifatida juda yuqori baholanadi. Uning
tarkibida oqsil  ko‘p (18-19%gacha),  ayrim  navlarida (20-21%  gacha)  bo‘ladi.
Bahorgi bug‘doy unidan a’lo sifatli oq non yopiladi va qandolat mahsulotlari
tayyorlanadi. 
Bahorgi  bug‘doyning  asosiy  maydonlari  Sibir,  Ural,  Volga  bo‘yi  va
Qozig‘istonda  joylashgan  bo‘lib,  bu  mintaqalarda  kuzgi  bug‘doyga  nisbatan
bahorgi bug‘doy mo‘l hosil beradi. O‘zbekiston sharoitida bug‘doy asosan kuzda
ekiladi.  Kuzgi  bug‘doy  uchun  noqulay  kelgan  yillari,  uning  o‘rniga  bahorgi
bug‘doyni bahorda ekishga to‘g‘ri keladi, bunday yillarda bahorgi bug‘doyni ekish
maydoni  ancha  ko‘payadi.  O‘zbekistonda  ekiladigan  bahorgi  bug‘doy  navlari
yumshoq bug‘doy turiga kirib tez pishar, qurg‘oqchilikka chidamli va donini sifati
yaxshi bo‘ladi. 
Bahorgi  bug‘doyning  ildiz  tizimi  kuzgi  bug‘doynikiga  nisbatan  kuchsiz
rivojlangan  bo‘ladi.  Shuning  uchun  u  unumdor  yerlarni  talab  qiladi.  Bahorgi
bug‘doy urug‘i 1-20 C da juda sekin una boshlaydi, 12-140 C da unishi tezlashadi.
Maysalari  -8-90  C gacha sovuqga chidaydi. U pishib yetilishi  uchun  o‘rtacha
temperatura talab qiladi. Ob-havo sharoiti qulay bo‘lsa bahorgi bug‘doy urug‘i 5 ta
murtak ildiz  otib tez unib chiqadi. Rivojlanishining birinchi davrida yer ustki
massasi va ildiz sekin o‘sadi. Tuplanish va nay o‘rash fazasida uning ildiz tizimi
jadal rivojlanadi. Maysalagandan 12-14 kundan keyin tuplana boshlaydi. Nay o‘rab
bo‘lgandan keyin o‘simliklar jadal o‘sadi, hosil organlari va ko‘p barg chiqaradi.
Bu davrda suvga va oziqlanishga juda talabchan bo‘ladi. Bahorgi bug‘doyning
normal rivojlanishi uchun tuproqning to‘la nam sig‘imi 70-75% bo‘lishi kerak.
Transpiratsiya koeffitsiyenti 400-470 ga teng. 
Bahorgi bug‘doy tuproqqa juda talabchan bo‘ladi. U qoratuproq, kashtan va
bo‘z tuproqlarda, tuproq reaksiyasi  pH 6-7,5 bo‘lgan sharoitda yaxshi  o‘sadi.
Logotip
O‘zbekistonda ekiladigan navlariga: Yonbosh, Marjon, Unumli bug‘doy, Baxt, Intensiv, Sharora, Spartanka, Skifyanka, Yuna, Sanzar-4, Sanzar-6, Sanzar-8 navlari kiradi. Bahorgi bug‘doy Eng muhim oziq-ovqat ekini hisoblanadi. Bahorgi bug‘doy un tortilishi, unidan non yopilishiga ko‘ra va oziq-ovqat sifatida juda yuqori baholanadi. Uning tarkibida oqsil ko‘p (18-19%gacha), ayrim navlarida (20-21% gacha) bo‘ladi. Bahorgi bug‘doy unidan a’lo sifatli oq non yopiladi va qandolat mahsulotlari tayyorlanadi. Bahorgi bug‘doyning asosiy maydonlari Sibir, Ural, Volga bo‘yi va Qozig‘istonda joylashgan bo‘lib, bu mintaqalarda kuzgi bug‘doyga nisbatan bahorgi bug‘doy mo‘l hosil beradi. O‘zbekiston sharoitida bug‘doy asosan kuzda ekiladi. Kuzgi bug‘doy uchun noqulay kelgan yillari, uning o‘rniga bahorgi bug‘doyni bahorda ekishga to‘g‘ri keladi, bunday yillarda bahorgi bug‘doyni ekish maydoni ancha ko‘payadi. O‘zbekistonda ekiladigan bahorgi bug‘doy navlari yumshoq bug‘doy turiga kirib tez pishar, qurg‘oqchilikka chidamli va donini sifati yaxshi bo‘ladi. Bahorgi bug‘doyning ildiz tizimi kuzgi bug‘doynikiga nisbatan kuchsiz rivojlangan bo‘ladi. Shuning uchun u unumdor yerlarni talab qiladi. Bahorgi bug‘doy urug‘i 1-20 C da juda sekin una boshlaydi, 12-140 C da unishi tezlashadi. Maysalari -8-90 C gacha sovuqga chidaydi. U pishib yetilishi uchun o‘rtacha temperatura talab qiladi. Ob-havo sharoiti qulay bo‘lsa bahorgi bug‘doy urug‘i 5 ta murtak ildiz otib tez unib chiqadi. Rivojlanishining birinchi davrida yer ustki massasi va ildiz sekin o‘sadi. Tuplanish va nay o‘rash fazasida uning ildiz tizimi jadal rivojlanadi. Maysalagandan 12-14 kundan keyin tuplana boshlaydi. Nay o‘rab bo‘lgandan keyin o‘simliklar jadal o‘sadi, hosil organlari va ko‘p barg chiqaradi. Bu davrda suvga va oziqlanishga juda talabchan bo‘ladi. Bahorgi bug‘doyning normal rivojlanishi uchun tuproqning to‘la nam sig‘imi 70-75% bo‘lishi kerak. Transpiratsiya koeffitsiyenti 400-470 ga teng. Bahorgi bug‘doy tuproqqa juda talabchan bo‘ladi. U qoratuproq, kashtan va bo‘z tuproqlarda, tuproq reaksiyasi pH 6-7,5 bo‘lgan sharoitda yaxshi o‘sadi.
Bahorgi  bug‘doy  kuzgi  bug‘doyga nisbatan  10-15  kun  kech  pishadi.  U
boshlang‘ich o‘suv davrida sekin o‘sadi, shuning uchun begona o‘tlar kam bo‘lgan
maydonlarga ekiladi. 
Unumdor yerlar bahorgi bug‘doy uchun, so‘ngra arpaga ajratiladi. Bahorgi
bug‘doy kam tuplanishi, ildiz sistemasi yaxshi taraqqiy etmaganligi uchun begona
o‘tlarga  tez  beriladi.  Shuning  uchun  bahorgi  bug‘doy  tuproq  unumdorligini
oshiradigan,  qator  oralari  ishlanadigan  ekinlardan  so‘ng  va  begona  o‘tlardan
tozalangan yerlarga ekiladi. 
Bahorgi  bug‘doy  o‘g‘itlashga juda ta’sirchan  ekin.  O‘g‘itlar  kuzgi
shudgorlash  oldidan, ekishgacha va vegetatsiya davrida beriladi. Sug‘oriladigan
yerlarda go‘ng gektariga 10 t, azot 120 kg, fosfor 70 kg, kaliy 40 kg solinadi. Lalmi
yerlarda yuqorida ko‘rsatilganlarga nisbatan 20-30% kamroq beriladi, chunki lalmi
yerlarda nam kam bo‘lganligi uchun o‘g‘itning samarasi ancha pasayadi.
Bahorgi  bug‘doy  agrotexnikasi O‘zbekistonda  bug‘doy  qora  shudgor,
bandli shudgor, qator orasiga ishlov beradigan ekinlar, don -dukkakli va yem-
xashak ekinlardan bo‘shagan yerlarga ekiladi. Yerga ishlov berish o‘tmishdosh
ekinga bog‘liq. Kuzgi bug‘doyni ekish muddatiga 7-10 kun qolganda yer tayyor
bo‘lishi kerak. O‘tmishdosh ekin turiga va tuproqning mexanik tarkibiga qarab yer
shudgorlanadi, diskalanadi, borona qilinadi va mola bostiriladi. Bahorgi bug‘doy
uchun borona va mola yurgizish bahorda bajariladi. 
Ekiladigan urug‘ davlat  andozalariga javob berishi kerak. Sug‘oriladigan
yerlarda o‘rtacha 1 ga yerga 4-5 mln. dona (120-150 kg) urug‘ ekiladi. Ekish
chuqurligi 3-6 sm. Urug‘ ekish usuli -yoppasiga qatorlab va tor qatorlab ekiladi.
Kuzgi  bug‘doy  viloyatlar  tuproq-iqlim  sharoitiga qarab  sentardan  boshlab
noyabrgacha ekiladi. Bahorgi bug‘doy fevralning oxiri va mart oylarida ekiladi.
Ekiladigan bug‘doy navlari Oltin bug‘doy, Baxt, Aleksandrovka, Makuz.
Kuzda bug‘doy kuzgi o‘suv davrida 1-2, bahorgi o‘suv davrida esa 2-4
marotaba sug‘oriladi. Bahorgi bug‘doy namni rivojlanish fazalariga qarab turlicha
talab qiladi. Lozim bo‘lgan suvning 50-60% naychalash va boshoq tortish davrida,
sut pishish davrida 20-30% namni o‘zlashtiradi.       Hosil kombaynlar yordamida
yig‘ib  terib  olinadi.  Don  maxsus  mashinalarda tozalanadi  va 14%  namlikda
saqlanadi.
Logotip
Bahorgi bug‘doy kuzgi bug‘doyga nisbatan 10-15 kun kech pishadi. U boshlang‘ich o‘suv davrida sekin o‘sadi, shuning uchun begona o‘tlar kam bo‘lgan maydonlarga ekiladi. Unumdor yerlar bahorgi bug‘doy uchun, so‘ngra arpaga ajratiladi. Bahorgi bug‘doy kam tuplanishi, ildiz sistemasi yaxshi taraqqiy etmaganligi uchun begona o‘tlarga tez beriladi. Shuning uchun bahorgi bug‘doy tuproq unumdorligini oshiradigan, qator oralari ishlanadigan ekinlardan so‘ng va begona o‘tlardan tozalangan yerlarga ekiladi. Bahorgi bug‘doy o‘g‘itlashga juda ta’sirchan ekin. O‘g‘itlar kuzgi shudgorlash oldidan, ekishgacha va vegetatsiya davrida beriladi. Sug‘oriladigan yerlarda go‘ng gektariga 10 t, azot 120 kg, fosfor 70 kg, kaliy 40 kg solinadi. Lalmi yerlarda yuqorida ko‘rsatilganlarga nisbatan 20-30% kamroq beriladi, chunki lalmi yerlarda nam kam bo‘lganligi uchun o‘g‘itning samarasi ancha pasayadi. Bahorgi bug‘doy agrotexnikasi O‘zbekistonda bug‘doy qora shudgor, bandli shudgor, qator orasiga ishlov beradigan ekinlar, don -dukkakli va yem- xashak ekinlardan bo‘shagan yerlarga ekiladi. Yerga ishlov berish o‘tmishdosh ekinga bog‘liq. Kuzgi bug‘doyni ekish muddatiga 7-10 kun qolganda yer tayyor bo‘lishi kerak. O‘tmishdosh ekin turiga va tuproqning mexanik tarkibiga qarab yer shudgorlanadi, diskalanadi, borona qilinadi va mola bostiriladi. Bahorgi bug‘doy uchun borona va mola yurgizish bahorda bajariladi. Ekiladigan urug‘ davlat andozalariga javob berishi kerak. Sug‘oriladigan yerlarda o‘rtacha 1 ga yerga 4-5 mln. dona (120-150 kg) urug‘ ekiladi. Ekish chuqurligi 3-6 sm. Urug‘ ekish usuli -yoppasiga qatorlab va tor qatorlab ekiladi. Kuzgi bug‘doy viloyatlar tuproq-iqlim sharoitiga qarab sentardan boshlab noyabrgacha ekiladi. Bahorgi bug‘doy fevralning oxiri va mart oylarida ekiladi. Ekiladigan bug‘doy navlari Oltin bug‘doy, Baxt, Aleksandrovka, Makuz. Kuzda bug‘doy kuzgi o‘suv davrida 1-2, bahorgi o‘suv davrida esa 2-4 marotaba sug‘oriladi. Bahorgi bug‘doy namni rivojlanish fazalariga qarab turlicha talab qiladi. Lozim bo‘lgan suvning 50-60% naychalash va boshoq tortish davrida, sut pishish davrida 20-30% namni o‘zlashtiradi. Hosil kombaynlar yordamida yig‘ib terib olinadi. Don maxsus mashinalarda tozalanadi va 14% namlikda saqlanadi.
Kuzgi javdar
Xalq  xo‘jaligidagi  ahamiyati. Javdar  asosan  oziq-ovqat  ekinlaridan  biri
hisoblanadi. Javdar unidan yuqori kaloriyali, ta’mi bilan  ajralib turadigan non
yopiladi. Ko‘pchilik  joylarda  javdarning ko‘k  massasi  chorvachilikda,  ayniqsa
senaj  tayyorlashda  keng  qo‘llaniladi.  Uning  roxolidan  (somonidan)  turli  xil
buyumlar  (qog‘oz,  selluloza,  sirka),  lignin  va boshqa mahsulotlar  olinadi.
O‘zbekistonda javdar asosan oraliq ekin sifatida ekiladi. Dehqonchilikda javdar
bug‘doyga nisbatan kechroq ekila boshlangan. Javdar dunyo bo‘yicha 11 mln.
gektar  yerga  ekiladi.  Germaniya,  Fransiya,  Polsha,  Rossiya  va  Belorusiyada
salmoqli o‘rinni egallaydi. Hosildorligi gektariga 1,5-4,5 t ga teng, ko‘k massa
hosili 15-25 t. ga teng. 
Javdar  boshoqdoshlar  oilasiga va 13  turni  o‘z  ichiga olgan  Secale  L.
avlodiga kiradi. Javdar bir yillik o‘simlik bo‘lib, ildizi popuk ildiz, bo‘yining
balandligi 160-170 sm, gul to‘plami boshoqdan iborat. Uning bitta turi - ekma
javdar turi Secale sereale L ekiladi. O‘zbekistonda javdarning Vaxshskaya-116
navlari ekilmoqda. Asosan sug‘oriladigan yerlarda ekiladi, ertapishar, o‘suv davri
170-185 kun, 1000 dona urug‘ining vazni 18-20 g,hosildorligi 27-28 s.ga
Biologik xususiyatlari. U issiqqa talabchan emas, shuning uchun ham iqlimi
sovuq va eng oriq tuproqlarda ham o‘sib hosil beradi. Javdar urug‘i 1-20  C da
unadi, 6-120  C maysalanishi uchun optimal harorat hisoblanadi. Javdar maysalari
avval qizg‘ish binafsha rangda bo‘ladi va boshqa g‘alla ekinlari maysasidan oson
farq qiladi. Kuzgi javdar jadal tuplanadi. Tuplanish oxiriga kelib ildizlari yerga 1
metrgacha chuqur kirib boradi. Sovuqqa yaxshi chidaydi, -200 C sovuq ham uncha
jiddiy zarar yetkazmaydi. Bahorda tez o‘sa boshlaydi, begona o‘tlarni siqib qo‘yadi
va boshqa don ekinlaridan erta yetiladi. Kuzgi  javdarning birinchi rivojlanish
fazalari -tuplanish va nay o‘rash kuzgi bug‘doynikiga qaraganda tez boradi, lekin
boshoqlash-gullash  fazalari  ancha  uzoq  davom  etadi.  Kuzgi  bug‘doy  boshoq
chiqarishi  bilan  gullaydi,  kuzgi  javdar  esa  boshoq  chiqargandan  keyin  10-12
kundan  keyin  boshlab  2  haftagacha  gullaydi.  Javdar  chetdan  changlanuvchi
o‘simlik, guli ochilganda shamol yordamida changlanadi. Javdarni asosan sentabr
oyining oxiri oktabrni boshida ekish zarur. Kuzgi javdar kuzgi bug‘doydan 8-10
Logotip
Kuzgi javdar Xalq xo‘jaligidagi ahamiyati. Javdar asosan oziq-ovqat ekinlaridan biri hisoblanadi. Javdar unidan yuqori kaloriyali, ta’mi bilan ajralib turadigan non yopiladi. Ko‘pchilik joylarda javdarning ko‘k massasi chorvachilikda, ayniqsa senaj tayyorlashda keng qo‘llaniladi. Uning roxolidan (somonidan) turli xil buyumlar (qog‘oz, selluloza, sirka), lignin va boshqa mahsulotlar olinadi. O‘zbekistonda javdar asosan oraliq ekin sifatida ekiladi. Dehqonchilikda javdar bug‘doyga nisbatan kechroq ekila boshlangan. Javdar dunyo bo‘yicha 11 mln. gektar yerga ekiladi. Germaniya, Fransiya, Polsha, Rossiya va Belorusiyada salmoqli o‘rinni egallaydi. Hosildorligi gektariga 1,5-4,5 t ga teng, ko‘k massa hosili 15-25 t. ga teng. Javdar boshoqdoshlar oilasiga va 13 turni o‘z ichiga olgan Secale L. avlodiga kiradi. Javdar bir yillik o‘simlik bo‘lib, ildizi popuk ildiz, bo‘yining balandligi 160-170 sm, gul to‘plami boshoqdan iborat. Uning bitta turi - ekma javdar turi Secale sereale L ekiladi. O‘zbekistonda javdarning Vaxshskaya-116 navlari ekilmoqda. Asosan sug‘oriladigan yerlarda ekiladi, ertapishar, o‘suv davri 170-185 kun, 1000 dona urug‘ining vazni 18-20 g,hosildorligi 27-28 s.ga Biologik xususiyatlari. U issiqqa talabchan emas, shuning uchun ham iqlimi sovuq va eng oriq tuproqlarda ham o‘sib hosil beradi. Javdar urug‘i 1-20 C da unadi, 6-120 C maysalanishi uchun optimal harorat hisoblanadi. Javdar maysalari avval qizg‘ish binafsha rangda bo‘ladi va boshqa g‘alla ekinlari maysasidan oson farq qiladi. Kuzgi javdar jadal tuplanadi. Tuplanish oxiriga kelib ildizlari yerga 1 metrgacha chuqur kirib boradi. Sovuqqa yaxshi chidaydi, -200 C sovuq ham uncha jiddiy zarar yetkazmaydi. Bahorda tez o‘sa boshlaydi, begona o‘tlarni siqib qo‘yadi va boshqa don ekinlaridan erta yetiladi. Kuzgi javdarning birinchi rivojlanish fazalari -tuplanish va nay o‘rash kuzgi bug‘doynikiga qaraganda tez boradi, lekin boshoqlash-gullash fazalari ancha uzoq davom etadi. Kuzgi bug‘doy boshoq chiqarishi bilan gullaydi, kuzgi javdar esa boshoq chiqargandan keyin 10-12 kundan keyin boshlab 2 haftagacha gullaydi. Javdar chetdan changlanuvchi o‘simlik, guli ochilganda shamol yordamida changlanadi. Javdarni asosan sentabr oyining oxiri oktabrni boshida ekish zarur. Kuzgi javdar kuzgi bug‘doydan 8-10