Har xil janrdagi asarlarni o‘qitish metodikasining o‘ziga xos xususiyatlari

Yuklangan vaqt

2025-02-02

Yuklab olishlar soni

1

Sahifalar soni

19

Faytl hajmi

45,9 KB


 
 
 
 
 
 
Har xil janrdagi asarlarni o‘qitish metodikasining o‘ziga xos 
xususiyatlari 
 
 
Mavzu rejasi: 
1. Badiiy adabiyot janrlari haqida ma’lumot 
2. Ertakni o‘qish metodikasi.  
3. Hikoyani o‘qish metodikasi 
4. Masalni o‘qish metodikasi. 
5. She’rni o‘qish metodikasi. 
 
 
 
1. BADIIY ASARLARNI JANRIY XUSUSIYATLARIGA 
KO‘RA O‘RGANISH 
Boshlang‘ich sinflarning o‘qish darslarida garchi ilmiy jihatdan bo‘lmasada, 
amaliy jihatdan turli janrga mansub asarlar o‘qib o‘rganiladi. O‘qish darsliklariga, 
asosan, hikoya, she’r, ertak, masal, maqol, doston, rivoyat va topishmoq kabi 
janrdagi asarlar kiritilgan. Bulardan tashqari, ilmiy-ommabop asarlar ham o‘qitiladi.  
Turli janrdagi badiiy asarlar qurilishi, uslubi jihatidan o‘ziga xos xususiyatlarga 
ega bo‘lib, ularning o‘quvchilarga ta’siri ham har xil bo‘ladi. Tabiiyki, har bir janrga 
oid asar matni lingvistik jihatdan ham o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Masalan, 
she’riy asarlar matni hikoya matnidan, ertak matni she’r matnidan, ilmiy-ommabop 
maqola matni masal janriga taalluqli asarlar matnidan tubdan farq qiladi. 
Topishmoqlar predmet, voqea-hodisalar o‘rtasidagi o‘xshashlikni taqqoslash orqali 
o‘zlashtirilsa, maqollar mazmuni hayotiy misollar vositasida sharhlashni taqozo 
etadi. Shunga ko‘ra, turli janrdagi badiiy asarlarni o‘qishda o‘qituvchidan unga mos 
usullar tanlash talab etiladi. 
Har xil janrdagi asarlarni o‘qitish metodikasining o‘ziga xos xususiyatlari Mavzu rejasi: 1. Badiiy adabiyot janrlari haqida ma’lumot 2. Ertakni o‘qish metodikasi. 3. Hikoyani o‘qish metodikasi 4. Masalni o‘qish metodikasi. 5. She’rni o‘qish metodikasi. 1. BADIIY ASARLARNI JANRIY XUSUSIYATLARIGA KO‘RA O‘RGANISH Boshlang‘ich sinflarning o‘qish darslarida garchi ilmiy jihatdan bo‘lmasada, amaliy jihatdan turli janrga mansub asarlar o‘qib o‘rganiladi. O‘qish darsliklariga, asosan, hikoya, she’r, ertak, masal, maqol, doston, rivoyat va topishmoq kabi janrdagi asarlar kiritilgan. Bulardan tashqari, ilmiy-ommabop asarlar ham o‘qitiladi. Turli janrdagi badiiy asarlar qurilishi, uslubi jihatidan o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lib, ularning o‘quvchilarga ta’siri ham har xil bo‘ladi. Tabiiyki, har bir janrga oid asar matni lingvistik jihatdan ham o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Masalan, she’riy asarlar matni hikoya matnidan, ertak matni she’r matnidan, ilmiy-ommabop maqola matni masal janriga taalluqli asarlar matnidan tubdan farq qiladi. Topishmoqlar predmet, voqea-hodisalar o‘rtasidagi o‘xshashlikni taqqoslash orqali o‘zlashtirilsa, maqollar mazmuni hayotiy misollar vositasida sharhlashni taqozo etadi. Shunga ko‘ra, turli janrdagi badiiy asarlarni o‘qishda o‘qituvchidan unga mos usullar tanlash talab etiladi.
 
 
2. Ertakni o‘qish metodikasi 
Xalq og‘zaki ijodida ertak janrining bolalar tomonidan yaxshi qabul qilinib, 
qiziqib o‘qilishining sabablaridan biri ertak tilining ta’sirchanligi, o‘tkirligi, 
ma’nodorligi va xalq tiliga yaqinligidir. Ertaklarning ko‘pchiligida real hayot tasviri 
sarguzasht elementlar bilan qo‘shilib ketadi. 
Ertakning o‘tkir, maroqli sujeti, voqea rivojidagi favqulodda ajoyib vaziyat 
bolalarni maftun qiladi, undagi mard, kuchli, topqir, dovyurak, chaqqon 
qahramonlar, ertakning g‘oyaviy yo‘nalishi, unda ezgulik kuchining — 
yaxshilikning doimo g‘alaba qilishi bolalarni o‘ziga tortadi. Ertakda qabul qilingan 
hikoya qilish shakli bir xil so‘z va iboralarning qayta-qayta takrorlanib turishi, 
ohangdorligi, tilining ta’sirchanligi, ifoda vositalarining jonliligi, bolalar uchun juda 
qiziqarliligidir. Ertakda qatnashuvchilar ko‘pincha rahmdil, saxiy, adolatli hamda 
ularning aksi bo‘lgan yovuz, baxil, ochko‘z kishilar timsoli bo‘ladi. 
Ertakning pedagogik qiymati shundan iboratki, o‘quvchilar unda to‘g‘rilik, 
halollik g‘alaba qilganidan, kambag‘al kishilar qiyinchilik-dan qutilganidan, ya’ni 
yaxshilik, ezgulik ro‘yobga chiqqanidan va yomonlik, yovuzlik mahkumlikka 
uchraganidan quvonadilar. Ular hayotda ham doimo shunday bo‘lishini istaydilar. 
Masalan, ,,Halollik" ertagida (3-sinf) asosiy fikr kambag‘allarga yordam ko‘rsatish, 
o‘z mehnati bilan hayot kechirish bo‘lib, bu hatto butun xalq istagi ekanligi g‘oyasi 
ilgari surilgan bo‘lsa, ,,Hiylagarning jazosi" ertagida (4-sinf) soddadilning to‘g‘riligi 
hiylagarning makri ustidan g‘olib kelishi, xiyonat jazosiz qolmasligi g‘oyasi ilgari 
surilgan. Har ikki ertak ham to‘g‘riso‘zlilikning g‘alabasi bilan yakunlanadi. Bunday 
g‘alaba maishiy ertaklardan tashqari, sehrli ertaklarda ham ifodalangan. 
Ertak bolalarda qahramonlarning xatti-harakatini muhokama qilib, baholash 
ko‘nikmasini o‘stirishi bilan birga yaxshilikning doimo g‘alaba qozonishiga ishonch 
uyg‘otadi. O‘quvchilar ertakni tahlil qilish jarayonida ,,Kishilardagi qanday sifatlar 
sizga yoqdi? (yoki yoqmadi?)", ,,Nima uchun?", „... nima uchun jazolandi? (yoki 
rag‘batlantirildi?)", ,,Nima uchun ertakdagi ba’zi qahramonlarga hatto tabiat 
kuchlari ham yordam beradi? (yoki ba’zilaridan yuz o‘giradi?)" kabi savollarga 
javob topish jarayonida mushohada qiladilar, muhokama qilib, xulosaga keladilar. 
2. Ertakni o‘qish metodikasi Xalq og‘zaki ijodida ertak janrining bolalar tomonidan yaxshi qabul qilinib, qiziqib o‘qilishining sabablaridan biri ertak tilining ta’sirchanligi, o‘tkirligi, ma’nodorligi va xalq tiliga yaqinligidir. Ertaklarning ko‘pchiligida real hayot tasviri sarguzasht elementlar bilan qo‘shilib ketadi. Ertakning o‘tkir, maroqli sujeti, voqea rivojidagi favqulodda ajoyib vaziyat bolalarni maftun qiladi, undagi mard, kuchli, topqir, dovyurak, chaqqon qahramonlar, ertakning g‘oyaviy yo‘nalishi, unda ezgulik kuchining — yaxshilikning doimo g‘alaba qilishi bolalarni o‘ziga tortadi. Ertakda qabul qilingan hikoya qilish shakli bir xil so‘z va iboralarning qayta-qayta takrorlanib turishi, ohangdorligi, tilining ta’sirchanligi, ifoda vositalarining jonliligi, bolalar uchun juda qiziqarliligidir. Ertakda qatnashuvchilar ko‘pincha rahmdil, saxiy, adolatli hamda ularning aksi bo‘lgan yovuz, baxil, ochko‘z kishilar timsoli bo‘ladi. Ertakning pedagogik qiymati shundan iboratki, o‘quvchilar unda to‘g‘rilik, halollik g‘alaba qilganidan, kambag‘al kishilar qiyinchilik-dan qutilganidan, ya’ni yaxshilik, ezgulik ro‘yobga chiqqanidan va yomonlik, yovuzlik mahkumlikka uchraganidan quvonadilar. Ular hayotda ham doimo shunday bo‘lishini istaydilar. Masalan, ,,Halollik" ertagida (3-sinf) asosiy fikr kambag‘allarga yordam ko‘rsatish, o‘z mehnati bilan hayot kechirish bo‘lib, bu hatto butun xalq istagi ekanligi g‘oyasi ilgari surilgan bo‘lsa, ,,Hiylagarning jazosi" ertagida (4-sinf) soddadilning to‘g‘riligi hiylagarning makri ustidan g‘olib kelishi, xiyonat jazosiz qolmasligi g‘oyasi ilgari surilgan. Har ikki ertak ham to‘g‘riso‘zlilikning g‘alabasi bilan yakunlanadi. Bunday g‘alaba maishiy ertaklardan tashqari, sehrli ertaklarda ham ifodalangan. Ertak bolalarda qahramonlarning xatti-harakatini muhokama qilib, baholash ko‘nikmasini o‘stirishi bilan birga yaxshilikning doimo g‘alaba qozonishiga ishonch uyg‘otadi. O‘quvchilar ertakni tahlil qilish jarayonida ,,Kishilardagi qanday sifatlar sizga yoqdi? (yoki yoqmadi?)", ,,Nima uchun?", „... nima uchun jazolandi? (yoki rag‘batlantirildi?)", ,,Nima uchun ertakdagi ba’zi qahramonlarga hatto tabiat kuchlari ham yordam beradi? (yoki ba’zilaridan yuz o‘giradi?)" kabi savollarga javob topish jarayonida mushohada qiladilar, muhokama qilib, xulosaga keladilar.
 
 
Boshlang‘ich sinflarda hayvonlar haqidagi ertaklar ko‘proq o‘qitiladi, 
,,Bo‘rining tabib bo‘lgani haqida ertak" (Anvar Obidjon), ,,Ko‘zacha bilan tulki" 
kabi ertaklar aniq hayotiy hikoyalar tarzida o‘qitiladi va tahlil qilinadi. 
Ertak matni ustida ishlashda tanlab o‘qish, savollarga javob berish, 
o‘quvchilaraing o‘zlari erlak mazmuniga oid savollar tuzib, javob berishlari, reja 
tuzish, qayta hikoyalash, ijodiy davom ettirish, ertak aytish, qahramonlarni grafik 
tasvirlash kabi ish turlaridan foydalaniladi. Bunday ertaklarda hayvonlarning 
odatlari tahlil qilinadi, ammo ularni kishilar xarakteriga taqqoslash tavsiya 
qilinmaydi. 
Maktab tajribasidan ma’lumki, kichik yoshdagi o‘quvchilar ertakdagi 
hayvonlar gapirmasligini, tulki va turna bir-birinikiga mehmonga bormasligini 
yaxshi biladilar, ammo ertaklar dunyosini hayotiy hikoya kabi qabul qiladilar.  
Ertakni o‘qib tahlil qilganda, barcha ishlar ularning mazmunini yaxshi idrok 
etishga, sujet rivojini, qatnashuvchi personajlarning xatti-harakati, o‘zaro 
munosabatlarini to‘g‘ri tasavvur etishga yo‘naltiriladi. Bunda tanlab o‘qish va qayta 
hikoyalashning ahamiyati katta. Masalan, ,,Odobli bo‘lish osonmi?" (A. Obidjon) 
ertagining mazmunini o‘zlashtirish uchun quyidagi topshiriqlardan foydalanish 
mumkin: 
1. Sichqonchaning onasi bilan qilgan suhbatini o‘qing. Sichqonchaning 
,,Odobli bo‘lish uchun nimalar qilish kerak?" degan savoliga onasi qanday javob 
qaytarganligini so‘zlab bering. 
2. Sichqonchaning Mushuk bilan uchrashgan holati aks ettirilgan o‘rinni topib 
o‘qing. Nima uchun ,,Shum Baroq" ko‘zidagi yovuzlik birdaniga so‘nadi? 
3. Echki nima uchun Sichqonchani ,,Kam bo‘lma" deb duo qiladi? Shu o‘rinni 
topib o‘qing. 
Ertakni tahlil qilishning oxirgi bosqichida ,,Ertakning sizga juda yoqqan joyini 
topib o‘qing", ,,Nima uchun aynan shu joyi yoqqa- nini ayting", ,,Hayotingizda 
ertakdagi voqealarga o‘xshash voqealar bo‘lganmi?" kabi savol-topshiriqlar 
yordamida o‘quvchilarning ertak xulosasini tushunishlariga erishiladi. 
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari hayvonlar haqidagi ertaklardan tashqari, 
,,Davlat", ,,Ilm afzal", ,,Hiylagarning jazosi", „Hunarsiz kishi o‘limga yaqin" kabi 
maishiy ertaklarni ham o‘qiydilar. Bunday ertaklarda xalq o‘z hayotini hikoya qiladi, 
Boshlang‘ich sinflarda hayvonlar haqidagi ertaklar ko‘proq o‘qitiladi, ,,Bo‘rining tabib bo‘lgani haqida ertak" (Anvar Obidjon), ,,Ko‘zacha bilan tulki" kabi ertaklar aniq hayotiy hikoyalar tarzida o‘qitiladi va tahlil qilinadi. Ertak matni ustida ishlashda tanlab o‘qish, savollarga javob berish, o‘quvchilaraing o‘zlari erlak mazmuniga oid savollar tuzib, javob berishlari, reja tuzish, qayta hikoyalash, ijodiy davom ettirish, ertak aytish, qahramonlarni grafik tasvirlash kabi ish turlaridan foydalaniladi. Bunday ertaklarda hayvonlarning odatlari tahlil qilinadi, ammo ularni kishilar xarakteriga taqqoslash tavsiya qilinmaydi. Maktab tajribasidan ma’lumki, kichik yoshdagi o‘quvchilar ertakdagi hayvonlar gapirmasligini, tulki va turna bir-birinikiga mehmonga bormasligini yaxshi biladilar, ammo ertaklar dunyosini hayotiy hikoya kabi qabul qiladilar. Ertakni o‘qib tahlil qilganda, barcha ishlar ularning mazmunini yaxshi idrok etishga, sujet rivojini, qatnashuvchi personajlarning xatti-harakati, o‘zaro munosabatlarini to‘g‘ri tasavvur etishga yo‘naltiriladi. Bunda tanlab o‘qish va qayta hikoyalashning ahamiyati katta. Masalan, ,,Odobli bo‘lish osonmi?" (A. Obidjon) ertagining mazmunini o‘zlashtirish uchun quyidagi topshiriqlardan foydalanish mumkin: 1. Sichqonchaning onasi bilan qilgan suhbatini o‘qing. Sichqonchaning ,,Odobli bo‘lish uchun nimalar qilish kerak?" degan savoliga onasi qanday javob qaytarganligini so‘zlab bering. 2. Sichqonchaning Mushuk bilan uchrashgan holati aks ettirilgan o‘rinni topib o‘qing. Nima uchun ,,Shum Baroq" ko‘zidagi yovuzlik birdaniga so‘nadi? 3. Echki nima uchun Sichqonchani ,,Kam bo‘lma" deb duo qiladi? Shu o‘rinni topib o‘qing. Ertakni tahlil qilishning oxirgi bosqichida ,,Ertakning sizga juda yoqqan joyini topib o‘qing", ,,Nima uchun aynan shu joyi yoqqa- nini ayting", ,,Hayotingizda ertakdagi voqealarga o‘xshash voqealar bo‘lganmi?" kabi savol-topshiriqlar yordamida o‘quvchilarning ertak xulosasini tushunishlariga erishiladi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari hayvonlar haqidagi ertaklardan tashqari, ,,Davlat", ,,Ilm afzal", ,,Hiylagarning jazosi", „Hunarsiz kishi o‘limga yaqin" kabi maishiy ertaklarni ham o‘qiydilar. Bunday ertaklarda xalq o‘z hayotini hikoya qiladi,
 
 
shu sababli o‘quvchilar ertakni o‘qigach, o‘tmishdagi xalq hayotini, o‘y-fikrlari va 
orzu-istaklarini bilib oladilar. 
Bunday ertaklarni tahlil qilish badiiy hikoya tarzida uyushtiriladi. Bolalar 
o‘qituvchi rahbarligida ertakda qatnashuvchilarning xulq-atvori, ayrim xatti-
harakatlarini baholaydilar, ularning bir-birlariga bo‘lgan munosabatlarini aytadilar 
va shular asosida ayrim obrazlar haqida xulosalar chiqaradilar, ertak rejasini 
tuzadilar, ertakni rollarga bo‘lib o‘qiydilar. 
,,Davlat" ertagi (4-sinf) oddiy turmushga tegishli hodisalarni tasvirlovchi 
ertakdir. Ertakni o‘qishga tayyorlash uchun ota-bobolarimiz atrofimizdagi tabiatni, 
borliqni qanday tasavvur etishlari haqida suhbat o‘tkaziladi. Bunday suhbat 
ertakdagi badiiy obrazlarni, ularning o‘zaro munosabatlarini, xulq-atvorlari, 
xarakterlarini to‘g‘ri tushunishga yordam beradi. ,,Davlat" ertagi matni ustida ishlash 
jarayonida o‘quvchilar ,,Dehqonning xonadoni qanday hayot kechirar ekan?", 
,,Nima uchun Davlat dehqonning xonadonidan ketishni istamaydi?" kabi savollarga 
javob topish orqali ertak qahramonlarini baholaydilar, ahil va inoq bo‘lib, halol 
mehnat qilish lozim, degan xulosaga keladilar. 
Ertak ustida ishlashda bolalarni ertakni o‘qishgagina emas, balki uni aytib 
berishga o‘rgatish ham muhimdir. Ertak aytish og‘zaki nutqni o‘stiradi, bolalar 
nutqini yangi so‘z va iboralar bilan boyitadi. 
O‘quvchilarni 1-sinfdayoq ertak tilidan erkin foydalanishga o‘rgatish uchun 
ertak bilan birinchi tanishtirishda uni o‘qituvchi aytib berishi mumkin. 
O‘quvchj ertak mazmunini o‘zlashtirtb olgandan so‘ng, uning tili ustida 
ishlashga alohida ahamiyat qaratilishi zarur. Ertak mazmunini qayta hikoyalashda, 
qahramonlarga tavsif berishda o‘quvchilarning o‘z nutqida til vositalaridan o‘rinli 
foydalanish talab qilinadi. Til vosita-laridan foydalanish uchun talab va vaziyat, 
ehtiyoj yaratish zarur. 
Ertak tilida shunday so‘z va iboralar borki, ular bolaga o‘zgacha ta’sir 
ko‘rsatadi. Masalan, ,,Yo‘lbars, Tulki va Bo‘ri" ertagida ,,Tog‘ echkisi siz 
ulug‘imizniki bo‘lsin", ,,Quyon siz podshohimizning erta labki nonushtangiz 
bo‘lsin", ,,Kiyik kechqurungi taomingiz, qo‘y kun-duzgi xo‘ragingiz bo‘lsin" kabi 
gaplar tarkibidagi ajratib ko‘rsatilgan so‘zlarga o‘quvchilar diqqati qaratilib, ertakni 
so‘zlab berayotganda ulardan nutqda foydalanishlariga erishish zarur. 
shu sababli o‘quvchilar ertakni o‘qigach, o‘tmishdagi xalq hayotini, o‘y-fikrlari va orzu-istaklarini bilib oladilar. Bunday ertaklarni tahlil qilish badiiy hikoya tarzida uyushtiriladi. Bolalar o‘qituvchi rahbarligida ertakda qatnashuvchilarning xulq-atvori, ayrim xatti- harakatlarini baholaydilar, ularning bir-birlariga bo‘lgan munosabatlarini aytadilar va shular asosida ayrim obrazlar haqida xulosalar chiqaradilar, ertak rejasini tuzadilar, ertakni rollarga bo‘lib o‘qiydilar. ,,Davlat" ertagi (4-sinf) oddiy turmushga tegishli hodisalarni tasvirlovchi ertakdir. Ertakni o‘qishga tayyorlash uchun ota-bobolarimiz atrofimizdagi tabiatni, borliqni qanday tasavvur etishlari haqida suhbat o‘tkaziladi. Bunday suhbat ertakdagi badiiy obrazlarni, ularning o‘zaro munosabatlarini, xulq-atvorlari, xarakterlarini to‘g‘ri tushunishga yordam beradi. ,,Davlat" ertagi matni ustida ishlash jarayonida o‘quvchilar ,,Dehqonning xonadoni qanday hayot kechirar ekan?", ,,Nima uchun Davlat dehqonning xonadonidan ketishni istamaydi?" kabi savollarga javob topish orqali ertak qahramonlarini baholaydilar, ahil va inoq bo‘lib, halol mehnat qilish lozim, degan xulosaga keladilar. Ertak ustida ishlashda bolalarni ertakni o‘qishgagina emas, balki uni aytib berishga o‘rgatish ham muhimdir. Ertak aytish og‘zaki nutqni o‘stiradi, bolalar nutqini yangi so‘z va iboralar bilan boyitadi. O‘quvchilarni 1-sinfdayoq ertak tilidan erkin foydalanishga o‘rgatish uchun ertak bilan birinchi tanishtirishda uni o‘qituvchi aytib berishi mumkin. O‘quvchj ertak mazmunini o‘zlashtirtb olgandan so‘ng, uning tili ustida ishlashga alohida ahamiyat qaratilishi zarur. Ertak mazmunini qayta hikoyalashda, qahramonlarga tavsif berishda o‘quvchilarning o‘z nutqida til vositalaridan o‘rinli foydalanish talab qilinadi. Til vosita-laridan foydalanish uchun talab va vaziyat, ehtiyoj yaratish zarur. Ertak tilida shunday so‘z va iboralar borki, ular bolaga o‘zgacha ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, ,,Yo‘lbars, Tulki va Bo‘ri" ertagida ,,Tog‘ echkisi siz ulug‘imizniki bo‘lsin", ,,Quyon siz podshohimizning erta labki nonushtangiz bo‘lsin", ,,Kiyik kechqurungi taomingiz, qo‘y kun-duzgi xo‘ragingiz bo‘lsin" kabi gaplar tarkibidagi ajratib ko‘rsatilgan so‘zlarga o‘quvchilar diqqati qaratilib, ertakni so‘zlab berayotganda ulardan nutqda foydalanishlariga erishish zarur.
 
 
Ertaklarda keltirilgan maqollar ustida ishlash, ularda ilgari su-rilayotgan 
g‘oyalarni bolalar ongiga etkazish, yod oldirish yo‘li bilan bog‘lanishli nutqni 
o‘stirish, nutqning ta’sirchanligini oshirish lozim. Masalan, ,,Rostgo‘y bola" (1-sinf) 
ertagida bola o‘z rostgo‘yligi bilan podshoga ma’qul bo‘lganligi hikoya qilingan. 
Ertak g‘oyasiga mos xu-losa esa ,,Boshingga qilich kelsa ham to‘g‘ri gapir" maqoli 
bilan ifoda-langan. O‘quvchilar ushbu maqol mazmunini tushunib olishsa, o‘zlari 
ham yuqoridagi kabi ertak tuzib, hikoya qilib berishlari mumkin. 
So‘z ma’nolari ustida ishlashda boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga mos bo‘lgan 
usullardan biri rasmdan foydalanishdir. Masalan, 2-sinfda ,,Ko‘ngilchan o‘tinchi" 
ertagida qayin, eman, shumtol, zarang, zirk, tog‘terak, qarag‘ay, qayrag‘och, 
chinorkabi daraxt nomlari keltirilgan. Ularni bola ko‘z oldiga keltira olmaydi. 
Ertakni o‘qishdan oldin shu daraxt rasmlarini ko‘rsatib, lining o‘ziga xos 
xususiyatlarini izohlash va nomlarini aytish lozim, Shundan so‘ng didaktik o‘yin 
o‘tkaziladi. Bunda daraxt rasmlari bolalarga bo‘lib beriladi. Har bir o‘quvchi o‘ziga 
berilgan rasmdagi daraxtning nomini aytishi va ertakdagi shu daraxtning so‘zini o‘z 
so‘zlari bilan aytib berishi kerak bo‘ladi. 
Shu ertakni o‘qib, mazmuni bilan tanishtirilgach, o‘quvchilardan shaylanib, 
ro‘parasida, sharbal, xayrli ish, xivchin, muhayyo so‘zla-rining ma’nosi so‘raladi. 
Javoblar to‘ldiriladi, umumlashtiriladi. 
Ertak matni bilan ishlash jarayonida unda qo‘llangan badiiy vosi-talar: 
jonlantirish, metafora, mubolag‘alar ustida ishlash ham muhim ahamiyat kasb etadi. 
Yuqoridagi barcha fikrlarni hisobga olganda, ertakni o‘rganish darslarining 
qurilishi quyidagicha bo‘lishi mumkin: 
1. Ertak bilan tanishtirish: 
a) o‘quvchilarni ertakni idrok etishga tayyorlash; 
b) o‘qituvchining ertakni ifodali o‘qishi, yod aytib berishi va hokazo. 
2. Ertakni o‘quvchilar qay darajada idrok etganliklarini aniqlash maqsadida 
qisqacha suhbat o‘tkazish; 
3. Ertakni qismlarga bo‘lib o‘qish va tahlil qilish; undagi ayrim tasviriy 
vositalar, ma’nodosh so‘zlarni topish, lug‘at ishi (ayrim so‘zlar ma’nosini 
tushuntirish); 
4. Ertakni aytib berishga tayyorlanish (ichda o‘qish);  
Ertaklarda keltirilgan maqollar ustida ishlash, ularda ilgari su-rilayotgan g‘oyalarni bolalar ongiga etkazish, yod oldirish yo‘li bilan bog‘lanishli nutqni o‘stirish, nutqning ta’sirchanligini oshirish lozim. Masalan, ,,Rostgo‘y bola" (1-sinf) ertagida bola o‘z rostgo‘yligi bilan podshoga ma’qul bo‘lganligi hikoya qilingan. Ertak g‘oyasiga mos xu-losa esa ,,Boshingga qilich kelsa ham to‘g‘ri gapir" maqoli bilan ifoda-langan. O‘quvchilar ushbu maqol mazmunini tushunib olishsa, o‘zlari ham yuqoridagi kabi ertak tuzib, hikoya qilib berishlari mumkin. So‘z ma’nolari ustida ishlashda boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga mos bo‘lgan usullardan biri rasmdan foydalanishdir. Masalan, 2-sinfda ,,Ko‘ngilchan o‘tinchi" ertagida qayin, eman, shumtol, zarang, zirk, tog‘terak, qarag‘ay, qayrag‘och, chinorkabi daraxt nomlari keltirilgan. Ularni bola ko‘z oldiga keltira olmaydi. Ertakni o‘qishdan oldin shu daraxt rasmlarini ko‘rsatib, lining o‘ziga xos xususiyatlarini izohlash va nomlarini aytish lozim, Shundan so‘ng didaktik o‘yin o‘tkaziladi. Bunda daraxt rasmlari bolalarga bo‘lib beriladi. Har bir o‘quvchi o‘ziga berilgan rasmdagi daraxtning nomini aytishi va ertakdagi shu daraxtning so‘zini o‘z so‘zlari bilan aytib berishi kerak bo‘ladi. Shu ertakni o‘qib, mazmuni bilan tanishtirilgach, o‘quvchilardan shaylanib, ro‘parasida, sharbal, xayrli ish, xivchin, muhayyo so‘zla-rining ma’nosi so‘raladi. Javoblar to‘ldiriladi, umumlashtiriladi. Ertak matni bilan ishlash jarayonida unda qo‘llangan badiiy vosi-talar: jonlantirish, metafora, mubolag‘alar ustida ishlash ham muhim ahamiyat kasb etadi. Yuqoridagi barcha fikrlarni hisobga olganda, ertakni o‘rganish darslarining qurilishi quyidagicha bo‘lishi mumkin: 1. Ertak bilan tanishtirish: a) o‘quvchilarni ertakni idrok etishga tayyorlash; b) o‘qituvchining ertakni ifodali o‘qishi, yod aytib berishi va hokazo. 2. Ertakni o‘quvchilar qay darajada idrok etganliklarini aniqlash maqsadida qisqacha suhbat o‘tkazish; 3. Ertakni qismlarga bo‘lib o‘qish va tahlil qilish; undagi ayrim tasviriy vositalar, ma’nodosh so‘zlarni topish, lug‘at ishi (ayrim so‘zlar ma’nosini tushuntirish); 4. Ertakni aytib berishga tayyorlanish (ichda o‘qish);
 
 
5. Ertakni so‘zlab berish; 
6. Umumlashtiruvchi suhbat (ertak g‘oyasini ochish);   
7. Ma’lum topshiriq asosida ertakni qayta o‘qish (ijodiy va mustaqil ishlar); 
8. Vazifani tekshirish va yakunlash; 
9. Uyda ertakni o‘qib (yoki aytib) berishga tayyorlanish. 
 
 
3. Hikoyani o‘qish metodikasi 
Hikoya kichik hajmli badiiy asar bo‘lib, unda kishi hayotidagi ma’lum bir 
voqea, hayotning muhim tomonlari umumlashtirib tasvirlanadi. 
„Hikoya ko‘pincha kishi hayotida bo‘lgan bir epizodni tasvir etadi. Uning 
mazmuni ertakdagidan ortiqroq hayotiydir". 
Hikoya mazmunan boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun mos janr hisoblanadi. 
Kichik yoshdagi o‘quvchilarni qahramonlarning xatti-harakati, tashqi ko‘rinishi, 
portret tasviri, voqea-hodisalar haqidagi hikoyalar ko‘proq qiziqtiradi. Shuning 
uchun bolalarni hikoya bilan tanishtirish uning sujetini tushuntirishga bog‘lab olib 
boriladi. 
Boshlang‘ich sinflarda hikoyani o‘qishga bag‘ishlangan izohli o‘qish darslarida 
o‘qilgan hikoya mazmunini ochish, lug‘at ustida ishlash, o‘qilgan matnni qayta 
hikoyalash kabilar asosiy ish turlaridan hisoblanadi. Hikoya mazmuni odatda 
savollar asosida tahlil qilinadi. So‘roqlardan ikki maqsadda: hikoya mazmunini tahlil 
qilish hamda dalillar, mulohazalar, xulosalarni taqqoslash, voqea-hodisalar, xatti-
harakat o‘rtasidagi bog‘lanishlarni aniqlash va umumlashtirish uchun foydalaniladi. 
Hikoyani o‘qish darsida o‘quvchilar tushunmaydigan so‘z va iboralar 
ma’nosini tushuntirish ham muhim, aks holda ular hikoya mazmunini tushuna 
olmaydilar. 
Hikoyani o‘qishda uning mazmunini tahlil qilish va shu asosda o‘quvchilar 
nutqini o‘stirish markaziy o‘rin egallaydi. Hikoya o‘qib bo‘lingach, o‘quvchilar 
o‘ylashi, o‘z mulohazalarini aytishi uchun tayyorlanishga vaqt berish kerak. 
O‘qilgan asar yuzasidan beriladigan dastlabki savollardan maqsad hikoya bolalarga 
yoqqan-yoqmaganligi, undagi qaysi qahramonning xarakteri bolaga ta’sir etganini 
bilishdan iborat. Shundan keyingina hikoya sujeti, voqeaning yo‘nalishini ochishga, 
5. Ertakni so‘zlab berish; 6. Umumlashtiruvchi suhbat (ertak g‘oyasini ochish); 7. Ma’lum topshiriq asosida ertakni qayta o‘qish (ijodiy va mustaqil ishlar); 8. Vazifani tekshirish va yakunlash; 9. Uyda ertakni o‘qib (yoki aytib) berishga tayyorlanish. 3. Hikoyani o‘qish metodikasi Hikoya kichik hajmli badiiy asar bo‘lib, unda kishi hayotidagi ma’lum bir voqea, hayotning muhim tomonlari umumlashtirib tasvirlanadi. „Hikoya ko‘pincha kishi hayotida bo‘lgan bir epizodni tasvir etadi. Uning mazmuni ertakdagidan ortiqroq hayotiydir". Hikoya mazmunan boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun mos janr hisoblanadi. Kichik yoshdagi o‘quvchilarni qahramonlarning xatti-harakati, tashqi ko‘rinishi, portret tasviri, voqea-hodisalar haqidagi hikoyalar ko‘proq qiziqtiradi. Shuning uchun bolalarni hikoya bilan tanishtirish uning sujetini tushuntirishga bog‘lab olib boriladi. Boshlang‘ich sinflarda hikoyani o‘qishga bag‘ishlangan izohli o‘qish darslarida o‘qilgan hikoya mazmunini ochish, lug‘at ustida ishlash, o‘qilgan matnni qayta hikoyalash kabilar asosiy ish turlaridan hisoblanadi. Hikoya mazmuni odatda savollar asosida tahlil qilinadi. So‘roqlardan ikki maqsadda: hikoya mazmunini tahlil qilish hamda dalillar, mulohazalar, xulosalarni taqqoslash, voqea-hodisalar, xatti- harakat o‘rtasidagi bog‘lanishlarni aniqlash va umumlashtirish uchun foydalaniladi. Hikoyani o‘qish darsida o‘quvchilar tushunmaydigan so‘z va iboralar ma’nosini tushuntirish ham muhim, aks holda ular hikoya mazmunini tushuna olmaydilar. Hikoyani o‘qishda uning mazmunini tahlil qilish va shu asosda o‘quvchilar nutqini o‘stirish markaziy o‘rin egallaydi. Hikoya o‘qib bo‘lingach, o‘quvchilar o‘ylashi, o‘z mulohazalarini aytishi uchun tayyorlanishga vaqt berish kerak. O‘qilgan asar yuzasidan beriladigan dastlabki savollardan maqsad hikoya bolalarga yoqqan-yoqmaganligi, undagi qaysi qahramonning xarakteri bolaga ta’sir etganini bilishdan iborat. Shundan keyingina hikoya sujeti, voqeaning yo‘nalishini ochishga,
 
 
personajlar xarakterini tushunishga, nihoyat, asarning asosiy g‘oyasini bilib olishga 
yordam beradigan savollardan foydalaniladi. 
Badiiy asarni tahlil qilishda sujetni to‘liq tushuntirishga berilib ketib, 
qahramonlarga tavsif berish, asar qurilishi va tilini tahlil qilish kabi ish turlari 
e’tibordan chetda qolmasligi lozim. 
Ertak janriga xos matnlar jozibadorligi bilan bolani o‘ziga tor-tadi. Lekin 
hikoya janri ham hayotiyligi bilan o‘ziga xos. Hikoyada voqealar tez rivojlanib 
boradi. Unda inson hayoti, u bilan bog‘liq hayotiy lavhajar bayon etiladi. 
O‘quvchilar qahramonlarning xarakteri, ulardagi xususiyatlar bilan qiziqadilar. 
Masalan, 3-sinf ,,O‘qish kitobi’’dagi ,,Dadam qurgan dengiz" (Hakim Nazir), 
,,Olma" (Malik Murodov), ,,Ilmli mingyashar" (Nurmat Maqsudiy), ,,Xazonchinak" 
(O‘.Hoshimov), ,,Qo‘shterak" (\. Irisov), ,,Mehnatkash <?/V(Oybek) va boshqa 
qiziqarli hikoyalar berilgan. Ular mavzu jihatdan xilma-xil bo‘lib, qahramonlarining 
xarakter-xususiyatlari bilan ham farq qiladi. 
Hikoya biror bir davr bilan bog‘liq bo‘ladi. O‘quvchilar qahra-monlarning 
ma’naviyatiga bo‘lgan qiziqishlari tufayli hayotning nurli va qorong‘i tomonlari 
xususida muayyan tushunchaga ega bo‘la bosh-laydilar. Ularda go‘zallik va 
nafosatga muhabbat, yovuzlikka nisbatan nafrat tuyg‘usi hikoyalar bilan tanishish va 
uni tahlil qilish davomida shakllanib boradi. Masalan, 3-sinfda ,,Jaloliddin 
Manguberdi "hikoya-sida Chingizxon va uning qo‘shinlariga nisbatan nafrat 
uyg‘otilsa, Jaloliddin Manguberdining xatti-harakati misolida ona-Vatanga mehr-
muhabbat uyg‘otiladi, uning taqdiri orqali o‘z ajdodlaridan faxrlanish tuyg‘usi paydo 
bo‘ladi. 
Hikoya tahlili adabiy tur sifatida o‘ziga xos xususiyatlari va vazi-fasidan kelib 
chiqib ish ko‘rishni taqozo etadi. Undagi har bir so‘z, ibora, gap yozuvchining fikrini 
ifodalashga xizmat qiladi. 
Hikoya matni uning mazmunini yoki badiiy xususiyatlarini o‘rganishdagina 
emas, tahlilning ifodali, adabiy, shartli yoki ijodiy o‘qish, muammoli usullardan 
foydalanish uchun ham manba bo‘lishi lozim. 
Boshlang‘ich sinflarda hikoya sujeti, kompozitsiyasi, qahramon-larini 
o‘rganish bo‘yicha turli tahlillar matn ustida ishlash asosida olib boriladi. Bunda 
o‘quvchining ijodiy faolligi ortadi, ijodiy fikrlash doirasi kengayadi. 
personajlar xarakterini tushunishga, nihoyat, asarning asosiy g‘oyasini bilib olishga yordam beradigan savollardan foydalaniladi. Badiiy asarni tahlil qilishda sujetni to‘liq tushuntirishga berilib ketib, qahramonlarga tavsif berish, asar qurilishi va tilini tahlil qilish kabi ish turlari e’tibordan chetda qolmasligi lozim. Ertak janriga xos matnlar jozibadorligi bilan bolani o‘ziga tor-tadi. Lekin hikoya janri ham hayotiyligi bilan o‘ziga xos. Hikoyada voqealar tez rivojlanib boradi. Unda inson hayoti, u bilan bog‘liq hayotiy lavhajar bayon etiladi. O‘quvchilar qahramonlarning xarakteri, ulardagi xususiyatlar bilan qiziqadilar. Masalan, 3-sinf ,,O‘qish kitobi’’dagi ,,Dadam qurgan dengiz" (Hakim Nazir), ,,Olma" (Malik Murodov), ,,Ilmli mingyashar" (Nurmat Maqsudiy), ,,Xazonchinak" (O‘.Hoshimov), ,,Qo‘shterak" (\. Irisov), ,,Mehnatkash <?/V(Oybek) va boshqa qiziqarli hikoyalar berilgan. Ular mavzu jihatdan xilma-xil bo‘lib, qahramonlarining xarakter-xususiyatlari bilan ham farq qiladi. Hikoya biror bir davr bilan bog‘liq bo‘ladi. O‘quvchilar qahra-monlarning ma’naviyatiga bo‘lgan qiziqishlari tufayli hayotning nurli va qorong‘i tomonlari xususida muayyan tushunchaga ega bo‘la bosh-laydilar. Ularda go‘zallik va nafosatga muhabbat, yovuzlikka nisbatan nafrat tuyg‘usi hikoyalar bilan tanishish va uni tahlil qilish davomida shakllanib boradi. Masalan, 3-sinfda ,,Jaloliddin Manguberdi "hikoya-sida Chingizxon va uning qo‘shinlariga nisbatan nafrat uyg‘otilsa, Jaloliddin Manguberdining xatti-harakati misolida ona-Vatanga mehr- muhabbat uyg‘otiladi, uning taqdiri orqali o‘z ajdodlaridan faxrlanish tuyg‘usi paydo bo‘ladi. Hikoya tahlili adabiy tur sifatida o‘ziga xos xususiyatlari va vazi-fasidan kelib chiqib ish ko‘rishni taqozo etadi. Undagi har bir so‘z, ibora, gap yozuvchining fikrini ifodalashga xizmat qiladi. Hikoya matni uning mazmunini yoki badiiy xususiyatlarini o‘rganishdagina emas, tahlilning ifodali, adabiy, shartli yoki ijodiy o‘qish, muammoli usullardan foydalanish uchun ham manba bo‘lishi lozim. Boshlang‘ich sinflarda hikoya sujeti, kompozitsiyasi, qahramon-larini o‘rganish bo‘yicha turli tahlillar matn ustida ishlash asosida olib boriladi. Bunda o‘quvchining ijodiy faolligi ortadi, ijodiy fikrlash doirasi kengayadi.
 
 
,,Jaloliddin Manguberdi" hikoyasi qahramonlarini, ularning xatti-harakatlarini 
o‘rganish va tahlil qilishni matnga tayangan holda quyidagi reja asosida amalga 
oshirish mumkin: 
1. Chingizxonning hiyla ishlatgan o‘rnini matndan topish. Uning o‘quvchilarda 
qanday taassurot qoldirganligini aniqlash. 
2. Jaloliddin Manguberdining Eron va Afg‘onistonda mo‘g‘ullarga qarshi 
kurashib, erishgan g‘alabasi tasvirlangan o‘rinni topib o‘qish. 
3. Lashkarboshilarning o‘lja taqsimlashi oqibatida nima yuz berga-nini 
aniqlash. Bu o‘rinni matndan topish. 
4. Jaloliddin Manguberdining jasorati yana qaysi o‘rinda ko‘rin-ganini 
aniqlash. 
5. Chingizxon Jaloliddin Manguberdiga nima uchun tan berganini aytish. 
Shundan so‘ng o‘quvchilar Jaloliddin Manguberdi haqida ongli fikr yuritadilar. 
Chingizxon bilan Jaloliddin Manguberdining xatti-harakatlarini taqqoslab, 
farqlaydilar. 
Hikoya mazmunini o‘zlashtirish bo‘yicha matn asosida quyidagicha ishlar 
amalga oshiriladi: 
1. Matn mazmuni yuzasidan o‘qituvchi savollariga javob berish. 
2. Hikoya matni asosidagi savol-topshiriqlarni bajarish. 
3. Hikoya mazmuni yuzasidan o‘quvchilarning savollar tuzishi. 
4. Hikoya mazmuniga mos rasmlar chizish. 
5. Hikoya matnini qismlarga bo‘lish. 
6. Har bir qismga sarlavha topish. 
7. Hikoyaga reja tuzish. 
8. Reja asosida qayta hikoyalash (to‘liq, qisqartirib va ijodiy qayta hikoyalash). 
9. Reja asosida bayon yozish. 
Tahlilda o‘qilayotgan hikoya matnining tushunarliligi hal qiluvchi ahamiyatga 
ega. Tushunarlilik deganda yozuvchi yaratgan badiiy olamning o‘ziga xosligi, 
obrazli tasvirning o‘quvchi hayotiy tajribasi, bilim darajasiga muvofiqligi nazarda 
tutiladi. 
Hikoyani o‘rganishda savollarni, odatda, o‘qituvchi beradi, ammo asar 
mazmuni, qatnashuvchi shaxslarning xulq-atvorini ochish yuzasidan o‘quvchilarga 
,,Jaloliddin Manguberdi" hikoyasi qahramonlarini, ularning xatti-harakatlarini o‘rganish va tahlil qilishni matnga tayangan holda quyidagi reja asosida amalga oshirish mumkin: 1. Chingizxonning hiyla ishlatgan o‘rnini matndan topish. Uning o‘quvchilarda qanday taassurot qoldirganligini aniqlash. 2. Jaloliddin Manguberdining Eron va Afg‘onistonda mo‘g‘ullarga qarshi kurashib, erishgan g‘alabasi tasvirlangan o‘rinni topib o‘qish. 3. Lashkarboshilarning o‘lja taqsimlashi oqibatida nima yuz berga-nini aniqlash. Bu o‘rinni matndan topish. 4. Jaloliddin Manguberdining jasorati yana qaysi o‘rinda ko‘rin-ganini aniqlash. 5. Chingizxon Jaloliddin Manguberdiga nima uchun tan berganini aytish. Shundan so‘ng o‘quvchilar Jaloliddin Manguberdi haqida ongli fikr yuritadilar. Chingizxon bilan Jaloliddin Manguberdining xatti-harakatlarini taqqoslab, farqlaydilar. Hikoya mazmunini o‘zlashtirish bo‘yicha matn asosida quyidagicha ishlar amalga oshiriladi: 1. Matn mazmuni yuzasidan o‘qituvchi savollariga javob berish. 2. Hikoya matni asosidagi savol-topshiriqlarni bajarish. 3. Hikoya mazmuni yuzasidan o‘quvchilarning savollar tuzishi. 4. Hikoya mazmuniga mos rasmlar chizish. 5. Hikoya matnini qismlarga bo‘lish. 6. Har bir qismga sarlavha topish. 7. Hikoyaga reja tuzish. 8. Reja asosida qayta hikoyalash (to‘liq, qisqartirib va ijodiy qayta hikoyalash). 9. Reja asosida bayon yozish. Tahlilda o‘qilayotgan hikoya matnining tushunarliligi hal qiluvchi ahamiyatga ega. Tushunarlilik deganda yozuvchi yaratgan badiiy olamning o‘ziga xosligi, obrazli tasvirning o‘quvchi hayotiy tajribasi, bilim darajasiga muvofiqligi nazarda tutiladi. Hikoyani o‘rganishda savollarni, odatda, o‘qituvchi beradi, ammo asar mazmuni, qatnashuvchi shaxslarning xulq-atvorini ochish yuzasidan o‘quvchilarga
 
 
ham savol tuzdirish juda foydali. Bu usul bolalarga juda yoqadi va ishni jonlantiradi, 
asar mazmunini yaxshi tushunish, o‘z fikrini izchil bayon qilish malakasini egallash, 
mazmun va voqealar orasidagi bog‘lanishni to‘liq esda saqlab qolishda 
o‘quvchilarga yordam beradi. 
Hikoyani izohli o‘qish darsini quyidagicha reja asosida olib borish mumkin: 
1. Hikoyani o‘qishga tayyorlash (hikoyadagi kabi odamlar hayoti va davrga 
xarakteristika berish va boshqa.). 
2. Hikoyani o‘qish (bunda to‘liq va ma’no jihatdan tugal qismni o‘qituvchi yoki 
oldindan tayyorlangan o‘quvchi ifodali o‘qishi mumkin). 
3. Lug‘at ustida ishlash. 
4. Idrok etishni tekshirish (qatnashuvchilarning xatti-harakatlari, shaxslar va 
voqealar o‘rtasidagi munosabatlar, badiiy vositalar yuzasidan qisqacha.suhbat). 
5. Hikoyani qayta o‘qish (qismlarga bo‘lib, rollarga bo‘lib o‘quvchilarga 
o‘qitish). 
6. Hikoyaning har bir bo‘limi (qismi) yuzasidan suhbat uyushtirish, hikoya 
rejasini tuzish. 
7. Reja asosida qayta hikoyalash. 
8. Hikoya asosida ijodiy va mustaqil ishlar. 
9. Hikoyani ifodali o‘qishga yoki sahnalashtirishga tayyorlanish (sinfda yoki 
uyda). 
10. Hikoyani ifodali o‘qish va ifodali qayta hikoyalash. 
 
4. Masalni o‘qish metodikasi 
Masal — axloqiy, satirik va kesatiq mazmunini kinoyaviy obraz-larda aks 
ettirgan aksariyat kichik she’riy, ba’zan nasriy asardir. Inson xarakteriga xos 
xususiyatlar masalda majoziy obrazlar— hayvonlar, jonivorlar va o‘simliklar 
dunyosiga ko‘chiriladi. Timsollarning kinoyaviy xarakterda bo‘lishidan tashqari, 
kulgili savol-javob ham masal tili va uslubi uchun xarakterlidir. Ko‘pincha 
masalning kirish qismida, ba’zan pirovardida qissadan hissa — ibratli xulosa 
chiqariladi. 
ham savol tuzdirish juda foydali. Bu usul bolalarga juda yoqadi va ishni jonlantiradi, asar mazmunini yaxshi tushunish, o‘z fikrini izchil bayon qilish malakasini egallash, mazmun va voqealar orasidagi bog‘lanishni to‘liq esda saqlab qolishda o‘quvchilarga yordam beradi. Hikoyani izohli o‘qish darsini quyidagicha reja asosida olib borish mumkin: 1. Hikoyani o‘qishga tayyorlash (hikoyadagi kabi odamlar hayoti va davrga xarakteristika berish va boshqa.). 2. Hikoyani o‘qish (bunda to‘liq va ma’no jihatdan tugal qismni o‘qituvchi yoki oldindan tayyorlangan o‘quvchi ifodali o‘qishi mumkin). 3. Lug‘at ustida ishlash. 4. Idrok etishni tekshirish (qatnashuvchilarning xatti-harakatlari, shaxslar va voqealar o‘rtasidagi munosabatlar, badiiy vositalar yuzasidan qisqacha.suhbat). 5. Hikoyani qayta o‘qish (qismlarga bo‘lib, rollarga bo‘lib o‘quvchilarga o‘qitish). 6. Hikoyaning har bir bo‘limi (qismi) yuzasidan suhbat uyushtirish, hikoya rejasini tuzish. 7. Reja asosida qayta hikoyalash. 8. Hikoya asosida ijodiy va mustaqil ishlar. 9. Hikoyani ifodali o‘qishga yoki sahnalashtirishga tayyorlanish (sinfda yoki uyda). 10. Hikoyani ifodali o‘qish va ifodali qayta hikoyalash. 4. Masalni o‘qish metodikasi Masal — axloqiy, satirik va kesatiq mazmunini kinoyaviy obraz-larda aks ettirgan aksariyat kichik she’riy, ba’zan nasriy asardir. Inson xarakteriga xos xususiyatlar masalda majoziy obrazlar— hayvonlar, jonivorlar va o‘simliklar dunyosiga ko‘chiriladi. Timsollarning kinoyaviy xarakterda bo‘lishidan tashqari, kulgili savol-javob ham masal tili va uslubi uchun xarakterlidir. Ko‘pincha masalning kirish qismida, ba’zan pirovardida qissadan hissa — ibratli xulosa chiqariladi.
 
 
Adabiyot nazariyasida masalga liro-epik janrlardan biri sifatida she’riy 
shakldagi, majoziy xarakterdagi qisqa sujetli asar deb ta’rif beriladi. Masallarda turli 
hayvonlar majoziy suratda asarning qahramonlari sifatida tasvirlanadi. 
Masal kichik hajmli, ammo boy mazmunli, tugun, kulminatsion nuqta va 
yechimi bo‘lgan kichik pesani eslatadi. U biror voqea-hodisani qisqa, mazmunli 
tasvirlashda ajoyib namuna bo‘la oladi. 
,,Antik adabiyotda Ezop masallari juda mashhur bo‘lgan. O‘z ma’nosidan 
ko‘chirilgan (majoziy) so‘z va kinoyaviy iboralar orqali qilinadigan ,,yashirincha" 
tanqidning tili va uslubi Ezopga nisbatan berilib, ,,Ezop tili" deyilgan va shu ta’bir 
joriy qilingan". 
Mashhur masalnavis Gulxaniyning ,,Toshbaqa bilan Chayon", ,,Maymun bilan 
Najjor" masallari boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining yoshiga mos keladi. Ularda 
do‘stlik, rostgo‘ylik, qo‘lidan kelmaydigan ishga urinmaslik kabi g‘oyalar ilgari 
suriladi. 
Ma’lumki, tarbiya ko‘proq ta’lim jarayonida berib boriladi. Bolalarga maktabga 
kelgan kunidan boshlab, bilim olishga havas tuyg‘usi shakllantiriladi. Ularda asta-
sekin bilim olishga ehtiyoj paydo bo‘ladi va bu orqali o‘quvchilar ma’naviy ozuqa 
ola boshlaydilar. Bu bilan bolada kelajakka intilish, orzu-havas, mehnatga 
chanqoqlik, xayru ehsonda sofdillik, ona-Vatanga mehr-muhabbat, fidoyilik, milliy 
g‘urur, matonat, mehr-oqibat, do‘stlik, ezgulik kabi yuksak hislar paydo bo‘ladi. 
Jumladan, masal janridagi asarlar ham boladagi qo‘pollik, qo‘rslik, 
yolg‘onchilik, yalqovlik, beparvolik kabi illatlarni bartaraf etishda yordam beradi. 
Lekin amaldagi boshlang‘ich sinf ,,O‘qish kitobi" darsliklarida masal janriga kam 
o‘rin berilgan. Vaholanki, bola tarbiyasida masalning o‘rni beqiyosdir. Masaldagi 
qissadan hissa o‘quvchi matndagi e’tibordan chetda qoldirgan, yuzaki o‘qib o‘tib 
ketgan, yaxshi anglashga harakat qilmagan o‘rinni, bo‘shliqni to‘ldiradi. 
3-sinf ,,O‘qish kitobi"dan o‘rin olgan ,,Qaysar buzoqcha" (O.Qo‘ch-qorbekov) 
masali oilasi, o‘rtoqlari, do‘stlaridan ajralib, yomon yo‘llarga kirib qolgan, oqibatda 
ko‘ngilsiz holatlarga tushib qolgan bolalarni tar-biyalashda katta ahamiyatga ega. 
Ushbu masaldagi asosiy xulosa masal oxirida berilgan qissadan hissada, ya’ni ota-
bobolarimiz yaratib, bizga nasihat sifatida qoldirgan ,,Bo‘linganni bo‘ri yer" 
Adabiyot nazariyasida masalga liro-epik janrlardan biri sifatida she’riy shakldagi, majoziy xarakterdagi qisqa sujetli asar deb ta’rif beriladi. Masallarda turli hayvonlar majoziy suratda asarning qahramonlari sifatida tasvirlanadi. Masal kichik hajmli, ammo boy mazmunli, tugun, kulminatsion nuqta va yechimi bo‘lgan kichik pesani eslatadi. U biror voqea-hodisani qisqa, mazmunli tasvirlashda ajoyib namuna bo‘la oladi. ,,Antik adabiyotda Ezop masallari juda mashhur bo‘lgan. O‘z ma’nosidan ko‘chirilgan (majoziy) so‘z va kinoyaviy iboralar orqali qilinadigan ,,yashirincha" tanqidning tili va uslubi Ezopga nisbatan berilib, ,,Ezop tili" deyilgan va shu ta’bir joriy qilingan". Mashhur masalnavis Gulxaniyning ,,Toshbaqa bilan Chayon", ,,Maymun bilan Najjor" masallari boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining yoshiga mos keladi. Ularda do‘stlik, rostgo‘ylik, qo‘lidan kelmaydigan ishga urinmaslik kabi g‘oyalar ilgari suriladi. Ma’lumki, tarbiya ko‘proq ta’lim jarayonida berib boriladi. Bolalarga maktabga kelgan kunidan boshlab, bilim olishga havas tuyg‘usi shakllantiriladi. Ularda asta- sekin bilim olishga ehtiyoj paydo bo‘ladi va bu orqali o‘quvchilar ma’naviy ozuqa ola boshlaydilar. Bu bilan bolada kelajakka intilish, orzu-havas, mehnatga chanqoqlik, xayru ehsonda sofdillik, ona-Vatanga mehr-muhabbat, fidoyilik, milliy g‘urur, matonat, mehr-oqibat, do‘stlik, ezgulik kabi yuksak hislar paydo bo‘ladi. Jumladan, masal janridagi asarlar ham boladagi qo‘pollik, qo‘rslik, yolg‘onchilik, yalqovlik, beparvolik kabi illatlarni bartaraf etishda yordam beradi. Lekin amaldagi boshlang‘ich sinf ,,O‘qish kitobi" darsliklarida masal janriga kam o‘rin berilgan. Vaholanki, bola tarbiyasida masalning o‘rni beqiyosdir. Masaldagi qissadan hissa o‘quvchi matndagi e’tibordan chetda qoldirgan, yuzaki o‘qib o‘tib ketgan, yaxshi anglashga harakat qilmagan o‘rinni, bo‘shliqni to‘ldiradi. 3-sinf ,,O‘qish kitobi"dan o‘rin olgan ,,Qaysar buzoqcha" (O.Qo‘ch-qorbekov) masali oilasi, o‘rtoqlari, do‘stlaridan ajralib, yomon yo‘llarga kirib qolgan, oqibatda ko‘ngilsiz holatlarga tushib qolgan bolalarni tar-biyalashda katta ahamiyatga ega. Ushbu masaldagi asosiy xulosa masal oxirida berilgan qissadan hissada, ya’ni ota- bobolarimiz yaratib, bizga nasihat sifatida qoldirgan ,,Bo‘linganni bo‘ri yer"
 
 
hikmatida o‘z ifodasini topgan. Bu hozirgi kunda maqol tusini olgan. Shoir esa 
bundan juda ustalik bilan foydalangan. 
,,Chumon va Tipralikan" masali esa nasriy turga mansub bo‘lib, unda Chumoli 
timsoli orqali bolalar halollikka o‘rgatiladi, har bir narsani, u katta yoki kichik 
bo‘lishidan qat’iy nazar, so‘rab olishga, egasining ruxsati bilan foydalanishga da’vat 
etiladi. Masalni o‘qishda bolalar Tipratikan timsoliga tanqidiy nazar bilan 
yondashadilar, agar o‘zining hayotida biron-bir shunday holat-voqea yuz bersa, uni 
boshqa takrorlamaslikka o‘rganadilar. 
Masalning, avvalo, ixchamliligi, tilining qisqa va lo‘ndaligi, soddaligi, 
o‘tkirligi va xalqchilligi bola hissiyotiga qattiq ta’sir qiladi. Bular o‘quvchilar nutqini 
o‘stirishda ham muhim material hisoblanadi. Masal qahramonlarining xatti-
harakatlari, fe’1-atvorlari, nutqiy o‘ziga xosliklari o‘quvchining diqqatini o‘ziga jalb 
qiladi. 
2-sinf ,,O‘qish kitobi"da berilgan ,,O‘roq va Kombayn" masalida o‘roq va 
kombayn asar qahramonlari qilib olingan. Ularning muno-zarasi orqali texnikaning 
afzalligi: kam vaqt sarflab, samarali natijaga erishish mumkinligi hamda ularning 
ahil bo‘lib, birgalikda mehnatga bel bog‘lashlari kabi g‘oyalar ilgari suriladi. Oddiy 
predmetlar tilga kiradi. Insonlar tomonidan aytiladigan texnika va ish qurollari ha-
qidagi gap-so‘zlar bevosita predmetlar tilidan beriladi. 
3-sinf 
,,O‘qish 
kitobi"da 
,,Qaysar 
buzoqcha" 
(O. 
Qo‘chqorbekov), 
,,ChumolivaTipratikan", ,,O‘jar Toshbaqa" (H. Yoqubov), ,,Chayon-dan so‘radilar" 
kabi masallar joy olgan. Bu masallarning qahramonlari ham hayvonlar: buzoqcha, 
chumoli, tipratikan, toshbaqa, chayon. Majoziy qahramonlarni tanlashda ham 
yozuvchi har bir hayvonning xususiyatidan kelib chiqadi. Masalan, buzoqchalar 
arqondan bo‘shatib yuborilsa, shataloq otib, uzoq-uzoqlarga ketib qoladi. Qaysar 
buzoqcha ham to‘dasidan ajralib, bo‘riga duch keladi, ya’ni ko‘ngilsiz voqea yuz 
beradi. Buzoqcha orqali onasidan uzoqlashib ketgan bolalar, vatanidan yiroqda turli 
kulfatlarga duch kelayotgan kishilar nazarda tutilgan. 
„ 
Chumoli 
va 
Tipratikan" 
masalidagi 
majoziy 
qahramonlar 
ham 
aslidajamiyatimiz a’zolaridir. Chumoli hayotdagi halol, pok, to‘g‘riso‘z insonlar 
bo‘lsa, tipratikan o‘g‘ri, qallob birovning ustidan kuladigan kishilar timsolidir. 
hikmatida o‘z ifodasini topgan. Bu hozirgi kunda maqol tusini olgan. Shoir esa bundan juda ustalik bilan foydalangan. ,,Chumon va Tipralikan" masali esa nasriy turga mansub bo‘lib, unda Chumoli timsoli orqali bolalar halollikka o‘rgatiladi, har bir narsani, u katta yoki kichik bo‘lishidan qat’iy nazar, so‘rab olishga, egasining ruxsati bilan foydalanishga da’vat etiladi. Masalni o‘qishda bolalar Tipratikan timsoliga tanqidiy nazar bilan yondashadilar, agar o‘zining hayotida biron-bir shunday holat-voqea yuz bersa, uni boshqa takrorlamaslikka o‘rganadilar. Masalning, avvalo, ixchamliligi, tilining qisqa va lo‘ndaligi, soddaligi, o‘tkirligi va xalqchilligi bola hissiyotiga qattiq ta’sir qiladi. Bular o‘quvchilar nutqini o‘stirishda ham muhim material hisoblanadi. Masal qahramonlarining xatti- harakatlari, fe’1-atvorlari, nutqiy o‘ziga xosliklari o‘quvchining diqqatini o‘ziga jalb qiladi. 2-sinf ,,O‘qish kitobi"da berilgan ,,O‘roq va Kombayn" masalida o‘roq va kombayn asar qahramonlari qilib olingan. Ularning muno-zarasi orqali texnikaning afzalligi: kam vaqt sarflab, samarali natijaga erishish mumkinligi hamda ularning ahil bo‘lib, birgalikda mehnatga bel bog‘lashlari kabi g‘oyalar ilgari suriladi. Oddiy predmetlar tilga kiradi. Insonlar tomonidan aytiladigan texnika va ish qurollari ha- qidagi gap-so‘zlar bevosita predmetlar tilidan beriladi. 3-sinf ,,O‘qish kitobi"da ,,Qaysar buzoqcha" (O. Qo‘chqorbekov), ,,ChumolivaTipratikan", ,,O‘jar Toshbaqa" (H. Yoqubov), ,,Chayon-dan so‘radilar" kabi masallar joy olgan. Bu masallarning qahramonlari ham hayvonlar: buzoqcha, chumoli, tipratikan, toshbaqa, chayon. Majoziy qahramonlarni tanlashda ham yozuvchi har bir hayvonning xususiyatidan kelib chiqadi. Masalan, buzoqchalar arqondan bo‘shatib yuborilsa, shataloq otib, uzoq-uzoqlarga ketib qoladi. Qaysar buzoqcha ham to‘dasidan ajralib, bo‘riga duch keladi, ya’ni ko‘ngilsiz voqea yuz beradi. Buzoqcha orqali onasidan uzoqlashib ketgan bolalar, vatanidan yiroqda turli kulfatlarga duch kelayotgan kishilar nazarda tutilgan. „ Chumoli va Tipratikan" masalidagi majoziy qahramonlar ham aslidajamiyatimiz a’zolaridir. Chumoli hayotdagi halol, pok, to‘g‘riso‘z insonlar bo‘lsa, tipratikan o‘g‘ri, qallob birovning ustidan kuladigan kishilar timsolidir.
 
 
,,O‘jar Toshbaqa" masalidagi Toshbaqa hayotdagi o‘jar, qaysar, o‘z bilganidan 
qolmaydigan, ko‘ngli tusaganini qiladiganlar timsolidir. 
Boshlang‘ich sinflarda masalni o‘rganayotganda bolalarni masalni ifodali 
o‘qishga va lining mazmunini qisqa, ba’zan bir necha so‘z bilan aytib berishga, 
ayrim qatnashuvchilarning xarakterli xususiyatlarini aniqlab, o‘zaro qiyoslashga 
o‘rgatish muhim ahamiyatga ega. 
Masalning allegorik mazmuniga to‘xtalmasdan, bosh qahramon qiyofasini 
tahlil qilishga kirishiladi. 1-sinfda bolalar masalni hayvonlar haqidagi ertakka 
o‘xshash kulguli asar kabi qabul qilsalar, 2-sinfdan boshlab ular masaldagi 
hayvonlarning xatti-harakati, o‘zaro munosa-batlari ba’zan kishilar hayotida ham 
uchrashini, masal axloqiy bilim beradigan hikoya ekanini, ko‘proq she’riy tarzda 
bo‘lishini, unda kishilardagi ayrim kamchiliklar tasvirlanishini bilib ola 
boshlaydilar. 
Masallarda yashiringan o‘tkir kinoya, voqealarning tez-tez o‘rin almashinib 
turishi uni bir maromda o‘qishga xalaqit beradi. Shuning uchun ifodali o‘qishga 
yetarli malaka hosil qilmagan o‘quvchi avval matn bilan yaxshilab tanishib chiqishi 
lozim. 
Masal tahlil qilinayotganda, voqea rivojini jonli tasawur qilish, obrazlarni aniq 
idrok etishda o‘quvchilarga yordam berish zarur. Chxmonchi, ularga ayrim 
epizodlarni so‘z bilan tasvirlash, ba’zilariga o‘qituvchi yordamida tavsif berish, 
ishning oxirgi bosqichida rollarga bo‘lib o‘qish kabilarni tavsiya qilish maqsadga 
muvofiq. Qahramon-larga tavsif berishda uning xatti-harakati bilan birga, tilning 
o‘ziga xos xususiyatlaridan ham foydalaniladi. Masalni ifodali o‘qishga tayyorla-
nishda uning sujetini bilish bilan birga, muallif tilini yaxshi tushunish zarur. 
4-sinf ,,O‘qish kitobi"da berilgan Sh. Sa’dullaning ,,Laqma it" masalida it 
markaziy timsol sanaladi. Mushuk, sigir, xo‘roz, tovuq va kurkalar timsolini it 
birlashtirib turadi. Shuning o‘ziyoq it xarakterini ochish uchun uning atrofidagi 
timsollarning xarakter xususiyatini bilishni talab etadi. 
Mushukning it haqidagi so‘zlarini matndan toptirib o‘qitish itning xususiyatini 
ochib beradi: 
Ajab bo‘ldi .... uy qurmading. 
O‘z va’dangda sen turmading. 
,,O‘jar Toshbaqa" masalidagi Toshbaqa hayotdagi o‘jar, qaysar, o‘z bilganidan qolmaydigan, ko‘ngli tusaganini qiladiganlar timsolidir. Boshlang‘ich sinflarda masalni o‘rganayotganda bolalarni masalni ifodali o‘qishga va lining mazmunini qisqa, ba’zan bir necha so‘z bilan aytib berishga, ayrim qatnashuvchilarning xarakterli xususiyatlarini aniqlab, o‘zaro qiyoslashga o‘rgatish muhim ahamiyatga ega. Masalning allegorik mazmuniga to‘xtalmasdan, bosh qahramon qiyofasini tahlil qilishga kirishiladi. 1-sinfda bolalar masalni hayvonlar haqidagi ertakka o‘xshash kulguli asar kabi qabul qilsalar, 2-sinfdan boshlab ular masaldagi hayvonlarning xatti-harakati, o‘zaro munosa-batlari ba’zan kishilar hayotida ham uchrashini, masal axloqiy bilim beradigan hikoya ekanini, ko‘proq she’riy tarzda bo‘lishini, unda kishilardagi ayrim kamchiliklar tasvirlanishini bilib ola boshlaydilar. Masallarda yashiringan o‘tkir kinoya, voqealarning tez-tez o‘rin almashinib turishi uni bir maromda o‘qishga xalaqit beradi. Shuning uchun ifodali o‘qishga yetarli malaka hosil qilmagan o‘quvchi avval matn bilan yaxshilab tanishib chiqishi lozim. Masal tahlil qilinayotganda, voqea rivojini jonli tasawur qilish, obrazlarni aniq idrok etishda o‘quvchilarga yordam berish zarur. Chxmonchi, ularga ayrim epizodlarni so‘z bilan tasvirlash, ba’zilariga o‘qituvchi yordamida tavsif berish, ishning oxirgi bosqichida rollarga bo‘lib o‘qish kabilarni tavsiya qilish maqsadga muvofiq. Qahramon-larga tavsif berishda uning xatti-harakati bilan birga, tilning o‘ziga xos xususiyatlaridan ham foydalaniladi. Masalni ifodali o‘qishga tayyorla- nishda uning sujetini bilish bilan birga, muallif tilini yaxshi tushunish zarur. 4-sinf ,,O‘qish kitobi"da berilgan Sh. Sa’dullaning ,,Laqma it" masalida it markaziy timsol sanaladi. Mushuk, sigir, xo‘roz, tovuq va kurkalar timsolini it birlashtirib turadi. Shuning o‘ziyoq it xarakterini ochish uchun uning atrofidagi timsollarning xarakter xususiyatini bilishni talab etadi. Mushukning it haqidagi so‘zlarini matndan toptirib o‘qitish itning xususiyatini ochib beradi: Ajab bo‘ldi .... uy qurmading. O‘z va’dangda sen turmading.
 
 
Yozi bilan laqillading. 
Meni ko‘rsang akillading. 
Sigirning it haqidagi quyidagi so‘zlarini ham matndan topib o‘qitish orqali 
itning boshqa xususiyati ochiladi: 
— Menga bundoq hiyla qilma 
Sigirlarni axmoq bilma.... 
Uyda yotding oyoq cho‘zib 
Sog‘in sutni hadeb buzib. 
So‘ng o‘quvchilarga itga xos xususiyatlarni ochuvchi so‘z va iboralarni toptirib 
ayttiriladi. Shu tariqa o‘quvchilar o‘qituvchi yordamida itga tavsif beradilar. So‘ng 
boshqa timsollar ustida ishlanadi. Bunda taqqoslash usulidan foydalaniladi. 
Mushukning yaxshi xislatlari sanaladi. Bu kabi tavsiflar sigir, xo‘roz, tovuq, 
kurkalarga ham beriladi. Qahramonlarga tavsif berish matn ustida ishlash orqali 
amalga oshi-riladi. Yozuvchi foydalangan til vositasida o‘quvchilar qahramonlarga 
tavsif berishga o‘rganadilar, ularning tili ham yangi so‘zlar bilan boyiy-di. 
O‘quvchilarni tavsif berishga o‘rgatish uchun o‘qituvchining o‘zi qahramonni 
xarakterlovchi so‘z, iboralarni tavsiya qiladi. Ular ichiga masaldagi timsollarga xos 
bo‘lmagan xususiyatlarni ifodalovchi so‘z, iboralar kiritib qo‘yiladi. O‘quvchi ular 
ichidan mosini tanlab olish jarayonida mantiqan fikrlaydi. Bu so‘z va iboralar esa 
bolalar nutqiga ko‘chadi. 
4-sinf ,,O‘qish kitobi"da berilgan ,,Baqa bilan Taqa" (Aziz Ab-durazzoq) 
masalida baqa timsoli orqali yozuvchi o‘ziga mos bo‘lmagan, o‘ziga to‘g‘ri 
kelmaydigan narsalarni orzu qilish va bu orzuni amalga oshirishda boshqalarning 
maslahati, nasihatiga quloq solmay, o‘z ayt-ganidan qaytmaydigan, o‘jar kishilarni 
tanqid ostiga oladi. Baqa otlar kabi taqa bilan tovush chiqarib yurishni, yurganda 
yerni jaranglatib, odamiarga bu dunyoda o‘zining borligini bildirib yashashni istaydi. 
U taqachining ,,Taqani o‘ylama, uni otga chiqargan, senga taqa qoqsam, sakrashdan 
mahrum bo‘lasan... Sen taqa bilan yo‘rg‘alay olmaysan. Yo‘rg‘alashni ham otga 
chiqargan", ,,Sen borligingni bildirib yurmoq-chi bo‘lsang, sayrab yuraver" 
deyishlariga quloq solmaydi. Bu o‘jarlik uning boshiga kulfat keltiradi: suv tagiga 
cho‘kib ketadi. Yonidagi baqalar bo‘lmaganda halok bo‘lishi ham tayin edi. Kech 
bo‘Isa ham baqa xatosini anglab yetadi, taqachi oldida xijolat chekadi. Bu holatlar 
Yozi bilan laqillading. Meni ko‘rsang akillading. Sigirning it haqidagi quyidagi so‘zlarini ham matndan topib o‘qitish orqali itning boshqa xususiyati ochiladi: — Menga bundoq hiyla qilma Sigirlarni axmoq bilma.... Uyda yotding oyoq cho‘zib Sog‘in sutni hadeb buzib. So‘ng o‘quvchilarga itga xos xususiyatlarni ochuvchi so‘z va iboralarni toptirib ayttiriladi. Shu tariqa o‘quvchilar o‘qituvchi yordamida itga tavsif beradilar. So‘ng boshqa timsollar ustida ishlanadi. Bunda taqqoslash usulidan foydalaniladi. Mushukning yaxshi xislatlari sanaladi. Bu kabi tavsiflar sigir, xo‘roz, tovuq, kurkalarga ham beriladi. Qahramonlarga tavsif berish matn ustida ishlash orqali amalga oshi-riladi. Yozuvchi foydalangan til vositasida o‘quvchilar qahramonlarga tavsif berishga o‘rganadilar, ularning tili ham yangi so‘zlar bilan boyiy-di. O‘quvchilarni tavsif berishga o‘rgatish uchun o‘qituvchining o‘zi qahramonni xarakterlovchi so‘z, iboralarni tavsiya qiladi. Ular ichiga masaldagi timsollarga xos bo‘lmagan xususiyatlarni ifodalovchi so‘z, iboralar kiritib qo‘yiladi. O‘quvchi ular ichidan mosini tanlab olish jarayonida mantiqan fikrlaydi. Bu so‘z va iboralar esa bolalar nutqiga ko‘chadi. 4-sinf ,,O‘qish kitobi"da berilgan ,,Baqa bilan Taqa" (Aziz Ab-durazzoq) masalida baqa timsoli orqali yozuvchi o‘ziga mos bo‘lmagan, o‘ziga to‘g‘ri kelmaydigan narsalarni orzu qilish va bu orzuni amalga oshirishda boshqalarning maslahati, nasihatiga quloq solmay, o‘z ayt-ganidan qaytmaydigan, o‘jar kishilarni tanqid ostiga oladi. Baqa otlar kabi taqa bilan tovush chiqarib yurishni, yurganda yerni jaranglatib, odamiarga bu dunyoda o‘zining borligini bildirib yashashni istaydi. U taqachining ,,Taqani o‘ylama, uni otga chiqargan, senga taqa qoqsam, sakrashdan mahrum bo‘lasan... Sen taqa bilan yo‘rg‘alay olmaysan. Yo‘rg‘alashni ham otga chiqargan", ,,Sen borligingni bildirib yurmoq-chi bo‘lsang, sayrab yuraver" deyishlariga quloq solmaydi. Bu o‘jarlik uning boshiga kulfat keltiradi: suv tagiga cho‘kib ketadi. Yonidagi baqalar bo‘lmaganda halok bo‘lishi ham tayin edi. Kech bo‘Isa ham baqa xatosini anglab yetadi, taqachi oldida xijolat chekadi. Bu holatlar