HAR XIL JANRDAGI ASARLARNI O‘QITISH METODIKASINING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI. LMIY-OMMABOP ASARLARNI O‘QITISH METODIKASI. DOSTON, TOPISHMOK, TEZ AYTISH, MAQOL JANRIDAGI ASARLARNI O‘QITISH METODIKASI.
Yuklangan vaqt
2024-05-10
Yuklab olishlar soni
3
Sahifalar soni
29
Faytl hajmi
37,8 KB
HAR XIL JANRDAGI ASARLARNI O‘QITISH METODIKASINING
O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI. LMIY-OMMABOP ASARLARNI
O‘QITISH METODIKASI. DOSTON, TOPISHMOK, TEZ AYTISH,
MAQOL JANRIDAGI ASARLARNI O‘QITISH METODIKASI.
Mavzu rejasi:
1. Ilmiy-ommabop asarlarni o’qish metodikasi.
2. Doston, topishmoq, maqol, tez aytish janridagi asarlarni o’qitish metodikasi.
3. Ifodali o’qish xususiyatlari, asoslari.
Maqol o’rganish metodikasi
Maqol turmush tajribalari zaminida tug’ilgan va xalq donoligini ifodalagan
qisqa, ko’pincha she’riy shakldagi hikmatli so’zlar, chuqur ma’noli iboralardir.
Maqollar xilma-xil mavzularda bo’lib, hayotning turli masalalarini qamrab oladi.
Ko’pincha maqol o’git, nasihat xarak-terida bo’ladi: ,,Yer haydasang - kuz hayda,
Kuz haydamasang yuz hayda", ,,Hunari yo’q kishining, mazasi yo’q ishining" kabi.
Maqol xalq og’zaki ijodining juda qadimiy shakllaridan biri bo’lib, unda
xilma-xil badiiy ifoda vositalari - ohangdosh tovushlar takrori bo’ladi. Katta hayotiy
va ijodiy tajribaga ega bo’lgan ajoyib so’z ustalari-ning o’lmas satr va hikmatli
so’zlari ham ko’pincha xalq maqollariga o’xshab ketadi. Masalan, A.Navoiyning
,,Mahbub ul-qulub"da aytgan bir qancha hikmatli so’zlari shular jumlasidandir:
,,Oz-oz o’rganib dono bo’lur, qatra-qatra yig’ilib daryo bo’lur", ,,Tilga ixtiyorsiz —
elga e’tiborsiz" va boshq.
Ma’iumki, badiiy asar matni ustida ishlash bosqichma-bosqich amalga
oshiriladi. Maqollarni o’rganishda ham bu bosqichlarga e’tibor qaratish kerak. 1—
2-sinflar maqollarni o’rganishning birinchi bosqichi bo’lsa, savod o’rgatish davri
maqollarni o’qish va o’rganishning tay-yorlov bosqichidir.
Savod o’rgatish davridayoq o’quvchilar maqollarni o’qiydilar. Alifbe
davrida berilgan maqollar main mazmuni bilan bog’liq bo’lib, ular matn g’oyasini
o’quvchilarga lo’nda, aniq yetkazish uchun ham xizmat qiladi. Bu vaqtda
o’quvchilarga maqollar o’qitiladi, ma’nosini bilganlaricha izohlab berishlari
so’raladi. O’quvchilar javobini o’qituvchi to’ldirib, misollar bilan dalillab beradi.
Maqollarni o’rgatish o’qituvchidan katta tayyorgarlikni talab etadi. Har bir
darsga tayyorlanayotganda asar mazmuniga va unda ilgari surilgan g’oyaga mos
maqol ustida qanday mashq uyushtirishni rejalashtirib olish lozim. Iloji boricha
ularni dars rejasiga kiritish, izohli lug’atlar (Masalan: Sh. Shomaqsudov, Sh.
Shorahmedovning ,,Hikmatnoma" (o’zbek maqollarining izohli lug’ati), Toshkent,
1990) dan uning ma’nosini oson izohlaydigan, sodda til bilan tushuntirish mumkin
bo’lgan shakllarini bilib olish zarur. Buning uchun o’qituvchi „Maqollar to’plami"
va ularning izohiga oid adabiyotlarga ega bo’lishi kerak.
Boshlang’ich sinflarda matn ostida berilgan maqollarni o’qish va o’rganish,
tahlil qilish asar o’qilib, tahlil qilinib bo’lingach amalga oshirilishi kerak. Chunki
asar mazmuni va unda yozuvchi aytmoqchi bo’lgan g’oyani tushunmay turib,
maqolning ma’nosini izohlash qiyin bo’ladi. Mualliflar ham maqol ma’nosini asar
voqealari bilan izohlamoqchi bo’ladilar.
1-2-sinflarda maqolni ifodali o’qish va yod olishga ahamiyat be-riladi. 1-sinf
darsligida bo’lim yuzasidan berilgan savol-topshiriqlarda ham maqollarni
o’rganishga katta e’tibor berilgan. Masalan, ,,Xalq o’giti - baxt kaliti" bo’limidagi
savol-topshiriqlarda ,,Rostgo’y!ik haqidagi maqollardan ayting", ,,Odob insonga
husn" bo’limida ,,Qanoatda - barakat" maqolining ma’nosini tushuntirib bering",
,,Ko’klam - yashnadi olam" bo’limidan so’ng ,,Bilim olish haqidagi maqollarni
ayting" kabi vazifalar berilgan. Har bir bo’lim yuzasidan berilgan vazifalarda u yoki
bu maqolni o’rganish ko’zda tutilgan.
1-2-sinfda maqolning mazmunini o’rganish va yod olishdan tashqari, uning
matnidagi izohtalab so’zlar, birikmalar ustida lug’at ishi o’tkazish, badiiy til
vositalari, ko’chma ma’noli, qarama-qarshi ma’no bildiruvchi, maqolda takrorlanib
kelayotgan so’zlar ma’nosi yuzasidan ish olib borish talab etiladi. Masalan, 1-sinf
,,O’qish kitobi" da ,,Ona yurting - oltin beshiging" maqoli berilgan. Mana shu maqol
matni ustida ishlaganda, ,,Yurt" so’zini qaysi so’zlar bilan almashtirish mumkin?",
„Maqolda ona yurt nimaga tenglashtirilayapti?", ,,Beshik oltin bo’ladimi?" kabi
savollar berish yo’li bilan o’quvchilarning lug’atini boyitish, bog’lanishli nutqini
o’stirish ustida ishlanadi. Bundan tashqari, ,,Eling senga cho’zsa qo’l, Unga doim
sodiq bo’l" maqolining ma’nosini tushuntirishda shu bo’limdagi asarlardan, bolalar
uchun davlatimiz tomonidan yaratib berilgan sharoitlardan misollar keltirish lozim.
Masalan, ,,Jar" sport kompleksi sizning sog’lom o’sishingiz uchun yaratildi.
Maktabda bepul bilim olyapsiz. Shunga javoban siz nima qilishingiz kerak?" kabi.
Shu maqolning badiiy til vositasi ustida ishlashda ,,Qo’l cho’zsa" deganda nimani
tushundingiz?" kabi savollar bilan o’quvchilarga murojaat qilish va uning qanday
ma’noda kelayot-ganini aytib o’tish foydadan xoli bo’lmaydi.
2-sinfda ,,Ish ishtaha ochar" matnidan keyin: ,,Ish ishtaha ochar, Dangasa
ishdan qochar", ,,Kuch birlikda" matnidan ,,Birlashgan o’zar, birlashmagan to’zar"
maqollari keltirilgan. Bu maqollardan matn o’rganib bo’lingach, asarning g’oyasini
ochishda va xulosa chiqarishda foydalaniladi. Su tarzda maqol mazmuni ham
ochiladi. Maqol tili ustidagi 1-sinfda uyushtirilgan ishlar 2-sinfda ham davom
ettiriladi. Maqol ustida ishlash orqali o’quvchilar uning yaratilishi sababini, oddiy
gapdan farqini bilib oladilar.
1-sinfda maqollarni to’g’ri o’qish va yod olishga e’tibor ko’proq qaratiladi,
2-sinfda esa o’quvchilardan matn mazmuniga mos maqollar aytishni talab qilish
mumkin.
3-4-sinflarda maqollar maxsus darslarda va badiiy asarni o’rganish
jarayonida ham muntazam o’rganib boriladi. Bu sinflarda maqollarni o’rganishdan
ko’zlangan maqsad o’quvchilar dunyoqarashini shakllantirisrn to’g’ri va ongli
o’qish malakalarini takomillashtirish, maqoldagi har bir so’zning va yaxlit
maqolning ma’nosini to’liq idrok etishga erishishdir. O’quvchilar o’qilgan matn
ichidan maqollarni, hikmatli so’zlarni o’zi mustaqil topa olish ko’nikmasini
egallashi, ular yordamida o’qilgan asarlar yuzasidan to’g’ri hukm chiqarishga
o’rganishlari zarur.
3—4-sinflarda ,,Xalq og’zaki ijodi" bo’limi tarkibida „Maqollar" mavzusi
alohida o’rganiladi. Bu mavzuni o’rganishda maqolning kelib chiqishi, yaratilishi
haqida dastlabki elementar ma’lumotlar beriladi. Bunda maqollar xalqning uzoq
yillik hayotiy tajribasi asosida vujudga kelganligi, tarbiya vositasi sifatida har bir
xalqning milliy ma’naviyatining hakllanishida muhim vosita bo’lishi haqida
dastlabki tushunchalar beriladi.
Maqollar mavzular bo’yicha guruhlab o’rgatiladi. Masalan, 4-sinf ,,O’qish
kitobi"da maqollar ,,Ona yurting - oltin beshiging", ,,Eldan ayrilguncha, jondan
ayril", ,,Mehnat — baxt keltirar", ,,Odobing — zeb-u ziynating", ,,Olim bo’lsang,
olam seniki", ,,Ko’ngil ko’ngildan suv ichar" kabi mavzular asosida birlashtirilib
berilgan. O’quvchilarga maqollarni mavzu bo’yicha guruhlab o’rgatishda o’qish
mavzulariga asoslaniladi. Bunda maqol mazmuniga mos asarlar nomini keltirish,
uning mazmun va g’oyasini maqol bilan bog’lash kerak. Bu jarayonda
o’quvchilarning hayotiy tajribalari asosida misollar keltirish bilan maqollarni
izohlash yoki o’quvchilarga maqol g’oyasiga mos bironta hikoya tuzish mustaqil ish
sifatida berilishi ham mumkin.
3-4-sinflarda maqol janri bo’yicha tahliliy ishlar o’quv yili davo-mida izchil
uyushtirilib boriladi, ya’ni ,,Asar g’oyasiga old maqol ayting", „Maqollar asosida
krossvord tuzing, rebus yarating" kabi topshiriqlar beriladi, „Maqollar aytish
musobaqasi", „ Maqollar mu-shoirasi" ka_bilar tashkil qilinadi.
Maqollarni o’rganishda ko’rgazmalilik, nazariyaning amaliyot bilan
bog’liqligi, ta’lim-tarbiyaning birligi tamoyillariga amal qilinadi.
4-sinf yakunida maqol janrini o’rganish yuzasidan umumlash-tiruvchi darsni
tashkil qilish zarur. Bunda o’quvchilarga yod olingan maqollar mavzusiga qarab
guruhlash ustida ish olib boriladi.
Yuqoridagilarni hisobga olganda, maqolni o’rganishda quyidagi ish
turlaridan foydalaniladi:
1. Maqolni o’qib, uning mazmuni ustida ishlash.
2. Maqoldagi so’zlarning ma’nosini izohlash.
3. Badiiy til vositalari ustida ishlash.
4. Maqolni yod oldirish.
5. Maqol matnidagi qarama-qarshi ma’noli va ma’nodosh so’z-larni aniqlash
va ularning maqolda ifoda etilgan g’oya bilan aloqasini ochish.
6. Matn mazmuni va g’oyasiga mos maqol toptirish.
7. Maqollarni mavzular bo’yicha guruhlash.
MAQOL O’RGANISH DARSI NAMUNASI
Mavzu. Xalq hikmatlari.
O’quv material!. Maqollar.
Darsning maqsadi: 1. O’quvchilarga maqollarning xususiyatlari haqida
ma’lumot berish. Maqollarni ifodali o’qish, mazmunini to’liq anglab yetish
malakasini oshirish. 2. Maqollar orqali o’quvchilar on-giga vatanparvarlik,
mehnatsevarlik, ilm olishga qiziqish, kamtarlik, oqko’ngillik tuyg’ularini singdirish.
3. O’quvchilarni ko’rgan-bilgan, eshitgan, o’qiganlari yuzasidan xulosa chiqarishga,
o’z nutqida maqol-lardan foydalanishga o’rgatish.
Darsning turi. Yangi bilim beruvchi, maqol o’qish darsi.
Darsning borishi
I. Da’vat bosqichi. Maqsad: o’quvchilarda yangi mavzuni o’z-lashtirishga
ishtiyoq uyg’otish, maqollarning xususiyatlari haqida ma’lumot berish.
Metod: Suhbat metodi.
O’qituvchi xattaxtaga quyidagi maqollarni yozib qo’yadi: ,,Birlash-gan
o’zar, birlashmagan to’zar", ,,Avval o’yla, keyin so’yla".
O’qituvchi: Abdulla Avloniyning ,,Yaxshilik yerda qolmas" hikoyatini
bilasizmi?
Xattaxtaga hikoya mazmuniga mos rasmlar ilinadi.
O’qituvchining hikoyasi: ,,Yaxshilik yerda qolmas"
Bir ari suv ustinda uchib borur edi. Birdan suvga yiqilib ketdi. Qanotlari ho’l
bo’lib ucharga kuchi yetmadi. O’lar holatga etdi. Buni bir kabutar ko’rib, ariga rahmi
kelub, darhol bir cho’pni tishlab, suvga tashladi. Bechora ari bu cho’pni kema qilib,
suv balosidan qutuldi. Arodan ko’p o’tmadi. Bir bola tuzoq qo’yib, kabutarni
tutmoqchi bo’ldi. Ari buni ko’rgan zamon kelub, bolaning qulog’ini chaqdi. Bola
qulog’imng alamidan tuzoqni tashlab, qulog’ini ushladi. Kabutar vaqtni g’animat
bilib, uchib ketub, o’limdan qutildi.
Topshiriq. Xattaxtadan siz tinglagan hikoyaga mos maqolni topib,
belgilang. (O’quvchilar ,,Birlashgan o’zar, birlashmagan to’zar" maqolini
belgilaydilar)
— Qolgan maqollarga mos qanday hikoya, ertaklar o’qigansiz? (,,Bilim —
aql chirog’i" maqoli mazmuniga mos ,,Ilm afzal" ertagini o’qiganmiz)
— Maqollarni yana qanday nom bilan atash mumkin? (,,Dono fikr" deb atash
mumkin.)
— Bugungi darsda nimalarni o’rganar ekanmiz?
— Maqollar nima haqida bo’ladi? Ular nima maqsadda yaratiladi?
O’quvchilar javobi to’ldirib, umumlashtiriladi.
Nazariy ma’lumot. Maqollar — xalqning hikmatli ifodalari, hayotiy tajriba
asosida yuzaga kelgan dono fikrlarining ixcham shakli. Maqollar she’riy va nasriy
tuzilishga ega. Maqollar ona-Vatanni sevishga, uning har bir qarich yerini asrashga,
kasb-hunar egallashga, mehnat qilishga, to’g’ri so’z bo’lishga, yaxshi odob va
olijanob xulqli bo’lishga chaqiradi.
II. Anglash bosqichi. Maqsad: maqollarni ifodali o’qish, maz-munini
misollar bilan ochib berishga o’rgatish.
Metod: Suhbat, guruhlarga bo’linib ishlash.
O’quvchilar 4 guruhga bo’linadi. Har bir guruh uchun ma’lum mavzudagi
maqollarni o’qib o’rganish topshiriladi.
1. Topshiriq. Ifodali o’qish mashqi o’tkaziladi. Bunda guruhdagi har bir
ishtirokchi bittadan maqolni ifodali o’qib beradi.
2. Mustaqil ish. O’quvchilar o’qigan maqollariga darslikdan mos asarlarni
tanlab, maqolning ma’nosi bilan asarda aytilayotgan fikr-ning bog’liqligini izohlab
beradilar. Masalan, ,,Elidan ayrilgan yetti yil yig’lar, Vatandan ayrilgan o’lguncha
yig’lar" maqoliga Bobur haqidagi ,,Hidi, tilimi va mazasidan" asarini misol qilib
keltirish mumkin.
Savol-topshiriqlar beriladi:
— Darslikdan ,,E1 boshiga tushgan ish, Er boshiga tushgani" maqoliga mos
asarni eslang. Shu maqol qaysi asar g’oyasiga mos keladi?
— ,,Bilagi zo’r birni yiqar, bilimi zo’r mingni yiqar" maqoliga qaysi asar
g’oyasi mos? (,,Mardlik va aql yorug’ligi" ) va hokazo.
3. Maqollar yuzasidan rebus yechish.
1) [oltin rasmi] [o’t rasmi]da bil[in rasmi] [ari rasmi] (rd), [odam rasmi] —
[mehnat qilayotgan kishi rasmi]da.
2) [ko’z rasmi] (k)i [100] sizning [ko’z rasmi] (ks)i [tuzjsiz.
3) Bol[ari rasmi] (rg) [to’r rasmi] (tz) [l]ni yi[qor rasmi](oa), [bol] (oi)imi
[bo’r rasrrii] (bz) [1000]ni.
III. Fikrlash bosqichi. Maqsad: o’quvchilarning mavzu yuzasidan
egallagan bilimlarini mustahkamiash, nutqda maqollardan foydalanish ko’nikmasini
shakllantirish, xulosa chiqarishga o’rgatish.
Metod: Aqliy hujum, suhbat metodi.
1. Aqliy hujum.
— Qaysi mavzulardagi maqollarni o’qidingiz?
— Maqollar qanday paydo bo’lgan?
2. Maqollardan yod aytish musobaqasi.
1-guruh. Mehnatsevarlik haqidagi maqollardan ayting.
2-guruh. Vatanparvarlik haqidagi maqollardan ayting.
3-guruh. To’g’riso’zlik haqidagi maqollardan ayting.
4-guruh. Do’stlik haqidagi maqollardan yod ayting.
3. Mustaqil ijodiy ish.
Har bir guruhga bitta maqol beriladi. Guruh ishtirokchilari birga-likda oxiri
berilgan maqol bilan xulosalanadigan hikoya tuzib yozishadi. O’qituvchi guruhlarga
quyidagi maqollarni bo’lib berishi mumkin:
1) Hamjihatlik - davlat, Yolg’izlik - kulfat.
2) Ilmi yo’qning ko’zi yumuq.
3) Odobli — elda aziz.
4) Hunar bo’lsa qo’lingda, non topilcir yo’lingda.
Hikoyani ertak tarzida yoki hayotda uchraydigan biror voqea tarzida yozish
bo’yicha maslahat va yordam beriladi. Masalan, ,,Odobli — elda aziz" maqoli
asosida taxminan quyidagicha hikoya tuzish mumkin:
Odiljon oyisi, dadasi bilan xolasinikiga mehmonga bordi. Xo-lasi
mehmonlarni pista-bodom, shirinliklar, kulcha nonlar bilan siyladi. Odiljon
mehmonda sho’xlik qilmadi. Shirinliklarga hadeb qo’l cho’zavermadi. Kelgan
boshqa mehmonlar Odiljormi ,,odobli bola ekan" deyishdi. Odiljon ,,Odobli — elda
aziz" ekanligini bilib oldi.
Ushbu topshiriq uyga vazifa qilib berilishi ham mumkin.
4. Mavzu yuzasidan tarbiyaviy xulosa chiqarish.
— Bugungi maqollarni o’rganish darsi sizga yoqdimi?
— Maqollar bolalar tarbiyasiga ta’sir qiladi deb o’ylaysizmi? Ular qanday
ta’sir o’tkazishi mumkin?
— Siz bugun o’zingizga qanday xulosa chiqardingiz?
— O’qigan qaysi maqolimiz sizga ham "tegishli?
5. Gumhlar to’plagan ballarni e’lon qilish. O’quvchilarni rag’-batlantirish.
6. Uyga vazifa. Maqollarni ifodali o’qish va yod olish. Darslikdan o’qilgan
ertaklar mazmuniga mos maqollar topib, daftarga yozib kelish.
Doston o’qish metodikasi
O’zbek xalqi og’zaki ijodi juda uzoq tarixga ega. Og’zaki ijodning qadimdan
shakllangan janri dostondir. U eng murakkab, yirik va keng tarqalgan shakllardan
hisoblanadi. ,,Doston" so’zi ,,qissa", ,,hikoya", ,,td’rif", ,,maqtov", ,,shon-shuhrat",
,,sarguiasht" ma’nolarida ishlati-ladi. U adabiy atama sifatida yirik hajmli, liro-epik
asarlarni anglatadi. Dastlab xalq og’zaki ijodida shakllangan bu janr keyinchalik
yozma adabiyotda ham salmoqli o’rin tutgan.
Xalq dostonlari maxsus ijrochilar tomonidan kuylangan. Ular hozir ham
baxshi, oqin, shoir nomlari bilan ataladi. Xalq dostonlarining matni nazmiy va nasriy
parchalardan iborat bo’lib, mavzusiga ko’ra xilma-xildir. Boshlang’ich sinflarda
asosan:
1. Qahramonlik dostonlari;
2. Jangnoma dostonlar o’rganiladi.
Xalqning qahramonona kurashlari qahramonlik dostonlarining paydo
bo’lishiga sabab bo’lgan. ,,Alpomish", ,,Yodgor" kabi xalq qahramonlik
dostonlarida fantaziya va romantik tasvirning kuchli bo’lishiga qaramay, ularning
asosini xalq hayoti va kurashi, lining orzu-armonlari tashkil etadi. Xalqqa xos
insonparvarlik, vatanparvarlik, qahramonlik, mardlik, mehnatsevarlik, do’stlik va
sadoqat kabi olijanob fazilatlari xalq dostonlaridagi qahramonlar obrazida
mujassamlashgan.
Boshlang’ich sinf o’qish darsliklarida doston janriga kam o’rin berilgan. 3-
sinf ,,O’qish kitobi" da ,,Alpomish", ,,Rustamxon" dos-tonlaridan parchalar berilgan
bo’lsa, 4-sinfda M. Shayxzodaning ,,Toshkentnoma" dostoni keltirilgan.
3-sinfda o’quvchilarga doston haqida beriladigan ma’lumot ,,Rustamxon"
dostoniga bog’liq holda bayon etiladi. Darsda o’qituvchi doston haqida quyidagi
ma’lumotlarni beradi:
,,Doston ham xalq og’zaki ijodining bir turidir. Dostonda xalq hayoti,
kurashi va orzu-umidlari aks etadi".
Boshlang’ich sinflarda dostonlardan berilgan parchalarda, asosan,
qahramonlarning bolalik davri aks etgan epizodlar keltiriladi. Bunda bolalarni
qahramonlikka, Vatanga sadoqatli bo’lishga chorlovchi voqealar tasvirlanadi. 3-sinf
darsligidan o’rin olgan ,,Rustamxon", ,,Alpomish" dostonlari xalq og’zaki ijodi
mahsuli bo’lganligi uchun muallif haqida ma’lumot berilmaydi. Faqat bu dostonlar
o’rganiladigan darslarda dostonni qo’shiq qilib aytadigan baxshilar haqida ma’lumot
berish mumkin.
Qahramonlik dostonlari tahlilida voqealar rivojiga, qahramonlar hayotiga
alohida e’tibor qaratiladi. Dostondagi mubolag’a, favqulodda yuz beradigan
vaziyatlar aniqlanadi, doston qahramonlariga tavsif berish va tarbiyaviy xulosa
chiqarishda o’quvchilarning mustaqil mu-lohaza yuritishlari uchun sharoit
yaratiladi.
4-sinfda Maqsud Shayxzoda tomonidan yaratilgan ,,Toshkent-noma" nomli
doston o’rganiladi. Bu dostonni quyidagi tartibda o’rganish mumkin:
1. 3-sinfda doston haqida olingan bilimlar esga olinadi va to’ldiriladi.
2. Dostonni o’qishdan oldin lining muallifi - Maqsud Shayxzoda haqida
ma’lumot beriladi.
3. O’qituvchi dostonni ifodali o’qib beradi.
4. Doston yuzasidan dastlabki suhbat o’tkaziladi. Suhbatda o’quvchilarga
quyidagi savollar bilan murojaat qilinadi: ,,Doston qaysi shahar haqida ekan?",
,,Dostonni o’qish orqali Toshkent shahri haqida yana nimalarni bilib oldingiz?" va
hokazo.
5. Doston qismlarga bo’linib, o’quvchilarga o’qitiladi.
6. Doston mazmuni to’liq qayta hikoya qildiriladi. Bunda bir o’quvchi
mazmunni gapirib berishi yoki bir necha o’quvchi ketma-ket davom ettirishi
mumkin.
7. Doston matni ustida ishlashda dostondagi badiiy vositalarga e’tibor
qaratiladi, asar mazmuni yuzasidan savol-topshiriqlar tuzish, dostonning ba’zi
epizodlariga rasmlar chizdirish, dostonga reja tuzish kabi ish turlaridan
foydalaniladi.
8. Umumlashtiruvchi suhbat o’tkaziladi. Bunda ,,Toshkentda uch fasl yoz",
,,Osiyoning qo’ynida yashil shahar bor" kabi gaplarni o’quvchilar qanday
tushunganliklari so’raladi.
Yuqoridagilarni hisobga olib, dostonni o’rganish darsining qurilishi
quyidagicha bo’lishi mumkin:
1. Tayyorgarlik ishlari (bunda doston xususiyatlari va qaysi sinfda
o’qitilishiga mos ravishda ish turlari tanlanadi).
2. Dostonni o’qituvchining ifodali o’qishi yoki baxshi aytganini eshittirish.
3. Dostonni qismlarga bo’lib o’qish.
4. Doston mazmunini tahlil qilish.
5. Dostonda o’quvchilar tushunishi qiyin bo’lgan so’z va so’z
birikmalarining ma’nosi ustida ishlash.
6. Dostondagi badiiy san’atlar ustida ishlash.
7. Dostonni qismlarga bo’lish va reja tuzish.
8. Dostonni to’liq qayta hikoyalash.
9. Umumlashtiruvchi suhbat.
Ilmiy-ommabop asarlarni o’qish metodikasi
Boshlang’ich sinflarda ilmiy-ommabop asarlarni o’qitishdan asosiy maqsad
bolalarga tabiat, kishilar mehnati va ijtimoiy hayot haqida muayyan bilim berish,
bolalarni kitob bilan mustaqil ishlashga va undan aniq bilim olishga o’rgatishdan
iborat.
Tabiatshunoslikka oid va tarixiy mavzudagi ilmiy-ommabop asarlarni o’qib
o’rganishda tabiat hodisalarini kuzatish (masalan, daraxt kurtaklarining bo’rtishi),
o’quvchilarni dehqonlar mehnati bilan tanishtirish, mamlakatimizda yuz bergan
o’zgarishlarning gu-vohi va ishtirokchilari bo’lgan insonlar bilan uchrashuvlar
uyushtirish maqsadga muvofiq.
Ijtimoiy-tarixiy mazmundagi asarlar Vatanimiz o’tmishi, xalqimiz hayoti,
mardonavor kurashi, ulug’ siymolar amalga oshirgan ishlar, tarixiy sanalar
to’g’risida bilim beradi. O’qish darsliklaridan o’rin olgan Beruniy, Ibn Sino, Amir
Temur, Alisher Navoiy, Bobur va boshqa ajdodlarimiz haqidagi matnlar shular
jumlasidandir. Bu xildagi matn-lar o’quvchilarni nafaqat o’tmishimiz bilan
tanishtiradi, balki ularning Vatan oldidagi farzandlik burchi va mas’uliyatini teran
anglashga ham yordam beradi. O’quvchilarda Vatanga muhabbat tuyg’usi shu tariqa
shakllanadi.
Vatanimiz o’tmishi haqida hikoya qilingan ilmiy-ommabop asarlar bilan
tanishtirish va ularni tahlil qilish jarayonida o’quvchilar o’tmish bilan bugungi kunni
taqqoslash imkoniga ega bo’ladilar. Jamiyat ta-raqqiyoti haqida qisqacha bo’lsa-da,
tushuncha hosil qiladilar. Bu borada, ayniqsa, milliy istiqlol bilan bog’liq mavzudagi
asarlar tahliliga alohida e’tibor berish zarur.
1-sinf dasturida o’qish bilan bog’liq holda kuzatish, sayohat darslari
mo’ljallanadi. Masalan, yil fasllarida mavsumiy tabiat hodisalari (ob-havoning
o’zgarishi, o’simlik va hayvonlarning hayoti)ni, shuningdek, dala mehnatini
kuzatish uchun tabiatga (dala, bog’, xiyobonlarga) sayohat uyushtirish ko’zda
tutiladi. Sayohatda tabiatdagi mavsumiy o’zgarishlar va kishilarning mehnati
yuzasidan bolalarning nisbatan uzoq kuzatishlari uyushtiriladi.
Bunday darslarda ko’rgazma sifatida o’quv kinofilmlaridan ham foydalanish
mumkin.
Tarixiy mavzudagi ilmiy-ommabop asarlarni unga mos rasmlar bilan
bog’lab o’qitish kishilarning baxtli hayot uchun intilishlari, ota-bobolarimizning
dushmanlardan Vatanni saqlash uchun qanday kurashganliklarini tushunib yetishga
yordam beradi; o’quvchilar mehnat hayotning asosi ekanligini, insonlar turmushi
mehnat tufayli rivojlanib, farovonlashib borishini bilib oladilar.
Dasturga ko’ra 2-sinf o’quvchilari ,,Toshkent", ,,Toshkent met-rosi"
mavzusidagi ilmiy-ommabop asarlarni, 4-sinfda esa ,,Mangulikka tatigulik Run"
(Safar Barnoyev) asarini o’qish orqali o’tmish ajdodlarimiz, ularning xizmati,
vatanimizning hozirgi taraqqiyoti haqida bilib oladilar. Bu maqolalar xalqimizning
hayoti, mehnati va kurashi haqida yangi bilim berish bilan birga, bolalarni Vatanga,
xalqqa, ona tabiatga muhabbat ruhida tarbiyalaydi.
Ilmiy-ommabop maqolalarni izohli o’qish darsini uyushtirishda quyidagicha
reja asos qilib olinishi mumkin:
1. O’qiladigan matn yuzasidan bolalar tajribasi va bilimini aniqlash, ularni
matn mazmunini tushunishga tayyorlash maqsadida taxminiy suhbat o’tkazish.
2. Asarni yoki uning ma’lum bir qismini o’qish, o’quvchiga nota-nish
bo’lgan so’zlar ma’nosi ustida ishlash.
3. Asar rejasini tuzish.
4. O’qilgan maqola yuzasidan suhbat uyushtirish.
5. Matnning asosiy mazmunini aniqlash va reja qismlarini yoritish.
6. Reja asosida maqolani qayta o’qish.
7. Maqolani yaxlit o’qish. Bunda bolalarni qayta hikoyalashga tayyorlash va
maqola mazmunini yaxshi o’zlashtirishlariga erishish maqsadi ko’zda tutiladi.
8. Reja asosida qayta hikoyalash.
9. Xulosalash va umumlashtirish.
Ilmiy-ommabop asarlarni uzviy birlikda o’rganish o’quvchilar-ning har bir
mavzuda bayon etilgan tarixiy-adabiy hodisalarni, ular o’rtasidagi umumiylikni, har
bir davrga ega xususiyatlarni anglab olish-larini ta’minlaydi. Ular bolalarni
kelgusida
gazeta
va
jurnallarni
o’qishga
tayyorlaydi,
ijtimoiy-siyosiy,
tabiatshunoslik atamalarini o’zlashtirishga yordam beradi, ularning mantiqiy
tafakkurini va nutqini o’stiradi.
ILMIY-OMMABOP ASARLARNI O’RGANISH DARSI
NAMUNASI
Mavzu. Bahor shabadasi.
O’quv materiali. ,,Bahor ta’rifida" (Yusuf Xos Hojib).
Darsning maqsadi:
1. O’quvchilarga Yusuf Xos Hojib hayoti va ijodi haqida ma’lumot berish,
bahorning uyg’onish fasli ekanligi, o’quvchilarning tabiatdagi o’zgarishlar haqidagi
bilimlarini boyitish.
2. Bahor faslini qadrlash va sevish hissini tarbiyalash.
3. O’quvchilarning o’qish malakalarini yanada rivojlantirish, o’quvchilar
lug’atini nasim, turdosh, chin, sabo, haw so’zlari bilan boyitish, iboralarning
ma’nosini izohlash, savol-topshiriqlar ustida ishlash.
Dars turi: yangi bilim beruvchi, ilmiy-ommabop asarlarni o’qish darsi.
Darsning metodi: izohli o’qish, suhbat, tarmoqlash metodi.
Darsning jihozi: bahor fasli, tabiati tasvirlangan rasmlar, predmet rasmlari:
qushlar, gullar, hayvonlar rasmi.
Darsning borishi
I. O’quvchilarni yangi o’rganiladigan mavzuga tayyorlash. Quyidagi
topishmoq aytiladi, o’quvchilar uning nima haqida eka-nini va javobini topadi: lion
izli yorug’ nur Bulutlarni quchadi. Jarangdor ovozidan Yer-u osmon ko’chadi.
(Chaqmoq) Savollar beriladi:
— Topishmoqni topishda sizga qaysi so’zlar yordam berdi?
— Bu so’zlar qaysi fasl ta’rifida aytiladi? 1. Aqliy hujum.
— Bahor faslini qanday so’zlar bilan ta’riflash mumkin? O’quvchilar javobi
tarmoqlash usulida har xil ranglar bilan kar-tonga yozib boriladi.
2. Bahor faslidagi tarixiy sanalar haqida suhbat.
— Bahor faslida qaysi bayramlar nishonlanadi?
— Siz qaysi bayramni juda yaxshi ko’rasiz?
3. O’quvchilarning bahor haqida yod olingan she’rlaridan ayttiriladi.
O’qituvchi o’quvchi bilan bo’lgan suhbatni umumlashtiradi: Bahor —
yaxshi kayfiyat, mehnat qilishga ishtiyoq uyg’otadigan fasl. Shuning uchun
qadimdan shoir va yozuvchilarimiz bahorni madh etib she’rlar bitgan, hikoyalar
yozgan. Shunday yozuvchilarimizdan biri Yusuf Xos Hojibdir. Siz bu yozuvchi
haqida oldingi darslarimizda eshitgansiz.
— Eslang. Yozuvchining qaysi asaridan parcha o’qigansiz? O’sha parcha
nima deb .nomlangan edi? Unda nima haqida hikoya qilingan edi? (Yaxshilik va
yomonlik, bilimdonlik va nodonlik haqida).
— Yusuf Xos Hojibning ,,Qutadg’u bilig" asaridan yana bir parcha o’qiymiz.
O’ylang. Bu parcha qaysi mavzuda bo’lishi mumkin? Xat-taxtaga mavzu va o’quv
materiali nomi yoziladi:
Mavzu. Bahor shabadasi.
O’quv materiali. ,,Bahor ta’rifida" (Yusuf Xos Hojib).
1. Asar bilan tanishtirish. Matnni o’qituvchi o’qib beradi. So’ngra topshiriq
bejiladi:
— Asarni diqqat bilan tinglang. Yozuvchi bahorni qanday
ta’riflagan?
2. Kirish suhbati:
— Asar nima haqida ekan?
— Unda nimalarning ta’rifi berilgan?
3. Topshiriq asosida ichida o’qish.
— Asarni o’qing. O’zingizga ma’nosi notanish so’zlarni belgilang.
4. Lug’at ishi.
Nasim — shabada, shamol chechaklar
—
gullar
Firdavs
—
bog’,
jannat
bog’i
ifor
—
yoqimli
hid
Chin
—
Xitoy
Mitsqffb
—
toza,
pokiza
Mushk-anbar
—
xushbo’y
hid
Navo
—
kuy
Sabo eli — shamol nafasi
5. Asarni qismlarga bo’lib o’qitish.
Asar 3 qismga bo’linadi va 3 o’quvchiga o’qitiladi.
2-qayta o’qitilayotganda quyidagi savol-topshiriqlar beriladi:
1-qism yuzasidan:
— Yozuvchi bahorni ta’riflashda qaysi so’zlardan foydalangan?
— Nasim, firdavs, oq rang, bo’i yer, alvon rang, musaffo, yashil to ‘n, oq,
sariq, ko ‘k, qiiil rangli harir yaproqchalar, yashil parda, xitoy karvoni, chechaklar,
ifor kabi so’zlarning rna’nosini aytib bering.
2-qism yuzasidan:
— Yozuvchi qaysi qushlarni va parrandalarni tilga oladi?
— G’oz, o’rdak, oqqush, qil quyruq, turna, kaklik, qora qarg’a, bulbul.
— Shu qush va parrandalarni rasmlar ichidan ko’rsating.
3-qism yuzasidan.
— Yozuvchi qaysi hayvonlarning nomini tilga olgan? (Bug’u, jayron).
6. Tanlab o’qish. Topshiriqlar beriladi:
— Bahor faslida daraxtlarning harakatga kelishi tasvirlangan o’rinni topib
o’qing.
— Kaklik tasviri berilgan qismni topib o’qing.
— Qora qarg’aning ovozi nimaga o’xshatiladi? Shu misralarni topib o’qing.
— Yozuvchi yerni o’tlar bilan qoplanishini nimaga o’xshatadi? Shu qismni
topib o’qing.
— Turnalarning uchishi nimaga o’xshatilgan? Shu o’rinni topib o’qing.
— Asardan jonsiz narsa jonlantirilgan o’rinni topib o’qing. (Gullar yuz
ochib, qahqaha urib kulmoqda).
— Zerikarli qishni bahor qanday haydadi? (Bahor nafasi bilan haydadi).
— Daraxtlarning barg yoyishi nimaga o’xshatilgan? Matndan topib o’qing
(... daraxtlar yana yashil to’n kiydi).
O’qituvchi: - Demak, yozuvchi Yusuf Xos Hojib bahorni ta’riflashda juda
ko’p rang bildiruvchi so’zlardan, o’xshatishlardan, jonlantirishlardan foydalangan.
Siz ham uyda „Bahor — go’zal fasl" mavzusida kichik hikoya tuzing. Unda shunday
so’zlardan, iboralardan foydalanishga harakat qiling.
Bunda quyidagi rejadan foydalaning:
Reja:
;
1. Bulut suzgan osmon.
2. Gullarga burkangan olam.
3. Qushlar navosi (chug’uri).
— Asarni bir necha marta o’qing. Hikoyangizda asardagi so’zlardan ko’proq
foydalanishga harakat qiling.
7. Darslikdagi savol-topshiriqlar ustida ishlash.
8. Darsda o’rganilganlarni umumlashtirish va tarbiyaviy xulosa chiqarish.
— Siz bugungi o’qigan asarimiz orqali nimalarni bilib oldingiz?
— Bahor faslida tabiatda qanday o’zgarishlar sodir bo’ladi? U kishilarga
qanday kayfiyat bag’ishlaydi?
— Bahor fasli tuhfalariga qanday munosabatda bo’lyapsiz?
9. O’quvchilar faoliyatini baholash va rag’batlantirish.
Topishmoq, latifa va tez aytishlarni o’rganish metodikasi
Topishmoqlar narsa yoki hodisalarning ataylab yashirilgan bel-gisi, shakli,
xatti-harakati, holati va vazifasini boshqa narsa yoki hodisalarga qiyoslash asosida
topishga asoslangan she’riy yoki nasriy tuzilishdagi savol va topshiriqlardir.
Topishmoqlar xalq turmushi bilan chambarchas bog’liq holda yaratiladi. Ularning
zaminida kishilarning qadimiy e’tiqod va tasawurlari, olamni bilish va idrok etishga
bo’lgan intilishlari yotadi.
Topishmoqda yashirilgan narsalar lining javobi hisoblanadi. To-
pishmoqning javobini topish uchun topishmoq matnini e’tibor bilan o’qish, nimaga
ishora qilinayotganligini. fahmlash, topishmoqning asosiy xususiyat va belgilari
aynan nimaga qaratilganligini taxmin qi-lish bilan ham topishga harakat qilish kerak.
Topishmoq o’quvchilarni topqirlik va hozirjavoblikka o’rgatadi. Shu sababli
xalq og’zaki ijodining bu janridan darsliklarda ham keng qo’llanilgan. 1 —2-sinf
,,O’qish kitobi" da topishmoqlar ko’proq, har bir matn ostida keltirilgan. Bundan
ko’zlangan maqsad matn mazmunini topishmoqlar asosida ham o’zlashtirilishiga
erishishdir. Masalan, 1-sinf ,,O’qish kitobi" da ,,Kitobga mehr" matni ostida ,,Qat-
qat qatlama, Aqling bo’lsa tashlama" topishmog’i keltirilgan va mavzuga juda mos
tanlangan. Topishmoqlar bunday shaklda berilganda ularning javobi oson topiladi.
1—4-sinf o’qish darsliklarida ,,Topishmoqlar" mavzusi ostida har xil topishmoqlar
ham berilgan bo’lib, ular o’quvchilarning topqirligini yanada oshiradi, tafakkurini
o’stiradi. I —2-sinf darsliklarida topishmoq javoblari ularning ostiga yozib
qo’yilgan yoki rasmlar orqali berilgan. 3-4-sinflarga o’tgach esa javoblar qayd
etilmagan. Buning sababi shuki, bu davrga kelib o’quvchilar topishmoqlar ustida
ishlash ko’nikmalarini hosil qilgan bo’ladi.
Topishmoqlar bolalar shoirlari tomonidan ham yaratilib kelinmoq-da.
Bunday topishmoqlar sho’x, qiziqarli bo’ladi. Masalan, 4-sinf ,,O’qish kitobi" da
,,Buni toping, qizlarim" (G’. G’ulom) topishmoqlari keltirilgan.
Latifa xalq og’zaki ijodining eng ommaviy janrlaridan biri bo’lib, nozik,
mayin kinoya, qochiriqlar ishtirok etuvchi kulguli, kichik hajmli hikoyadir. Xalq
o’rtasida ,,afandi" deb ham yuritiladi. Latifalar yagona qahramon (Nasriddin Afandi)
bilan bog’liq holda yaratiladi, ixcham sujetga ega bo’ladi. Latifalarning eng muhim
xususiyatlaridan biri uning hamma vaqt hayot bilan hamnafas, hamqadam borishidir.
Latifa matni ustida ishlashda ham hikoya matni ustida ishlashda qo’llangan
usullardan foydalanish mumkin. Lekin bunda latifa janri-ning o’ziga xos jihatlariga
ham ahamiyat qaratish lozim.
3-sinf ,,O’qish kitobi" darsligida ,,Uyqum qochib ketdi", ,,Tuya eshikdan
sig’maydi" kabi latifalar keltirilgan bo’lsa, 3-sinfda ,,Latifalar" mavzusi ostida bir
necha
latifalar
berilgan.
Latifalar
ustida
ishlaganda
ulardatanqidqilinganiJlatlarhaqidaalohidato’xtalibo’tish,o’quvchilarga
yaxshi
fazilatli bo’lish kerakligini uqtirib o’tish kerak. Umuman olganda, latifalar orqali
ham o’quvchilarni tarbiyalab borish lozim.
Tez aytishlar ma’lum so’zni, so’z birikmasini yoki tovushni to’g’ri talaffuz
qilishga,
uni
boshqa
tovushlardan
farqlashga
o’rgatadigan,
xotirani
mustahkamlaydigan va nutqni o’stiradigan, o’qish sur’atini oshiradigan janr
hisoblanadi. Shu sababli 1-sinfda ko’pgina tez aytishlar keltirilgan. Masalan, ,,Botir
bbtmas botqoqqa", ,,Qobil qozonda qovurdoq qovurdi", ,,Bahodir bayroqni Botirga
berdimi, Botir Ba-hodirga bayroqni-berdimi?", ,,Olim oldidagi oltita olmani oldi" va
boshq. Shuni alohida ta’kidlab o’tish kerakki, boshlang’ich sinf darsliklariga
o’quvchilar yoshiga mos, mavzular bo’yicha tanlab olingan, ko’proq tarbiyaviy
ahamiyatga ega bo’lgan topishmoq, latifa va tez aytishlar tanlab kiritilishi maqsadga
muvofiqdir.
Topishmoq, latifa va tez aytishlarni o’rganish boshlang’ich sinflarda dastlab
har bir darsda amalga oshirilib boriladi. Alohida dars sifatida o’rganishda esa
o’qituvchilar turli usullardan foydalanishlari mumkin.
TOPISHMOQ O’TISH DARSI NAMUNASI
Mavzu. Topishmoqlar. Darsning maqsadi:
1. O’quvchilarga topishmoqlarning janriy xususiyatlari haqida ma’lumot
berish. Ularning topishmoqni ifodali o’qish, javobini tez topish malakalarini
oshirish, ziyraklikka o’rgatish.
2. O’quvchilarning muomala madaniyatini oshirish.
3. O’quvchilarning mantiqiy fikrlash qobiliyatini shakllantirish, ijodiy
faoliyatga yo’llash.
Darsning turi: yangi bilim beruvchi, topishmoq o’qish darsi.
Darsning borishi
I. Da’vat bosqichi. Maqsad: o’quvchilarning topishmoq haqidagi
tushunchalarini aniqlash, yangi mavzuga qiziqish uyg’otish. Metod: suhbat, izlanish
metodi.
O’qituvchi xattaxtaga osmondagi yulduzlar, yong’oq, yer yong’oq, arra
rasmlarini ilib qo’yadi va quyidagi topishmoqni yozadi: Tunda ko’rib, cho’g’
deysan, Tongda ko’rib yo’q deysan. Savol-topshiriqlar beriladi:
— Shu rasmlar ichidan topishmoqning javobini toping.
— Qaysi so’zlar orqali topishmoqlarning javobi ,,yulduz" eka-nini bildingiz?
Xattaxtaga 2-topishmoq yoziladi: Qo’shaloq tovoq, Ichi to’la yog’.
— Qaysi belgilariga ko’ra topishmoqning javobini topdingiz? 3-topishmoq
yoziladi:
Pilla kabi bo’g’indor,
Har bo’g’inda mag’zi bor.
— Yer yong’oqning qaysi belgilari topishmoqda keltirilgan?
4-topishmoq:
Og’zi yo’g’-u tishi bor, Duradgorda ishi bor.
— Javob qaysi so’zlar orqali topdingiz? O’qituvchi:
— Topishmoqlarni topishda sizga nimalar yordam berdi?
— Topishmoqda narsaning belgilarini ifodalovchi so’zlar bo’ladi.
— Topishmoqlarda ko’pincha kim?, nima? so’zlariga javob bo’ladigan
so’zlar yashirinadi. 2. Topishmoqlar haqida ma’himot berish. O’qituvchining
hikoyasi:
— Topishmoq matnida narsa yoki hodisalarning belgisi, shakli, harakati,
holati, vazifasi va boshqa tomonlari berilgan bo’ladi. Topishmoqlar qadimda
,jumboq", ,,top-top" deb yuritilgan. Har bir topishmoq uni yaratgan xalqning hayoti,
urf-odati, o’ziga xos rasm-rusmlari bilan bog’liq bo’ladi.
II. Anglash bosqichi. Maqsad: darslikda berilgan topishmoqlar bilan
tanishtirish, mustaqil o’qishga, topishmoqlar yuzasidan o’zaro muhokama qilishga
o’rgatish.
Metod: mustaqil ish, krossvord yechish, suhbat metodi.
1. Topishmoqni ifodali o’qish va javobini topish.
2. Savol-javob o’tkazish:
— Birinchi topishmoqning javobi nimaga o’xshatilgan? (G’o’zaga)
— Tungi osmon nimaga o’xshatilgan? (ko’k ko’ylakka)
— 2-topishmoqda oy nima deb ta’riflangan? (patir)
— 3-topishmoqda karamni qaysi belgilariga ko’ra topdingiz? (Ka-ramning
qavat-qavat bargi qat-qat to’nga o’xshatilgan)
3. Krossvord yechish.