Har xil janrdagi asarlarni o‘qitish metodikasining o‘ziga xos xususiyatlari. lmiy-ommabop asarlarni o‘qitish metodikasi. Doston, topishmoq, tez aytish, maqol janridagi asarlarni o‘qitish metodikasi.
Yuklangan vaqt
2025-02-02
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
17
Faytl hajmi
41,8 KB
Har xil janrdagi asarlarni o‘qitish metodikasining o‘ziga xos
xususiyatlari. lmiy-ommabop asarlarni o‘qitish metodikasi. Doston,
topishmoq, tez aytish, maqol janridagi asarlarni o‘qitish metodikasi.
Mavzu rejasi:
1. Ilmiy-ommabop asarlarni o‘qish metodikasi.
2. Doston, topishmoq, maqol, tez aytish janridagi asarlarni o‘qitish metodikasi.
3. Ifodali o‘qish xususiyatlari, asoslari.
Maqol o‘rganish metodikasi
Maqol turmush tajribalari zaminida tug‘ilgan va xalq donoligini ifodalagan
qisqa, ko‘pincha she’riy shakldagi hikmatli so‘zlar, chuqur ma’noli iboralardir.
Maqollar xilma-xil mavzularda bo‘lib, hayotning turli masalalarini qamrab oladi.
Ko‘pincha maqol o‘git, nasihat xarak-terida bo‘ladi: ,,Yer haydasang - kuz hayda,
Kuz haydamasang yuz hayda", ,,Hunari yo‘q kishining, mazasi yo‘q ishining" kabi.
Maqol xalq og‘zaki ijodining juda qadimiy shakllaridan biri bo‘lib, unda xilma-
xil badiiy ifoda vositalari - ohangdosh tovushlar takrori bo‘ladi. Katta hayotiy va
ijodiy tajribaga ega bo‘lgan ajoyib so‘z ustalari-ning o‘lmas satr va hikmatli so‘zlari
ham ko‘pincha xalq maqollariga o‘xshab ketadi. Masalan, A.Navoiyning ,,Mahbub
ul-qulub"da aytgan bir qancha hikmatli so‘zlari shular jumlasidandir: ,,Oz-oz
o‘rganib dono bo‘lur, qatra-qatra yig‘ilib daryo bo‘lur", ,,Tilga ixtiyorsiz — elga
e’tiborsiz" va boshq.
Ma’lumki, badiiy asar matni ustida ishlash bosqichma-bosqich amalga
oshiriladi. Maqollarni o‘rganishda ham bu bosqichlarga e’tibor qaratish kerak. 1—
2-sinflar maqollarni o‘rganishning birinchi bosqichi bo‘lsa, savod o‘rgatish davri
maqollarni o‘qish va o‘rganishning tay-yorlov bosqichidir.
Savod o‘rgatish davridayoq o‘quvchilar maqollarni o‘qiydilar. Alifbe davrida
berilgan maqollar main mazmuni bilan bog‘liq bo‘lib, ular matn g‘oyasini
o‘quvchilarga lo‘nda, aniq yetkazish uchun ham xizmat qiladi. Bu vaqtda
o‘quvchilarga maqollar o‘qitiladi, ma’nosini bilganlaricha izohlab berishlari
so‘raladi. O‘quvchilar javobini o‘qituvchi to‘ldirib, misollar bilan dalillab beradi.
Maqollarni o‘rgatish o‘qituvchidan katta tayyorgarlikni talab etadi. Har bir
darsga tayyorlanayotganda asar mazmuniga va unda ilgari surilgan g‘oyaga mos
maqol ustida qanday mashq uyushtirishni rejalashtirib olish lozim. Iloji boricha
ularni dars rejasiga kiritish, izohli lug‘atlar (Masalan: Sh. Shomaqsudov, Sh.
Shorahmedovning ,,Hikmatnoma" (o‘zbek maqollarining izohli lug‘ati), Toshkent,
1990) dan uning ma’nosini oson izohlaydigan, sodda til bilan tushuntirish mumkin
bo‘lgan shakllarini bilib olish zarur. Buning uchun o‘qituvchi „Maqollar to‘plami"
va ularning izohiga oid adabiyotlarga ega bo‘lishi kerak.
Boshlang‘ich sinflarda matn ostida berilgan maqollarni o‘qish va o‘rganish,
tahlil qilish asar o‘qilib, tahlil qilinib bo‘lingach amalga oshirilishi kerak. Chunki
asar mazmuni va unda yozuvchi aytmoqchi bo‘lgan g‘oyani tushunmay turib,
maqolning ma’nosini izohlash qiyin bo‘ladi. Mualliflar ham maqol ma’nosini asar
voqealari bilan izohlamoqchi bo‘ladilar.
1-2-sinflarda maqolni ifodali o‘qish va yod olishga ahamiyat be-riladi. 1-sinf
darsligida bo‘lim yuzasidan berilgan savol-topshiriqlarda ham maqollarni
o‘rganishga katta e’tibor berilgan. Masalan, ,,Xalq o‘giti - baxt kaliti" bo‘limidagi
savol-topshiriqlarda ,,Rostgo‘y!ik haqidagi maqollardan ayting", ,,Odob insonga
husn" bo‘limida ,,Qanoatda - barakat" maqolining ma’nosini tushuntirib bering",
,,Ko‘klam - yashnadi olam" bo‘limidan so‘ng ,,Bilim olish haqidagi maqollarni
ayting" kabi vazifalar berilgan. Har bir bo‘lim yuzasidan berilgan vazifalarda u yoki
bu maqolni o‘rganish ko‘zda tutilgan.
1-2-sinfda maqolning mazmunini o‘rganish va yod olishdan tashqari, uning
matnidagi izohtalab so‘zlar, birikmalar ustida lug‘at ishi o‘tkazish, badiiy til
vositalari, ko‘chma ma’noli, qarama-qarshi ma’no bildiruvchi, maqolda takrorlanib
kelayotgan so‘zlar ma’nosi yuzasidan ish olib borish talab etiladi. Masalan, 1-sinf
,,O‘qish kitobi" da ,,Ona yurting - oltin beshiging" maqoli berilgan. Mana shu maqol
matni ustida ishlaganda, ,,Yurt" so‘zini qaysi so‘zlar bilan almashtirish mumkin?",
„Maqolda ona yurt nimaga tenglashtirilayapti?", ,,Beshik oltin bo‘ladimi?" kabi
savollar berish yo‘li bilan o‘quvchilarning lug‘atini boyitish, bog‘lanishli nutqini
o‘stirish ustida ishlanadi. Bundan tashqari, ,,Eling senga cho‘zsa qo‘l, Unga doim
sodiq bo‘l" maqolining ma’nosini tushuntirishda shu bo‘limdagi asarlardan, bolalar
uchun davlatimiz tomonidan yaratib berilgan sharoitlardan misollar keltirish lozim.
Masalan, ,,Jar" sport kompleksi sizning sog‘lom o‘sishingiz uchun yaratildi.
Maktabda bepul bilim olyapsiz. Shunga javoban siz nima qilishingiz kerak?" kabi.
Shu maqolning badiiy til vositasi ustida ishlashda ,,Qo‘l cho‘zsa" deganda nimani
tushundingiz?" kabi savollar bilan o‘quvchilarga murojaat qilish va uning qanday
ma’noda kelayot-ganini aytib o‘tish foydadan xoli bo‘lmaydi.
2-sinfda ,,Ish ishtaha ochar" matnidan keyin: ,,Ish ishtaha ochar, Dangasa
ishdan qochar", ,,Kuch birlikda" matnidan ,,Birlashgan o‘zar, birlashmagan to‘zar"
maqollari keltirilgan. Bu maqollardan matn o‘rganib bo‘lingach, asarning g‘oyasini
ochishda va xulosa chiqarishda foydalaniladi. Su tarzda maqol mazmuni ham
ochiladi. Maqol tili ustidagi 1-sinfda uyushtirilgan ishlar 2-sinfda ham davom
ettiriladi. Maqol ustida ishlash orqali o‘quvchilar uning yaratilishi sababini, oddiy
gapdan farqini bilib oladilar.
1-sinfda maqollarni to‘g‘ri o‘qish va yod olishga e’tibor ko‘proq qaratiladi, 2-
sinfda esa o‘quvchilardan matn mazmuniga mos maqollar aytishni talab qilish
mumkin.
3-4-sinflarda maqollar maxsus darslarda va badiiy asarni o‘rganish jarayonida
ham muntazam o‘rganib boriladi. Bu sinflarda maqollarni o‘rganishdan ko‘zlangan
maqsad o‘quvchilar dunyoqarashini shakllantirisrn to‘g‘ri va ongli o‘qish
malakalarini takomillashtirish, maqoldagi har bir so‘zning va yaxlit maqolning
ma’nosini to‘liq idrok etishga erishishdir. O‘quvchilar o‘qilgan matn ichidan
maqollarni, hikmatli so‘zlarni o‘zi mustaqil topa olish ko‘nikmasini egallashi, ular
yordamida o‘qilgan asarlar yuzasidan to‘g‘ri hukm chiqarishga o‘rganishlari zarur.
3—4-sinflarda ,,Xalq og‘zaki ijodi" bo‘limi tarkibida „Maqollar" mavzusi
alohida o‘rganiladi. Bu mavzuni o‘rganishda maqolning kelib chiqishi, yaratilishi
haqida dastlabki elementar ma’lumotlar beriladi. Bunda maqollar xalqning uzoq
yillik hayotiy tajribasi asosida vujudga kelganligi, tarbiya vositasi sifatida har bir
xalqning milliy ma’naviyatining hakllanishida muhim vosita bo‘lishi haqida
dastlabki tushunchalar beriladi.
Maqollar mavzular bo‘yicha guruhlab o‘rgatiladi. Masalan, 4-sinf ,,O‘qish
kitobi"da maqollar ,,Ona yurting - oltin beshiging", ,,Eldan ayrilguncha, jondan
ayril", ,,Mehnat — baxt keltirar", ,,Odobing — zeb-u ziynating", ,,Olim bo‘lsang,
olam seniki", ,,Ko‘ngil ko‘ngildan suv ichar" kabi mavzular asosida birlashtirilib
berilgan. O‘quvchilarga maqollarni mavzu bo‘yicha guruhlab o‘rgatishda o‘qish
mavzulariga asoslaniladi. Bunda maqol mazmuniga mos asarlar nomini keltirish,
uning mazmun va g‘oyasini maqol bilan bog‘lash kerak. Bu jarayonda
o‘quvchilarning hayotiy tajribalari asosida misollar keltirish bilan maqollarni
izohlash yoki o‘quvchilarga maqol g‘oyasiga mos bironta hikoya tuzish mustaqil ish
sifatida berilishi ham mumkin.
3-4-sinflarda maqol janri bo‘yicha tahliliy ishlar o‘quv yili davo-mida izchil
uyushtirilib boriladi, ya’ni ,,Asar g‘oyasiga old maqol ayting", „Maqollar asosida
krossvord tuzing, rebus yarating" kabi topshiriqlar beriladi, „Maqollar aytish
musobaqasi", „ Maqollar mu-shoirasi" ka_bilar tashkil qilinadi.
Maqollarni
o‘rganishda
ko‘rgazmalilik,
nazariyaning
amaliyot
bilan
bog‘liqligi, ta’lim-tarbiyaning birligi tamoyillariga amal qilinadi.
4-sinf yakunida maqol janrini o‘rganish yuzasidan umumlash-tiruvchi darsni
tashkil qilish zarur. Bunda o‘quvchilarga yod olingan maqollar mavzusiga qarab
guruhlash ustida ish olib boriladi.
Yuqoridagilarni hisobga olganda, maqolni o‘rganishda quyidagi ish turlaridan
foydalaniladi:
1. Maqolni o‘qib, uning mazmuni ustida ishlash.
2. Maqoldagi so‘zlarning ma’nosini izohlash.
3. Badiiy til vositalari ustida ishlash.
4. Maqolni yod oldirish.
5. Maqol matnidagi qarama-qarshi ma’noli va ma’nodosh so‘z-larni aniqlash
va ularning maqolda ifoda etilgan g‘oya bilan aloqasini ochish.
6. Matn mazmuni va g‘oyasiga mos maqol toptirish.
7. Maqollarni mavzular bo‘yicha guruhlash.
Doston o‘qish metodikasi
O‘zbek xalqi og‘zaki ijodi juda uzoq tarixga ega. Og‘zaki ijodning qadimdan
shakllangan janri dostondir. U eng murakkab, yirik va keng tarqalgan shakllardan
hisoblanadi. ,,Doston" so‘zi ,,qissa", ,,hikoya", ,,td’rif", ,,maqtov", ,,shon-shuhrat",
,,sarguiasht" ma’nolarida ishlati-ladi. U adabiy atama sifatida yirik hajmli, liro-epik
asarlarni anglatadi. Dastlab xalq og‘zaki ijodida shakllangan bu janr keyinchalik
yozma adabiyotda ham salmoqli o‘rin tutgan.
Xalq dostonlari maxsus ijrochilar tomonidan kuylangan. Ular hozir ham baxshi,
oqin, shoir nomlari bilan ataladi. Xalq dostonlarining matni nazmiy va nasriy
parchalardan iborat bo‘lib, mavzusiga ko‘ra xilma-xildir. Boshlang‘ich sinflarda
asosan:
1. Qahramonlik dostonlari;
2. Jangnoma dostonlar o‘rganiladi.
Xalqning qahramonona kurashlari qahramonlik dostonlarining paydo
bo‘lishiga sabab bo‘lgan. ,,Alpomish", ,,Yodgor" kabi xalq qahramonlik
dostonlarida fantaziya va romantik tasvirning kuchli bo‘lishiga qaramay, ularning
asosini xalq hayoti va kurashi, lining orzu-armonlari tashkil etadi. Xalqqa xos
insonparvarlik, vatanparvarlik, qahramonlik, mardlik, mehnatsevarlik, do‘stlik va
sadoqat kabi olijanob fazilatlari xalq dostonlaridagi qahramonlar obrazida
mujassamlashgan.
Boshlang‘ich sinf o‘qish darsliklarida doston janriga kam o‘rin berilgan. 3-sinf
,,O‘qish kitobi" da ,,Alpomish", ,,Rustamxon" dos-tonlaridan parchalar berilgan
bo‘lsa, 4-sinfda M. Shayxzodaning ,,Toshkentnoma" dostoni keltirilgan.
3-sinfda o‘quvchilarga doston haqida beriladigan ma’lumot ,,Rustamxon"
dostoniga bog‘liq holda bayon etiladi. Darsda o‘qituvchi doston haqida quyidagi
ma’lumotlarni beradi:
,,Doston ham xalq og‘zaki ijodining bir turidir. Dostonda xalq hayoti, kurashi
va orzu-umidlari aks etadi".
Boshlang‘ich
sinflarda
dostonlardan
berilgan
parchalarda,
asosan,
qahramonlarning bolalik davri aks etgan epizodlar keltiriladi. Bunda bolalarni
qahramonlikka, Vatanga sadoqatli bo‘lishga chorlovchi voqealar tasvirlanadi. 3-sinf
darsligidan o‘rin olgan ,,Rustamxon", ,,Alpomish" dostonlari xalq og‘zaki ijodi
mahsuli bo‘lganligi uchun muallif haqida ma’lumot berilmaydi. Faqat bu dostonlar
o‘rganiladigan darslarda dostonni qo‘shiq qilib aytadigan baxshilar haqida ma’lumot
berish mumkin.
Qahramonlik dostonlari tahlilida voqealar rivojiga, qahramonlar hayotiga
alohida e’tibor qaratiladi. Dostondagi mubolag‘a, favqulodda yuz beradigan
vaziyatlar aniqlanadi, doston qahramonlariga tavsif berish va tarbiyaviy xulosa
chiqarishda o‘quvchilarning mustaqil mu-lohaza yuritishlari uchun sharoit
yaratiladi.
4-sinfda Maqsud Shayxzoda tomonidan yaratilgan ,,Toshkent-noma" nomli
doston o‘rganiladi. Bu dostonni quyidagi tartibda o‘rganish mumkin:
1. 3-sinfda doston haqida olingan bilimlar esga olinadi va to‘ldiriladi.
2. Dostonni o‘qishdan oldin lining muallifi - Maqsud Shayxzoda haqida
ma’lumot beriladi.
3. O‘qituvchi dostonni ifodali o‘qib beradi.
4. Doston yuzasidan dastlabki suhbat o‘tkaziladi. Suhbatda o‘quvchilarga
quyidagi savollar bilan murojaat qilinadi: ,,Doston qaysi shahar haqida ekan?",
,,Dostonni o‘qish orqali Toshkent shahri haqida yana nimalarni bilib oldingiz?" va
hokazo.
5. Doston qismlarga bo‘linib, o‘quvchilarga o‘qitiladi.
6. Doston mazmuni to‘liq qayta hikoya qildiriladi. Bunda bir o‘quvchi
mazmunni gapirib berishi yoki bir necha o‘quvchi ketma-ket davom ettirishi
mumkin.
7. Doston matni ustida ishlashda dostondagi badiiy vositalarga e’tibor
qaratiladi, asar mazmuni yuzasidan savol-topshiriqlar tuzish, dostonning ba’zi
epizodlariga rasmlar chizdirish, dostonga reja tuzish kabi ish turlaridan
foydalaniladi.
8. Umumlashtiruvchi suhbat o‘tkaziladi. Bunda ,,Toshkentda uch fasl yoz",
,,Osiyoning qo‘ynida yashil shahar bor" kabi gaplarni o‘quvchilar qanday
tushunganliklari so‘raladi.
Yuqoridagilarni hisobga olib, dostonni o‘rganish darsining qurilishi
quyidagicha bo‘lishi mumkin:
1. Tayyorgarlik ishlari (bunda doston xususiyatlari va qaysi sinfda o‘qitilishiga
mos ravishda ish turlari tanlanadi).
2. Dostonni o‘qituvchining ifodali o‘qishi yoki baxshi aytganini eshittirish.
3. Dostonni qismlarga bo‘lib o‘qish.
4. Doston mazmunini tahlil qilish.
5. Dostonda o‘quvchilar tushunishi qiyin bo‘lgan so‘z va so‘z birikmalarining
ma’nosi ustida ishlash.
6. Dostondagi badiiy san’atlar ustida ishlash.
7. Dostonni qismlarga bo‘lish va reja tuzish.
8. Dostonni to‘liq qayta hikoyalash.
9. Umumlashtiruvchi suhbat.
Ilmiy-ommabop asarlarni o‘qish metodikasi
Boshlang‘ich sinflarda ilmiy-ommabop asarlarni o‘qitishdan asosiy maqsad
bolalarga tabiat, kishilar mehnati va ijtimoiy hayot haqida muayyan bilim berish,
bolalarni kitob bilan mustaqil ishlashga va undan aniq bilim olishga o‘rgatishdan
iborat.
Tabiatshunoslikka oid va tarixiy mavzudagi ilmiy-ommabop asarlarni o‘qib
o‘rganishda tabiat hodisalarini kuzatish (masalan, daraxt kurtaklarining bo‘rtishi),
o‘quvchilarni dehqonlar mehnati bilan tanishtirish, mamlakatimizda yuz bergan
o‘zgarishlarning gu-vohi va ishtirokchilari bo‘lgan insonlar bilan uchrashuvlar
uyushtirish maqsadga muvofiq.
Ijtimoiy-tarixiy mazmundagi asarlar Vatanimiz o‘tmishi, xalqimiz hayoti,
mardonavor kurashi, ulug‘ siymolar amalga oshirgan ishlar, tarixiy sanalar
to‘g‘risida bilim beradi. O‘qish darsliklaridan o‘rin olgan Beruniy, Ibn Sino, Amir
Temur, Alisher Navoiy, Bobur va boshqa ajdodlarimiz haqidagi matnlar shular
jumlasidandir. Bu xildagi matn-lar o‘quvchilarni nafaqat o‘tmishimiz bilan
tanishtiradi, balki ularning Vatan oldidagi farzandlik burchi va mas’uliyatini teran
anglashga ham yordam beradi. O‘quvchilarda Vatanga muhabbat tuyg‘usi shu tariqa
shakllanadi.
Vatanimiz o‘tmishi haqida hikoya qilingan ilmiy-ommabop asarlar bilan
tanishtirish va ularni tahlil qilish jarayonida o‘quvchilar o‘tmish bilan bugungi kunni
taqqoslash imkoniga ega bo‘ladilar. Jamiyat taraqqiyoti haqida qisqacha bo‘lsa-da,
tushuncha hosil qiladilar. Bu borada, ayniqsa, milliy istiqlol bilan bog‘liq mavzudagi
asarlar tahliliga alohida e’tibor berish zarur.
1-sinf dasturida o‘qish bilan bog‘liq holda kuzatish, sayohat darslari
mo‘ljallanadi. Masalan, yil fasllarida mavsumiy tabiat hodisalari (ob-havoning
o‘zgarishi, o‘simlik va hayvonlarning hayoti)ni, shuningdek, dala mehnatini kuzatish
uchun tabiatga (dala, bog‘, xiyobonlarga) sayohat uyushtirish ko‘zda tutiladi.
Sayohatda tabiatdagi mavsumiy o‘zgarishlar va kishilarning mehnati yuzasidan
bolalarning nisbatan uzoq kuzatishlari uyushtiriladi.
Bunday darslarda ko‘rgazma sifatida o‘quv kinofilmlaridan ham foydalanish
mumkin.
Tarixiy mavzudagi ilmiy-ommabop asarlarni unga mos rasmlar bilan bog‘lab
o‘qitish kishilarning baxtli hayot uchun intilishlari, ota-bobolarimizning
dushmanlardan Vatanni saqlash uchun qanday kurashganliklarini tushunib yetishga
yordam beradi; o‘quvchilar mehnat hayotning asosi ekanligini, insonlar turmushi
mehnat tufayli rivojlanib, farovonlashib borishini bilib oladilar.
Dasturga ko‘ra 2-sinf o‘quvchilari ,,Toshkent", ,,Toshkent met-rosi"
mavzusidagi ilmiy-ommabop asarlarni, 4-sinfda esa ,,Mangulikka tatigulik Run"
(Safar Barnoyev) asarini o‘qish orqali o‘tmish ajdodlarimiz, ularning xizmati,
vatanimizning hozirgi taraqqiyoti haqida bilib oladilar. Bu maqolalar xalqimizning
hayoti, mehnati va kurashi haqida yangi bilim berish bilan birga, bolalarni Vatanga,
xalqqa, ona tabiatga muhabbat ruhida tarbiyalaydi.
Ilmiy-ommabop maqolalarni izohli o‘qish darsini uyushtirishda quyidagicha
reja asos qilib olinishi mumkin:
1. O‘qiladigan matn yuzasidan bolalar tajribasi va bilimini aniqlash, ularni matn
mazmunini tushunishga tayyorlash maqsadida taxminiy suhbat o‘tkazish.
2. Asarni yoki uning ma’lum bir qismini o‘qish, o‘quvchiga nota-nish bo‘lgan
so‘zlar ma’nosi ustida ishlash.
3. Asar rejasini tuzish.
4. O‘qilgan maqola yuzasidan suhbat uyushtirish.
5. Matnning asosiy mazmunini aniqlash va reja qismlarini yoritish.
6. Reja asosida maqolani qayta o‘qish.
7. Maqolani yaxlit o‘qish. Bunda bolalarni qayta hikoyalashga tayyorlash va
maqola mazmunini yaxshi o‘zlashtirishlariga erishish maqsadi ko‘zda tutiladi.
8. Reja asosida qayta hikoyalash.
9. Xulosalash va umumlashtirish.
Ilmiy-ommabop asarlarni uzviy birlikda o‘rganish o‘quvchilar-ning har bir
mavzuda bayon etilgan tarixiy-adabiy hodisalarni, ular o‘rtasidagi umumiylikni, har
bir davrga ega xususiyatlarni anglab olish-larini ta’minlaydi. Ular bolalarni
kelgusida
gazeta
va
jurnallarni
o‘qishga
tayyorlaydi,
ijtimoiy-siyosiy,
tabiatshunoslik atamalarini o‘zlashtirishga yordam beradi, ularning mantiqiy
tafakkurini va nutqini o‘stiradi.
Topishmoq, latifa va tez aytishlarni o‘rganish metodikasi
Topishmoqlar narsa yoki hodisalarning ataylab yashirilgan bel-gisi, shakli,
xatti-harakati, holati va vazifasini boshqa narsa yoki hodisalarga qiyoslash asosida
topishga asoslangan she’riy yoki nasriy tuzilishdagi savol va topshiriqlardir.
Topishmoqlar xalq turmushi bilan chambarchas bog‘liq holda yaratiladi. Ularning
zaminida kishilarning qadimiy e’tiqod va tasawurlari, olamni bilish va idrok etishga
bo‘lgan intilishlari yotadi.
Topishmoqda yashirilgan narsalar lining javobi hisoblanadi. To-pishmoqning
javobini topish uchun topishmoq matnini e’tibor bilan o‘qish, nimaga ishora
qilinayotganligini. fahmlash, topishmoqning asosiy xususiyat va belgilari aynan
nimaga qaratilganligini taxmin qi-lish bilan ham topishga harakat qilish kerak.
Topishmoq o‘quvchilarni topqirlik va hozirjavoblikka o‘rgatadi. Shu sababli
xalq og‘zaki ijodining bu janridan darsliklarda ham keng qo‘llanilgan. 1 —2-sinf
,,O‘qish kitobi" da topishmoqlar ko‘proq, har bir matn ostida keltirilgan. Bundan
ko‘zlangan maqsad matn mazmunini topishmoqlar asosida ham o‘zlashtirilishiga
erishishdir. Masalan, 1-sinf ,,O‘qish kitobi" da ,,Kitobga mehr" matni ostida ,,Qat-
qat qatlama, Aqling bo‘lsa tashlama" topishmog‘i keltirilgan va mavzuga juda mos
tanlangan. Topishmoqlar bunday shaklda berilganda ularning javobi oson topiladi.
1—4-sinf o‘qish darsliklarida ,,Topishmoqlar" mavzusi ostida har xil topishmoqlar
ham berilgan bo‘lib, ular o‘quvchilarning topqirligini yanada oshiradi, tafakkurini
o‘stiradi. I —2-sinf darsliklarida topishmoq javoblari ularning ostiga yozib qo‘yilgan
yoki rasmlar orqali berilgan. 3-4-sinflarga o‘tgach esa javoblar qayd etilmagan.
Buning sababi shuki, bu davrga kelib o‘quvchilar topishmoqlar ustida ishlash
ko‘nikmalarini hosil qilgan bo‘ladi.
Topishmoqlar bolalar shoirlari tomonidan ham yaratilib kelinmoq-da. Bunday
topishmoqlar sho‘x, qiziqarli bo‘ladi. Masalan, 4-sinf ,,O‘qish kitobi" da ,,Buni
toping, qizlarim" (G‘. G‘ulom) topishmoqlari keltirilgan.
Latifa xalq og‘zaki ijodining eng ommaviy janrlaridan biri bo‘lib, nozik, mayin
kinoya, qochiriqlar ishtirok etuvchi kulguli, kichik hajmli hikoyadir. Xalq o‘rtasida
,,afandi" deb ham yuritiladi. Latifalar yagona qahramon (Nasriddin Afandi) bilan
bog‘liq holda yaratiladi, ixcham sujetga ega bo‘ladi. Latifalarning eng muhim
xususiyatlaridan biri uning hamma vaqt hayot bilan hamnafas, hamqadam borishidir.
Latifa matni ustida ishlashda ham hikoya matni ustida ishlashda qo‘llangan
usullardan foydalanish mumkin. Lekin bunda latifa janri-ning o‘ziga xos jihatlariga
ham ahamiyat qaratish lozim.
3-sinf ,,O‘qish kitobi" darsligida ,,Uyqum qochib ketdi", ,,Tuya eshikdan
sig‘maydi" kabi latifalar keltirilgan bo‘lsa, 3-sinfda ,,Latifalar" mavzusi ostida bir
necha
latifalar
berilgan.
Latifalar
ustida
ishlaganda
ulardatanqidqilinganiJlatlarhaqidaalohidato‘xtalibo‘tish,o‘quvchilarga
yaxshi
fazilatli bo‘lish kerakligini uqtirib o‘tish kerak. Umuman olganda, latifalar orqali
ham o‘quvchilarni tarbiyalab borish lozim.
Tez aytishlar ma’lum so‘zni, so‘z birikmasini yoki tovushni to‘g‘ri talaffuz
qilishga,
uni
boshqa
tovushlardan
farqlashga
o‘rgatadigan,
xotirani
mustahkamlaydigan va nutqni o‘stiradigan, o‘qish sur’atini oshiradigan janr
hisoblanadi. Shu sababli 1-sinfda ko‘pgina tez aytishlar keltirilgan. Masalan, ,,Botir
bbtmas botqoqqa", ,,Qobil qozonda qovurdoq qovurdi", ,,Bahodir bayroqni Botirga
berdimi, Botir Ba-hodirga bayroqni-berdimi?", ,,Olim oldidagi oltita olmani oldi" va
boshq. Shuni alohida ta’kidlab o‘tish kerakki, boshlang‘ich sinf darsliklariga
o‘quvchilar yoshiga mos, mavzular bo‘yicha tanlab olingan, ko‘proq tarbiyaviy
ahamiyatga ega bo‘lgan topishmoq, latifa va tez aytishlar tanlab kiritilishi maqsadga
muvofiqdir.
Topishmoq, latifa va tez aytishlarni o‘rganish boshlang‘ich sinflarda dastlab har
bir darsda amalga oshirilib boriladi. Alohida dars sifatida o‘rganishda esa
o‘qituvchilar turli usullardan foydalanishlari mumkin.
O‘qishdan umumlashtiruvchi darslarni tashkil etish
O‘qishdan o‘tkaziladigan umumlashtiruvchi dars o‘quvchilar bilimini bir
tizimga solish, o‘rganilganlarni takrorlab umumlash-tirish maqsadiga xizmat qiladi.
Umumlashtiruvchi dars odatda o‘qish dasturidagi u yoki bu muhim mavzu yuzasidan
o‘tkaziladi.
Umumlashtiawchi dars dasturning butun bir bo‘limini yakunlashga xizmat
qilishi ham murhkun.
Umumlashtiruvchi dars bolalar tasawuri va tushunchalarni kengay-tirishga
yordam beradi; bunday darslarda o‘quvchilar egallagan bi-limlarining sinfva maktab
jamoasi hayotida, har bir o‘quvchi hayotida qanday ahamiyatga ega ekanini
tushunadilar. Bu darsda o‘qituvchi bolalar bilimini boyitadigan shu mavzuga oid
qo‘shimcha materiallar ham berishi mumkin.
Umumlashtiruvchi darsda takrorlash, ilgari o‘qilganlar mazmunini o‘quvchilar
yodida qayta tiklash emas, balki umumlashtiruvchi xarak-terda bo‘lishi, bolalar
bilimini ma’lum bir tizimga solishga, ayrim tasawur va tushunchalarini tartibga
solishga yordam berishi lozim. Shunday ekan, bunday darslar uchun kitobdan
o‘qiganlarinigina emas, balki bolalarning kuzatishlari natijasida bevosita idrok
qilingan tabiatdagi predmetlar va hodisalar, ijtimoiy hayot voqealari, shaxsiy
tajribalari ham material bo‘ladi. Maktab hayoti, oila mavzusiga yoki
tabiatshunoslikka oid mavzuga bag‘ishlangan umumlashtiruvchi dars-ning vazifasi
kitob materialini o‘quvchilarning kuzatishlari, ekskursi-yalar jarayonida olgan
bilimlari bilan bog‘lash hisoblanadi.
Umumlashtiruvchi darslarda ish turlari xilma-xil bo‘lib, ko‘rilgan va
kechirilganlar yuzasidan, illustrativ materiallarni (rasmlar, misollar) ko‘rsatish va
tahlil qilish, o‘quvchilarning ayrim asarlardan parchalar o‘qishi, ekskursiya va
kuzatishlar asosida o‘quvchilarning og‘zaki hikoyasi kabilardan foydalaniladi.
Umumlashtiruvchi dars uchun ish turi darsning aniq maqsadidan kelib chiqib
tanlanadi.
O‘quvchilar muayyan mavzu ustida ishlab, o‘qiganlari, ko‘rganlari,
eshitganlari, kuzatganlari haqida o‘z fikr-mulohazalarini dadil va er-kin aytish
imkoniyatiga ega bo‘lsinlar. Masalan, ma’lum bir mavzuni yakunlab o‘tkazilgan
umumlashtiruvchi darsda bolalar kitobdan shu mavzuga oid o‘qigan hikoya va