HARAKATLAR STRATEGIYASI — O‘ZBEKISTON MILLIY TARQQIYOTI YANGI BOSQICHINING ASOSI
Yuklangan vaqt
2025-03-18
Yuklab olishlar soni
3
Sahifalar soni
21
Faytl hajmi
65,1 KB
HARAKATLAR STRATEGIYASI — O‘ZBEKISTON MILLIY
TARQQIYOTI YANGI BOSQICHINING ASOSI
REJA:
1. Strategiyasi tushunchasi va uning nazariy asoslari.
2. Davlat strategiyasining tizimli boshqaruv omillari.
3. O‘zbekiston milliy taraqqiyoti yangi bosqichi.
Tayanch so‘zlar: rivojlanish, innovatsiya, texnologiya, strategiya, taktika,
tamoyillar, invistitsiya, davlat va jamiyat qurilishi, qonun ustuvorligi, sud-huquq
tizimini isloh qilish, iqtisodiyotni liberallashtirish, xavfsizlik, xalqaro totuvlik, diniy
bag‘rikenglik, tashqi siyosat, logistika, tadbirkorlik, davlat idoralari, geosiyosat,
turizm, soliq va bojxona siyosati, qurolli kuchlar, milliy xavfsizlik, ta’lim,valyuta
bozori, inson huquqlari, byudjet siyosati, ijtimoiy himoya.
Davlatchilik rivoji va uning taraqqiyot mezonlari millatning ma’naviy darajasi
bilan belgilanadi. Zero, faqat o‘zligini anglagan, mushtarak maqsadlarda yakdil,
muddaolari uyg‘un, or-no’muslari ustun, yagona maslakdagi madaniyatga ega
xalqlarning rivojlanish tarixi barqaror va istiqbolli bo‘lishi kishilik jamiyati
tajribalarida o‘zining isbotini topgan. Inchinun, bugungi kunda mamlakatning
strategik siyosati milliy davlatchiligimizning siyosiy-ijtimoiy, ma’naviy-madaniy
merosini yangicha tafakkur asosida anglash va uni bevosita jamiyat boshqaruviga
tatbiq qilish bilan jahon hamjamiyati integratsiyasiga kirishish imkoniyatlari
kengayib bormoqda.
Taraqqiyot va yuksak rivojlanishga erishgan davlatlar tajribasiga ko‘ra har bir xalq
o‘z oldiga ulug‘ va istiqbol maqsadlarni qo‘yishi hamda uni amalga oshirish
salohiyatlari bilan jahon hamjamiyatiga kirib keladi. Strategik tafakkurga ega,
uzoqni ko‘ruvchi siyosatchilar, tom ma’nodagi xalqning haqiqiy xizmatkorlari
jamiyatda sodir bo‘ladigan muommolarni oldindan ilg‘ab, ularning samarali
va istiqbolli yechimlarini topa bilganlar. Ayniqsa, millat uchun murakkab va
mas’uliyatli sharoitlarda jamiyat rivojini belgilab berishga qodir “arxitektor”larning
vujudga kelishi ham davrning taqoza bilan bog‘lanadi. Trumen, Cherchil,
Yaponiyada Makartur, Singapurda Li Kuan Yu, Xindistonda M.Gandi,
Xitoyda Mao Sze-Dunlarning uzoqni ko‘ra bilishi millatning farovon kelajagini
ta’minlashga erishish salohiyatlari bilan baholanadi. Ayniqsa, Fransiya,
Germaniya, Malayziya, Janubiy Koreya davlatlari ikkinchi jahon urushlari
talato‘plaridan so‘ng xalqning orzu-umidlarini ro‘yobga chiqarishda misli
ko‘rilmagan ommaviy safarbarlik va jasorat na’munalarini namoyon qilishi
bilan barcha xalqlarga ibrat bo‘ldilar.
Tarixiy rivojlanish qonuniyatlari aniq va to‘g‘ri muljalli strategiya jamiyat
orzularini real hayotiy natijalarga aylantirish mumkin ekanligini isbotladi. Bugun
O‘zbekiston ham o‘z tarixining ana shunday mas’uliyatli chorrahasida turibdi.
Prezident Sh Mirziyoev tomonidan ishlab chiqilgan harakatlar strategiyasi
istiqbolimiz taqdirini hal etuvchi muhim va yangi davr bosqichini ifodalovchi milliy
g‘oyaga aylanmoqda. Shu ma’noda, xalqlar va milliy davlatchilik tarixining
murakkab evrilishlar asosida kechgan siyosiy-ijtimoiy jarayonlarini o‘rganish
bugungi kun istiqbol maqsadlarimizni oydinlashtirish, asoslash, yangi marralar va
vazifalarni belgilash kabi imkoniyatlarni yaratadi.
Shunday ekan, o‘z-o‘zidan sovol tug‘iladi? Rivojlanish nima va u qanday
ta’minlanadi? Uning barcha jamiyatlar uchun umumiy yoxud qandaydir
alohida qonuniyatlari mavjudmi? Rivojlanishni ta’minlovchi qanday ijtimoiy
omillar va talablar hukmronlik qiladi? Ta’limotlarga ko‘ra, rivojlanish – bu bir
sifatdan ikkinchi bir sifatga yoki bir holatdan boshqa bir holatga o‘tishda tabiat
va jamiyatda sodir bo‘ladigan o‘zgarishlar hamda harakatlar turi. Falsafaning
hukmron tasavvurlariga ko‘ra materiya va ongning yaxlit holatda rivojlanishi
spiralsimon cheksizdir. Zero, uning orqaga qaytishi va turg‘unligi e’tirof etilsada,
uning tamoyillari oddiylikdan murakkab shakllar tomon o‘sib boradi. Ya’ni u
rivojlanish ob’ektning o‘zida mavjud bo‘lgan harakatlarga asoslanadi.1 Biz buni
jamiyat rivojiga daxldor bo‘lgan “innovatsiya”lar, “konsepsiya”lar kabi g‘oyalar
orqali ta’minlaymiz.
Bundan tashqari har qanday rivojlanish jarayoni ijtimoiy o‘zgarishdan
boshlanadi. O‘zgarishlar ijtimoiy, iqtisodiy, ma’naviy, madaniy, siyosiy soholar
orqali amalga oshiriladi. Ya’ni har bir sohaning miqdoriy, mazmunli, strukturaviy
holatining almashinuvi natijasida sifat ko‘rsatgichlar vujudga keladi. Lekin, har
qanday o‘zgarishlar rivojlanishni ta’minlamaydi. O‘zgarishlar ijtimoiy-
ommaviy yaxlitlikda rivojlanishga olib keladi. Shunday qilib, rivojlanish jamiyat
tizimining murakkablashib, takomillashuvi jarayonida tashqi sharoitlarga samarali
moslashuvchanligida, voqelik ko‘lamining kengayishida, biron bir sohadagi son
o‘sishida va uni amalda ta’minlashning strukturaviy qurulmalarning vujudga
kelishida namoyon bo‘ladi.
Taraqqiyot va yuksak rivojlanishga erishgan davlatlar tajribasiga ko‘ra har bir
xalq o‘z oldiga ulug‘ va istiqbol maqsadlarni qo‘yishi hamda uni amalga oshirish
salohiyatlari bilan jahon hamjamiyatiga kirib keladi. Shuning uchun tabiiy rivojlanish
jarayonlarini bosib o‘tish barcha xalqlarga xos, ammo o‘tish yo‘llarini tanlash,
amalga oshirish va ta’minlash jamiyatning milliy-madaniy xususiyatlari bilan
belgilanadi. Ya’ni bu maqsadlar davlatning strategik yo‘nalishlarida o‘z ifodasini
topadi. Xo‘sh shunday ekan, strategiya nima? U davlatning qanday jabhalarini
qamrab oladi? Strategiya davlat va xalq manfaatlarini uyg‘unlashtirishning
qanday istiqbollarini belgilab beradi?
“Strategiya” tushunchasi grekcha so‘zdan olingan bo‘lib aslida “jang san’ati”
ma’nosini bildiradi. Bugungi kunga kelib “strategiya” keng tushuncha bo‘lib, turli
siyosiy-ijtimoiy sohalarda qo‘llanilmoqda. Jumladan, “Davlat strategiyasi” siyosiy
1 Ўзбекистон Миллий энциклопедияси. Тошкент, «Ўзбекистон миллий энциклопедияси» Давлат илмий нашриёти 187-
бет.
termenologiya sifatida bugungi kunda fan nazariyasi va amaliyoti darajasida
o‘zining alohida tushuncha va kategoriyalariga ega bo‘lib;
1.) O‘zoqqa muljallangan rejalashtirish san’ati.
2.) Boshqaruv va rahbarlik mahorat san’ati.
3.) Siyosiy va ijtimoiy jarayonlarni idora qilish san’ati.
4.) Aholini ma’lum maqsadlar sari safarbar etish san’ati.
5.) Mavjud resurslardan oqilona foydalanish san’ati.
6.) Taqsimlash va samaradorlikni ta’minlash san’ati kabi tushunchalarni qamrab
oladi.2
Strategiya – bu ta’limotni izlash, ifodalash va rivojlantirish tizimi bo‘lib, u
izchillik bilan va to‘liq amalga oshirilganda uzoq muddatli muvoffaqiyatni
ta’minlaydi.
Strategiya bu – strategik fikrlash, chuqur bilim va intuitsiya asosida muhitni,
kelgusi shartlarning mavjud prognozlarini tizimli tahlil qilish natijasidir. Ushbu
tahlilning yakuniy mahsuli – bu o‘zidan avvalgi prognoz, vazifa, nuqtai nazar,
ustuvorliklar va uzoq muddatli maqsadli vazifalarni rejalashtirish orqali bajarilishini
talab qiladi.
Strategiya bu – kelajak va no’malumlik parokandaligi orqali sinovdan o‘tgan
ustuvorliklar va maqsadlar sari yo‘naltiruvchi g‘oyalar majmuasi. Bu resurs
cheklanganligini baholash orqali harakatlarning to‘g‘ri tanlangan yo‘nalishi bilan
boyitilgan donishmandlik3.
XXI asrga kelib strategiya tushunchasi ancha kengaydi.
Strategiya deb, dunyo miqiyosida va davlat ichki hayotidagi iqtisodiy, ijtimoiy-
siyosiy hamda boshqa sohalarda vujudga kelgan inqiroziy vaziyatlarni
prognozlashtirish va bartarf etishga qaratilgan boshqaruvni tashkil etish
masalalariga doir tushunchalarni qamrab oladi4.
2 Буланова Е.А. Политика и стратегия в механизме государственного регулирования социально-экономических
процессов. Вестник Чувашского университета. 2006 г. №3, С 148
3 Квинт В. Стратегиялаш назарияси ва амалиёти. Т.; “TASVIR”. 2018й. 18 б.
4 Юрина А. О стратегии государственного управление. www.odn2ru.
Shundan kelib chiqib, davlat strategiyasi bir biri bilan o‘zaro bog‘liq, lekin
alohida xususiyat kasb etuvchi ko‘plab tushunchalarda ifodalanadi. Ya’ni, “siyosat”,
“doktrina”,
“milliy
manfaatlar”,
“milliy
xavfsizlik”,
“modernizatsiya”,
“innovatsiya”lar davlat strategiyasining mohiyatini belgilaydi.
Shunday qilib, davlatning strategiyasi aniq maqsadlarni belgilash imkoniyatini
yaratuvchi vositalarni tanlash asosida samarali boshqaruv ta’minlash orqali
jamiyatning ijtimoiy asoslarini rivojlantirishga, mamlakat suvereniteti hamda
xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan kompleks harakatlar majmui bo‘lib hisoblanadi.
Strategiyaning mohiyati taktik vazifalarni belgilashdan iborat. Siyosat,
strategiya va taktika – strategik rahbarlik va boshqaruv jihatlari bilan bog‘liq uchta
mustaqil kategoriyadir. Ularning farqi shundan iborat:
Strategiya tasdiqlangan va amalga oshirish uchun qubul qilingan bo‘lsa, uning
joriy
qilinishi
strategiyalashtirilayotgan
ob’ektning
yo‘l
ko‘rsatuvchisiga,
mayog‘iga aylanadi.
Taktika esa strategik vazifalarni amalga oshirish bo‘yicha kundalik, oylik va
yillik (joriy) rejalarni va ularning yechimi bo‘yicha tadbirlarni taqozo etadi.
Siyosat – bu strategiya va taktikani yagona samarali amal qiluvchi tizimga
agregatsiya va integratsiya qilinishidir. Boshqacha aytganda: Strategiya +
Taktika= Siyosatga teng5.
Davlatning strategik boshqaruvi boshqa davlat va xalqlarning tarixiy
tajribasidan o‘zlashtirib yoxud nus’ha olib bo‘lmaydi. Zero, har bir xalqning
o‘ziga xos tarixi, siyosiy-ijtimoiy, demografik, iqtisodiy, madaniy vaziyatilari
mavjud. Aynan shu ijtimoiy omillar ma’lum ijtimoiy sharoitlarni vujudga keltiradi.
Shunga ko‘ra, davlat strategiyasining universial formulasini shakllantiradigan
muassasalar mavjud emas. Barcha davlatlar uchun xos bo‘lgan umumiy tajribalar
ham yo‘q. Ular uchun maxsus strategik komandalar, komissiyalar, tezkor guruhlar
tuziladi. Strategiya siyosiy partiyalarning dasturiy g‘oyalarida yoki davlat
apparati tomonidan shakllantiriladi. Strategiya jamiyat tafakkur mahsuli sifatida
ochiq va ommaviy yoki qattiq nazorat ostiga olingan tartiblarda amalga oshirilishi
5 Квинт В. Стратегиялаш назарияси ва амалиёти. Т.; “TASVIR”. 2018й.44 б.
mumkin. Barcha uchun muvoffaqiyatli tartibot jamiyatda turli qarashlarning
shakllanishiga imkoniyat va tanqid qilishga sharoit yaratgan muhitning mavjud
bo‘lishi bilan belgilanadi. Ma’lumki, har qanday davlat mazkur vazifalarni hal
etishning strukturaviy mexanizmlariga muhtoj bo‘ladi.
Davlat strategiyasi – bu davlat idoralari o‘z vakolatlari doirasida ijtimoiy
ahamiyatga molik bo‘lgan maqsadlarga erishish yo‘lida mavjud resurlardan tizimli
ravishda foydalanishi demakdir.
1. Davlat strategiyasining tizimli boshqaruv omillari.
Davlat strategiyasi o‘z mazmuniga ko‘ra, nazariy va metodologik asoslariga
ega, rivojlanib kelayotgan fanlardan. Bugungi kunda davlat strategiyasini amalga
oshirishning tamoyillari, strukturaviy funksional asoslari rivojlangan mamlakatlar
ta’limotida nazariy jihatdan muqim shakllanganligiga guvohmiz. Mazkur nazariy
metodologik asoslar islohotlarning izchil yo‘nalishlarini kafolatlashga xizmat
qiladi.
Strategik maqsadlar qanday omillar orqali erishiladi?
Bu vazifa umumiy va xususiy, birlamchi va ikkinlamchi omillarni o‘zaro
bog‘liq harakat qonuniyatlarini idrok etish va uyg‘un faoliyatiini ta’minlashga
erishishdan
boshlanadi.
Hukumatlar
aksariyat
hollarda
milliy
strategik
muvoffaqiyatlarni YaIMning o‘sishida, fuqarolarining farovonlik darajasining
yuksalishida deb qaraydi. Yaqin o‘tmishda davlatning birlamchi vazifalari
hududlarini kengaytirish, hosildorlikni o‘stirish, oltin-neftni ko‘paytirish,
armiyani mustahkamlash bilan izohlangan.
Bugun milliy qadriyatlar bilan qurollangan davlatning strategik maqsadi
fuqarlarning g‘oyaviy e’tiqodi, bilim-salohiyati, jamiyatdagi mukammal
qonunlar va barqaror ijtimoiy institutlarning mavjudligi birlamchi omil sifatida
qaraladi. G‘oyaviy iroda jamiyatni harakatga keltiradi. Harakatsiz harajat nolga
teng. Bu nomoddiy resurlarning kengayishi bilan moddiy imkoniyatlarning rivojiga
xizmat qiladi. Ya’ni, ilm yangi bilimlarni vujudga keltiradi. Barqaror institutlar
iqtisodning rivojiga, jamiyat institutlarining takomillashuviga, provard natijada
ijtimoiy farovonlikka olib keladi. Strategik xatoga yo‘l qo‘ygan davlatlar
islohotlarni iqtisodiy omillardan boshlaydi.
Davlat
strategiyasining
metodologik
asoslari
amaliy
faoliyatni
rejalashtirishda ma’lum nazariy me’yorlarga amal qilishni taqoza qiladi.
Birinchidan, ijtimoiy voqelik va vaziyatni anglash. Davlat strategik vazifalarni
qabul qilgunicha jamiyatda turg‘unlik, mavhumlik yoxud inqiroziy holatlar
mavjud bo‘ladi. Strategik rejalarning qabul qilinishi bilan mazkur vaziyatning
murakkab jihatlari aniqlanadi va maqsadga erishish yo‘lidagi mavjud resurslar
imkoniyati baholanadi. Shunday qilib, sog‘lom pragmatik qarashlar ijtimoiy
vaziyatni tan olish orqali strategik maqsadlarga olib keladi.
Ikkinchidan, vorisiylik an’anasiga amal qilish. Hukumat amaldorlarining
o‘zgarishi vorisiylik kafolatlarini ta’minlansa, unda jarayonlar rivojlanmaydi.
Davlat organlari amaldorlarining tez-tez o‘zgarishi strategik maqsadlarining
shakllanmaganligidan dalolat beradi. Zero, davlat strategiyasi shu maqsadlarga
muvoffiq yetakchilarni tanlashni taqozo etadi. Madomiki, shunday ekan, dastavval
kadrlar tizimini shakllantirish strategik maqsadning keyingi amaliy bosqichga
o‘sib o‘tish imkoniyatini ta’minlaydi. Inchinun, boshqaruvni samarali maqsadga xos
tashkil etish strategiyaning garovi bo‘lib xizmat qiladi.
Uchinchidan, agar davlat e’lon qilgan strategiyasiga sobit bo‘lsa, u fuqarolarda
hukumatga nisbatan ishonchni uyg‘otadi, mutlaqo yangi ijtimoiy qadriyatlarni
taklif qiladi, jamiyatda ijtimoiy xamjihatlikning asoslarini belgilab beradi. Ya’ni
barcha uchun birdek maqbul bo‘lgan g‘oya kerak. Bu o‘z navbatida fuqaroviy
safarbarlikni ta’minlashga xizmat qiladi. Aslida strategiya davlat va jamiyat
o‘rtasida o‘tish davri uchun kelishuv shakli sifatida namoyon bo‘ladi.
To‘rtinchidan, davlat strategiyasi siyosiy kuchlarning faoliyatini strategik
vazifalar asnosida birlashtirishni taqoza etadi. Rasmiy va oshkora yakdillik
jamiyatda kuchlar muvozanatini yagona maqsad yo‘lida uyg‘unlashtiradi. Bundan
tashqari jamiyatda guruhlar, toifalar, qatlamlar ham mushtarak maqsadlarga
intilishlarini ta’minlab beradi. Muvoffaqiyatsizliklarga duch kelgan tajribalardan
ma’lumki, ijtimoiy o‘zgarishlar yuqorida hokimiyat va mulk taqsimoti doirasidan
tashqariga chiqa olmay qolib ketadi.
Beshinchidan, jamiyatda e’lon qilingan strategiya albatta tanqidga olinishi
tabiiy. Faqat tanqid konstruktiv, sog‘lom va asosli muammolarga qaratilishi
lozim. Strategiya mavjud ekan, tanqid taktik masalalarning mohiyatiga qaratiladi va
bunday holatni to‘xtatish yoki unga tusiq qo‘yish boshqa illatlarning kelib chiqishiga
olib keladi.6 G‘oyalar xilma-xilligi, konstruktiv muholifat, sog‘lom raqobat strategik
harakatlar jarayonini muolaja qilib turadi.
Zamonaviy strategiyalarning aksariyati aynan, investitsiyalar orqali inson
kapitaliga va u orqali adolatli qonunlarning, ijtimoiy institutlar qoidalarini
tashkil etilishiga qaratiladi. Muammo shundan iborat bo‘ladiki, davlatning
strategik vazifasini jamiyat a’zolari tomonidan idrok eta olmasligi yoxud aksincha
jamiyat talablariga da’vatan davlat boshqaruvi tayyor bo‘lmasligi natijasida
millatning rivojlanish istiqbollari ro‘yoga aylanadi. Shuning uchun har qanday
islohotlar inson kapitalini rivojlantirish bilan amalda uning ta’mal toshi
mustahkamlanadi. Prezident Sh.Mirziyoev - “Binobarin, inson kapitaliga e’tiborni
kuchaytirishimiz, buning uchun barcha imkoniyatlarni safarbar etishimiz shart.
Chunki jamiyatimizda oliy ma’lumotga ega, yuksak malakali mutaxassislar qancha
ko‘p bo‘lsa, rivojlanish shuncha tez va samarali bo‘ladi”7, deb davlat
strategiyasining ustvor vazifalarini ochib beradi.
Davlat strategiyasini boshqarish tizimlarining nazariy va metodologik asoslari
belgilangan uzoq va yaqin muddatli dasturlarning puxta va mukammal rejalar bilan
ta’minlashda izohlanadi. Tanlangan maqsadlarning strategik rejasi, tamoyili, izchil
va o‘zaro bog‘liq ijrosi, strukturaviy integratsiyalashuvini talab qiladi. Mazkur
jarayonlar starategik boshqaruv rejasi va tamoyillari asosida ta’minlanadi.
Strategik vazifalarni rejalashtir qanday me’zonlarga asoslanadi? Ular;
• tashkilot missiyasini aniqlash; tashkilotning mavjudlik mazmunini belgilash,
muljallangan, yuklangan mas’uliyatlarni ifodalaydi.
6 Сергей Дацюк. Государственная стратегия. https://gtmarket.ru/laboratory/expertize/
7 Ўзбекистон Республикаси Президенти Ш. Мирзиёевнинг Олий мажлисга Мурожаатномаси. Халқ сўзи. 2018й, 29
декабрь.
• tashkilot maqsadi va vazifasini shakllantirish; xizmat ko‘rsatish turining soni
va sifat darajasi rag‘batlantirish tizimiga asoslanib faoliyat samaradorligini
belgilaydi.
• tashqi muhit ta’sirini baholash va tahlil qilish; ichki xulq-atvorning tashqi
munosabatlarga kirish darajasi va natijalari, kommunakativ holat ifodasi. U
ob’ektning
holati,
resurlarning
mavjudligi,
huquqiy-me’yoriy
asoslarning
ta’minlanganligi,
ilmiy-texnikaviy
baza,
ijtimoiy-madaniy
muhit
va
infrastrukturaning layoqatliligini tahlil etadi.
• ichki strukturani baholash va tahlil qilish; belgilangan maqsadlarga erishish
yo‘lida ichki imkoniyat va salohiyatlarni o‘rganish, hisobga olish orqali tashkilot
missiyani aniq belgilash mumkin bo‘ladi. Ular kadrlar salohiyati, boshqaruvni
samarali tashkil etish, rejani to‘g‘ri moliyalashtirish va marketing bilan bog‘liq
bo‘ladi.
• muqobil strategik tavsiyalarni ishlab chiqish va qiyoslash; mazkur yo‘nalish
strategik rejalashtirishning yuragi hisoblanadi. Zero, unda muqobil tavsiyalardan
eng samaralisi tanlanib, maqsadga erishishning maqbul variantlari joriy etiladi.
• strategiyani amalga oshirish; bu yo‘nalish eng mas’uliyatli hamda tahlikali
jarayon. Agar u real vaziyatni to‘liq qamrab olgan yaxlit va bir butun reja bo‘lsa,
uning muvoffaqiyati ta’minlanadi. Moboda boshqacha bo‘lsa, unda turg‘unlik
yuzaga keladi. Bunga sabab, noto‘g‘ri tahliliy ma’lumotlar, xulosalar, ko‘tilmagan
sharoitlar, resurslardan oqilona foydalan olmaslikdir.
•strategiyani baholash va nazorat qilish; bu jarayon strategik rejalashtirishni
mantiqiy yakunlovchi omil bo‘lib hisoblanadi. U hodisalarning qayta aloqalanish
siklini ta’minlash jarayonida strukturaviy bo‘g‘inlardagi bog‘lanish imkoniyatlarini
ko‘zatadi, tahlil qiladi, baholaydi, aniqlaydi, xulosalar chiqaradi. Zarurotda strategik
rejalarni korrektirovka qiladi.8
8 Шамгун Р.Н. Стратегическое планирование или управление - что выбрать?. www.cfin.ru.
Davlat strategik rejalari aniq va o‘zgarmas tamoyillarga bo‘ysindirilishi
muhim. Ular islohotlarning bir ma’romda, izchil yo‘nalishini ta’minlashga
xizmat qiladi. Jumladan;
1. Ilmiylik.
2. Maqsadlilik.
3. O‘zgaruvchanlik.
4. Birlik.
5. Sharoit yaratish.
Ilmiylik. Rahbar o‘z vazifalarini amalga oshirishida turli ilmiy sohalardagi
ma’lumotlar va xulosalar bilan qurollanmog‘i, bundan tashqari improvizatsiya
qilmog‘i,
quyilgan
vazifalar
yechimini
topishda
individual
va
kreativ
yondashuvlarni tashkil etishi.
Maqsadlilik. Strategiyani shakllantirish va strategiyaviy tahlillar maqsadli
bo‘lishi lozim. Ya’ni davlatning ustuvor maqsadlarini bajarishga yo‘naltirilishi
lozim.
O‘zgaruvchanlik. Mazkur tamoyil oldin qabul qilingan qarorni o‘zgartirish
ehtimoli yoki o‘zgaruvchan vaziyatdan kelib chiqib xohlagan damda qayta ko‘rib
chiqishi demakdir.
Birlik. Strategik dastur va rejaning uyg‘unligi. Turli darajada qarorlarning
mustahkam bog‘liqligi va xamjihatliligi muvoffaqiyatning shartli kafolatidir.
Mazkur birlik davlat organlarning strukturaviy bug‘inlarida strategik harakatlarni
birlashtirish, barcha funksional bo‘lim rejalarining kelishuvi bilan ta’minlanadi.
Sharoit yaratish. Strategiyani amalga oshirish imkoniyatini to‘g‘diradi.
Strategik rejaning mavjudligi hali muvoffaqiyatli amalga oshishini kafolatlamaydi.
Strategik boshqaruv jarayonida dastur va rejani amalga oshirish uchun tashkiliy
sharoit yaratilishi lozim. Ular mustahkam tashkiliy struktura, rag‘batlantirish
tizimi va boshqaruv tizim samaradorligini oshirishga qaratiladi.9
Mazkur tamoyillar hokimiyat organlari faoliyatidagi ijro intizomining past
so‘ratlariga, shaxsiy mas’uliyatsizligiga barham beradi, kadrlar layoqati darajdasini
9 Государственное стратигическое управление. Общ.ред. проф. Ю Кузнецова. Питер, 2014. С134
oshirishni talab qiladi, murakkab va chigal ish tartiblarini sodda hamda tezkor
yondashuvlar bilan ta’minlashga xizmat qiladi. Eng muhimi strategik yo‘nalishlarni
belgilashning
mavhum
va
noma’lum
jihatlarini
oydinlashtirish
orqali
tartiblashtirishga xizmat qiladi. Bu masalalar quyidagi tamoyillar bilan
aniqlashtiriladi:
• Maqsad – nega u yoki bu harakatlar birlamchi bo‘lib hisoblanadi. Ya’ni nima
uchun dolzarb va real vaziyatda, turli ijtimoiy ehtiyojlar talabida, qo‘rquv va
ikkilanish sharoitida muhim vazifalarni ajratib olish kerak?
• Tashqi sharoit - qaysi nuqtada maqsadga erishish ko‘zda tutilmoqda. Zarur
resurslar mavjudligini aniqlash va amalga oshishi lozim bo‘lgan hozirgi va
kelgusidagi sharoitlar taqoza qiladimi? Hukumat ana shu ikki nisbat o‘rtasidagi
omillarni qanday me’zonlar bilan tanlashi lozim?
• Yo‘nalish – nimaga erishishni hoxlaymiz, belgilangan, istalgan maqsad va
natijalar qanday? Bu o‘z navbatida keyingi harakatni belgilaydi:
• Harakat – hukumat va idoralar belgilangan maqsadga erishishning
qanday rejasiga ega: strategiyada ifodasini topgan tamoyillar qanday qonunlar va
dasturlarda
kafolatlanmoqda,
jamiyatni
qanday
omillar
yetaklaydi,
rag‘batlantiruvchi kuch nimada? Mazkur harakatlar ko‘tilmagan oqibatlarga olib
kelishi mumkin bo‘lganligi uchun strategiya ta’limga bog‘liq bo‘ladi:
• Ta’lim – jamiyat tasavvurlarini shakllantirish tizimi sifatida tanlangan
yo‘nalishni va shuningdek, maqsadni qayta ko‘rib chiqish, imkoniyatlarni belgilash
asosida qanchalik amaliy natijalarga erishilayotganligi hamda qaysi sohalarda
imkoniyatlar
boy
berilayotganligini
aniqlash,
taqqoslash,
qiyoslash
indekatorlarini (ilmiy uslublarni)joriy etish talab etiladi.10
Davlatning strategik boshqaruvi tizimi belgilangan maqsaddan kelib chiqilgan
yangi yo‘nalishlarni tanlashdan, shunga muvoffiq hokimiyat organlarining qayta
tashkillashtirilishidan hamda umum ijtimoiy-madaniy ahamiyatga molik maqsad
yo‘lida jamiyat kuchlarini safarbar etish bilan belgilanadi. Davlat strategik
10 Джефф Малган. Искусство государственной стратегии. М.: изд. институт Гайдара. 2011. С 14
boshqaruvi tizimi indekatorlari mazmuni quyidagi savollarga javob topishga
qaratiladi.
1. Qachon, qaerda va nega?
2.Ijtimoiy va madaniy ahamiyatga molik maqsadlarni aniqlash (nimaga?).
3.Insoniy, tabiiy, texnik-texnologik, moliyaviy, ishlab chiqarish resurslarini
aniqlash (nima uchun, qanday qilib, nima bilan?).
4.Aholi bunyodkorligi va tashabbuskorligini oshirishda tegishli moddiy
ta’minot asoslarini yaratish (qancha va qanday sifatda?).
5.Malakali mutaxassislarni tayyorlash (qancha, qanday harajat va
qiymatda?).
6. Ijtimoiy institutlar va davlat hokimiyati organlarini o‘z vaqtida isloh etish
(qanday qilib va qanday vositalar bilan?)11
Davlat strategiyasining funksional vazifalari turli bo‘lishga qaramasdan,
ularning mazmun-mohiyati uchta asosiy funksiyaning elementlari hisoblanadi.
Ularsiz boshqaruv tizimlari, ayniqsa, strategik rahbarlik va boshqaruv tizimlari to‘liq
samarali ishlay olmaydi. Bular strategik rejalashtirish, strategik rag‘batlantirish
hamda strategik monitoring va nazorat.
Birinchi element aniq istiqbolli siyosatni shakllantirish jarayonini qamrab
oladi. Uning dastlabki ustuni sifatida mazkur siyosatni omma e’tiboriga havola etish,
ongiga singidirish, tadbiq etish vazifalarini belgilashga, imkoniyatlarni hisobga
olishga qaratiladi. Ya’ni rejalashtirish.
Ikkinchi element maqsadga erishish yo‘lida moddiy va ma’naviy resurslarni
to‘g‘ri taqsimlash, ketma-ket bog‘liq vazifalarni aniqlash orqali erishilinadi. Bunda
asosiy e’tibor rejalarni amalga oshirish faoliyatini to‘g‘ri rag‘batlantirish muhim
ahamiyat kasb qiladi.
Uchinchi element faoliyat natijalarining monitoringini tashkil qilish, samarali
omillarni takomillashtirib borish, nazoratni ko‘chaytirish lozim, deb qaraydi.
Mazkur unsurlar yaxlit jarayon sifatida biri ikkinchisini mustahkamlashga xizmat
11 Юрина А. О стратегии государственного управление. www.odn2ru.
qiladi.12 Agar birinchi vazifalar ta’minlanmasa, qolgan bosqichlar amalga oshmaydi.
Yoki rasmiyatchilik holati vujudga keladi. Shu sababdan ushbu qonuniyatlar bir-biri
bilan ziddiyatlarga ham kirishishi mumkin. Bunday vaziyatlar strategiya jamiyat
sohalarini to‘liq qamrab olishga erishmaganligidan dalolat beradi. Masalan, fan-
ta’limni rivojlantirmay turib yuqori texnologiyaga erishib bo‘lmaydi. Yoki
tadbirkorlik va xususiy mulk vakolatlarini kafolatlamasdan turib, iqtisodiyot,
investitsiya sohalarini rivojlantirib bo‘lmaydi.
Xulosa qilib aytganda strategiya, bu – fundamental fan hisoblanadi. Uning
asosiy tamoyillari va ilmiy kategoriyalari har bir millatning o‘ziga xos xususiyatlari
asosida takomillashtiriladi hamda muvofiqlashtirladi. Ammo, har qanday strategiya
– strategiyalash ob’ektidan qat’i nazar, umumiy tabiatga ega va, demak, umumiy
nazariy asoslarga ega bo‘lishi lozim. Shu sababli strategiyaning yaxlit tizimi milliy,
mintaqaviy, sohaviy va korparativ strategiyalarni integratsiyalashuvi jarayonlaridan
hosil bo‘lib boradi.13
3.O‘zbekiston milliy taraqqiyoti yangi bosqichi.
Har bir davr o‘ziga xos siyosiy vaziyati bilan ijtimoiy hayot rivojiga ta’sir
ko‘rsatadi. Har bir davrning o‘z ta’limoti va yondashuv tamoyillari yuzaga keladi.
Ushbu vaziyatni anglash, shunga mos yo‘l-yo‘riq tanlash strategik tamoyillarning
talablaridan hisoblanadi. Rivojlanishning o‘z qonuniyatlari mavjud bo‘lgani kabi,
favqulotda ijtimoiy o‘zgarishlar ham rivojlanishning mohiyatiga zid keladi.
Boshqacha qilib aytganda, inqilobiy ta’sirni jamiyatning o‘zi inkor qiladi. Tadrijiy
ta’limot ijtimoiy qonuniyatlarning jamiyat imkoniyatlariga muvofiqlashtirilgani,
uyg‘un siyosiy islohotlar belgilangani bilan samarali natijalar beradi. Iqtisodiy
islohotlarning bozor munosabatlariga yo‘naltirilishi, infratuzulmalarning joriy
etilishi, ishlab chiqarish munosabatlarini tashkil etish, mulkdorlar qatlamining o‘sib
borishi bilan jamiyatda inson manfaatlari, qonun ustuvorligi, ijtimoiy himoya kabi
12 Джефф Малган. Искусство государственной стратегии. М.: изд. институт Гайдара. 2011. С 232
13 Квинт В. Стратегиялаш назарияси ва амалиёти. Т.; “TASVIR”. 2018й.42 б.
demokratik qadriyatlar ta’minlanadi. Shu tariqa yangi jamiyat asoslariga daxldor
ijtimoiy omillar biri ikkinchisini to‘ldirishga xizmat qiladi.
Ko‘rib turganimizdek, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan tub islohotlar
strategik ta’limotlarga to‘liq mos keladi. Ular respublikamizning bosib o‘tgan
taraqqiyot yo‘lining chuqur tahlili, bugungi kunda jahon bozori kon’yunkturasi
keskin o‘zgarib, globallashuv sharoitida raqobat tobora kuchayib borayotgani
davrida davlatimizni yanada barqaror va jadal sur’atlar bilan rivojlantirish uchun
mutlaqo yangicha yondashuv hamda tamoyillarni ishlab chiqish va ro‘yobga
chiqarishda namoyon bo‘lmoqda. Inchinun, olib borilayotgan islohotlar samarasini
yanada oshirish, davlat va jamiyatning har tomonlama va jadal rivojlanishi uchun
shart-sharoitlar yaratish, mamlakatimizni modernizatsiya qilish hamda hayotning
barcha sohalarini liberallashtirish bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlarni amalga oshirish
maqsadida Prezidenti Shavkat Mirziyoev mamlakat taraqqiyotining kompleks
dasturini ilgari surdi. Bu hujjat «2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini
rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi»14 deb
nomlandi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 26 yillik tantanalariga
bag‘ishlangan ma’ruzalarida muhtaram Prezident –“ Asosiy qomusimiz negizida
yaratilgan Harakatlar strategiyasi bugungi kunda jonajon Vatanimiz taraqqiyotini
yangi bosqichga ko‘tarishda, innovatsion va industrial rivojlanish sari odimlashda
beqiyos o‘rin egallamoqda15 deb, ulkan o‘zgarishlarga dahildor yangi g‘oyalarni
ilgari so‘radi.
Mazkur dastur nafaqat ichki va tashqi siyosatdagi islohotlar sari tashlangan
qadamda, balki, eng avvalo, davlatning xalqqa bo‘lgan munosabatini o‘zgarganligida
namoyon bo‘lmoqda. Davlatimiz rahbarining 2018 yil 28 dekabr kuni Oliy Majlisga
yo‘llagan Murojaatnomasida ham mavjud o‘tkir muammolarga e’tibor qaratilib,
ularni hal etishning aniq yo‘llari ko‘rsatib berildi. 2017 yil «Xalq bilan muloqot va
inson manfaatlari yili» deb e’lon qilinishi, 2018 yil “Faol tadbirkorlik, innovatsion
14 Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2017 йил 7 февралдаги Фармони. “2017-2021 йилларда Ўзбекистон
Республикасини ривожлантиришнинг бешта устувор йўналиши бўйича Ҳаракатлар стратегияси тўғрисида”// Веб-сайт
Ўзбекистон Республикаси Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси – www.lex.uz.
15 Халқ сўзи. 2018 йил 8 декабрь.