Hasharotlar klassifikatsiyasi: Birlamchi qanotsiz hasharotlar kenja sinfi
(Apterygota). Qanotli hasharotlar kenja sinfi (Pterygota). CHala o‘zgarish
bilan rivojlanuvchi hasharotlar. Kunliklar, ninachilar va suvaraksimonlar
turkumlari.
Reja:
1. Ninachilar turkumi
2. suvaraksimonlar turkumi
Bu bo‘limga kiruvchi hasharotlar rivojlanish davrida uchta fazani tuxum,
lichinka va voyaga etgan hasharot bosqichini o‘tadi. Tuxumdan chiqqan lichinkalar
voyaga etgan hasharotga o‘xshaydi, tana segmentlari yaxshi rivojlanmagan.
Qanotlari ham murtak xolda bo‘ladi. Bu bo‘limga kunli kapalaklar turkumi,
efimeroidlar bosh turkumlari kiradi.
Odonatoidlar bosh turkumga kiruvchi hasharotlarning qorinchasi ohirida kalta
serkalari bo‘ladi. Lichinkalari suv muhitida yashashga moslashgan. Bularga
ninachilar turkumi kiradi.
Ninachilar tukumi
Tanasi cho‘zinchoq, yirik yoki o‘rtacha kattalikdagi hasharotlar kiradi.
Qanotlari ikki juft, yirik pardasimon, qorinchasi cho‘ziq, bosh qismi katta,
harakatchan, ikkita yirik murakkab ko‘zi va uchta sodda ko‘zchasi bo‘ladi.
Mo‘ylovlari qisqa 3-7 bo‘g‘imli qilsimon tipda, og‘iz apparati kemiruvchi.
Ninachilar keng tarqalgan bo‘lib, chuchuk suv havzalari bor joylarda uchraydi.
CHunki ularning lichinkalari suvda hayot kechiradi.
Ninachilar yirtqich bo‘lib, bir qancha zararli hasharotlarni eb foyda ketiradi.
Tuxumlarini suvga qo‘yadi. Lichinkalari sekin oqar va oqmas suvlarda o‘rmalab
yoki suzib harakatlanadi. Lichinkalari mayda suv hayvonlari, chivinlar, kunlilar,
boshqa tur ninachilar lichinkalari bilan oziqlanadi. Ninachilar lichinkalari o‘z
navbatida baliqlar uchun ozuqa xisoblanadi. Ninachilarni 4 ming 500 dan ortiq turi
ma’lum. SHunday 165 turi Rossiyada tarqalgan. O‘rta osiyoda uchraydigan
ninachilar lyutkalar, strelkalar, suluv ninachilar, detkalar, oddiy ninachilar va
boshqalar kiradi.
17 - rasm. Katta shayin ninachisi:
1- voyaga etgani (imagosi); 2-lichinkasi; 3-lichinkaning boshi (pastki labi surib
chiqarilgan).
Suvaraksimonlar turkumi
Tanasi har xil kattalikda yassi old elkasi boshi gipognatik, og‘iz apparati
kemiruvchi tipda. Mo‘ylovlari uzun ingichka. Ayrim turlarining urg‘ochisi qanotsiz
bo‘ladi. Oyoqlari yuguruvchi tipda. Qorinning keyingi bo‘g‘imida urg‘ochilarida
serkalari, erkaklarida grifelkalari bo‘ladi. Suvaraksimonlar tuxumlarini qalin
xaltacha (ooteka) ichiga joylashtirib qo‘yadi. Suvarakning rivojlanish davri 2-3 oy,
bazan 3-4 yilgacha cho‘zilishi mumkin. Suvaraklar tungi hasharot hisoblanadi. Ular
o‘simlik qoldiqlarida, toshlar va barglar ostida yashaydi. Uy joy, oshxona,
nonvoyxonalarda yashashga moslashgan turlari ko‘proq uchraydi. Ular xar xil oziq
bilan oziqlanadi. Ko‘p turlari xar xil tashlandiqlar orasida yashaganligi tufayli, tana
qismlari va eskrementlari orqali turli kasallik tarqatuvchi patogen
mikroorganizmlarni tarqatadi. (41 rasm). 3600 dan ortiq turlari ma’lum. Rossiyada
15 turi, O‘rta osiyoda oddiy suvaraklar ko‘proq uchraydi. SHuningdek kattaligi 25