Hasharotlarning morfologiyasi (Hasharotlar tanasining segmentlarga bo‘linishi, Hasharotlarning bosh qismi va uning tuzilishi)

Time

Yuklangan vaqt

2025-11-08

Downloads

Yuklab olishlar soni

0

Pages

Sahifalar soni

15

File size

Fayl hajmi

712,0 KB


Hasharotlarning morfologiyasi
 Reja:
   1. Hasharotlar tanasining segmentlarga bo‘linishi.
2. Hasharotlarning bosh qismi va uning tuzilishi.
3. Hasharotlarning ko‘krak qismi va uning tuzilishi.
4. Hasharotlarning qorin qismi va uning tuzilishi.
Morfologiya  fani  hasharotlarning  tashqi  va  ichki  tuzilishini  o‘rganadigan  fan
hisoblanadi.
Hasharotlarning tashqi tomonini qoplab turgan qoplamasi kutikula deb ataladi.
Kutikula hasharotning tashqi tomonidan ya’ni tanasini va uning o‘simtalarini qoplab
va o‘zaro elastik parda vositasida qattiq parchalardan iboratdir. Terini bunday tartibda
tuzilganligi  hasharot  tanasini  segmentlardan  iborat  tarzda  tuzilishini  ta’minlaydi.
Bunday  tuzilish  hasharot  tanasining  turli  qismlarini  egilishi  va  harakatlanishini
ta’minlaydi. SHu bilan birga kutikula o‘ziga xos skelet vazifasini bajaradi. CHunki
hasharotlarning muskullari  shu kutikulaga  birikadi. Bundan  tashqari  teri  qoplami
ularning turli noqulay sharoitlardan ximoya qiladi.
Hasharotlarning tanasi yaxlit 3 qismga ya’ni bosh, ko‘krak va qorin qismlariga
bo‘linadi. Bosh qismi 4-5 segmentlardan, ko‘krak 3 va qorin 11 segmentdan iboratdir. 
Logotip
Hasharotlarning morfologiyasi Reja: 1. Hasharotlar tanasining segmentlarga bo‘linishi. 2. Hasharotlarning bosh qismi va uning tuzilishi. 3. Hasharotlarning ko‘krak qismi va uning tuzilishi. 4. Hasharotlarning qorin qismi va uning tuzilishi. Morfologiya fani hasharotlarning tashqi va ichki tuzilishini o‘rganadigan fan hisoblanadi. Hasharotlarning tashqi tomonini qoplab turgan qoplamasi kutikula deb ataladi. Kutikula hasharotning tashqi tomonidan ya’ni tanasini va uning o‘simtalarini qoplab va o‘zaro elastik parda vositasida qattiq parchalardan iboratdir. Terini bunday tartibda tuzilganligi hasharot tanasini segmentlardan iborat tarzda tuzilishini ta’minlaydi. Bunday tuzilish hasharot tanasining turli qismlarini egilishi va harakatlanishini ta’minlaydi. SHu bilan birga kutikula o‘ziga xos skelet vazifasini bajaradi. CHunki hasharotlarning muskullari shu kutikulaga birikadi. Bundan tashqari teri qoplami ularning turli noqulay sharoitlardan ximoya qiladi. Hasharotlarning tanasi yaxlit 3 qismga ya’ni bosh, ko‘krak va qorin qismlariga bo‘linadi. Bosh qismi 4-5 segmentlardan, ko‘krak 3 va qorin 11 segmentdan iboratdir.
  
Demak hasharotlar tashqi tomonidan 18-19 segmentdan iborat tuzilishga ega ekan.
Lekin  shuni  ham  aytish  kerakki  hasharotlar  evolyusiyasi  davomida  ushbu
segmentlarning  ayrimlari  rivojlanmagan  yoki  vazifasini  o‘zgartirib  2-jarayon
natijasida  hasharotlar  uchun  bir  muncha  progressiv  belgilardan  biri  hisoblangan
qanotlari hosil bo‘lishi ularning turli ekologik sharoitlarni ishg‘ol qilishga olib kelgan.
Hasharotlarni bosh qismi kalla qutisidan iborat bo‘lib, u tashqi skeletni hosil qiladi.
Bosh  qismida  og‘iz  organlari  bir  juft  mo‘ylov,  bir  juft  murakkab  hamda  oddiy
ko‘zchalar joylashgan. Boshning oldingi qismi peshona uning yuqorisi chakka undan
so‘ng  esa  gardoni,  peshonaning  oldida  qanshar  undan  pastda  og‘iz  organlari
joylashgan. Boshning gavdaga qo‘shilgan qismi bo‘yin deb ataladi. Hasharotlarning
bosh qismida hid bilish yoki sezish organi bo‘lgan mo‘ylovlar joylashgan. Ba’zan
kalla qutisida embrion bosh qismidagi ayrim bo‘g‘imlarning bir biriga qo‘shilish izlari
aniq ko‘rinib turadi. Boshning ustki qismi harakatsiz tutashgan bosh qism skeletidan
tuzilgan. Boshning oldingi sathi peshona, uning yuqorisida chakka, undan yuqoriroqda
ensa gardoni, peshona pastida yoki oldida qanshar yoki klipeus. Undan pastda og‘iz
organlarini yuqoridan yopib turuvchi yaproqcha ko‘rinishidagi xarakatchan yuqorigi
lab joylashgan, bosh yonboshlarida joylashgan ko‘zlar osti va yonboshlari lunj deb
nomlanadi. Ba’zi bir tuban hasharotlarda boshning oldingi tomonidagi ko‘zlar oralig‘i,
V shaklda chok xoshiya izlar bilan ajralgan bo‘lib, buni epikranial hoshiya deb ataladi.
Boshning gavdaga qo‘shilgan xalqasimon yumshoq qismi bo‘yin deb, bo‘yin bilan
og‘iz organi o‘rtasidagi qismi tomog‘ deb ataladi. Boshning orqa tomonida ya’ni
ko‘krak qismida yotgan ichki organlar o‘tadigan joyda ensa teshigi joylashgan.
Logotip
Demak hasharotlar tashqi tomonidan 18-19 segmentdan iborat tuzilishga ega ekan. Lekin shuni ham aytish kerakki hasharotlar evolyusiyasi davomida ushbu segmentlarning ayrimlari rivojlanmagan yoki vazifasini o‘zgartirib 2-jarayon natijasida hasharotlar uchun bir muncha progressiv belgilardan biri hisoblangan qanotlari hosil bo‘lishi ularning turli ekologik sharoitlarni ishg‘ol qilishga olib kelgan. Hasharotlarni bosh qismi kalla qutisidan iborat bo‘lib, u tashqi skeletni hosil qiladi. Bosh qismida og‘iz organlari bir juft mo‘ylov, bir juft murakkab hamda oddiy ko‘zchalar joylashgan. Boshning oldingi qismi peshona uning yuqorisi chakka undan so‘ng esa gardoni, peshonaning oldida qanshar undan pastda og‘iz organlari joylashgan. Boshning gavdaga qo‘shilgan qismi bo‘yin deb ataladi. Hasharotlarning bosh qismida hid bilish yoki sezish organi bo‘lgan mo‘ylovlar joylashgan. Ba’zan kalla qutisida embrion bosh qismidagi ayrim bo‘g‘imlarning bir biriga qo‘shilish izlari aniq ko‘rinib turadi. Boshning ustki qismi harakatsiz tutashgan bosh qism skeletidan tuzilgan. Boshning oldingi sathi peshona, uning yuqorisida chakka, undan yuqoriroqda ensa gardoni, peshona pastida yoki oldida qanshar yoki klipeus. Undan pastda og‘iz organlarini yuqoridan yopib turuvchi yaproqcha ko‘rinishidagi xarakatchan yuqorigi lab joylashgan, bosh yonboshlarida joylashgan ko‘zlar osti va yonboshlari lunj deb nomlanadi. Ba’zi bir tuban hasharotlarda boshning oldingi tomonidagi ko‘zlar oralig‘i, V shaklda chok xoshiya izlar bilan ajralgan bo‘lib, buni epikranial hoshiya deb ataladi. Boshning gavdaga qo‘shilgan xalqasimon yumshoq qismi bo‘yin deb, bo‘yin bilan og‘iz organi o‘rtasidagi qismi tomog‘ deb ataladi. Boshning orqa tomonida ya’ni ko‘krak qismida yotgan ichki organlar o‘tadigan joyda ensa teshigi joylashgan.
Hasharotlarning mo‘ylovlari ularning sistematik o‘rnini yoki ularni turkum va
turlarini aniqlashda ham muhim ahamiyatga egadir. Ayrim hasharotlar turkumlari
mo‘ylovlarini tuzilishiga qarab ham nomlanadi. 
2- rasm. Hasharotlarning mo‘ylovining tuzilishi va tiplari;
 
 Faqat  mo‘ylovlar  mo‘ylovsizlar  turkumining  vakillarida  bo‘lmaydi.
Hasharotlarning mo‘ylovlari  hid bilish  va  sezish  yani  tuyg‘u  vazifasini  bajaradi.
Mo‘ylovlar  peshonaning  ikki  o‘nidagi  ko‘zlar  orasida  yoki  uning  oldidagi
chuqurchalarda joylashgan. Mo‘ylovlar  yo‘g‘onlashgan o‘zak, asosiy dasta undan
keyin oyoqcha va uchinchi bo‘g‘indan boshlanadigan xivchindan tashkil topgan. 
Ba’zan  mo‘ylovlar  hasharotlarning  erkak  urg‘ochisini  ajratishda  muhim  belgi
hisoblanadi.  Bizga  ma’lumki  erkak  va  urg‘ochi  hasharotlarning  mo‘ylovlarini
tuzilishi xar xil ko‘rinishda bo‘ladi.
Hasharotlarning mo‘ylovlari qanday ko‘rinishda yoki qanday vazifani bajarmasin,
lekin ularning ma’lum ko‘rinishiga qarab tiplarga ajratilib o‘rnatiladi.
Bu xar bir tipdagi mo‘ylovlar o‘zining tuzilishiga qarab quyidagicha tuzilishga
egadir.
1. Ipsimon mo‘ylov- yuguron qo‘ng‘izlarda bunday ko‘rinishdagi mo‘ylovlarning
ko‘rinishi asosidan to mo‘ylovning uch qismigacha bir xil yo‘g‘onlikda bo‘ladi.
2. Qilsimon mo‘ylov-suvaraklarda bu tipdagi mo‘ylovlarning ko‘rinishi mo‘ylov
asosidan uch qismga qarab bir tekisda ingichkalashib boradi.
Logotip
Hasharotlarning mo‘ylovlari ularning sistematik o‘rnini yoki ularni turkum va turlarini aniqlashda ham muhim ahamiyatga egadir. Ayrim hasharotlar turkumlari mo‘ylovlarini tuzilishiga qarab ham nomlanadi. 2- rasm. Hasharotlarning mo‘ylovining tuzilishi va tiplari; Faqat mo‘ylovlar mo‘ylovsizlar turkumining vakillarida bo‘lmaydi. Hasharotlarning mo‘ylovlari hid bilish va sezish yani tuyg‘u vazifasini bajaradi. Mo‘ylovlar peshonaning ikki o‘nidagi ko‘zlar orasida yoki uning oldidagi chuqurchalarda joylashgan. Mo‘ylovlar yo‘g‘onlashgan o‘zak, asosiy dasta undan keyin oyoqcha va uchinchi bo‘g‘indan boshlanadigan xivchindan tashkil topgan. Ba’zan mo‘ylovlar hasharotlarning erkak urg‘ochisini ajratishda muhim belgi hisoblanadi. Bizga ma’lumki erkak va urg‘ochi hasharotlarning mo‘ylovlarini tuzilishi xar xil ko‘rinishda bo‘ladi. Hasharotlarning mo‘ylovlari qanday ko‘rinishda yoki qanday vazifani bajarmasin, lekin ularning ma’lum ko‘rinishiga qarab tiplarga ajratilib o‘rnatiladi. Bu xar bir tipdagi mo‘ylovlar o‘zining tuzilishiga qarab quyidagicha tuzilishga egadir. 1. Ipsimon mo‘ylov- yuguron qo‘ng‘izlarda bunday ko‘rinishdagi mo‘ylovlarning ko‘rinishi asosidan to mo‘ylovning uch qismigacha bir xil yo‘g‘onlikda bo‘ladi. 2. Qilsimon mo‘ylov-suvaraklarda bu tipdagi mo‘ylovlarning ko‘rinishi mo‘ylov asosidan uch qismga qarab bir tekisda ingichkalashib boradi.
3. Marjonsimon mo‘ylov-un qo‘ng‘izlarida bu mo‘ylovlarning bo‘g‘imlari kalta,
yo‘g‘onlashgan, ikki uchi yumaloqlashgan hamda aniq ifodalashuvchi siniqlik bilan
bir biridan ajralib turadigan bo‘g‘imlardan iborat.
4.  Arrasimon  mo‘ylov-qirsildoq  qo‘ng‘izlarda  bunday  mo‘ylovlarning
bo‘g‘inlarining bir tomoni arra tishiga o‘xshash kertiklar bilan o‘yilgan bo‘ladi. 
5. Taraqsimon mo‘ylov –bu mo‘ylovlar taroq ko‘rinishida bo‘lib xar bir bo‘g‘imda
uzun taroq tishiga o‘xshash o‘simtalari bo‘ladi. 
6. To‘g‘nog‘ichsimon mo‘ylov- oq kapalaklarda bunday mo‘ylovlarni ko‘rinishi
asosidagi bo‘g‘imlari 3 qismga etguncha deyarli bir xilda bo‘lsada lekin uch qismidagi
bo‘g‘inlar bir muncha kengayib, kattalashgan ko‘rinishda bo‘ladi. 
7.  Boshchali  mo‘ylov-  (po‘stloqxo‘r  qo‘ng‘izlarda)  bunda  asos  qismidagi
bo‘g‘imlarning uch qismiga borgan sari ko‘rinishi xar xil bo‘lsada lekin uch qismidagi
bo‘g‘imlar bir muncha kengayib, kattalashgan ko‘rinishda bo‘ladi. 
8.  Duksimon  mo‘ylov-  (qo‘ng‘izlarda)  o‘rta  bo‘g‘imlari  tubidagi  va  uchidagi
bo‘g‘imlariga nisbatan juda yo‘g‘onlashgan. 
9.  YAproqsimon  yoki  elpig‘ichsimon  mo‘ylov-  (kapalaklarda)  uning  uchidagi
bo‘g‘inlari yaproqcha shaklida bo‘ladi.
10.  Patsimon  mo‘ylov-  tangacha  qanotlilarda  bo‘g‘imlarning  ikki  yoki  uch
tomonida har xil uzunlikda o‘simtalar bo‘ladi. 
11.  Qilchali  mo‘ylov-  ikki  qanotlilarda  uchta  bo‘g‘imdan  birida  oddiy  yoki
shoxlangan qilcha bo‘ladi. 
12. Noto‘g‘ri shakldagi mo‘ylov- ayrim bo‘g‘imlarning katta kichikligi va shakli
xar xil bo‘ladi. 
13. Tirsakli mo‘ylov- asalari, uzunburun qo‘ng‘izlarda bunday mo‘ylovlar to‘ppa-
to‘g‘ri yoki burchak xosil qilib egilgan bo‘lishi mumkin, burchak hosil qilib egilgan
mo‘ylov-tirsakli mo‘ylov deb ataladi. Tirsakli mo‘ylovning asosiy bo‘g‘imi juda uzun.
Boshqa bo‘g‘imlari esa qisqa va burchak xosil qilib, asosiy bo‘g‘imga qarab egilgan
bo‘ladi. Hasharotlarning bosh  qismida joylashgan  organlariga og‘iz kiradi. Og‘iz
yuqoridagi lab, uch juft og‘iz va tomoq osti bo‘g‘inlaridan tuzilgan.
Hasharotlarning  og‘iz  organlari  tarixiy  taraqqiyot  natijasida  ovqatlanishga  va
ozuqani turiga qarab turli tipdagi og‘iz tuzilishiga ega bo‘ladi. Masalan: kemiruvchi
qattiq ozuqa bilan, so‘ruvchi suyuq ozuqa bilan oziqlanishga moslashgan.
Logotip
3. Marjonsimon mo‘ylov-un qo‘ng‘izlarida bu mo‘ylovlarning bo‘g‘imlari kalta, yo‘g‘onlashgan, ikki uchi yumaloqlashgan hamda aniq ifodalashuvchi siniqlik bilan bir biridan ajralib turadigan bo‘g‘imlardan iborat. 4. Arrasimon mo‘ylov-qirsildoq qo‘ng‘izlarda bunday mo‘ylovlarning bo‘g‘inlarining bir tomoni arra tishiga o‘xshash kertiklar bilan o‘yilgan bo‘ladi. 5. Taraqsimon mo‘ylov –bu mo‘ylovlar taroq ko‘rinishida bo‘lib xar bir bo‘g‘imda uzun taroq tishiga o‘xshash o‘simtalari bo‘ladi. 6. To‘g‘nog‘ichsimon mo‘ylov- oq kapalaklarda bunday mo‘ylovlarni ko‘rinishi asosidagi bo‘g‘imlari 3 qismga etguncha deyarli bir xilda bo‘lsada lekin uch qismidagi bo‘g‘inlar bir muncha kengayib, kattalashgan ko‘rinishda bo‘ladi. 7. Boshchali mo‘ylov- (po‘stloqxo‘r qo‘ng‘izlarda) bunda asos qismidagi bo‘g‘imlarning uch qismiga borgan sari ko‘rinishi xar xil bo‘lsada lekin uch qismidagi bo‘g‘imlar bir muncha kengayib, kattalashgan ko‘rinishda bo‘ladi. 8. Duksimon mo‘ylov- (qo‘ng‘izlarda) o‘rta bo‘g‘imlari tubidagi va uchidagi bo‘g‘imlariga nisbatan juda yo‘g‘onlashgan. 9. YAproqsimon yoki elpig‘ichsimon mo‘ylov- (kapalaklarda) uning uchidagi bo‘g‘inlari yaproqcha shaklida bo‘ladi. 10. Patsimon mo‘ylov- tangacha qanotlilarda bo‘g‘imlarning ikki yoki uch tomonida har xil uzunlikda o‘simtalar bo‘ladi. 11. Qilchali mo‘ylov- ikki qanotlilarda uchta bo‘g‘imdan birida oddiy yoki shoxlangan qilcha bo‘ladi. 12. Noto‘g‘ri shakldagi mo‘ylov- ayrim bo‘g‘imlarning katta kichikligi va shakli xar xil bo‘ladi. 13. Tirsakli mo‘ylov- asalari, uzunburun qo‘ng‘izlarda bunday mo‘ylovlar to‘ppa- to‘g‘ri yoki burchak xosil qilib egilgan bo‘lishi mumkin, burchak hosil qilib egilgan mo‘ylov-tirsakli mo‘ylov deb ataladi. Tirsakli mo‘ylovning asosiy bo‘g‘imi juda uzun. Boshqa bo‘g‘imlari esa qisqa va burchak xosil qilib, asosiy bo‘g‘imga qarab egilgan bo‘ladi. Hasharotlarning bosh qismida joylashgan organlariga og‘iz kiradi. Og‘iz yuqoridagi lab, uch juft og‘iz va tomoq osti bo‘g‘inlaridan tuzilgan. Hasharotlarning og‘iz organlari tarixiy taraqqiyot natijasida ovqatlanishga va ozuqani turiga qarab turli tipdagi og‘iz tuzilishiga ega bo‘ladi. Masalan: kemiruvchi qattiq ozuqa bilan, so‘ruvchi suyuq ozuqa bilan oziqlanishga moslashgan.
Hasharotlarni  so‘ruvchi  tipdagi  og‘iz  organlari  turlicha  tuzilgan  so‘ruvchi  va
sanchib so‘ruvchi tipda bo‘ladi. So‘ruvchi tipdagi og‘iz orqali ozuqa so‘rib olinadi.
Sanchib so‘ruvchida esa naychalar po‘stga sanchiladi. U erdan naychalar orqali og‘iz
bo‘shlig‘iga  ko‘tariladi.  Hasharotlarning  turli  vakillarida  og‘izning  turli  tiplarini
ko‘rishimiz  mumkin.  Masalan:  Kemiruvchi  og‘iz  apparati  bularga  misol
to‘g‘riqanotlilar, suvaraklarda uchraydi. Kesuvchi –so‘ruvchi og‘iz apparati xayvon va
odamni qonini so‘ruvchi hasharotlarda uchraydi.
YAlovchi og‘iz apparati kuzgi chipor pashshalarda uchraydi.
3- rasm. Hasharotlar og‘iz apparatlarining xillari va tuzilishi;
A- kemiruvchi og‘iz apparati (qora suvarakniki) B- yalab so‘ruvchi asalariniki
1- ustki lab; 2- ustki jag‘lar; 3- pastki jag‘ paypastlagichlari; 4-5- pastki jag‘ning
tashqi va ichki o‘simtasi; 6- ustincha; 7- asosiy bo‘g‘im; 8- iyak osti bo‘g‘im; 9- iyak;
10- tilcha; 11- tilcha qopchasi; 12- pastki lab bo‘g‘imli paypastlagichlari; 
Kemiruvchi tipdagi og‘iz quyidagi qismlardan tashkil topgan. YUqorigi lab, bir juft
yuqorgi jag‘, bir juft pastki jag‘, bir juft ostki jag‘, pastki labdan tashkil topgan.
Logotip
Hasharotlarni so‘ruvchi tipdagi og‘iz organlari turlicha tuzilgan so‘ruvchi va sanchib so‘ruvchi tipda bo‘ladi. So‘ruvchi tipdagi og‘iz orqali ozuqa so‘rib olinadi. Sanchib so‘ruvchida esa naychalar po‘stga sanchiladi. U erdan naychalar orqali og‘iz bo‘shlig‘iga ko‘tariladi. Hasharotlarning turli vakillarida og‘izning turli tiplarini ko‘rishimiz mumkin. Masalan: Kemiruvchi og‘iz apparati bularga misol to‘g‘riqanotlilar, suvaraklarda uchraydi. Kesuvchi –so‘ruvchi og‘iz apparati xayvon va odamni qonini so‘ruvchi hasharotlarda uchraydi. YAlovchi og‘iz apparati kuzgi chipor pashshalarda uchraydi. 3- rasm. Hasharotlar og‘iz apparatlarining xillari va tuzilishi; A- kemiruvchi og‘iz apparati (qora suvarakniki) B- yalab so‘ruvchi asalariniki 1- ustki lab; 2- ustki jag‘lar; 3- pastki jag‘ paypastlagichlari; 4-5- pastki jag‘ning tashqi va ichki o‘simtasi; 6- ustincha; 7- asosiy bo‘g‘im; 8- iyak osti bo‘g‘im; 9- iyak; 10- tilcha; 11- tilcha qopchasi; 12- pastki lab bo‘g‘imli paypastlagichlari; Kemiruvchi tipdagi og‘iz quyidagi qismlardan tashkil topgan. YUqorigi lab, bir juft yuqorgi jag‘, bir juft pastki jag‘, bir juft ostki jag‘, pastki labdan tashkil topgan.
YUqorigi  jag‘lar  bir  muncha  mustaxkam  bo‘g‘imlarga  bo‘linmagan,  qattiq  tishli
o‘simtadir. Pastki jag‘ bo‘g‘imlaridan iborat bo‘lib, bukuluvchi va ozuqani og‘iz
bo‘shlig‘iga  turishga  xizmat  qiladi.  SHu  bilan  birga,  ko‘pgina  hasharotlarning
lichinkasi bilan ularni voyaga etgan imagolarining ovqatlanishida ham farq borligi
munosabati bilan og‘iz organlarining tuzilishi ham turlicha ko‘rinishga egadir.  
5- rasm Hasharot boshlarining tanasiga tutatish tiplari:
a- prognatik bosh; b- gipognatik bosh; v- opistognatik bosh
 Deyarli ko‘pgina hasharotlarni og‘iz organini ko‘rib chiqar ekanmiz uni tuzilishi
kemiruvchi  ko‘rinishida  ekanligini  ko‘rishimiz  mumkin.  Masalan:  suvaraklar,
chigirtkalar,  qo‘ng‘izlar,  kapalaklarning  qurti  qattiq  ozuqa  bilan  oziqlanganligi
munosabati bilan ularning tuzilishi kemiruvchi tipda bo‘ladi.
Kemiruvchi tipdagi og‘iz apparatini ko‘rib chiqadigan bo‘lsak uni og‘iz organlarini
oldingi  va  yuqorigi  tomonidan  toq  xitinli  qoplog‘ich  burma  –yuqorigi  lab  bilan
bekiladi. Undan keyin juft yuqori jag‘lar- mandibula joylashadi. Ular kuchli tishchali
plastinkalardir. Pastki tomonidan pastki jag‘lar yoki maksillalar joylashgan bo‘lib,
ikkita bazal bo‘g‘imdan: asosiy bo‘lim va stvolchadan iborat. Bu bo‘limlarda ichki va
tashqi  kurak  joylashgan.  Tashqi  tomonida  5  ta  bo‘g‘imdan  iborat  pastki  jag‘
paypaslagichlari joylashadi. Ichki kurak asl og‘iz apparati qo‘shimcha qismi bo‘lsa,
boshqa  qismlari  tuyg‘u  vazifasini  bajaradi.  Bunga  tashqi  ko‘krak  va  jag‘
paypaslagichlariga kiradi.
Ikkinchi juft maksillari –pastki labga aylangan. O‘ng va chap maksillalarning bir-
biriga qo‘shilgan asosiy bo‘g‘imlari pastki labning engak osti va engakni toq qismini
tashkil qiladi. Engak osti bo‘g‘imining ikkala yon tomonida uch bo‘g‘indan iborat
bo‘lib, qisqa-qisqa pastki lab paypastlagichlari ulardan keyin ichki va tashqi kuraklar
joylashgan.  Pastki  lab  kuraklari  ta’m  bilish  organlari  hisoblansa  kerak  deb  fikr
bildirilgan.
Hasharotlarning  og‘iz  organlariga  og‘izning  yuqoridagi  qismlaridan  tashqari,
halqum ostligi deb yuritiladigan qismi ham kiradi. Halqum ostligi og‘iz bo‘shlig‘i
pastki devorining xitinli botig‘i bo‘lib, yuqori lab singari kelib chiqishi jihatidan
oyoqlarga kirmaydi, xalqum ostligi va pastki labi yordamida suyuq ovqatni egallaydi.
Hasharotlarning oziqlanishi turlicha ekanligini ko‘rsatib o‘tdik. SHu oziqlanishiga
Logotip
YUqorigi jag‘lar bir muncha mustaxkam bo‘g‘imlarga bo‘linmagan, qattiq tishli o‘simtadir. Pastki jag‘ bo‘g‘imlaridan iborat bo‘lib, bukuluvchi va ozuqani og‘iz bo‘shlig‘iga turishga xizmat qiladi. SHu bilan birga, ko‘pgina hasharotlarning lichinkasi bilan ularni voyaga etgan imagolarining ovqatlanishida ham farq borligi munosabati bilan og‘iz organlarining tuzilishi ham turlicha ko‘rinishga egadir. 5- rasm Hasharot boshlarining tanasiga tutatish tiplari: a- prognatik bosh; b- gipognatik bosh; v- opistognatik bosh Deyarli ko‘pgina hasharotlarni og‘iz organini ko‘rib chiqar ekanmiz uni tuzilishi kemiruvchi ko‘rinishida ekanligini ko‘rishimiz mumkin. Masalan: suvaraklar, chigirtkalar, qo‘ng‘izlar, kapalaklarning qurti qattiq ozuqa bilan oziqlanganligi munosabati bilan ularning tuzilishi kemiruvchi tipda bo‘ladi. Kemiruvchi tipdagi og‘iz apparatini ko‘rib chiqadigan bo‘lsak uni og‘iz organlarini oldingi va yuqorigi tomonidan toq xitinli qoplog‘ich burma –yuqorigi lab bilan bekiladi. Undan keyin juft yuqori jag‘lar- mandibula joylashadi. Ular kuchli tishchali plastinkalardir. Pastki tomonidan pastki jag‘lar yoki maksillalar joylashgan bo‘lib, ikkita bazal bo‘g‘imdan: asosiy bo‘lim va stvolchadan iborat. Bu bo‘limlarda ichki va tashqi kurak joylashgan. Tashqi tomonida 5 ta bo‘g‘imdan iborat pastki jag‘ paypaslagichlari joylashadi. Ichki kurak asl og‘iz apparati qo‘shimcha qismi bo‘lsa, boshqa qismlari tuyg‘u vazifasini bajaradi. Bunga tashqi ko‘krak va jag‘ paypaslagichlariga kiradi. Ikkinchi juft maksillari –pastki labga aylangan. O‘ng va chap maksillalarning bir- biriga qo‘shilgan asosiy bo‘g‘imlari pastki labning engak osti va engakni toq qismini tashkil qiladi. Engak osti bo‘g‘imining ikkala yon tomonida uch bo‘g‘indan iborat bo‘lib, qisqa-qisqa pastki lab paypastlagichlari ulardan keyin ichki va tashqi kuraklar joylashgan. Pastki lab kuraklari ta’m bilish organlari hisoblansa kerak deb fikr bildirilgan. Hasharotlarning og‘iz organlariga og‘izning yuqoridagi qismlaridan tashqari, halqum ostligi deb yuritiladigan qismi ham kiradi. Halqum ostligi og‘iz bo‘shlig‘i pastki devorining xitinli botig‘i bo‘lib, yuqori lab singari kelib chiqishi jihatidan oyoqlarga kirmaydi, xalqum ostligi va pastki labi yordamida suyuq ovqatni egallaydi. Hasharotlarning oziqlanishi turlicha ekanligini ko‘rsatib o‘tdik. SHu oziqlanishiga
qarab ularning og‘iz organlarida qisman o‘zgarishlar yuz beradi. Masalan: suyuq ovqat
bilan  oziqlanuvchi  parda  qanotlilarning  og‘iz  organlarida  kemiruchi  tip  saqlanib
qoladi. Lekin suyuq ozuqaga moslashish yuzaga keladi. Bunday og‘iz apparatiga
kemirib  so‘ruvchi  og‘iz  apparati  deb  ataladi.  Bunday  hasharotlarda  masalan:
asalarilarda mandibula ancha yaxshi rivojlangan bo‘lishi mumkin.
Ammo, hasharotlar bu mandibulasidan oziqlanishida foydalanmaydi. Lekin ushbu
mandibulardan ular  balalarini  inini devorini  teshish,  mumdan uya qurish vaqtida
foydalanadi. Asalarilarning pastki jag‘lari bilan pastki toq lab birga qo‘shilib nektarni
surishga moslashgan og‘iz apparatini hosil qiladi. Pastki jag‘larini bir qismi xaddan
tashqari cho‘zilib ketsa boshqa qismi bir muncha reduksiyalangan bo‘ladi. Pastki lab
ham xuddi shunday tuzilishga ega bo‘ladi. Bunda ikki kuraklar cho‘zilib tilchani hosil
qiladi va naychalar bilan tutashib suyuqlikni so‘rib oladi.
Suyuq ovqat bilan oziqlanadigan kapalaklarni ham og‘iz organlari xiyla o‘zgargan
bo‘lib so‘ruvchi tipida tuzilgan. Ularning o‘ziga xos tomoni yuqorigi lablar, jag‘lar va
pastki lablarning juda yo‘qolib ketganligidir. Pastki lab toq plastinkadan tuzilgan
bo‘lsada, lekin plastinkada yaxshi rivojlangan uch bo‘g‘imli plastinka paypaslagichlari
bor. Ularning pastki jag‘lari xaddan tashqari o‘zgargan va har biri uzun tarnovchani
hosil qiladi. Har ikkala maksillalarning tarnovchalari qo‘shilib va xitin ilmoqchalar
bilan qo‘shilib uzun xartumchani hosil qiladi. Bu xartumchalar kapalaklarda spiral
shaklda o‘ralib turadi. Kapalak oziqlanganda spiral cho‘ziladi va gulni nektarni so‘rib
olishga xizmat qiladi. SHuni ham aytib o‘tish lozimki xartumchalarning uzunligi
kapalakning turiga qarab har xil uzunlikda bo‘ladi.masalan: 20 sm.
Ayrim  hasharotlar  masalan:  qandalalar,  chivinlarning  og‘iz  organlari  sanchib
so‘ruvchi tipda tuzilgan bo‘ladi. Bunday apparat bilan hasharotlar hayvonlarni terisini
teshadi va qonini so‘ra olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Masalan: chivinlarning pastki labi cho‘zilgan bo‘lib, bukiladigan uzun tarnovchaga
aylangan. Bu tarnovchani xaddan tashqari cho‘zilgan yuqori labi ustki tomonidan
yopib turadi. SHunday qilib pastki lab bilan yuqori lab birga qo‘shilib, uchida juda
ingichki va uchi o‘tkirlashgan beshta sanchuvchi tuk joylashgan naychalar hosil qiladi.
Ana shu beshta tuk bir juft cho‘ziq mandibulalar, bir juft maksillalar va xalqum
ostligidan paydo bo‘lgan. CHivin terini teshganda tuklar pastki lab tarnovchasidan
chiqib, jarohatning ichiga kiradi, tarnovcha og‘zi esa yoyilib-bukilib, jarohat ustida
Logotip
qarab ularning og‘iz organlarida qisman o‘zgarishlar yuz beradi. Masalan: suyuq ovqat bilan oziqlanuvchi parda qanotlilarning og‘iz organlarida kemiruchi tip saqlanib qoladi. Lekin suyuq ozuqaga moslashish yuzaga keladi. Bunday og‘iz apparatiga kemirib so‘ruvchi og‘iz apparati deb ataladi. Bunday hasharotlarda masalan: asalarilarda mandibula ancha yaxshi rivojlangan bo‘lishi mumkin. Ammo, hasharotlar bu mandibulasidan oziqlanishida foydalanmaydi. Lekin ushbu mandibulardan ular balalarini inini devorini teshish, mumdan uya qurish vaqtida foydalanadi. Asalarilarning pastki jag‘lari bilan pastki toq lab birga qo‘shilib nektarni surishga moslashgan og‘iz apparatini hosil qiladi. Pastki jag‘larini bir qismi xaddan tashqari cho‘zilib ketsa boshqa qismi bir muncha reduksiyalangan bo‘ladi. Pastki lab ham xuddi shunday tuzilishga ega bo‘ladi. Bunda ikki kuraklar cho‘zilib tilchani hosil qiladi va naychalar bilan tutashib suyuqlikni so‘rib oladi. Suyuq ovqat bilan oziqlanadigan kapalaklarni ham og‘iz organlari xiyla o‘zgargan bo‘lib so‘ruvchi tipida tuzilgan. Ularning o‘ziga xos tomoni yuqorigi lablar, jag‘lar va pastki lablarning juda yo‘qolib ketganligidir. Pastki lab toq plastinkadan tuzilgan bo‘lsada, lekin plastinkada yaxshi rivojlangan uch bo‘g‘imli plastinka paypaslagichlari bor. Ularning pastki jag‘lari xaddan tashqari o‘zgargan va har biri uzun tarnovchani hosil qiladi. Har ikkala maksillalarning tarnovchalari qo‘shilib va xitin ilmoqchalar bilan qo‘shilib uzun xartumchani hosil qiladi. Bu xartumchalar kapalaklarda spiral shaklda o‘ralib turadi. Kapalak oziqlanganda spiral cho‘ziladi va gulni nektarni so‘rib olishga xizmat qiladi. SHuni ham aytib o‘tish lozimki xartumchalarning uzunligi kapalakning turiga qarab har xil uzunlikda bo‘ladi.masalan: 20 sm. Ayrim hasharotlar masalan: qandalalar, chivinlarning og‘iz organlari sanchib so‘ruvchi tipda tuzilgan bo‘ladi. Bunday apparat bilan hasharotlar hayvonlarni terisini teshadi va qonini so‘ra olish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Masalan: chivinlarning pastki labi cho‘zilgan bo‘lib, bukiladigan uzun tarnovchaga aylangan. Bu tarnovchani xaddan tashqari cho‘zilgan yuqori labi ustki tomonidan yopib turadi. SHunday qilib pastki lab bilan yuqori lab birga qo‘shilib, uchida juda ingichki va uchi o‘tkirlashgan beshta sanchuvchi tuk joylashgan naychalar hosil qiladi. Ana shu beshta tuk bir juft cho‘ziq mandibulalar, bir juft maksillalar va xalqum ostligidan paydo bo‘lgan. CHivin terini teshganda tuklar pastki lab tarnovchasidan chiqib, jarohatning ichiga kiradi, tarnovcha og‘zi esa yoyilib-bukilib, jarohat ustida
qoladi. Ayrim hasharotlarda masalan, og‘iz apparati yalovchi tipda tuzilgan bo‘ladi.
Masalan:  ikki qanotlillardan pashshalarda yuqorigi jag‘lar qisqarib ketgan bo‘lib,
pastki jag‘lardan esa, jag‘ paypaslagichlarigina deyarli saqlanib qolgan. Pashshani
yalovchi og‘iz apparatini asosiy qismini haddan tashqari o‘zgarib ketgan pastki lab
tashkil qiladi. Pashshaning pastki labi cho‘ziq bo‘lib, yostiqsimon, yo‘g‘onlashgan
bo‘ladi. Bu yo‘g‘on qism aslida shaklan o‘zgargan pastki lab paypastlagichlaridir.
Hasharotlarning  ko‘krak  qismi  qorin  qismidan  farq  qiladi.  Ko‘krak  qismi
hasharotlarning  evolyusiyasida  o‘ziga  xos  o‘zgarishlarga  uchragan  va  muhim
ahamiyat kasb etadi. Ko‘krakda qanotlar vujudga kelishi uning lokomotor xususiyatini
oshirib  tuzilishini  murakkablashtiradi,  ko‘krak  qismiga  harakatlanish  organlari
joylashgan bo‘lib bir muncha murakkab tuzilishga egadir.
Hasharot  ko‘kragi  lokomotor  funksiyasini  olgani  uchun  ko‘krak  bo‘g‘mining
muskullari  kuchli  rivojlangan  va  murakkablashgan,  bo‘g‘imlarning  hajmi
kattalashgan,  ayniqsa  tashqi  skelet  tuzilishi  juda  ham  o‘zgarib  murakkablashgan
bo‘ladi. Ko‘krak skeleti muskul apparati keskin murakkab o‘zgargan bo‘lib, natijada
birlamchi skleritlar-tergitlar, sterrnitlar va pleyritlar, ikkilamchi seriya skleritlarga
bo‘lingan bo‘ladi.
6-hasharot ko‘krak qismining tuzilish sxemasi:
A-ko‘krak bo‘g‘imlarining tuzilishi va skleritlarga bo‘linishi; (I,II,III-oldingi va o‘rta
orqa ko‘krak bo‘g‘imlari) 1-oldi elka, 2- oldingi, o‘rta va orqa episterilar; 3- ularning
epimerlari; 4- to‘shchalar; 5- pleyral chok; 6- o‘rta va orqa elka qalqon oldi; 7- uning
qalqonlari; 8- ularning qalqonchalari; 9- elka orqalari; 10- pleyral ustunchalar; 11-
Logotip
qoladi. Ayrim hasharotlarda masalan, og‘iz apparati yalovchi tipda tuzilgan bo‘ladi. Masalan: ikki qanotlillardan pashshalarda yuqorigi jag‘lar qisqarib ketgan bo‘lib, pastki jag‘lardan esa, jag‘ paypaslagichlarigina deyarli saqlanib qolgan. Pashshani yalovchi og‘iz apparatini asosiy qismini haddan tashqari o‘zgarib ketgan pastki lab tashkil qiladi. Pashshaning pastki labi cho‘ziq bo‘lib, yostiqsimon, yo‘g‘onlashgan bo‘ladi. Bu yo‘g‘on qism aslida shaklan o‘zgargan pastki lab paypastlagichlaridir. Hasharotlarning ko‘krak qismi qorin qismidan farq qiladi. Ko‘krak qismi hasharotlarning evolyusiyasida o‘ziga xos o‘zgarishlarga uchragan va muhim ahamiyat kasb etadi. Ko‘krakda qanotlar vujudga kelishi uning lokomotor xususiyatini oshirib tuzilishini murakkablashtiradi, ko‘krak qismiga harakatlanish organlari joylashgan bo‘lib bir muncha murakkab tuzilishga egadir. Hasharot ko‘kragi lokomotor funksiyasini olgani uchun ko‘krak bo‘g‘mining muskullari kuchli rivojlangan va murakkablashgan, bo‘g‘imlarning hajmi kattalashgan, ayniqsa tashqi skelet tuzilishi juda ham o‘zgarib murakkablashgan bo‘ladi. Ko‘krak skeleti muskul apparati keskin murakkab o‘zgargan bo‘lib, natijada birlamchi skleritlar-tergitlar, sterrnitlar va pleyritlar, ikkilamchi seriya skleritlarga bo‘lingan bo‘ladi. 6-hasharot ko‘krak qismining tuzilish sxemasi: A-ko‘krak bo‘g‘imlarining tuzilishi va skleritlarga bo‘linishi; (I,II,III-oldingi va o‘rta orqa ko‘krak bo‘g‘imlari) 1-oldi elka, 2- oldingi, o‘rta va orqa episterilar; 3- ularning epimerlari; 4- to‘shchalar; 5- pleyral chok; 6- o‘rta va orqa elka qalqon oldi; 7- uning qalqonlari; 8- ularning qalqonchalari; 9- elka orqalari; 10- pleyral ustunchalar; 11-
toschalar; 12- o‘ynag‘ichlar; 13- sonlar; B- ko‘krak bo‘g‘imining umumiy ko‘rinishi;
V- ko‘ndalang kesigi; 1- elka; 2- yon tomon (pleyriti); 3- to‘shcha; 4- tozcha old
bo‘g‘imi; 5- tozcha; 6- son; 7- boldir; 8- panja; 9- aksillyar  skleridlar; 10- qanot; 11-
pleyrid ustuncha; 12- pleyrid tojlar; 13- furka.
Hasharotlar ko‘kragi uch bo‘limdan iborat: birinchisi oldingi ko‘krak, ikkinchisi
o‘rta ko‘krak va uchinchisi orqa ko‘krakdan iborat bo‘lib, 4 qismga bo‘linadi. Elka
tomoni-tergit, qorin tomni-sternit, ikki yon yumshoq devori pleyritlarga ajraladi.
Hasharotlarning har bir ko‘krak bo‘g‘imlarida bir juftdan oyoq va keyingi yoki
orqa qismida esa bir juft qanotlar joylashgan.
Hasharotlarning ko‘krak qismlari turli hasharotlarda yashash tarziga qarab turlichi
rivojlangan.  Masalan:  ayrim  hasharotlarda  oldingi  ko‘krak  kichraygan  bo‘lsa,
boshqalarida  bir  muncha  yiriklashgan  va  ularning  vazifasini  shu  tuzilishga  mos
ravishda bo‘ladi.
Ko‘p  hasharotlarda  oldingi  ko‘krak  bo‘g‘imi  boshqa  ko‘krak  bo‘g‘imlariga
nisbatan  oddiyroq  tuzilgan.  Lekin  ba’zi  bir  hasharotlarda  bajariladigan  maxsus
funksiyasiga qarab oldingi ko‘krak bo‘g‘imi yaxshi rivojlangan bo‘lishi mumkin.
Masalan: beshiktervatarlarda oldingi ko‘krak harakatchan, cho‘zilgan bo‘lib, unda
katta  qamrovchi  tipidagi  oyoqlari  joylashgan.  Uchish  qobiliyatlarini  yo‘qotgan
hasharotlarda oldingi elkalari yaxshi rivojlangan, uchuvchi hasharotlarda esa oldingi
ko‘kraklarning xajmi kichiklashgan bo‘ladi.
Ko‘krak bo‘g‘imlarining yon tomonlari- pleyritlari murakkab tuzilgan bo‘lib, xar
bir oyog‘ining joylashgan erida burmalar teri kutikula chuqurchani hosil qiladi. SHu
chuqurchalarda oyog‘ining toschasi yoki kosasi joylashgan. Pleyritning tepa qismida
qanotli- pterotoraks bo‘g‘imlarini yon tomonining tutashgan joyida o‘smta-ustuncha
bo‘ladi. Bu ustunchaga qanotlarning asosi joylashadi.
Hasharotlarning ko‘krak qismi har bir bo‘lagi bir juftdan oyoqlar joylashgan bo‘lib,
u harakatlanish vazifasini bajaradi. Hasharotlar oyog‘i quyidagi qismlardan tuzilgan:
toscha,  o‘ynog‘ich,  son,  boldir  va  panjalardan  iborat.  Panjalarda  tirnoqlar  ham
joylashgan.
Toscha-kalta,  kuchli  asosiy  bo‘g‘im  bo‘lib,  toscha  chuqurchasiga  harakatchan
tutashgan.  U  O‘ynog‘ich-kichkina  bo‘g‘imli,  son  o‘rtasida  joylashib  toscha  bilan
Logotip
toschalar; 12- o‘ynag‘ichlar; 13- sonlar; B- ko‘krak bo‘g‘imining umumiy ko‘rinishi; V- ko‘ndalang kesigi; 1- elka; 2- yon tomon (pleyriti); 3- to‘shcha; 4- tozcha old bo‘g‘imi; 5- tozcha; 6- son; 7- boldir; 8- panja; 9- aksillyar skleridlar; 10- qanot; 11- pleyrid ustuncha; 12- pleyrid tojlar; 13- furka. Hasharotlar ko‘kragi uch bo‘limdan iborat: birinchisi oldingi ko‘krak, ikkinchisi o‘rta ko‘krak va uchinchisi orqa ko‘krakdan iborat bo‘lib, 4 qismga bo‘linadi. Elka tomoni-tergit, qorin tomni-sternit, ikki yon yumshoq devori pleyritlarga ajraladi. Hasharotlarning har bir ko‘krak bo‘g‘imlarida bir juftdan oyoq va keyingi yoki orqa qismida esa bir juft qanotlar joylashgan. Hasharotlarning ko‘krak qismlari turli hasharotlarda yashash tarziga qarab turlichi rivojlangan. Masalan: ayrim hasharotlarda oldingi ko‘krak kichraygan bo‘lsa, boshqalarida bir muncha yiriklashgan va ularning vazifasini shu tuzilishga mos ravishda bo‘ladi. Ko‘p hasharotlarda oldingi ko‘krak bo‘g‘imi boshqa ko‘krak bo‘g‘imlariga nisbatan oddiyroq tuzilgan. Lekin ba’zi bir hasharotlarda bajariladigan maxsus funksiyasiga qarab oldingi ko‘krak bo‘g‘imi yaxshi rivojlangan bo‘lishi mumkin. Masalan: beshiktervatarlarda oldingi ko‘krak harakatchan, cho‘zilgan bo‘lib, unda katta qamrovchi tipidagi oyoqlari joylashgan. Uchish qobiliyatlarini yo‘qotgan hasharotlarda oldingi elkalari yaxshi rivojlangan, uchuvchi hasharotlarda esa oldingi ko‘kraklarning xajmi kichiklashgan bo‘ladi. Ko‘krak bo‘g‘imlarining yon tomonlari- pleyritlari murakkab tuzilgan bo‘lib, xar bir oyog‘ining joylashgan erida burmalar teri kutikula chuqurchani hosil qiladi. SHu chuqurchalarda oyog‘ining toschasi yoki kosasi joylashgan. Pleyritning tepa qismida qanotli- pterotoraks bo‘g‘imlarini yon tomonining tutashgan joyida o‘smta-ustuncha bo‘ladi. Bu ustunchaga qanotlarning asosi joylashadi. Hasharotlarning ko‘krak qismi har bir bo‘lagi bir juftdan oyoqlar joylashgan bo‘lib, u harakatlanish vazifasini bajaradi. Hasharotlar oyog‘i quyidagi qismlardan tuzilgan: toscha, o‘ynog‘ich, son, boldir va panjalardan iborat. Panjalarda tirnoqlar ham joylashgan. Toscha-kalta, kuchli asosiy bo‘g‘im bo‘lib, toscha chuqurchasiga harakatchan tutashgan. U O‘ynog‘ich-kichkina bo‘g‘imli, son o‘rtasida joylashib toscha bilan
xarakatchan bo‘ladi. O‘ynog‘ich ayrim hashoratlarda kam bilinadi. Ayrimlarida esa
yaxshi  namoyon  bo‘lgan,  masalan:  yuguroq  qo‘ng‘izlarda  o‘ynog‘ich  juda  yirik
bo‘ladi.  Son  qismi  ayrim  hasharotlarda  eng  kuchli  va  sodda  bo‘g‘im  bo‘lib
hisoblanadi. Boldirni uzunligi sona teng bo‘lsada undan ingichka bo‘ladi. Lekin unga
tikanli o‘simtalar bilan qoplangan bo‘ladi. Panja esa 1-5 ta bo‘g‘imdan iborat bo‘lib,
turli hasharotlarda tuzilishi ham xilma-xil bo‘ladi. Erkaklarida so‘rg‘ichlar joylashgan
ba’zilarida esa silliq bo‘ladi.
Hasharotlarning oyoqlari ekologik xususiyatiga yoki yashash tarziga qarab xilma
xil tuzilishga ega bo‘ladi.
7- hasharot oyoqlarining tiplari:
a- yuguruvchi; b- suzuvchi; v- saqrovchi; g-qamrovchi; d-qazuvchi; e- yig‘uvchi;
1- tozcha; 2- o‘ynagich; 3- son; 4- boldir; 5- panja; 6- tirnoq.
1. Sakrovchi oyoq. Bunda oyoqlarning yon qismi juda yo‘g‘onlashgan bo‘lib, faqat orqa
oyoqlarigina sakrovchi bo‘ladi. Bunga chigirtkalarning misol qilishimiz mumkin.
2. Qazuvchi oyoq. Boldiri keng va yassi bo‘ladi. Boldir uchi baquvvat tishlar bilan
qurollangan. Bunday oyoqlar ayiq chigirtka ya’ni buzoqboshilarda uchraydi.
3. YOpishuvchi oyoq. Kaftida panjasining juda kengaygan ayrim bo‘g‘imlari bo‘lib,
bunda kuchli so‘rg‘ichlar joylashgan.
Logotip
xarakatchan bo‘ladi. O‘ynog‘ich ayrim hashoratlarda kam bilinadi. Ayrimlarida esa yaxshi namoyon bo‘lgan, masalan: yuguroq qo‘ng‘izlarda o‘ynog‘ich juda yirik bo‘ladi. Son qismi ayrim hasharotlarda eng kuchli va sodda bo‘g‘im bo‘lib hisoblanadi. Boldirni uzunligi sona teng bo‘lsada undan ingichka bo‘ladi. Lekin unga tikanli o‘simtalar bilan qoplangan bo‘ladi. Panja esa 1-5 ta bo‘g‘imdan iborat bo‘lib, turli hasharotlarda tuzilishi ham xilma-xil bo‘ladi. Erkaklarida so‘rg‘ichlar joylashgan ba’zilarida esa silliq bo‘ladi. Hasharotlarning oyoqlari ekologik xususiyatiga yoki yashash tarziga qarab xilma xil tuzilishga ega bo‘ladi. 7- hasharot oyoqlarining tiplari: a- yuguruvchi; b- suzuvchi; v- saqrovchi; g-qamrovchi; d-qazuvchi; e- yig‘uvchi; 1- tozcha; 2- o‘ynagich; 3- son; 4- boldir; 5- panja; 6- tirnoq. 1. Sakrovchi oyoq. Bunda oyoqlarning yon qismi juda yo‘g‘onlashgan bo‘lib, faqat orqa oyoqlarigina sakrovchi bo‘ladi. Bunga chigirtkalarning misol qilishimiz mumkin. 2. Qazuvchi oyoq. Boldiri keng va yassi bo‘ladi. Boldir uchi baquvvat tishlar bilan qurollangan. Bunday oyoqlar ayiq chigirtka ya’ni buzoqboshilarda uchraydi. 3. YOpishuvchi oyoq. Kaftida panjasining juda kengaygan ayrim bo‘g‘imlari bo‘lib, bunda kuchli so‘rg‘ichlar joylashgan.