HAVO HARORATI

Time

Yuklangan vaqt

2025-11-08

Downloads

Yuklab olishlar soni

0

Pages

Sahifalar soni

11

File size

Fayl hajmi

382,7 KB


HAVO HARORATI
Havo  harorati  ob-havo  sharoitini  va  iqlimni  belgilaydigan  asosiy
meteorologik  elementlardan  biri  hisoblanib,  bir  qator  ko’rsatkichlar  bilan
tavsiflanadi,  ya’ni  o’rtacha  yillik,  o’rtacha  oylik,  o’rtacha  sutkalik,  mutlaq
maksimum, mutlaq minimum, bahor va kuz fasllarida sutkalik o’rtacha haroratning
ma’lum qiymatlaridan o’tish sanasi va h.k.
Quyosh  radiatsiyasi  atmosferada  juda  kam  yutiladi.  Shuning  uchun
atmosfera quyosh radiatsiyasi ta`sirida deyarli isimaydi.  Havo asosan yer sirtiga
yaqin qismida tuproqning harorati natijasida isiydi. Kunduz kuni tuproq qanchalik
qizisa, unga tutashib turgan havo qatlami ham shunchalik ko’proq isiydi. Isigan
havo yuqoriga ko’tarilib, uning o’rnini salqin havo egallaydi. Natijada havoning
yuqori qatlamlari ham asta-sekin isib boradi. Lekin umumiy qonuniyatga   asosan
havoning harorati yuqoriga ko’tarilgan sari  pasayib boradi. Havoning harorati
sutka, fasllar va yil davomida o’zgarib turadi.  Sutka davomida havoning eng
yuqori harorati tush vaqtida kuzatilsa, eng past harorati esa ertalab quyosh chiqishi
oldidan  kuzatiladi.  Sutka  davomida  havo  haroratini  maksimal  va  minimal
qiymatlarining  ayirmasi  sutkalik  harorat  amplitudasi  deyiladi  va  u  havo
haroratining sutka davomida o’zgarishini ko’rsatuvchi miqdor bo’lib hisoblanadi.
Havo haroratining sutkalik amplitudasi  joyning  geografik  kengligiga, relefiga,
fasllarga,  bulutlilikka  va  tuproq  yuzasining  holatiga  qarab  har  xil  bo’ladi.
Geografik kenglikning ortib borishi bilan havo haroratining sutkalik amplitudasi
kamayib  boradi.  Yoz  faslida  haroratning  sutkalik  amplitudasi  qishga  nisbatan
kattaroq bo’ladi. Masalan, respublikamizning tekislik qismida havo ochiq kunlari
yanvarda 7–11°C ni, iyulda 14–19°C ni tashkil etadi.
Atmosferaning har bir nuqtasida vaqt o’tishi bilan havo harorati uzluksiz
o’zgarib turadi. Bundan tashqari, Yerning turli joylarida ayni bir vaqtda havo
harorati har xil bo’ladi. Yer sirti yaqinida havo harorati katta darajada o’zgaradi:
shu  vaqtgacha  olingan  ma’lumotlarga  qaraganda,  eng  yuqori  harorat  tropik
Logotip
HAVO HARORATI Havo harorati ob-havo sharoitini va iqlimni belgilaydigan asosiy meteorologik elementlardan biri hisoblanib, bir qator ko’rsatkichlar bilan tavsiflanadi, ya’ni o’rtacha yillik, o’rtacha oylik, o’rtacha sutkalik, mutlaq maksimum, mutlaq minimum, bahor va kuz fasllarida sutkalik o’rtacha haroratning ma’lum qiymatlaridan o’tish sanasi va h.k. Quyosh radiatsiyasi atmosferada juda kam yutiladi. Shuning uchun atmosfera quyosh radiatsiyasi ta`sirida deyarli isimaydi. Havo asosan yer sirtiga yaqin qismida tuproqning harorati natijasida isiydi. Kunduz kuni tuproq qanchalik qizisa, unga tutashib turgan havo qatlami ham shunchalik ko’proq isiydi. Isigan havo yuqoriga ko’tarilib, uning o’rnini salqin havo egallaydi. Natijada havoning yuqori qatlamlari ham asta-sekin isib boradi. Lekin umumiy qonuniyatga asosan havoning harorati yuqoriga ko’tarilgan sari pasayib boradi. Havoning harorati sutka, fasllar va yil davomida o’zgarib turadi. Sutka davomida havoning eng yuqori harorati tush vaqtida kuzatilsa, eng past harorati esa ertalab quyosh chiqishi oldidan kuzatiladi. Sutka davomida havo haroratini maksimal va minimal qiymatlarining ayirmasi sutkalik harorat amplitudasi deyiladi va u havo haroratining sutka davomida o’zgarishini ko’rsatuvchi miqdor bo’lib hisoblanadi. Havo haroratining sutkalik amplitudasi joyning geografik kengligiga, relefiga, fasllarga, bulutlilikka va tuproq yuzasining holatiga qarab har xil bo’ladi. Geografik kenglikning ortib borishi bilan havo haroratining sutkalik amplitudasi kamayib boradi. Yoz faslida haroratning sutkalik amplitudasi qishga nisbatan kattaroq bo’ladi. Masalan, respublikamizning tekislik qismida havo ochiq kunlari yanvarda 7–11°C ni, iyulda 14–19°C ni tashkil etadi. Atmosferaning har bir nuqtasida vaqt o’tishi bilan havo harorati uzluksiz o’zgarib turadi. Bundan tashqari, Yerning turli joylarida ayni bir vaqtda havo harorati har xil bo’ladi. Yer sirti yaqinida havo harorati katta darajada o’zgaradi: shu vaqtgacha olingan ma’lumotlarga qaraganda, eng yuqori harorat tropik
cho’llarida kuzatilib, salkam +60°C, havo haroratining eng past ko’rsatkichi esa
Antarktidadagi «Vostok» stantsiyasida qayd etilib, -90° S ni tashkil etgan. Shunday
qilib, kuzatilgan eng yuqori va eng past havo haroratining farqi Yer sharida 150° S
ni tashkil etadi.
Respublikamiz hududida havoning ko’pyillik o’rtacha harorati yilning eng
sovuq davri, ya’ni yanvar oyida Ustyurtda -9° S, Qizilqum cho’lining janubida 0°
S, mamlakatimizning eng janubiy chekkasida -2...-3° S ni tashkil etadi. Tog’larda
esa asosan joyning balandligiga bog’liq bo’ladi.
Yozda havo harorati tekisliklarda kam o’zgaradi, ya’ni yilning eng issiq
davri iyul oyida ko’pyillik o’rtacha harorat Ustyurtda +26...+27° S dan Termizda
+30° S gachani tashkil yetadi.
Shuni aytib o’tish kerakki, yoz davrida havo haroratining kundan kunga
o’zgarishi,  qish  davriga  nisbatan  birmuncha  kamroq,  ya’ni  ob-havo  barqaror
bo’ladi.
Havo haroratining ko’pyillik o’rtacha minimal darajasi O’zbekistonning eng
shimoliy qismida -30°C ga yetadi. Ayrim yillari esa hatto -40°C gacha pasayadi.
Janubda - Termiz tumanida -20°C dan past o’rtacha harorat kuzatilmagan. Bu
yerda  ko’pincha  qish  nisbatan  iliqroq  bo’ladi  va  harorat  -10°C  dan  pastga
tushmaydi.
Haroratning mutlaq maksimal darajasi cho’llarda +45...+50°C gacha yetadi.
Yoz  davridagi yuqori havo harorati haqida gapirilganda, B.A. Ayzenshtat
ko’rsatib o’tgan quyidagi hollarga e’tibor  berish kerak. Agar inson yoz kunida
quyosh nuri ostida turgan bo’lsa, u holda unga soya joyga turganga nisbatan ancha
issiqroq tuyuladi. Shu sababli ko’pchilik kisxilar havo harorati oftobda soya joyga
nisbatan ancha yuqori deb hisoblaydi. Aslida bu unday emas. Haqiqatda esa, havo
harorati soya joyda qanday bo’lsa, oftobda ham amalda shunga yaqin bo’ladi.
Odatda issiq kunda ochiq maydonda havo harorati, soyali bog’ va xiyobonlarga
nisbatan bor yo’g’i 2 - 3°C, gohida 4°C yuqori bo’ladi. Kunduzi ochiq maydonda
turgan  kishi,  uning  tanasiga  to’g’ridan-to’g’ri  quyosh,  Yer,  osmon,  atrof
buyumlaridan kelayotgan energiya ta’siri ostida doimiy issiqlik yukini sezadi.
Inson tanasiga tushadigan quyosh energiyasini unga ekvivalent bo’lgan havo
haroratining  energiyasi  orqali  ifodalash  mumkin.  Ma’lum  bo’lishicha,  oftobda
Logotip
cho’llarida kuzatilib, salkam +60°C, havo haroratining eng past ko’rsatkichi esa Antarktidadagi «Vostok» stantsiyasida qayd etilib, -90° S ni tashkil etgan. Shunday qilib, kuzatilgan eng yuqori va eng past havo haroratining farqi Yer sharida 150° S ni tashkil etadi. Respublikamiz hududida havoning ko’pyillik o’rtacha harorati yilning eng sovuq davri, ya’ni yanvar oyida Ustyurtda -9° S, Qizilqum cho’lining janubida 0° S, mamlakatimizning eng janubiy chekkasida -2...-3° S ni tashkil etadi. Tog’larda esa asosan joyning balandligiga bog’liq bo’ladi. Yozda havo harorati tekisliklarda kam o’zgaradi, ya’ni yilning eng issiq davri iyul oyida ko’pyillik o’rtacha harorat Ustyurtda +26...+27° S dan Termizda +30° S gachani tashkil yetadi. Shuni aytib o’tish kerakki, yoz davrida havo haroratining kundan kunga o’zgarishi, qish davriga nisbatan birmuncha kamroq, ya’ni ob-havo barqaror bo’ladi. Havo haroratining ko’pyillik o’rtacha minimal darajasi O’zbekistonning eng shimoliy qismida -30°C ga yetadi. Ayrim yillari esa hatto -40°C gacha pasayadi. Janubda - Termiz tumanida -20°C dan past o’rtacha harorat kuzatilmagan. Bu yerda ko’pincha qish nisbatan iliqroq bo’ladi va harorat -10°C dan pastga tushmaydi. Haroratning mutlaq maksimal darajasi cho’llarda +45...+50°C gacha yetadi. Yoz davridagi yuqori havo harorati haqida gapirilganda, B.A. Ayzenshtat ko’rsatib o’tgan quyidagi hollarga e’tibor berish kerak. Agar inson yoz kunida quyosh nuri ostida turgan bo’lsa, u holda unga soya joyga turganga nisbatan ancha issiqroq tuyuladi. Shu sababli ko’pchilik kisxilar havo harorati oftobda soya joyga nisbatan ancha yuqori deb hisoblaydi. Aslida bu unday emas. Haqiqatda esa, havo harorati soya joyda qanday bo’lsa, oftobda ham amalda shunga yaqin bo’ladi. Odatda issiq kunda ochiq maydonda havo harorati, soyali bog’ va xiyobonlarga nisbatan bor yo’g’i 2 - 3°C, gohida 4°C yuqori bo’ladi. Kunduzi ochiq maydonda turgan kishi, uning tanasiga to’g’ridan-to’g’ri quyosh, Yer, osmon, atrof buyumlaridan kelayotgan energiya ta’siri ostida doimiy issiqlik yukini sezadi. Inson tanasiga tushadigan quyosh energiyasini unga ekvivalent bo’lgan havo haroratining energiyasi orqali ifodalash mumkin. Ma’lum bo’lishicha, oftobda
turgan kishi soya joyda turanga nisbatan havo harorati 10 - 15°C, ba’zi paytlarda
esa 18-20°C ga ortgandek his etarkan. Shu sababli, harorat Jahondagi  barcha
meteorologik  stansiyalarda  bir  xil  sharoitga  ega  bo’lgan  maxsus  budkalarda
o’lchanadi.
Havo  harorati,  shuningdek,  tuproq  va  suv  haroratlari  meteorologiyada,
ko’pchilik davlatlarda SI birligida, ya’ni Xalqaro harorat darajaлари  - Sеlsiy ва
Kelvin darajaлари (shkalasi) bilan o’lchanadi.
Haroratning o’lchov birligi qilib gradus olingan. Normal atmosfera bosimida
muzning erish harorati 0 gradus deb, suvning qaynash teperaturasi 100 gradus deb
olingan. Bu oraliq 100 ta teng bo’laklarga bo’lingan va har bir bo’lak 1 gradus deb
qabul qilingan. “Gradus” lotinchada “qadam” degan ma’noni bildiradi. 
Bunday daraja 1742-yilda shved olimi A.Selsiy tomonidan tavsiya etilgan va
u haroratning Selsiy darajasi deb ataladi.  Selsiy darajasida o’lchanadigan harorat
ºS shaklida belgilanadi va “gradus Selsiy” deb o’qiladi. Odatda havo haroratini
o’lchaydigan termo-metrlar -20ºS dan 50 ºS gacha darajalangan bo’ladi. 
Selsiy darajasi (shkalasi) bilan bir qatorda, Kelvin darajasidan ham keng
foydalaniladi. 
Kelvin tomonidan 1848-yilda taklif etilgan mutloq harorat darajasi  Kelvin
darajasi deb  ataladi.  Kelvin  darajasida  olingan  harorat  birligining  graduslari
qiymati selsiy darajasidagi qiymatga teng. Kelvin o’lchov birligining nol darajasida
molekulalarning issiqlik harakatlari umuman to’xtaydi, ya’ni eng past haroratni
bildiradi. Selsiy darajasi bo’yicha bu -273,15°C ga mos keladi. Mutlaq daraja
bo’yicha harorat faqat musbat bo’ladi, ya’ni har doim mutlaq nol darajadan yuqori
bo’ladi.
Odatda, formulalarda haroratning mutlaq darajasi  T, Selsiy darajasi esa t
orqali ifodalanadi.
Haroratning Selsiy  t darajasidan Kelvin  T darajasiga o’tkazish quyidagi
formula bilan aniqlanadi:
T = t+ 273,15
Bunda T = 0 ga, ya’ni mutlaq (absolyut) nol haroratga erishish uchun t = - 273 ºS
bo’lishi kerak. 
Logotip
turgan kishi soya joyda turanga nisbatan havo harorati 10 - 15°C, ba’zi paytlarda esa 18-20°C ga ortgandek his etarkan. Shu sababli, harorat Jahondagi barcha meteorologik stansiyalarda bir xil sharoitga ega bo’lgan maxsus budkalarda o’lchanadi. Havo harorati, shuningdek, tuproq va suv haroratlari meteorologiyada, ko’pchilik davlatlarda SI birligida, ya’ni Xalqaro harorat darajaлари - Sеlsiy ва Kelvin darajaлари (shkalasi) bilan o’lchanadi. Haroratning o’lchov birligi qilib gradus olingan. Normal atmosfera bosimida muzning erish harorati 0 gradus deb, suvning qaynash teperaturasi 100 gradus deb olingan. Bu oraliq 100 ta teng bo’laklarga bo’lingan va har bir bo’lak 1 gradus deb qabul qilingan. “Gradus” lotinchada “qadam” degan ma’noni bildiradi. Bunday daraja 1742-yilda shved olimi A.Selsiy tomonidan tavsiya etilgan va u haroratning Selsiy darajasi deb ataladi. Selsiy darajasida o’lchanadigan harorat ºS shaklida belgilanadi va “gradus Selsiy” deb o’qiladi. Odatda havo haroratini o’lchaydigan termo-metrlar -20ºS dan 50 ºS gacha darajalangan bo’ladi. Selsiy darajasi (shkalasi) bilan bir qatorda, Kelvin darajasidan ham keng foydalaniladi. Kelvin tomonidan 1848-yilda taklif etilgan mutloq harorat darajasi Kelvin darajasi deb ataladi. Kelvin darajasida olingan harorat birligining graduslari qiymati selsiy darajasidagi qiymatga teng. Kelvin o’lchov birligining nol darajasida molekulalarning issiqlik harakatlari umuman to’xtaydi, ya’ni eng past haroratni bildiradi. Selsiy darajasi bo’yicha bu -273,15°C ga mos keladi. Mutlaq daraja bo’yicha harorat faqat musbat bo’ladi, ya’ni har doim mutlaq nol darajadan yuqori bo’ladi. Odatda, formulalarda haroratning mutlaq darajasi T, Selsiy darajasi esa t orqali ifodalanadi. Haroratning Selsiy t darajasidan Kelvin T darajasiga o’tkazish quyidagi formula bilan aniqlanadi: T = t+ 273,15 Bunda T = 0 ga, ya’ni mutlaq (absolyut) nol haroratga erishish uchun t = - 273 ºS bo’lishi kerak.
AQSH,  Angliya  va  sobiq  Britaniya  imperiyasining  ayrim  davlatlarida
hozirgacha haroratning Farengeyt darajasidan foydalaniladi. Bu o’lchov birligida
nol daraja deb qor bilan nashatir aralashmasining harorati, 100°F deb esa inson
tanasining normal harorati qabul qilingan.
Haroratni Selsiy darajasidan Farengeyt darajasiga yoki teskarisiga o’tkazish
quyidagi formulalar yordamida topiladi:
t°C = 5,9(t°F- 32)
t°F = (9,5)t°C + 32
Havoning isishi va sovishi. Havo quruqlik va suv havzalari yuzasidan isib
boradi.  Pastki  uch  kilometr  qalinlikdagi  havoning  quyosh  nurlarini  bevosita
yutishidan isishi soatiga 0,1°C dan oshmaydi. Havo issiqlikni yomon o’tkazadi. U
yer  yuzasiga  bevosita  tegib  turadigan  pastki  juda  yupqa  qatlamdagina  isiydi.
Issiqlik yuqoriga havoning asosan turbulent harakati bilan o’tadi. Isigan tuproq
yoki suv yuzasiga turbulent harakat tufayli yangidan-yangi havo massasi kelib
isiydi va yuqoriga ko’tariladi. Issiqlik ana shu yo’l bilan tuproqdan havoga va
havoning quyi qatlamidan yuqori qatlamiga tez o’tib boradi. Havo soviganda ham
xuddi shunday jarayon ro’y beradi. Troposferada konvektsion oqimlar vujudga
keladi (19-rasm).
19-rasm. Konveksiya impulslari va havoning  konvektsion oqimlari
Havodagi  issiqlikning  manbai  yer  yuzasi  bo’lganligidan  yuqoriga
ko’tarilgan  sari  havo  harorati  pasayadi,  amplitudasi  kichrayadi,  haroratning
Logotip
AQSH, Angliya va sobiq Britaniya imperiyasining ayrim davlatlarida hozirgacha haroratning Farengeyt darajasidan foydalaniladi. Bu o’lchov birligida nol daraja deb qor bilan nashatir aralashmasining harorati, 100°F deb esa inson tanasining normal harorati qabul qilingan. Haroratni Selsiy darajasidan Farengeyt darajasiga yoki teskarisiga o’tkazish quyidagi formulalar yordamida topiladi: t°C = 5,9(t°F- 32) t°F = (9,5)t°C + 32 Havoning isishi va sovishi. Havo quruqlik va suv havzalari yuzasidan isib boradi. Pastki uch kilometr qalinlikdagi havoning quyosh nurlarini bevosita yutishidan isishi soatiga 0,1°C dan oshmaydi. Havo issiqlikni yomon o’tkazadi. U yer yuzasiga bevosita tegib turadigan pastki juda yupqa qatlamdagina isiydi. Issiqlik yuqoriga havoning asosan turbulent harakati bilan o’tadi. Isigan tuproq yoki suv yuzasiga turbulent harakat tufayli yangidan-yangi havo massasi kelib isiydi va yuqoriga ko’tariladi. Issiqlik ana shu yo’l bilan tuproqdan havoga va havoning quyi qatlamidan yuqori qatlamiga tez o’tib boradi. Havo soviganda ham xuddi shunday jarayon ro’y beradi. Troposferada konvektsion oqimlar vujudga keladi (19-rasm). 19-rasm. Konveksiya impulslari va havoning konvektsion oqimlari Havodagi issiqlikning manbai yer yuzasi bo’lganligidan yuqoriga ko’tarilgan sari havo harorati pasayadi, amplitudasi kichrayadi, haroratning
sutkalik  o’zgarishidagi  maksimum  va  minimumlar,  tuproqdagidan  kechroq
bo’ladi. Havo harorati o’lchanadigan balandlik hamma mamlakatlarda bir xil – 2
m qabul qilingan. Maxsus maqsadlar uchun harorat boshqa balandliklarda ham
o’lchanadi.
Havoning harorati ko’pincha havo massasining boshqa joylardan kelishi,
ya’ni advektsiyasiga ham bog’liq. Boshqa joylardan iliq qavo kelishi ham, salqin
havo kelishi ham mumkin.
Havo  massasining  harorati  boshqa  muhitning  ta’sirisiz,  tashqaridan
issiqlik kelmasdan adiabatik ravishda, ya’ni bir havo massasining o’z ichida
ham  ko’tarilishi  mumkin.  Havo  troposferaning  yuqori  qatlamlaridan  pastki
qatlamlariga  yoki  tog’  yonbag’irlaridan  pastga  tushganda  gaz  zichlashib,
qisilladi.  Natijada  uning  mexanik  energiyasi  issiqlik  energiyasiga  aylanadi.
Bunda havoning namligi miqdoridan qat’iy nazar, har 100 m pasayganda harorat
1°C ga ortadi. Bu jarayon quruq adiabatik jarayon deyiladi.
Kondensatsiya issiqligi havoning muhim issiqlik manbaidir. Yuqorida suv
havzalariga tushadigan quyosh radiatsiyasining katta qismi suvni bug’latishga
sarf bo’lishini aytib o’tgan edik. Suv bug’i kondensatsiyalanganda bu issiqlik
atmosferaga o’tadi va havo harorati ko’tariladi. Qish vaqtida yog’ingarchilik
bo’lganda ana shunday issiqlik hisobiga harorat ko’tariladi. Ana shuning uchun
ham  sovuq  faslda  dengiz  havosining  harorati  kontinental  havoga  qaraganda
ancha yuqori bo’ladi.
Havoning isishiga o’xshab sovishi ham turli yo’llar bilan hosil bo’ladi.
Adiabatik jarayon universal rol o’ynaydi. Yer yuzasida isigan havo yuqoriga
ko’tarilib  kengayadi.  Issiqlik  energiyasi  kinetik  energiyaga  aylanadi.  Quruq
havo har 100 m ko’tarilganda harorat 1° ga ortishi kerak. Lekin havoda hamma
vaqt ham nam bo’ladi, havo sovishi bilan birga namning kondensatsiyalanishi
ro’y  beradi,  bunda  ajrab  chiqadigan  issiqlik  harorat  gradientini  har  100  m
balandlikda o’rta hisobda 0,6° gacha kamaytiradi. Bu nam adiabiatik jarayon
deyiladi.
Havo,  ikkinchidan,  bevosita  nur  tarqatish  hisobiga  soviydi.  Bunday
jarayon  Arktika  va  Antarktikada,  cho’llarda,  tunda,  mo’tadil  mintaqadagi
Logotip
sutkalik o’zgarishidagi maksimum va minimumlar, tuproqdagidan kechroq bo’ladi. Havo harorati o’lchanadigan balandlik hamma mamlakatlarda bir xil – 2 m qabul qilingan. Maxsus maqsadlar uchun harorat boshqa balandliklarda ham o’lchanadi. Havoning harorati ko’pincha havo massasining boshqa joylardan kelishi, ya’ni advektsiyasiga ham bog’liq. Boshqa joylardan iliq qavo kelishi ham, salqin havo kelishi ham mumkin. Havo massasining harorati boshqa muhitning ta’sirisiz, tashqaridan issiqlik kelmasdan adiabatik ravishda, ya’ni bir havo massasining o’z ichida ham ko’tarilishi mumkin. Havo troposferaning yuqori qatlamlaridan pastki qatlamlariga yoki tog’ yonbag’irlaridan pastga tushganda gaz zichlashib, qisilladi. Natijada uning mexanik energiyasi issiqlik energiyasiga aylanadi. Bunda havoning namligi miqdoridan qat’iy nazar, har 100 m pasayganda harorat 1°C ga ortadi. Bu jarayon quruq adiabatik jarayon deyiladi. Kondensatsiya issiqligi havoning muhim issiqlik manbaidir. Yuqorida suv havzalariga tushadigan quyosh radiatsiyasining katta qismi suvni bug’latishga sarf bo’lishini aytib o’tgan edik. Suv bug’i kondensatsiyalanganda bu issiqlik atmosferaga o’tadi va havo harorati ko’tariladi. Qish vaqtida yog’ingarchilik bo’lganda ana shunday issiqlik hisobiga harorat ko’tariladi. Ana shuning uchun ham sovuq faslda dengiz havosining harorati kontinental havoga qaraganda ancha yuqori bo’ladi. Havoning isishiga o’xshab sovishi ham turli yo’llar bilan hosil bo’ladi. Adiabatik jarayon universal rol o’ynaydi. Yer yuzasida isigan havo yuqoriga ko’tarilib kengayadi. Issiqlik energiyasi kinetik energiyaga aylanadi. Quruq havo har 100 m ko’tarilganda harorat 1° ga ortishi kerak. Lekin havoda hamma vaqt ham nam bo’ladi, havo sovishi bilan birga namning kondensatsiyalanishi ro’y beradi, bunda ajrab chiqadigan issiqlik harorat gradientini har 100 m balandlikda o’rta hisobda 0,6° gacha kamaytiradi. Bu nam adiabiatik jarayon deyiladi. Havo, ikkinchidan, bevosita nur tarqatish hisobiga soviydi. Bunday jarayon Arktika va Antarktikada, cho’llarda, tunda, mo’tadil mintaqadagi
mamlakatlarda qishki havo ochiq paytlarida va tunda havo ochiq bo’lganda ro’y
beradi.
Havoning sovishida qutbiy o’lkalardagi hamda mo’tadil mintaqalardagi
qishki muz va qor qoplamlari alohida rol o’ynaydi. Muz va qor qoplami tuproq
issiqligining  atmosferaga  o’tib  ketishiga  to’sqinlik  qilib,  tuproqni  sovub
ketishdan saqlaydi. Shu bilan birga qor yuzasi  quyoshdan keladigan deyarli
barcha radiatsiyani qaytarib yuboradi, shu sababli qor yuzasi ustida havoning
kuchli  darajada  radiatsion  sovishi  ro’y  beradi.  Tog’lardagi,  Antarktida  va  -
Grenlandiyadagi abadiy qor va muzlar  16  mln. km2 yoki butun quruqlikning
11% qismini ishg’ol qilib, atmosfera uchun sovuqlik manbai hisoblanadi.
Tog’li  o’lkalar  havoning  isishi  va  sovishi  uchun  o’ziga  xos  sharoitga
egadir.
Yassi tog’liklarda, keng yassi yonbag’irlarda va keng vodiylarda havo
siyrak bo’lganligidan kunduzgi va yozgi isish ham, tungi hamda qishki sovish
ham ko’payadi, harorat amplitu-dasi ortadi, iqlimning kontinentalligi kuchayadi.
Masalan, Po-mirda avgust oyida sutkalik harorat amplitudasi tuproq yuzasida
50°C dan ortadi, havoda esa 20°C ga yetadi.  
Baland  tog’larga  atrofdagi  tekisliklarning  harorat  rejimi  kamroq  ta’sir
etadi,  lekin  ularga  erkin  atmosfera,  xususan,  shamollar,  shuningdek,  abadiy
qorlar ta’siri ortadi. Bunday tog’larda musbat haroratning pasayishi hisobiga
sutkalik  va  fasliy  amplitudalar  pasayadi,  umuman,  ularning  harorat  sharoiti
sovuq dengiz harorati sharoitiga o’xshab ketadi.
Tog’larning harorat rejimi yonbag’irlar ekspozitsiyasiga bog’liq. Quyosh
radiatsiyasi  bilan  bog’liq  bo’lgan  farqlardan  tashqari,  advektiv  issiqlikning
kelishi  ham,  ya’ni  yon  bag’irlar-ning  asosiy  shamollarga  ro’para  yoki  ters
ekanligi ham katta rol o’ynaydi.
Havoni  isitishga  katta  miqdordagi  issiqlikni  quruqlik  beradi.
Tadqiqotlarning ko’rsatishicha, tuproq quyoshdan olgan issiqlik-ning 37% ni
havoni  isitishga  sarflaydi,  qolgan  63%  ni  o’zida  olib  qoladi.  Shu  sababli
quruqlikning atrof-muhit  haroratiga ta’siri  kattadir. Suv havzalarining ta’siri
butunlay boshqacha: suv hav-zasiga tushayotgan quyosh energiyasining katta
ulushi (99,6%) asosan suvni isitishga ketadi va faqatgina 0,4 % chor-atrof ha-
Logotip
mamlakatlarda qishki havo ochiq paytlarida va tunda havo ochiq bo’lganda ro’y beradi. Havoning sovishida qutbiy o’lkalardagi hamda mo’tadil mintaqalardagi qishki muz va qor qoplamlari alohida rol o’ynaydi. Muz va qor qoplami tuproq issiqligining atmosferaga o’tib ketishiga to’sqinlik qilib, tuproqni sovub ketishdan saqlaydi. Shu bilan birga qor yuzasi quyoshdan keladigan deyarli barcha radiatsiyani qaytarib yuboradi, shu sababli qor yuzasi ustida havoning kuchli darajada radiatsion sovishi ro’y beradi. Tog’lardagi, Antarktida va - Grenlandiyadagi abadiy qor va muzlar 16 mln. km2 yoki butun quruqlikning 11% qismini ishg’ol qilib, atmosfera uchun sovuqlik manbai hisoblanadi. Tog’li o’lkalar havoning isishi va sovishi uchun o’ziga xos sharoitga egadir. Yassi tog’liklarda, keng yassi yonbag’irlarda va keng vodiylarda havo siyrak bo’lganligidan kunduzgi va yozgi isish ham, tungi hamda qishki sovish ham ko’payadi, harorat amplitu-dasi ortadi, iqlimning kontinentalligi kuchayadi. Masalan, Po-mirda avgust oyida sutkalik harorat amplitudasi tuproq yuzasida 50°C dan ortadi, havoda esa 20°C ga yetadi. Baland tog’larga atrofdagi tekisliklarning harorat rejimi kamroq ta’sir etadi, lekin ularga erkin atmosfera, xususan, shamollar, shuningdek, abadiy qorlar ta’siri ortadi. Bunday tog’larda musbat haroratning pasayishi hisobiga sutkalik va fasliy amplitudalar pasayadi, umuman, ularning harorat sharoiti sovuq dengiz harorati sharoitiga o’xshab ketadi. Tog’larning harorat rejimi yonbag’irlar ekspozitsiyasiga bog’liq. Quyosh radiatsiyasi bilan bog’liq bo’lgan farqlardan tashqari, advektiv issiqlikning kelishi ham, ya’ni yon bag’irlar-ning asosiy shamollarga ro’para yoki ters ekanligi ham katta rol o’ynaydi. Havoni isitishga katta miqdordagi issiqlikni quruqlik beradi. Tadqiqotlarning ko’rsatishicha, tuproq quyoshdan olgan issiqlik-ning 37% ni havoni isitishga sarflaydi, qolgan 63% ni o’zida olib qoladi. Shu sababli quruqlikning atrof-muhit haroratiga ta’siri kattadir. Suv havzalarining ta’siri butunlay boshqacha: suv hav-zasiga tushayotgan quyosh energiyasining katta ulushi (99,6%) asosan suvni isitishga ketadi va faqatgina 0,4 % chor-atrof ha-
vosini  isitishga  ketadi.  Suv  havzalari  kunlik  havo  o’zgarishiga  ta’sir
ko’rsatmaydi, lekin yillik havo haroratining o’zgarishiga katta ta’sir ko’rsatadi.
Suv havzalari (ko’l, suv ombori, dengiz, okean) yoz oylari isib, bu issiqlikni
qish oylari havoga tarqatadi. Shu sababli qish oylari suv havzalari ustida, unga
yaqin joylarda ancha iliq keladi.
Havo  haroratining  kunlik  o’zgarishi.  Havo  haroratining  kunlik
o’zgarishida bir maksimum va bir minimum kuzatiladi. Eng past harorat quyosh
chiqishidan oldin kuzatiladi. Quyosh chiqqandan so’ng harorat ko’tarilib, soat
1400- 1500 da o’z maksi-mumiga yetib, so’ngra quyosh botgunga qadar pasayishi
kuzatiladi.
Ayrim kunlari ob-havo sharoitiga ko’ra, havo haroratining kunlik normal
o’zgarishidan og’ish hollari ham bo’lishi mumkin. Kun davomidagi eng katta va
eng  kichik  haroratlar  orasidagi  farq  havo  haroratining  amplitudasi  deyiladi.
Uning  miqdori  joyining  jo’g’rofik  kengligiga,  yilning  fasliga,  joyning  past-
balandligiga va boshqalarga bog’liq.
Joyning kengligi oshgan sari quyoshning tush paytidagi yerga nisbatan
balandligi kamayadi. Tropikada eng katta harorat amplitudasi kuzatiladi. Misol
uchun,  Sahroi  Kabirda  kechalari  ancha  past  harorat  kuzatilsa,  tush  paytlar
harorat 45 – 50°C dan oshadi. Eng kichik harorat amplitudasi 1 –  2°C doimo
yoki  kunduz  yoki  kechasi  qutb
o’lkalarida kuzatiladi.
Havo  haroratining  yillik
o’zgarishi.
 Havo  haroratining
o’zgarishini  uning  amplitudasi
ifodalaydi. U yildagi eng issiq va
sovuq oylar orasidagi farqga teng.
Havo  haroratining  yillik
o’zgarishi jug’rofik kenglikga, yer
ustining
 
nima
 
bilan
qoplanganligiga,  dengiz  sathidan
balandli-giga,  bulutlar  va  yog’in
miqdoriga bog’liq.
20-rasm. Psixrometrik quti.
Logotip
vosini isitishga ketadi. Suv havzalari kunlik havo o’zgarishiga ta’sir ko’rsatmaydi, lekin yillik havo haroratining o’zgarishiga katta ta’sir ko’rsatadi. Suv havzalari (ko’l, suv ombori, dengiz, okean) yoz oylari isib, bu issiqlikni qish oylari havoga tarqatadi. Shu sababli qish oylari suv havzalari ustida, unga yaqin joylarda ancha iliq keladi. Havo haroratining kunlik o’zgarishi. Havo haroratining kunlik o’zgarishida bir maksimum va bir minimum kuzatiladi. Eng past harorat quyosh chiqishidan oldin kuzatiladi. Quyosh chiqqandan so’ng harorat ko’tarilib, soat 1400- 1500 da o’z maksi-mumiga yetib, so’ngra quyosh botgunga qadar pasayishi kuzatiladi. Ayrim kunlari ob-havo sharoitiga ko’ra, havo haroratining kunlik normal o’zgarishidan og’ish hollari ham bo’lishi mumkin. Kun davomidagi eng katta va eng kichik haroratlar orasidagi farq havo haroratining amplitudasi deyiladi. Uning miqdori joyining jo’g’rofik kengligiga, yilning fasliga, joyning past- balandligiga va boshqalarga bog’liq. Joyning kengligi oshgan sari quyoshning tush paytidagi yerga nisbatan balandligi kamayadi. Tropikada eng katta harorat amplitudasi kuzatiladi. Misol uchun, Sahroi Kabirda kechalari ancha past harorat kuzatilsa, tush paytlar harorat 45 – 50°C dan oshadi. Eng kichik harorat amplitudasi 1 – 2°C doimo yoki kunduz yoki kechasi qutb o’lkalarida kuzatiladi. Havo haroratining yillik o’zgarishi. Havo haroratining o’zgarishini uning amplitudasi ifodalaydi. U yildagi eng issiq va sovuq oylar orasidagi farqga teng. Havo haroratining yillik o’zgarishi jug’rofik kenglikga, yer ustining nima bilan qoplanganligiga, dengiz sathidan balandli-giga, bulutlar va yog’in miqdoriga bog’liq. 20-rasm. Psixrometrik quti.