HAVO HARORATINI O‘LCHASH
Mashg‘ulotning maqsadi: Havo harorati haqida umumiy tushunchaga ega
bo‘lish va asboblar yordamida uni o‘lchashni o‘rganish.
Topshiriqlar
1. Havo haroratining o‘zgarishi sabablarini ishchi daftaringizga yozing;
2. Vertikal harorat gradientining ifodasini ishchi daftarga yozing va og‘zaki
tushuntirib bering;
3. Havo haroratining o‘simliklar uchun ahamiyatini qisqacha ishchi daftarga
yozing;
4. O‘rtacha haroratlarni hisoblashni o‘rganing;
5. Psixometrik termometrning tuzilishini va ishlash prinsipini o‘rganing;
6. Termografning tuzilishi va ishlash prinsipini o‘rganing;
7. Termograf lentasiga boshlang‘ich ishlov berishni o‘rganing.
Kerakli materiallar va asboblar: mavzuga doir o‘quv adabiyotlari, ish
daftari, psixrometr, termometr, maksimal va minimal termometr.
1.1.
Havo harorati haqida tushuncha
Havoning isishi va sovushi juda murakkab bo‘lib, u asosan quyosh
radiatsiyasi va Yer yuzasi o‘rtasida bo‘ladigan jarayonlarga bog‘liq. Atmosfera va
Yer yuzasi o‘rtasidagi issiqlik almashinuvi bir qancha jarayonlar orqali amalga
oshadi.
Issiqlik konveksiyasi orqali issiqlik almashinuvi - Yer yuzasining turli
qismlari bir vaqtning o‘zida bir xil isimasligi natijasida, ma’lum hajmdagi havoni
quyi qatlamlardan yuqori qatlamlarga ko‘tarilishi tufayli hosil bo‘ladi. Nisbatan
1
ko‘proq qizigan yuza ustidagi havo isib, yuqoriga ko‘tariladi va uning o‘rnini
atrofdagi nisbatan sovuqroq havo egallaydi. Bu havo ham isib yana yuqoriga
ko‘tariladi. Shu tarzda yerning faol yuzasidan atmosferaning yuqori qatlamlari
o‘rtasida o‘zaro issiqlik almashinuvi sodir bo‘ladi.
Turbulent issiqlik almashinuvi - kichik hajmdagi havoning shamol ta’sirida
pastdan yuqoriga taribsiz aylana harakati natijasida sodir bo‘ladi. Bu holat
shamolning to‘xtovsiz harakati tufayli hosil bo‘lib, havo uyurmaning ichida
alohida-alohida tezlikda harakat qiladi. SHamol qancha tezlashsa shuncha
turbulentlik oshadi.
Molekulyar issiqlik almashinuvi - Yer yuzasidagi harakatlanmagan holdagi
havo bilan undan yuqori qismdagi harakatlanmagan havo molekulalari o‘rtasidagi
issiqlik almashinuviga molekulyar issiqlik almashinuvi deyiladi.
Radiatsion issiqlik almashinuvi - Yer yuzasi va atmosferaning uzun to‘lqinli
radiatsiya tarqatishi natijasida sodir bo‘ladi. Radiatsion issiqlik almashinuvi asosan
kechasi va qishda sodir bo‘ladi.
Kondensatsion issiqlik almashinuvi - Atmosferadagi suv bug‘larining
kondensiyasi va sublimatsiyasi natijasida sodir bo‘ladi. Atmosferadagi bulutlardan
yog‘ingarchilik, paydo bo‘lganda, suv bug‘lari tarkibidagi yashirin issiqlik
atmosferaga ajralib chiqadi va bulut mavjud bo‘lgan qatlamlarni isitadi.
Advektiv issiqlik almashinuvi - Salqin yoki iliq havo massalarining gorizontal
harakati natijasida sodir bo‘ladi. Iliq havo bostirib kelganda, havo isiydi (yoz
oylarida). Salqin havo adveksiyasi bahor va kuzda qishloq xo‘jalik ekinlari uchun
xavflidir.
Havo haroratining sutkalik va yillik o‘zgarishi. Sutka davomida havo
haroratining o‘zgarishi quyosh radiatsiyasiga bog‘liq. Quyoshning yoritish davri
boshlanishidan oldin havoning sutkalik harorati minimum, quyosh zenitda
turishidan keyinroq maksimumga ega bo‘ladi. Havo haroratining sutkalik
o‘zgarishiga ko‘pincha bulutlik va advektiv havo massalari ta’sir ko‘rsatadi.
Sutkalik maksimum va minimum haroratlar o‘rtasidagi farq sutkalik temperatura
amplitudasi deyiladi. Havo haroratining sutkalik maksimumi tuproq haroratining
sutkalik maksimumidan 2-3 soat keyin bo‘ladi. Chunki havo harorati Yer
2
yuzasidan 2 m balanlikda o‘lchanadi. Tuproq yuzasidagi issiqlik 2 m balandlikdagi
havoning haroratini oshirishi uchun ma’lum vaqt kerak bo‘ladi. Shuning uchun
havo harorati maksimumi tuproq harorati maksimumidan kechikadi.
Haroratning yillik o‘zgarishi yil fasllarining almashinuvi, yilning eng qisqa
va uzun kunlari bilan bog‘liq. Eng qisqa kun dekabr oyining 21 sanasiga to‘g‘ri
keladi. Shuning uchun havo haroratining yillik minimumi ham dekabr oyiga to‘g‘ri
kelishi kerak. Lekin yuqorida aytib o‘tganimizdek Yer yuzasi sovub, bu sovuqlik
havoni ham sovutishi uchun ma’lum vaqt kerak bo‘ladi. Shuning uchun yillik
minumum havo harorati yanvar oyiga to‘g‘ri keladi. Havo haroratining yillik
maksimumi esa uzun kun (21 iyun) dan keyinga ya’ni iyul oyiga to‘g‘ri keladi.
Yillik minimal va maksimal havo haroratlari o‘rtasidagi farq havo haroratining
yillik amplitudasi deyiladi.
Havo haroratining amplitudasi balandlik oshishi bilan kamayadi.
Havo haroratining vertikal bo‘ylab o‘zgarishi. Qishloq xo‘jalik ishlab
chiqarishiga ta’siri bo‘yicha troposferada havo haroratining o‘zgarishi muhim
ahamiyatga ega. Atmosferada balandlik bo‘ylab havo haroratining o‘zgarishiga
atmosfera stratifikatsiyasi deb ataladi.
Troposferada har 100 m balandlikdagi havo haroratining o‘zgarishiga
vertikal harorat gradienti (VHG) deb ataladi va quyidagi ifoda bilan ifodalanadi:
VHG=
t p−t yu
h yu−hp
(1)
bu yerda: VHG- vertikal harorat gradienti,oC; tp-pastki nuqtadagi havo
harorati, oC; tyu-yuqori nuqtadagi havo harorati, oC; hyu-yuqori nuqtaning balandligi,
m; hp-pastki nuqtaning balandligi, m.
Agar tyu<tp bo‘lsa, harorat balandlik bo‘ylab pasayadi va VHG musbat,
aksincha bo‘lganda harorat oshadi va VHG manfiy bo‘ladi. Agar tyu=tP bo‘lsa, har
ikkita nuqtaning harorati bir xil bo‘ladi. Bu holatga izotermiya deb ataladi.
Troposferada VHGning o‘rtacha qiymati 0,6 0S ga teng.
VHG kecha va kunduzga, yil fasllariga, yer yuzasiga, joyning yer
yuzasiganisbatan balandligiga va atmosferadagi havo qatlamlari haroratiga bog‘liq.
3
Yer yuzasiga yaqin qatlamda VHG juda yuqori, kunduzi yuqori, kechasi past v.h.
bo‘ladi. VHG ga shamol, bulutlik, yog‘inlar, ekin maydonlari v.h.lar ta’sir qiladi.
Sutkalik temperatura o‘zgarishi yer sirtidan 500 m balandlikda sezilmaydi.
VHG dan ob-havoni prognozlashda sputniklarni uchirishda va chiqindixonalar
joyini aniqlashda foydalaniladi.
Ob-havoning barqarorligi atmosfera stratifikatsiyasiga bog‘liq. Agar katta
hajmdagi havo atrofdagi havo bilan o‘zaro issiqlik almashmasa, adiabatik holat
deyiladi.
Bunda balandlikka ko‘tarilgan sari havo kengayadi va harorat pasayadi.
Havo pastga harakatlanganda aksincha holat sodir bo‘ladi.
VHG 1oC dan past bo‘lganda balandga ko‘tarilayotgan havo 100 m 1oS ga
sovuganda, atmosferadagi havoga nisbatan sovuqroq bo‘ladi. Natijada havo
zichlashib og‘irlashadi va yana o‘zining joyiga qayta boshlaydi. Bunday holatga
atmosferaning barqaror muvozanati deb ataladi.
VHG 1oC ga teng bo‘lganda, ko‘tarilayotgan havo harorati barcha
balandliklarda atrofdagi havo haroratiga teng bo‘ladi va havo harakatlanmasdan bir
joyda turib qoladi. Atmosferaning bunday holati betafavvut (befarq) holat deyiladi.
Agar VHG 1oC dan ortiq bo‘lsa, balandga ko‘tarilayotgan havo atrofdagi
havo haroratidan iliq bo‘ladi va havo yuqoriga harakatlanaveradi. Bunday holat
beqaror atmosfera muvozanati deb ataladi. Beqaror atmosfera muvozonati holatida
jala va do‘l yog‘adi.
Havoning harorat rejimi va o‘simliklarning issiqlikka talabchanligi. Har
qanday hududning havo haroratiga to‘liq tavsif berish uchun quyidagi tushunchalar
va ular to‘g‘risidagi ma’lumotlarni bilish zarur:
O‘rtacha sutkalik, o‘rtacha oylik va o‘rtacha yillik haroratlar. O‘rtacha
sutkalik haroratni hisoblashda bir sutkada (8 marta har 3 soatda) o‘lchangan
haroratlar qo‘shilib 8 ga bo‘linadi. O‘rtacha oylik haroratda bir oy davomidagi
o‘rtacha sutkalik haroratlar qo‘shilib, har qaysi oydagi kunlar soniga bo‘linadi.
O‘rtacha yillik haroratda esa 12 oyning o‘rtacha haroratlari qo‘shilib 12 ga
bo‘linadi.
4
Barcha o‘rtacha haroratlar hududning to‘liq termik tavsifini beraolmaydi.
Shuning uchun maksimal, minimal haroratlar va haroratlar amplitudasiga doir
ma’lumotlarni bilish kerak.
Maksimal va minimal haroratlar o‘rtacha harorat to‘g‘risidagi ma’lumotlarni
to‘ldiradi. Masalan, qish faslida kunlik va oylik harorat minimumlarini bilish
o‘simliklarning qishlash holatini aniqlash imkonini beradi. Bundan tashqari
bahorgi va kuzgi sovuq urish muddatlarini aniqlashda muhim ahamiyatga ega.
Maksimum esa qish va yozdagi issiqlik darajalarini aniqlashga yordam beradi.
Amplituda -eng issiq va sovuq haroratlar o‘rtasidagi farqni bildiradi. Sutkalik
va yillik amplituda o‘simliklar hayoti uchun muhim ahamiyatga ega. Amplituda
ekvatordan qutublarga borgan sayin oshib boradi. Bundan tashqari amplituda
kontinentallik darajasini ham bildiradi. O‘zbekiston sharoitida sutkalik amplituda
qishda 15-20 oC, yozda 25-30 oC ni tashkil qiladi.
Havo haroratining qishloq xo‘jalik ekinlari uchun ahamiyati. Har
qanday o‘simlik o‘z hayoti davomida ma’lum darajadagi harorat yig‘indisini talab
qiladi. Shuning bilan bir qatorda, o‘simliklar o‘zining biologik minimum va
biologik maksimum haroratlariga ega. Bu harorat oralig‘ida o‘simliklarni optimum
harorati yotadi. Masalan, g‘o‘za va sholi uchun biologik minimum 12-15oC bo‘lsa,
bahorgi bug‘doy uchun 3-5oC ni tashkil etadi. Namlik etishmagan holda 20oC dan
oshiq havo harorati bahorgi bug‘doy gullashiga, hosildorligiga salbiy ta’sir qiladi.
O‘simlik kasalliklari va zararkunandalarining ko‘payishi havo harorati va
namligiga bog‘liq. O‘simliklarni issiqlikka bo‘lgan talabiga qarab agrotexnik
tadbirlarni qo‘llash zarur. Qalin ekilgan ekinlarning o‘rtacha balandligi faol yuza
vazifasini o‘taydi va Shuning uchun ekinning yerga yaqin qismiga nisbatan eng
baland qismining harorati yuqori bo‘ladi. Havo harorati sovuq bo‘lganda dastlab
uning eng yuqori qismi zararlanadi.
Xulosa qilib aytganda, havo haroratini hisobga olish, o‘simliklarning
haroratga bo‘lgan talabini aniqlash biologik minimum va maksimumlarning
vegetatsiya davrining qaysi muddatlariga to‘g‘ri kelishi haqida ma’lumotga ega
bo‘lish qishloq xo‘jaligidan yuqori hosil olishda muhim ahamiyatga ega.
1.2.
Havo haroratini o‘lchaydigan termometrlar
5
Tuproq haroratini o‘lchash mavzusida termometrlar haqida umumiy
tushuncha berilganligi tufayli, bu mavzuda bevosita havo haroratini o‘lchaydigan
termometrlar haqida to‘xtalib o‘tamiz.
Havo haroratini o‘lchashda psixrometrik, maksimal va minimal
termometrlardan foydalaniladi. Haroratni to‘xtovsiz yozib olish uchun termograf
ishlatiladi.
Psixrometrik termometr TM-4. Havo haroratini o‘lchashda, harorat -35oC
gacha bo‘lgan holatda simobli, undan past haroratni o‘lchashda spirtli termometr
(TM-9) dan foydalaniladi. Bu termometrlarning rezervuari silindrik bo‘lib, yuqori
qismiga metall qalpoqcha kiygizilgan. Spirtli termometr psixrometrik termometr
yoniga o‘rnatiladi. Spirtli termometr ko‘rsatishi -20oC dan past bo‘lganda, tuzatma
kiritish uchun psixrometrik termometr bilan bir vaqtda kuzatish olib boriladi.
Psixrometrik termometrda juft termometr ishlatiladi va bu asbob bir vaqtning
o‘zida havo harorati va namligini o‘lchaydi. Psixrometrik termometrlar maxsus
yasalgan psixrometrik budka ichiga o‘rnatiladi. Psixrometrik budkaning devorlari
yog‘ochdan yasalgan va to‘g‘ri radiatsiyaning tushishidan himoyalangan (6.2.1-
rasm).
6.2.1-rasm. Pisxrometrik budka va unga joylashtirlgan termometrlarning ko‘rinishi
6
Budkaning ichi erkin havo aylanadigan qilib yasalgan. Budka devorlarining
bir tomoni ochiladi va eshik vazifasini bajaradi. Budkaning tomi yoppasiga biroz
qiya qilib yopilgan. Budkaning tagiga uchta taxta o‘rnatilgan. O‘rtadagi doska
boshqalariga nisbatan balandroq o‘rnatilganligi uchun doskalar o‘rtasida bo‘shliqni
yopib turadi.
Budkaning ichidagi o‘rta doskaga termometrlarni o‘rnatish uchun maxsus
moslama mahkamlangan. Moslamaning chap tomoniga esa rezervuari namlangan
termometr o‘rnatiladi. Maksimal va minimal termometrlarning rezervuari sharq
tomonga qaratilib, shtativga mahkamlangan taqasimon moslamaga joylashtiriladi.
Maksimal termometr rezervuar tomonga qiya qilib, minimal termometr esa
gorizontal ravishda o‘rnatiladi (6.2.1-rasm).
Termometrlardan hisob olishni tezlik bilan amalga oshirish zarur. Hisobning
aniqlik darajasi 0,10C ga teng bo‘lishi kerak. O‘lchashda dastlab quruq, keyin
namlangan so‘ngra minimal spirtli va oxirida maksimal, simobli termometrlardan
ko‘rsatishlar yozib olinadi.
Termometr ko‘rsatishlari yozib olingandan so‘ng maksimal termometrni
ko‘rsatishi silkitib tushiriladi. Minimal termometrning maxsus shtifti spirtning
ichidagi tashqi parda (meniks) ga tegizib qo‘yiladi.
Termograf M-16A. Termografning (6.2.2-rasm) lentasini o‘rnatganda,
uning pero qismi psixrometrik termometr (quruq) ko‘rsatkichiga mos qilib
o‘rnatiladi.
6.2.2-rasm. Termografning ko‘rinishi
7