HAVO HARORATININING QISHLOQ XO`JALIGIGA EKINLARI UCHUN AHAMIYATI

Time

Yuklangan vaqt

2025-11-08

Downloads

Yuklab olishlar soni

0

Pages

Sahifalar soni

11

File size

Fayl hajmi

514,0 KB


HAVO HARORATININING QISHLOQ XO`JALIGIGA EKINLARI
UCHUN AHAMIYATI
Mashg‘ulotning maqsadi: Havo harorati haqida umumiy tushunchaga ega
bo‘lish va asboblar yordamida uni o‘lchashni o‘rganish.
Topshiriqlar:
1. Havo haroratining o‘zgarishi sabablarini ishchi daftaringizga yozing;
2. Vertikal harorat gradientining ifodasini ishchi daftarga yozing va og‘zaki
tushuntirib bering;
3. Havo haroratining o‘simliklar uchun ahamiyatini ishchi daftarga qisqacha
yozing;
4. O‘rtacha haroratlarni hisoblashni o‘rganing;
5. Psixometrik termometrning tuzilishini va ishlash prinsipini o‘rganing;
6. Termografning tuzilishi va ishlash prinsipini o‘rganing;
7. Termograf lentasiga boshlang‘ich ishlov berishni o‘rganing.
Kerakli materiallar va asboblar: mavzuga doir o‘quv adabiyotlari, ish
daftari, psixrometr, termometr, maksimal va minimal termometr.
1.1.
 Havo harorati haqida tushuncha
Havoning  isishi  va  sovushi  juda  murakkab  bo‘lib,  u  asosan  quyosh
radiatsiyasi va yer yuzasi o‘rtasida bo‘ladigan jarayonlarga bog‘liq. Atmosfera va
yer yuzasi o‘rtasidagi issiqlik almashinuvi bir qancha jarayonlar orqali amalga
oshadi.
Issiqlik  konveksiyasi  orqali  issiqlik  almashinuvi  –  yer  yuzasining  turli
qismlari  bir  vaqtning  o‘zida  bir  xil  isimasligi  natijasida,  ma’lum  hajmdagi
Logotip
HAVO HARORATININING QISHLOQ XO`JALIGIGA EKINLARI UCHUN AHAMIYATI Mashg‘ulotning maqsadi: Havo harorati haqida umumiy tushunchaga ega bo‘lish va asboblar yordamida uni o‘lchashni o‘rganish. Topshiriqlar: 1. Havo haroratining o‘zgarishi sabablarini ishchi daftaringizga yozing; 2. Vertikal harorat gradientining ifodasini ishchi daftarga yozing va og‘zaki tushuntirib bering; 3. Havo haroratining o‘simliklar uchun ahamiyatini ishchi daftarga qisqacha yozing; 4. O‘rtacha haroratlarni hisoblashni o‘rganing; 5. Psixometrik termometrning tuzilishini va ishlash prinsipini o‘rganing; 6. Termografning tuzilishi va ishlash prinsipini o‘rganing; 7. Termograf lentasiga boshlang‘ich ishlov berishni o‘rganing. Kerakli materiallar va asboblar: mavzuga doir o‘quv adabiyotlari, ish daftari, psixrometr, termometr, maksimal va minimal termometr. 1.1. Havo harorati haqida tushuncha Havoning isishi va sovushi juda murakkab bo‘lib, u asosan quyosh radiatsiyasi va yer yuzasi o‘rtasida bo‘ladigan jarayonlarga bog‘liq. Atmosfera va yer yuzasi o‘rtasidagi issiqlik almashinuvi bir qancha jarayonlar orqali amalga oshadi. Issiqlik konveksiyasi orqali issiqlik almashinuvi – yer yuzasining turli qismlari bir vaqtning o‘zida bir xil isimasligi natijasida, ma’lum hajmdagi
havoning quyi qatlamlardan yuqori qatlamlarga ko‘tarilishi tufayli hosil bo‘ladi.
Nisbatan ko‘proq qizigan yuza ustidagi havo isib, yuqoriga ko‘tariladi va uning
o‘rnini  atrofdagi  nisbatan  sovuqroq  havo  egallaydi.  Bu  havo  ham  isib,  yana
yuqoriga ko‘tariladi. Shu tarzda yerning faol yuzasi bilan atmosferaning yuqori
qatlamlari o‘rtasida o‘zaro issiqlik almashinuvi sodir bo‘ladi.
Turbulent issiqlik almashinuvi – kichik hajmdagi havoning shamol ta’sirida
pastdan  yuqoriga  tartibsiz  aylana  harakati  natijasida  sodir  bo‘ladi.  Bu  holat
shamolning  to‘xtovsiz  harakati  tufayli  hosil  bo‘lib,  havo  uyurmaning  ichida
alohida – alohida tezlikda harakat qiladi. Shamol qancha tezlashsa turbulentlik
shuncha oshadi.
Molekulyar issiqlik almashinuvi – yer yuzasidagi harakatlanmagan holdagi
havo bilan undan yuqori qismdagi harakatlanmagan havo molekulalari o‘rtasidagi
issiqlik almashinuviga molekulyar issiqlik almashinuvi deyiladi. 
Radiatsion issiqlik almashinuvi – yer yuzasi va atmosferaning uzun to‘lqinli
radiatsiya tarqatishi natijasida sodir bo‘ladi. Radiatsion issiqlik almashinuvi asosan
kechasi va qishda sodir bo‘ladi.
Kondensatsion  issiqlik  almashinuvi  –  atmosferadagi  suv  bug‘larining
kondensatsiyasi  va  sublimatsiyasi  natijasida  sodir  bo‘ladi.  Atmosferadagi
bulutlardan yog‘ingarchilik paydo bo‘lganda, suv bug‘lari  tarkibidagi  yashirin
issiqlik atmosferaga ajralib chiqadi va bulut mavjud bo‘lgan qatlamlarni isitadi.
Advektiv  issiqlik  almashinuvi  –  salqin  yoki  iliq  havo  massalarining
gorizontal harakati natijasida sodir bo‘ladi. Iliq havo bostirib kelganda, havo isiydi
(yoz oylarida). Salqin havo adveksiyasi bahor va kuzda qishloq xo‘jalik ekinlari
uchun xavflidir.
Havo haroratining sutkalik va yillik o‘zgarishi. Sutka davomida havo
haroratining o‘zgarishi quyosh radiatsiyasiga bog‘liq. Quyoshning yoritish davri
boshlanishidan  oldin  havoning  sutkalik  harorati  minimum,  quyosh  zenitda
turishidan  keyinroq  maksimumga  ega  bo‘ladi.  Havo  haroratining  sutkalik
o‘zgarishiga ko‘pincha bulutlilik va advektiv havo massalari  ta’sir ko‘rsatadi.
Sutkalik  maksimum  va  minimum  haroratlar  o‘rtasidagi  farq  sutkalik harorat
Logotip
havoning quyi qatlamlardan yuqori qatlamlarga ko‘tarilishi tufayli hosil bo‘ladi. Nisbatan ko‘proq qizigan yuza ustidagi havo isib, yuqoriga ko‘tariladi va uning o‘rnini atrofdagi nisbatan sovuqroq havo egallaydi. Bu havo ham isib, yana yuqoriga ko‘tariladi. Shu tarzda yerning faol yuzasi bilan atmosferaning yuqori qatlamlari o‘rtasida o‘zaro issiqlik almashinuvi sodir bo‘ladi. Turbulent issiqlik almashinuvi – kichik hajmdagi havoning shamol ta’sirida pastdan yuqoriga tartibsiz aylana harakati natijasida sodir bo‘ladi. Bu holat shamolning to‘xtovsiz harakati tufayli hosil bo‘lib, havo uyurmaning ichida alohida – alohida tezlikda harakat qiladi. Shamol qancha tezlashsa turbulentlik shuncha oshadi. Molekulyar issiqlik almashinuvi – yer yuzasidagi harakatlanmagan holdagi havo bilan undan yuqori qismdagi harakatlanmagan havo molekulalari o‘rtasidagi issiqlik almashinuviga molekulyar issiqlik almashinuvi deyiladi. Radiatsion issiqlik almashinuvi – yer yuzasi va atmosferaning uzun to‘lqinli radiatsiya tarqatishi natijasida sodir bo‘ladi. Radiatsion issiqlik almashinuvi asosan kechasi va qishda sodir bo‘ladi. Kondensatsion issiqlik almashinuvi – atmosferadagi suv bug‘larining kondensatsiyasi va sublimatsiyasi natijasida sodir bo‘ladi. Atmosferadagi bulutlardan yog‘ingarchilik paydo bo‘lganda, suv bug‘lari tarkibidagi yashirin issiqlik atmosferaga ajralib chiqadi va bulut mavjud bo‘lgan qatlamlarni isitadi. Advektiv issiqlik almashinuvi – salqin yoki iliq havo massalarining gorizontal harakati natijasida sodir bo‘ladi. Iliq havo bostirib kelganda, havo isiydi (yoz oylarida). Salqin havo adveksiyasi bahor va kuzda qishloq xo‘jalik ekinlari uchun xavflidir. Havo haroratining sutkalik va yillik o‘zgarishi. Sutka davomida havo haroratining o‘zgarishi quyosh radiatsiyasiga bog‘liq. Quyoshning yoritish davri boshlanishidan oldin havoning sutkalik harorati minimum, quyosh zenitda turishidan keyinroq maksimumga ega bo‘ladi. Havo haroratining sutkalik o‘zgarishiga ko‘pincha bulutlilik va advektiv havo massalari ta’sir ko‘rsatadi. Sutkalik maksimum va minimum haroratlar o‘rtasidagi farq sutkalik harorat
amplitudasi deyiladi. Havo haroratining sutkalik maksimumi tuproq haroratining
sutkalik  maksimumidan  2–3  soat  keyin  bo‘ladi.  Chunki  havo  harorati  yer
yuzasidan  2  m  balandlikda  o‘lchanadi.  Tuproq  yuzasidagi  issiqlik  2  m
balandlikdagi havoning haroratini oshirishi uchun ma’lum vaqt kerak bo‘ladi.
Shuning  uchun  havo  harorati  maksimumi  tuproq  harorati  maksimumidan
kechikadi.
Haroratning yillik o‘zgarishi yil fasllarining almashinuvi, yilning eng qisqa
va uzun kunlari bilan bog‘liq. Eng qisqa kun dekabr oyining 21 - sanasiga to‘g‘ri
keladi. Shuning uchun havo haroratining yillik minimumi ham dekabr oyiga to‘g‘ri
kelishi kerak. Lekin yuqorida aytib o‘tganimizdek, yer yuzasi sovib, bu sovuqlik
havoni ham sovitishi uchun ma’lum vaqt kerak bo‘ladi. Shuning uchun yillik
minimum  havo  harorati  yanvar  oyiga  to‘g‘ri  keladi.  Havo  haroratining  yillik
maksimumi esa uzun kun (21 iyun) dan keyinga, ya’ni iyul oyiga to‘g‘ri keladi.
Yillik minimal va maksimal havo haroratlari o‘rtasidagi farq  havo haroratining
yillik amplitudasi deyiladi.
Havo haroratining amplitudasi balandlik oshishi bilan kamayadi.
Havo haroratining vertikal bo‘ylab o‘zgarishi.  Qishloq xo‘jalik ishlab
chiqarishiga  ta’siri  bo‘yicha  troposferada  havo  haroratining  o‘zgarishi  muhim
ahamiyatga ega. Atmosferada balandlik bo‘ylab havo haroratining o‘zgarishiga
atmosfera stratifikatsiyasi deb ataladi. 
Troposferada  har  100  m  balandlikdagi  havo  haroratining  o‘zgarishiga
vertikal harorat gradienti (VHG) deb ataladi va quyidagi ifoda bilan ifodalanadi:
(1)
bu yerda: VHG– vertikal harorat gradienti,oC; tp–pastki nuqtadagi havo harorati,
oC; tyu–yuqori nuqtadagi havo harorati, oC; hyu–yuqori nuqtaning balandligi, m; hp–
pastki nuqtaning balandligi, m.
Logotip
amplitudasi deyiladi. Havo haroratining sutkalik maksimumi tuproq haroratining sutkalik maksimumidan 2–3 soat keyin bo‘ladi. Chunki havo harorati yer yuzasidan 2 m balandlikda o‘lchanadi. Tuproq yuzasidagi issiqlik 2 m balandlikdagi havoning haroratini oshirishi uchun ma’lum vaqt kerak bo‘ladi. Shuning uchun havo harorati maksimumi tuproq harorati maksimumidan kechikadi. Haroratning yillik o‘zgarishi yil fasllarining almashinuvi, yilning eng qisqa va uzun kunlari bilan bog‘liq. Eng qisqa kun dekabr oyining 21 - sanasiga to‘g‘ri keladi. Shuning uchun havo haroratining yillik minimumi ham dekabr oyiga to‘g‘ri kelishi kerak. Lekin yuqorida aytib o‘tganimizdek, yer yuzasi sovib, bu sovuqlik havoni ham sovitishi uchun ma’lum vaqt kerak bo‘ladi. Shuning uchun yillik minimum havo harorati yanvar oyiga to‘g‘ri keladi. Havo haroratining yillik maksimumi esa uzun kun (21 iyun) dan keyinga, ya’ni iyul oyiga to‘g‘ri keladi. Yillik minimal va maksimal havo haroratlari o‘rtasidagi farq havo haroratining yillik amplitudasi deyiladi. Havo haroratining amplitudasi balandlik oshishi bilan kamayadi. Havo haroratining vertikal bo‘ylab o‘zgarishi. Qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishiga ta’siri bo‘yicha troposferada havo haroratining o‘zgarishi muhim ahamiyatga ega. Atmosferada balandlik bo‘ylab havo haroratining o‘zgarishiga atmosfera stratifikatsiyasi deb ataladi. Troposferada har 100 m balandlikdagi havo haroratining o‘zgarishiga vertikal harorat gradienti (VHG) deb ataladi va quyidagi ifoda bilan ifodalanadi: (1) bu yerda: VHG– vertikal harorat gradienti,oC; tp–pastki nuqtadagi havo harorati, oC; tyu–yuqori nuqtadagi havo harorati, oC; hyu–yuqori nuqtaning balandligi, m; hp– pastki nuqtaning balandligi, m.
Agar  tyu<tp bo‘lsa, harorat balandlik bo‘ylab pasayadi  va VHG musbat,
aksincha bo‘lganda harorat oshadi va VHG manfiy bo‘ladi. Agar tyu=tP bo‘lsa, har
ikkita  nuqtaning  harorati  bir  xil  bo‘ladi.  Bu  holatga  izotermiya deb  ataladi.
Troposferada VHGning o‘rtacha qiymati 0,6 oC ga teng.
VHG  kecha  va  kunduzga,  yil  fasllariga,  joyning  yuzasiga,  joyning  yer
yuzasiga  nisbatan  balandligiga  va  atmosferadagi  havo  qatlamlari  haroratiga
bog‘liq. Yer yuzasiga yaqin qatlamda VHG juda yuqori, kunduzi yuqori, kechasi
past v.h. bo‘ladi. VHG ga shamol, bulutlilik, yog‘inlar, ekin maydonlari v.h.lar
ta’sir qiladi.
Sutkalik harorat o‘zgarishi yer sirtidan 500 m balandlikda sezilmaydi. VHG
dan ob–havoni prognozlashda sputniklarni uchirishda va chiqindixonalar joyini
aniqlashda foydalaniladi.
Ob–havoning barqarorligi atmosfera stratifikatsiyasiga bog‘liq. Agar katta
hajmdagi havo atrofdagi havo bilan o‘zaro issiqlik almashmasa,  adiabatik holat
deyiladi.
Bunda balandlikka ko‘tarilgan sari havo kengayadi va harorat pasayadi.
Havo pastga harakatlanganda aksincha holat sodir bo‘ladi.
VHG 1oC dan past bo‘lganda, balandga ko‘tarilayotgan havo 100 m da 1oC
ga soviganda  atmosferadagi havoga nisbatan sovuqroq bo‘ladi. Natijada havo
zichlashib og‘irlashadi va yana o‘zining joyiga qayta boshlaydi. Bunday holatga
atmosferaning barqaror muvozanati deb ataladi.
VHG  1oC  ga  teng  bo‘lganda,  ko‘tarilayotgan  havo  harorati  barcha
balandliklarda atrofdagi havo haroratiga teng bo‘ladi va havo harakatlanmasdan bir
joyda turib qoladi. Atmosferaning bunday holati betafovut (befarq) holat deyiladi.
Agar VHG 1oC dan ortiq bo‘lsa, balandga ko‘tarilayotgan havo atrofdagi
havo haroratidan iliq bo‘ladi va havo yuqoriga harakatlanaveradi. Bunday holat
beqaror atmosfera muvozanati deb ataladi. Beqaror atmosfera muvozanati holatida
jala va do‘l yog‘adi. 
Logotip
Agar tyu<tp bo‘lsa, harorat balandlik bo‘ylab pasayadi va VHG musbat, aksincha bo‘lganda harorat oshadi va VHG manfiy bo‘ladi. Agar tyu=tP bo‘lsa, har ikkita nuqtaning harorati bir xil bo‘ladi. Bu holatga izotermiya deb ataladi. Troposferada VHGning o‘rtacha qiymati 0,6 oC ga teng. VHG kecha va kunduzga, yil fasllariga, joyning yuzasiga, joyning yer yuzasiga nisbatan balandligiga va atmosferadagi havo qatlamlari haroratiga bog‘liq. Yer yuzasiga yaqin qatlamda VHG juda yuqori, kunduzi yuqori, kechasi past v.h. bo‘ladi. VHG ga shamol, bulutlilik, yog‘inlar, ekin maydonlari v.h.lar ta’sir qiladi. Sutkalik harorat o‘zgarishi yer sirtidan 500 m balandlikda sezilmaydi. VHG dan ob–havoni prognozlashda sputniklarni uchirishda va chiqindixonalar joyini aniqlashda foydalaniladi. Ob–havoning barqarorligi atmosfera stratifikatsiyasiga bog‘liq. Agar katta hajmdagi havo atrofdagi havo bilan o‘zaro issiqlik almashmasa, adiabatik holat deyiladi. Bunda balandlikka ko‘tarilgan sari havo kengayadi va harorat pasayadi. Havo pastga harakatlanganda aksincha holat sodir bo‘ladi. VHG 1oC dan past bo‘lganda, balandga ko‘tarilayotgan havo 100 m da 1oC ga soviganda atmosferadagi havoga nisbatan sovuqroq bo‘ladi. Natijada havo zichlashib og‘irlashadi va yana o‘zining joyiga qayta boshlaydi. Bunday holatga atmosferaning barqaror muvozanati deb ataladi. VHG 1oC ga teng bo‘lganda, ko‘tarilayotgan havo harorati barcha balandliklarda atrofdagi havo haroratiga teng bo‘ladi va havo harakatlanmasdan bir joyda turib qoladi. Atmosferaning bunday holati betafovut (befarq) holat deyiladi. Agar VHG 1oC dan ortiq bo‘lsa, balandga ko‘tarilayotgan havo atrofdagi havo haroratidan iliq bo‘ladi va havo yuqoriga harakatlanaveradi. Bunday holat beqaror atmosfera muvozanati deb ataladi. Beqaror atmosfera muvozanati holatida jala va do‘l yog‘adi.
Havoning harorat rejimi va o‘simliklarning issiqlikka talabchanligi. Har
qanday hududning havo haroratiga to‘liq tavsif berish uchun quyidagi tushunchalar
va ular to‘g‘risidagi ma’lumotlarni bilish zarur: 
O‘rtacha sutkalik, o‘rtacha oylik va o‘rtacha yillik haroratlar. O‘rtacha
sutkalik haroratni hisoblashda bir sutkada (8 marta, har 3 soatda) o‘lchangan
haroratlar qo‘shilib 8 ga bo‘linadi. O‘rtacha oylik haroratda bir oy davomidagi
o‘rtacha sutkalik haroratlar qo‘shilib, har qaysi oydagi kunlar soniga bo‘linadi.
O‘rtacha yillik haroratda esa 12 oyning o‘rtacha haroratlari qo‘shilib, 12 ga
bo‘linadi.
Barcha o‘rtacha haroratlar hududning to‘liq termik tavsifini bera olmaydi.
Shuning uchun maksimal, minimal haroratlar va haroratlar amplitudasiga doir
ma’lumotlarni bilish kerak.
Maksimal  va  minimal  haroratlar 
o‘rtacha  harorat  to‘g‘risidagi
ma’lumotlarni  to‘ldiradi.  Masalan,  qish  faslida  kunlik  va  oylik  harorat
minimumlarini bilish o‘simliklarning qishlash holatini aniqlash imkonini beradi.
Bundan tashqari, bahorgi va kuzgi sovuq urish muddatlarini aniqlashda muhim
ahamiyatga ega. Maksimum esa qish va yozdagi issiqlik darajalarini aniqlashga
yordam beradi.
Amplituda –  eng  issiq  va  sovuq  haroratlar  o‘rtasidagi  farqni  bildiradi.
Sutkalik va yillik amplituda o‘simliklar hayoti uchun muhim ahamiyatga ega.
Amplituda  ekvatordan  qutblarga  borgan  sayin  oshib  boradi.  Bundan  tashqari
amplituda kontinentallik darajasini ham bildiradi. O‘zbekiston sharoitida sutkalik
amplituda qishda 15–20oC, yozda 25–30oC ni tashkil qiladi.
Havo  haroratining  qishloq  xo‘jalik  ekinlari  uchun  ahamiyati.  Har
qanday o‘simlik o‘z hayoti davomida ma’lum darajadagi harorat yig‘indisini talab
qiladi.  Shuning  bilan  bir  qatorda,  o‘simliklar  o‘zining  biologik  minimum va
biologik  maksimum  haroratlariga  ega.  Bu  harorat  oralig‘ida  o‘simliklarning
optimum harorati yotadi. Masalan, g‘o‘za va sholi uchun biologik minimum 12–
15oC bo‘lsa, bahorgi bug‘doy uchun 3–5oC ni tashkil etadi. Namlik yetishmagan
Logotip
Havoning harorat rejimi va o‘simliklarning issiqlikka talabchanligi. Har qanday hududning havo haroratiga to‘liq tavsif berish uchun quyidagi tushunchalar va ular to‘g‘risidagi ma’lumotlarni bilish zarur: O‘rtacha sutkalik, o‘rtacha oylik va o‘rtacha yillik haroratlar. O‘rtacha sutkalik haroratni hisoblashda bir sutkada (8 marta, har 3 soatda) o‘lchangan haroratlar qo‘shilib 8 ga bo‘linadi. O‘rtacha oylik haroratda bir oy davomidagi o‘rtacha sutkalik haroratlar qo‘shilib, har qaysi oydagi kunlar soniga bo‘linadi. O‘rtacha yillik haroratda esa 12 oyning o‘rtacha haroratlari qo‘shilib, 12 ga bo‘linadi. Barcha o‘rtacha haroratlar hududning to‘liq termik tavsifini bera olmaydi. Shuning uchun maksimal, minimal haroratlar va haroratlar amplitudasiga doir ma’lumotlarni bilish kerak. Maksimal va minimal haroratlar o‘rtacha harorat to‘g‘risidagi ma’lumotlarni to‘ldiradi. Masalan, qish faslida kunlik va oylik harorat minimumlarini bilish o‘simliklarning qishlash holatini aniqlash imkonini beradi. Bundan tashqari, bahorgi va kuzgi sovuq urish muddatlarini aniqlashda muhim ahamiyatga ega. Maksimum esa qish va yozdagi issiqlik darajalarini aniqlashga yordam beradi. Amplituda – eng issiq va sovuq haroratlar o‘rtasidagi farqni bildiradi. Sutkalik va yillik amplituda o‘simliklar hayoti uchun muhim ahamiyatga ega. Amplituda ekvatordan qutblarga borgan sayin oshib boradi. Bundan tashqari amplituda kontinentallik darajasini ham bildiradi. O‘zbekiston sharoitida sutkalik amplituda qishda 15–20oC, yozda 25–30oC ni tashkil qiladi. Havo haroratining qishloq xo‘jalik ekinlari uchun ahamiyati. Har qanday o‘simlik o‘z hayoti davomida ma’lum darajadagi harorat yig‘indisini talab qiladi. Shuning bilan bir qatorda, o‘simliklar o‘zining biologik minimum va biologik maksimum haroratlariga ega. Bu harorat oralig‘ida o‘simliklarning optimum harorati yotadi. Masalan, g‘o‘za va sholi uchun biologik minimum 12– 15oC bo‘lsa, bahorgi bug‘doy uchun 3–5oC ni tashkil etadi. Namlik yetishmagan
holda 20oC dan oshiq havo harorati bahorgi bug‘doy gullashiga, hosildorligiga
salbiy ta’sir qiladi. 
O‘simlik kasalliklari va zararkunandalarining ko‘payishi havo harorati va
namligiga bog‘liq. O‘simliklarning issiqlikka bo‘lgan talabiga qarab agrotexnik
tadbirlarni qo‘llash zarur. Qalin ekilgan ekinlarning o‘rtacha balandligi faol yuza
vazifasini o‘taydi va shuning uchun ekinning yerga yaqin qismiga nisbatan eng
baland qismining harorati yuqori bo‘ladi. Havo harorati sovuq bo‘lganda dastlab
uning eng yuqori qismi zararlanadi.
Xulosa  qilib  aytganda,  havo  haroratini  hisobga  olish,  o‘simliklarning
haroratga  bo‘lgan  talabini  aniqlash,  biologik  minimum  va  maksimumlarning
vegetatsiya davrining qaysi muddatlariga to‘g‘ri kelishi haqida ma’lumotga ega
bo‘lish qishloq xo‘jaligidan yuqori hosil olishda muhim ahamiyatga ega.
1.2.
 Havo haroratini o‘lchaydigan termometrlar
Tuproq  haroratini  o‘lchash  mavzusida  termometrlar  haqida  umumiy
tushuncha berilganligi tufayli, bu mavzuda bevosita havo haroratini o‘lchaydigan
termometrlar haqida to‘xtalib o‘tamiz.
Havo  haroratini  o‘lchashda  psixrometrik,  maksimal  va  minimal
termometrlardan foydalaniladi. Haroratni to‘xtovsiz yozib olish uchun termograf
ishlatiladi.
Psixrometrik termometr TM–4. Havo haroratini o‘lchashda, harorat –35oC
gacha  bo‘lgan  holatda  simobli,  undan  past  haroratni  o‘lchashda  spirtli
termometrdan  foydalaniladi.  Bu  termometrlarning  rezervuari  silindrik  bo‘lib,
yuqori  qismiga  metall  qalpoqcha  kiygizilgan.  Spirtli  termometr  psixrometrik
termometr  yoniga  o‘rnatiladi.  Spirtli  termometr  ko‘rsatishi  –200C  dan  past
bo‘lganda, tuzatma kiritish uchun psixrometrik termometr bilan bir vaqtda kuzatish
olib boriladi. Psixrometrik termometrda juft termometr ishlatiladi va bu asbob bir
vaqtning o‘zida havo harorati va namligini o‘lchaydi. Psixrometrik termometrlar
maxsus yasalgan psixrometrik budka ichiga o‘rnatiladi.
Logotip
holda 20oC dan oshiq havo harorati bahorgi bug‘doy gullashiga, hosildorligiga salbiy ta’sir qiladi. O‘simlik kasalliklari va zararkunandalarining ko‘payishi havo harorati va namligiga bog‘liq. O‘simliklarning issiqlikka bo‘lgan talabiga qarab agrotexnik tadbirlarni qo‘llash zarur. Qalin ekilgan ekinlarning o‘rtacha balandligi faol yuza vazifasini o‘taydi va shuning uchun ekinning yerga yaqin qismiga nisbatan eng baland qismining harorati yuqori bo‘ladi. Havo harorati sovuq bo‘lganda dastlab uning eng yuqori qismi zararlanadi. Xulosa qilib aytganda, havo haroratini hisobga olish, o‘simliklarning haroratga bo‘lgan talabini aniqlash, biologik minimum va maksimumlarning vegetatsiya davrining qaysi muddatlariga to‘g‘ri kelishi haqida ma’lumotga ega bo‘lish qishloq xo‘jaligidan yuqori hosil olishda muhim ahamiyatga ega. 1.2. Havo haroratini o‘lchaydigan termometrlar Tuproq haroratini o‘lchash mavzusida termometrlar haqida umumiy tushuncha berilganligi tufayli, bu mavzuda bevosita havo haroratini o‘lchaydigan termometrlar haqida to‘xtalib o‘tamiz. Havo haroratini o‘lchashda psixrometrik, maksimal va minimal termometrlardan foydalaniladi. Haroratni to‘xtovsiz yozib olish uchun termograf ishlatiladi. Psixrometrik termometr TM–4. Havo haroratini o‘lchashda, harorat –35oC gacha bo‘lgan holatda simobli, undan past haroratni o‘lchashda spirtli termometrdan foydalaniladi. Bu termometrlarning rezervuari silindrik bo‘lib, yuqori qismiga metall qalpoqcha kiygizilgan. Spirtli termometr psixrometrik termometr yoniga o‘rnatiladi. Spirtli termometr ko‘rsatishi –200C dan past bo‘lganda, tuzatma kiritish uchun psixrometrik termometr bilan bir vaqtda kuzatish olib boriladi. Psixrometrik termometrda juft termometr ishlatiladi va bu asbob bir vaqtning o‘zida havo harorati va namligini o‘lchaydi. Psixrometrik termometrlar maxsus yasalgan psixrometrik budka ichiga o‘rnatiladi.
Psixrometrik  budkaning  devorlari  yog‘ochdan  yasalgan  va  to‘g‘ri
radiatsiyaning tushishidan himoyalangan (6.2.1–rasm). Budkaning ichi erkin havo
aylanadigan qilib yasalgan. Budka devorlarining bir tomoni ochiladi va eshik
vazifasini  bajaradi.  Budkaning  tomi  yoppasiga  biroz  qiya  qilib  yopilgan.
Budkaning tagiga uchta taxta o‘rnatilgan. O‘rtadagi taxta boshqalariga nisbatan
balandroq o‘rnatilganligi uchun taxtalar o‘rtasidagi bo‘shliqni yopib turadi.
Budkaning ichidagi o‘rta taxtaga termometrlarni o‘rnatish uchun maxsus
moslama mahkamlangan. Moslamaning chap tomoniga esa rezervuari namlangan
termometr o‘rnatiladi. Maksimal va minimal termometrlarning rezervuari sharq
tomonga qaratilib, shtativga mahkamlangan taqasimon moslamaga joylashtiriladi.
Maksimal  termometr  rezervuar  tomonga  qiya  qilib,  minimal  termometr  esa
gorizontal ravishda o‘rnatiladi (6.2.1–rasm).
Termometrlardan hisob olishni tezlik bilan amalga oshirish zarur. Hisobning
aniqlik darajasi 0,1oC ga teng bo‘lishi kerak. O‘lchashda dastlab quruq, keyin
namlangan, so‘ngra minimal spirtli oxirida maksimal, simobli termometrlardan
ko‘rsatkichlar yozib olinadi.
 
6.2.1–rasm. Psixrometrik budka va unga joylashtirilgan termometrlarning
ko‘rinishi.
Logotip
Psixrometrik budkaning devorlari yog‘ochdan yasalgan va to‘g‘ri radiatsiyaning tushishidan himoyalangan (6.2.1–rasm). Budkaning ichi erkin havo aylanadigan qilib yasalgan. Budka devorlarining bir tomoni ochiladi va eshik vazifasini bajaradi. Budkaning tomi yoppasiga biroz qiya qilib yopilgan. Budkaning tagiga uchta taxta o‘rnatilgan. O‘rtadagi taxta boshqalariga nisbatan balandroq o‘rnatilganligi uchun taxtalar o‘rtasidagi bo‘shliqni yopib turadi. Budkaning ichidagi o‘rta taxtaga termometrlarni o‘rnatish uchun maxsus moslama mahkamlangan. Moslamaning chap tomoniga esa rezervuari namlangan termometr o‘rnatiladi. Maksimal va minimal termometrlarning rezervuari sharq tomonga qaratilib, shtativga mahkamlangan taqasimon moslamaga joylashtiriladi. Maksimal termometr rezervuar tomonga qiya qilib, minimal termometr esa gorizontal ravishda o‘rnatiladi (6.2.1–rasm). Termometrlardan hisob olishni tezlik bilan amalga oshirish zarur. Hisobning aniqlik darajasi 0,1oC ga teng bo‘lishi kerak. O‘lchashda dastlab quruq, keyin namlangan, so‘ngra minimal spirtli oxirida maksimal, simobli termometrlardan ko‘rsatkichlar yozib olinadi. 6.2.1–rasm. Psixrometrik budka va unga joylashtirilgan termometrlarning ko‘rinishi.