HAVO NAMLIGI VA UNING QISHLOQ XO‘JALIGIDAGI AHAMIYATI

Time

Yuklangan vaqt

2025-11-08

Downloads

Yuklab olishlar soni

0

Pages

Sahifalar soni

13

File size

Fayl hajmi

974,0 KB


HAVO NAMLIGI VA UNING QISHLOQ XO‘JALIGIDAGI AHAMIYATI
Mashg‘ulotning maqsadi: Havo namligi haqida, havo namligining qishloq
xo‘jaligidagi ahamiyati haqida tushunchaga ega bo‘lish. Stansion va aspiratsion
psixrometr yordamida havo namligini o‘lchashni hamda gigrograf va gigrometr
yordamida havoning nisbiy namligini o‘lchashni o‘rganish.
Topshiriqlar:
1.  Havo  namligi  va  uning  qishloq  xo‘jaligidagi  ahamiyatini  o‘quv
adabiyotlaridan o‘rganish;
2. Havo  namligini  tavsiflovchi  kattaliklar  va  havo  namligini  o‘lchash
usullarini o‘rganish;
3. Stansion va aspiratsion psixrometrning tuzilishi va ishlash prinsipi bilan
tanishish;
4. Gigrograf va gigrometrning tuzilishi va ishlash prinsipi bilan tanishish;
5.  Jadval  (7.2.4)da  berilgan  ma’lumotlar  asosida  havo  namligining
kattaliklarini toping.
Kerakli materiallar va asboblar:  ish daftari, distillangan suv, pipetkali
noksimon rezina shtativ, barometr, psixrometrik jadvallar, aspiratsion psixrometr,
soch  tolali  gigrograf,  gigrografning  toza  lentasi,  sutkalik  va  haftalik
gigrograflarning yozilgan lentalari, gigrograf pero uchun siyoh, gigrometr.
Havo namligi va uning qishloq xo‘jaligidagi ahamiyati
Havo namligi, bu – atmosferadagi suv bug‘ining miqdoridir. Har qanday gaz
singari uning ham elastikligi (bosimi) mavjud. Havo namligining elastikligi bosim
Logotip
HAVO NAMLIGI VA UNING QISHLOQ XO‘JALIGIDAGI AHAMIYATI Mashg‘ulotning maqsadi: Havo namligi haqida, havo namligining qishloq xo‘jaligidagi ahamiyati haqida tushunchaga ega bo‘lish. Stansion va aspiratsion psixrometr yordamida havo namligini o‘lchashni hamda gigrograf va gigrometr yordamida havoning nisbiy namligini o‘lchashni o‘rganish. Topshiriqlar: 1. Havo namligi va uning qishloq xo‘jaligidagi ahamiyatini o‘quv adabiyotlaridan o‘rganish; 2. Havo namligini tavsiflovchi kattaliklar va havo namligini o‘lchash usullarini o‘rganish; 3. Stansion va aspiratsion psixrometrning tuzilishi va ishlash prinsipi bilan tanishish; 4. Gigrograf va gigrometrning tuzilishi va ishlash prinsipi bilan tanishish; 5. Jadval (7.2.4)da berilgan ma’lumotlar asosida havo namligining kattaliklarini toping. Kerakli materiallar va asboblar: ish daftari, distillangan suv, pipetkali noksimon rezina shtativ, barometr, psixrometrik jadvallar, aspiratsion psixrometr, soch tolali gigrograf, gigrografning toza lentasi, sutkalik va haftalik gigrograflarning yozilgan lentalari, gigrograf pero uchun siyoh, gigrometr. Havo namligi va uning qishloq xo‘jaligidagi ahamiyati Havo namligi, bu – atmosferadagi suv bug‘ining miqdoridir. Har qanday gaz singari uning ham elastikligi (bosimi) mavjud. Havo namligining elastikligi bosim
birliklarida o‘lchanadi. Havodagi suv bug‘i elastikligining cheklangan qiymatiga
to‘yingan  bug‘  elastikligi  (E) deyiladi.  Havo  harorati  qancha  yuqori  bo‘lsa,
to‘yingan bug‘ elastikligi shuncha katta bo‘ladi. Masalan, 20oC da 23,4 gPa (17,5
mm) ga, –20 oC esa 1,3 gPa (1 mm) ga teng.
Havo namligi quyidagi kattaliklar bilan xarakterlanadi:
Suv  bug‘ining  elastikligi  e deb,  mazkur  haroratda  mavjud  bo‘lgan  suv
bug‘ining parsial bosimiga aytiladi va gPa birlikda o‘lchanadi.
Absolyut namlik a deb, 1 m3 havodagi mavjud suv bug‘larining og‘irlik
miqdoriga aytiladi va kg/m3 yoki g/sm3 birliklar ifodalanadi.
Nisbiy namlik f deb, mazkur haroratdagi suv bug‘i elastikligi (e) ning shu
haroratdagi  to‘yingan  bug‘  elastikligi  (E)  ga  nisbatiga  aytiladi  va  foiz  bilan
quyidagicha ifodalanadi:
%
(1)
Nisbiy namlik mazkur haroratda bo‘lishi kerak bo‘lgan suv bug‘i miqdorini
bildiradi  va  havo  namligini  tavsiflashda  keng  qo‘llaniladigan  tushuncha
hisoblanadi.
Namlik defitsiti d mazkur haroratdagi to‘yingan suv bug‘i elastikligi (E)
bilan havo tarkibidagi mavjud suv bug‘i elastikligi (e) ning ayirmasiga teng va
quyidagicha ifodalanadi
d=E–e 
(2)
Shudring  nuqtasi  td deb,  havodagi  mavjud  suv  bug‘larining  to‘yinish
holatiga o‘tish haroratiga aytiladi.
Yer yuzasiga yetib keladigan quyosh radiatsiyasining o‘rtacha 23% okean,
daryo va quruqliklardagi suvning bug‘lanishiga sarflanadi.
Logotip
birliklarida o‘lchanadi. Havodagi suv bug‘i elastikligining cheklangan qiymatiga to‘yingan bug‘ elastikligi (E) deyiladi. Havo harorati qancha yuqori bo‘lsa, to‘yingan bug‘ elastikligi shuncha katta bo‘ladi. Masalan, 20oC da 23,4 gPa (17,5 mm) ga, –20 oC esa 1,3 gPa (1 mm) ga teng. Havo namligi quyidagi kattaliklar bilan xarakterlanadi: Suv bug‘ining elastikligi e deb, mazkur haroratda mavjud bo‘lgan suv bug‘ining parsial bosimiga aytiladi va gPa birlikda o‘lchanadi. Absolyut namlik a deb, 1 m3 havodagi mavjud suv bug‘larining og‘irlik miqdoriga aytiladi va kg/m3 yoki g/sm3 birliklar ifodalanadi. Nisbiy namlik f deb, mazkur haroratdagi suv bug‘i elastikligi (e) ning shu haroratdagi to‘yingan bug‘ elastikligi (E) ga nisbatiga aytiladi va foiz bilan quyidagicha ifodalanadi: % (1) Nisbiy namlik mazkur haroratda bo‘lishi kerak bo‘lgan suv bug‘i miqdorini bildiradi va havo namligini tavsiflashda keng qo‘llaniladigan tushuncha hisoblanadi. Namlik defitsiti d mazkur haroratdagi to‘yingan suv bug‘i elastikligi (E) bilan havo tarkibidagi mavjud suv bug‘i elastikligi (e) ning ayirmasiga teng va quyidagicha ifodalanadi d=E–e (2) Shudring nuqtasi td deb, havodagi mavjud suv bug‘larining to‘yinish holatiga o‘tish haroratiga aytiladi. Yer yuzasiga yetib keladigan quyosh radiatsiyasining o‘rtacha 23% okean, daryo va quruqliklardagi suvning bug‘lanishiga sarflanadi.
Havo namligi qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi uchun muhim ahamiyatga
ega.  Havo  namligi  o‘simliklarning  transpiratsiyasiga,  haroratiga,  changlanish
davriga, yig‘im–terim mashinalarining ish unumdorligi va sifatiga bevosita ta’sir
ko‘rsatadi. Bundan tashqari, tuproq namligi bug‘lanish va tuproqning qurishiga
jiddiy  ta’sir  ko‘rsatadi.  Ekinlarning  hosildorligi  havodagi  namlik  miqdoriga
bog‘liqdir. Masalan, O‘zbekistonning lalmikor dehqonchilik hududlarida g‘alla
ekinlarining gullashi va mum pishish davrida havoning nisbiy namligi 30 foizdan
kam bo‘lganida don puch bo‘lib, hosilning kamayishiga olib keladi. Shuningdek,
havo namligining oshishi ekinlarning gullash davrida changdonlarning ochilishiga
va shamol yordamida changlanishiga to‘sqinlik qiladi, o‘simliklarning hasharotlar
yordamida  changlanishini  qiyinlashtiradi.  Begona  o‘tlarga  qarshi  kurash,  don
ekinlarini o‘rish, silos bostirish, omborxonalarni shamollatish, g‘allani quritish va
boshqa  ishlarning  muddati  havoning  namligi  va  haroratiga  bog‘liq.  Nisbiy
namlikning  yuqori  bo‘lishi,  ekinlarda  har  xil  kasalliklarning  rivojlanishiga,
masalan,  kartoshka  va  pomidorning  fitoftora;  uzumning  mildyu  (soxta  un-
shudring),  kungaboqarning  oq  chirishi,  don  ekinlarining  turlicha  zang
kasalliklariga sabab bo‘ladi.
Parnik  va  issiqxonada  ekinlarining  o‘sishi  va  rivojlanishida  ham  havo
namligining roli katta. Havo namligi issiqxonalarda sun’iy boshqarib boriladi.
Issiqxona va parniklarda havoning optimal nisbiy namligi bodring va baqlajon
uchun 70±5%, salat va karam ko‘chatlari uchun 65±5%, pomidor va qalampir
ko‘chatlari  uchun  65±5%  atrofida  bo‘lishi  kerak.  Ularning  ko‘chatlarini
o‘tqazgandan keyin havo namligi yana 20% ga oshiriladi, shundan so‘ng hosil
yig‘ib olinguncha issiqxonada havoning nisbiy namligi bodring va baqlajon uchun
90±5%, salat va karam uchun 80±5%, pomidor va qalampir uchun 60±5% atrofida
saqlanib turiladi.
1.2. Havo namligini o‘lchash usullari
Logotip
Havo namligi qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi uchun muhim ahamiyatga ega. Havo namligi o‘simliklarning transpiratsiyasiga, haroratiga, changlanish davriga, yig‘im–terim mashinalarining ish unumdorligi va sifatiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Bundan tashqari, tuproq namligi bug‘lanish va tuproqning qurishiga jiddiy ta’sir ko‘rsatadi. Ekinlarning hosildorligi havodagi namlik miqdoriga bog‘liqdir. Masalan, O‘zbekistonning lalmikor dehqonchilik hududlarida g‘alla ekinlarining gullashi va mum pishish davrida havoning nisbiy namligi 30 foizdan kam bo‘lganida don puch bo‘lib, hosilning kamayishiga olib keladi. Shuningdek, havo namligining oshishi ekinlarning gullash davrida changdonlarning ochilishiga va shamol yordamida changlanishiga to‘sqinlik qiladi, o‘simliklarning hasharotlar yordamida changlanishini qiyinlashtiradi. Begona o‘tlarga qarshi kurash, don ekinlarini o‘rish, silos bostirish, omborxonalarni shamollatish, g‘allani quritish va boshqa ishlarning muddati havoning namligi va haroratiga bog‘liq. Nisbiy namlikning yuqori bo‘lishi, ekinlarda har xil kasalliklarning rivojlanishiga, masalan, kartoshka va pomidorning fitoftora; uzumning mildyu (soxta un- shudring), kungaboqarning oq chirishi, don ekinlarining turlicha zang kasalliklariga sabab bo‘ladi. Parnik va issiqxonada ekinlarining o‘sishi va rivojlanishida ham havo namligining roli katta. Havo namligi issiqxonalarda sun’iy boshqarib boriladi. Issiqxona va parniklarda havoning optimal nisbiy namligi bodring va baqlajon uchun 70±5%, salat va karam ko‘chatlari uchun 65±5%, pomidor va qalampir ko‘chatlari uchun 65±5% atrofida bo‘lishi kerak. Ularning ko‘chatlarini o‘tqazgandan keyin havo namligi yana 20% ga oshiriladi, shundan so‘ng hosil yig‘ib olinguncha issiqxonada havoning nisbiy namligi bodring va baqlajon uchun 90±5%, salat va karam uchun 80±5%, pomidor va qalampir uchun 60±5% atrofida saqlanib turiladi. 1.2. Havo namligini o‘lchash usullari
Hozirgi vaqtda havo namligini o‘lchash uchun  psixrometrik va sorbsion
usullar qo‘llaniladi. 
Meteorologik  stansiyalarda  havo  namligini  o‘lchashda  stansion  va
aspiratsion  psixrometrlardan  foydalaniladi.  Bu  usulning  nomlanishi  grekcha
“psixros”–  sovutish  so‘zidan  olingan  bo‘lib,  termometrni  sovitish  (namlash)
prinsipiga asosan ishlaydi.
 
1.2.1. Stansion psixrometr
Stansion psixrometr ikkita bir xil termometrdan iborat bo‘lib, chap tarafdagi
“quruq” termometr atrofdagi havo haroratini ko‘rsatadi, o‘ng tomondagisi esa
“nam” (ho‘l) termometr, uning rezervuari namlangan batist bilan o‘raladi, batist
og‘zi yopilgan, distillangan suv solingan stakanchaga botirib qo‘yiladi (7.2.1.1–
rasm). 
7.2.1.1–rasm. Stansion psixrometrdagi stakancha va batistning ko‘rinishi
Namlangan termometr rezervuari sirtida bo‘ladigan bug‘lanish intensivligi
atrofdagi  havoning  namligiga  bog‘liq.  Havo  qanchalik  quruq  bo‘lsa,  nam
termometr  rezervuari  atrofidagi  bug‘lanish  shunchalik  jadal  boradi  va  uning
ko‘rsatishi  quruq  termometr  ko‘rsatkichidan  past  bo‘ladi.  Demak,  quruq  va
Logotip
Hozirgi vaqtda havo namligini o‘lchash uchun psixrometrik va sorbsion usullar qo‘llaniladi. Meteorologik stansiyalarda havo namligini o‘lchashda stansion va aspiratsion psixrometrlardan foydalaniladi. Bu usulning nomlanishi grekcha “psixros”– sovutish so‘zidan olingan bo‘lib, termometrni sovitish (namlash) prinsipiga asosan ishlaydi. 1.2.1. Stansion psixrometr Stansion psixrometr ikkita bir xil termometrdan iborat bo‘lib, chap tarafdagi “quruq” termometr atrofdagi havo haroratini ko‘rsatadi, o‘ng tomondagisi esa “nam” (ho‘l) termometr, uning rezervuari namlangan batist bilan o‘raladi, batist og‘zi yopilgan, distillangan suv solingan stakanchaga botirib qo‘yiladi (7.2.1.1– rasm). 7.2.1.1–rasm. Stansion psixrometrdagi stakancha va batistning ko‘rinishi Namlangan termometr rezervuari sirtida bo‘ladigan bug‘lanish intensivligi atrofdagi havoning namligiga bog‘liq. Havo qanchalik quruq bo‘lsa, nam termometr rezervuari atrofidagi bug‘lanish shunchalik jadal boradi va uning ko‘rsatishi quruq termometr ko‘rsatkichidan past bo‘ladi. Demak, quruq va
namlangan  termometrlar  ko‘rsatkichlarining  farqi  havo  namligini  tavsiflaydi.
Stansion psixrometrdan hisob olishda, batistning to‘liq namlanganligiga e’tibor
berish kerak. Batist 15 minutda suvni 7–8 sm ga ko‘tara oladigan, stakancha doimo
suv bilan to‘ldirilgan bo‘lishi kerak. Batistni toza saqlash va uni 1 oyda kamida 2
marta almashtirish kerak.
Sovuq havoda, suv muzlashi kutilayotgan vaqtlarda batist termometrdan
0,2–0,3 sm pastdan kesiladi va stakanchadagi suv to‘kib tashlanadi. Termometr
rezervuariga  o‘ralgan  batist  suv  bilan  ho‘llanganda,  suv  bug‘ining  haqiqiy
elastikligi e quyidagi psixrometrik ifoda yordamida hisoblanadi:
e=E–A(t–t1)p,
(3)
bunda,  E – bug‘lanayotgan sirt haroratida suv bug‘ining maksimal  elastikligi
(ho‘llangan  termometr  ko‘rsatishiga  qarab  aniqlanadi);  A –  psixrometr
koeffitsienti,  u  psixrometr  konstruksiyasiga  va  psixrometrning  qabul  qiluvchi
qismi yaqinidagi havoning harakat tezligiga bog‘liq; p – atmosfera bosimi;  t  –
quruq termometr ko‘rsatkichi; t1 – ho‘llangan (nam) termometr ko‘rsatkichi.
7.2.2. Aspiratsion psixrometrning tuzilishi va ishlash prinsipi
Ekspeditsiya  sharoitida  va  dala  ekinlari  maydonida  havo  namligini
aniqlashda  aspiratsion  psixrometrdan  keng  foydalaniladi.  Bu  psixrometrning
ishlash  prinsipi  stansion  psixrometrning  ishlash  prinsipidan  farq  qilmaydi.
Aspiratsion psixrometr ikkita psixrometrik termometrlardan 1,2 iborat bo‘lib, ular
metall g‘ilofga yonma–yon qilib joylashtiriladi (7.2.2.1–rasm). 
Logotip
namlangan termometrlar ko‘rsatkichlarining farqi havo namligini tavsiflaydi. Stansion psixrometrdan hisob olishda, batistning to‘liq namlanganligiga e’tibor berish kerak. Batist 15 minutda suvni 7–8 sm ga ko‘tara oladigan, stakancha doimo suv bilan to‘ldirilgan bo‘lishi kerak. Batistni toza saqlash va uni 1 oyda kamida 2 marta almashtirish kerak. Sovuq havoda, suv muzlashi kutilayotgan vaqtlarda batist termometrdan 0,2–0,3 sm pastdan kesiladi va stakanchadagi suv to‘kib tashlanadi. Termometr rezervuariga o‘ralgan batist suv bilan ho‘llanganda, suv bug‘ining haqiqiy elastikligi e quyidagi psixrometrik ifoda yordamida hisoblanadi: e=E–A(t–t1)p, (3) bunda, E – bug‘lanayotgan sirt haroratida suv bug‘ining maksimal elastikligi (ho‘llangan termometr ko‘rsatishiga qarab aniqlanadi); A – psixrometr koeffitsienti, u psixrometr konstruksiyasiga va psixrometrning qabul qiluvchi qismi yaqinidagi havoning harakat tezligiga bog‘liq; p – atmosfera bosimi; t – quruq termometr ko‘rsatkichi; t1 – ho‘llangan (nam) termometr ko‘rsatkichi. 7.2.2. Aspiratsion psixrometrning tuzilishi va ishlash prinsipi Ekspeditsiya sharoitida va dala ekinlari maydonida havo namligini aniqlashda aspiratsion psixrometrdan keng foydalaniladi. Bu psixrometrning ishlash prinsipi stansion psixrometrning ishlash prinsipidan farq qilmaydi. Aspiratsion psixrometr ikkita psixrometrik termometrlardan 1,2 iborat bo‘lib, ular metall g‘ilofga yonma–yon qilib joylashtiriladi (7.2.2.1–rasm).
7.2.2.1–rasm. Aspiratsion psixrometrning tuzilishi:
1–2-quruq va ho‘llangan termometrlar; 3–trubka; 4–yon tomonlaridagi himoya; 5
va 6–trubkalar; 7–aspirator; 8–kalit; 9–noksimon rezin balon; 10 va 11–
termometrlar rezervuari; 12–shamoldan saqlagich; 13–tirqish.
Termometrlar  rezervuarlari  silindrik  shaklda  va  shkalasidagi  har  bir
bo‘limning  qiymati  0,2oC  ga  teng.  Bu  psixrometrda  termometrlarning  qabul
qiluvchi qismlari aspirator 7 yordamida 2 m/sek tezlikda sun’iy ventilyasiya hosil
qilinadi. Aspirator ikki qavat qilib tayyorlangan trubkalar 3; 5 orqali tashqi havoni
so‘radi va bu trubkalar ichiga termometrlarning rezervuarlari 10, 11 joylashtirilgan
bo‘ladi.  Trubkaning  ustki  qismi  aspirator  bilan  tutashtirilgan.  Aspiratorning
prujinali mexanizmi kalit bilan buralib ishga tushiriladi. Bu turdagi psixrometrda
termometrlardan birining (o‘ng tomondagi) rezervuariga namlangan batist o‘rab
qo‘yiladi. Quyosh nurini yaxshi qaytarish uchun asbobning metall qismi nikel
qatlami bilan qoplangan. Kuchli shamol vaqtlarida aspiratorga maxsus shamoldan
himoya qilgich 12 moslama o‘rnatiladi. Shu sababli psixrometr quyosh nurlaridan
qo‘shimcha himoya qilinmaydi va ular ochiq havoda o‘rnatiladi.
Logotip
7.2.2.1–rasm. Aspiratsion psixrometrning tuzilishi: 1–2-quruq va ho‘llangan termometrlar; 3–trubka; 4–yon tomonlaridagi himoya; 5 va 6–trubkalar; 7–aspirator; 8–kalit; 9–noksimon rezin balon; 10 va 11– termometrlar rezervuari; 12–shamoldan saqlagich; 13–tirqish. Termometrlar rezervuarlari silindrik shaklda va shkalasidagi har bir bo‘limning qiymati 0,2oC ga teng. Bu psixrometrda termometrlarning qabul qiluvchi qismlari aspirator 7 yordamida 2 m/sek tezlikda sun’iy ventilyasiya hosil qilinadi. Aspirator ikki qavat qilib tayyorlangan trubkalar 3; 5 orqali tashqi havoni so‘radi va bu trubkalar ichiga termometrlarning rezervuarlari 10, 11 joylashtirilgan bo‘ladi. Trubkaning ustki qismi aspirator bilan tutashtirilgan. Aspiratorning prujinali mexanizmi kalit bilan buralib ishga tushiriladi. Bu turdagi psixrometrda termometrlardan birining (o‘ng tomondagi) rezervuariga namlangan batist o‘rab qo‘yiladi. Quyosh nurini yaxshi qaytarish uchun asbobning metall qismi nikel qatlami bilan qoplangan. Kuchli shamol vaqtlarida aspiratorga maxsus shamoldan himoya qilgich 12 moslama o‘rnatiladi. Shu sababli psixrometr quyosh nurlaridan qo‘shimcha himoya qilinmaydi va ular ochiq havoda o‘rnatiladi.
Qishda psixrometrda kuzatishni boshlashdan 30 min oldin, yozda 15  min
oldin  tashqariga  olib  chiqish  kerak.  Rezervuarga  o‘ralgan  batistni  pipetkali
noksimon rezina ballon 9 bilan qishda kuzatish muddatidan 30 min, yozda esa 4
min oldin ho‘llash kerak. Batistni ho‘llagach, aspirator kalit bilan buraladi va u
hisob vaqtida to‘la ravishda ishlashi uchun qishda hisobni boshlashdan 4 min oldin
ikkinchi marta buraladi.
Aspiratsion psixrometr bilan kuzatishlar quyidagi tartibda olib boriladi:
– psixrometr shtativga o‘rnatiladi;
– noksimon rezina balon suv bilan to‘ldiriladi. Noksimon ballonni siqish
bilan suv shisha pipetkadagi belgigacha ko‘tariladi va noksimon ballon bo‘g‘ini
qisqich bilan qisib qo‘yiladi;
– pipetka psixrometrning himoya trubkasiga kiritiladi va 3–5  sek ushlab
turib, termometr rezervuariga o‘ralgan batist ho‘llanadi. Pipetkani trubkadan olmay
turib, qisqich bo‘shatiladi va ortiqcha suv yana noksimon ballon yig‘iladi. Shundan
so‘nggina pipetka trubkadan chiqarib olinadi;
–  ventilyator  prujinasi  kalit  bilan  oxirigacha  buraladi  va  vaqti  belgilab
qo‘yiladi; 
– 4 minut o‘tgandan so‘ng quruq va ho‘l termometrlar ko‘rsatkichlari 0,1oC
aniqlik bilan hisoblanadi;
– barometrdan havo bosimi hisoblanadi;
– barometr bo‘yicha hisobga tuzatma kiritiladi (barometrga oid laboratoriya
ishiga qarang);
– quruq va ho‘l termometrlarning ko‘rsatkichlari, bosim qiymati bo‘yicha
havo  namligini  tavsiflaydigan  kattaliklar  psixrometrik  jadvaldan  foydalanib
hisoblanadi hamda e ga tuzatma aniqlanadi. Kuzatish natijalari quyidagi 7.2.2.1–
jadvalga yozib boriladi.
7.2.2.1–jadval
Aspiratsion psixrometr yordamida havo namligi elementlarini aniqlash
jadvali
Logotip
Qishda psixrometrda kuzatishni boshlashdan 30 min oldin, yozda 15 min oldin tashqariga olib chiqish kerak. Rezervuarga o‘ralgan batistni pipetkali noksimon rezina ballon 9 bilan qishda kuzatish muddatidan 30 min, yozda esa 4 min oldin ho‘llash kerak. Batistni ho‘llagach, aspirator kalit bilan buraladi va u hisob vaqtida to‘la ravishda ishlashi uchun qishda hisobni boshlashdan 4 min oldin ikkinchi marta buraladi. Aspiratsion psixrometr bilan kuzatishlar quyidagi tartibda olib boriladi: – psixrometr shtativga o‘rnatiladi; – noksimon rezina balon suv bilan to‘ldiriladi. Noksimon ballonni siqish bilan suv shisha pipetkadagi belgigacha ko‘tariladi va noksimon ballon bo‘g‘ini qisqich bilan qisib qo‘yiladi; – pipetka psixrometrning himoya trubkasiga kiritiladi va 3–5 sek ushlab turib, termometr rezervuariga o‘ralgan batist ho‘llanadi. Pipetkani trubkadan olmay turib, qisqich bo‘shatiladi va ortiqcha suv yana noksimon ballon yig‘iladi. Shundan so‘nggina pipetka trubkadan chiqarib olinadi; – ventilyator prujinasi kalit bilan oxirigacha buraladi va vaqti belgilab qo‘yiladi; – 4 minut o‘tgandan so‘ng quruq va ho‘l termometrlar ko‘rsatkichlari 0,1oC aniqlik bilan hisoblanadi; – barometrdan havo bosimi hisoblanadi; – barometr bo‘yicha hisobga tuzatma kiritiladi (barometrga oid laboratoriya ishiga qarang); – quruq va ho‘l termometrlarning ko‘rsatkichlari, bosim qiymati bo‘yicha havo namligini tavsiflaydigan kattaliklar psixrometrik jadvaldan foydalanib hisoblanadi hamda e ga tuzatma aniqlanadi. Kuzatish natijalari quyidagi 7.2.2.1– jadvalga yozib boriladi. 7.2.2.1–jadval Aspiratsion psixrometr yordamida havo namligi elementlarini aniqlash jadvali
muddati_____________ kuzatish vaqti_____________
O‘lchashlar
tartibi
Atmosfera
bosimi
Aspiratsion
psixrometr
Namlik tavsifi
td
e
f
d
E
t
t1
7.2.3. Gigrometr
Asbob havo harorati –10oC dan past bo‘lganda, havoning nisbiy namligini
o‘lchash uchun ishlatiladi (7.2.3.1–rasm). Namlikni qabul qiluvchi qismi odamning
yog‘dan tozalangan soch tolasi 1 dan iborat bo‘lib bir tomoni metall ramaga 2,
ikkinchi tomoni esa namlikni ko‘rsatuvchi strelka 3 ning pastki qismiga ulangan
bo‘ladi.
Strelkaning pastki qismiga sochni tarang tortib turish uchun metall yuk
(og‘irlik) o‘rnatilgan bo‘lib, nisbiy namlik oshganda, yuk bosgan sayin soch tolasi
uzaya boradi va bunga bog‘liq holda nisbiy namlikni ko‘rsatuvchi shkala 4 ham
bo‘ylab strelka harakat qiladi. Shkalaning bo‘limlari noldan yuzgacha bo‘lib, har
bir bo‘lim 1% nisbiy namlikni bildiradi. Shkalaning boshlanish qismida chiziqlar
orasidagi masofa uzoq, 100 foizga yaqinlashgan sayin qisqarib boradi. Gigrometr
psixrometrik budka ichidagi quruq va nam termometrlar o‘rtasiga joylashtiriladi.
Gigrometrni  ishchi  holatga  keltirishdan  oldin  uning  ko‘rsatkichini  psixrometr
ko‘rsatkichiga teng qilib olinadi. Nisbiy namlikni 1% aniqlikkacha o‘lchash lozim.
Logotip
muddati_____________ kuzatish vaqti_____________ O‘lchashlar tartibi Atmosfera bosimi Aspiratsion psixrometr Namlik tavsifi td e f d E t t1 7.2.3. Gigrometr Asbob havo harorati –10oC dan past bo‘lganda, havoning nisbiy namligini o‘lchash uchun ishlatiladi (7.2.3.1–rasm). Namlikni qabul qiluvchi qismi odamning yog‘dan tozalangan soch tolasi 1 dan iborat bo‘lib bir tomoni metall ramaga 2, ikkinchi tomoni esa namlikni ko‘rsatuvchi strelka 3 ning pastki qismiga ulangan bo‘ladi. Strelkaning pastki qismiga sochni tarang tortib turish uchun metall yuk (og‘irlik) o‘rnatilgan bo‘lib, nisbiy namlik oshganda, yuk bosgan sayin soch tolasi uzaya boradi va bunga bog‘liq holda nisbiy namlikni ko‘rsatuvchi shkala 4 ham bo‘ylab strelka harakat qiladi. Shkalaning bo‘limlari noldan yuzgacha bo‘lib, har bir bo‘lim 1% nisbiy namlikni bildiradi. Shkalaning boshlanish qismida chiziqlar orasidagi masofa uzoq, 100 foizga yaqinlashgan sayin qisqarib boradi. Gigrometr psixrometrik budka ichidagi quruq va nam termometrlar o‘rtasiga joylashtiriladi. Gigrometrni ishchi holatga keltirishdan oldin uning ko‘rsatkichini psixrometr ko‘rsatkichiga teng qilib olinadi. Nisbiy namlikni 1% aniqlikkacha o‘lchash lozim.
  
7.2.3.1–rasm. Gigrometrning tuzilishi: 1–soch tolasi; 2–rama; 3–strelka; 4–shkala.
Asbobning to‘g‘ri ishlayotganligini aniqlash uchun strelkasini chapga tomon
tortib, yana qo‘yib yuboramiz. Shundan keyin u yana o‘z joyiga kelsa, asbob
to‘g‘ri ishlayotganligidan dalolat beradi.
Gigrometr  nisbiy  asbob  bo‘lib,  uning  ko‘rsatkichi  grafik  yordamida
psixrometr ko‘rsatkichiga moslanadi.
7.2.4. Gigrografning tuzilishi
Havoning nisbiy namligi o‘zgarishlarini uzluksiz yozib boradigan asbobga
gigrograf deyiladi.
Gigrograf ikki xil: soch tolali va plyonkali bo‘ladi. Birinchi xil gigrografning
sezgir elementi odam soch tolasi bo‘lsa, ikkinchi xiliniki esa organik plyonkalardir.
Sochli  gigrografning  qabul  qiluvchi  qismi  odamning  yog‘sizlantirilgan  soch
tolasidan 1 iborat bo‘lib, uning ikkala uchi ham ramaga mahkamlangan (7.2.4.1–
rasm).
Logotip
7.2.3.1–rasm. Gigrometrning tuzilishi: 1–soch tolasi; 2–rama; 3–strelka; 4–shkala. Asbobning to‘g‘ri ishlayotganligini aniqlash uchun strelkasini chapga tomon tortib, yana qo‘yib yuboramiz. Shundan keyin u yana o‘z joyiga kelsa, asbob to‘g‘ri ishlayotganligidan dalolat beradi. Gigrometr nisbiy asbob bo‘lib, uning ko‘rsatkichi grafik yordamida psixrometr ko‘rsatkichiga moslanadi. 7.2.4. Gigrografning tuzilishi Havoning nisbiy namligi o‘zgarishlarini uzluksiz yozib boradigan asbobga gigrograf deyiladi. Gigrograf ikki xil: soch tolali va plyonkali bo‘ladi. Birinchi xil gigrografning sezgir elementi odam soch tolasi bo‘lsa, ikkinchi xiliniki esa organik plyonkalardir. Sochli gigrografning qabul qiluvchi qismi odamning yog‘sizlantirilgan soch tolasidan 1 iborat bo‘lib, uning ikkala uchi ham ramaga mahkamlangan (7.2.4.1– rasm).