Havo - tomchi yuqumli kasallik qo‘zg‘atuvchilari. (bo’g’ma, ko’kyo’tal)
Yuklangan vaqt
2024-12-16
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
15
Faytl hajmi
42,1 KB
Havo - tomchi yuqumli kasallik qo‘zg‘atuvchilari. (bo’g’ma, ko’kyo’tal)
Ma’ruza rejasi:
1.Bo‘g‘ma qo‘zg‘atuvchisi, ko‘k yo‘tal qo‘zg‘atuvchilarining umumiy
tavsifi va tasnifi.
- tuzilishi, tinktorial xususiyati va kimyoviy tarkibi
- kultural xossalari va o‘stirilishi
- antigen xususiyati
- zahar xosil qilishi
- chidamliligi
- odam va hayvonlar uchun patogenligi
- laboratoriya diagnostikasi, davolash va oldini olish
Asosiy va tayanch iboralar: xavo tomchi infeksiya, bo‘g‘ma, ko‘kyo‘tal,
pnevmokokk, meningokokk.
Difteriya o‘tkir yuqumli kasallik bo‘lib, organizmning umumiy zaxarlanishi,
burun-xalqum va kekirdak shillik qavatlarining yallig‘lanishi, ularda fibrin
tolalaridan iborat parda hosil bo‘lishi bilan xarakterlanadi.
Difteriya qadimdan ma’lum bo‘lib, bu kasallik haqida Gippokrat va Gomer
asarlarida dastlabki ma’lumotlarni uchratish mumkin. Bu kasallikni eramizning
birinchi asrida Aretrey bayon qilgan. Avvaliga difteriya har-xil nomlar bilan, ya’ni
xalqum o‘lim yaralari, Misr yeki Assuriya kasalligi, bo‘g‘ma va boshqa shunga
o‘xshash nomlar bilan atalib kelingan.
Difteriya dastlab Osiyo qit’asida paydo bo‘lgan, keyinchalik esa Yevropa va
boshqa qit’alarga tarqalgan degan fikrlar ham bor. XIX asr boshlarida fransuz olimi
Bretonnoau (Bretenno) tomonidan kasallikning klinik shakllari va anatomik
o‘zgarishlarini o‘rganib, bu kasallikni difteriya deb nomlashni taklif etgan,
grekchadan diftera parda degani. XIX asr oxirlarida esa Trusso (bu fransuz olimi)
difterit anatomik terminini difteriya so‘ziga almashtirishni taklif etgan va shundan
buyon bu kasallik difteriya kasalligi deb ataladi.
Difteriya kasalligi tarixini 3 ta da davrga bo‘lib o‘rganish mumkin bo‘lib, bu
davrlar chegaralarida difteriya kasalligiga ta’lluqli muhim qashfiyotlar sodir bo‘lgan.
Birinchi davr, qadimgi vaqtlardan boshlab to 1800 yilgacha bo‘lgan davrni o‘z
ichiga olib, bu davrda difteriya kasalligi bir necha millionlab kishilar yostig‘ini
quritgan.
Ikkinchi davr esa difteriya kasalligi qo‘zg‘atuvchisini 1883 yilda Klebs (Klebs)
tomonidan kashf qilingani va 1884 yilda esa Leffler tomonidan sof kulturasini ajratib
olgani, bulardan keyin esa Germaniyalik Be’ring (Bering), fransiyalik Roux,
Rossiyalik Ya. Yu. Bardaxlar tomonidan difteriyaga qarshi zardob olinganligi bilan
boshlanib, bu kashfiyotlar qisman bo‘lsada bolalarni difteriyadan xalok bo‘lishiga
ta’sir qildi. Lekin kasallik xamon davom etar va axoli urtasida kasallanish, o‘lim
yuqori edi. Ikkinchi davr 1923 yilgacha davom etdi, bu yili esa Ramon difteriyaga
qarshi anatoksin bilan immunizatsiya o‘tkazishni taklif etdi.
Uchinchi davr esa xozirgi yashab turgan davrimizni o‘z ichiga olib, bu davrda
kasallikka qarshi axoli o‘rtasida aktiv immunizatsiya olib borish natijasida kator
mamlakatlarda kasallanishni pasayishi kam uchratish va uchramay turishi holatlari
kuzatilmokda.
Difteriya kasalligini o‘rganishda K. A. Rauxfuz, V. I. Molchanov, A. I.
Skvorsov, P. F. Zdrodovskiy, S. N. Rozanov, S. D. Nosov, M. Ye. Suxarev, M. G.
Danilevich va boshqa olimlar katta xissa qo‘shdilar.
Difteriya (Corunebacteriae) korinebakteriyalar guruhiga mansub bo‘lib,bu
guruhga difteriyadan tashqari difteroidlar (nopatogen difteroidlar), soxta difteriya
bakteriyalari (Goffman tayoqchasi) kiradi.
Morfologiyasi. Corynebacteriumdiphteriae uzunasiga 1-8 mkm, eniga 0,3-0,8
mkm kattalikdagi polimorf ingichka kichkina mikroororganizm bo‘lib, ikkala uchida
qalinlashmasi bor bo‘lgan harakatsiz, spora, kapsula hosil qilmaydigan grammusbat
tayokcha. Ba’zan ingichka tayoqchalar bir oz egilgan, uchlari dumaloqlashgan
bo‘lib, to‘g‘nog‘ichga o‘xshab ketadi, shuning uchun ham bu bakteriyalarni
«korinebakteriyalar» deyiladi (coryne- tugnogich demakdir).
Difteriya bakteriyasining eng xarakterli belgisi bu uning protoplazmasida
volyutin donachasi borligi bo‘lib, bu donachalar bakteriyaning ikki uchida (ba’zan
o‘rtasida) joylashadi va ularni Babesh Ernst donachalari yoki metaxromatik
donachalari ham deb ataladi. Volyutin donachalarini aniqlashda Neyser usulidan
foydalaniladi, bunda bakteriya tanasi sariq rangga, valyutin donachalari esa to‘q ko‘k
rangda bo‘lib ko‘rinadi.
O‘stirish. Difteriya qo‘zg‘atuvchisi aerob yoki fakultativ anaerob hisoblanib
optimal o‘sish harorati 370S, rN 7,6-7,8 (chegaraviy o‘sish nuqtalari 15 va 40 S).
Kasallik qo‘zg‘atuvchisi tarkibida oqsil ushlagan oziq muhitlar qonli agar, zardobli
agar, ayniqsa qandli bulonda yaxshi o‘sadi. RU va Leffler oziq muhitlarida
yaltiroqqavariqshagren teriga (burishgan teriga) o‘xshash koloniyalar hosil qilib
o‘sadi. Marten bulonida esa parda hosil qilib o‘sishi kuzatiladi. Xozirgi vaqtda
laboratoriyalarda difteriya kasallik qo‘zg‘atuvchisini o‘stirish va ajratib olishda
Tinsdal, Klauberg, Buchin oziq muhitlaridan foydalanilmoqda. Kaliy tellurit
qo‘shilgan zardobli oziq muhitda (Klauberg oziq muhiti) Corynebacterium
diphteriae ekilib tekshirilsa, unda kultural va biologik xususiyatlari bir-biriga
o‘xshamagan 3 ta biovarlari farqlanadi: Cravis, mitis, intermidius. Gravis biovari
telluritli agarda bo‘rtib chiqqan yassi dumaloq chetlari g‘adir-budir (R- shaklli) kul
rang, qora rangli yirik koloniyalar xosil qilib o‘sadi. Kraxmal, glikogen, dekstrinni
parchalab bulonda donador cho‘kma va parda hosil qilib, ko‘pincha yuqori toksinli,
yetarli invazion hossalariga ega hisoblanadi. Cravis- ekzotoksin ishlab chiqaradi, bu
esa odamlarda og‘ir formali difteriya kasalligini keltirib chiqaradi.
Mitis biovari telluritli agarda mayda qavariq yaltiroq chetlari silliq (S-shaklli)
qora rangli koloniyalar xosil qilib o‘sadi. Kraxal, dekstrin, glikogenni
parchalamaydi. Bulonda esa duffuz loyqalanish xosil qilib o‘sadi. Mitis biovari
gravis biovariga nisbatan kam zaharli va invazivli hisoblanib, odamlarda yengil
o‘tadigan difteriya kasalligini keltirib chiqaradi.
Intermidius-oraliq holatda bo‘lib, ularni koloniyalari R-Sshakllarda bo‘lib,
qora rangli bo‘ladi. Kraxmal, glikogenni parchalamaydi, bulonda esa donador
cho‘kma va xiralik xosil qilib o‘sadi.
Fermentativ xususiyati. Corynebacterium diphteriae ni uchala biovari ham sutni
ivitmaydi, indol ajratmaydi, mochevinani parchalamaydi, nitratlarni nitratlargacha
qaytarib, ayniqsa kaliy telluritli sulfid telluritgacha qaytaradi, shuning uchun ham
difteriya koloniyalari telluritli agarda kulrang yoki qora rangda bo‘ladi. Glyukoza,
maltoza va galaktozani kislotagacha parchalaydi.
Zahar xosil qilishi. Corynebacterium diphteriae ekzotoksin ishlab chiqarish
hujayra tarkibidagi “tox+” genlarga bog‘liq bo‘lib, zahar ishlab chiqarish vazifasini
avtonom plazmidlar boshqarishi mumkin. Difteriya zahari oqsil tabiatli bo‘lib, A va
B fraksiyalaridan iborat. A fraksiyasi zaharlilik vazifasi bilan bog‘liq bo‘lsa, B
fraksiyasi esa organizmdagi sezuvchi hujayralarga zaharni bog‘lash vazifasini
bajaradi. Natijada difteriya zahari yurak muskullarini, buyrak usti bezlarini va
perefirik nerv sistemasini tanlab shikastlaydi. Difteriya zahari termolabil bo‘lib, 600S
haroratda, oftob nuri va har xil dezinfeksiyalovchi dori moddalari ta’sirida oson
parchalanib ketadi. Zaharga 0,3-0,4% li formalin qo‘shilib 38-400S li haroratda 3-4
hafta davomida saqlansa unda bu zahar zaharsiz holatga anatoksinga aylanib, qoladi,
lekin zaharga o‘xshagan antigenlik xususiyatini saqlab qoladi. Shuning uchun ham
immunogenlik xossalarini saqlab qolishini hisobga olib, bu modda bilan odamlarni
immunlash ishlari olib boriladi.
Antigen tuzilishi. Gravis mitis biovarlari ajratib chiqargan zaharlar bir-
birisidan farq qilmasdan standart difteriya antitoksini ta’sirida neytrallanadi.
Difteriya qo‘zg‘atuvchisi barcha biovarlari uchun umumiy haroratga sezgir bo‘lgan
yuza oqsil tabiatli K-AG i va ularni bir-biridan farqlaydigan tipospesifik haroratga
chidamli polisaxaridli O-AG ini tutadi. Xozir korinebakteriyalarni 19 fagotipi bor
bo‘lib, bular yordamida kasallik manbasini aniqlashda, ajratib olingan kulturalarni
identifikatsiya qilishda keng qo‘llanilmoqda.
Chidamliligi. Corynebacterium diphteriae tashqi muhit omillari ta’sirida ancha
chidamli hisoblanib, ivitilgan zardobda 1 yilgacha, xona haroratlarida 2 oygacha,
bolalar o‘yinchoqlarida bir necha kun tirik holatda saqlanishi mumkin.
Korinebakteriyalar difteriya bilan kasallangan bolalar plenkalarida, agarda bu
plenkalarga quyosh tushmasa uzoq muddatgacha saqlanib qolishi mumkin. 600S
haroratda 10 daqiqadan so‘ng, 3-5% barcha dezinfeksiyalovchi dori mahsulotlari
ta’sirida
20-30
daqiqadan
so‘ng
halokatga
uchraydi.
Bundan
tashqari
corynebacterium dif teriae quritilgan holatda o‘yinchoq, idishlar, kiyim-kechaklarda
bir necha kun, sut va boshqa oziq-ovqat mahsulotlarida 10-15 kun tirik holatda
saqlanishi mumkin.
Hayvonlar uchun patogenligi. Tabiiy sharoitda corynebacterium difteriae
otlar, itlar, mollar bemor odamlardan yoki bakteriya tashuvchilaridan kasallanishlari
mumkinligi aniqlangan. Lekin kasallangan uy hayvonlari odamlar uchun kasallik
manbai
sifatida
hech
qanday
rol
o‘ynamaydi.
Laboratoriya
sharoitida
Corynebacterium diphteriae ga dengiz cho‘chqasi, quyonlar sezgir bo‘lib kultura
yoki toksinni dengiz cho‘chqasi teri ostiga yuborganda toksikoinfeksiya manzarasi
namoyon bo‘ladi. In’eksiya qilingan joyda yallig‘lanish boshlanib, nekrozga
uchraydi. Hayvon yorib ko‘rilganda ichki organlar giperemiyasi, buyrak usti
bezlarini kattalashib giperemiyaga uchragani, qorin bo‘shlig‘i, yurak xaltasida seroz
va seroz gemorragik eksudat to‘plaganligi aniqlanadi.
Odamlarda kasallik patogenezi. Difteriya bilan kasallanganlar va bakteriya
tashuvchilar infeksiya manbai hisoblanadi. Kasallik asosan havo-tomchi yo‘li bilan,
qisman chang orqali va bakteriya tashuvchilar yuqumli qilgan uy ro‘zg‘or buyumlari,
oziq-ovqat mahsulotlari (sut, turli sovuq taomlar) orqali tarqalishi mumkin.
Infeksiyaning kirish darvozasi bo‘lib tomoq, burun, yuqori nafas yo‘llarining shilliq
qavati hisoblanadi. Kamdan kam xollarda kasallik qo‘zg‘atuvchisi ko‘zning shilliq
pardasi, tashqi jinsiy organlar va shikastlangan teri orqali kirishi mumkin. Kasallik
qo‘zg‘atuvchi mikrob xalqum, tomoq, burun, kekirdak shilliq qavatlariga tushgach,
u yerda ko‘paya boshlaydi va o‘zidan zaharli modda ekzotoksin ishlab chiqara
boshlaydi. Natijada mahalliy o‘zgarishlar shilliq qavatlar nekrozi va fibrinoz
pardalar xosil bo‘lishi, uning ostki to‘qimalar bilan mahkam jipslashganligi bilan
namoyon bo‘ladi. Yallig‘lanishning tabiatan fibrinoz xarakterda bo‘lishi difteriya
toksinining mahalliy tomirlarni falajlab, qon oqimini sekinlashib qoladigan darajada
kengaytirib yuborishi va tomirlar devori o‘tkazuvchanligini kuchaytirishga olib
kelib, oqibatda ekssudat paydo bo‘ladi. Ekssudat tarkibida 1-omil ya’ni fibrinogen
bo‘lib, u epiteliy nekrozga uchraganda ajralib chiqadigan II omil ya’ni to‘qima
trombokinazasi ta’siri ostida tezgina iviydi va difteriya uchun xarakterli bo‘lgan
fibrinoz ekssudat xosil bo‘ladi. Shu tariqa tarqalib borishga moyil bo‘ladigan
fibrinoz parda yuzaga keladi. Yallig‘langan shilliq qavat ustida xosil bo‘lgan fibrinoz
parda sarg‘ish yoki kul rangda bo‘lib, u fibrin, leykotsit, sidirilib tushgan epiteliy va
difteriya bakteriyalaridan tashkil topadi. Ko‘p qavatli epiteliy bilan qoplangan og‘iz
bo‘shlig‘i, xalqum shilliq qavatlarida jarayon avj olganda nekroz faqat epiteliy
qomplamlarini o‘zidagina bo‘lmay balki uning ostidagi qo‘shuvchi to‘qimada ham
o‘ladi. Xosil bo‘lgan fibrinoz parda ostki to‘qimalarda mahkam yopishib turganligi
uchun uni paxta tampon yoki shpatel bilan ko‘chirilganda, bodomcha bezlari usti
biroz qonaydi. Shilliq qavati bir qavatli silindrik epiteliydan tashkil topgan traxeya
va bronxlarda ko‘pincha epiteliy qavati nekrozga uchraydi. Xosil bo‘lgan fibrinoz
parda tegishli to‘qimaga yaxshi birikmaganligi tufayli osonlik bilan ko‘chadi
(krupoz yallig‘lanish).
Mahalliy o‘zgarishlar ro‘y berib turgani ustiga difteriya tayoqchasi qonga
surilib, organizmni umuman zaharlanishiga sabab bo‘lib, bu yerda yurak muskuli,
buyrak usti bezi, nerv hujayralarini tanlab shikastlantiradi. Kasallikni yashirin davri
2-10 kun davom etadi. Patologik jarayonlarning joylashish joyiga qarab quyidagi
klinik formalari: xalqum, xiqildoq, burun difteriyasi, kamdan-kam xollarda ko‘z,
quloq, tashqi jinsiy organlar, teri difteriyalari farqlanadi. Xozirgi paytda difteriya
bilan kasallanish xollarining 95-97% ni tomoq difteriyasi tashkil qilib, u lokal (bir
yerda joylashgan), tarqoq, subtoksik 1, 2, 3- darajalari, toksik va gipertoksik turlariga
bo‘linadi.
Immunitet. Difteriya kasalligi bilan kasallanib o‘tganlarda turg‘un immunitet
xosil bo‘ladi, lekin kasallanish takrorlanishi mumkin. Turg‘un immunitet xosil
bo‘lishi qonda antitoksin to‘plami bilan bog‘liq.
6 oylikgacha bo‘lgan bolalarda difteriya bilan kasallanish kam uchraydi, chunki
bu bolalarga ona qornida yo‘ldosh orqali antitoksin o‘tgan bo‘ladi. Bolalarda
difteriya kasalligiga qarshi immunitet bor yo‘qligini Shik reaksiyasi yordamida
aniqlanar edi. Buning uchun toksinni fiziologik eritmada suyultiriladi va
suyultirilgan eritmani 0,2 ml da 1/40 DLM toksin bo‘lishi shart. 0,2 ml hajimga
to‘g‘ri keladigan eritma bilakning ichki yuzasini teri ichiga yuboriladi va agarda
qonda antitoksin bo‘lmasa, suyuqlik yuborilgan joy 2-3 kundan keyin qizarib, 2 sm
gacha boradigan diametrda shishib chiqadi. Xozirgi kunda esa Shik reaksiyasi
o‘rniga bolalardan qon olib, maxsus usul yordamida ularda difteriyaga qarshi
immunitet bor yo‘qligi tekshirilmoqda.
Laboratoriya diagnostikasi. Tekshirish uchun tomoq, burun, teri, ko‘z va
qinlardan shilliq modda olinadi. Yuqorida nomlari tilga olingan ashyo‘larni
tekshirishda bakterioskopik, bakteriologik va biologik usullardan foydalaniladi.
Metodikasi. Toksin ishlab chiqarish chiqarmasligini aniqlash uchun Marten
bulonidagi 1,5% li agar, 20% li normal ot zardobi sistin eritmasidan iborat maxsus
muhit tayyorlanadi. Steril Petri kasachalaridagi muhit qotgandan keyin 1 mlda 500
AB konsentratsiyagacha suyultirilgan antitoksin difteriya zardobiga botirilgan
xo‘llangan filtr qog‘ozi qo‘yiladi. Tekshirilayotgan kultura muhitning ikkala
tamoniga 2-3 tadan pilakcha xolda qilib ekib chiqiladi, ular orasiga esa nazorat
toksigen shtammalar ekiladi. Ekmalar 370S da kelasi kungacha termostatda
saqlanadi. Agar sinash uchun ekilgan kultura toksigen bo‘lsa, uning toksini oziq
muhitga suzib o‘tib, filtr qog‘ozidagi antitoksinga duch kelgan joyda neytrallanib,
oziq muhitda oq chiziqchalar mo‘ylovchalar ko‘rinishida presipitat xosil bo‘ladi.
Agar toksigenlik xususiyati yo‘q shtammalar bo‘lsa, bunda unday xususiyat
ko‘rilmaydi, lekin ularning toksinidan boshqa antigenlar borligi sababli ularda ham
48-72 soatdan keyin kechikibroq preipitatsiya chiziqlari toksinning neytralanishidan
xosil bo‘lishi mumkin. Toksinli shtammlarni presipitatsiya chiziqlari toksinni
neytrallanishidan xosil bo‘lganligi uchun spesifik hisoblanib, bu oziq muhitda
spesifik presipitatsiya chiziqlari xosil bo‘ldi deymiz. Toksinsiz shtammlarning xosil
qilgan presipitatsiya chiziqlari esa toksinni neytrallanishidan emas, balki mikrobni
boshqa antigenlarining zardobi ta’siri ostida xosil bo‘lgan presipitatsiya chiziqlarini
nospesifik presipitatsiya chiziqlari xosil bo‘ldi deymiz.
Sinash uchun ekilgan difteriya kulturasi haqiqatdan toksigen shtamm bo‘lsa
presipitatsiya chizig‘i nazorat uchun ekilgan toksigenli shtammning presipitatsiya
chizig‘iga yetib unga ulanadi, yoki yetib kela boshlaydi. Toksigensiz shtammlarning
presipitatsiya chizig‘i nazorat shtammning chizig‘idan keyinda uzoqda va 72 soatdan
keyin paydo bo‘lishi mumkin.
Pizu muhitiga qilingan ukol yo‘lidagi qora o‘zak atrofida jigar rang g‘ubor
paydo bo‘lsa, bunda tekshiriluvchi materialda difteriya qo‘zg‘atuvchisi borligidan
dalolat beradi.
Korinobakteriya difteriya ni toksigenlik xususiyatini biologik usul yordamida
ham aniqlash mumkin. Buning uchun 2 ta dengiz cho‘chqasi olinib ularni birisiga
bir kun oldin 500-1000 AE difteriyaga qarshi qo‘llaniladigan antitoksinli zardob
in’eksiya qilinadi. Ikkinchi cho‘chqaga esa antitoksinli zardob qilinmasdan kasallik
topilgan kultura teri ostiga yoki teri ichiga 0,2 ml kiritiladi. Shu bir vaqtni ichida
antitoksinli zardob yuborilgan dengiz cho‘chqasi teri osti yoki ichiga 0,2 ml
miqdorida difteriya kulturasi yuboriladi. 2-10 kundan keyin antitoksinli zardob
yuborilmay faqat difteriya kulturasi yuborilgan dengiz cho‘chqasi halok bo‘ladi.
Ikkinchi antitoksinli zardob va difteriya kulturasi yuborilgan dengiz cho‘chqasi esa
tirik qoladi, chunki antitoksinli zardob mikrob toksininin neytrallab bu hayvonni tirik
qolishiga sababchi bo‘ladi.
Davolash va oldini olish. Difteriyaga qarshi antitoksik zardobni ertaroq
yuborish davolashning asosiy organizmni yot oqsilga bo‘lgan sezuvchanligini
tekshirib ko‘rishshart va buning uchun teri ichiga qilinuvchi sinama o‘tkaziladi.
Yuboriladigan zardob miqdori kasallikning klinik formasi, og‘irligi, kasallik
boshlangandan so‘ng o‘tgan vaqtga qarab belgilanadi. Xalqum difteriyasining lokal
formasida zardobning bir martalik dozasi 10. 000-30. 000 XB, yoyilgan formasida
50. 000-120. 000 XB dan iborat. 8-12 soatdan keyin qayta yuboriladi. Bundan
tashqari penitsillin, tetratsiklin, eritromitsin, sulfanilamid preparatlar tavsiya etiladi.
Krup bo‘lgan bemorlarni operatsiya qilib intubatsiya va traxeostomiya, ya’ni ularni
toraygan xiqildoq bo‘shlig‘iga naycha qo‘yiladi.
Difteriya kasalligini oldini olishda bolalar va kattalarni immunizatsiya qilish
juda katta ahamiyatga egadir. Buning uchun quyidagi vaksinalar qo‘llaniladi.
1)Adsorblangan difteriya anatoksini (AD).
2)Adsorblangan ko‘kyo‘tal, difteriya, qoqshol vaksinasi (AKDS).
3)Adsorblangan difteriya, qoqshol anatoksin (ADS-M).
Epidemik meningit, ko‘kyo‘tal qo‘zg‘atuvchilariga ta’rif.
Meningokokk infeksiyasi o‘tkir yuqumli kasallik bo‘lib, klinik ko‘rinishlari
har xilligi; simptomsiz o‘tadigan bakteriya tashuvchilik hodisasi va yengilgina
nazofaringitdan to eng og‘ir formadagi meningit, meningoensefalit va yashin
tezligida
o‘tadigan
meningokoksemiyagacha
boradigan
bo‘lishi
bilan
xarakterlanadi.
Tarixiy ma’lumotlarga nazar tashlasak meningokokk infeksiyasi qadim
zamonlardan beri ma’lum infeksiya hisoblanadi. 1805 yilda Jenevada meningokokk
infeksiyasi bilan kasallanishlar, ya’ni epidemiya kuzatiladi. O‘sha paytda bu
kasallikni klinikasi o‘rganilib matbuotda e’lon qilindi. XX asr davomida Ovrupada
bir necha marotaba meningit epidemiyasi kuzatildi. 1865 yilda Krim,Kavkaz va
Rossiyaning boshqa guberniyalarida ham meningit epidemiyasi qayd qilindi. 1930-
40 yillarda sobiq ittifoqda meningit epidemiyasi bir necha marotaba kuzatilib turildi.
Shundan keyin 25 yil davomida meningit kasalligi sporadik holatda uchrab turdi.
1967- yildan boshlab meningit bilan kasallanish xollari yana ko‘paya boshladi,
bolalar jamoalarida epidemiyalar qayd qilina boshladi. Jahon sog‘liqni saqlash
tashkilotining ma’lumotiga ko‘ra, xozirgi vaqtda bu kasallik yer yuzini deyarli
hamma mamlakatlarida uchrab turibdi va bu tashkilotning tavsiyanomasiga binoan
meningokokk infeksiyasining hamma klinik formalari ro‘yxatga olinib borilmoqda.
Epidemik meningit kasalligi qo‘zg‘atuvchisi Neisseria meningitidis bo‘lib, 1887
yilda Vekselbaum tomonidan kasallik qo‘zg‘atuvchisini tasvirlab berildi va meningit
kasallangan bemorlarni serebrospinal suyuqligidan sof kulturasini ajratib olishga
muvaffaq bo‘lgan. Meningokokk Neisseraceae oilasiga va Neisseraceae avlodiga
mansub mikroorganizm hisoblanadi.
Morfologiyasi. Meningokokklar tashqi ko‘rinishidan dumaloq yoki oval,
dukkaksimon shaklda bo‘lib, uzun o‘qi bo‘ylab botiq tomonlari bilan bir-biriga
birikkan diplokokk hisoblanadi. Bular loviya kofe doniga o‘xshash ko‘rinishni
eslatadi. Meningokokklar ko‘pincha leykotsitlar ichida qo‘shaloq bo‘lib ko‘rinadi.
Bu mikroorganizmlar gram usulida grammanfiy bo‘yalib, anilin bo‘yoqlari bilan
yaxshi bo‘yaladi. Spora kapsuda xosil qilmaydi, xivchinlari yo‘q. Yangi
tayyorlangan oziq muhitlarda va odam organizmida noziq kapsula xosil qilishi
mumkin. Meningokokklar o‘zlarini ko‘rinishlarini o‘zgartirishlari va gram usulida
bo‘yalishi bo‘yicha grammanfiy diplokokklar orasida grammsubat hujayralar ham
aniqlanishi mumkin.
O‘stirish. Meningokokk aerob yoki fakultativ anaerob hisoblanib, oddiy oziq
muhitlarda o‘smaydi. Uni o‘stirish uchun tarkibida tibiiy oqsil (zardob, qon, assit
suyuqligi, tuxum oqi) qo‘shilgan oziq muhitlardan foydalaniladi. Mikroorganizm
uchun optimal o‘sish harorati 370S rN 7,0-7,4 bo‘lib, 250S dan past haroratda
o‘sishdan to‘xtaydi. Zardobli agarda meningokokk koloniyalari mayda diametri 0,5-
1 mm nozik sal qavariq, yarim teshik o‘tuvchan yorug‘likda ko‘kimtir, chetlari tekis
5 shaklli silliq koloniyalar xosil kilib usadi. Eski kulturalarda esa chetlari gadir-budir
Z ko‘rinishli koloniyalar xosil qilib o‘sishi mumkin. Zardobli bulonda cho‘kmaga
tushib, parda xosil qilishi, loyqalanishi kuzatiladi.
Fermentativ xususiyati. Biokimyoviy jihatdan olganda mikroorganizm
ungalik aktiv bo‘lmasdan faqat glyukoza bilan maltozani parchalab, kislota xosil
qiladi. Indol va vodorod sulfid xosil qilmaydi, jelatinni suyultirmaydi.
Zahar xosil qilishi. Meningokokklar ekzotoksin ishlab chiqarmaydi, ular faqat
parchalanganda lipopolisaxarid tabiatli issiqlikka chidamli kuchini endotoksin
ajratib chiqaradi. Endotoksinni dengiz cho‘chqasi venasi orqali yoki qorin
bo‘shlig‘iga yuborilganda, bu hayvon 24-48 soatdan keyin halok bo‘ladi.
Antigen tuzilishi. Meningokokklardan uchta antigen fraksiyasi ajratib olingan:
1)barcha meningokokklar (gonokokk 3 tipdagi pnevmokokklar uchun) uchun
umumiy bo‘lgan uglevodli S-substansiya.
2)barcha tipdagi meningokokklar uchun umumiy turga xos proteinli R-substansiya.
3)Polisaxaridlar yoki polisaxarid polipeptidlaridan iborat tipga spesifik antigenlar.
AG tuzilishi bo‘yicha meningokokklar bir qancha A, B, S, D, X, U, N
seroguruhlarga bo‘linadi. Sobiq Ittifoqda kasallikni A va B tiplari bilan kasallanish
kuzatilgan. Kasallikni epidemik ko‘payishi A tipi bilan bog‘liq bo‘lib, B,S tiplari esa
sporadik kasallanish hodisalarini kelitirb chiqaradi.
Chidamliligi. Tashqi muhit faktorlariga meningokokk kasallik qo‘zg‘atuvchisi
chidamsiz hisoblanib, quritilganda tezda 600S da 10 daqiqadan so‘ng 800S haroratda
qizdirilganda 2 daqiqadan so‘ng halok bo‘ladi. Sovitishga ham chidamsiz
hisoblanadi. Shuning uchun ham tekshirish uchun olingan ashyoni laboratoriyaga
jo‘natishda uni sovishdan va qurib qolishdan asrab tezda yetkazishshart.
Dezinfeksiyalovchi dori moddalardan 1% fenol, xloramin, karbol kislotasi va 0,1%
sulema ta’sirida bir necha minut ichida halok bo‘ladi.
Hayvonlar uchun patogenligi. Tabiiy sharoitda hayvonlar meningokokk
infeksiyasi bilan kasallanishmaydi. Eksperemental sharoitda maymun, quyonlar,
dengiz cho‘chqasi va sichqonlar organizmiga kasallik qo‘zg‘atuvchisi har xil yo‘llar
orqali kirgizib sun’iy ravishda kasallik chaqirish mumkin.
Odamlarda kasallik patogenezi. Meningokokk infeksiyasida kasallik manbai
bo‘lib, bemor odam yoki bakteriya tashuvchilar hisoblanadi. Kasallik sog‘lom