Havo-tomchi yuqumli kasallik qo‘zg‘atuvchilari (Sil, moxov) Sil va moxov qo‘zg‘atuvchilariga ta’rif
Yuklangan vaqt
2024-12-16
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
12
Faytl hajmi
35,6 KB
Havo-tomchi yuqumli kasallik qo‘zg‘atuvchilari (Sil, moxov)
Sil va moxov qo‘zg‘atuvchilariga ta’rif.
Ma’ruza rejasi:
І. Sil va moxov qo‘zg‘atuvchisi
- tuzilishi, tinktorial xususiyati va kimyoviy tarkibi.
- kultural xossalari va o‘stirilishi.
- odam va hayvonlar uchun patogenligi.
- laboratoriya diognostikasi, davolash va oldini olish.
Odam sili qo‘zg‘atuvchisini 1982 yilda R. Kox aniqlangan, keyinchalik
kasallikning kelib chiqishi va kasallikdan so‘ng shakllanadigan immunitetni
o‘rgangan.
Morfologiyasi. Sil mikobakteriyalari to‘qimalari ingichka, xiyo‘l egilgan
tayoqchalar shaklida bo‘lib, 0,4 x 3,0 mkm kattalikda bo‘ladi. Ba’zan ularning
oxirlarida kichik shishlar bo‘lib harakatsiz, spora va kapsulalar xosil qilmaydi, ko‘p
shaklidir. Sun’iy oziq muhitlarda ipsimon va sharsimon ko‘rinishlarda ham
uchraydi. Mikobakteriyalarni na gammusbat, na grammanfiy mikroorganizmlar
safiga kiritib bo‘ladi. Asosiy bo‘yoqlar bilan bo‘yalganda, ularni xatto yod bilan
ishlov berilganda ham, spirt rangsizlantirmaydi. Haqiqiy sil mikrobakteriyalari
«kislotaga chidamliligi» bilan ajralib turadi: 3% li NCl kislotasi tutgan 95% li etil
spirti (nordon spirt) mikrobakteriyalardan tashqari hamma bakteriyalarni
rangsizlantiradi. Kislotaga chidamlilik xususiyati hujayra devorining murakkab
tuzilganligiga bog‘liqdir.
Juda ingichka kesmalarda hujayra yuzasida mikrokapsulalar ko‘rinadi.
Mikrokapsula va hujayra devori orasida osmiofob zonasi joylashgan. Uch qavatli
sitoplazmatik membrana hujayra devoriga yopishib turadi. Sitoplazma ichida
vakuolala va valyutin donachalariga o‘xshash tuzilmalar ko‘rinadi: sitoplazmatik
membrananing tuzilishi xilma xildir.
Mikobakteriyalar ko‘p miqdorda lipidlar saqlaydi (hujayra vaznining 40%).
Ulardan katta miqdorda murakkab lipidlar, yog‘ kislotalari (ftion va mikolat) va
parafinlar ajralib olinadi. Hujayra ichida lipidlar, proteinlar va polisaxaridlar bilan
kuchli bog‘lanish xosil qiladi, chunonchi shunday bog‘lanishlarning ba’zilari ajratib
olingan. Bakteriyalarning kislota chidamliligi lipidlarga bog‘liq bo‘ladi, chunki sil
mikobakteriyalari efir yordamida yog‘sizlantirilganda ularning bu xususiyati
yo‘qolib ketadi.
Sil mikobakteriyalarining har bir tipi ko‘p miqdorda polisaxaridlar bilan, bir
qancha proteinlar saqlaydi. Proteinlar tuberkulyozga qarshi reaksiyani chaqiradi,
shu bilan birga har xil turdagi antitelolarni xosil bo‘lishini ta’minlaydi.
Sil mikobakteriyalari – obligat aeroblar bo‘lib, optimal harorati 370S, o‘sish
chegaralari 24-420S, muhit reaksiyasi neytratlidir (rN 6,4-7,0) lekin o‘sish rNi 6,0-
8,0 bo‘lganida ham kuzgatiladi. Sil mikobakteriyalari vitaminlarning (biotin, nikotin
kislotasi, riboflavin va boshqalar) ma’lum miqdorda muxtoj bo‘ladi. Glitserinli
agarda (2-3%) 8-10 kundan keyin o‘sish namoyon bo‘ladi, 2-3 haftadan keyin muhit
yuzasida och sariq ranglii quruq parda xosil bo‘ladi. Sil mikobakteriyalari
Petrovning tuxumli muhitda (muhit tarkibida tuxum sarig‘i, go‘sht ekstrakti, agar,
glitserin va binafsharang gensian kiradi) tez (6-8 kunda) va soz o‘sadi.
Sil mikobakteriyalari oddiy uglevodli xosil alarning oksidlanishidan energiya
olishadi. SO2 ning yuqori konsentratsiyasi mikobakteriyalar o‘sishini kuchaytiradi.
Odam va qoramol tipidagi sil mikobakteriyalari qattiq oziq muhitlarda
ingichka, chetlari notekis, yuzasi gadir-budur, oziq muhitdan bo‘rtib turuvchi
koloniyalar xosil qiladi (-ko‘rinishidagi koloniyalar). Suyak oziq muhitlarda (Soton
muhiti,
Shkolnikova
muhiti,
qonli agar)
burama
xivchinlar
shaklidagi
mikrokoloniyalar shaklida o‘sadi. Boshqa mikobakteriyalar asosan silliq, yaltiroq,
nam – formali koloniyalar xosil qilib o‘sadi.
Sil mikobakteriyalarning koloniyalari tipik bo‘lgan – ko‘rinishdan, atipik –
ko‘rinishga o‘tadi. Eski muhitlarda ba’zi shtammlar sariq pigment ishlab chiqaradi.
Glitserin (4-5%) go‘sht peptonli bulonda 10-15 kundan so‘ng sil
mikobakteriyalari ingichka, nozik parda xosil qiladi, vaqt o‘tishi bilan bu parda
qalinlashadi, sinuvchan bo‘lib qoladi, sariq rang tusga kiradi, bulon tiniqligicha
qoladi.
Fermentativ xususiyati. Sil mikobakteriyalarida ishqorli va kislotali
muhitlarda oqsilli parchalovchi proteolitik fermentlar aniqlangan, ular glitserinni,
alkogolni, ko‘plab uglevodlarni, litsetinni, fosfatidlarni, mochevinani fermentlash
xususiyatiga ega, shu bilan bir qatorda zaytun moyi (olivokovoe), kanakunjut
(kastorovoez) moylarni parchalaydi.
Toksin xosil qilish xususiyati. Sil mikobakteriyalari ekzatoksin xosil
qilmaydi. Ular hujayraning yemirilishi natijasida ajralib chiqadigan endotokinlar
saqlaydilar. Mikobakteriyalari ekzatoksin qilimaydi. Ular hujayraning yemirilishi
natijasida ajralib chiqadigan endokinlar saqlaydilar. Mikobakteriyalarning toksinlari
albuminlardan va nukleoproteidlardan tuzilgan. Virulentlik sil mikobakteriyalardan,
quyonlarda o‘ziga xos o‘zgarishlar sodir qilishga qodir bo‘lgan fosfaridlar ajratib
olingan. Ayniqsa ftion kislotasi o‘zining aktivligi bilan ajralib turadi. Viruentlik
mikobakteiyalar viruentlik bo‘lmagan mikobakteriyalardan tarkibida ko‘p miqdorda
polisaxaridlar xosil alari saqlash bilan farq qiladi. Petroley efirlari yordamida
viruentlik bakteriyalardan «kord-faktor» («tregaloza –6,6 - dimikolat») ajratib
olingan. U leykotsitlar harakatini so‘ndiradi, surunkali tugunchalar xosil qiladi va
qo‘zg‘atuvchi tushgan organizm hujayralarining mitoxondriyasini yemiradi, shu
bilan birga nafas olish jarayonini va fosforlanishini buzadi.
Sil va atipik mikobakteriyalar orasidagi farq, ularning odamlar va laboratoriya
hayvonlariga nisbatan viruentlik namoyon bo‘ladi.
«antipik»
Dengiz
cho‘chqalari
Quyonlar
Qoramollar
Uy parrandalari
+++
+
-
-
+++
+++
+++
+++
-
+++
-
++
-
+
++
«-» dan «+» gacha
-
?
?
«-» dan «+++» gacha
Odamlar
-
Antigen tuzilishi. Serologik belgilari bo‘yicha mikobakteriyalarning odam turi
normal va sichqon turidan farq qilmaydi. Mikobakteriyalar antigenlari kichik
titrlarda aglyutinlar, opsonimlar, presipinlar va komplement bog‘lovchi antigenlar
ishlab chiqarishlariga sabab bo‘ladi. Yuqori molekulali tuberkulin to‘laqonli antigen
hisoblanadi.
Chidamliligi. Sil mikobakteriyalari fizikaviy va kimyoviy omillarga o‘ta
chidamli bo‘ladi, ya’ni issiqqa, sovuqqa, namlikka, yorug‘likka. Tabiy sharoitlarda
quyosh nurining ta’siri bo‘lmagan joylarda ular bir necha oy davomida o‘z hayot
faoliyati saqlab qoladi. Ko‘cha changida mikobakteriyalar o‘n kungacha saqlanib
qoladi. Kitob sahifalarida ular tirik holatda 3 oygacha qolishadi, quyosh to‘g‘ri
tushmaydigan soya joylarda faqat 1-1,5 oydan keyingina xalok bo‘ladi. Suvda
mikobakteriyalar uzoq vaqtgacha (150 kun davomida) saqlanib qolishadi,
mikobakteriyalar bir necha oy davomida ko‘milgan murdalarda saqlanib qolib,
chirish jarayonida o‘z faoliyatini yo‘qotmaydi.
Laboratoriya sharoitida mikobakteriyalar qayta ekishsiz oziq muhitda bir necha
oygacha saqlanib qoladi.
Ular liofilizatsiya qilinib, vakuum ostida muzlatib qo‘yilganda hayot faoliyati
30 yilgacha saqlab qoladi.
Mikobakteriyalar boshqa bakteriyalarga nisbatan kimyoviy moddalarga
chidamliroq bo‘ladi, bu ular hujayra yuzasining gidrofobligiga va «tigiz» o‘sishiga
bog‘liq. Boshqa bakteriyalarga nisbatan bakterioplastik ta’sir qiluvchi bo‘yoqlar
yoki mikroblarga qarshi dori modalar (masalan, pinsilin) oziq muhitlarga
aralashtirilganda sil mikobakteriyalarning o‘sishiga ta’sir etmaydi: ularning bir
qismi tekshiriladigan materialni boshqa mikrooorganizmlarda tozalash uchun
ishlatiladigan kislota va ishqorlarda ham tirik qoladi.
Quyosh nuri tushib turgan mikobakteriya kulturasi 1,5 soat davomida xalok
bo‘ladi. Ultrabinafsha nurlar mikobakteiyalarni 2-3 daqiqa davomida o‘ldiradi.
Balg‘am qaynatilganda 5 daqiqa davomida, quritilganda faqatgina 45 daqiqadan
so‘ng xalok bo‘ladi. Sil mikobakteriyasiga odatiy dezinfeksiyalovchi moddalar kam
ta’sirlidir. Bog‘lanmagan aktiv xlor (3-5% xloramin eritmasi 2,5 soat davomida, 1-
2% xloramin eritmalari, 10-20% xlorli oxak 5 soat davomida va xakozo) ajratib
chiqaruvchi moddalarning qo‘llanilishigina sil bilan og‘rigan bemorlarning
bog‘lamini ishonchli dezinfeksiya qilishga imkon beradi.
Hayvonlar uchun patogenligi. Sil – qoramollar,parrandalar orasida keng
tarqalgan yuqumli kasallik, lekin cho‘chqalar, kichik tuyoqli mollar kasallanadi.
Sil mikobakteriyalarning odam turiga katta va kichik qoramollar juda chidamli
bo‘ladi, lekin dengiz cho‘chqalari o‘z sezgirlari bilan ajralib turadi, ularga
qo‘zg‘atuvchi yuqtirilganda ubutun organizmga tarqalib, hayvonlarni o‘limga sabab
bo‘ladi, quyonlarga yuqtirilganda surunkali sil kasalligi kuzatiladi.
Sil mikobakteriyalarning qoramol turi ko‘pgina uy hayvonlari va yovvoyi
hayvonlar uchun yuqumli hisoblanadi. Quyonlar va dengiz cho‘chqalariga o‘tkir sil
bilan og‘riydi. Ko‘pgina qoramollar chiqaradigan parasil (surunkali, maxsus,
gipertrofik entenit) bilan og‘riydi.
Sil mikobakteriyalarning qushlar turi tovuqlar, kurkalar, kapalaklar,
qirg‘ovullar va suvda suzuvchi qushlarda kasallik chaqiradi. Tabiiy sharoitda silning
qushlar turi uy hayvonlari, ba’zi bir holatlarda odamlarga ham yuqishi mumkin.
Sil mikobakteniyalarning sichqon turi dala sichqonlari uchun juda patogen
hisoblanadi. Tajrib hayvonlari – quyonlar va dengiz cho‘chqalariga sun’iy
yuqtirilganda surunkali sil kasalligi rivojlanadi.
Odam uchun patogenligi. Sil kasalligining asosiy manbai bo‘lib bemorlar
(90-95% xollarda) hisoblanadi, ikkinchi o‘rinda hayvonlar (qoramollar turadi). Eng
katta epidemiologik xavf o‘pka sili bilan og‘rib, o‘pka tuqimasi yemirilib
ketayotgan,
sil
mikobakteriyalarini
tarqalayotgan
bemorlar
tomonidandir.
O‘pkasiga kovagi bor. O‘pka sili bilan og‘rigan bemor 4 dan 7 martagacha
mikroblarni balg‘am bilan chiqaradi.
Sil havo-tomchi va havo-chang yo‘llari bilan, ba’zan og‘iz orqali (sil
mikobakteriyalari bilan ifloslangan oziq-muhit mahsulotlari iste’mol qilinganda)
yuqadi; bu kasallik plasenta orqali ham o‘tish mumkin.
Sil o‘choqlarning xosil bo‘lishi va ko‘payishi, ularning yo‘qolib ketishi va
rivojlanishi quyidagi omillar bilan aniqlanadi:
sil mikobakteriyalarning miqdori va keyinchalik ko‘payishi;
mikroorganizmlarning o‘ta sezuvchanligi va chidamliligi.
Aerogen yuqishda birlamchi yuqumli o‘choq o‘pkada, og‘iz orqali yuqishda
mezentral limfa tugunlarida rivojlanadi. Organizmning himoya vositalari
kuchsizlanganda va noqulay mehnat va hayot sharoitlarda qo‘zg‘atuvchi birlamchi
tushgan joyidan limfatik yo‘llar va qon tomirlari orqali boshqa organlarga, bronxlar
va ovqat hazm qilish sistemasi orqali butun organizmga tarqaladi.
Sil kasalligida yashirin davr davomida bo‘lib, bir necha haftadan, bir necha
yilgacha bo‘ladi. Yaxshi hayot sharoitida silning birlamchi jarayoni kazeos
o‘choqlarining surilib ketishi va chandiqlanishi bilan tugaydi, bu o‘choq kalsiy
tuzlari bilan qoplanib, qalin biriktiruvchi to‘qima bilan o‘raladi, lekin qo‘zg‘atuvchi
organizmida qolib ketadi. 80% ga yaqin odamlar mikobakteriyalarini yuqtirishadi,
ammo sil kasalligi bilan og‘rimaydi.
Sil mikobakteriyalari birlamchi yuqumli o‘choqdan limfatik tomirlar orqali
regional limfatik tugunlarda, u yerda ko‘krak oqimiga o‘tib, qon tomirlariga tushadi.
Qon orqali organizmning barcha organlariga tarqaladi (milliar tarqalishi). Ular qon
tomirlariga kazeoz yemirilishiga uchragan sil tugunlari yoki limfatik tugunlar
yemirlash vena devorlari orqali ham tushadi. Agar kazeoz o‘choqning tarkibidagilari
bronxlarga tushsa, surilib o‘pkaning boshqa bo‘limlariga tarqaladi, agar yutilsa
oshkozon va ichakka tushadi. Agar mikobakteriyalari to‘qimalarga kirib olsa, ular
monotsitlar, retinkuloendotelial hujayralar va ulkan hujayralar ichida joylashishadi.
Hujayra ichida yashashsharoiti mikobakteriyalarni ximiyaviy dori-dormonlar
ta’siridan saqlab, ularning hayot faoliyatini saqlab qoladi.
Ba’zi xollarda emlangan odamlarda birlamchi sil kasalligi og‘ir o‘tadi va ko‘p
xollarda o‘lim bilan tugaydi.
Ikkilamchi sil kasalligini odatda birlamchi o‘choqda o‘z hayot faoliyatini
saqlab qolgan sil mikobakteriyalari chaqiradi (endogen reinfeksiya), kamdan kam
xollarda esa kasallikni tashqi muhitdan tushgan bakteriyalar qo‘zg‘atadi (ekzogen
reinfeksiya).
Ikkilamchi sil kkasalligi to‘qimalarda surunkali kasallik o‘choqlari sil
do‘mboqchalari, kazeoz yemirilishi va fibiriozlarning borligi bilan ta’riflanadi.
Regional limfatik tugunlar kazeoz yemirilishiga uchramaydi. Ikkilamchi zararlanish
odatda o‘pkaning yuqori qismida boshlanadi. Patologik o‘zgarishlar ro‘y berib, bu
o‘zgarishlar klinik belgilar sifatida yuzaga chiqmasa, bunday jarayon sil
kasalligining yashirin infeksiyasi deb aytiladi. Yashirin infeksiya faqatgina
birlamchi sil kasallligining natijasi bo‘libgina qolmay, balki mikroorganizmlarning
kuchli chidamliligi oqibatida rivojlanmay qolgan patologik jarayonning natijasi
hamdir.
Shunday qilib, sil kasalligi organizmning umumiy surunkali kasalligi bo‘lib,
umumiy zaharlanish holatini namoyon qiluvchi, hamma organlarni zararlantirib,
organizm faoliyatining o‘zgarishiga olib keluvchi kasallikdir.
Immunitet. Agar mikroorganizm sil mikobakteriyalari chaqirgan kasallikdan
xalok bo‘lmasa,undan organizmdan ma’lum me’yorda chidamlilik rivojlanadi, sil
mikrobakteriyalarning ko‘payishi to‘xtalishini to‘xtatish, xatto ularni xalok etib
limfa yo‘llari bo‘ylab tarqalishini cheklab qo‘yish mumkin. Bu monotsitlarning
fagotsitoz qilingan mikroorganizmlarning ko‘payishini so‘ndirishxususiyatiga
bog‘liq
bo‘ladi.
Bunaqa
«hujayraviy
immunitet»
ga
monotsitlar
mikroorganizmlarning birlamchi infeksiya yuqtirilganda ega bo‘ladi. Sil
mikobakteriyalarning har xil hujayra tarkibiy qismlariga qarshi antitelolar xosil
bo‘ladi.
Immun sistemaning o‘zgarishi antitelolar xosil bo‘lishi, immunitetning T- va
B-limfotsitlar
sistemalaridagi
o‘zgarishlar
asta-sekin
yuzaga
chiquvchi
sezuvchanlikning rivojlanishi bilan ifodalanadi. Hujayra va gumoral immunitetning
holati sil kasalligi jarayoning aktivlik darajasi va uning kechishi xususiyatlariga
bog‘liq bo‘ladi. Shuning uchun ham bemorning imunologik holatini aniqlash
kasallikning solishtirma diagnostikasida ahamiyatga ega bo‘lib qolmay, balki uning
natijasini oldindan aytib berishga ham yo‘l ochadi.
Laboratoriya diagnostikasi. Bakteriologik tekshirishlar uchun odatda
balg‘am, oshqozon va bronxlar yuvilgan suvlar material sifatida ishlatiladi.
1. Balg‘amni mikroskop tekshirish. Balg‘amdan yupqa surtma tayyorlanib
Sil’-Nil’sen usulida bo‘yaladi. Bunda balg‘amning shilliq moddasi va hujayra
elementlari bor joylar havorang-ko‘k rangda ko‘rinadi. Silning kislotaga chidamli
mikobakteriyalari, boshqa kislotaga chidamsiz mikobakteriyalardan farq qilib,
fuksin bilan qizil rangga bo‘yaladi. Mikroskopik tekshirishlarda salbiy natija
kuzatilganda,bir kun davomida yig‘ilgan balg‘am gomogenizatsiya yoki flotatsiya
usullari orqali ishlovdan o‘tkaziladi. Bu sil mikobakteriyalarini bir joyga yig‘ish
imkonini beradi, ya’ni boyitadi.
Gomogenizatsiya usuli. Bir kecha-kunduz davomida yig‘ilgan balg‘amga bir
xil me’erda 1% NaON aralashtiriladi, idish mahkam berkitiladi va 10-15 min. qattiq
silkitiladi. Sentrifugada aylantirilgach va kislota yordamida neytralangach,
surtmalar tayyorlanadi va Sil’-Nil’sen usulida bo‘yaladi.
Flotatsiya usuli. Balg‘am gomogenezatsiya qilinadi va 30 daqiqa davomida
suvli hammomda 550S da qizdiriladi. Keyin 1-2 ml ksilol (benzol), distillangan suv
qo‘shiladi, 10 daqiqa qayta silkitiladi. Suyuqliklar yuzasida ksilol tomchilariga
yopishib qolgan mikroblardan iborat ko‘pik xosil bo‘ladi. Bakteriologik halqa
yordamida shu ko‘piksimon pardadan surtma tayerlanadi. Surtma efir yordamida
yog‘sizlantiriladi, mustahkamlanadi va Sil’-Nil’sen usulida bo‘yalib, mikroskop
ostida ko‘riladi.
2. Bakteriologik usul. Begona mikroflorani yo‘qotish uchun 6% sul’fat
kislatasi bilan ishlov berilgan patologik material probirka larda Levenshteyn-
Yensen, Petran’yani va Gilbergoziq muhitlarni saqlovchi qiya qotirilgan agar
yuzasiga ekiladi. O‘sish odatda ekilgandan keyin 3-4-chi haftada kuzatiladi.
3. Biologik usul. Sil infeksiyasiga dengiz cho‘chqalari o‘ta sezgir hisoblanadi.
Tekshirilayotgan patologik material 1-1,5 ml hajmida ikkita dengiz cho‘chqalarning
chov sohasiga yuboriladi. 6-10 nchi kunlari shu joyda qattiq tugun paydo bo‘ladi,
uning yuzasida tuzalmas yara xosil bo‘lib, undan doim yiring oqib turadi. Kasal
hayvon murdalari yorib ko‘rilganda organlarida ko‘p miqdorda sil tugunlari borligi
kuzatiladi.
4. Serologik usul. Sil bilan og‘rigan bemorlar qoni zardobidagi maxsus
antitelalarni aniqlash uchun gemaglyutinatsiya (RNGA) reaksiyasi va komplementni
bog‘lash reaksiyalari qo‘yiladi.
5. Mantuning tuberkulin namunasi.
BSJ bilan emlashning samaradorligini, emlash kerak bo‘lgan shaxslarni
ajratishga ko‘maklashadi.
6. Mikobakteriyalarni fagotiplash.
Infeksiya yuqishini ekzogen yoki endogen ekanligini farqlab boradi.
Davolash. Silga qarshi vositalar uch guruhga bo‘linadi: