HAVONING HARORAT REJIMI

Time

Yuklangan vaqt

2025-11-08

Downloads

Yuklab olishlar soni

0

Pages

Sahifalar soni

26

File size

Fayl hajmi

47,6 KB


HAVONING HARORAT REJIMI
REJA:
1. Havoning isishi va sovishi jarayonlari.
2. Havo haroratini o‘lchash.
3. Havo haroratining balandlik bo‘yicha o‘zgarishi.
4. Havo haroratining sutkalik va yillik o‘zgarishi.
5.  Joylarning harorat rejimi tavsiflari.
6. O‘simliklarning issiqlikka talabi.
7.  Havoharoratining o‘simliklar uchun ahamiyati.
Atmosfera  havosining  harorati  taqsimotining  xususiyati  va  uning
o‘zgarishini havoning issiqlik rejimi deb yuritiladi. Atmosferaning issiqlik rejimi
asosan uning yerdagi faol yuza va kosmik fazo bilan issiqlik almashinishi bilan
aniqlanadi. Atmosfera quyosh radiatsiyasini bevosita yutishi natijasida juda kam,
aniqrog‘i  0,5°  chamasida  isiydi.  Atmosferaning  yuqori  qatlamlari  quyosh
radiatsiyasini  pastki qatlamlaridan kuchliroq yutadi. Atmosferaning eng pastki
qatlami – troposferaning, ayniqsa uning pastki qatlamlari isishining asosiy manbai,
ularning yer  faol sirtidan olgan issiqligidir. Kunduzi  faol yuzaning radiatsion
balansi musbat bo‘lgan soatlarda, ya’ni faol yuzaga tushuvchi quyosh radiatsiyasi
oqimlari, faol yuzadan qaytgan va faol yuzaning chiqargan nurlanish oqimlaridan
katta bo‘lganida quruqlik yuzasi isiydi. Uning harorati havo haroratidan yuqori
bo‘lib qoladi. Shuning uchun issiqlik havoga uzatiladi.
Kechasi esa faol yuza samarali (effektiv) nurlanish sababli havoga nisbatan
ko‘proq soviydi. Natijada issiqlik havodan faol yuzaga uzatiladi, oqibatda havoning
1
Logotip
HAVONING HARORAT REJIMI REJA: 1. Havoning isishi va sovishi jarayonlari. 2. Havo haroratini o‘lchash. 3. Havo haroratining balandlik bo‘yicha o‘zgarishi. 4. Havo haroratining sutkalik va yillik o‘zgarishi. 5. Joylarning harorat rejimi tavsiflari. 6. O‘simliklarning issiqlikka talabi. 7. Havoharoratining o‘simliklar uchun ahamiyati. Atmosfera havosining harorati taqsimotining xususiyati va uning o‘zgarishini havoning issiqlik rejimi deb yuritiladi. Atmosferaning issiqlik rejimi asosan uning yerdagi faol yuza va kosmik fazo bilan issiqlik almashinishi bilan aniqlanadi. Atmosfera quyosh radiatsiyasini bevosita yutishi natijasida juda kam, aniqrog‘i 0,5° chamasida isiydi. Atmosferaning yuqori qatlamlari quyosh radiatsiyasini pastki qatlamlaridan kuchliroq yutadi. Atmosferaning eng pastki qatlami – troposferaning, ayniqsa uning pastki qatlamlari isishining asosiy manbai, ularning yer faol sirtidan olgan issiqligidir. Kunduzi faol yuzaning radiatsion balansi musbat bo‘lgan soatlarda, ya’ni faol yuzaga tushuvchi quyosh radiatsiyasi oqimlari, faol yuzadan qaytgan va faol yuzaning chiqargan nurlanish oqimlaridan katta bo‘lganida quruqlik yuzasi isiydi. Uning harorati havo haroratidan yuqori bo‘lib qoladi. Shuning uchun issiqlik havoga uzatiladi. Kechasi esa faol yuza samarali (effektiv) nurlanish sababli havoga nisbatan ko‘proq soviydi. Natijada issiqlik havodan faol yuzaga uzatiladi, oqibatda havoning 1
o‘zi ham soviydi.
Faol  yuza  bilan  atmosfera  orasida,  shuningdek  atmosferaning  o‘zida
issiqlikning ko‘chishi quyidagi jarayonlar yordamida ro‘y beradi:
1. Molekulyar issiqlik o‘tkazuvchanlik. Yer sirti, o‘ziga tushgan quyosh nuri
energiyasining bir qismini yutib isiydi va yutgan energiyasining bir qismini havoga
uzatadi,  boshqacha  aytganda  havo  qatlamlari  bevosita  faol  yuzaning  issiqlik
ta’sirida bo‘ladi. Tushgan quyosh radiatsiyasining bir qismini yutgan faol yuza
harorati ortadi, natijada unga yondoshgan ustki havo qatlami ham isiydi va bu
qatlam  o‘z  navbatida  o‘zidan  yuqoridagi  qatlamga  molekulalarning  issiqlik
harakati  yordamida  issiqlik  uzatadi.  Bu  tarzdagi  issiqlik  uzatish  troposfera
qatlamlarining ancha qismigacha etib boradi.
Molekulyar issiqlik o‘tkazuvchanlik deb yuritiladigan is-siqlik uzatishning
bu turi sababli atmosferaning erga yaqin qatlamlarigina yaxshi isiydi. Havoning
issiqlik  o‘tkazuvchanlik  koeffitsientining  qiymati  juda  oz  bo‘lganidan
atmosferaning yuqori qatlamlari bu usulda juda ham kam isiydi.
Demak, havo ochiq kuni (shamol esmayotganda) yer yuzidan balandlik oshgan
sari havoning harorati pasayib borishi kerak.
2. Issiqlik konveksiyasi. Atmosferaning yuqori qatlamlariga issiqlik uzatishda
issiqlik konveksiyasi jarayoni muhim ahamiyatga ega.
Kunduzi  yer  sirtining  barcha  qismlari  bir  xil  isimaydi,  ya’ni  ba’zi  yerlar
ko‘proq isiydi, boshqalari esa kamroq isiydi. Masalan, shudgor (haydalgan yer)
maydoni bir tomonidan qalin daraxtzor va ikkinchi tomonidan katta suv havzasi
bilan chegaralangan bo‘lsin. Kunduzi shudgor suv havzasi va daraxtzordan ko‘p
isiydi. Natijada uning ustidagi havo ham qo‘shni maydonlar ustidagi havodan
ko‘proq isiydi. Shudgor  ustidagi  ko‘p isigan havo kengayadi.  Kengayayotgan
havoning zichligi atmosferadagi sovuqroq (yoki sovuq) havo zichligidan kam
bo‘ladi, shuning uchun issiq engil havo tik yo‘nalishda yuqoriga ko‘tariladi. Uning
o‘rniga atrofdagi sovuq havo bostirib kiradi, o‘z navbatida u ham isib yuqoriga
ko‘tariladi.  Tik  yo‘nalishda  ko‘tarilayotgan  issiq  havo  massalari  qancha
balandlikka ko‘tarilsa, o‘sha qatlamlardagi havoni isitadi. Jarayon shunday bo‘lib
2
Logotip
o‘zi ham soviydi. Faol yuza bilan atmosfera orasida, shuningdek atmosferaning o‘zida issiqlikning ko‘chishi quyidagi jarayonlar yordamida ro‘y beradi: 1. Molekulyar issiqlik o‘tkazuvchanlik. Yer sirti, o‘ziga tushgan quyosh nuri energiyasining bir qismini yutib isiydi va yutgan energiyasining bir qismini havoga uzatadi, boshqacha aytganda havo qatlamlari bevosita faol yuzaning issiqlik ta’sirida bo‘ladi. Tushgan quyosh radiatsiyasining bir qismini yutgan faol yuza harorati ortadi, natijada unga yondoshgan ustki havo qatlami ham isiydi va bu qatlam o‘z navbatida o‘zidan yuqoridagi qatlamga molekulalarning issiqlik harakati yordamida issiqlik uzatadi. Bu tarzdagi issiqlik uzatish troposfera qatlamlarining ancha qismigacha etib boradi. Molekulyar issiqlik o‘tkazuvchanlik deb yuritiladigan is-siqlik uzatishning bu turi sababli atmosferaning erga yaqin qatlamlarigina yaxshi isiydi. Havoning issiqlik o‘tkazuvchanlik koeffitsientining qiymati juda oz bo‘lganidan atmosferaning yuqori qatlamlari bu usulda juda ham kam isiydi. Demak, havo ochiq kuni (shamol esmayotganda) yer yuzidan balandlik oshgan sari havoning harorati pasayib borishi kerak. 2. Issiqlik konveksiyasi. Atmosferaning yuqori qatlamlariga issiqlik uzatishda issiqlik konveksiyasi jarayoni muhim ahamiyatga ega. Kunduzi yer sirtining barcha qismlari bir xil isimaydi, ya’ni ba’zi yerlar ko‘proq isiydi, boshqalari esa kamroq isiydi. Masalan, shudgor (haydalgan yer) maydoni bir tomonidan qalin daraxtzor va ikkinchi tomonidan katta suv havzasi bilan chegaralangan bo‘lsin. Kunduzi shudgor suv havzasi va daraxtzordan ko‘p isiydi. Natijada uning ustidagi havo ham qo‘shni maydonlar ustidagi havodan ko‘proq isiydi. Shudgor ustidagi ko‘p isigan havo kengayadi. Kengayayotgan havoning zichligi atmosferadagi sovuqroq (yoki sovuq) havo zichligidan kam bo‘ladi, shuning uchun issiq engil havo tik yo‘nalishda yuqoriga ko‘tariladi. Uning o‘rniga atrofdagi sovuq havo bostirib kiradi, o‘z navbatida u ham isib yuqoriga ko‘tariladi. Tik yo‘nalishda ko‘tarilayotgan issiq havo massalari qancha balandlikka ko‘tarilsa, o‘sha qatlamlardagi havoni isitadi. Jarayon shunday bo‘lib 2
o‘tadiki, issiq havo massalari yuqoriga ko‘tariluvchi oqimni tashkil qilsa, atrofdagi
sovuq  havo  massalari  pastga  yo‘nalgan  sovuq  havo  oqimini  tashkil  qiladi.
Yuqoriga ko‘tarilgan havo atrofidagi sovuq havoga o‘z issiqligini uzatib soviydi.
Qulay sharoitlarda issiqlik konveksiyasi troposferaning butun qalinligi bo‘ylab
tarqalishi mumkin.
Quruqlik  ustida  issiqlik  konveksiyasi  kunduzgi  soatlarda  vujudga  keladi,
dengiz ustida esa kechasi suv sirtining harorati, unga yondoshgan (tutashgan) havo
haroratidan yuqori bo‘lgan hollarda vujudga keladi.
3. Turbulentlik. Havoning jadal ravishda isishiga sabab bo‘ladigan omillardan
yana biri havoning juda ham harakatchanligidan vujudga keladigan turbulentlik
jarayonidir. Havo juda kam hollardagina tinch (osoyishta) bo‘ladi, ko‘pincha esa
gorizontal  yo‘nalishda  harakatda  bo‘lib  shamol  esadi.  Uning  uncha  katta
bo‘lmagan hajmiy qismlarining harakati tartibsiz (xaotik) xususiyatga ega. Bunday
harakatni  turbulent  aralashish  yoki  qisqacha  turbulentlik  deb  yuritiladi.
Atmosferaning turbulent aralashib ketishi natijasida issiq qatlamlardan sovuq qat-
lamlarga issiqlik ancha jadal ravishda ko‘chadi.
Havoning yerga tegib turgan eng pastki qatlami bilan yer sirti orasida ishqalanish
kuchlari  mavjud  bo‘lgani  uchun  eng  pastki  havo  qatlami  kamroq  tezlik  bilan
harakatlanadi.  Undan  yuqoridagi  qatlam  esa  pastki  qatlam  havosidan  tezroq
harakatlanadi.        Natijada bunday ikki havo qatlami orasida ishqalanish kuchlari
hosil bo‘ladi. Bundan tashqari shamolning umumiy oqimida uning ayrim hajmlari
turli sabablarga ko‘ra har xil tezlik bilan ko‘chadi. Tezlik katta bo‘lganida shamolning
umumiy oqimi ichida turli yo‘nalishlarda, shu jumladan tik yo‘nalishda tarqaluvchi
uyurmaviy oqimlar vujudga keladi. Pastki issiq qatlamlardan ko‘tarilayotgan issiq
havo oqimlari yuqori qatlamlarning sovuq havosi bilan aralashib ketib ularni ham
isitadi. 
Havo  massalari  harakati  vaqtida  do‘ngliklarni,  turlicha  to‘siqlar  (binolar,
daraxtlar va h.k.) ni o‘tishida ham uning ichida yuqoriga yo‘nalgan uyurmalar
paydo bo‘ladi. Pastdan ko‘tarilayotgan issiq havo uyurmalari sovuq havo bilan
aralashib ularni isitadi.
3
Logotip
o‘tadiki, issiq havo massalari yuqoriga ko‘tariluvchi oqimni tashkil qilsa, atrofdagi sovuq havo massalari pastga yo‘nalgan sovuq havo oqimini tashkil qiladi. Yuqoriga ko‘tarilgan havo atrofidagi sovuq havoga o‘z issiqligini uzatib soviydi. Qulay sharoitlarda issiqlik konveksiyasi troposferaning butun qalinligi bo‘ylab tarqalishi mumkin. Quruqlik ustida issiqlik konveksiyasi kunduzgi soatlarda vujudga keladi, dengiz ustida esa kechasi suv sirtining harorati, unga yondoshgan (tutashgan) havo haroratidan yuqori bo‘lgan hollarda vujudga keladi. 3. Turbulentlik. Havoning jadal ravishda isishiga sabab bo‘ladigan omillardan yana biri havoning juda ham harakatchanligidan vujudga keladigan turbulentlik jarayonidir. Havo juda kam hollardagina tinch (osoyishta) bo‘ladi, ko‘pincha esa gorizontal yo‘nalishda harakatda bo‘lib shamol esadi. Uning uncha katta bo‘lmagan hajmiy qismlarining harakati tartibsiz (xaotik) xususiyatga ega. Bunday harakatni turbulent aralashish yoki qisqacha turbulentlik deb yuritiladi. Atmosferaning turbulent aralashib ketishi natijasida issiq qatlamlardan sovuq qat- lamlarga issiqlik ancha jadal ravishda ko‘chadi. Havoning yerga tegib turgan eng pastki qatlami bilan yer sirti orasida ishqalanish kuchlari mavjud bo‘lgani uchun eng pastki havo qatlami kamroq tezlik bilan harakatlanadi. Undan yuqoridagi qatlam esa pastki qatlam havosidan tezroq harakatlanadi. Natijada bunday ikki havo qatlami orasida ishqalanish kuchlari hosil bo‘ladi. Bundan tashqari shamolning umumiy oqimida uning ayrim hajmlari turli sabablarga ko‘ra har xil tezlik bilan ko‘chadi. Tezlik katta bo‘lganida shamolning umumiy oqimi ichida turli yo‘nalishlarda, shu jumladan tik yo‘nalishda tarqaluvchi uyurmaviy oqimlar vujudga keladi. Pastki issiq qatlamlardan ko‘tarilayotgan issiq havo oqimlari yuqori qatlamlarning sovuq havosi bilan aralashib ketib ularni ham isitadi. Havo massalari harakati vaqtida do‘ngliklarni, turlicha to‘siqlar (binolar, daraxtlar va h.k.) ni o‘tishida ham uning ichida yuqoriga yo‘nalgan uyurmalar paydo bo‘ladi. Pastdan ko‘tarilayotgan issiq havo uyurmalari sovuq havo bilan aralashib ularni isitadi. 3
Natijada turbulentlik vositasida atmosferaning yuqori qatlamlari ham isiydi.
4.  Atmosferada  suv  bug‘ining  kondensatsiyasi  va  sublimatsiyasi.  Yer
sirtidan troposferaning yuqori qatlamlariga ko‘tarilayotgan suv bug‘lari borgan sari
sovib boradi va qandaydir balandlikda to‘yinadi, ya’ni tomchiga aylanadi. Fizika
kursidan  ma’lumki,  suv  bug‘ining  qaytadan  tomchiga  aylanish  hodisasini
kondensatsiya hodisasi deyiladi. Suv bug‘ining kondensatsiyasida atrofga issiqlik
ajraladi va atrofdagi sovuq havoni oz bo‘lsada isitadi. 
Suv bug‘ining to‘g‘ridan-to‘g‘ri qattiq (muz) holatga o‘tishini  sublimatsiya
hodisasi deyiladi. Suv bug‘ining sublimatsiyasida ham issiqlik ajraladi va u ham
atrofdagi havoning isishiga sarflanadi.
5.  Radiatsion  issiqlik  o‘tkazuvchanlik.  Tuproqdan  atmosferaga  issiqlik
uzatishda yerdagi faol yuzaning uzun to‘lqinli nurlanishi ham ma’lum darajada
ahamiyatga ega.
Yerdagi faol  yuza nurlanishini  atmosferaning pastki  qatlamlari yutadi. Bu
qatlamlar ozgina isib, uzun to‘lqinli  nurlanishi  sababli  yuqoridagi  qatlamlarni
isitadi. Tuproq yuzasi soviganida esa radiatsion nurlanish oqimi atmosferaning
yuqo-ri  qatlamlaridan  pastga  yo‘nalgan  bo‘ladi.  Quruqlik  ustida  radiatsion
nurlanish oqimining pastga yo‘nalishi asosan kechasi ro‘y beradi. Chunki kechasi
issiqlik konveksiyasi ro‘y bermaydi, turbulentlik esa juda kuchsiz bo‘ladi.
6. Adveksiya. Biror aniq joy ustidagi havoning harorati gorizontal yo‘nalishda
ko‘chayotgan boshqa havo massasi  bilan aralashishi  natijasida ham o‘zgarishi
mumkin.  Havo  massasining  gorizontal  yo‘nalishda  ko‘chishini  adveksiya
deyiladi. Issiq adveksiyada biror joyga, shu joy havosi haroratidan yuqori haroratli
issiq havo bostirib kiradi va olingan joyning havosini isitadi.
Yuqoriga qaralgan havoning isish jarayonlari orasida eng muhimlari issiqlik
konveksiyasi va turbulentlikdir.
Endi  havoning  sovishiga  olib  keladigan  jarayonlarga  to‘xtalamiz.  Havoni
sovishga  olib  keladigan  jarayonlardan  biri,  havo  massalarining  atmosferada
yuqoriga ko‘tarilishidir.
Agar katta havo massasi tez ko‘tarilayotgan havo massasi bo‘lsa, u holda tez
4
Logotip
Natijada turbulentlik vositasida atmosferaning yuqori qatlamlari ham isiydi. 4. Atmosferada suv bug‘ining kondensatsiyasi va sublimatsiyasi. Yer sirtidan troposferaning yuqori qatlamlariga ko‘tarilayotgan suv bug‘lari borgan sari sovib boradi va qandaydir balandlikda to‘yinadi, ya’ni tomchiga aylanadi. Fizika kursidan ma’lumki, suv bug‘ining qaytadan tomchiga aylanish hodisasini kondensatsiya hodisasi deyiladi. Suv bug‘ining kondensatsiyasida atrofga issiqlik ajraladi va atrofdagi sovuq havoni oz bo‘lsada isitadi. Suv bug‘ining to‘g‘ridan-to‘g‘ri qattiq (muz) holatga o‘tishini sublimatsiya hodisasi deyiladi. Suv bug‘ining sublimatsiyasida ham issiqlik ajraladi va u ham atrofdagi havoning isishiga sarflanadi. 5. Radiatsion issiqlik o‘tkazuvchanlik. Tuproqdan atmosferaga issiqlik uzatishda yerdagi faol yuzaning uzun to‘lqinli nurlanishi ham ma’lum darajada ahamiyatga ega. Yerdagi faol yuza nurlanishini atmosferaning pastki qatlamlari yutadi. Bu qatlamlar ozgina isib, uzun to‘lqinli nurlanishi sababli yuqoridagi qatlamlarni isitadi. Tuproq yuzasi soviganida esa radiatsion nurlanish oqimi atmosferaning yuqo-ri qatlamlaridan pastga yo‘nalgan bo‘ladi. Quruqlik ustida radiatsion nurlanish oqimining pastga yo‘nalishi asosan kechasi ro‘y beradi. Chunki kechasi issiqlik konveksiyasi ro‘y bermaydi, turbulentlik esa juda kuchsiz bo‘ladi. 6. Adveksiya. Biror aniq joy ustidagi havoning harorati gorizontal yo‘nalishda ko‘chayotgan boshqa havo massasi bilan aralashishi natijasida ham o‘zgarishi mumkin. Havo massasining gorizontal yo‘nalishda ko‘chishini adveksiya deyiladi. Issiq adveksiyada biror joyga, shu joy havosi haroratidan yuqori haroratli issiq havo bostirib kiradi va olingan joyning havosini isitadi. Yuqoriga qaralgan havoning isish jarayonlari orasida eng muhimlari issiqlik konveksiyasi va turbulentlikdir. Endi havoning sovishiga olib keladigan jarayonlarga to‘xtalamiz. Havoni sovishga olib keladigan jarayonlardan biri, havo massalarining atmosferada yuqoriga ko‘tarilishidir. Agar katta havo massasi tez ko‘tarilayotgan havo massasi bo‘lsa, u holda tez 4
ko‘tarilayotgan havo massasi bilan atrofdagi muhit orasida issiqlik almashinishi
deyarli ro‘y bermaydi. 
Isigan  havo  massasi  yuqoriga  ko‘tarilgan  sari  kamroq  atmosfera  bosimi
ta’sirida bo‘ladi va tashqi atmosfera bosimiga qarshi yo‘nalishda kengayishda
ichki  energiyasi  hisobiga  ish  bajaradi,  bu  esa  uning  ichki  energiyasining
kamayishiga ya’ni sovishiga olib keladi.
Havo nurlanishi sababli yoki sovuq yer yuzasiga tekkanda ham sovib, issiqlik
yo‘qotadi. Olingan joydagi havoga, u yerdagidan past haroratli havo oqimi bostirib
kirsa, uni sovuq adveksiya deb yuritiladi.
Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi uchun bahorgi va kuzgi sovuq adveksiyalar
xavflidir, chunki bunday paytlarda ekinlar ustidagi havo harorati keskin pasayib
ekinlarni sovuq urishi mumkin.
2.  Havo haroratini o‘lchash
Havo haroratini turli xil termometrlar yordamida o‘lchanadi. Meteorologik
stansiyalarda  kuzatish  paytidagi  havo  haroratini  o‘lchash  uchun  muddatli
psixrometrik termometrlar, havoning kuzatish muddatlari orasidagi eng yuqori
haroratini  o‘lchash  uchun  maksimal  termometr  TM-1,  havoning  kuzatish
muddatlari orasidagi eng past haroratini o‘lchash uchun minimal termometr TM-2
ishlatiladi.
Barcha  termometrlarni  psixrometrik  budkaga  joylashtiriladi.  Psixrometrik
budka  termometrlarni  to‘g‘ri  va  qaytgan  radiatsiyaning  ta’siridan,  yerning
nurlanishidan, shamollardan va yog‘inlardan saqlaydi.
Termometrlarni  budkadagi  metall  shtativga  o‘rnatiladi.  2  ta  psixrometrik
termometrlarni,  tik  ravishda  rezervuarlarini  yer  yuzasidan  2  m  baland  qilib
o‘rnatiladi. Maksimal termometrni deyarlik gorizontal, rezervuari tomon ozgina
qiyalatib o‘rnatiladi, minimal termometrni esa aniq gorizontal qilib joylashtiriladi.
Bunda termometrlarning rezervuarlarini sharqqa qaratilib joylashtiriladi.
Qish  davrida  havo  harorati  -20°C  dan past  bo‘lganda  quruq  psixrometrik
termometr yoniga etil spirtli termometr o‘rnatiladi. Chunki simob  -38,9°C da
5
Logotip
ko‘tarilayotgan havo massasi bilan atrofdagi muhit orasida issiqlik almashinishi deyarli ro‘y bermaydi. Isigan havo massasi yuqoriga ko‘tarilgan sari kamroq atmosfera bosimi ta’sirida bo‘ladi va tashqi atmosfera bosimiga qarshi yo‘nalishda kengayishda ichki energiyasi hisobiga ish bajaradi, bu esa uning ichki energiyasining kamayishiga ya’ni sovishiga olib keladi. Havo nurlanishi sababli yoki sovuq yer yuzasiga tekkanda ham sovib, issiqlik yo‘qotadi. Olingan joydagi havoga, u yerdagidan past haroratli havo oqimi bostirib kirsa, uni sovuq adveksiya deb yuritiladi. Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi uchun bahorgi va kuzgi sovuq adveksiyalar xavflidir, chunki bunday paytlarda ekinlar ustidagi havo harorati keskin pasayib ekinlarni sovuq urishi mumkin. 2. Havo haroratini o‘lchash Havo haroratini turli xil termometrlar yordamida o‘lchanadi. Meteorologik stansiyalarda kuzatish paytidagi havo haroratini o‘lchash uchun muddatli psixrometrik termometrlar, havoning kuzatish muddatlari orasidagi eng yuqori haroratini o‘lchash uchun maksimal termometr TM-1, havoning kuzatish muddatlari orasidagi eng past haroratini o‘lchash uchun minimal termometr TM-2 ishlatiladi. Barcha termometrlarni psixrometrik budkaga joylashtiriladi. Psixrometrik budka termometrlarni to‘g‘ri va qaytgan radiatsiyaning ta’siridan, yerning nurlanishidan, shamollardan va yog‘inlardan saqlaydi. Termometrlarni budkadagi metall shtativga o‘rnatiladi. 2 ta psixrometrik termometrlarni, tik ravishda rezervuarlarini yer yuzasidan 2 m baland qilib o‘rnatiladi. Maksimal termometrni deyarlik gorizontal, rezervuari tomon ozgina qiyalatib o‘rnatiladi, minimal termometrni esa aniq gorizontal qilib joylashtiriladi. Bunda termometrlarning rezervuarlarini sharqqa qaratilib joylashtiriladi. Qish davrida havo harorati -20°C dan past bo‘lganda quruq psixrometrik termometr yoniga etil spirtli termometr o‘rnatiladi. Chunki simob -38,9°C da 5
qotadi, shuning uchun  -36°C dan past haroratlarni o‘lchashda hisoblarni spirtli
termometr yordamida olib boriladi.
Termometrlar  ko‘rsatishi  bo‘yicha  hisoblarni  olib  borishda  kuzatuvchining
ko‘zi simob meniski sathida bo‘lishi kerak. Oldin graduslarning o‘nlik ulushlarini,
keyin butun graduslarni hisob qilinadi.
Havo  haroratining  vaqtga  nisbatan  uzluksiz  o‘zgarishlarini  uzluksiz  yozib
borish uchun termograf M-16A qo‘llaniladi. Termografni o‘ziyozgich asbob uchun
mo‘ljallangan yog‘och pardali qafascha (jalyuziy budka) ga joylashtiriladi.
Dala sharoitida havo haroratini aspiratsion psixrometr yordamida o‘lchanadi.
Ekinlar  orasidagi  havo  haroratini  ham  aspiratsion  psixrometr  yordamida
o‘lchash mumkin.
Turli xil termometrlar bilan o‘lchash tartibi va termograf lentasidagi yozuvlarni
o‘rganish uchun agrometeorologiyadan laboratoriya mashg‘ulotlarini o‘tkazishga
mo‘ljallangan o‘quv qo‘llanmalar bilan tanishishni tavsiya qilamiz.
3.Havo haroratining balandlik bo‘yicha o‘zgarishi. Havo harorati
inversiyalari
Havoning isishi yer yuzidan boshlanadi va troposferaning yuqori qatlamlariga
turlicha  jarayonlar  yordamida  issiqlik  uzatiladi.  Demak,  yer  yuzidan  balanlik
oshgan sari havo harorati pasayib borishi kerak.
Ko‘p marta o‘tkazilgan kuzatishlar troposfera havosi haroratining balandlik
bo‘yicha yuqorida aytganimizdek taqsimlanishini tasdiqlaydi.
Havo  haroratining  har  100  m  balandlikda  o‘zgarishini  haroratning  tik
(vertikal) gradienti deb aytiladi.
Haroratning vertikal gradientini  g harfi bilan belgilaylik. Havo haroratining
vertikal gradienti g ni quyidagicha formula bo‘yicha aniqlanadi:
γ= t n−t ю
hю−tn
⋅100
,
(5.1)
bu erda: (tn - tyu) pastki va yuqori sathlardagi havo haroratlarining ayirmasi (°C
6
Logotip
qotadi, shuning uchun -36°C dan past haroratlarni o‘lchashda hisoblarni spirtli termometr yordamida olib boriladi. Termometrlar ko‘rsatishi bo‘yicha hisoblarni olib borishda kuzatuvchining ko‘zi simob meniski sathida bo‘lishi kerak. Oldin graduslarning o‘nlik ulushlarini, keyin butun graduslarni hisob qilinadi. Havo haroratining vaqtga nisbatan uzluksiz o‘zgarishlarini uzluksiz yozib borish uchun termograf M-16A qo‘llaniladi. Termografni o‘ziyozgich asbob uchun mo‘ljallangan yog‘och pardali qafascha (jalyuziy budka) ga joylashtiriladi. Dala sharoitida havo haroratini aspiratsion psixrometr yordamida o‘lchanadi. Ekinlar orasidagi havo haroratini ham aspiratsion psixrometr yordamida o‘lchash mumkin. Turli xil termometrlar bilan o‘lchash tartibi va termograf lentasidagi yozuvlarni o‘rganish uchun agrometeorologiyadan laboratoriya mashg‘ulotlarini o‘tkazishga mo‘ljallangan o‘quv qo‘llanmalar bilan tanishishni tavsiya qilamiz. 3.Havo haroratining balandlik bo‘yicha o‘zgarishi. Havo harorati inversiyalari Havoning isishi yer yuzidan boshlanadi va troposferaning yuqori qatlamlariga turlicha jarayonlar yordamida issiqlik uzatiladi. Demak, yer yuzidan balanlik oshgan sari havo harorati pasayib borishi kerak. Ko‘p marta o‘tkazilgan kuzatishlar troposfera havosi haroratining balandlik bo‘yicha yuqorida aytganimizdek taqsimlanishini tasdiqlaydi. Havo haroratining har 100 m balandlikda o‘zgarishini haroratning tik (vertikal) gradienti deb aytiladi. Haroratning vertikal gradientini g harfi bilan belgilaylik. Havo haroratining vertikal gradienti g ni quyidagicha formula bo‘yicha aniqlanadi: γ= t n−t ю hю−tn ⋅100 , (5.1) bu erda: (tn - tyu) pastki va yuqori sathlardagi havo haroratlarining ayirmasi (°C 6
larda), (hyu - hn)- yuqori va pastki sathlarning balandliklari ayirmasi (metrlarda), g -
haroratning vertikal gradienti °C/100 m larda ifodalanadi. 
Agar tyu<tn bo‘lsa, havoning harorati balandlik oshgan sari kamayadi va g ning
qiymati musbat bo‘ladi. Troposferada odatda havo haroratining xuddi shunday
taqsimoti mavjud, ya’ni troposferada balandlik oshgan sari havo harorati pasaya
boradi.
Agar  tyu>tn bo‘lsa, balandlik oshgan sari havo harorati ham orta boradi. Bu
holda harorat inversiyasi ro‘y beradi va  g ning qiymati manfiy bo‘ladi.  Havo
haroratining balandlik bo‘yicha ortib borishini harorat inversiyasi deyiladi. Agar
tyu=tn bo‘lsa, g =0°C/100 m ga teng.
Bu holda balandlik bo‘yicha havo harorati o‘zgarmaydi, shuning uchun bunday
holni izotermiya deb yuritiladi.
Agar pastki sathdagi harorat va haroratning vertikal gradienti ma’lum bo‘lsa,
yuqoridagi istalgan sathdagi haroratni quyidagicha aniqlanadi:
tю=tn−γ
h  ,
(5.2)
bu yerda: h=hю−hn  yuqoridagi sathning pastki sathdan balandligi.
Havo haroratining vertikal gradienti  g ning qiymatlari  juda o‘zgaruvchan.
Uning  qiymatlari  faqat  balandlikkagina  bog‘liq  bo‘lmasdan,  balki  quyidagi
omillarga ham bog‘liq:
1. Yil fasllariga. g ning qiymati yozda katta, qishda esa kichik bo‘ladi.
2. Kun (sutka) vaqtlariga. Kunduzgi vaqtda g ning qiymati katta, kechasi esa
kichik bo‘ladi.
3.  Atmosferada  havo  massalarining  joylashishiga.  Agar  biror  balandlikka
sovuq  havo  qatlami  ustiga  issiq  havo  qat-lami  joylashsa,  g o‘z  ishorasini
o‘zgartiradi.
Troposferada g ning o‘rtacha qiymati g = 0,6°C/100 m ga teng. Ammo ayrim
paytlarda yer yuzasiga bevosita tutashgan atmosfera qatlamida  g ning qiymati,
o‘rtacha qiymatidan o‘n, yuz va ming martadan oshiq bo‘lishi mumkin.
Masalan, faol sirtdan 5 sm balandda harorat 25,8°C ga, 50 sm balandlikda esa
7
Logotip
larda), (hyu - hn)- yuqori va pastki sathlarning balandliklari ayirmasi (metrlarda), g - haroratning vertikal gradienti °C/100 m larda ifodalanadi. Agar tyu<tn bo‘lsa, havoning harorati balandlik oshgan sari kamayadi va g ning qiymati musbat bo‘ladi. Troposferada odatda havo haroratining xuddi shunday taqsimoti mavjud, ya’ni troposferada balandlik oshgan sari havo harorati pasaya boradi. Agar tyu>tn bo‘lsa, balandlik oshgan sari havo harorati ham orta boradi. Bu holda harorat inversiyasi ro‘y beradi va g ning qiymati manfiy bo‘ladi. Havo haroratining balandlik bo‘yicha ortib borishini harorat inversiyasi deyiladi. Agar tyu=tn bo‘lsa, g =0°C/100 m ga teng. Bu holda balandlik bo‘yicha havo harorati o‘zgarmaydi, shuning uchun bunday holni izotermiya deb yuritiladi. Agar pastki sathdagi harorat va haroratning vertikal gradienti ma’lum bo‘lsa, yuqoridagi istalgan sathdagi haroratni quyidagicha aniqlanadi: tю=tn−γ h , (5.2) bu yerda: h=hю−hn yuqoridagi sathning pastki sathdan balandligi. Havo haroratining vertikal gradienti g ning qiymatlari juda o‘zgaruvchan. Uning qiymatlari faqat balandlikkagina bog‘liq bo‘lmasdan, balki quyidagi omillarga ham bog‘liq: 1. Yil fasllariga. g ning qiymati yozda katta, qishda esa kichik bo‘ladi. 2. Kun (sutka) vaqtlariga. Kunduzgi vaqtda g ning qiymati katta, kechasi esa kichik bo‘ladi. 3. Atmosferada havo massalarining joylashishiga. Agar biror balandlikka sovuq havo qatlami ustiga issiq havo qat-lami joylashsa, g o‘z ishorasini o‘zgartiradi. Troposferada g ning o‘rtacha qiymati g = 0,6°C/100 m ga teng. Ammo ayrim paytlarda yer yuzasiga bevosita tutashgan atmosfera qatlamida g ning qiymati, o‘rtacha qiymatidan o‘n, yuz va ming martadan oshiq bo‘lishi mumkin. Masalan, faol sirtdan 5 sm balandda harorat 25,8°C ga, 50 sm balandlikda esa 7
24,2°C  ga  teng  bo‘lsin.  U  holda  g ning  qiymati  (100  m  balandlik  uchun)
355°C/100m ga teng bo‘ladi. YOki yozda tush paytda tuproq yuzasining harorati 2
m balanddagi erga tutashgan havo qatlami haroratidan 10°C gacha oshiq bo‘ladi,
bu holda haroratning vertikal gradienti  g = 500°C/100  m  ga teng (100 m ga
nisbatan).
Atmosferaning  erga  tutashgan  qatlamida  g ning  qiymatlari  kun  (sutka)
vaqtlariga, ob-havo va taglik sirtning turiga bog‘liq.
Kunduzi  g har  doim, ayniqsa  yozda quruqlik ustida musbat  bo‘ladi. Ob-
havoning g ga ta’siri kunning olingan vaqtiga bog‘liq. Masalan, bulutlar kunduzi
havoning  isishini  kamaytiradi,  kechasi  esa  faol  sirtning  sovishiga  qarshilik
ko‘rsatadi. Bunga bog‘liq ravishda g ham kamayadi. Shuning uchun g ning eng
katta qiymatlari havo ochiq va bulut kam bo‘lganida erishiladi.
Shamol  g ning qiymatini kamaytiradi, chunki havo aralashib ketganda turli
balandlikdagi  havoning  haroratlari  tenglashadi.  Haroratning  tik  gradientiga
bulutlardan tashqari yog‘inlar ham ta’sir qiladi. Nam tuproqda atmosferaning erga
tutashgan qatlamida g  keskin kamayadi.
Yuqorida aytganimizdek erga tutashgan havo qatlamida balandlik bo‘yicha
haroratning taqsimlanishiga faol sirtning turi ham ta’sir qiladi. Masalan, o‘simlik
qoplami  g ni  kamaytiradi, chunki  bu  holda  faol  yuza  tuproq bo‘lmay, balki
o‘simlik qoplamining sirti bo‘lib qoladi.
Yalang  tuproq  ustida  g ning  qiymati  ekinlar  ustidagi  qiymatlaridan  ortiq
bo‘ladi.
Atmosferaning yerga tutashgan qatlamida qishda qor qoplami ustida  g ning
qiymati kichik, ko‘pincha manfiy bo‘ladi.
Balandlik ortishi  bilan taglik sirt va ob-havoning  g ga ta’siri zaiflashadi.
Natijada g o‘zining yerga tutashgan qatlamdagi qiymatidan kamayib ketadi.
Atmosferaning turlicha balandlikdagi qatlamida g ning qiymati har xil bo‘ladi.
Masalan, 1,5 dan 5-6 km balandliklarda g ning qiymati 0,5-0,6°C/100m ga, 6-9 km
balandlikda 0,65-0,75°C/100m ga teng bo‘ladi. Troposferaning yuqori qatlamida g
ning qiymatlari 0,5-0,2°C/100 m gacha kamayadi. Bahor va kuzda kechasi g ning
8
Logotip
24,2°C ga teng bo‘lsin. U holda g ning qiymati (100 m balandlik uchun) 355°C/100m ga teng bo‘ladi. YOki yozda tush paytda tuproq yuzasining harorati 2 m balanddagi erga tutashgan havo qatlami haroratidan 10°C gacha oshiq bo‘ladi, bu holda haroratning vertikal gradienti g = 500°C/100 m ga teng (100 m ga nisbatan). Atmosferaning erga tutashgan qatlamida g ning qiymatlari kun (sutka) vaqtlariga, ob-havo va taglik sirtning turiga bog‘liq. Kunduzi g har doim, ayniqsa yozda quruqlik ustida musbat bo‘ladi. Ob- havoning g ga ta’siri kunning olingan vaqtiga bog‘liq. Masalan, bulutlar kunduzi havoning isishini kamaytiradi, kechasi esa faol sirtning sovishiga qarshilik ko‘rsatadi. Bunga bog‘liq ravishda g ham kamayadi. Shuning uchun g ning eng katta qiymatlari havo ochiq va bulut kam bo‘lganida erishiladi. Shamol g ning qiymatini kamaytiradi, chunki havo aralashib ketganda turli balandlikdagi havoning haroratlari tenglashadi. Haroratning tik gradientiga bulutlardan tashqari yog‘inlar ham ta’sir qiladi. Nam tuproqda atmosferaning erga tutashgan qatlamida g keskin kamayadi. Yuqorida aytganimizdek erga tutashgan havo qatlamida balandlik bo‘yicha haroratning taqsimlanishiga faol sirtning turi ham ta’sir qiladi. Masalan, o‘simlik qoplami g ni kamaytiradi, chunki bu holda faol yuza tuproq bo‘lmay, balki o‘simlik qoplamining sirti bo‘lib qoladi. Yalang tuproq ustida g ning qiymati ekinlar ustidagi qiymatlaridan ortiq bo‘ladi. Atmosferaning yerga tutashgan qatlamida qishda qor qoplami ustida g ning qiymati kichik, ko‘pincha manfiy bo‘ladi. Balandlik ortishi bilan taglik sirt va ob-havoning g ga ta’siri zaiflashadi. Natijada g o‘zining yerga tutashgan qatlamdagi qiymatidan kamayib ketadi. Atmosferaning turlicha balandlikdagi qatlamida g ning qiymati har xil bo‘ladi. Masalan, 1,5 dan 5-6 km balandliklarda g ning qiymati 0,5-0,6°C/100m ga, 6-9 km balandlikda 0,65-0,75°C/100m ga teng bo‘ladi. Troposferaning yuqori qatlamida g ning qiymatlari 0,5-0,2°C/100 m gacha kamayadi. Bahor va kuzda kechasi g ning 8
manfiy bo‘lishi qora sovuqlar bo‘lish imkoniyatlari borligini ko‘rsatadi.
Atmosferaning  turli  qatlamlaridagi  haroratning  tik  gradienti  haqidagi
ma’lumotlar ob-havo bashoratlarini tuzishda, reaktiv samolyotlarga meteorologik
xizmat ko‘rsatishda, sun’iy yo‘ldoshlarni orbitaga chiqarishda foydalaniladi.
Biz yuqorida havo haroratining balandlik bo‘ylab ortishini inversiya deb atadik.
Inversiya atmosferaning erga tutashgan qatlamida va erkin atmosferada ro‘y beradi.
Agrometeorologiya nuqtai nazaridan yerga tutashgan qatlamdagi inversiya, ya’ni
faol yuzadan boshlanadigan inversiya ahamiyatga ega.
Vujudga kelish sharoitlariga qarab yerga tutashgan havo qatlamida radiatsion
va advektiv inversiyalar mavjud.
Radiatsion  inversiya yerdagi  faol  sirtga  tutashgan  havo  qatlamining
sovishidan paydo bo‘ladi.
Faol sirt nur chiqarib soviganda, o‘ziga bevosita tutashib turgan havo qatlamini
ham sovitadi. Faol sirtdan yuqoriga ko‘tarilgan sari havoning harorati orta boradi.
Bunday inversiyalar yozda kechasi, qishda esa kunduzi ro‘y beradi. Shuning
uchun radiatsion inversiyalar yozgi (tungi) va qishki turlarga ajraladi.
Yozgi  (tungi)  inversiyalar havo  ochiq  kuni  kechqurun  vujudga  kela
boshlaydi. Kechasi bilan kuchayib ertalab eng katta qiymatiga erishadi. Quyosh
chiqqandan  keyin  faol  sirt,  unga  tutashgan  havo  qatlami  qiziydi  va  buning
oqibatida harorat inversiyasi yo‘qoladi.
Tungi inversiyalar qatlami qalinligi havoning sovish muddatining ko‘p-ozligiga
va  havoning  turbulentlik  jarayoni  sababli  aralashish  jadalligiga  bog‘liq.  Tungi
inversiya ro‘y bergan havo qatlamlarining qalinligi 10-15 dan 200-400 m gacha
etishi mumkin. Bulutlar inversiyani zaiflashtiradi, tezligi 2,5-3 m/s dan ortiq bo‘lgan
shamollar inversiyani buzib yuboradi.
Bahorda va kuzda tuproq yuzasining manfiy haroratlargacha sovishida vujudga
keladigan  tungi  radiatsion  inversiyalar  (qora  sovuqlar)  ekinlarni  sovuq  urish
xavfini yuzaga keltiradi.
Qishda havo ochiq kunlari faol sirtning kun sayin sovib borishidan vujudga
keladigan  qishki  inversiyalar  bir  necha  kun  yoki  bir  necha  hafta  saqlanishi
9
Logotip
manfiy bo‘lishi qora sovuqlar bo‘lish imkoniyatlari borligini ko‘rsatadi. Atmosferaning turli qatlamlaridagi haroratning tik gradienti haqidagi ma’lumotlar ob-havo bashoratlarini tuzishda, reaktiv samolyotlarga meteorologik xizmat ko‘rsatishda, sun’iy yo‘ldoshlarni orbitaga chiqarishda foydalaniladi. Biz yuqorida havo haroratining balandlik bo‘ylab ortishini inversiya deb atadik. Inversiya atmosferaning erga tutashgan qatlamida va erkin atmosferada ro‘y beradi. Agrometeorologiya nuqtai nazaridan yerga tutashgan qatlamdagi inversiya, ya’ni faol yuzadan boshlanadigan inversiya ahamiyatga ega. Vujudga kelish sharoitlariga qarab yerga tutashgan havo qatlamida radiatsion va advektiv inversiyalar mavjud. Radiatsion inversiya yerdagi faol sirtga tutashgan havo qatlamining sovishidan paydo bo‘ladi. Faol sirt nur chiqarib soviganda, o‘ziga bevosita tutashib turgan havo qatlamini ham sovitadi. Faol sirtdan yuqoriga ko‘tarilgan sari havoning harorati orta boradi. Bunday inversiyalar yozda kechasi, qishda esa kunduzi ro‘y beradi. Shuning uchun radiatsion inversiyalar yozgi (tungi) va qishki turlarga ajraladi. Yozgi (tungi) inversiyalar havo ochiq kuni kechqurun vujudga kela boshlaydi. Kechasi bilan kuchayib ertalab eng katta qiymatiga erishadi. Quyosh chiqqandan keyin faol sirt, unga tutashgan havo qatlami qiziydi va buning oqibatida harorat inversiyasi yo‘qoladi. Tungi inversiyalar qatlami qalinligi havoning sovish muddatining ko‘p-ozligiga va havoning turbulentlik jarayoni sababli aralashish jadalligiga bog‘liq. Tungi inversiya ro‘y bergan havo qatlamlarining qalinligi 10-15 dan 200-400 m gacha etishi mumkin. Bulutlar inversiyani zaiflashtiradi, tezligi 2,5-3 m/s dan ortiq bo‘lgan shamollar inversiyani buzib yuboradi. Bahorda va kuzda tuproq yuzasining manfiy haroratlargacha sovishida vujudga keladigan tungi radiatsion inversiyalar (qora sovuqlar) ekinlarni sovuq urish xavfini yuzaga keltiradi. Qishda havo ochiq kunlari faol sirtning kun sayin sovib borishidan vujudga keladigan qishki inversiyalar bir necha kun yoki bir necha hafta saqlanishi 9
mumkin. Bunday inversiyalar kunduzi biroz bo‘shashib, kechasi esa yana kuchayib
davom etadi. Qishki kunduzgi inversiyalar qatlami qalinligi bir necha yuz metrga
etishi mumkin.
1) Advektiv inversiyalar issiq havo adveksiyasida, ya’ni sovuq faol sirt ustiga
issiq  havoning  bostirib  kirishida  pay-do  bo‘ladi.  Bunda  faol  sirtga  bevosita
tutashgan qatlamlar o‘z issiqligining bir qismini sovuq faol sirtga berib soviydi,
natijada faol sirt ustidagi havo qatlamida inversiya vujudga keladi. Bahorda qor
qoplami ustiga harorati 0°C dan yuqori bo‘lgan iliq havo bostirib kirganda ham
vujudga  keladigan  bahorgi  (yoki  qorli)  inversiyani  ham  advektiv  inversiya
guruhiga qo‘shish mumkin.
Bunda qor bilan qoplangan joy ustiga bostirib kirgan issiq havo qatlamining
pastki qismi o‘z issiqligining ancha qismini qorni eritishga sarflaydi, natijada
olingan joyga bostirib kirgan havo oqimi pastki qismlarining harorati 0°C gacha
pasayadi, baland qatlamlarda esa ancha yuqori harorat mavjud bo‘ladi.
4. Havo haroratining sutkalik va yillik o‘zgarishi.
Havo harorati ob-havo sharoitini va iqlimni belgilaydigan asosiy meteorologik
kattaliklardan biridir.
Havoning isishi va sovishi faol sirtning issiqlik rejimiga bog‘liq. Faol sirtning
yutgan  issiqligining  bir  qismi  tuproq  (yoki  suv  havzasi)  ichki  qatlamlariga
uzatiladi, qolgan qismi esa havoning erga tutashgan qatlamiga uzatiladi, bu qatlam
ham isib o‘zidan yuqoridagi qatlamga issiqlikni uzatadi. Shu tarzdagi issiqlik
uzatish atmosferaning yuqori qatlamlarigacha tarqaladi. Atmosferaning har bir
nuqtasida vaqt o‘tishi bilan havo harorati uzluksiz o‘zgarib boradi.
Havo haroratining sutka davomida o‘zgarishining borishini uning sutkalik
o‘zgarishi deyiladi.
Yerga  tutashgan  havo  qatlamida  havo  haroratining  sutkalik  va  yillik
o‘zgarishini yer yuzidan 2 m balandlikda aniqlanadi.
2 m balandlikda havoning minimal harorati quyosh chiqishi oldidan kuzatiladi.
Quyoshning ufqdan balandligi ortgan sari havo harorati 2-3 soat mobaynida tezroq
10
Logotip
mumkin. Bunday inversiyalar kunduzi biroz bo‘shashib, kechasi esa yana kuchayib davom etadi. Qishki kunduzgi inversiyalar qatlami qalinligi bir necha yuz metrga etishi mumkin. 1) Advektiv inversiyalar issiq havo adveksiyasida, ya’ni sovuq faol sirt ustiga issiq havoning bostirib kirishida pay-do bo‘ladi. Bunda faol sirtga bevosita tutashgan qatlamlar o‘z issiqligining bir qismini sovuq faol sirtga berib soviydi, natijada faol sirt ustidagi havo qatlamida inversiya vujudga keladi. Bahorda qor qoplami ustiga harorati 0°C dan yuqori bo‘lgan iliq havo bostirib kirganda ham vujudga keladigan bahorgi (yoki qorli) inversiyani ham advektiv inversiya guruhiga qo‘shish mumkin. Bunda qor bilan qoplangan joy ustiga bostirib kirgan issiq havo qatlamining pastki qismi o‘z issiqligining ancha qismini qorni eritishga sarflaydi, natijada olingan joyga bostirib kirgan havo oqimi pastki qismlarining harorati 0°C gacha pasayadi, baland qatlamlarda esa ancha yuqori harorat mavjud bo‘ladi. 4. Havo haroratining sutkalik va yillik o‘zgarishi. Havo harorati ob-havo sharoitini va iqlimni belgilaydigan asosiy meteorologik kattaliklardan biridir. Havoning isishi va sovishi faol sirtning issiqlik rejimiga bog‘liq. Faol sirtning yutgan issiqligining bir qismi tuproq (yoki suv havzasi) ichki qatlamlariga uzatiladi, qolgan qismi esa havoning erga tutashgan qatlamiga uzatiladi, bu qatlam ham isib o‘zidan yuqoridagi qatlamga issiqlikni uzatadi. Shu tarzdagi issiqlik uzatish atmosferaning yuqori qatlamlarigacha tarqaladi. Atmosferaning har bir nuqtasida vaqt o‘tishi bilan havo harorati uzluksiz o‘zgarib boradi. Havo haroratining sutka davomida o‘zgarishining borishini uning sutkalik o‘zgarishi deyiladi. Yerga tutashgan havo qatlamida havo haroratining sutkalik va yillik o‘zgarishini yer yuzidan 2 m balandlikda aniqlanadi. 2 m balandlikda havoning minimal harorati quyosh chiqishi oldidan kuzatiladi. Quyoshning ufqdan balandligi ortgan sari havo harorati 2-3 soat mobaynida tezroq 10
ortadi va so‘ngra haro-ratning ortishi sekinlashadi. Havo haroratining maksimal
qiymati tushki paytdan 2-3 soat o‘tgach kuzatiladi.
So‘ngra havo harorati oldin sekinroq, keyin esa tez kamaya boradi.
Havo haroratining sutkalik o‘zgarishidagi maksimal va minimal qiymatlari
ayirmasini havo haroratining sutkalik o‘zgarishi amplitudasi deyiladi.
Havo  haroratining  yil  davomida  o‘zgarishidagi  maksimal  va  minimal
qiymatlari ayirmasini havo haroratining yillik o‘zgarishi amplitudasi deyiladi.
Havo  haroratining  sutkalik  va  yillik  o‘zgarishi  hamda  yillik  o‘zgarish
xususiyatlari  ko‘p  yillik  kuzatishlar  natijalarining  o‘rtacha  qiymatlarini
hisoblaganda ochiq ko‘rinib qoladi. Bunday o‘rtachalashtirilganda issiq yoki sovuq
havo  massalarining  bostirib  kirishi  bilan  bo‘lgan  sutkalik  o‘zgarishning  bo-
rishidagi ayrim chetlanishlarni chiqarib tashlanadi. Chunki bunday chetlanishlar
haroratning sutkalik  o‘zgarishini  buzadi.  Masalan,  kunduzi  sovuq  havo oqimi
bostirib kirganda ba’zi punkt-lar ustidagi havo harorati ortish o‘rniga pasayadi.
Kechasi  issiq  havo  massasi  bostirib  kirsa,  harorat  ko‘tarilishi  mumkin.
Quruqlik ustidagi havo haroratining sutkalik o‘zgarishi amplitudasi tuproq yuzasi
haroratining sutkalik o‘zgarish amplitudasidan har doim kichik bo‘ladi.
Havo  haroratining  sutkalik  o‘zgarish  amplitudasi  olingan  joyning  geografik
kengligiga, fasllarga, faol sirtning turiga, bulutlikka, joyning relefiga, shuningdek,
joyning dengiz sathidan balandligiga bog‘liq. Bu fikrimizni tasdiqlash uchun ba’zi
omillarning havo haroratining sutkalik o‘zgarish amplitudasiga ta’sirini qaraylik.
Joyning  geografik  kengligi  ortishi  bilan  havo  haroratining  sutkalik  o‘zgarish
amplitudasi kamaya boradi.
Eng katta amplituda subtropik kengliklarda kuzatiladi. Tropik kengliklarda
havo harorati sutkalik o‘zgarish amplitudasi yil uchun o‘rta hisobda 12°C ga yaqin,
mo‘tadil kengliklarda 8-9°C ga, qutb doirasida 3-4°C ga teng.
O‘zbekiston hududi shimoliy yarim sharning 37°111 bilan 45°361 kengliklari
orasida joylashgan. Respublikamiz tekisliklarida qishning eng sovuq oyi yanvarda
sutkalik amplituda 7-11°C ga, yozning eng issiq oyi iyulda esa 14-19° ga teng.
Havo haroratining sutkalik o‘zgarishiga joyning relefi ham birmuncha ta’sir
11
Logotip
ortadi va so‘ngra haro-ratning ortishi sekinlashadi. Havo haroratining maksimal qiymati tushki paytdan 2-3 soat o‘tgach kuzatiladi. So‘ngra havo harorati oldin sekinroq, keyin esa tez kamaya boradi. Havo haroratining sutkalik o‘zgarishidagi maksimal va minimal qiymatlari ayirmasini havo haroratining sutkalik o‘zgarishi amplitudasi deyiladi. Havo haroratining yil davomida o‘zgarishidagi maksimal va minimal qiymatlari ayirmasini havo haroratining yillik o‘zgarishi amplitudasi deyiladi. Havo haroratining sutkalik va yillik o‘zgarishi hamda yillik o‘zgarish xususiyatlari ko‘p yillik kuzatishlar natijalarining o‘rtacha qiymatlarini hisoblaganda ochiq ko‘rinib qoladi. Bunday o‘rtachalashtirilganda issiq yoki sovuq havo massalarining bostirib kirishi bilan bo‘lgan sutkalik o‘zgarishning bo- rishidagi ayrim chetlanishlarni chiqarib tashlanadi. Chunki bunday chetlanishlar haroratning sutkalik o‘zgarishini buzadi. Masalan, kunduzi sovuq havo oqimi bostirib kirganda ba’zi punkt-lar ustidagi havo harorati ortish o‘rniga pasayadi. Kechasi issiq havo massasi bostirib kirsa, harorat ko‘tarilishi mumkin. Quruqlik ustidagi havo haroratining sutkalik o‘zgarishi amplitudasi tuproq yuzasi haroratining sutkalik o‘zgarish amplitudasidan har doim kichik bo‘ladi. Havo haroratining sutkalik o‘zgarish amplitudasi olingan joyning geografik kengligiga, fasllarga, faol sirtning turiga, bulutlikka, joyning relefiga, shuningdek, joyning dengiz sathidan balandligiga bog‘liq. Bu fikrimizni tasdiqlash uchun ba’zi omillarning havo haroratining sutkalik o‘zgarish amplitudasiga ta’sirini qaraylik. Joyning geografik kengligi ortishi bilan havo haroratining sutkalik o‘zgarish amplitudasi kamaya boradi. Eng katta amplituda subtropik kengliklarda kuzatiladi. Tropik kengliklarda havo harorati sutkalik o‘zgarish amplitudasi yil uchun o‘rta hisobda 12°C ga yaqin, mo‘tadil kengliklarda 8-9°C ga, qutb doirasida 3-4°C ga teng. O‘zbekiston hududi shimoliy yarim sharning 37°111 bilan 45°361 kengliklari orasida joylashgan. Respublikamiz tekisliklarida qishning eng sovuq oyi yanvarda sutkalik amplituda 7-11°C ga, yozning eng issiq oyi iyulda esa 14-19° ga teng. Havo haroratining sutkalik o‘zgarishiga joyning relefi ham birmuncha ta’sir 11
ko‘rsatadi.
Botiq shaklli relef (yopiq vodiy, botiqlik, chuqurlik) larda havo taglik sirtning
eng katta yuzasiga yondoshadi. Bunday botiq relefli joylar ichida havo kunduzi
tinch turib qoladi va ko‘p isiydi. Kechasi esa yonbag‘irlar ustidagi havo sovib,
botiqlik tagiga oqib tushadi. Demak, botiq joylarda kechasi havoning sovishi ancha
kuchli darajada o‘tadi.
Botiq relefli joylar ichidagi havo, tekis erlar ustidagi havoga nisbatan kunduzi
ko‘proq isiydi va kechasi esa ko‘proq soviydi. Shuning uchun botiq releflarda havo
haroratining sutkalik o‘zgarish amplitudasi kuchayadi. Qavariq relef (tog‘, tepalik,
do‘nglik) larda esa havo taglik sirtning eng kam yuzasi bilan yondoshadi, havo
ularning ustida to‘xtab qolmaydi va kunduzi kam isiydi. Demak, bunday releflarda
faol sirtning havo harora-tiga ta’siri kamayadi. Shunday qilib, botiq shakldagi relef
ustidagi  havoning  sutkalik  o‘zgarish  amplitudasi,  tekisliklar  ustidagi  havoning
o‘zgarish amplitudasidan katta bo‘ladi.
Qavariq releflar ustidagi havoning sutkalik o‘zgarish amplitudasi tekisliklar
ustidagi havonikidan kam bo‘ladi.
Faol sirtning turiga qarab ular ustidagi havoning sutkalik o‘zgarish amplitudasi
ham turlicha bo‘ladi. Masalan, o‘simliklar ustidagi amplituda, quruq yalang tuproq
ustidagi amplitudadan kichik bo‘ladi, havoning sutkalik o‘zgarishi amplitudasi suv
havzasi ustida yana ham kam bo‘ladi.
Eng katta sutkalik o‘zgarish amplitudalari tropik va subtropik sahrolar ustida
kuzatiladi, bu yerlarda sutkalik amplituda yil davomida 30°C gacha etadi.
Mo‘tadil kengliklarda amplitudaning eng katta qiymati yoz oylariga va eng oz
qiymati qish oylariga to‘g‘ri keladi.
Havo ochiq kunlari amplituda havo bulutli kundagidan ancha oshiq, o‘simliklar
orasida havo haroratining sutkalik o‘zgarish amplitudasi kamayadi. Yer yuzidan
balandlik  oshgan  sari  havo  haroratining  sutkalik  o‘zgarish  amplitudasi  tez
kamayadi, 1,5-2 km balandlikda havo haroratining sutkalik o‘zgarishi butunlay
so‘nadi. Havo haroratining yillik o‘zgarish amplitudasi eng issiq va eng sovuq
oylarning o‘rtacha oylik havo haroratlarining ayirmasi tarzida aniqlanadi.
12
Logotip
ko‘rsatadi. Botiq shaklli relef (yopiq vodiy, botiqlik, chuqurlik) larda havo taglik sirtning eng katta yuzasiga yondoshadi. Bunday botiq relefli joylar ichida havo kunduzi tinch turib qoladi va ko‘p isiydi. Kechasi esa yonbag‘irlar ustidagi havo sovib, botiqlik tagiga oqib tushadi. Demak, botiq joylarda kechasi havoning sovishi ancha kuchli darajada o‘tadi. Botiq relefli joylar ichidagi havo, tekis erlar ustidagi havoga nisbatan kunduzi ko‘proq isiydi va kechasi esa ko‘proq soviydi. Shuning uchun botiq releflarda havo haroratining sutkalik o‘zgarish amplitudasi kuchayadi. Qavariq relef (tog‘, tepalik, do‘nglik) larda esa havo taglik sirtning eng kam yuzasi bilan yondoshadi, havo ularning ustida to‘xtab qolmaydi va kunduzi kam isiydi. Demak, bunday releflarda faol sirtning havo harora-tiga ta’siri kamayadi. Shunday qilib, botiq shakldagi relef ustidagi havoning sutkalik o‘zgarish amplitudasi, tekisliklar ustidagi havoning o‘zgarish amplitudasidan katta bo‘ladi. Qavariq releflar ustidagi havoning sutkalik o‘zgarish amplitudasi tekisliklar ustidagi havonikidan kam bo‘ladi. Faol sirtning turiga qarab ular ustidagi havoning sutkalik o‘zgarish amplitudasi ham turlicha bo‘ladi. Masalan, o‘simliklar ustidagi amplituda, quruq yalang tuproq ustidagi amplitudadan kichik bo‘ladi, havoning sutkalik o‘zgarishi amplitudasi suv havzasi ustida yana ham kam bo‘ladi. Eng katta sutkalik o‘zgarish amplitudalari tropik va subtropik sahrolar ustida kuzatiladi, bu yerlarda sutkalik amplituda yil davomida 30°C gacha etadi. Mo‘tadil kengliklarda amplitudaning eng katta qiymati yoz oylariga va eng oz qiymati qish oylariga to‘g‘ri keladi. Havo ochiq kunlari amplituda havo bulutli kundagidan ancha oshiq, o‘simliklar orasida havo haroratining sutkalik o‘zgarish amplitudasi kamayadi. Yer yuzidan balandlik oshgan sari havo haroratining sutkalik o‘zgarish amplitudasi tez kamayadi, 1,5-2 km balandlikda havo haroratining sutkalik o‘zgarishi butunlay so‘nadi. Havo haroratining yillik o‘zgarish amplitudasi eng issiq va eng sovuq oylarning o‘rtacha oylik havo haroratlarining ayirmasi tarzida aniqlanadi. 12
Yil  davomidagi  havo  haroratining  absolyut  maksimumi  va  absolyut
minimumi,  ya’ni  yil  davomida  kuzatilgan  eng  yuqori  va  eng  past  havo
haroratlari ayirmasini absolyut yillik o‘zgarish amplitudasi deb aytiladi.
Olingan  joydagi  havo  haroratining  yillik  o‘zgarish  amplitudasi  joyning
geografik  kengligiga,  yer  sirtining  fizikaviy  xossalariga  (quruqlik,  okean)
atmosfera holatiga  (namlik,  bulutlik)  va joyning  dengiz sathidan  balandligiga
bog‘liq.
Eng sovuq, qahraton qishda O‘zbekiston Respublikasining shimolida havo
haroratining absolyut minimumi -40°C gacha pasayadi. Respublikaning janubida
Termiz tumanida havo harora-tining absolyut minimumi–20°C dan pastga tushgani
kuzatilmagan. Termizda qish ko‘pincha nisbatan issiqroq bo‘ladi, havo harorati –
10°C  dan  pasaymaydi.  O‘zbekiston  hududidagi  cho‘llarda  havo  haroratining
absolyut maksimumi 48-50°C gacha etadi. Surxondaryo viloyatidagi Termiz va
Sherobodda havoning absolyut maksimal harorati 47°C gacha etgan yillar bo‘lgan.
Toshkent  viloyatida  havo  haroratining  absolyut  minimumi-28-35°C  gacha,
absolyut maksimumi esa 43-47°C ga etadi. Bu misolda havo haroratining absolyut
yillik amplitudasi esa 71-82°C gacha etadi.
5. Joylarning harorat rejimi tavsiflari.
Qishloq xo‘jaligi maqsadlari uchun katta hududlarning yoki ayrim joyning
harorat rejimini baholashda quyidagilarga ahamiyat beriladi:
1. O‘rtacha sutkalik, o‘rtacha oylik va o‘rtacha yillik haroratlar.
2. Maksimal  va  minimal  haroratlar.  Havo  haroratining  sutkalik  va  yillik
o‘zgarishi amplitudalari.
Havoning o‘rtacha sutkalik haroratini aniqlash uchun havo haroratini bir sutkada
8 marta, ya’ni har 3 soatda o‘lchab boriladi, 8 marta o‘lchash natijalarini o‘zaro
qo‘shib, 8 ga bo‘linadi. Boshqacha aytganda havoning o‘rtacha harorati 1 sutkada
o‘tkazilgan 8 ta o‘lchash natijalarining o‘rtacha arifmetik qiymatidir. O‘rtacha oylik
harorat oy davomidagi o‘rtacha sutkalik haroratlarning yig‘indisini oydagi kunlar
soniga  taqsimlab  aniqlanadi.  O‘rtacha  yillik  havo  haroratini  esa,  o‘rtacha  oylik
haroratlar yig‘indisini yildagi oylar soniga, ya’ni 12 ga taqsimlab aniqlanadi.
13
Logotip
Yil davomidagi havo haroratining absolyut maksimumi va absolyut minimumi, ya’ni yil davomida kuzatilgan eng yuqori va eng past havo haroratlari ayirmasini absolyut yillik o‘zgarish amplitudasi deb aytiladi. Olingan joydagi havo haroratining yillik o‘zgarish amplitudasi joyning geografik kengligiga, yer sirtining fizikaviy xossalariga (quruqlik, okean) atmosfera holatiga (namlik, bulutlik) va joyning dengiz sathidan balandligiga bog‘liq. Eng sovuq, qahraton qishda O‘zbekiston Respublikasining shimolida havo haroratining absolyut minimumi -40°C gacha pasayadi. Respublikaning janubida Termiz tumanida havo harora-tining absolyut minimumi–20°C dan pastga tushgani kuzatilmagan. Termizda qish ko‘pincha nisbatan issiqroq bo‘ladi, havo harorati – 10°C dan pasaymaydi. O‘zbekiston hududidagi cho‘llarda havo haroratining absolyut maksimumi 48-50°C gacha etadi. Surxondaryo viloyatidagi Termiz va Sherobodda havoning absolyut maksimal harorati 47°C gacha etgan yillar bo‘lgan. Toshkent viloyatida havo haroratining absolyut minimumi-28-35°C gacha, absolyut maksimumi esa 43-47°C ga etadi. Bu misolda havo haroratining absolyut yillik amplitudasi esa 71-82°C gacha etadi. 5. Joylarning harorat rejimi tavsiflari. Qishloq xo‘jaligi maqsadlari uchun katta hududlarning yoki ayrim joyning harorat rejimini baholashda quyidagilarga ahamiyat beriladi: 1. O‘rtacha sutkalik, o‘rtacha oylik va o‘rtacha yillik haroratlar. 2. Maksimal va minimal haroratlar. Havo haroratining sutkalik va yillik o‘zgarishi amplitudalari. Havoning o‘rtacha sutkalik haroratini aniqlash uchun havo haroratini bir sutkada 8 marta, ya’ni har 3 soatda o‘lchab boriladi, 8 marta o‘lchash natijalarini o‘zaro qo‘shib, 8 ga bo‘linadi. Boshqacha aytganda havoning o‘rtacha harorati 1 sutkada o‘tkazilgan 8 ta o‘lchash natijalarining o‘rtacha arifmetik qiymatidir. O‘rtacha oylik harorat oy davomidagi o‘rtacha sutkalik haroratlarning yig‘indisini oydagi kunlar soniga taqsimlab aniqlanadi. O‘rtacha yillik havo haroratini esa, o‘rtacha oylik haroratlar yig‘indisini yildagi oylar soniga, ya’ni 12 ga taqsimlab aniqlanadi. 13
Havoning o‘rtacha yillik harorati issiqlikning umumiy miqdori haqida tasavvur
bersada, u haroratning yil davomida o‘zgarishini ko‘rsatmaydi. 
O‘rtacha oylik va o‘rtacha dekadalik haroratlarni alohida davrlardagi harorat
sharoitini  tavsiflash  uchun  foydalaniladi.  Ammo  barcha  o‘rtacha  qiymatlar
haroratning sutkalik va yillik o‘zgarishining borishi haqida to‘la tasavvur bermaydi.
O‘simlik-larning o‘sishi va rivojlanishi uchun esa havo haroratining sutkalik va yillik
o‘zgarishining borishi muhim ahamiyatga ega.
Issiqlik sharoitini to‘laroq tavsiflash uchun yuqoridagilardan tashqari havoning
maksimal, minimal haroratlarini ham bilish kerak. Masalan, alohida oylardagi
minimal haroratni bilish orqali kuzgi ekinlar va mevali daraxtlarning qishlovi
sharoitlari haqida fikr yuritish mumkin.
Yozda esa maksimal harorat haqidagi ma’lumotlar eng issiq kunlar sonini
ko‘rsatadi.
Havo  haroratining  sutkalik  va  yillik  o‘zgarishi  amplitudasi  iqlimning
kontinentalligini belgilaydi.
Masalan, O‘zbekiston okean va dengizlardan uzoqda, Yevrosiyo materigining
ichkarisida joylashgani uchun kontinental iqlimga ega bo‘lib, havo haroratining
sutkalik  o‘zgarish  amplitudasi  15-20°C  ga  teng,  bu  esa  qishloq  xo‘jalik
dalalarining issiqlik rejimining muhim ko‘rsatkichidir.
6. O‘simliklarning issiqlikka talabi
O‘simliklarning o‘sishi va rivojlanishi uchun asosiy hayot omillaridan biri
issiqlik ekanini  bilamiz. Turli  turdagi  o‘simliklarning issiqlikka  talabi har  xil
bo‘ladi. Ba’zi turdagi o‘simliklar issiqlikka juda talabchan bo‘lsa, boshqa turlari
esa kamroq talabchan bo‘ladi.
Agrometeorologiyada berilgan joyning issiqlik sharoitlarini baholash uchun
haroratlar yig‘indisi tushunchasi keng tarqalgan. Bu tushuncha berilgan joyda
aniq davrdagi issiqlik miqdorini tavsiflovchi ko‘rsatkich sifatida keng qo‘llaniladi.
Olingan joyning harorat sharoitlarini belgilash uchun bunday uslubni birinchi
marta Reomyur o‘zining 1734-35 yillarda o‘tkazilgan kuzatishlari asosida kiritgan.
14
Logotip
Havoning o‘rtacha yillik harorati issiqlikning umumiy miqdori haqida tasavvur bersada, u haroratning yil davomida o‘zgarishini ko‘rsatmaydi. O‘rtacha oylik va o‘rtacha dekadalik haroratlarni alohida davrlardagi harorat sharoitini tavsiflash uchun foydalaniladi. Ammo barcha o‘rtacha qiymatlar haroratning sutkalik va yillik o‘zgarishining borishi haqida to‘la tasavvur bermaydi. O‘simlik-larning o‘sishi va rivojlanishi uchun esa havo haroratining sutkalik va yillik o‘zgarishining borishi muhim ahamiyatga ega. Issiqlik sharoitini to‘laroq tavsiflash uchun yuqoridagilardan tashqari havoning maksimal, minimal haroratlarini ham bilish kerak. Masalan, alohida oylardagi minimal haroratni bilish orqali kuzgi ekinlar va mevali daraxtlarning qishlovi sharoitlari haqida fikr yuritish mumkin. Yozda esa maksimal harorat haqidagi ma’lumotlar eng issiq kunlar sonini ko‘rsatadi. Havo haroratining sutkalik va yillik o‘zgarishi amplitudasi iqlimning kontinentalligini belgilaydi. Masalan, O‘zbekiston okean va dengizlardan uzoqda, Yevrosiyo materigining ichkarisida joylashgani uchun kontinental iqlimga ega bo‘lib, havo haroratining sutkalik o‘zgarish amplitudasi 15-20°C ga teng, bu esa qishloq xo‘jalik dalalarining issiqlik rejimining muhim ko‘rsatkichidir. 6. O‘simliklarning issiqlikka talabi O‘simliklarning o‘sishi va rivojlanishi uchun asosiy hayot omillaridan biri issiqlik ekanini bilamiz. Turli turdagi o‘simliklarning issiqlikka talabi har xil bo‘ladi. Ba’zi turdagi o‘simliklar issiqlikka juda talabchan bo‘lsa, boshqa turlari esa kamroq talabchan bo‘ladi. Agrometeorologiyada berilgan joyning issiqlik sharoitlarini baholash uchun haroratlar yig‘indisi tushunchasi keng tarqalgan. Bu tushuncha berilgan joyda aniq davrdagi issiqlik miqdorini tavsiflovchi ko‘rsatkich sifatida keng qo‘llaniladi. Olingan joyning harorat sharoitlarini belgilash uchun bunday uslubni birinchi marta Reomyur o‘zining 1734-35 yillarda o‘tkazilgan kuzatishlari asosida kiritgan. 14
U  kuzatishlar  natijasida  aniq  davrdagi  haroratlar  yig‘indisi  yildan-yilga
o‘zgarishini va unga bog‘liq ravishda hosil miqdori ham o‘zgarishini payqagan.
G.T. Selyaninov iqlimning termik resurslarini qishloq xo‘jalik maqsadlarida
baholash uchun faol haroratlar yig‘indisidan foydalangan.
Faol haroratlar yig‘indisi qishloq xo‘jalik ekinlarining faol vegetatsiya davrida
issiqlik bilan ta’minlanligi ko‘rsatkichi sifatida ishlatiladi.
Faol  haroratlar  yig‘indisi  havoning  10°C dan  yuqori  bo‘lgan  o‘rtacha
sutkalik  haroratlari  yig‘indisi  tarzida  aniqlanadi. Agrometeorologiyada  faol
haroratlar  yig‘indisi  tushunchasidan  tashqari  samarali  (effektiv)  haroratlar
yig‘indisi tushunchasi ham keng yoyilgan.
Har qaysi turdagi o‘simliklarning o‘sishi va rivojlanishi uchun havo harorati
ma’lum aniq qiymatlardan past bo‘lmasligi kerak. O‘simlik rivojlanadigan bunday
eng oz haroratni biologik minimum deb yuritiladi.
Haroratning biologik minimumidan boshlab hisoblangan o‘rtacha sutkalik
haroratni samarali harorat deyiladi.
O‘simliklarning  rivojlanishi  uchun  zarur  haroratning  biologik
minimumidan  boshlab  hisoblangan  o‘rtacha  sutkalik  haroratlar  yig‘indisini
samarali haroratlar yig‘indisi deb yuritiladi. Masalan, bir oydagi 10°C dan yuqori
samarali haroratlar yig‘indisini aniqlash uchun oydagi har bir kun uchun o‘rtacha
sutkalik haroratdan 10°C ni ayirib, so‘ngra qolgan natijalarni qo‘shib chiqish zarur.
Samarali haroratni o‘rtacha sutkalik havo haroratidan o‘simlikning rivojlanishi
uchun eng past (biologik minimum) haroratni ayirib topiladi.
Masalan,  makkajo‘xori  uchun  biologik  minimum  10°C  ga  teng.  O‘rtacha
sutkalik harorat 22°C ga teng bo‘lsa, samarali harorat 22°-10°C=12°C ga teng
bo‘ladi. O‘rtacha sutkalik harorat  biologik minimumdan yuqori bo‘lgandagina
o‘simlik  rivojlanaoladi.  Turli  turdagi  o‘simliklar  uchun  haroratning  biologik
minimumi ham turlichadir. Masalan, bahori va kuzgi bug‘doylar uchun biologik
minimum 5°C ga, loviya uchun 12°C ga, pomidor o‘simligi uchun 12°C ga, g‘o‘za
uchun 13°C (g‘o‘zaning janubiy navlari uchun 15°C) ga teng.
Odatda samarali  haroratlar  yig‘indisi  dekada,  oy, o‘simlikning rivojlanishi
15
Logotip
U kuzatishlar natijasida aniq davrdagi haroratlar yig‘indisi yildan-yilga o‘zgarishini va unga bog‘liq ravishda hosil miqdori ham o‘zgarishini payqagan. G.T. Selyaninov iqlimning termik resurslarini qishloq xo‘jalik maqsadlarida baholash uchun faol haroratlar yig‘indisidan foydalangan. Faol haroratlar yig‘indisi qishloq xo‘jalik ekinlarining faol vegetatsiya davrida issiqlik bilan ta’minlanligi ko‘rsatkichi sifatida ishlatiladi. Faol haroratlar yig‘indisi havoning 10°C dan yuqori bo‘lgan o‘rtacha sutkalik haroratlari yig‘indisi tarzida aniqlanadi. Agrometeorologiyada faol haroratlar yig‘indisi tushunchasidan tashqari samarali (effektiv) haroratlar yig‘indisi tushunchasi ham keng yoyilgan. Har qaysi turdagi o‘simliklarning o‘sishi va rivojlanishi uchun havo harorati ma’lum aniq qiymatlardan past bo‘lmasligi kerak. O‘simlik rivojlanadigan bunday eng oz haroratni biologik minimum deb yuritiladi. Haroratning biologik minimumidan boshlab hisoblangan o‘rtacha sutkalik haroratni samarali harorat deyiladi. O‘simliklarning rivojlanishi uchun zarur haroratning biologik minimumidan boshlab hisoblangan o‘rtacha sutkalik haroratlar yig‘indisini samarali haroratlar yig‘indisi deb yuritiladi. Masalan, bir oydagi 10°C dan yuqori samarali haroratlar yig‘indisini aniqlash uchun oydagi har bir kun uchun o‘rtacha sutkalik haroratdan 10°C ni ayirib, so‘ngra qolgan natijalarni qo‘shib chiqish zarur. Samarali haroratni o‘rtacha sutkalik havo haroratidan o‘simlikning rivojlanishi uchun eng past (biologik minimum) haroratni ayirib topiladi. Masalan, makkajo‘xori uchun biologik minimum 10°C ga teng. O‘rtacha sutkalik harorat 22°C ga teng bo‘lsa, samarali harorat 22°-10°C=12°C ga teng bo‘ladi. O‘rtacha sutkalik harorat biologik minimumdan yuqori bo‘lgandagina o‘simlik rivojlanaoladi. Turli turdagi o‘simliklar uchun haroratning biologik minimumi ham turlichadir. Masalan, bahori va kuzgi bug‘doylar uchun biologik minimum 5°C ga, loviya uchun 12°C ga, pomidor o‘simligi uchun 12°C ga, g‘o‘za uchun 13°C (g‘o‘zaning janubiy navlari uchun 15°C) ga teng. Odatda samarali haroratlar yig‘indisi dekada, oy, o‘simlikning rivojlanishi 15
fazalari yoki butun vegetatsiya davri uchun hisoblanadi.
Biror turdagi ekin uchun turli yillarda rivojlanish fazalari orasidagi davrning
davomiyligi har xil bo‘lishi mumkin, ammo berilgan davr oralig‘i (bir fazadan
ikkinchi  fazaga  o‘tishi)  uchun  samarali  haroratlar  yig‘indisi  har  doim
o‘zgarmasdan qoladi. Boshqacha aytganda o‘simlik rivojlanishining bir fazasidan
keyingisiga o‘tish uchun biror aniq samarali haroratlar yig‘indisini to‘plashi kerak,
shundan keyingina navbatdagi rivojlanish fazasi boshlanadi.
Hozirgi  vaqtda  qishloq  xo‘jalik  ekinlarining  ko‘pchiligi  uchun  butun
vegetatsiya davriga zarur samarali haroratlar yig‘indisidan tashqari rivojlanishning
asosiy  fazalarini  o‘tishiga  kerak  bo‘lgan  samarali  haroratlar  yig‘indisi  ham
hisoblangan.
Masalan, A.Q. Abdullaev ma’lumotlari bo‘yicha turli xil g‘o‘za navlari uchun
ayrim  rivojlanish  fazalarini  o‘tish  uchun  zarur  bo‘lgan  samarali  haroratlar
yig‘indisi (10°C dan yuqori) quyidagi 5.1-jadvalda keltirilgan.
5.1-jadval
G‘o‘za  turli  navlarining  rivojlanish  davrlari  bo‘yicha  samarali
haroratlar yig‘indisi.
16
Logotip
fazalari yoki butun vegetatsiya davri uchun hisoblanadi. Biror turdagi ekin uchun turli yillarda rivojlanish fazalari orasidagi davrning davomiyligi har xil bo‘lishi mumkin, ammo berilgan davr oralig‘i (bir fazadan ikkinchi fazaga o‘tishi) uchun samarali haroratlar yig‘indisi har doim o‘zgarmasdan qoladi. Boshqacha aytganda o‘simlik rivojlanishining bir fazasidan keyingisiga o‘tish uchun biror aniq samarali haroratlar yig‘indisini to‘plashi kerak, shundan keyingina navbatdagi rivojlanish fazasi boshlanadi. Hozirgi vaqtda qishloq xo‘jalik ekinlarining ko‘pchiligi uchun butun vegetatsiya davriga zarur samarali haroratlar yig‘indisidan tashqari rivojlanishning asosiy fazalarini o‘tishiga kerak bo‘lgan samarali haroratlar yig‘indisi ham hisoblangan. Masalan, A.Q. Abdullaev ma’lumotlari bo‘yicha turli xil g‘o‘za navlari uchun ayrim rivojlanish fazalarini o‘tish uchun zarur bo‘lgan samarali haroratlar yig‘indisi (10°C dan yuqori) quyidagi 5.1-jadvalda keltirilgan. 5.1-jadval G‘o‘za turli navlarining rivojlanish davrlari bo‘yicha samarali haroratlar yig‘indisi. 16
 
5.1-jadvaldan ko‘rinadiki, g‘o‘zaning turli navlari uchun chigit ekishdan toki 1-
ko‘saklarning ochilishigacha 1730 dan 2200°C gacha samarali haroratlar yigindisi
kerak.
Shunday qilib, o‘rtacha sutkalik havo haroratning 5°C, 10°C lardan turg‘un
o‘tishi  qishloq  xo‘jalik  ekinlarining  faol  vegetatsiyasi  boshlanishining  asosiy
shartlaridan  biridir.  Bunda,  albatta,  o‘simlikka  zarur  boshqa  omillar,  masalan
tuproq namligi etarli bo‘lishi kerak.
O‘zbekiston Respublikasi hududlarida bahorda bunday o‘rtacha sutkalik havo
haroratlarining qachon boshlanishi va kuzda 10°C, 5°C lardan pasayish muddatlarini
bilish qishloq xo‘jaligi xodimlari uchun ahamiyatga ega. Bu haqidagi ma’lumotlarni
5.2-jadvaldan ko‘rish mumkin.
17
G‘o‘za navi
Davrlar  bo‘yicha  samarali  haroratlar
yig‘indisi
Ekish-
gullas
h
SHonal
ash-
gullash
Gullash-
1
ko‘saklar
ning
ochilishi
Ekish-1
ko‘saklar
ning
ochilishi
S-4727
970
480
760
1730
Toshkent
guruhi
1000
500
850
1850
AN Bayaut-2
1010
430
740
1750
Buxoro-6
1050
430
890
2040
S-6030,  S-
6037
1030
550
1000
2030
S-6524
970
450
865
1865
Termiz-14,16
1060
530
1060
2120
Logotip
5.1-jadvaldan ko‘rinadiki, g‘o‘zaning turli navlari uchun chigit ekishdan toki 1- ko‘saklarning ochilishigacha 1730 dan 2200°C gacha samarali haroratlar yigindisi kerak. Shunday qilib, o‘rtacha sutkalik havo haroratning 5°C, 10°C lardan turg‘un o‘tishi qishloq xo‘jalik ekinlarining faol vegetatsiyasi boshlanishining asosiy shartlaridan biridir. Bunda, albatta, o‘simlikka zarur boshqa omillar, masalan tuproq namligi etarli bo‘lishi kerak. O‘zbekiston Respublikasi hududlarida bahorda bunday o‘rtacha sutkalik havo haroratlarining qachon boshlanishi va kuzda 10°C, 5°C lardan pasayish muddatlarini bilish qishloq xo‘jaligi xodimlari uchun ahamiyatga ega. Bu haqidagi ma’lumotlarni 5.2-jadvaldan ko‘rish mumkin. 17 G‘o‘za navi Davrlar bo‘yicha samarali haroratlar yig‘indisi Ekish- gullas h SHonal ash- gullash Gullash- 1 ko‘saklar ning ochilishi Ekish-1 ko‘saklar ning ochilishi S-4727 970 480 760 1730 Toshkent guruhi 1000 500 850 1850 AN Bayaut-2 1010 430 740 1750 Buxoro-6 1050 430 890 2040 S-6030, S- 6037 1030 550 1000 2030 S-6524 970 450 865 1865 Termiz-14,16 1060 530 1060 2120
5.2.-jadval
O‘rtacha sutkalik havo haroratining bahorda va kuzda 5, 10, 12, 15°C lardan turg‘un o‘tishi vavegetatsiya davri
davomiyligining ko‘p yillik o‘rtacha sanalari (F.A. Mo‘minov, H.M. Abdullaev bo‘yicha)
Respubli
ka,
viloyat
Stansi
ya
nomi
Havo haroratining... °С lardan o‘tish muddatlari
Harorati
 
quyidagilardan
yuqori  bo‘lgan  davr  (kunlar)
davomiyligi
5°
10°
12°
15°
15°
12
°
10
°
5°
Bahorda
5°
10°
12°
15°
Qoraqal
poqiston
Respubli
kasi
Qo‘ng
‘irot 
Nukus
22.II
I
19.II
I
11.IV
2.IV
14.I
V
11.I
V
25.I
V
19.I
V
28.I
X
30.I
X
8.X
14.
X
17.
X
21.
X
8.XI
11.X
I
230
236
189
198
178
184
156
164
Navoiy
Nurota
Navoi
y
4.II
15.II
I
28.III
23.III
5.IV
31.II
I
18.I
V
12.I
V
6.X
8.X
21.
X
23.
X
1.X
I
31.
X
27.X
I
3.XI
268
283
218
225
197
207
171
179
Toshken
t
YAngi
yo‘l 
Dalvar
11.II
I
25.II
25.III
20.III
31.II
I
29.II
14.I
V
9.IV
5.X
8.X
19.
X
27.
31.
X
1.X
25.X
I
21.X
268
279
221
230
203
212
173
183
72
Logotip
5.2.-jadval O‘rtacha sutkalik havo haroratining bahorda va kuzda 5, 10, 12, 15°C lardan turg‘un o‘tishi vavegetatsiya davri davomiyligining ko‘p yillik o‘rtacha sanalari (F.A. Mo‘minov, H.M. Abdullaev bo‘yicha) Respubli ka, viloyat Stansi ya nomi Havo haroratining... °С lardan o‘tish muddatlari Harorati quyidagilardan yuqori bo‘lgan davr (kunlar) davomiyligi 5° 10° 12° 15° 15° 12 ° 10 ° 5° Bahorda 5° 10° 12° 15° Qoraqal poqiston Respubli kasi Qo‘ng ‘irot Nukus 22.II I 19.II I 11.IV 2.IV 14.I V 11.I V 25.I V 19.I V 28.I X 30.I X 8.X 14. X 17. X 21. X 8.XI 11.X I 230 236 189 198 178 184 156 164 Navoiy Nurota Navoi y 4.II 15.II I 28.III 23.III 5.IV 31.II I 18.I V 12.I V 6.X 8.X 21. X 23. X 1.X I 31. X 27.X I 3.XI 268 283 218 225 197 207 171 179 Toshken t YAngi yo‘l Dalvar 11.II I 25.II 25.III 20.III 31.II I 29.II 14.I V 9.IV 5.X 8.X 19. X 27. 31. X 1.X 25.X I 21.X 268 279 221 230 203 212 173 183 72